1-ILOVA
J.A. Qo‘chqorov | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Respublika komissiyasi raisi |
A.Ya. Xaydarov | — | iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari, Respublika komissiyasi raisining o‘rinbosari |
K.A. Sharipov | — | oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri |
N.Q. Xolmurodov | — | investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari |
M.Sh. Istamov | — | adliya vaziri o‘rinbosari |
A.A. Turdaliyev | — | Markaziy bank raisi o‘rinbosari |
O.A. Pekos | — | raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari |
M.M. Mirzayev | — | Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari |
V.Yu. Pak | — | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori o‘rinbosari |
A.J. Ortiqov | — | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori |
J.O. Urunov | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil o‘rinbosari |
D.A. Vahobov | — | Savdo-sanoat palatasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi raisi |
B.Q. Abdinazarov | — | “UzAssets” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi |
M.M. Tulaxodjayeva | — | O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy uyushmasi raisi |
D.A. Sultanova | — | O‘zbekiston buxgalterlar federatsiyasi boshqaruvi ijrochi direktori |
M.M. Perper | — | O‘zbekiston sertifikatlangan moliya mutaxassislari uyushmasi raisi |
O.Sh. Sultanov | — | Xalqaro buxgalteriya autsorsing tashkilotlari uyushmasi boshqaruvi raisi |
O.O. Barakayev | — | Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqarma boshlig‘i, Respublika komissiyasi mas’ul kotibi |
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish shakli | Bajarish muddati | Mas’ullar |
I. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishni muvofiqlashtirish va ushbu jarayonda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda uslubiy jihatdan ta’minlash | |||||
1. | Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (keyingi o‘rinlarda — MHXS) o‘tish jarayonini muvofiqlashtirish. | 1. MHXSni joriy qilish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarning vazifalarini aniq belgilab berish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy qilish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi), Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Soliq qo‘mitasi, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “UzAssets” AJ |
2. Tadbirkorlik subyektlarining MHXSga o‘tish jarayonini to‘liq qamrab oladigan va ularning faoliyat turidan kelib chiqib, MHXSni qo‘llash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | |||
3. Tadbirkorlik subyektlarini MHXSni joriy qilish bo‘yicha tashkiliy va uslubiy jihatdan ta’minlab borish. | Amaliy chora-tadbirlar | Har chorak | |||
2. | MHXSga o‘tish jarayonini muvofiqlashtirishda tadbirkorlik subyektlariga qulayliklar yaratish. | 1. MHXS birinchi marta qo‘llanganda tadbirkorlik subyektiga MHXS asosidagi dastlabki moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda oldingi mos davrning eng kamida bitta sanasiga nisbatan qiyosiy axborotni oshkor etishiga ruxsat etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | Respublika komissiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi |
2. Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar toifasiga kiritilmagan tashkilotlarga moliyaviy hisobotlarini Moliyaviy hisobotning milliy standartlari (keyingi o‘rinlarda — MHMS) asosida tuzishi hamda soliq organlariga taqdim etishida uslubiy yordam ko‘rsatish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi | ||
3. | Moliyaviy (buxgalteriya) hisob tizimini avtomatlashtirish va Yagona hisobotlar tizimiga integratsiyalash. | 1. Buxgalteriya hisobini yuritish jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyatlarini o‘rganish, bu borada milliy va xalqaro amaliyotga mos keladigan dasturiy mahsulotlarni tahlil qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil oktabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. ERP (Enterprise resourse planning) va buxgalteriya dasturiy ta’minotlarida MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot shakllarini avtomatik ravishda to‘ldirish mexanizmlarini joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil noyabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi | ||
3. MHXS asosida moliyaviy hisobotni hamda uning sifatini nazorat qilish uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish va uni Yagona hisobotlar tizimiga integratsiyalash orqali joriy qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil noyabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Markaziy bank | ||
4. | MHXSni joriy qilishda raqamli texnologiyalarni keng tatbiq etish imkoniyatlarini o‘rganish va malakali mutaxassislarni tayyorlash. | 1. MHXSni raqamlashtirishga qaratilgan dasturiy mahsulotlarni joriy qilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil noyabr | Respublika komissiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. Buxgalter, auditor va moliya mutaxassislari uchun raqamli bilimlar (ERP, AI, Big Data) bo‘yicha malaka oshirish dasturlarini joriy qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil noyabr | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
