ILOVA
T/r | Amalga oshiriladigan vazifalar | Amalga oshirish shakli (mexanizmi) | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
1. | Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi bilim va koʻnikmalarini oshirish. | 1. Davlat organlari va tashkilotlarining murojaatlar sohasiga masʼul rahbar hamda xodimlari roʻyxatini shakllantirish. 2. Ular uchun senatorlar, olimlar, amaliyotchi-mutaxassislar ishtirokida Oliy Majlis Senati binosida seminar tashkil etish. | 2026-yil may | Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, vazirlik va idoralar |
2. | Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining aholi murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyati yuzasidan hisobotini (axborotini) eshitish boʻyicha sessiyalarni tashkil etish va oʻtkazish hamda murojaatlar bilan ishlash masalalariga bagʻishlangan seminar oʻtkazish. | 1. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining aholi murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyati yuzasidan hisobotini (axborotini) eshitish hamda murojaatlarni koʻrib chiqishga doir vakolatlarini va Kengashlar kotibiyatlari vazifalarini tahlil qilish. 2. Mahalliy Kengashlar deputatlari, Kengashlar kotibiyatlari xodimlari ishtirokida (onlayn shaklda) seminar tashkil etish. | 2026-yil iyun | Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiya, Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi |
3. | Senat qoʻmitalari tomonidan vazirlik va idoralarning murojaatlar bilan ishlash holatini oʻrganish. | 1. Joriy yil olti oylik hamda oʻn ikki oylik yakunlari yuzasidan har bir Senat qoʻmitasi tomonidan tegishliligiga koʻra eng koʻp murojaat kelib tushgan bitta soha boʻyicha vazirlik va idoraning murojaatlar bilan ishlash boʻyicha faoliyatini oʻrganish. | 2026-yil 20-iyul, | Senatning barcha qoʻmitalari, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar |
2. Oʻrganish natijalari yuzasidan vazirlik va idora rahbariyatining murojaatlar bilan ishlashga oid faoliyati boʻyicha axborotini qoʻmita majlisida eshitish. 3. Eshituv natijalari boʻyicha qoʻmita qarorini qabul qilib, tegishli vazifa va tavsiyalar belgilash. | 2027-yil 20-yanvar | |||
4. | Mahalliy Kengashlarning aholi murojaatlari bilan ishlash hamda sessiyalarda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini (axborotlarini) eshitish borasidagi faoliyatini oʻrganish va natijalarini muhokama qilish. | 1. Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati va tuman (shahar) Kengashlarining (tanlov asosida) aholi murojaatlari bilan ishlash hamda sessiyalarda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini (axborotlarini) eshitish borasidagi faoliyatini oʻrganish. 2. Oʻrganish natijalarini sessiyada tanqidiy muhokama qilish, xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan masʼul xodimlar faoliyatiga baho berish. | 2026-yil oktabr | Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiya, Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi |
5. | Hududlarda murojaatlarni koʻrib chiqish va hal etish bilan bogʻliq muammolar yuzasidan soʻrovnoma oʻtkazish. | 1. Davlat organlari va tashkilotlariga murojaat qiluvchilar bilan jarayonni tanqidiy tahlil qilish maqsadida anonim shaklda soʻrovnomalar tashkil qilish. 2. Soʻrovnoma natijalarini tahlil qilish va zaruratga koʻra, tegishli davlat organlarining faoliyatini sessiyada muhokama qilish. | Har chorakda kamida bir marotaba | Adliya vazirligi, mahalliy Kengashlar, “Yuksalish” harakatining hududiy boʻlinmalari (kelishuv asosida) |
6. | Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish borasidagi faoliyatiga uslubiy koʻmaklashish. | 1. Mahalliy Kengashlarning murojaatlar bilan ishlashga oid faoliyatini maʼlumotlarni tahlil qilish orqali monitoring qilib borish. 2. Mahalliy Kengashlar kotibiyatlariga murojaatlar bilan ishlashni tashkil etish boʻyicha uslubiy, koʻmaklashish, zarur tushuntirishlar berib borish. | Doimiy | Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiya, Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi |
7. | Murojaatlarni koʻrib chiqishda yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishi holatlari boʻyicha xabar berish mumkin boʻlgan aloqa kanallarini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali targʻib qilish. | 1. “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilganligi holatlari boʻyicha xabar berish mumkin boʻlgan aloqa kanallari roʻyxatini tuzish. 2. Ushbu roʻyxatni har oyda yangilab borish. 3. Roʻyxatni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilish. | Doimiy | Vazirlar Mahkamasi, davlat organlari va tashkilotlari |
8. | Respublika hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari, hokimliklar xodimlariga jamiyat va davlat hayoti uchun muhim qonunchilik hujjatlari, xususan, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish. | 1. Respublika davlat organlari va tashkilotlari hayʼat yigʻilishlarida xodimlarga “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish. | Doimiy | Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyat, tuman va shahar hokimliklari, Adliya vazirligi, davlat organlari va tashkilotlari |
2. Hokimliklar hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun “Hokimlik soatlari” tadbirlarini oʻtkazib borish boʻyicha grafik ishlab chiqish. | 2026-yil 10-may | |||
3. Grafik asosida “Hokimlik soatlari” tadbirlarini oʻtkazish. | Grafik asosida | |||
9. | Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun aholi murojaatlarini koʻrib chiqish, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha huquqiy qoʻllanma tayyorlash. | 1. Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun aholi murojaatlarini koʻrib chiqish, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha huquqiy qoʻllanma tayyorlash. 2. Tayyorlangan huquqiy qoʻllanmani davlat organlari va tashkilotlariga yetkazish. | 2026-yil may | Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, davlat organlari va tashkilotlari |
10. | Aholiga murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi, muddatlari, shakli va usullari yuzasidan targʻibot materiallari tayyorlash. | 1. Targʻibot materiallarini (buklet, flayer va boshqa) tayyorlash. Bunda amaldagi qonunlarda koʻzda tutilgan javobgarlik choralari, murojaatlarni koʻrib chiqishga vakolatli boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari roʻyxati va boshqa masalalarni nazarda tutish. 2. Tayyorlangan targʻibot materiallarini joylarga aholiga yetkazish. | 2026-yil may | Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, davlat organlari va tashkilotlari |
11. | Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyati yuzasidan matbuot anjumanlari tashkil etish. | 1. Davlat organlari va tashkilotlarida murojaatlarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyati yuzasidan matbuot anjumanlarini tashkil etish. 2. Matbuot anjumanlarida fuqarolik jamiyati institutlari, jurnalist va blogerlar ishtirokini taʼminlash. 3. Matbuot anjumanlari natijalarini ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish. | Har chorakda kamida bir marotaba | Vazirlar Mahkamasi, davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning hududiy boʻlinmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyat, tuman va shahar hokimliklari |
12. | “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning mohiyati va ahamiyati, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida murojaatlarning koʻrib chiqilishi yuzasidan televideniyeda koʻrsatuv, intervyu va suhbatlar tashkil etish. | 1. “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning mohiyati va ahamiyati, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida murojaatlarning koʻrib chiqilishi yuzasidan televideniyeda koʻrsatuv, intervyu va suhbatlarni tashkil etish. 2. Intervyu va suhbatlarni ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallar, rasmiy veb-saytlar hamda ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilish. | Doimiy | Vazirlar Mahkamasi, davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning hududiy boʻlinmalari, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, davlat va nodavlat telekanallar |