JIZZAX VILOYATI ZOMIN TUMANI HOKIMINING
QARORI
Tuman hududida yoʻl belgilari oʻrnatish toʻgʻrisida
“Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllarida xavfsizlikni taʼminlash va tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 342-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 172-son qarori ijrosi yuzasidan Zomin tumanida fuqarolarning xavfsizligi va avtotransport vositalarining harakatini tartibga solish maqsadida Jizzax viloyati IIB JXX YHXBning 2026-yil 15-maydagi 48/10/6-1359-sonli xatini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 211-moddalariga asosan, qaror qilaman:
1. Jizzax viloyati IIB JXX YHXBning 2026-yil 15-maydagi 48/10/6-1359-sonli xati inobatga olinsin.
2. Zomin tumanida fuqarolarning xavfsizligi va avtotransport vositalarining harakatini tartibga solish maqsadida:
D-046 “Jizzax sh.-Rovot q.-Zomin q.-Sovot q.-Xovos sh.-Tojikiston Respublikasi chegarasi” avtomobil yoʻlining 25 km.ga 3.20 “Quvib oʻtish taqiqlangan”, 29 km.dagi xavfli burilish yoʻl qismiga 1.31.1 “Burilishning yoʻnalishi”, 35 km.ga 3.20 “Quvib oʻtish taqiqlangan” yoʻl belgilari;
tumandagi “Zomin” va “Yulduzcha” bolalar oromgohiga olib boruvchi “Qoʻriq” koʻchasining xavfli burilish yoʻl qismiga 3.20 “Quvib oʻtish taqiqlangan” va 1.31.1 “Burilishning yoʻnalishi” yoʻl belgilari, “Zomin” hamda “Yulduzcha” bolalar oromgohlari roʻparasiga 5.16.2 “Piyodalar oʻtish joyi”, 1.21 “Bolalar”, 3.24 “Yuqori tezlik cheklangan” yoʻl belgilari;
D 052 (4R40) “Dashtobod sh.-Zomin sh.-Baxmal-Gʻallaorol” avtomobil yoʻlining 24-25 km.lar oraligʻiga 3.20 “Quvib oʻtish taqiqlangan”, 3.21 “Quvib oʻtish taqiqlangan hududning oxiri” yoʻl belgilari;
“Istiqlol” bolalar oromgohi roʻparasiga 5.16.2 “Piyodalar oʻtish joyi”, 1.21 “Bolalar”, 3.24 “Yuqori tezlik cheklangan” yoʻl belgilari oʻrnatilishiga ruxsat berilsin.
3. Zomin tumani IIB JXX YHXB boshligʻi O.Xasanov:
Mazkur qaror bilan tegishli joylarga yoʻl belgilarini oʻrnatilishini hamda belgilangan tartibda yoʻl yotiq chiziqlari chizilishini tashkil etsin hamda ushbu hududlarda avtomobillar harakatini nazorat qilib borsin.
4. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
5. Mazkur qaror “Sharq tongi” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
6. Qaror ijrosini taʼminlash tuman hokimining oʻrinbosari E.Maxmanazarov hamda tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi I.Nurmatov zimmasiga yuklansin.
Tuman hokimi A. ABDUGʻANIYEV
Jizzax viloyati, Zomin tumani,
2026-yil 15-iyul,
235-3-48-Q/26-son