3. Oliy ta’lim muassasalari va tegishli jamoat birlashmalari bilan hamkorlikda maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil noyabr | |||
5. | Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar reyestrini shakllantirish hamda ularda zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy qilish. | 1. Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar toifasi mezonlariga javob beradigan tashkilotlar ro‘yxatini shakllantirish va unga zarur o‘zgartirishlarni kiritib borish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Har chorak | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Soliq qo‘mitasi |
2. Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlarda audit qo‘mitasini tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘mak berish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
6. | MHXSni amaliyotga joriy qilishni uslubiy jihatdan ta’minlash. | 1. Buxgalteriya hisobi va audit sohasi bo‘yicha malakali mutaxassis va amaliyotchilar, xorijiy va mahalliy ekspertlardan iborat metodologik kengash tashkil etish va uning asosiy faoliyat yo‘nalishlarini belgilash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil oktabr | Respublika komissiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Metodologik kengash tomonidan MHXS va auditga doir masala va muammolarni muhokama qilish hamda ushbu masalalar yuzasidan tegishli xulosalarni rasmiy veb-saytlarda e’lon qilib borish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Har chorak | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Soliq qo‘mitasi, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | ||
7. | MHXSni joriy etish jarayonida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida yuzaga keladigan muammolarni sohalar va tarmoqlar kesimida o‘rganish va hal etish hamda ularni uslubiy ta’minlash. | 1. Metodologik kengash tomonidan moliya, sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi va boshqa soha va tarmoqlarda MHXSni joriy qilish bo‘yicha muammolarni o‘rganish, aniqlangan muammolarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil may | Respublika komissiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Soha va tarmoqlar kesimida MHXS asosida hisob yuritish va moliyaviy hisobot tayyorlash bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Har chorak | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
3. Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun soddalashtirilgan buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi MHMSni ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil avgust | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi | ||
4. Fermer xo‘jaliklari uchun soddalashtirilgan buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi MHMSni ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil sentabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi | ||
8. | Moliyaviy hisobotning milliy standartlarini 2027-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich joriy etish. | 1. Buxgalteriya hisobining milliy standartlarini (keyingi o‘rinlarda — BHMS) xalqaro talab va standartlarga asosan qayta ko‘rib chiqish hamda ularni unifikatsiya qilish orqali Kichik va o‘rta biznes uchun MHXSga uyg‘unlashgan Moliyaviy hisobotning milliy standartlari loyihalarini ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil davomida | Respublika komissiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
2. MHMS loyihalarini mutaxassislar, ilmiy xodimlar va ekspertlar hamjamiyati bilan muhokama qilish va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil davomida | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi | ||
9. | MHXS va MHMS bo‘yicha, jumladan, moliyaviy hisobotlarga doir normativ-huquqiy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish. | 1. MHXSga muvofiq standartlashtirilgan, jumladan, konsolidatsiyalashgan hisobotlar uchun moliyaviy hisobot shakllarini va MHXSga moslashtirilgan namunaviy hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil yanvar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “UzAssets” AJ |
2. Daromadlar va xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi MHMSni ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
3. MHMSning BHMSdan farqlari va afzalliklari bayon etilgan sharhli qo‘llanma ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil noyabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
10. | MHXS va MHMSga muvofiq qimmatli qog‘ozlar emitentlari tomonidan Korporativ axborot yagona portalida moliyaviy hisobotlarni e’lon qilish jarayonini takomillashtirish. | 1. Qimmatli qog‘ozlar bozorida axborot taqdim etish va e’lon qilish qoidalariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyul | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Korporativ axborot yagona portalida e’lon qilinadigan moliyaviy hisobotlarning soddalashtirilgan shaklini tasdiqlash va texnik imkoniyatini yaratish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil avgust | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
3. Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlarning auditorlik tekshiruvidan o‘tgan yillik moliyaviy hisobotining to‘liq to‘plamini Korporativ axborot yagona portaliga joylashtirish va e’lon qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | Har yil yakuniga ko‘ra | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
11. | Sug‘urta tashkilotlari MHXS asosida buxgalteriya hisobini yuritishi va moliyaviy hisobotlarni tayyorlashga o‘tishi bo‘yicha choralar ko‘rish. | 1. Sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar)ning sug‘urta zaxiralarini shakllantirish va to‘lov qobiliyatini aniqlash metodikasini “Solvency II” me’yorlariga muvofiqlashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil dekabr | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Soliq va boshqa tegishli qonunchilik hujjatlarini sug‘urta tashkilotlari uchun qo‘llanadigan MHXSga muvofiqlashtirish maqsadida qayta ko‘rib chiqqan holda o‘zgartirish yuzasidan takliflar kiritish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi | ||
II. MHXSni joriy qilishda soliq munosabatlarini tartibga solish | |||||
12. | Tadbirkorlik subyektlarini MHXSni joriy qilishda soliq munosabatlari bo‘yicha huquqiy va uslubiy jihatdan ta’minlash. | Tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida MHXS asosida foyda solig‘ini hisoblash bo‘yicha so‘rov o‘tkazish va ularga mazkur masalada uslubiy yordam ko‘rsatish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil dekabr | Soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
13. | Buxgalteriya hisobi va soliq hisobi o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish hamda tadbirkorlik subyektlarini huquqiy va uslubiy jihatdan ta’minlash. | 1. Soliq hamda buxgalteriya hisobi o‘rtasidagi farqlarni hisob-kitoblar va tushuntirishlar, moliyaviy hisobotga izohlarda oshkor etishni takomillashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil fevral | Soliq qo‘mitasi |
2. Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda soliq qonunchiligiga daromadlar, xarajatlar, aktivlar va majburiyatlarni soliq hisobi maqsadlarida tan olish prinsiplari va tartiblarini belgilovchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi | ||
14. | MHXSni joriy qiluvchi tashkilotlar uchun zarur sharoitlar yaratish. | 1. Soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabineti orqali MHXS bo‘yicha hisobot topshirishning texnik reglamentini ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil avgust | Soliq qo‘mitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. Soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetida MHXSga o‘tuvchilardan xabarnomani qabul qilish va ularning hisobotlarini e’lon qilish imkoniyatini yaratish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil sentabr | Soliq qo‘mitasi | ||
III. Qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish | |||||
15. | Moliyaviy hisob tizimiga doir qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish. | 1. Moliyaviy hisob tizimiga doir amaldagi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan o‘tkazish va ilg‘or xalqaro tajriba asosida takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil noyabr | Respublika komissiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
2. Yangi tahrirdagi “Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi | 2025-yil dekabr | |||
16. | MHXSni joriy qilishga doir qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirish. | 1. MHXSni joriy qilishga doir qonunchilik hujjatlarini inventarizatsiya qilish va ro‘yxatini shakllantirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil noyabr | Respublika komissiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Mazkur ro‘yxatdagi hujjatlarda keltirilgan normalarning ushbu qaror talablariga muvofiqligini ta’minlash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil fevral | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
17. | “Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar” tushunchasi va toifasidan kelib chiqib, qonunchilik hujjatlarini muvofiqlashtirish. | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi | 2026-yil fevral | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
IV. Moliyaviy hisob tizimini zamonaviy talablar va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish hamda malakali kadrlar bilan ta’minlash | |||||
18. | Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar tomonidan “MHXSning barqarorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etish standartlari”ni (IFRS Sustainability Disclosure Standards) 2027-yil 1-yanvardan boshlab joriy qilish. | 1. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari fondi bilan bitim tuzish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Kelishuvga muvofiq | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. “MHXSning barqarorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etish standartlari”ni tan olish tartibi va joriy etish to‘g‘risidagi nizomni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil iyul | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
