1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
[TSZ:
1.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYRUG'I
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi moliyaviy hisobotning milliy standarti (70-sonli MHMS) “Qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobi”ni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 28-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3944]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-sentabrdagi PQ-282-son “Moliyaviy hisob tizimini xalqaro talab va standartlarga muvofiq takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliyaviy hisobotning milliy standarti (70-sonli MHMS) “Qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq 2027-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir J. KUCHKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 20-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
395-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 20-avgustdagi 395-son buyrugʻiga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi moliyaviy hisobotning milliy standarti (70-sonli MHMS) “Qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobi”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi moliyaviy hisobotning milliy standarti (70-sonli MHMS) “Qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobi” (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) mulkchilik shaklidan qatʼi nazar Oʻzbekiston Respublikasi hududida qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (bundan Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar va budjet tashkilotlari mustasno) (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) tomonidan biologik aktivlar, yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, hosildor oʻsimliklarda oʻsib turgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hamda biologik aktivlarga taalluqli davlat yordamini tan olish, baholash, moliyaviy hisobotlarda taqdim etish va ular toʻgʻrisidagi axborotni yoritib berish qoidalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Standartda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi faoliyati — tashkilot tomonidan sotish, qishloq xoʻjaligi mahsulotiga yoki qoʻshimcha biologik aktivlarga aylantirish uchun biologik aktivlarning biologik transformatsiyasini va qishloq xoʻjaligi mahsulotini yigʻishni boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biologik aktiv — jonli hayvon yoki oʻsimlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biologik transformatsiya — biologik aktivdagi sifat va miqdor jihatdan oʻzgarishlarga sabab boʻladigan oʻsish, degeneratsiya, hosil berish, koʻpayish va boshqa biologik jarayonlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hosildor oʻsimlik — qishloq xoʻjaligi mahsulotini ishlab chiqarish yoki yetkazib berishda foydalaniladigan, bir hisobot davridan ortiq muddatda mahsulot berishi kutiladigan va qishloq xoʻjaligi mahsuloti sifatida sotilishi ehtimoli kam boʻladigan jonli oʻsimlik (bundan uning qoʻshimcha mahsulot yoki qoldiq (chiqindi) sifatida sotilishi mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biologik aktivlar guruhi — oʻxshash xususiyatlarga ega boʻlgan jonli hayvonlar yoki oʻsimliklar jamlanmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haqqoniy qiymat — baholash sanasida bozor ishtirokchilari oʻrtasidagi odatdagi operatsiyada aktivni sotishdan olinishi yoki majburiyatni oʻtkazish uchun toʻlanishi mumkin boʻlgan narx;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotish xarajatlari — moliyaviy xarajatlar va foyda soligʻini istisno qilgan holda, aktivni sotish yoki hisobdan chiqarish bilan bevosita bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat yordami — davlat tomonidan qishloq xoʻjaligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqdim etiladigan iqtisodiy manfaat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Standart quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biologik aktivlarga (bundan hosildor oʻsimliklar mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hosildor oʻsimliklarda oʻsib turgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga, ular yigʻib olingunga qadar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi faoliyati bilan bogʻliq va biologik aktivlarga taalluqli davlat yordamiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Standart quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalariga hamda ularga nisbatan egalik qilish va foydalanish huquqlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hosildor oʻsimliklarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hosildor oʻsimliklarga taalluqli davlat yordamiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi faoliyatiga oid nomoddiy aktivlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi mahsulotini yigʻib olingandan keyingi qayta ishlash jarayonlari va ushbu jarayonlar natijasida vujudga keladigan mahsulotlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Standartning qoʻllanish doirasiga kirmaydigan hamda tegishli moliyaviy hisobotning milliy standartlariga muvofiq hisobga olinadigan aktivlar, majburiyatlar va xoʻjalik jarayonlariga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Standartning qoʻllanish doirasiga kiruvchi biologik aktivlarni, yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini hamda biologik aktivlarga taalluqli davlat yordamini tan olish, baholash, moliyaviy hisobotlarda taqdim etish va ular toʻgʻrisidagi axborotni yoritib berish ushbu Standartga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy hisobotlarda axborotni taqdim etish va yoritib berishning umumiy talablari Oʻzbekiston Respublikasi moliyaviy hisobotining milliy standarti (1-sonli MHMS) “Moliyaviy hisobotlarda axborotlarni taqdim etish va yoritib berish”ga (roʻyxat raqami 3923, 2026-yil 13-avgust) muvofiq qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Standartning qoʻllanish doirasiga kirmaydigan obyektlar ular uchun belgilangan tegishli moliyaviy hisobotning milliy standartlariga muvofiq hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Hosildor oʻsimliklar mazkur Standartning qoʻllanish doirasiga kirmaydi hamda asosiy vositalarni hisobga olishga oid tegishli moliyaviy hisobotning milliy standartiga muvofiq asosiy vositalar sifatida tan olinadi va baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hosildor oʻsimlikda oʻsib turgan qishloq xoʻjaligi mahsuloti tan olish shartlari bajarilganda hosildor oʻsimlikdan alohida biologik aktiv sifatida tan olinadi va yigʻib olingunga qadar mazkur Standartga muvofiq baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tashkilot mazkur Standartni qoʻllashda qishloq xoʻjaligi faoliyatining tarmoq xususiyatlarini (jumladan, paxtachilik, gʻallachilik, bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa maxsus yoʻnalishlarni) hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tashkilot qishloq xoʻjaligi faoliyatiga oid aktivlar, majburiyatlar, daromadlar va xarajatlarni tan olish, baholash, moliyaviy hisobotlarda taqdim etish hamda ular toʻgʻrisidagi axborotni yoritib berishda ularning huquqiy shaklidan koʻra iqtisodiy mazmunini inobatga olishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Qishloq xoʻjaligi faoliyati obyektlarini tasniflash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tashkilot qishloq xoʻjaligi faoliyatiga oid hisob obyektlarini ularning iqtisodiy mazmuni, biologik xususiyatlari, ishlab chiqarish maqsadi, yetilish darajasi va moliyaviy hisobotlarda aks ettirish tartibidan kelib chiqqan holda tasniflaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur Standart doirasida biologik aktivlar, yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hamda biologik aktivlarga taalluqli davlat yordami hisobga olish obyektlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biologik aktivlar va yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining namunaviy roʻyxati ushbu Standartning ilovasida keltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hosildor oʻsimliklar hamda yigʻimdan keyingi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tegishli moliyaviy hisobotning milliy standartlariga muvofiq hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Biologik aktivlar tashkilot tomonidan ularning iqtisodiy vazifasiga koʻra isteʼmolga moʻljallangan va mahsuldor biologik aktivlarga ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmolga moʻljallangan biologik aktivlar qishloq xoʻjaligi mahsuloti sifatida yigʻib olish yoki biologik aktiv sifatida sotish uchun saqlanadigan biologik aktivlardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsuldor biologik aktivlar qishloq xoʻjaligi mahsulotini takroriy yoki davriy ravishda olish maqsadida saqlanadigan biologik aktivlardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Biologik aktivlar yetilish darajasiga koʻra yetilgan va yetilmagan biologik aktivlarga ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetilgan biologik aktivlar yigʻib olish, sotish yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotini olish uchun tayyor holatga kelgan biologik aktivlar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetilmagan biologik aktivlar keyingi biologik transformatsiya jarayonida iqtisodiy naf keltirishi kutiladigan, biroq yetilgan biologik aktiv mezonlariga hali javob bermaydigan aktivlar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻsimliklarga oid biologik aktivlar bir yillik oʻsimliklar, hosildor oʻsimliklar jumlasiga kirmaydigan koʻp yillik oʻsimliklar hamda hosildor oʻsimliklarda oʻsayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha tasniflanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilot biologik aktivlarni tasniflashda qishloq xoʻjaligi faoliyatining tegishli yoʻnalishiga xos ishlab chiqarish davrini hamda mahsulotni yetishtirish va yigʻib olish usulini hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Hayvonotchilikka oid biologik aktivlar foydalanish maqsadiga koʻra mahsulot olish uchun saqlanadigan hayvonlarga, naslchilik uchun saqlanadigan hayvonlarga hamda sotish yoki soʻyish uchun parvarishlanadigan hayvonlarga tasniflanishi mumkin. Mazkur biologik aktivlar yetilish darajasiga koʻra yosh va yetilgan hayvonlarga ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilot hayvonotchilikka oid biologik aktivlarni tasniflashda faoliyat yoʻnalishini, biologik aktivlardan foydalanish maqsadini hamda ulardan mahsulot olish xususiyatlarini hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tashkilot biologik aktivlar toʻgʻrisidagi axborotni, agar u moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun muhim boʻlsa, qishloq xoʻjaligi faoliyati yoʻnalishlari kesimida biologik aktivlarni alohida guruhlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda biologik aktivlar, jumladan, paxtachilik, gʻallachilik va boshqa don ekinlari, bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va polizchilik, issiqxona xoʻjaligi, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va pillachilik yoʻnalishlari boʻyicha axborot shakllantirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi mahsuloti sifatida yigʻib olish uchun yetishtiriladigan oʻsimliklar (masalan, yogʻoch olish maqsadida yetishtiriladigan daraxtlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi mahsulotini olish uchun parvarish qilinadigan hamda hosili bilan birga oʻsimlikning oʻzini ham qishloq xoʻjaligi mahsuloti sifatida yigʻib olish va sotish moʻljallangan oʻsimliklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir yillik ekinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Biologik aktivdan ajratib olingan yoki biologik aktivning hayot faoliyati tugatilishi natijasida olingan mahsulot yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsuloti sifatida mazkur Standartga muvofiq hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qishloq xoʻjaligi mahsuloti yigʻib olinganidan keyin tovar-moddiy zaxira yoki boshqa tegishli aktiv sifatida tegishli moliyaviy hisobotning milliy standartiga muvofiq hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur mahsulotni yigʻib olinganidan keyin saqlash, saralash, tashish, sotishga tayyorlash, qayta ishlash va realizatsiya qilish bilan bogʻliq aktivlar hamda jarayonlar tegishli moliyaviy hisobotning milliy standartlariga muvofiq hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tashkilot biologik aktivlarni ularning oʻxshash biologik va iqtisodiy xususiyatlari, foydalanish maqsadi, yetilish darajasi hamda qoʻllaniladigan baholash usuliga koʻra guruhlarga ajratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Biologik aktivlar foydalanish maqsadiga koʻra mahsuldor va isteʼmol qilinadigan biologik aktivlarga, yetilish darajasiga koʻra esa yetilgan va yetilmagan biologik aktivlarga ajratilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tashkilot biologik aktivlar guruhlarini moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarga qishloq xoʻjaligi faoliyati yoʻnalishlari, biologik aktivlarning foydalanish maqsadi va yetilish darajasi, shuningdek ularga nisbatan qoʻllanilgan baholash asoslari toʻgʻrisidagi muhim va tushunarli axborotni moliyaviy hisobotlarda yoki ularga doir izohlarda alohida taqdim etish imkonini beradigan tarzda shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tashkilot qishloq xoʻjaligi faoliyati bilan bogʻliq davlat yordamini uni olish va saqlab qolish shartlariga koʻra shartlar qoʻyilmagan hamda muayyan shartlar qoʻyilgan davlat yordamiga ajratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat yordami maqsadiga va yoʻnaltirilishiga koʻra muayyan biologik aktivlarga yoki qishloq xoʻjaligi faoliyati turlariga, shuningdek biologik aktivlarni sotib olish, yaratish, saqlash, tiklash yoki rivojlantirishga taalluqli davlat yordami sifatida tasniflanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tashkilot biologik aktivlarga taalluqli davlat yordamini tasniflashda uning huquqiy shaklidan qatʼi nazar, iqtisodiy mazmunini, uni olish va undan foydalanish shartlarini, qaysi biologik aktiv, biologik aktivlar guruhi yoki qishloq xoʻjaligi faoliyati turiga taalluqliligini, shuningdek uni toʻliq yoki qisman qaytarish shartlari mavjudligini inobatga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mazkur Standartda qishloq xoʻjaligi faoliyati bilan bogʻliq davlat yordamiga nisbatan belgilangan qoidalar faqat biologik aktivlarga taalluqli davlat yordamiga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hosildor oʻsimliklar va boshqa aktivlarga taalluqli davlat yordami tegishli moliyaviy hisobotning milliy standartlariga muvofiq hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tashkilot qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish, qayta ishlash va realizatsiya qilish jarayonlarini yagona tashkiliy-iqtisodiy zanjir doirasida amalga oshirishidan qatʼi nazar, biologik aktivlar hamda yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini mazkur Standartga muvofiq hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yigʻimdan keyingi aktivlar va jarayonlar ushbu Standartning 17-bandiga muvofiq hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Yuridik shaxs boʻlgan fermer xoʻjaliklari va mazkur Standart tatbiq etiladigan boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlari ushbu Standartda nazarda tutilgan soddalashtirilgan qoidalarni qoʻllaganda biologik aktivlarni, yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini hamda biologik aktivlarga taalluqli davlat yordamini ushbu bobda belgilangan tasnifga muvofiq alohida hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Qishloq xoʻjaligi faoliyati obyektlarini tan olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tashkilot biologik aktivni yoki yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotini aktiv sifatida quyidagi shartlar bajarilganda tan oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtgan hodisalar natijasida tashkilot ushbu aktivni nazorat qilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu aktiv bilan bogʻliq kelgusi iqtisodiy nafning tashkilotga kelib tushishi ehtimoli yuqori boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktivning haqqoniy qiymati yoki boshlangʻich qiymatini ishonchli baholash mumkin boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biologik aktiv ustidan nazorat tashkilotning ushbu aktivga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish hamda undan olinadigan qishloq xoʻjaligi mahsuloti, nasl yoki boshqa iqtisodiy nafni olish huquqiga egaligi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biologik aktivning haqqoniy qiymati yoki boshlangʻich qiymatini ishonchli baholash imkoniyati mazkur Standartda belgilangan baholash usullari va maʼlumotlar asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Qishloq xoʻjaligi faoliyatiga oid hisob obyekti xarid qilinganda, yetishtirilganda, koʻpaytirilganda, tugʻilganda, bepul olinganda, natura shaklidagi davlat yordami orqali olinganda yoki qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar boʻyicha tashkilot nazoratiga oʻtganda, mazkur Standartda belgilangan tan olish shartlari bajarilgan taqdirda tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Qishloq xoʻjaligi faoliyatiga oid hisob obyektini tan olishda tashkilot uning iqtisodiy mazmuni va biologik xususiyatlarini, shuningdek unga nisbatan qoʻllaniladigan mazkur Standart hamda boshqa moliyaviy hisobotning milliy standartlari talablarini inobatga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Bir yillik oʻsimliklar va boshqa oʻsimlikchilik obyektlarini tan olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tashkilot tomonidan yetishtirilayotgan bir yillik ekinlar, jumladan, gʻalla, paxta, sabzavot, poliz, ozuqabop ekinlar, tamaki va boshqa ekinlar biologik transformatsiyasi boshlangan hamda mazkur Standartning 26-bandida belgilangan tan olish shartlari bajarilgan sanadan boshlab biologik aktiv sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Hosildor oʻsimliklar jumlasiga kirmaydigan koʻp yillik oʻsimliklar, agar oʻsimlikning oʻzi qishloq xoʻjaligi mahsuloti sifatida yigʻib olish yoki biologik aktiv sifatida realizatsiya qilish uchun yetishtirilsa, mazkur Standartning 26-bandida belgilangan shartlarning barchasi bajarilganda biologik aktiv sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Bir yillik ekinlar va oʻsimlik shaklidagi boshqa biologik aktivlardan olinadigan qishloq xoʻjaligi mahsuloti biologik aktivdan ajratib olingan yoki biologik aktivning hayot faoliyati tugatilgan paytda mazkur Standartga muvofiq alohida aktiv sifatida tan olinadi va baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur mahsulotning yigʻimdan keyingi hisobi boshqa tegishli moliyaviy hisobotning milliy standartlariga muvofiq yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Hosildor oʻsimliklar va ulardan olinadigan mahsulotni tan olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Hosildor oʻsimlikning oʻzi va unda oʻsib turgan qishloq xoʻjaligi mahsuloti alohida hisob obyektlari sifatida hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Bogʻdorchilik, uzumchilik va boshqa koʻp yillik mahsulot beruvchi oʻsimliklarga xos ishlab chiqarish davri, hosilga kirish davri, mahsuldorlik muddati va qayta tiklanish xususiyatlari hosildor oʻsimliklar hamda ulardan olinadigan mahsulotni hisobga olishda inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Hayvonotchilikka oid biologik aktivlarni tan olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, pillachilik va hayvonlar yetishtirishning boshqa yoʻnalishlaridagi jonli hayvonlar mazkur Standartning 26-bandida nazarda tutilgan tan olish mezonlariga javob bergan taqdirda biologik aktiv sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Biologik aktivlarning koʻpayishi natijasida hosil boʻlgan yangi tirik obyektlar, jumladan yangi tugʻilgan hayvonlar, joʻjalar, baliq lichinkalari hamda ajralib chiqqan yangi asalari oilalari mazkur Standartning 26-bandida nazarda tutilgan tan olish mezonlariga javob bergan sanadan boshlab alohida biologik aktiv sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Biologik aktivning yetilish darajasi, undan foydalanish maqsadi yoki boshqa tasniflash belgisi oʻzgarganda, u tegishli biologik aktivlar guruhiga qayta tasniflanadi. Bunday qayta tasniflash biologik aktivning balans qiymatini oʻzgartirish uchun mustaqil asos hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Parrandachilikka oid biologik aktivlar ularning biologik rivojlanish bosqichi va foydalanish maqsadiga koʻra, jumladan, nasldor parrandalar, tuxum yoʻnalishidagi va goʻsht yoʻnalishidagi parrandalar, bir kunlik joʻjalar, parvarish qilinayotgan yosh parrandalar hamda yetilgan parrandalar guruhlariga ajratilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Parrandadan olingan tuxum, undan foydalanish maqsadidan qatʼi nazar, parrandadan ajralgan paytda qishloq xoʻjaligi mahsuloti sifatida tan olinadi. Inkubatsiya jarayonida tuxumdan hosil boʻlgan joʻja ushbu Standartning 26-bandida belgilangan shartlar bajarilganda biologik aktiv sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Baliqchilikka oid biologik aktivlar ularning biologik rivojlanish bosqichi va foydalanish maqsadiga koʻra, jumladan, nasl olish uchun saqlanayotgan baliqlar, lichinkalar, chavoqlar, oʻstirilayotgan baliqlar hamda realizatsiya qilish uchun yetishtirilayotgan baliqlar guruhlariga ajratilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Asalarichilikda asalari oilasi biologik aktivning hisob birligi sifatida tan olinadi. Asalari oilasining tabiiy yoki sunʼiy boʻlinishi natijasida hosil boʻlgan yangi asalari oilasi mazkur Standartning 26-bandida nazarda tutilgan tan olish mezonlariga javob bergan taqdirda alohida biologik aktiv sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Pillachilikda ipak qurti mazkur Standartning 26-bandida nazarda tutilgan tan olish mezonlariga javob bergan taqdirda biologik aktiv sifatida tan olinadi. Ulardan yetishtirilgan pilla yigʻim paytida qishloq xoʻjaligi mahsuloti sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Hayvonotchilikka oid biologik aktivlarda biologik transformatsiya natijasida yuzaga keladigan oʻsish, yetilish, mahsuldorlikning oʻzgarishi, koʻpayish, yemirilish, nobud boʻlish va boshqa biologik oʻzgarishlar biologik aktivlarning tan olinishi, baholanishi yoki tasniflanishiga taʼsir koʻrsatgan taqdirda, mazkur Standartda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Tashkilot hayvonotchilikka oid