30.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3878
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar ishlari agentligining qarori, 30.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3878
Kuchga kirish sanasi
02.07.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarni kasbga oʻqitish xarajatlarini Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3878]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-apreldagi PQ-134-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtash nufuzi va jozibadorligini oshirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarni kasbga oʻqitish xarajatlarini Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa vaziri SH. XALMUXAMEDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2026-yil 24-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-son

Davlat xavfsizlik xizmati raisi B. KURBANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 23-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-son

Iqtisodiyot va moliya vazir J. KUCHKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 20-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
379-son

Milliy gvardiya qoʻmondoni B. TASHMATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 17-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-son

Favqulodda vaziyatlar vaziri A. IKRAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 16-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
09-737-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 15-iyun,

08/307-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 15-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-q/q-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar ishlari agentligi direktori A. SAʼDULLAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 15-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
01-07/36-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vaziri A. TASHPULATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 15-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-son

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2026-yil 24-iyundagi 21-son, Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 15-iyundagi 19-son, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2026-yil 16-iyundagi 09-737-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2026-yil 23-iyundagi 15-son, Milliy gvardiyaning 2026-yil 17-iyundagi 18-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-iyundagi 379-son, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 15-iyundagi 33-q/q-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 15-iyundagi 08/307-son, Yoshlar ishlari agentligining 2026-yil 15-iyundagi 01-07/36-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarni kasbga oʻqitish xarajatlarini Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning harbiy qism va muassasalarida (bundan buyon matnda harbiy qismlar deb yuritiladi) muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarni (bundan buyon matnda muddatli harbiy xizmatchilar deb yuritiladi) xizmatdan boʻsh vaqtlarida kasbga oʻqitish (bundan buyon matnda oʻqitish deb yuritiladi) xarajatlarini Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Muddatli harbiy xizmatchilarni oʻqitishdan asosiy maqsad ularning xizmatni oʻtash davrida boʻsh vaqtlaridan unumli foydalanishini tashkil etish hamda zaxiraga boʻshatilganidan soʻng, mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha bandligini taʼminlashga koʻmaklashishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Muddatli harbiy xizmatchilarni oʻqitish xarajatlarini moliyalashtirish Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Muddatli harbiy xizmatchilarni oʻqitishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Muddatli harbiy xizmatchilarni oʻqitish jarayoni harbiy qismlar tomonidan shakllantiriladigan buyurtma asosida harbiy qismlar, davlat texnikumlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) oʻrtasida tuziladigan uch tomonlama shartnomaga muvofiq tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatchilarni qiziqishlari asosida oʻqitish uchun oʻquv guruhlari tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda har bir oʻquv guruhi kamida 5 nafar va koʻpi bilan 30 nafar muddatli harbiy xizmatchilardan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan kasblar roʻyxatiga muvofiq davlat texnikumlari tomonidan tasdiqlangan oʻquv jarayoni grafigi asosida muddatli harbiy xizmatchilarni oʻqitish nazariy va amaliy shaklda olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagan muddatli harbiy xizmatchilarga kelgusida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beradigan davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Muddatli harbiy xizmatchilarni oʻqitish xarajatlarini moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Muddatli harbiy xizmatchilarni oʻqitish xarajatlari harbiy qismlar, davlat texnikumlari hamda hududiy boshqarmalar oʻrtasida tuziladigan uch tomonlama shartnomaga muvofiq moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat texnikumi har oyning uchinchi sanasiga qadar oʻtgan oyda oʻqitilgan muddatli harbiy xizmatchilar soni va oʻtkazilgan oʻquv mashgʻulotlarining soatlaridan kelib chiqqan xarajatlar hisob-kitobi koʻrsatilgan talabnomani shakllantiradi va uni harbiy qism bilan kelishadi hamda hududiy boshqarmalarga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Hududiy boshqarma taqdim etilgan talabnomaning asosliligini hamda shartnoma shartlariga muvofiqliligini koʻrib chiqadi va Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan muddatli harbiy xizmatchilarni oʻqitish xarajatlarini moliyalashtirish uchun har oyning beshinchi sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) soʻrov yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik hududiy boshqarmalarning soʻroviga asosan zarur mablagʻlarni soʻrov kelib tushgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida hududiy boshqarmalarga ajratadi. Hududiy boshqarmalar ajratilgan mablagʻlarni ular kelib tushgan kunning oʻzida davlat texnikumlarining tegishli hisobvaraqlariga oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat texnikumi talabnoma asosida oʻquv jarayoniga jalb etilgan pedagog xodimlar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining mehnatiga haq toʻlashni mehnat qonunchiligida belgilangan muddatlarda, zarur mablagʻ davlat texnikumi hisobvaragʻiga kelib tushganidan soʻng amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat texnikumining pedagog xodimlari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining mehnatiga haq toʻlash Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari (roʻyxat raqami 3157, 2019-yil 22-aprel) doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Harbiy qismlar davlat texnikumlari bilan birgalikda har yili 1-iyunga qadar kelgusi kalendar yilda oʻqitilishi rejalashtirilayotgan muddatli harbiy xizmatchilar soni, kasblar yoʻnalishlari hamda oʻqitish xarajatlarining prognoz qiymatini oʻz ichiga olgan prognoz talabnomani shakllantiradi va hududiy boshqarmaga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Hududiy boshqarmalar olingan prognoz talabnomalari asosida Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining kelgusi yil uchun xarajatlar prognozi loyihasini ishlab chiqadi va har yili 25-iyunga qadar Vazirlikka taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlik hududiy boshqarmalarning prognozi loyihasi asosida muddatli harbiy xizmatchilarni oʻqitish xarajatlarini moliyalashtirish prognoz koʻrsatkichlarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksida belgilangan muddatlarda kelgusi yil uchun Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining budjeti parametrlarida aks ettirish uchun kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-apreldagi PQ-134-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtash nufuzi va jozibadorligini oshirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarni kasbga oʻqitish boʻyicha zarur boʻlgan moddiy-texnik baza bilan hamda kasbga oʻqitish davrida talab qilinadigan jihozlar, xomashyo va materiallar yetkazib berilishi bilan taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarni kasbga oʻqitish xarajatlarini Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarni kasbga oʻqitish kurslarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