3. “MHXSning barqarorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etish standartlari” matnini davlat tiliga tarjima qilish hamda MHXS fondi yillik xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplab berish. | Amaliy chora-tadbirlar | Har yili | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
4. Barqaror rivojlanish va ESG (Environmental, Social, Governance) hisobotini tayyorlash qoidalari va ularni joriy etish bo‘yicha tadbirlar dasturini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil dekabr | “UzAssets” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
5. “MHXSning barqarorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilish standartlari”ni qo‘llash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “UzAssets” AJ | ||
19. | “Yashil buxgalteriya” (Green accounting) amaliyotini joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlarning ekologik xarajatlarini aniqlash, hisobga olish va hisobot berish usullarini belgilashni nazarda tutuvchi “yashil buxgalteriya” (Green accounting) amaliyotini joriy qilish bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyul | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi |
2. Davlat ishtiroki mavjud yirik korxonalarda barqaror rivojlanish sohasidagi ma’lumotlarni oshkor qilish va ESG hisobot standartlarini joriy etish uchun mas’ul bo‘linmalar tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil sentabr | Respublika komissiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “UzAssets” AJ | ||
20. | Tadbirkorlik subyektlarini MHXS bo‘yicha xalqaro sertifikatga ega malakali kadrlar bilan ta’minlash. | MHXS bo‘yicha buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida MHXS (“MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot”, “Audit va ishonch bildirish xizmatlari”, “Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (ACCA DipIFR)” fanlari va boshqalar) imtihon xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan qoplab berish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026 — 2028-yillar davomida | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
21. | Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda milliy sertifikatlash tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | 1. Buxgalterlar va auditorlarni milliy sertifikatlashtirishdan o‘tkazishning amaldagi tartibining ushbu sohadagi xalqaro standartlar va talablarga muvofiqligini tanqidiy tahlil qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil noyabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Ta’limning xalqaro standartlariga (International Education Standards — IES) muvofiq darajali va modulli yondashuvga asoslangan xalqaro ilg‘or amaliyotdan kelib chiqib, kasbiy sertifikatlashtirish tizimini joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyun | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, buxgalterlar va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari | ||
3. Auditorlar malakasini oshirish dasturlarini qayta ko‘rib chiqib, Ta’limning xalqaro standartlariga muvofiqlashtirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, buxgalterlar va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari | ||
22. | Davlat ta’lim standartlari va talablarini xalqaro amaliyotga muvofiqlashtirish. | 1. O‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim uchun moliya mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim standartlari, shuningdek, moliyaviy mutaxassisliklar bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil sentabrga qadar | |
2. Oliy ta’limning bakalavr va magistratura bosqichining “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishlari mavjud ta’lim muassasalarida xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv dasturlarini tasdiqlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
3. “Moliyaviy hisobotning milliy standartlari”, “Professional buxgalterlarning xalqaro odob-axloq kodeksi” va “Sud-buxgalteriya ekspertizasi” fanlarini o‘rganishni nazarda tutuvchi yangilangan o‘quv dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab | |||
23. | Buxgalteriya hisobi va audit sohalaridagi ilmiy yangiliklarni amaliyotga tatbiq qilish. | 1. Sohaga doir xalqaro tan olingan ilmiy yangiliklarni o‘rganish va amaliyotga joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Har yili | |
2. Ilmiy yangiliklar asosida tegishli qonunchilik hujjatlari, standartlar, qoidalar va reglamentlarni qayta ko‘rib chiqish, zaruratga qarab ularga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish. | Amaliy chora-tadbirlar | Har yili | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