biologik aktivlardan olingan sut, tuxum, jun, asal, mum, propolis, pilla, baliqchilik xoʻjaliklarida yetishtirilgan baliq va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yigʻib olish paytida alohida aktiv sifatida tan oladi va mazkur Standartga muvofiq baholaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu mahsulotlarning yigʻimdan keyingi hisobi boshqa tegishli moliyaviy hisobotning milliy standartlariga muvofiq yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotini tan olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Qishloq xoʻjaligi mahsuloti yigʻim paytida mazkur Standartning 26-bandida nazarda tutilgan tan olish mezonlariga javob bergan taqdirda aktiv sifatida tan olinadi va mazkur Standartga muvofiq baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Yigʻim paytida mazkur Standartga muvofiq tan olingan qishloq xoʻjaligi mahsuloti yigʻimdan keyin tegishli moliyaviy hisobotning milliy standartlariga muvofiq tovar-moddiy zaxira yoki boshqa tegishli aktiv sifatida hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mahsulotning keyingi hisob uchun boshlangʻich qiymati mazkur Standartning 60-bandiga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Qishloq xoʻjaligi mahsulotining yigʻimdan keyin agroklasterga, qayta ishlovchi tashkilotga yoki boshqa xaridorga bevosita topshirilishi uning mazkur Standartning 44-bandiga muvofiq qishloq xoʻjaligi mahsuloti sifatida tan olinishiga taʼsir koʻrsatmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulotni hisobdan chiqarish va uni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadni tan olish shartnoma shartlari, mahsulot ustidan nazoratning xaridorga oʻtgan payti hamda qabul qilish-topshirish hujjatlarini inobatga olgan holda tegishli moliyaviy hisobotning milliy standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Qishloq xoʻjaligi faoliyati bilan bogʻliq davlat yordamini tan olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Qishloq xoʻjaligi faoliyati bilan bogʻliq davlat yordami mazkur Standart doirasida faqat sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatda baholanadigan biologik aktivlarga bevosita taalluqli boʻlgan qismi boʻyicha tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatda baholanmaydigan biologik aktivlarga, shuningdek mazkur Standartning qoʻllanish doirasiga kirmaydigan boshqa aktivlarga taalluqli davlat yordami davlat yordamini hisobga olishga oid tegishli moliyaviy hisobotning milliy standartiga muvofiq hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatda baholanadigan biologik aktivlarga taalluqli shartsiz davlat yordami tashkilotda uni olish huquqi yuzaga kelgan paytda foyda yoki zarar tarkibida daromad sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Muayyan shartlar qoʻyilgan davlat yordami ushbu shartlar bajarilganda moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda daromad sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar davlat yordami shartlari muayyan davr davomida bosqichma-bosqich bajarilsa va tashkilot bajarilgan shartlarga mutanosib ravishda davlat yordamining tegishli qismini saqlab qolish huquqiga ega boʻlsa, davlat yordami shartlarning bajarilishiga mutanosib ravishda daromad sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat yordamini olish yoki saqlab qolish uchun tashkilotdan muayyan qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshirmaslik, biologik aktivni belgilangan muddat davomida saqlash yoki boshqa shartlarni bajarish talab etilsa, davlat yordami ushbu shartlar bajarilgunga qadar daromad sifatida tan olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Davlat yordami muayyan biologik aktivga, biologik aktivlar guruhiga yoki qishloq xoʻjaligi faoliyatining muayyan yoʻnalishiga taalluqli boʻlsa, tashkilot uni tegishli biologik aktiv yoki faoliyat yoʻnalishi boʻyicha alohida hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat yordami bir nechta biologik aktivlar, biologik aktivlar guruhlari yoki qishloq xoʻjaligi faoliyati yoʻnalishlariga taalluqli boʻlsa, uning summasi ular oʻrtasida tashkilotning hisob siyosatida belgilangan asosli va izchil qoʻllaniladigan usul boʻyicha taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Davlat yordami hosildor oʻsimliklarga, qishloq xoʻjaligi texnikasiga, inshootlarga, sugʻorish tizimlariga, infratuzilma obyektlariga yoki boshqa asosiy vositalarga taalluqli boʻlsa, bunday davlat yordami tegishli moliyaviy hisobotning milliy standartlariga muvofiq hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Natura shaklida taqdim etilgan davlat yordami sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatda baholanadigan biologik aktivga bevosita taalluqli boʻlsa, bunday yordam boʻyicha daromad mazkur Standartning 48 va 49-bandlariga muvofiq tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Natura shaklida olingan biologik aktiv mazkur Standartga muvofiq, mazkur Standartning qoʻllanish doirasiga kirmaydigan boshqa aktiv esa tegishli moliyaviy hisobotning milliy standartiga muvofiq tan olinadi va baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Davlat yordami tan olinganidan keyin uning shartlari buzilishi natijasida davlat yordamini toʻliq yoki qisman qaytarish majburiyati yuzaga kelsa, tashkilot qaytarilishi lozim boʻlgan summani majburiyat sifatida tan oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat yordamining qaytarilishi davlat yordamini hisobga olishga oid tegishli moliyaviy hisobotning milliy standartiga muvofiq hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Qishloq xoʻjaligi faoliyati obyektlarini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Tashkilot biologik aktivlar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini baholashda ularning xususiyatlari va holatini, biologik rivojlanish bosqichini, bozor sharoitlarini hamda baholash uchun foydalaniladigan axborotning mavjudligi va ishonchliligini inobatga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Biologik aktiv, agar mazkur Standartda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, dastlabki tan olishda sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Biologik aktiv har bir hisobot davri oxirida sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatda qayta baholanadi (bundan mazkur Standartning 57-bandiga muvofiq boshlangʻich qiymat boʻyicha baholanayotgan biologik aktivlar mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Biologik aktivning sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatini ishonchli baholash mumkin deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu faraz faqat biologik aktiv dastlab tan olinganda, mazkur aktiv uchun faol bozor narxlari mavjud boʻlmaganda hamda haqqoniy qiymatni baholashning muqobil usullarining natijalari yetarli darajada ishonchli boʻlmagan taqdirda rad etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday xulosa tegishli hisob-kitoblar va tasdiqlovchi hujjatlar bilan asoslanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu holatda biologik aktiv boshlangʻich qiymatda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur biologik aktivning haqqoniy qiymatini ishonchli baholash imkoniyati yuzaga kelgan paytdan boshlab u sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Biologik aktivning sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatini ishonchli aniqlash mumkin emasligi toʻgʻrisida xulosa chiqarishdan oldin tashkilot mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, biologik aktivning haqqoniy qiymatini aniqlash uchun faol bozordagi joriy narxlar, yaqinda amalga oshirilgan bitimlar narxlari, oʻxshash obyektlar boʻyicha bozor maʼlumotlari, shartnoma narxlari, tarmoq koʻrsatkichlari va statistik maʼlumotlardan, shuningdek kutilayotgan pul oqimlarining joriy qiymatiga asoslangan baholash usullaridan foydalanish imkoniyatini baholaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Biologik aktivni sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatda dastlab tan olishdan, shuningdek ushbu qiymatning keyinchalik oʻzgarishidan yuzaga kelgan foyda yoki zarar u yuzaga kelgan hisobot davrining foydasi yoki zarari tarkibida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Yigʻim paytida tan olingan qishloq xoʻjaligi mahsuloti yigʻim sanasida sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qiymat qishloq xoʻjaligi mahsulotini keyinchalik tegishli moliyaviy hisobotning milliy standartiga muvofiq hisobga olishda uning boshlangʻich qiymati hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Tashkilot biologik aktivlar va yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining haqqoniy qiymatini baholashda qoʻllaniladigan baholash usullari, asosiy taxminlar va axborot manbalarini bir xil turdagi hamda oʻxshash sharoitdagi obyektlarga nisbatan qoʻllaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Sotish xarajatlari tarkibiga aktivni sotish yoki hisobdan chiqarish bilan bevosita bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy xarajatlar va foyda soligʻi sotish xarajatlari tarkibiga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Tashkilot biologik aktivlar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini baholashda mavsumiylik, sugʻorishga bogʻliqlik, tabiiy-iqlim va biologik xavflar, hududiy bozorlar oʻrtasidagi farqlar, shuningdek mahsulotni qabul qilish va topshirish shartlarini ushbu omillar baholash natijasiga taʼsir koʻrsatadigan hollarda inobatga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Biologik aktiv ilgari sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatda baholangan boʻlsa, tashkilot uni keyingi hisobot davrlarida ham ushbu qiymatda baholashni davom ettiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Haqqoniy qiymat mazkur Standartda tartibga solinmagan masalalar boʻyicha haqqoniy qiymatni baholashga oid tegishli moliyaviy hisobotning milliy standarti talablariga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Bir yillik oʻsimliklar va boshqa oʻsimlikchilik obyektlarini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Bir yillik oʻsimliklar mazkur Standartning umumiy baholash qoidalariga muvofiq baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Bir yillik oʻsimliklarning sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatini baholashda ularning turi, vegetatsiya bosqichi, biologik va agrotexnik holati, yetishtirish sharoiti, sugʻorishga bogʻliqlik darajasi, mavsumiylik, tabiiy-iqlim sharoitlari, kutilayotgan hosil miqdori va sifati, joylashgan joyi hamda tegishli bozor maʼlumotlari ushbu omillar bozor ishtirokchilari tomonidan narxni belgilashda hisobga olinadigan darajada inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Bir yillik oʻsimlik dastlab tan olinganda uning sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatini ishonchli baholash mumkin boʻlmasa, u mazkur Standartning 57 va 58-bandlariga muvofiq baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Hosildor oʻsimliklar va ulardan olinadigan mahsulotni baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Hosildor oʻsimliklardan yigʻib olingan qishloq xoʻjaligi mahsuloti yigʻim paytida sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Hosildor oʻsimliklardan olinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotining sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatini baholashda mahsulotning turi, navi, yetilish darajasi, sifati, miqdori, tarmoqqa xos biologik va ishlab chiqarish xususiyatlari, tabiiy-iqlim sharoitlari hamda yigʻim paytidagi tegishli bozor maʼlumotlari mazkur omillar bozor ishtirokchilari tomonidan narxni belgilashda inobatga olinadigan boʻlsa, hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Hosildor oʻsimliklar bilan bogʻliq xarajatlar va ulardan olinadigan mahsulot bilan bogʻliq xarajatlar buxgalteriya hisobida alohida hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hosildor oʻsimliklar bilan bogʻliq xarajatlar tegishli moliyaviy hisobotning milliy standartiga muvofiq asosiy vositalar bilan bogʻliq xarajatlar sifatida, ulardan olinadigan mahsulot bilan bogʻliq xarajatlar esa mazkur Standartga muvofiq qishloq xoʻjaligi faoliyatiga oid xarajatlar sifatida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Hosildor oʻsimliklarda oʻsayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining turi, navi, yetilish darajasi, sifati yoki boshqa xususiyatlari ularning haqqoniy qiymatiga muhim taʼsir koʻrsatsa, tashkilot bir xil xususiyatlarga ega mahsulotlarni alohida guruhlarga ajratgan holda baholaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Hayvonotchilikka oid biologik aktivlarni baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Hayvonotchilikka oid biologik aktivlar mazkur Standartning 55 — 58-bandlarida belgilangan umumiy baholash qoidalariga muvofiq baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Hayvonotchilikka oid biologik aktivlarning sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatini aniqlashda tashkilot hayvonning zoti, yoshi, tirik vazni, yetilish darajasi, mahsuldorlik xususiyati, naslchilik ahamiyati hamda baholash sanasidagi bozor maʼlumotlarini inobatga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Mahsuldor hayvonlarning sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatini baholashda ulardan kelgusida olinadigan mahsulot hajmi, mahsulot berish davri va mahsuldorlik dinamikasi, agar bozor ishtirokchilari ushbu omillarni narxni belgilashda hisobga olsa inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar hayvonlarning haqqoniy qiymati daromad yondashuvi asosida baholansa, ularning tirik vaznining kutilayotgan oʻsishi, qolgan boqish davri hamda ular bilan bogʻliq kelgusidagi pul oqimlari bozor ishtirokchilari qabul qiladigan taxminlar asosida inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Sotish yoki soʻyish uchun parvarish qilinayotgan hayvonotchilikka oid biologik aktivlarning sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatini baholashda ularning tirik vazni, tirik vaznining kutilayotgan oʻsishi, boqish davri, sotishgacha boʻlgan kutilayotgan muddat, veterinariya holati hamda baholash sanasidagi tegishli bozor maʼlumotlari inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur omillar bozor ishtirokchilari tomonidan narxni belgilashda hisobga olinadigan boʻlsa, ular baholashda ham inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Yangi tugʻilgan hayvonlar, joʻjalar, chavoqlar, yangi tashkil topgan asalari oilalari va boshqa shunga oʻxshash biologik aktivlar dastlabki tan olishda sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymat boʻyicha baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ularning sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatini baholashda turi yoki zoti, yoshi, biologik rivojlanish bosqichi, yetilish darajasi, joylashgan joyi hamda tan olish sanasidagi tegishli bozor maʼlumotlari inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nobud boʻlish xavfi bozor ishtirokchilari ushbu xavfni narxni belgilashda hisobga oladigan darajada boʻlganda baholashda aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Parrandachilikka oid biologik aktivlarni baholashda ularning iqtisodiy vazifasi, biologik rivojlanish bosqichi, nobud boʻlish xavfi hamda joriy bozor maʼlumotlari inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Baliqchilikka oid biologik aktivlarni baholashda ularning biologik oʻsish bosqichi, suv havzasi yoki yetishtirish muhitining xususiyatlari, nobud boʻlish xavfi hamda joriy bozor maʼlumotlari inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Asalarichilikka oid biologik aktivlarni baholashda asalari oilalarining soni, holati va mahsuldorligi, kasallik xavfi hamda ulardan olinadigan mahsulot hajmiga taʼsir qiluvchi mavsumiy va tabiiy omillar inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Pillachilikka oid biologik aktivlarni baholashda ularning biologik davri, parvarishlash sharoiti, mahsulot olish muddati hamda tarmoqqa xos ishlab chiqarish xususiyatlari inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Hayvonotchilikka oid biologik aktivlardan olinadigan sut, tuxum, jun, asal, pilla, yetishtirilgan va yigʻib olingan baliqchilik obyektlari hamda boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yigʻim paytida sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymat boʻyicha baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qiymat ushbu mahsulotlarni keyinchalik tovar-moddiy zaxira sifatida hisobga olishda ularning dastlabki qiymati hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Qishloq xoʻjaligi mahsulotining sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatini baholashda tashkilot mahsulotning turi, navi, sifati, yetilish darajasi, miqdori hamda baholash sanasidagi bozor maʼlumotlarini inobatga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Oʻsimlikchilikka oid yigʻib olingan mahsulotlarning sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatini baholashda faol bozor narxlari, qabul qilish narxlari, shartnoma narxlari va boshqa kuzatiladigan bozor maʼlumotlaridan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Hayvonotchilikka oid biologik aktivlardan olinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatini baholashda mahsulotning turi, sifati, miqdori, qabul qilish va realizatsiya qilish shartlari hamda baholash sanasidagi tegishli bozor maʼlumotlari inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Qishloq xoʻjaligi mahsulotining sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatini baholashda qoʻllaniladigan baholash usullari, asosiy taxminlar va axborot manbalari bir xil turdagi hamda oʻxshash sharoitdagi mahsulotlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash usuli, asosiy taxminlar yoki axborot manbalari, agar bunday oʻzgartirish sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatni ishonchliroq baholash imkonini bersa, oʻzgartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Qishloq xoʻjaligi faoliyati bilan bogʻliq davlat yordamini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Mazkur Standart doirasida tan olinadigan pul shaklidagi davlat yordami tashkilotning uni olish huquqi yuzaga kelgan summada baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat yordamidan daromadni tan olish mazkur Standartning 48 va 49-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Natura shaklida olingan davlat yordami sifatidagi aktiv uning xususiyatiga koʻra baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur Standart doirasiga kiradigan biologik aktiv mazkur Standartning 55 — 58-bandlarida muvofiq, mazkur Standartning qoʻllanish doirasiga kirmaydigan aktiv esa tegishli moliyaviy hisobotning milliy standartiga muvofiq baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Natura shaklida olingan davlat yordami boʻyicha daromad mazkur Standartning 48 va 49-bandlariga muvofiq tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Biologik aktivlar, yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va qishloq xoʻjaligi faoliyati bilan bogʻliq davlat yordamini moliyaviy hisobotda taqdim etish va ularga doir axborotni yoritib berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Mazkur Standart doirasiga kiradigan biologik aktivlar, yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, hosildor oʻsimliklarda oʻsib turgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hamda biologik aktivlarga taalluqli davlat yordamini moliyaviy hisobotlarda taqdim etish va ular toʻgʻrisidagi axborotni yoritib berishda Oʻzbekiston Respublikasi moliyaviy hisobotining milliy standarti (1-sonli MHMS) “Moliyaviy hisobotlarda axborotlarni taqdim etish va yoritib berish” (roʻyxat raqami 3923, 2026-yil 13-avgust) talablariga rioya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Tashkilot mazkur Standart doirasidagi obyektlarni moliyaviy hisobotlarda ularning iqtisodiy mazmuni, muhimligi hamda moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun ahamiyatidan kelib chiqib tegishli aktivlar, majburiyatlar, daromadlar va xarajatlar tarkibida aks ettiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Qishloq xoʻjaligi faoliyatiga oid axborot moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun muhim boʻlsa, tashkilot ushbu axborotni moliyaviy hisobotlarda alohida taqdim etadi hamda zarur hollarda moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Biologik aktivlarni moliyaviy hisobotda taqdim etish va ularga doir axborotni yoritib berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Biologik aktivlar moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotda ularning iqtisodiy mazmuni, yetilish darajasi va qoʻllanilgan baholash asosidan kelib chiqib tegishli moddalar tarkibida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Biologik aktivlarning turli guruhlarga mansubligi moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun muhim boʻlsa, tashkilot ular toʻgʻrisidagi axborotni biologik aktivlar guruhlari kesimida moliyaviy hisobotlarda alohida taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Biologik aktivlarni yetilgan va yetilmagan, mahsuldor va isteʼmolga moʻljallangan aktivlar kesimida alohida taqdim etish yoki ular toʻgʻrisidagi axborotni izohlarda yoritib berish, agar bunday tasnif moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun muhim boʻlsa, amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Tashkilot biologik aktivlarning har bir muhim guruhi boʻyicha hisobot davri boshidagi va oxiridagi balans qiymati oʻrtasidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi axborotni moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday axborot, kamida sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatdagi oʻzgarishlar natijasida yuzaga kelgan foyda yoki zararni, xarid qilish, tugʻilish va koʻpayish natijasidagi koʻpayishni, sotish, boshqa chiqib ketish yoki hisobdan chiqarish, mahsulotni yigʻib olish, nobud boʻlish, qayta tasniflash hamda boshqa muhim oʻzgarishlar natijasidagi kamayish yoki koʻpayishni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Biologik aktivlar qiymatidagi oʻzgarishlarni jismoniy va narx omillari taʼsiriga ajratib yoritish moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun muhim boʻlsa, tashkilot bunday axborotni alohida yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda jismoniy oʻzgarishlar biologik aktivlarning oʻsishi, hosil berishi, koʻpayishi, tirik vaznining ortishi, yetilishi yoki biologik holatidagi boshqa oʻzgarishlarni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Tashkilot