03.07.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3885
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi, 03.07.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3885
Kuchga kirish sanasi
04.10.2026
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auditorlik tashkiloti ishi sifatini tashqi nazoratdan oʻtkazishda “Xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 3-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3885]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2026-yil 17-apreldagi PF-63-son “Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 538-son “Auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi va 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Auditorlik tashkiloti ishi sifatini tashqi nazoratdan oʻtkazishda “Xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir J. KUCHKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 19-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
377-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 16-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 19-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 19-iyundagi 377-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auditorlik tashkiloti ishi sifatini tashqi nazoratdan oʻtkazishda “Xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan auditorlik faoliyatini tartibga solish, shuningdek auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazorati sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tashkiloti — auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish va turdosh xizmatlar koʻrsatish boʻyicha auditorlik faoliyatini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruv — auditorlik tashkiloti tomonidan faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganini tekshirish uchun kerakli materiallar, hujjatlar yoki ularning faoliyatiga doir maʼlumotlarni olish hamda muayyan harakatlarni amalga oshirish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakolati doirasida oʻtkaziladigan nazorat tadbiri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xavfni tahlil etish” elektron tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tegishli nazorat sohasi boʻyicha aniq mezonlarga asoslanib, auditorlik tashkiloti tomonidan oʻz faoliyatida qonunchilik buzilish xavfi darajasini aniqlash mexanizmi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “Xavfni tahlil etish” elektron tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “Xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablarga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Minimal talablarga zid boʻlgan “Xavfni tahlil etish” elektron tizimi auditorlik tashkilotida tekshiruv oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishga asos boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Xavfni tahlil etish” elektron tizimi asosida aniqlangan huquqbuzarlik xavfi qay darajada boʻlishidan qatʼi nazar, auditorlik tashkilotiga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllashga asos boʻla olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Xavf darajasini tahlil qilishga doir umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Auditorlik tashkilotining qonunni buzish xavfi darajasini tahlil qilish jarayoni auditorlik tashkiloti faoliyatini toʻxtatib turish, unga toʻsqinlik qilish yoki faoliyatini amalga oshirishga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashishni nazarda tutuvchi xatti-harakatlarni oʻz ichiga olmasligi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xavf darajasining tahlili quyidagi maʼlumotlarni oʻrganish asosida amalga oshirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy maʼlumotlar (auditorlik tashkilotlarining reyestri, auditorlarning reyestri va davlat organlarida mavjud boshqa hujjatlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Audit” dasturiy majmuasi axborot tizimi orqali kelib tushgan maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlarning respublika jamoat birlashmalarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar, shu jumladan auditorlik tashkilotining hamda auditorlarning ishchanlik obroʻsi toʻgʻrisidagi axborotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davriy statistika maʼlumotlari, jumladan, avval huquqbuzarlik holatlari aniqlangan auditorlik tashkilotini umumlashtiruvchi belgilar, xabarlar va boshqa korrelyatsion tahlil natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan banklarning axborot tizimlari, dasturiy taʼminotlari va maʼlumotlar bazasi tahlili natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan va auditorlik tashkilotining odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatmagan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xavf darajasi tahlili jarayonida auditorlik tashkilotidan hujjatlar va axborotlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Nazorat vakolatiga kirmaydigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tahlil qilish va baholash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Xavf darajasi tasnifi va ularning mezonlariga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Xavfni tahlil etish” elektron tizimida xavf darajasini baholash oʻrganiladigan maʼlumotlar asosida shakllantirilgan mazkur Nizomning ilovasida koʻrsatilgan asosiy koʻrsatkichlarga (sub-koʻrsatkichlarga) auditorlik tashkiloti faoliyatining muvofiqligini “ball” tizimi asosida baholash orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda sub-koʻrsatkichlar mavjud boʻlganda har bir asosiy koʻrsatkichning bahosi ushbu koʻrsatkich ostidagi sub-koʻrsatkichlar bahosining yigʻindisidan kelib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi auditorlik tashkilotining xavf darajasini baholash uchun mazkur Nizomning ilovasida koʻrsatilgan asosiy koʻrsatkichlar va sub-koʻrsatkichlarni “Xavfni tahlil etish” elektron tizimiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tashkilotlarning xavf darajasi asosiy koʻrsatkichlar va sub-koʻrsatkichlar boʻyicha mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlardan foydalangan holda “Xavfni tahlil etish” elektron tizimida avtomatik ravishda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Xavfni tahlil etish” elektron tizimida auditorlik tashkilotlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past, oʻrta va yuqori darajalarga tasniflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda baholash natijasida aniqlangan xavf darajasining umumiy ballari asosida auditorlik tashkiloti tomonidan huquqbuzarlik sodir etish xavfi quyidagi uch xil toifaga tasniflanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi yuqori — baholash natijalari boʻyicha 81 balldan 100 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi auditorlik tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi oʻrta — baholash natijalari boʻyicha 61 balldan 81 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi auditorlik tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi past — baholash natijalari boʻyicha 61 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi auditorlik tashkilotlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Baholash natijalariga muvofiq huquqbuzarlik xavfi yuqori va oʻrta tasnifidagi auditorlik tashkilotlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlarni oʻtkazish amaldagi qonunchilik hujjatlari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 538-son “Auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori hamda 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “Xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda auditorlik tashkilotlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlar faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining vakolatiga kiradigan masalalarni oʻrganish maqsadida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xavf darajasi past boʻlgan auditorlik tashkilotlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Xavfni tahlil etish natijalaridan norozi boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auditorlik tashkiloti ishi sifatini tashqi nazoratdan oʻtkazishda “Xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auditorlik tashkilotlari faoliyati toʻgʻrisida qonunchilik hujjatlariga oid huquqbuzarlik sodir etish xavfini baholash jarayonida auditorlik tashkiloti faoliyatidagi huquqbuzarlik alomatlari koʻrsatkichlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball

