11.09.2026 yildagi СҚ-355-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенатининг қарори, 11.09.2026 yildagi СҚ-355-V-son
Kuchga kirish sanasi
11.09.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yer va koʻchmas mulk munosabatlarini tartibga solish holati yuzasidan parlament soʻrovi yuborish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer va koʻchmas mulk munosabatlarini tartibga solish holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga hamda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yer va koʻchmas mulk munosabatlarini tartibga solish holati yuzasidan parlament soʻrovi ilovaga muvofiq yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi parlament soʻrovida koʻtarilgan masalalar yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin va yakunlari boʻyicha 2026-yilning 1-dekabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga yozma javob taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi (E. Gadoyev) parlament soʻroviga kelib tushgan javobni tahlil qilib, 2027-yilning 1-fevraliga qadar Oliy Majlis Senatining Kengashiga axborot kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 11-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-355-V-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2026-yil 11-sentabrdagi SQ-355-V-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PARLAMENT SOʻROVI
(yer va koʻchmas mulk munosabatlarini tartibga solish yuzasidan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi tomonidan yer va koʻchmas mulk munosabatlarini tartibga solish sohasi oʻrganildi va tahlil qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda yer va koʻchmas mulk munosabatlarini tartibga solish, sohani raqamlashtirish, davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini soddalashtirish hamda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, oʻtgan 5 yil davomida sohani tartibga solishga oid 61 ta normativ-huquqiy hujjat (Oʻzbekiston Respublikasining 3 ta qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 10 ta farmoni va 10 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 15 ta qarori, shuningdek, 23 ta ichki idoraviy hujjat) qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yilning oʻzida kadastr sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish va axborot tizimlarini integratsiya qilish boʻyicha muhim natijalarga erishilgan. Jumladan, ilgari alohida faoliyat yuritgan “Davreyestr”, “Koʻchmas mulk” va “Koʻchmas mulk-3” axborot tizimlari oʻrniga Jahon banki bilan hamkorlikda Kadastr va koʻchmas mulklarni roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashtirilgan axborot portali — UZKAD tizimi ishga tushirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, koʻchmas mulkka oid maʼlumotlar ochiqligini taʼminlash maqsadida “open.ngis.uz” milliy geoaxborot portali ishga tushirilib, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish xizmatlarini Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer va kadastr nazoratini raqamlashtirish orqali samaradorlikni oshirish maqsadida “E-YER NAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilib, Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, 2,2 mln yuridik va jismoniy shaxs foydalanuvida boʻlgan 41,8 mln gektar yer maydoni davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. Hisobga olish ishlari natijasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan 181,7 mingta koʻchmas mulk obyekti hamda 2,3 mingta qoʻshimcha qurilma aniqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan 2025-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari asosida 1,1 milliondan ortiq koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunda respublikadagi mavjud 8,8 mln koʻchmas mulk obyektining 6,2 milliontasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlsa, 2,6 milliontasi hali roʻyxatdan oʻtkazilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, tahlillar sohada oʻz yechimini kutayotgan ayrim masalalar ham mavjudligini koʻrsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni bilan koʻchmas mulk obyektlarining joylashgan joyidan kelib chiqib, ularning bozor narxini belgilash mexanizmini 2026-yil 1-fevralgacha joriy qilish belgilangan boʻlsa-da, mazkur topshiriqning ijrosi bugungi kunga qadar taʼminlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga muvofiq strategik investorlarga loyihalar uchun yer maydonlarini ajratish tizimini soddalashtirish, bunda investorlar uchun yerni bozor qiymatida toʻgʻridan-toʻgʻri ajratish tartibini belgilashni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilmagan (muddat: 2026-yil 1-mart).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual va Xalq qabulxonalariga 2025-yilda Kadastr agentligi vakolati doirasidagi masalalar boʻyicha jami 29 mingta murojaat kelib tushgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlar kesimida eng koʻp murojaatlar Qashqadaryo (3,2 mingta), Surxondaryo (3,1 mingta), Toshkent (3 mingta), Samarqand (2,8 mingta) viloyatlari hamda Toshkent shahri (2,9 mingta) hissasiga toʻgʻri keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahlillarga koʻra murojaatlarning asosiy qismi kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish (10,5 mingta), kadastr maʼlumotlar bazasi bilan bogʻliq masalalar (6,3 mingta), shuningdek, yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish va ulardan qonunga zid ravishda foydalanish holatlari (3,1 mingta) bilan bogʻliq boʻlib, jami murojaatlarning 68,6 foizini tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilning dastlabki olti oyida esa mazkur masalalar yuzasidan 12,7 mingta murojaat qayd etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Kadastr agentligi xodimlarining xatti-harakatlaridan norozilik