mazkur Standartning 57-bandiga muvofiq boshlangʻich qiymatda baholanadigan biologik aktivlarning har bir muhim guruhi boʻyicha hisobot davrida tan olingan amortizatsiya summasi, qadrsizlanishdan koʻrilgan zararlar va ularning tiklanishi toʻgʻrisidagi axborotni moliyaviy hisobotlarda yoki ularga doir izohlarda alohida taqdim etadi yoki yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Tashkilot mazkur Standartning 57-bandiga muvofiq boshlangʻich qiymatda baholanadigan biologik aktivlarning har bir guruhi boʻyicha izohlarda quyidagi axborotni yoritib beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biologik aktivlar guruhining tavsifini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatni ishonchli baholash mumkin emasligining sabablarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymat joylashishi ehtimoli yuqori boʻlgan baholar oraligʻini (imkoni mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻllanilgan amortizatsiya usulini hamda foydali xizmat muddatini yoki amortizatsiya stavkasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot davri boshidagi va oxiridagi yalpi balans qiymatini, jamgʻarilgan amortizatsiya hamda jamgʻarilgan qadrsizlanish zararlarini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Tashkilot biologik aktivlarning har bir muhim guruhi boʻyicha moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda ushbu guruhning tavsifi va guruhlash mezonlari, qishloq xoʻjaligi faoliyati yoʻnalishi, iqtisodiy maqsadi, qoʻllanilgan baholash asosi va baholash usuli hamda hisobot sanasidagi balans qiymati toʻgʻrisidagi axborotni yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Tashkilot biologik aktivlarni baholashda qoʻllanilgan baholash usullari, asosiy taxminlar, bozor maʼlumotlari hamda boshqa muhim axborot manbalari toʻgʻrisidagi axborotni moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar haqqoniy qiymatni baholashda faol bozor maʼlumotlaridan foydalanilmagan boʻlsa, tashkilot qoʻllanilgan baholash usuli va uni qoʻllash sabablarini ham yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Biologik aktivlar turli iqtisodiy maqsadlarda foydalanilayotgan yoki ularning bir qismi sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatda, boshqa qismi esa boshlangʻich qiymatda baholanayotgan boʻlsa, tashkilot bunday biologik aktivlar toʻgʻrisidagi axborotni moliyaviy hisobotlarda yoki ularga doir izohlarda alohida yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tegishli biologik aktivlar guruhlarining tavsifi, iqtisodiy maqsadi va qoʻllanilgan baholash asoslari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Ilgari boshlangʻich qiymat boʻyicha baholangan biologik aktivning sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatini keyinchalik ishonchli aniqlash imkoniyati yuzaga kelsa, tashkilot ushbu holatni, uning sabablari va moliyaviy hisobotga taʼsiri toʻgʻrisidagi axborotni izohlarda yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Tashkilot biologik aktivlarga nisbatan qoʻllaniladigan muhim cheklovlar, garovga qoʻyilgan biologik aktivlar, ularni yetishtirish, parvarishlash, saqlash yoki realizatsiya qilish boʻyicha qabul qilingan majburiyatlar, shuningdek qishloq xoʻjaligi faoliyati bilan bogʻliq moliyaviy va tabiiy tavakkalchiliklarni boshqarish strategiyalari toʻgʻrisidagi axborotni, agar bunday axborot muhim boʻlsa, yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomaviy shartlar biologik aktivlar ustidan nazoratga, ularning sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatiga yoki ular bilan bogʻliq moliyaviy natijalarga muhim taʼsir koʻrsatsa, tashkilot mazkur shartlarning mohiyati va moliyaviy taʼsiri toʻgʻrisidagi axborotni ham moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Tashkilot qishloq xoʻjaligi faoliyatini agroklaster yoki boshqa yagona tashkiliy-iqtisodiy zanjir doirasida amalga oshirganda, biologik aktivlar hamda yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qabul qilish, topshirish, qayta ishlashga oʻtkazish yoki realizatsiya qilish shartlarining ularning haqqoniy qiymatiga yoki moliyaviy natijalarga muhim taʼsiri boʻlsa, ushbu shartlarning xususiyati va moliyaviy taʼsirini moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda alohida yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Bir yillik oʻsimliklar va boshqa oʻsimlikchilikka oid biologik aktivlarni moliyaviy hisobotda taqdim etish va ularga doir axborotni yoritib berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Tashkilot bir yillik ekinlar hamda hosildor oʻsimliklar jumlasiga kirmaydigan koʻp yillik oʻsimliklar toʻgʻrisidagi muhim axborotni ularning turlari yoki qishloq xoʻjaligi faoliyati yoʻnalishlari kesimida moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotda alohida taqdim etadi yoki moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda alohida yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106. Moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun ahamiyatli boʻlsa, tashkilot bir yillik oʻsimlikchilikka oid biologik aktivlarni paxtachilik, gʻallachilik va boshqa don ekinlari, sabzavotchilik, polizchilik, tamakichilik, shakarqamish yetishtirish, issiqxona xoʻjaligi hamda boshqa yoʻnalishlar boʻyicha moliyaviy hisobotlarda yoki ularga doir izohlarda alohida taqdim etadi yoki yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107. Tashkilot mazkur Standartning 95-bandiga muvofiq bir yillik ekinlar shaklidagi biologik aktivlarning har bir muhim guruhi boʻyicha balans qiymatidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi axborotni moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda alohida yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatdagi oʻzgarishlar, biologik transformatsiya, nobud boʻlish va boshqa muhim hodisalarning moliyaviy taʼsiri koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108. Bir yillik ekinlar shaklidagi biologik aktivlarning bir qismi sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatda, boshqa qismi esa boshlangʻich qiymatda baholanayotgan boʻlsa, tashkilot bunday aktivlarning har bir muhim guruhi boʻyicha qoʻllanilgan baholash asoslari, hisobot sanasidagi balans qiymati hamda baholash asoslaridagi farqning sabablarini moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda alohida yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
109. Bir yillik oʻsimlikchilikka oid biologik aktivlardan olinadigan yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsuloti tegishli biologik aktivlar toʻgʻrisidagi axborotdan alohida holda mazkur Standart talablariga muvofiq moliyaviy hisobotlarda taqdim etiladi yoki ularga doir izohlarda yoritib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110. Bir yillik oʻsimlikchilikka oid biologik aktivlar boʻyicha hosildorlik, tabiiy-iqlim sharoitlari, sugʻorishga bogʻliqlik, kasalliklar, zararkunandalar yoki boshqa omillar ularning qiymati va moliyaviy natijalarga muhim taʼsir koʻrsatgan boʻlsa, tashkilot bunday omillarning mohiyati va taʼsirini izohlarda alohida yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Hosildor oʻsimliklar va ulardan olinadigan mahsulotni moliyaviy hisobotda taqdim etish va ularga doir axborotni yoritib berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111. Hosildor oʻsimliklar moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotda tegishli moliyaviy hisobotning milliy standartiga muvofiq asosiy vositalar tarkibida taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112. Hosildor oʻsimliklarda oʻsayotgan qishloq xoʻjaligi mahsuloti yigʻib olingunga qadar mazkur Standartga muvofiq biologik aktiv sifatida hosildor oʻsimliklardan alohida hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar bunday axborot muhim boʻlsa, u moliyaviy hisobotlarda alohida taqdim etiladi yoki moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda alohida yoritib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113. Tashkilot hosildor oʻsimliklar boʻyicha asosiy vositalarni hisobga olishga oid tegishli moliyaviy hisobotning milliy standartida nazarda tutilgan axborotni moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda alohida yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hosildor oʻsimliklarda oʻsayotgan qishloq xoʻjaligi mahsuloti biologik aktiv sifatida mazkur Standartga muvofiq yoritib beriladi. Ulardan yigʻib olingan qishloq xoʻjaligi mahsulotining yigʻim paytidagi baholashiga doir axborot mazkur Standartga, yigʻimdan keyingi hisobi va taqdim etilishiga doir axborot esa tegishli moliyaviy hisobotning milliy standartiga muvofiq yoritib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114. Tashkilot hosildor oʻsimliklar, ularda oʻsayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hamda yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari toʻgʻrisidagi axborotni ular uchun belgilangan hisobga olish va baholash tartibidagi farqlar moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun muhim boʻlgan taqdirda moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda alohida yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
115. Hosildor oʻsimliklarning turlari, shuningdek ularda oʻsayotgan yoki ulardan yigʻib olingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining turlari, navlari, sifati yoki boshqa xususiyatlari boʻyicha sezilarli farqlar mavjud boʻlsa va bunday axborot muhim boʻlsa, tashkilot ular toʻgʻrisidagi axborotni alohida guruhlar kesimida moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116. Tashkilot hosildor oʻsimliklarda oʻsib turgan qishloq xoʻjaligi mahsulotining qiymatiga hamda qishloq xoʻjaligi faoliyatining moliyaviy natijalariga muhim taʼsir koʻrsatgan hosildorlikdagi oʻzgarishlar, tabiiy va iqlim omillari toʻgʻrisidagi axborotni moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117. Hosildor oʻsimliklar hamda ularda oʻsayotgan qishloq xoʻjaligi mahsuloti bilan bogʻliq xarajatlar moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun muhim boʻlsa, tashkilot ushbu xarajatlarni ajratib hisobga olish va moliyaviy hisobotlarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi axborotni moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
118. Yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotining haqqoniy qiymatini aniqlashda qoʻllanilgan baholash usuli, asosiy taxminlar yoki maʼlumot manbalari oʻzgartirilsa va bunday oʻzgarish muhim boʻlsa, tashkilot oʻzgarishning xususiyati, sababi va uning baholash natijasiga taʼsirini moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Hayvonotchilikka oid biologik aktivlarni moliyaviy hisobotda taqdim etish va ularga doir axborotni yoritib berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
119. Hayvonotchilikka oid biologik aktivlar moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotda ularning iqtisodiy maqsadi va qoʻllanilgan baholash asosiga muvofiq tegishli moddalar tarkibida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120. Moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun muhim boʻlsa, tashkilot mahsuldor hayvonlar, boquvdagi hayvonlar, naslchilik uchun saqlanayotgan hayvonlar, yosh hayvonlar, yetilgan hayvonlar, tuxum yoʻnalishidagi va goʻsht yoʻnalishidagi parrandalar, baliqchilik obyektlari, asalari oilalari hamda pillachilik obyektlari boʻyicha axborotni moliyaviy hisobotlarda alohida taqdim etadi yoki moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
