ILOVA
1-ILOVA
T/r | Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari | Ball | Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball |
1. | Yonuvchi muhitni hosil qiluvchi omillar mavjudligi | 25 |
|
1.1 | Chordoq va yertoʻlalar, texnik qavat, ventilyatsiya kanallari va boshqa texnik xonalarda yonadigan mahsulotlar, uskuna, mebel va boshqa yonuvchi buyumlarning saqlanishi | 5 |
|
1.2 | Obyekt hududi va unga tutash qismi, ombor va yordamchi xonalarning axlatlar, qadoq, xazon, quruq oʻt va boshqa yonuvchi buyumlardan tozalanmaganligi | 5 |
|
1.3 | Obyektdagi shamollatish kameralari, siklon, filtrlar, havo oʻtkazgich va boshqa texnologik uskunalarning belgilangan muddatlarda yonuvchi chang hamda ishlab chiqarish chiqindilaridan tozalanmaganligi | 5 |
|
1.4 | Yonuvchi va yengil alangalanuvchi suyuqliklar, yonuvchi gaz, bosim ostidagi sigʻim va texnologik uskunalardan foydalanishda yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmaganligi | 5 |
|
1.5 | Modda va materiallarni birgalikda saqlash qoidalariga rioya qilinmaganligi | 5 |
|
2. | Yondirish manbalarini hosil qiluvchi omillar mavjudligi | 30 |
|
2.1 | Obyektda yongʻinga qarshi rejimga rioya qilinmaganligi va yongʻin xavfi yuqori boʻlgan ishlarni amalga oshirishda xavfsizlik qoidalariga rioya etilmaganligi | 6 |
|
2.2 | Elektr kabel va simlar himoya qobiqlarining qarshilikka chidamliligini sinovdan oʻtkazilmaganligi | 6 |
|
2.3 | Elektr uskunalari elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari va boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiq oʻrnatilmaganligi, ortiqcha yuklanishdan va qisqa tutashuvlardan himoyalanmaganligi hamda ulardan foydalanishda yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmaganligi | 6 |
|
2.4 | Isitish pechlarini, shu jumladan gazdan foydalanish uskunasini ishlatishda yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmaganligi | 6 |
|
2.5 | Gaz va maishiy elektr asboblaridan, maishiy-kimyo vositalaridan foydalanishda, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yongʻin xavfliligi jihatidan xavfli boʻlgan boshqa moddalar, materiallar va uskunalar yordamida ishlarni bajarishda ehtiyotkorlik choralarining koʻrilmaganligi | 6 |
|
3. | Yongʻinning tarqalishiga olib keluvchi omillarning mavjudligi | 15 |
|
3.1 | Binolarning yogʻoch qurilish konstruksiyalariga yonish xususiyatini pasaytiruvchi yongʻinga qarshi kimyoviy suyuqlik bilan ishlov berilmaganligi | 3 |
|
3.2 | Bino va inshootlar oʻrtasidagi yongʻinga qarshi oraliqlarda turli buyumlar, asbob-uskunalar, qadoqlar va transport vositalarini saqlashga, shuningdek ushbu oraliqlarda bino va inshootlarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilganligi, shuningdek omborxonalarda tovar-moddiy boyliklarni saqlashda belgilangan yongʻinga qarshi oraliq masofalariga rioya etilmaganligi | 3 |
|
3.3 | Evakuatsiya yoʻllarida devorlar, shiftlar, zinapoyalar va zina kataklari hamda pollarni qoplashda, pardozlashda, boʻyoqlashda yonuvchi materiallardan foydalanilganligi | 3 |
|
3.4 | Yongʻin signalizatsiyasi hamda yongʻindan xabar berish va evakuatsiyani boshqarish tizimlariga qoʻyiladigan talablar bajarilmaganligi | 3 |
|
3.5 | Avtomatik yongʻinni oʻchirish qurilmalariga qoʻyiladigan talablar bajarilmaganligi | 3 |
|
4. | Yongʻinda odamlar hayotiga katta xavf soluvchi omillarning mavjudligi | 15 |
|
4.1 | Evakuatsiya chiqish joylarining soni, ularning oʻlchamlari, yoritish va tutundan himoyalanish taʼminlanmaganligi, shuningdek evakuatsiya yoʻllarining uzunligi shaharsozlik normalari va qoidalaridagi yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq emasligi | 3 |
|
4.2 | Yoʻlaklar, tamburlar, galereya, lift xollari, zinapoyalar oldidagi maydonlarni, zinaning qavatlar orasidagi qismini (marsh) va qopqoqli tuyniklarni (lyuklarni) mebel, asbob-uskuna, har xil buyumlar bilan toʻsib qoʻyish, shuningdek, evakuatsiya eshiklarini mixlab (berkitib) tashlanganligi | 3 |
|
4.3 | Bino va inshootlarda hamda ulardan chiqish eshiklarining ustki qismida evakuatsiya yoʻllarini va chiqish joylarini koʻrsatuvchi yongʻin xavfsizligi belgilari oʻrnatilmaganligi | 3 |
|
4.4 | Yongʻinga qarshi suv taʼminoti tashkil etilmaganligi | 3 |
|
4.5 | Shamollatish va sovitish tizimlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablarining bajarilmaganligi | 3 |
|
5. | Yongʻinni bartaraf etishni qiyinlashtiruvchi omillarning mavjudligi | 15 |
|
5.1 | Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalariga qoʻyiladigan talablar bajarilmaganligi | 3 |
|
5.2 | Yongʻinga qarshi texnik himoya vositalariga qoʻyiladigan talablar bajarilmaganligi | 3 |
|
5.3 | Olovli ishlarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari bajarilmaganligi | 3 |
|
5.4 | Obyekt hududi hamda undagi bino va inshootlarga yongʻin oʻchirish texnikalarining erkin kirib borishi va yongʻin oʻchirish hamda avariya-qutqaruv ishlarini amalga oshirish imkoniyati taʼminlanmaganligi | 3 |
|
5.5 | Obyektning yongʻin xavfsizligi pasporti tuzilmaganligi | 3 |
|
Jami ball yigʻindisi | 100 |
| |
2-ILOVA
T/r | Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari | Ball | Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball |
1. | 1-guruhga mansub obyektlar bir yilda koʻpi bilan bir marta batafsil va nazorat tartibida tekshiruvdan oʻtkazilmaganligi | 80 |
|
2. | Normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek normativ hujjatlar, davlat yongʻin nazoratining hujjatlari va yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilinmaganligi | 10 |
|
3. | Soz holatdagi yongʻinga qarshi texnik himoya vositalari, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari va yongʻin texnikasi, shuningdek tezkor aloqa vositalari bilan taʼminlanmaganligi | 5 |
|
4. | Gaz va maishiy elektr asboblaridan, maishiy-kimyo vositalaridan foydalanishda, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar bilan hamda yongʻin xavfliligi jihatidan xavfli boʻlgan boshqa moddalar, materiallar va uskunalar yordamida ishlarni bajarishda yongʻin xavfsizligi qoidalari buzilganligi | 5 |
|