bildirilgan murojaatlar soni 2025-yilda 2,5 mingtani tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlar kesimida eng koʻp murojaatlar Toshkent shahri (371 ta) hamda Qashqadaryo (370 ta), Toshkent (319 ta) va Surxondaryo (252 ta) viloyatlari hissasiga toʻgʻri keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchinchidan, Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi va koʻchmas mulk bilan bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatish amaliyoti oʻrganilganda 2025-yilda kadastr organlari tomonidan 30,2 mingta qonun buzilishi holatiga yoʻl qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shundan 20,9 mingta holatda xizmat koʻrsatishni asossiz rad etishga yoʻl qoʻyilgan, 8,9 mingtasida davlat xizmatlarini koʻrsatish muddatlari buzilgan, 46 tasida fuqarolardan ortiqcha hujjatlar talab qilingan va 251 ta holatda boshqa turdagi qonunbuzarliklar sodir etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan 96 ta holatda kadastr hujjatlari qonun talablariga zid ravishda rasmiylashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻrtinchidan, 2025-yil hamda joriy yilning oʻtgan davrida Kadastr agentligi va uning quyi tizim tashkilotlari faoliyatida aniqlangan qonun buzilishlar yuzasidan 86 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlar kesimida eng koʻp holat Toshkent (13 ta), Surxondaryo (10 ta), Andijon (9 ta), Qashqadaryo, Namangan (8 tadan) va Samarqand (7 ta) viloyatlari hissasiga toʻgʻri keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari tarkibida firibgarlik va pora berish bilan bogʻliq jinoyatlar 68 tani, xizmat mavqeidan foydalangan holda pora olish 12 tani, hokimiyat va mansab vakolatini suiisteʼmol qilish 4 tani hamda mansab soxtakorligi va hujjatlarni qalbakilashtirish 2 tani tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eʼtiborlisi, jinoyatlarning 63 tasi Kadastr agentligining viloyat va tuman boʻlinmalari mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Beshinchidan, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglament talablariga yetarlicha rioya etilmayotgani hamda noturar joylar uchun mol-mulk soligʻi turar joylarga nisbatan bir necha barobar koʻp boʻlgani sababli jismoniy shaxslar tomonidan noturar joylarni turar joy toifasiga oʻzgartirish holatlari ortib bormoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, 2022-yildan bugungi kunga qadar 4,9 mingta turar joy noturar obyektga oʻzgartirilgan boʻlsa, shu davrda 15,6 mingta (3 barobar koʻp) noturar obyekt turar joy toifasiga oʻtkazilgan. Ularning aksariyatini rasmiylashtirishda noturar joyni turar joyga qayta ixtisoslashtirishning belgilangan talab va shartlariga rioya etilmagan, natijada soliq bazasi kamayib ketgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, Uychi tumani “Obod” MFY Mustaqillik koʻchasida 4 ming m2 yer maydonida joylashgan maydoni 1 ming m2 boʻlgan molxona turar joy toifasiga oʻtkazilganligi hisobiga ish oʻrni yaratish imkoniyati yoʻqotilgan va mahalliy budjetga ham mazkur obyektdan soliq tushumlari 17 baravarga kamayib ketgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qibray tumani “Shalola” MFY Zebo koʻchasidagi “EKSKAM-SERVIS” MCHJ tomonidan omborxona sifatida foydalanib kelinayotgan maydoni 504,9 m2 noturar obyektni turar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnoma berilgan va mahalliy budjetga mazkur obyektdan soliq tushumlari 13 baravarga kamaygan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oltinchidan, Kadastr agentligi tizimida ichki nazorat mexanizmlari, shu jumladan, korrupsiyaning oldini olish va mehnat intizomini taʼminlash borasida koʻrilayotgan choralarga qaramasdan qonunchilik talablariga rioya etilmaslik hamda mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish bilan bogʻliq holatlar saqlanib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, respublika sudlari tomonidan 2025-yilda kadastr idoralari mansabdor shaxslarining qarorlarini haqiqiy emas deb eʼtirof etishga, ularning harakatlari yoki harakatsizligini qonunga xilof deb topishga doir 3 mingdan ortiq nizolar koʻrib chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Kadastr agentligi tomonidan ayrim hollarda sudlarga oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni qaytarish bilan bogʻliq daʼvo arizalari yetarli huquqiy asoslarsiz kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar tomonidan 2024-2025-yillar va 2026-yilning oʻtgan 6 oyida oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni qaytarish bilan bogʻliq 31,5 mingta ish koʻrib chiqilgan boʻlib, shundan 6,1 mingta ish boʻyicha daʼvolar qanoatlantirilmagan (2,6 mingtasi rad etilgan, 3,2 mingtasi koʻrilmasdan qoldirilgan, 341 tasi boʻyicha ish yuritish tugatilgan).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadastr organlari va ularning mansabdor shaxslari ustidan sudlarga murojaatlar sonining yuqoriligi qaror qabul qilish jarayonlarida qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilmayotganini, shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari buzilishiga oid holatlar saqlanib qolayotganini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan 2025-yilda eng yuqori koʻrsatkichlar Toshkent (451 ta), Samarqand (356 ta), Xorazm (309 ta), Fargʻona (245 ta), Namangan (64 ta) viloyatlari hamda Toshkent shahrida (245 ta) qayd etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yilning dastlabki olti oyida 1 300 ta nizo koʻrib chiqilgan boʻlib, ushbu davrda ham eng koʻp holatlar mazkur hududlarda kuzatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda korrupsiyaviy xavflarni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, tizimda korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklar hamon uchramoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Kadastr agentligi tizimining 2025-yilda 82 nafar, 2026-yilning birinchi yarim yilligida esa 30 nafar xodimiga nisbatan korrupsiyaviy holatlar bilan bogʻliq jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yettinchidan, joriy yilning birinchi yarmida kadastr xizmatlaridan foydalanish boʻyicha 1 mln.dan ortiq ariza kelib tushgan boʻlsa, ularning 330 mingtasi yoki 30 foizi rad etilgan. Yaʼni, amalda har uchta arizadan bittasi qanoatlantirilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday holatlar fuqarolarning ortiqcha vaqt va mablagʻ sarflashiga, masalasini hal qilish uchun yana boshqa idora yoki shaxslarga murojaat etishiga sabab boʻlib, korrupsiyaviy xavflarni ham kuchaytirmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmatlarni raqamlashtirish jarayonida barcha qarorlarni markazlashgan tartibda qabul qilish amaliyoti shakllangani ham aholi uchun ortiqcha toʻsiqlarni yuzaga keltirmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, noturar obyekt toifasini oʻzgartirish uchun viloyat va respublika darajasidagi tashkilotlar roziligi talab qilinmoqda. Bitta masalani hal qilish uchun fuqarolardan bir necha marta ariza topshirish va har bir ariza uchun alohida toʻlov qilish zarur boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, bitta hovlini aka-uka oʻrtasida boʻlish uchun toʻrtta, bitta merosni uch qismga ajratish uchun esa oltita ariza talab qilinadi. Bitta ariza tuman, viloyat va respublika darajasida 30 — 50 ta bosqichda koʻrib chiqilib, jarayon oʻrtacha 15 — 20 kungacha choʻzilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sakkizinchidan, oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish boʻyicha ham ishlar ayrim hududlarda yetarli darajada tashkil qilinmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan Navoiy viloyatidagi 204,1 mingta obyektning atigi 44,4 mingtasi yoki 21,7 foizi, Xorazm viloyatida esa 437,5 mingta obyektning 127,6 mingtasi yoki 29,2 foizi xatlovdan oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Xorazm viloyatida 2,4 mingta, Navoiy viloyatida 148 ta obyekt haligacha Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish axborot portali — “Eʼtirof” tizimiga kiritilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish jarayonida “Mahalla yettiligi”ning faoliyati ham talabga javob bermaydi, ular tomonidan faollik yetishmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Targʻibot ishlarini aynan “mahalla yettiligi” orqali “xonadonbay” tarzda olib borish aholining qonunga boʻlgan ishonchini oshiradi va ularni qonuniylashtirish jarayonida faol ishtirok etishga undaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarni inobatga olib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 12-moddasi hamda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulk obyektlarining bozor qiymatini belgilash mexanizmlarini joriy etish hamda strategik investorlarga yer uchastkalarini ajratish tartibini soddalashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatilayotgan kadastr xizmatlari sifatini oshirish, murojaatlar hamda asosli eʼtirozlar sonini qisqartirish, davlat xizmatlarini koʻrsatishda qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash, asossiz rad etish, belgilangan muddatlarni buzish va ortiqcha hujjat talab qilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan taʼsirchan choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimda korrupsiyaning oldini olish, ichki nazorat va komplayens tizimi samaradorligini oshirish, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish, pora olish va firibgarlik bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, sudlar tomonidan qonunga xilof deb topilayotgan qarorlar hamda mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) sonini kamaytirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish ishlarini jadallashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar eʼtirof etilgandan soʻng, ularni alohida ariza talab etmagan holda avtomatik tarzda “UZKAD” tizimida davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mahalla yettiligi”ni oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish jarayoniga jalb etish va aholining huquqiy savodxonligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noturar joylarni turar joy toifasiga qayta ixtisoslashtirish boʻyicha belgilangan talab va shartlarga rioya etilmagan holda qabul qilingan qarorlarni bekor qilish yuzasidan tegishli choralar koʻrish hamda bunday holatlarning oldini olishga qaratilgan taʼsirchan va samarali nazorat mexanizmlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadastr organlari faoliyatida qonunchilik talablariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash, qaror qabul qilish jarayonlarining qonuniyligi va asosliligi ustidan ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish hamda sudlarda nizolar soni yuqori boʻlib qolayotgan hududlar faoliyatini tanqidiy tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish ishlarini jadallashtirish, xatlovdan oʻtkazish koʻrsatkichlari past boʻlgan hududlar faoliyatini tanqidiy tahlil qilish hamda sudlarga asossiz daʼvo arizalari kiritilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan koʻrilayotgan choralar va yuqorida qayd etilgan boshqa masalalar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida asoslantirilgan tushuntirish berish yoki oʻz nuqtai nazaringizni bayon qilish talabi qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PARLAMENT SOʻROVI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bilan murojaat etadi hamda javobingiz Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida muhokama etilib, uning yakunlari boʻyicha tegishli qaror qabul qilinishi maʼlum qilinadi.