121. Tashkilot hayvonotchilikka oid biologik aktivlar toʻgʻrisidagi axborotni moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarga ularning mahsulot olish, sotish yoki soʻyish uchun boqish, naslchilik hamda biologik rivojlanishning tegishli bosqichida saqlash maqsadlarini farqlash imkonini beradigan tarzda taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
122. Tashkilot chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, pillachilik va boshqa hayvonotchilikka oid biologik aktivlar boʻyicha moliyaviy hisobot izohlarida ushbu obyektlarning turi, iqtisodiy maqsadi, qoʻllanilgan baholash usuli va hisobot sanasidagi balans qiymati toʻgʻrisidagi axborotni yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
123. Tashkilot mazkur Standartning 95-bandiga muvofiq hayvonotchilikka oid biologik aktivlarning har bir muhim guruhi boʻyicha hisobot davri boshidagi va oxiridagi balans qiymati oʻrtasidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi axborotni moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xarid qilish, tugʻilish, koʻpayish, tirik vaznning oʻsishi, mahsuldorlikning oʻzgarishi, sotish, hisobdan chiqarish, nobud boʻlish hamda boshqa muhim hodisalar natijasidagi oʻzgarishlar alohida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
124. Tirik vazn, mahsuldorlik, nasl berish, biologik rivojlanish, sogʻliq va veterinariya holati, yem-xashak bilan taʼminlanganlik, kasalliklar, epizootiyalar, nobud boʻlish yoki boshqa biologik oʻzgarishlar hayvonotchilikka oid biologik aktivlarning balans qiymatiga yoki moliyaviy natijalarga muhim taʼsir koʻrsatsa, tashkilot bunday oʻzgarishlarning xususiyati, sabablari va moliyaviy taʼsiri toʻgʻrisidagi axborotni moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
125. Hayvonotchilikka oid biologik aktivlardan olinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, jumladan sut, tuxum, jun, asal, pilla, baliqchilik xoʻjaliklarida yetishtirilgan baliq va boshqa tegishli mahsulotlar boʻyicha muhim axborot biologik aktivlar toʻgʻrisidagi axborotdan ajratilgan holda moliyaviy hisobotlarda taqdim etiladi yoki moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini moliyaviy hisobotda taqdim etish va ularga doir axborotni yoritib berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
126. Yigʻim paytida tan olingan qishloq xoʻjaligi mahsuloti yigʻimdan keyin tegishli moliyaviy hisobotning milliy standartiga muvofiq tovar-moddiy zaxira sifatida hisobga olinadi. Hisobot sanasida mavjud boʻlgan bunday mahsulot moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotda tovar-moddiy zaxiralar tarkibida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
127. Tashkilot yigʻim paytida tan olingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining har bir muhim turi yoki guruhi boʻyicha moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda mahsulotning turi, navi, sifati, miqdori, qabul qilish yoki topshirish nuqtasi, yigʻim sanasida sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatda aniqlangan qiymati hamda qoʻllanilgan baholash usuli toʻgʻrisidagi axborotni yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
128. Moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga doir axborot muhim boʻlsa, tashkilot ushbu axborotni oʻsimlikchilik mahsulotlari, chorvachilik va parrandachilik mahsulotlari, hosildor oʻsimliklardan olinadigan mahsulotlar hamda boshqa muhim guruhlar kesimida moliyaviy hisobotlarda alohida taqdim etadi yoki moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
129. Tashkilot hisobot davrida yigʻib olingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining yigʻim sanasida aniqlangan umumiy qiymatini, shuningdek har bir muhim mahsulot turi boʻyicha miqdorini tegishli oʻlchov birliklarida moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
130. Tashkilot yigʻim paytida qishloq xoʻjaligi mahsulotini dastlabki tan olish natijasida yuzaga kelgan foyda yoki zararning yigʻma summasini moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda yoki unga doir izohlarda alohida yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotining haqqoniy qiymatini aniqlashda qoʻllanilgan baholash usuli, asosiy farazlar yoki maʼlumot manbalari oʻzgartirilsa va bunday oʻzgarish muhim boʻlsa, tashkilot moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda oʻzgarishning xususiyati, sababi va uning baholash natijasiga taʼsirini yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
131. Yigʻimdan keyingi saqlash, saralash, tashish, qayta ishlash va realizatsiya qilish bilan bogʻliq jarayonlar tegishli moliyaviy hisobotning milliy standartlariga muvofiq hisobga olinadi. Biroq yigʻim sanasida mavjud boʻlgan shartnoma yoki topshirish shartlari qishloq xoʻjaligi mahsulotining sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatiga muhim taʼsir koʻrsatsa, tashkilot ushbu shartlar toʻgʻrisidagi axborotni moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
132. Qishloq xoʻjaligi mahsulotining qayta ishlovchi tashkilotga yoki boshqa xaridorga bevosita topshirilishi bilan bogʻliq shartlar uning yigʻim sanasidagi sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatini baholashga muhim taʼsir koʻrsatsa, tashkilot baholashda inobatga olingan shartlar, qoʻllanilgan baholash usuli va muhim axborot manbalari toʻgʻrisidagi axborotni moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda shartnoma narxi bozor ishtirokchilari uni narxni belgilashda inobatga oladigan darajadagina hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
133. Tashkilot yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga doir axborotni yoritib berishda qishloq xoʻjaligi faoliyati va keyingi qayta ishlash bosqichi oʻrtasidagi chegarani aniq saqlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Qishloq xoʻjaligi faoliyati bilan bogʻliq davlat yordamini moliyaviy hisobotda taqdim etish va unga doir doir axborotni yoritib berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
134. Mazkur Standartda qishloq xoʻjaligi faoliyati bilan bogʻliq davlat yordamiga nisbatan belgilangan moliyaviy hisobotlarda taqdim etish va moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib berish qoidalari faqat sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatda baholanadigan biologik aktivlarga bevosita taalluqli davlat yordamiga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday davlat yordami moliyaviy hisobotlarda uning iqtisodiy mazmuniga muvofiq tegishli moddalar tarkibida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
135. Mazkur Standartning 134-bandida nazarda tutilgan biologik aktivlarga taalluqli davlat yordami moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun muhim boʻlsa, tashkilot davlat yordamining hisobot davri foydasi yoki zarariga, aktivlar va majburiyatlarga taʼsirini, jumladan daromad sifatida tan olingan summani hamda shartlar bajarilmaganligi sababli daromad sifatida tan olinmagan yoki qaytarilishi mumkin boʻlgan summani moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
136. Davlat yordami bir nechta biologik aktivlarga, biologik aktivlar guruhlariga yoki qishloq xoʻjaligi faoliyatining bir nechta yoʻnalishlariga taalluqli boʻlsa, tashkilot yordam summasini ular oʻrtasida taqsimlashda qoʻllanilgan asos hamda usul toʻgʻrisidagi muhim axborotni moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
137. Davlat yordami pul yoki natura shaklida taqdim etilgan boʻlsa, tashkilot uning shakli, xususiyati va moliyaviy hisobotlarda aks ettirilish tartibi toʻgʻrisidagi muhim axborotni moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
138. Davlat yordami moliyaviy hisobotning bir nechta moddalarida aks ettirilgan boʻlsa va bunday taqdim etish moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun muhim boʻlsa, tashkilot davlat yordamining tegishli moddalar oʻrtasida taqsimlanish asoslarini hamda moliyaviy hisobotda aks ettirilish tartibini moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
139. Tashkilot mazkur Standart doirasiga kiradigan biologik aktivlarga taalluqli davlat yordamining xususiyati, hisobot davrida tan olingan summasi, shartli yoki shartsizligi, qoʻllash shartlari, shuningdek uning qaysi biologik aktiv, biologik aktivlar guruhi yoki qishloq xoʻjaligi faoliyati turiga taalluqliligi toʻgʻrisidagi axborotni moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar davlat yordamining turlari yoki taqdim etilish shakllari boʻyicha farqlanishi moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun muhim boʻlsa, mazkur axborot grantlar, subsidiyalar, kompensatsiyalar va boshqa yordam turlari, shuningdek pul hamda natura shakllari kesimida moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda alohida yoritib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
140. Davlat yordamining turi, taqdim etilish shakli yoki qoʻllash shartlarida oldingi hisobot davriga nisbatan moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun muhim boʻlgan oʻzgarishlar yuz bergan boʻlsa, tashkilot mazkur oʻzgarishlarning xususiyati, sabablari va moliyaviy hisobotga taʼsiri toʻgʻrisidagi axborotni moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
141. Davlat yordami muayyan biologik aktivga, biologik aktivlar guruhiga yoki qishloq xoʻjaligi faoliyatining muayyan yoʻnalishiga bevosita taalluqli boʻlsa, tashkilot mazkur davlat yordamining tegishli biologik aktiv yoki faoliyat yoʻnalishi bilan bogʻliqligi toʻgʻrisidagi axborotni moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda alohida yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
142. Tashkilot hisobot davrida tan olingan davlat yordamining umumiy summasi toʻgʻrisidagi axborotni, u moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun muhim boʻlganda davlat yordamining turlari va maqsadlari kesimida moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
143. Davlat yordamiga nisbatan bajarilmagan shartlar, cheklovlar yoki uni qaytarish majburiyati yuzaga kelishi bilan bogʻliq noaniqliklar mavjud boʻlsa, tashkilot bunday holatlarning mohiyati va ularning moliyaviy hisobotga ehtimoliy taʼsiri toʻgʻrisidagi axborotni moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
144. Natura shaklida olingan davlat yordamining qiymatini aniqlashda qoʻllanilgan baholash asosi, asosiy taxminlar yoki axborot manbalari moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun muhim boʻlsa, tashkilot ushbu axborotni, shuningdek qiymatni baholashdagi muhim noaniqliklarni moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
145. Davlat yordami muayyan biologik aktivlarni yoki qishloq xoʻjaligi faoliyatining muayyan yoʻnalishini qoʻllab-quvvatlash uchun maqsadli ajratilgan boʻlsa, tashkilot moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda davlat yordamidan amalda foydalanish yoʻnalishlari, maqsadli foydalanish shartlariga rioya etilishi hamda maqsadli foydalanishdan muhim chetlanishlar toʻgʻrisidagi axborotni yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