1.

Auditorlik faoliyatini amalga oshirishda qonunbuzilishi alomatlari mavjud boʻladigan koʻrsatkichlar

20

 

1.1.

Oʻz faoliyatini aksiyadorlik jamiyati shaklida amalga oshirish

2

1.2.

Auditorlik tekshiruvi va turdosh xizmatlardan tashqari boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanish

5

1.3.

Boshqa auditorlik tashkilotining taʼsischisi (ishtirokchisi) boʻlish

5

1.4.

Firma nomida “auditorlik tashkiloti” iborasining boʻlmasligi yoki bu nom boshqa auditorlik tashkilotlarining firma nomlari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga oʻxshash boʻlishi

2

1.5.

Auditorlik tashkiloti javobgarligining sugʻurta polisisiz auditorlik xizmatlarini koʻrsatish

5

1.6.

Ketma-ket yetti yildan koʻproq ayni bir xoʻjalik yurituvchi subyektning auditorlik tekshiruvini oʻtkazish

1

2.

Auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlar tarkibini shakllantirish, ularning malakasini oshirish va kasbiy kompetentlikni taʼminlashga qaratilgan talablarni bajarishda qonunbuzilishi alomatlari mavjud boʻladigan koʻrsatkichlar

20

 

2.1.

Auditorlik tashkilotining rahbari uchun mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi boʻlmasligi

4

2.2.

Auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblanadigan shtatdagi auditorlarning eng kam soni 4 nafardan kam boʻlishi

4

2.3.

Auditorlik tashkilotining filiali (mavjud boʻlganda) rahbarining auditor boʻlmasligi

2

2.4.

Auditorlarining har yili malaka oshirish kurslaridan oʻtishini taʼminlamaslik

4

2.5.

Auditorlik tashkiloti ustav fondining (ustav kapitalining) auditorlarga (auditorga) tegishli ulushning 51 foizdan kam boʻlishi

2

2.6.

Auditorlik tashkilotining shtatida kamida ketma-ket uch yillik uzluksiz ish stajiga yoki xalqaro buxgalter sertifikatiga ega boʻlgan kamida ikki nafar auditorning mavjud boʻlmagan holda majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazish

4

3.

Auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik xizmatlarini koʻrsatishda va axborot taqdim etishda qonunbuzilishi alomatlari mavjud boʻladigan koʻrsatkichlar

20

 

3.1.

