31.10.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3966
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining qarori, 31.10.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3966
Kuchga kirish sanasi
01.01.2027
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ QOʻMITASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI

Tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini oʻzaro hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 31-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3966]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-174-son “Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona maʼmurchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son “Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-son “Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2024-yil 23-yanvardagi PQ-39-son “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini oʻzaro hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qaror 2027-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2026-yil 20-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
404-son

Soliq qoʻmitasi raisi F. PULATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 13-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-26-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 30-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-oktabrdagi 404-son hamda Soliq qoʻmitasining 2026-yil 13-oktabrdagi 2026-26-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini oʻzaro hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom tovarlarni import qilishda toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi hamda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini soliq va bojxona organlarida oʻzaro hisobga olish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchining qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha shaxsiy hisobvaragʻi (bundan buyon matnda shaxsiy hisobvaraq deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi (bundan buyon matnda Soliq qoʻmitasi deb yuritiladi) tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy mahsulot orqali soliq toʻlovchining qoʻshilgan qiymat soligʻi (bundan buyon matnda QQS deb yuritiladi) boʻyicha muayyan maʼmuriy-hududiy birlikka nisbatan mavjud majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan hisoblangan hamda toʻlangan QQS summalarini, shuningdek penyalar va jarimalarni aks ettirgan holda budjet tizimiga tushumlar hisobini elektron shaklda yuritadigan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QQS summalarini oʻzaro hisobga olish — soliq toʻlovchi tomonidan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlangan QQS boʻyicha ortiqcha toʻlov hisobidan uning bojxona organlarida tovarlarni import qilishda toʻlanadigan QQS toʻlovlari uchun hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni import qilishda toʻlanadigan QQS summasi — soliq toʻlovchi tomonidan tovarlarni respublika hududiga olib kirishda bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq hisoblab chiqarilgan va budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan QQS summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlangan QQS summasi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalardan soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq hisoblab chiqarilgan, tuzatish kiritilishi (hisobga olinishi) lozim boʻlgan soliq summalari hisobga olingan holda budjetga toʻlangan QQS summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimi (bundan buyon matnda “OʻRIMV” AT deb yuritiladi) — budjet tizimi budjetlarining budjet jarayonini kompleks avtomatlashtirish, shu jumladan budjet tizimi budjetlari ijrosi bilan bogʻliq operatsiyalarni aks ettirish uchun moʻljallangan axborot tizimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. QQS summalarini oʻzaro hisobga olish quyidagilarga nisbatan qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi maʼmurchiligidagi korxonalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xom ashyo va butlovchi qismlarni import qilishda elektrotexnika sanoati korxonalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “BBB” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlari, bundan davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi past hamda qoʻshilgan qiymat soligʻi guvohnomasi faol boʻlgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (bundan buyon matnda Bojxona qoʻmitasi deb yuritiladi) Soliq qoʻmitasidan QQS summalarini oʻzaro hisobga olish boʻyicha kelib tushgan mablagʻlarni faqat tovarlarni import qilishda toʻlanishi lozim boʻlgan QQS uchun yoʻnaltiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini oʻzaro hisobga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. QQS summalarini oʻzaro hisobga olish bojxona organlariga bojxona yuk deklaratsiyasini (bundan buyon matnda BYD deb yuritiladi) taqdim etish mobaynida soliq toʻlovchi tomonidan tovarlarni import qilishda toʻlanadigan QQS summasini shaxsiy hisobvaraqdagi QQS boʻyicha ortiqcha toʻlov hisobidan oʻzaro hisobga olish toʻgʻrisida bojxona organiga maʼlum qilish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda soliq toʻlovchi BYDni taqdim etishda uning 47-grafasi “TU” ustunida “VZ” harfli kodini koʻrsatgan holda QQS summalarini oʻzaro hisobga olishni bojxona organiga maʼlum qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan BYD kelib tushganidan soʻng Bojxona qoʻmitasi real vaqt rejimida mazkur BYD asosida bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq hisoblab chiqarilgan QQS summasini hisobga olish uchun talab etiladigan miqdorda shaxsiy hisobvaraqda QQS boʻyicha ortiqcha toʻlov mavjudligini tasdiqlash toʻgʻrisida axborot tizimlari orqali Soliq qoʻmitasiga ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda soʻrovnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Soliq qoʻmitasi kelib tushgan soʻrovnomaga asosan real vaqt rejimida shaxsiy hisobvaraqda QQS boʻyicha ortiqcha toʻlov mavjudligi yoki mavjud emasligini avtomatik tarzda tekshiradi hamda tovarlarni import qilishda toʻlanishi lozim boʻlgan