24. | Respublika hududida buxgalterlar va auditorlar uchun Xalqaro odob-axloq kodeksini to‘liq joriy etish. | 1. Buxgalterlar va auditorlar uchun o‘quv dasturlari va imtihon modullarini xalqaro ta’lim standartlari va Professional buxgalterlarning xalqaro odob-axloq kodeksiga (keyingi o‘rinlarda — Odob axloq kodeksi, Code of Ethics for Professional Accountants) muvofiq tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil yanvardan boshlab | |
2. Buxgalterlar va auditorlar uchun Odob-axloq kodeksining asosiy prinsiplariga amal qilish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma tayyorlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
3. Respublikaning barcha hududlarida buxgalterlar va auditorlar uchun Odob-axloq kodeksini o‘qitish orqali ularning mustaqilligi, axloqiy normalar va talablar to‘g‘risida xabardorligini oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil yanvar | |||
V. MHXSga o‘tishni monitoring qilish tizimini takomillashtirish | |||||
25. | MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobotlarning elektron bazasini shakllantirish va moliyaviy hisobotlar taqdim etiladigan davlat organlarining elektron tizimlarini integratsiya qilish. | 1. MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobotlarning Yagona hisobotlar tizimida elektron bazasini shakllantirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil oktabr | Soliq qo‘mitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Axborot tizimlarini integratsiya qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | |||
3. Yillik moliyaviy hisobotlar va auditorlik xulosalarni tahlil qilib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | Har yil yakuniga ko‘ra | |||
26. | Doimiy ravishda yangilanib turadigan umumiy foydalanishdagi elektron resurslarni ishlab chiqish va yuritish. | “Professional buxgalterlar reyestri”, “Auditorlar reyestri”, “Auditorlik tashkilotlarining reyestri”, “Soliq maslahatchilari reyestri”, “Ichki auditorlar reyestri” elektron resurslarini ishlab chiqish va yuritish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyul | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
27. | MHXS va auditning xalqaro standartlarini joriy etishga mas’ul bo‘lgan vazirlik va idoralar xodimlarining malakasini oshirish va yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlash. | Xalqaro auditorlik tashkiloti a’zosi bo‘lgan auditorlik tashkilotlarining respublika hududidagi o‘quv muassasalarida vazirlik va idoralarning mutaxassis va xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Har yili | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Soliq qo‘mitasi, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi |
28. | Davlat ishtirokidagi korxonalarning MHXSga o‘tishini nazorat qilish tizimini takomillashtirish. | 1. MHXSga o‘tishi belgilangan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxatini shakllantirish va ushbu ro‘yxatni rasmiy veb-saytlarda joylashtirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil yanvardan boshlab | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Davlat ishtirokidagi korxonalarda yillik rejalashtirish (budjetlashtirish) tamoyillarini MHXSga muvofiqlashtirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “UzAssets” AJ | ||
3. MHXSga o‘tishi belgilangan davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi yig‘ilishida ijro organi MHXSga o‘tish holati to‘g‘risida hisobot berishini ta’minlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Yil yakunlari bo‘yicha | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “UzAssets” AJ | ||
29. | Auditorlik faoliyatini tartibga solishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish. | 1. Sohaga oid xalqaro professional tashkilot va idoralar bilan hamkorlik o‘rnatish va tajriba almashish. | Amaliy chora-tadbirlar | Kelishuvga muvofiq | Respublika komissiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Mustaqil audit regulatorlarining xalqaro forumi tashkilotiga (International Forum of Independent Audit Regulators — IFIAR) a’zo bo‘lish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Kelishuvga muvofiq | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi | ||
3. Tashkilotga a’zolikning yillik badalini to‘lash xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Har yili | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
30. | Auditorlik faoliyati va ichki audit tadbirlarini o‘tkazishni takomillashtirish. | 1. Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlarda auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha talablarni belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil mart | Respublika komissiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Auditorlik malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonini o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil mart | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
3. Ichki audit faoliyatini takomillashtirish, xalqaro standartlarga mos samarali ichki audit tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil aprel | “UzAssets” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
3-ILOVA