O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi
ONLINE TRANSLATE
“A1” kichik toifadagi milliy haydovchilik guvohnomasi transportni boshqarish huquqini beradimi?

Qarorga ko‘ra,

2026-yil 1-yanvardan:

“A1” kichik toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini beradigan milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun talabgorlarga haydovchilarni tayyorlash majburiy oʻquv dasturini oʻtamasdan turib, toʻgʻridan-toʻgʻri nazariy va amaliy imtihonlarni topshirish huquqi beriladi.

Bunda:

“A1” kichik toifasi bilan moped va skuterni, shuningdek, konstruktiv tezligi 25 km/soatdan oshmaydigan, ish hajmi 25 kub/sm gacha  yoki nominal quvvati 0,25 kVt boʻlgan ichki yonuv dvigateliga ega boʻlgan kichik mexanik transportni boshqarish mumkin. Bu kichik turkumga kirish uchun imtihon topshirishda oʻqish shart emas.

2026-yil 1-fevraldan “A” va “V” toifali haydovchilik guvohnomasini olishga talabgorlar ham haydovchilarni majburiy tayyorlash dasturining nazariy qismini mustaqil ravishda oʻrganishlari mumkin boʻladi.

Shuningdek, talabgorlar majburiy oʻquv dasturida belgilangan amaliy mashgʻulotlarda avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha davlat va nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarda toʻliq qatnashadi;

talabgorlar majburiy oʻquv dasturida belgilangan amaliy mashgʻulotlarda toʻliq qatnashgandan soʻng transport vositalarini boshqarish koʻnikmalarini baholashning ijobiy natijalariga asosan haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni topshiradi;

talabgorlarning haydovchilarni tayyorlash oʻquv dasturining amaliy mashgʻulotlardagi oʻqishni tugatgani haqidagi maʼlumotnoma elektron tarzda shakllantiriladi;

“A” va “V” toifadagi transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv guruhlarini Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatida roʻyxatga olish tartibi bekor qilinadi.

Hujjatga koʻra, “A”, “V”, “S”, “D” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlgan shaxslar “A1” kichik toifadagi transport vositalarini boshqarishi mumkin.

2026-yil 1-apreldan boshlab foto va video qayd etish tizimlari tomonidan qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchunjarima ballari hisoblanadi.

Agar ballar soni 12 balldan oshsa, transport vositasi jarima maydonchasiga yuboriladi.

Yoʻl harakati qoidalarini buzgan haydovchiga emas, balki transport vositasi egasigaballqoʻyilishining oldini olish uchun tegishli axborot tizimlariga avtotransport vositasini haydovchiga – undan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibdafoydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxsga berish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi. Bu maʼlumotlar transport vositasi topshirilayotgan haydovchi tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Ichki ishlar vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligiga yoʻl harakati qoidalarini buzgan haydovchilarga jarima ballari hisoblash boʻyicha “E-jarimaball” modulini ishlab chiqish va joriy etish topshirildi. Hisoblangan jarima ballari toʻgʻrisidagi axborotni ushbu modul orqali yoki YaIDXP orqali olish mumkin boʻladi.