QQSga hisobga olish uchun qabul qilinishi mumkin boʻlgan ortiqcha toʻlov summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimlari orqali Bojxona qoʻmitasiga avtomatik tarzda yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Soliq qoʻmitasi tomonidan axborot tizimlari orqali yuborilgan maʼlumotlar asosida tasdiqlangan ortiqcha toʻlov summasini oʻzaro hisobga olish uchun Bojxona qoʻmitasi va Soliq qoʻmitasi oʻrtasida ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi oʻzaro hisobga olish dalolatnomasi axborot tizimida avtomatik tarzda shakllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. QQS summalarini oʻzaro hisobga olish quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organlarining axborot tizimlari orqali aniqlangan soliq xavfi summasi va (yoki) soliq qarzi, shu jumladan toʻlov muddati oʻzgartirilgan soliq qarzi mavjud boʻlgan taqdirda mazkur qarz summalari miqdoridagi mablagʻlar boʻyicha, bundan yirik soliq toʻlovchilarning toʻlov muddati oʻzgartirilgan soliq qarzlari mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchiga nisbatan soliq organlari tomonidan soliq nazorati tadbirlari amalga oshirilayotgan davr mobaynida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. QQS summalarini oʻzaro hisobga olish sanasida mazkur Nizomning 8-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan qarzlar mavjud boʻlgan taqdirda, mazkur qarzlar kamaytirilganidan soʻng shaxsiy hisobvaraqdagi ortiqcha toʻlovning qolgan qismi miqdorida QQS summalarini oʻzaro hisobga olish amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bojxona qoʻmitasi oʻzaro hisobga olish dalolatnomasida koʻrsatilgan QQS summasini soliq toʻlovchining bojxona organlaridagi shaxsiy hisobvaragʻida aks ettiradi hamda bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda BYDni rasmiylashtirish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. QQSning oʻzaro hisobga olish dalolatnomasida koʻrsatilgan summasi quyidagi tartibda hisobga olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Soliq qoʻmitasi quyidagi hujjatlarni axborot tizimida avtomatik tarzda shakllantiradi hamda “OʻRIMV” ATga yuboradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchining QQSdan ortiqcha toʻlov summasini soliq qarzi, shu jumladan toʻlov muddati oʻzgartirilgan soliq qarzi uchun hisobga olish toʻgʻrisidagi xulosa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzaro hisobga olish dalolatnomasida koʻrsatilgan QQS summasini Bojxona qoʻmitasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron topshiriqnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda toʻlash muddati oʻzgartirilgan soliq qarzi xulosada koʻrsatilgan summaga kamaytiriladi hamda amal qilishi muddatidan oldin tugatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) xulosa va elektron topshiriqnoma “OʻRIMV” ATda avtomatik tarzda ijro etiladi. Mazkur xulosa va elektron topshiriqnoma quyidagilar hisobidan ijro etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy hisobvaraqdagi ortiqcha toʻlov summasi “salbiy farq” hisobidan shakllangan boʻlsa, QQSning salbiy farqini qoplash boʻyicha gʻazna hisobvaragʻi orqali respublika budjeti mablagʻlari hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy hisobvaraqdagi ortiqcha toʻlov summasi toʻlangan QQS summalaridan shakllangan boʻlsa, QQS boʻyicha joriy tushumlarni kamaytirish hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Bojxona qoʻmitasi oʻzining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Bojxona qoʻmitasi tomonidan oʻzaro hisobga olingan summa toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Soliq qoʻmitasiga kelib tushganidan soʻng soliq organi ortiqcha toʻlovning Bojxona qoʻmitasiga oʻtkazib berilganligi haqidagi yozuvni shaxsiy hisobvaraqqa kiritadi hamda shaxsiy hisobvaraqdagi ortiqcha toʻlov oʻzaro hisobga olingan summa miqdorida kamaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan soʻrovnoma yuborilgandan soʻng BYDdagi hisoblangan QQS summasi kamaytirilishi natijasida Bojxona qoʻmitasining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga ortiqcha oʻtkazilgan QQS summalari bir ish kuni ichida budjet tasnifi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlarining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Bojxona qoʻmitasi mazkur Nizom kuchga kirgunga qadar oʻzaro hisobga olingan QQS summalari boʻyicha BYDdagi hisoblangan QQS summasi kamaytirilishi natijasida ortiqcha oʻtkazilgan QQS summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimlari orqali Soliq qoʻmitasiga taqdim etadi hamda ushbu kamaytirilgan QQS summasini soliq toʻlovchining bojxona organlaridagi shaxsiy hisobvaragʻida aks ettiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq qoʻmitasi Bojxona qoʻmitasi tomonidan qaytarilgan QQS summalari toʻgʻrisidagi yozuvni shaxsiy hisobvaraqda aks ettiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini oʻzaro hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Tovarlarni import qilishda toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini soliq organidagi ortiqcha toʻlov hisobidan oʻzaro hisobga olish toʻgʻrisidagi

SOʻROVNOMA

Tashkilot STIRi

BYD toʻgʻrisida maʼlumot

(raqami)

(sanasi)

BYD boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan QQS summasi

(soʻm)

Bojxona qoʻmitasining masʼul xodimi

(F.I.O.)

(JShShIR)

Soʻrovnoma

(raqami)

(sanasi)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini oʻzaro hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Tovarlarni import qilishda toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini soliq organidagi ortiqcha toʻlov hisobidan oʻzaro hisobga olish toʻgʻrisidagi

dalolatnoma

Bojxona qoʻmitasi maʼlumotlari:

Soʻrov

(raqami)

(sanasi)

Dalolatnoma

(raqami)

(sanasi)

BYD boʻyicha oʻzaro hisobga olingan QQS summasi

(soʻm)

Soliq qoʻmitasi maʼlumotlari:

Soʻrov

(raqami)

(sanasi)

Maʼlumot taqdim etish

(identifikatsiya raqami)

(sanasi)

Oʻzaro hisobga olish uchun qabul qilingan ortiqcha toʻlov summasi

(soʻm)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2026 y., 10/26/3966/1089-son)