146. Tashkilot biologik aktivlarga taalluqli davlat yordamining maqsadi, uni tan olish va baholashda qoʻllanilgan hisob siyosatini, shuningdek moliyaviy hisobotda taqdim etish usulini moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
147. Tashkilot davlat yordamini olgandan keyin undan foydalanish shartlarini buzsa va buning natijasida davlat yordamini toʻliq yoki qisman qaytarish majburiyati yuzaga kelsa, tashkilot ushbu holatning mohiyati va sabablarini, qaytarilishi lozim boʻlgan summani, tan olingan majburiyatni hamda uning moliyaviy hisobotga taʼsirini moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Fermer xoʻjaliklari uchun buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
148. Fermer xoʻjaliklari qishloq xoʻjaligi faoliyatiga oid buxgalteriya hisobini mazkur Standartning umumiy qoidalariga hamda ushbu bobda belgilangan soddalashtirilgan talablarga muvofiq yuritadi va moliyaviy hisobot tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
149. Ushbu bobda nazarda tutilgan soddalashtirilgan tartib qonunchilik hujjatlariga muvofiq soddalashtirilgan buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot yuritish huquqiga ega boʻlgan fermer xoʻjaliklari tomonidan ixtiyoriy ravishda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bobda alohida tartib belgilanmagan masalalar boʻyicha mazkur Standartning umumiy qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
150. Soddalashtirilgan tartibni qoʻllash ushbu Standartda belgilangan buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillariga hamda moliyaviy hisobotning ishonchliligi, toʻliqligi va taqqoslanuvchanligiga qoʻyiladigan talablarning qoʻllanilishini istisno etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
151. Soddalashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritish tartibi birlamchi hisob hujjatlari va hisob registrlarining shakli, rekvizitlari hamda sonini, hisob maʼlumotlarini umumlashtirish usullarini, shuningdek qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda moliyaviy hisobot shakllari va ularga doir yoritib beriladigan axborot hajmini soddalashtirishga tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soddalashtirilgan tartib biologik aktivlarni, yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini hamda biologik aktivlarga taalluqli davlat yordamini tan olish, tasniflash va baholashga doir mazkur Standartda belgilangan talablarni oʻzgartirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik jarayonlarining birlamchi hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi, oʻz vaqtida va toʻliq hisobga olinishi hamda moliyaviy hisobotlarda ishonchli aks ettirilishi taʼminlanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
152. Fermer xoʻjaligida buxgalteriya hisobi xoʻjalik jarayonlarining hajmi va murakkabligi, qishloq xoʻjaligi faoliyatining tarmoq xususiyatlari, biologik aktivlar hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining turlari, shuningdek moliyaviy hisobotni tuzish uchun zarur boʻlgan axborotdan kelib chiqqan holda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
153. Fermer xoʻjaligi buxgalteriya hisobini soddalashtirilgan hisob registrlarida, shu jumladan axborot tizimlaridan foydalangan holda elektron shaklda yuritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tanlangan hisob yuritish shakli xoʻjalik jarayonlarining toʻliq va oʻz vaqtida hisobga olinishini, buxgalteriya hisobi maʼlumotlarining saqlanishini, shuningdek moliyaviy hisobotning ishonchliligi va taqqoslanuvchanligini taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
154. Fermer xoʻjaligida amalga oshirilgan xoʻjalik jarayonlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan boshlangʻich hisob hujjatlari asosida buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
155. Elektron shakldagi boshlangʻich hisob hujjatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq elektron imzo bilan tasdiqlanadi hamda ularning butligi, haqiqiyligi va belgilangan muddat davomida saqlanishi taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
156. Fermer xoʻjaligi oʻz faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqib, qonunchilik hujjatlarida belgilangan buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasiga muvofiq ishchi hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqadi va uni hisob siyosatida tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi hisobvaraqlar rejasida biologik aktivlar, yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, hosildor oʻsimliklar, qishloq xoʻjaligi faoliyatidan olingan daromadlar va ushbu faoliyat bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek biologik aktivlarga doir davlat yordami tegishli hisobvaraqlar va subschyotlarda alohida hisobga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
157. Fermer xoʻjaligi boshligʻi qoʻllaniladigan hisob registrlarining shakllarini, shuningdek hisob obyektlari boʻyicha axborotni shakllantirish va umumlashtirish tartibini hisob siyosatida belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlar aylanishi tartibi va buxgalteriya hisobini yuritish uchun masʼul shaxslar fermer xoʻjaligi boshligʻining buyrugʻi yoki boshqa ichki tashkiliy hujjati bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
158. Fermer xoʻjaligida buxgalteriya hisobini tashkil etish uchun javobgarlik fermer xoʻjaligi boshligʻi zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
159. Fermer xoʻjaligi tomonidan qoʻllaniladigan buxgalteriya hisobi registrlari quyidagi talablarning bajarilishini taʼminlashi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik jarayonlarini ikkiyoqlama yozuv usulida aks ettirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sintetik va analitik hisob maʼlumotlarining oʻzaro muvofiqligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik jarayonlarini boshlangʻich hisob hujjatlari asosida oʻz vaqtida va toʻliq aks ettirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaligini boshqarish, nazorat qilish va xoʻjalik faoliyatini tahlil qilish, shuningdek moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun zarur boʻlgan buxgalteriya axborotini tegishli koʻrsatkichlar boʻyicha jamlash va tizimlashtirishni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
160. Fermer xoʻjaligi bir vaqtning oʻzida qishloq xoʻjaligi faoliyatining bir nechta yoʻnalishlarida, jumladan, ekinchilik, bogʻdorchilik, uzumchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik yoki boshqa yoʻnalishlarda faoliyat yuritsa, u har bir muhim faoliyat yoʻnalishi boʻyicha aktivlar, majburiyatlar, daromadlar va xarajatlarni alohida aniqlash imkonini beradigan hisobni yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
161. Fermer xoʻjaligi biologik aktivlar, hosildor oʻsimliklar, yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, yigʻimdan keyin qayta ishlashga oʻtkazilgan mahsulotlar hamda biologik aktivlarga taalluqli davlat yordami boʻyicha alohida hisob yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda biologik aktivlar va yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari mazkur Standartga, hosildor oʻsimliklar hamda yigʻimdan keyin qayta ishlashga oʻtkazilgan mahsulotlar esa tegishli moliyaviy hisobotning milliy standartlariga muvofiq hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
162. Fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan bir qatorda ularni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash yoki realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirgan taqdirda biologik aktivlar va yigʻim paytida olingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan bogʻliq jarayonlar yigʻimdan keyingi jarayonlardan alohida hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda biologik aktivlar hamda yigʻim paytida olingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisobi mazkur Standartga muvofiq, yigʻimdan keyingi jarayonlarning hisobi esa moliyaviy hisobotning tegishli milliy standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Fermer xoʻjaliklarida biologik aktivlar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini baholashning soddalashtirilgan tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
163. Fermer xoʻjaligi biologik aktivlar va yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini mazkur Standartning umumiy baholash qoidalariga muvofiq baholaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faol bozor narxlari mavjud boʻlmaganda, fermer xoʻjaligi sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatni aniqlash uchun ushbu paragrafda nazarda tutilgan soddalashtirilgan baholash usullaridan foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda qoʻllanilgan usul haqqoniy qiymatning ishonchli baholanishini taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
164. Biologik aktivning sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatini ishonchli aniqlash mumkin boʻlmagan taqdirda, fermer xoʻjaligi biologik aktivni mazkur Standartning 57-bandida belgilangan tartibda baholaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
165. Mazkur Standartning 57-bandiga asosan boshlangʻich qiymat boʻyicha baholanadigan biologik aktivning boshlangʻich qiymati uni sotib olish, yetishtirish, boqish, parvarishlash yoki koʻpaytirish bilan bevosita bogʻliq xarajatlardan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday xarajatlarga urugʻlik va koʻchatlar, yem-xashak, mineral va organik oʻgʻitlar, yoqilgʻi-moylash materiallari, sugʻorish, agrotexnik va veterinariya xizmatlari, bevosita mehnat xarajatlari hamda biologik aktivni belgilangan holat va joyga keltirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy va sotish xarajatlari, meʼyordan ortiq nobudgarchiliklar, foydalanilmay qolgan ishlab chiqarish quvvatlari bilan bogʻliq xarajatlar hamda biologik aktivni belgilangan holat va joyga keltirish bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan boshqa xarajatlar uning boshlangʻich qiymatiga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
166. Ayrim xarajatlarni muayyan biologik aktivlar yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga bevosita kiritish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, fermer xoʻjaligi bunday xarajatlarni hisob siyosatida belgilangan asosli va izchil qoʻllaniladigan usulga muvofiq taqsimlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
167. Mazkur Standartning 57-bandiga muvofiq boshlangʻich qiymatda baholanadigan bir yillik oʻsimliklarning boshlangʻich qiymatiga ularni yetishtirish va biologik transformatsiyasini taʼminlash bilan bevosita bogʻliq xarajatlar, shuningdek ushbu oʻsimliklarga tegishli boʻlgan asosli va izchil taqsimlangan bilvosita xarajatlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
168. Mazkur Standartning 57-bandiga muvofiq boshlangʻich qiymati boʻyicha baholanadigan hayvonotchilikka oid biologik aktivlarning boshlangʻich qiymati ularni xarid qilish qiymati va xarid bilan bevosita bogʻliq xarajatlardan, shuningdek boqish, parvarishlash, yem-xashak bilan taʼminlash, veterinariya xizmatlari, bevosita mehnat xarajatlari hamda ularni belgilangan holat va joyga keltirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlardan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