T/r

Kasbga oʻqitish kurslarining nomi

Soati

1.

Avtomobil dvigatellarini taʼmirlash chilangari

432

2.

Avtomobil elektr jihozlariga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash chilangari

432

3.

Avtomobil yurish qismlariga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash chilangari

432

4.

Avtomobil shinalariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash

432

5.

Ekskavator mashinisti

432

6.

Avtokran mashinisti

432

7.

Yuk va bagajni qabul qiluvchi-topshiruvchi

288

8.

Ombor logistikasi

576

9.

Tovar operatori (logistika doirasida)

288

10.

Chilangarlik ishlari

432

11.

Tokar

432

12.

Payvandlovchi

432

13.

Elektr jihozlarini taʼmirlash

432

14.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ekspluatatsiya qilish boʻyicha elektromontyor

720

15.

Elektromontyor

432

16.

Maishiy elektr jihozlarini taʼmirlovchi

432

17.

Issiqlik energiyasi asbob-uskunalari va qozonxona qurilmalari operatori

288

18.

Sovitish qurilmalarini taʼmirlash boʻyicha chilangar

432

19.

Kompyuter AT va veb-sayt yaratish

432

20.

Kompyuter texnikasi montajchisi

432

21.

Kompyuter grafikasi operatori

432

22.

Veb dasturlash

432

23.

Kiberxavfsizlik (Kiber-texnik)

432

24.

Videokuzatuv qoʻriqlash tizimi vositalariga xizmat koʻrsatish texnigi

432

25.

Issiqxona va parnik xoʻjaliklari konstruksiyasi montajchisi

432

26.

Issiqxona ishchisi

432

27.

Gidroponika usulida mahsulot yetishtirish

432

28.

Asalarichilik

288

29.

Baliqchilik

288

30.

Quyonchilik

288

31.

Limonchilik

288

32.

Chorvachilik

432

33.

Bogʻdorchilik

432

34.

Uy-joy kommunal xoʻjaligi servisi

432

35.

Duradgorlik va pol yotqizish ishlari

432

36.

Mebel jihozlarini yasash va taʼmirlash ustasi

432

37.

Gipsokarton va donali materiallardan pardozlash ishlari ustasi

432

38.

Qurilish pardozlash ishlari (Boʻyoqchi, bezakchi)

432

39.

Qoplovchi plitkachi (Keramik plitalar (kafel) terish ishlari)

432

40.

Suvoqchi

432

41.

Gʻisht teruvchi

432

42.

Betonchi

432

43.

Santexnika ishlari ustasi (Santexnika jihozlarini montaj qilish ishlari)

432

44.

Lift boʻyicha mexanik

432

45.

Alyuminiy profil va polivinil xloridan eshik va derazalar montajchisi

432

46.

Erkaklar sartaroshlik ishlari

432

47.

Zargarlik mahsulotlari sotuvchisi

288

48.

Buxgalter

432

49.

Xodimlar bilan ishlash boʻyicha menejer

432

50.

Ofitsiant

144

51.

Oshpaz

432

52.

Qandolatchi-nonvoy

432

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026 y., 10/26/3878/0674-son)