Tegishli yilning 20-yanvariga qadar auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etmaslik

5

3.2.

Auditorlik tashkilotlari renkingini tuzish uchun zarur maʼlumotlarni auditorlarning respublika jamoat birlashmalariga taqdim etmaslik

3

3.3.

Auditorlik tashkilotining shtatida banklarning auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqi uchun auditorning malaka sertifikatiga ega boʻlgan kamida ikki nafar auditor mavjud boʻlmagan holda banklarning auditorlik tekshiruvini oʻtkazish

3

3.4.

Oʻzining veb-saytini yuritish va faol holatda saqlash talabiga rioya etmaslik

2

3.5.

Oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari toʻgʻrisidagi axborotni xoʻjalik yurituvchi subyektning identifikatsiya maʼlumotlarini va auditorlik xulosasini koʻrsatgan holda oʻz rasmiy veb-saytlariga yoki auditorlar respublika jamoat birlashmasining rasmiy veb-saytlariga joylashtirmaslik

2

3.6.

Auditorlik xulosasining raqamlanmasligi, uning har bir sahifasini auditorlik tekshiruvini amalga oshirgan auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolamaslik hamda tegishli moliyaviy hisobotni ilova qilmaslik

5

4.

Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish (bundan buyon matnda JFODL TM OQQTMQK deb yuritiladi) boʻyicha ichki nazorat qoidalariga amal qilmaslik alomatlari mavjud boʻladigan koʻrsatkichlar

20

 

4.1.

JFODL TM OQQTMQK boʻyicha ichki nazorat qoidalari talablaridan kelib chiqqan holda ichki qoidalarni ishlab chiqmaslik

3

4.2.

JFODL TM OQQTMQK boʻyicha ichki nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan shaxsni auditorlik tashkiloti rahbarining buyrugʻi bilan tayinlamaslik

2

4.3.

Auditorlik tashkilotining masʼul xodimi va auditorlik tashkilotlari uchun JFODL TM OQQTMQK boʻyicha ichki nazorat qoidalari talablarining bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotni tegishli yilning 10-yanvariga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etmaslik

3

4.4.

Mijozlarga buxgalteriya hisobini yuritish boʻyicha turdosh xizmatlarni koʻrsatish rad etilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga xabar yubormaslik

3

4.5.

Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar haqidagi maʼlumotni, shuningdek mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalash maʼlumotlari hamda materiallarini, shu jumladan ish yozishmalari va oʻtkazilgan har qanday tahlil natijalarini 5 yil davomida saqlamaslik va (yoki) saqlash tartibini buzish

3

4.6.

Mijozlar, ularning vakillari yoki benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiya va verifikatsiya qilmaslik hamda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yangilamaslik

3

4.7.

Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya ishtirokchilarini terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati bilan solishtirmaslik

3

5.

Auditorlik tashkilotining ichki nazorat tizimini taʼminlashda qonunbuzilishi alomatlari mavjud boʻladigan koʻrsatkichlar

20

 

5.1.

Auditorlar ishi sifatining ichki nazorat tizimini oʻrnatmaslik yoki unga rioya etmaslik

3

5.2.

Auditorlar va auditorlik tashkilotlari tomonidan Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining Xalqaro odob-axloq standartlari boʻyicha kengashi tomonidan eʼlon qilingan Professional buxgalterning odob-axloq kodeksiga rioya etmaslik

3

5.3.

Ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan huquqbuzarlik alomatlarining mavjudligi

3

5.4.

Auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish uchun yetarli miqdordagi mehnat va vaqt resurslari mavjud emasligi

3

5.5.

5 kun ichida oʻzining pochta va elektron manzili oʻzgarganligi, auditorlik tashkiloti rahbari almashganligi va (yoki) auditorlar tarkibi oʻzgarganligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligini xabardor qilmaslik

5

5.6.

Auditor va auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvini oʻtkazishda mustaqillik prinsipi va cheklovlarga rioya qilmaslik

3

Jami ballar yigʻindisi

100

 

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 10/26/3885/0681-son)