169. Fermer xoʻjaligi yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotini yigʻim sanasida mazkur Standartning umumiy baholash qoidalariga muvofiq sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatda baholaydi. Faol bozor narxlari mavjud boʻlmaganda, ushbu qiymat mazkur Standartda nazarda tutilgan boshqa baholash usullari va mavjud ishonchli axborot asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi mahsulotining yigʻim sanasidagi sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatini baholashda mahsulotning turi, miqdori, sifati, navi, yetilish darajasi va joylashgan joyi, shuningdek baholash sanasidagi tegishli bozor maʼlumotlari, agar mazkur omillar bozor ishtirokchilari tomonidan narxni belgilashda inobatga olinsa, hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
170. Fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi mahsulotini agroklasterga yoki boshqa xaridorga bevosita topshirganda, mahsulotning miqdori, sifati, navi va boshqa xususiyatlarini qabul qilish-topshirish hujjatlari asosida aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma yoki qabul qilish narxlari qishloq xoʻjaligi mahsulotining yigʻim sanasidagi haqqoniy qiymatini aks ettirgan taqdirdagina, ular mahsulotning sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatini baholashda inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
171. Biologik aktivlarga taalluqli davlat yordami mazkur Standartda belgilangan tartibda, uning iqtisodiy mazmuni, taqdim etilish shakli va qoʻllash shartlaridan kelib chiqib hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pul shaklidagi davlat yordami olinishi lozim boʻlgan summa boʻyicha, natura shaklida olingan aktiv esa tan olish sanasidagi haqqoniy qiymati boʻyicha baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Natura shaklida davlat yordami sifatida olingan biologik aktivning sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymati mazkur davlat yordamining qiymatini aniqlashda asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
172. Hisobot davrida qoʻllanilayotgan baholash usuli oʻzgartirilsa va bunday oʻzgarish moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun muhim boʻlsa, oʻzgarishning sabablari va uning moliyaviy hisobotga taʼsiri toʻgʻrisidagi axborot moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Fermer xoʻjaliklarida moliyaviy hisobotlarni taqdim etish va axborotni yoritib berishning soddalashtirilgan tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
173. Fermer xoʻjaligi hisobot davri yakuni boʻyicha soddalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soddalashtirilgan moliyaviy hisobot moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotni (balans), moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni hamda mazkur Standart va qonunchilik hujjatlariga muvofiq zarur boʻlgan izohlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
174. Fermer xoʻjaligi tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning shakli soddalashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda soddalashtirilgan shakl moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun muhim boʻlgan axborotning toʻliq va ishonchli taqdim etilishini taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
175. Fermer xoʻjaligi biologik aktivlarning har bir muhim guruhi boʻyicha ularning turi, iqtisodiy maqsadi, qoʻllanilgan baholash usuli, balans qiymati hamda hisobot davridagi muhim oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi axborotni moliyaviy hisobotlarda yoki izohlarda yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
176. Hayvonotchilikka oid biologik aktivlardan olinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari toʻgʻrisidagi muhim axborot biologik aktivlar toʻgʻrisidagi axborotdan alohida yoritib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
177. Fermer xoʻjaligi yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha mahsulot turi, miqdori, yigʻim paytidagi tan olingan qiymati va qoʻllanilgan baholash usuli toʻgʻrisidagi axborotni moliyaviy hisobotlarda yoki izohlarda yoritib beradi (agar muhim boʻlsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
178. Fermer xoʻjaligida hosildor oʻsimliklar mavjud boʻlsa, hosildor oʻsimliklar va ulardan olinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari toʻgʻrisidagi axborot ularning iqtisodiy mazmuni va hisobga olish tartibidagi farqlarni aks ettiradigan tarzda alohida yoritib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
179. Fermer xoʻjaligi biologik aktivlarga taalluqli davlat yordami boʻyicha moliyaviy hisobotlarda yoki unga doir izohlarda davlat yordamining xususiyati, hisobot davrida tan olingan summasi, uni olish va saqlab qolish shartlari, u taalluqli boʻlgan biologik aktiv, biologik aktivlar guruhi yoki qishloq xoʻjaligi faoliyati yoʻnalishi, shuningdek uni tan olishda qoʻllanilgan hisob siyosati toʻgʻrisidagi axborotni yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
180. Fermer xoʻjaligi biologik aktivlar yoki yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sotish xarajatlari chegirilgan haqqoniy qiymatini aniqlashda ushbu bobda nazarda tutilgan soddalashtirilgan baholash usulidan foydalangan boʻlsa, moliyaviy hisobotga doir izohlarda qoʻllanilgan baholash usulini, uni tanlash sabablarini, asosiy farazlarni hamda foydalanilgan muhim axborot manbalarini yoritib beradi. Natura shaklida olingan aktivning haqqoniy qiymatini aniqlashda baholash usulidan foydalanilgan taqdirda, mazkur baholash usuli hamda foydalanilgan muhim axborot manbalari ham yoritib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
181. Fermer xoʻjaligi hisobot davrida biologik aktivlar yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini guruhlash tartibini, baholash usulini yoxud davlat yordamiga nisbatan qoʻllanilgan hisob siyosatini oʻzgartirsa va ushbu oʻzgarish moliyaviy hisobot uchun muhim boʻlsa, u oʻzgarishning mohiyati va sabablarini, qoʻllash sanasini hamda moliyaviy hisobotga miqdoriy taʼsirini moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur oʻzgarishlar tegishli moliyaviy hisobotning milliy standartlarida belgilangan tartibda hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgarishning moliyaviy taʼsirini ishonchli aniqlash mumkin boʻlmasa, fermer xoʻjaligi ushbu holatni va uning sabablarini yoritib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
182. Fermer xoʻjaligi agroklaster yoki boshqa xaridorga mahsulotni bevosita topshirsa va mahsulotni qabul qilish yoki topshirish shartlari moliyaviy hisobot koʻrsatkichlariga muhim taʼsir koʻrsatsa, bunday taʼsir moliyaviy hisobotlarga doir izohlarda yoritib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
183. Fermer xoʻjaligining moliyaviy hisobotlari undan foydalanuvchilarga biologik aktivlar, yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, hosildor oʻsimliklar, biologik aktivlarga taalluqli davlat yordami hamda qishloq xoʻjaligi faoliyatining moliyaviy natijalari toʻgʻrisida tushunarli, ishonchli va muhim axborot olish imkonini berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
184. Moliyaviy hisobotlarda muhim axborotning boshqa axborot bilan birlashtirib yuborilishiga, notoʻgʻri tasniflanishiga yoki yetarli darajada yoritib berilmasligiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi moliyaviy hisobotning milliy standarti (70-sonli MHMS) “Qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobi”ga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biologik aktivlar
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari
Yigʻimdan keyingi qayta ishlash yoki tayyorlash natijasida olinadigan mahsulotlar
Hayvonotchilikka oid biologik aktivlar
Chorvachilik
Sigir
Sut
Qatiq, pishloq, sariyogʻ, qaymoq va boshqa sut mahsulotlari
Buqa
Goʻsht
Goʻsht va goʻsht mahsulotlari
Qoʻy
Jun, teri, sut, goʻsht
Ip-kalava, moʻyna mahsulotlari, gazlama, gilam, pishloq, goʻsht mahsulotlari
Echki
Sut, jun (momiq), goʻsht
Pishloq, qatiq, gazlama, momiq mahsulotlari
Ot
Sut (qimiz uchun), goʻsht
Qimiz, goʻsht mahsulotlari
Tuya
Sut, jun, goʻsht
Tuya sutidan tayyorlangan mahsulotlar, gazlama, goʻsht mahsulotlari
Quyon
Goʻsht, teri va moʻyna
Goʻsht mahsulotlari, moʻyna mahsulotlari
Choʻchqa
Goʻsht
Kolbasa, dudlangan goʻsht, konservalar
Parrandachilik
Tovuq
Goʻsht, tuxum
Goʻsht va tuxum mahsulotlari
Kurka
Goʻsht, tuxum
Goʻsht va tuxum mahsulotlari
Oʻrdak
Goʻsht, tuxum, pat
Yostiq, koʻrpa uchun pat, goʻsht mahsulotlari
Gʻoz
Goʻsht, tuxum
Goʻsht va tuxum mahsulotlari
Bedana
Goʻsht, tuxum, teri, pat
Goʻsht, tuxum va charm mahsulotlari
Tuyaqush
Goʻsht, tuxum, teri, pat
Goʻsht va tuxum mahsulotlari, charm hamda pat mahsulotlari
Asalarichilik
Asalari oilasi
Asal, asalari mumi, gul changi, asalari suti va zahri
Qadoqlangan asal, mum, kosmetika va farmatsevtika mahsulotlari
Fermentlangan/quritilgan tamaki, tamaki mahsulotlari
Bugʻdoy
Bugʻdoy doni
Un, non mahsulotlari, makaron
Arpa
Arpa doni
Yorma, solod (pivo uchun), kombikorm
Makkajoʻxori don uchun
Makkajoʻxori doni
Un, yorma, kraxmal, kombikorm
Sholi
Sholi (shift guruch)
Guruch, guruch uni, kepak
Noʻxat
Noʻxat doni
Konservalangan noʻxat, un
Mosh
Mosh doni
Konservalangan/qaynatilgan mahsulotlar
Loviya
Loviya doni
Konservalangan loviya
Yeryongʻoq
Yeryongʻoq (don)
Yeryongʻoq yogʻi, magʻiz, qandolat mahsulotlari
Soya
Soya doni
Soya yogʻi, soya uni, kunjara
Kungaboqar
Kungaboqar urugʻi
Kungaboqar yogʻi, kunjara
Kunjut
Kunjut urugʻi
Kunjut yogʻi
Pomidor
Pomidor mevasi
Tomat pastasi, sharbat, ketchup, konserva
Bodring
Bodring mevasi
Tuzlangan/marinadlangan bodring, konserva
Sabzi
Sabzi ildizmevasi
Sharbat, konserva, muzlatilgan mahsulot
Piyoz
Bosh koʻk piyoz
Quritilgan piyoz, piyoz kukuni
Sarimsoqpiyoz
Sarimsoq boshi
Quritilgan sarimsoq, sarimsoq kukuni
Karam
Karam boshi
Tuzlangan karam, marinadlangan karam
Koʻkatlar
Koʻk barg mahsuloti
Quritilgan/muzlatilgan koʻkatlar
Rediska
Rediska ildizmevasi
Tozalangan/qadoqlangan mahsulot
Shirin qalampir
Shirin qalampir mevasi
Konserva, muzlatilgan mahsulot
Achchiq qalampir
Achchiq qalampir mevasi
Quritilgan qalampir, achchiq souslar
Baqlajon
Baqlajon mevasi
Konserva, baqlajon ikrasi
Osh lavlagi
Osh lavlagi ildizmevasi
Konserva, sharbat
Sholgʻom
Sholgʻom ildizmevasi
Konservalangan mahsulot
Turp
Turp ildizmevasi
Tuzlangan/marinadlangan mahsulot
Shirin makkajoʻxori
Shirin makkajoʻxori boshogʻi
Konservalangan/muzlatilgan shirin makkajoʻxori
Kartoshka
Kartoshka tugunagi
Chips, kraxmal, muzlatilgan kartoshka (fri), quruq pyure
Tarvuz
Tarvuz mevasi
Sharbat
Qovun
Qovun mevasi
Quritilgan qovun (qoq), murabbo
Qovoq
Qovoq mevasi
Qovoq pyuresi, qovoq urugʻi yogʻi
Beda
Beda oʻti
Pichan, briketlangan/granulalangan yem
Xashaki lavlagi
Xashaki lavlagi ildizmevasi
Chorva yemi
Oq joʻxori
Oq joʻxori doni/poyasi
Kombikorm, silos
Makka silos uchun
Yashil massa (poya-barg)
Silos
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) ushbu ilovada biologik aktivlar, hosildor oʻsimliklar, yigʻim paytidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hamda yigʻimdan keyingi qayta ishlash yoki tayyorlash natijasida olinadigan mahsulotlarga doir namunaviy misollar keltirilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) mazkur ilovadagi roʻyxat yakuniy yoki cheklangan roʻyxat hisoblanmaydi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2026 y., 10/26/3944/0977-son)