01.04.2026 yildagi PF-51-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi bilan davlat organlari o‘rtasida ochiq va samarali muloqotni ta’minlash, fuqarolarning murojaat qilish huquqini so‘zsiz amalga oshirish orqali ularning davlat boshqaruvida ishtirokini yanada kengaytirish, Xalq qabulxonalari faoliyatini samarali tashkil qilish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-111-son Farmoniga muvofiq qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar aholi bilan muloqot tizimini takomillashtirishning maqsadlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) aholi bilan davlat organlari o‘rtasida ochiq va samarali muloqotni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Xalq qabulxonalarining yagona vertikal tizimini joriy etish orqali ular faoliyatini samarali tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Xalq qabulxonalarining “mahalla yettiligi”, davlat organlari va tashkilotlarining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limlari (axborot xizmatlari) bilan yaqin hamkorligini ta’minlash orqali murojaatlarning bevosita hududlarda qabul qilinishi va ko‘rib chiqilishiga erishish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Aholi va davlat organlari o‘rtasidagi muloqot ko‘lamini kengaytirish va samaradorligini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2026-yil 1-maydan shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi axborot tizimiga kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha nazorat vaqti rejimi o‘rnatiladi, bunda ko‘rib chiqilishi belgilangan muddatdan o‘tgan murojaatlar ijro uchun avtomatik ravishda yuqori turuvchi davlat organiga o‘tadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi axborot tizimida murojaatlarni qabul qilishda ular “shoshilinch”, “odatiy”, “maslahat talab qiluvchi” toifalariga ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi, nazoratga qaytarilgan murojaatlar uch ish kuni ichida yuqori turuvchi organlar tomonidan qayta o‘rganib chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari hisobotlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatida, hokimlar hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari hisobotlarini esa tegishlicha Senatda yoki mahalliy kengashlarda har chorakda kamida bir marta eshitib borish tartibi joriy qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmatlari Xalq qabulxonalari bilan hamkorlikda hududda murojaatlar bilan ishlash holatini yoritadi, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatlarning ko‘rib chiqilishiga oid e’tirozlarni o‘rganib boradi va bu ular faoliyatining samaradorligi ko‘rsatkichlarida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimlari tegishli Xalq qabulxonasiga jamoatchilik asosida rahbarlik qiladi hamda muntazam ravishda Xalq qabulxonasida fuqarolarni shaxsan qabul qiladi va muammolarini joyida hal qilish choralarini ko‘radi, murojaatlar tahlilini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan faoliyati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida qilinadigan taqdimotlarda aholi murojaatlaridagi tizimli muammolar va ularning yechimi yuzasidan rejalari haqida alohida hisobot beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) kelib tushayotgan murojaatlarni hal qilish, ularni tahlil qilish, aniqlangan tizimli muammolar yechimi yuzasidan takliflar ishlab chiqish uchun davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy hokimliklarda doimiy faoliyat olib boradigan ishchi guruhlar tashkil etiladi hamda ularga davlat organlari va tashkilotlarining shaxsan birinchi rahbarlari boshchilik qiladi, ishlab chiqilgan takliflarni har uch oyda Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash holati bo‘yicha har olti oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi axborot tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy hokimliklarning reytingi ochiq e’lon qilib boriladi. Reytingda murojaatlar salmog‘i, ularni hal etish darajasi, muddatlarga rioya etilganligi, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tizimga kiritilgan materiallar qayta ijroga yuborilishi, takroriyligi kabi mezonlar aks ettiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy hokimliklar tomonidan o‘tkaziladigan shaxsiy va sayyor qabullar tizimini to‘liq raqamlashtirish orqali qabullar jarayoni ustidan nazorat o‘rnatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimlari tomonidan har chorakda kamida bir marta ommaviy axborot vositalari yoki ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali murojaatlar bilan ishlash faoliyati, hududda muammolarni hal qilish bo‘yicha ko‘rilgan choralar, kelgusida bajariladigan ishlar va rejalar haqida keng jamoatchilikka batafsil axborot beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) jamoaviy tusdagi murojaatlar aholi vakillari va “mahalla yettiligi” ishtirokida o‘rganilib, ular roziligi asosida nazoratdan olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) davlat organlari va tashkilotlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘linmalari xodimlari, shuningdek, “mahalla yettiligi” a’zolarining murojaatlar bilan ishlash faoliyati tegishlicha Xalq qabulxonalari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Xalq qabulxonalari faoliyati samaradorligini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi (keyingi o‘rinlarda — Prezident Xalq qabulxonasi) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prezident Xalq qabulxonasi markaziy apparatining umumiy boshqaruv xodimlari shtat birliklari soni 49 ta hamda yordamchi xodimlar (xizmatchilar) soni 20 ta etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 19 ta shtat birligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi PF-111-sonli Farmonida nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 30 ta shtat birligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman va shaharlardagi Xalq qabulxonalari shtat birliklarini qisqartirish hisobiga ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar)dagi Xalq qabulxonalari Prezident Xalq qabulxonasining alohida bo‘linmalari sifatida yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritadi hamda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Prezident Xalq qabulxonasi markaziy apparati faoliyati O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar)dagi Xalq qabulxonalarida mavjud shtat birliklari doirasida Xalq qabulxonasi mudir o‘rinbosari lavozimi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, uning ikki nafar o‘rinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosari esa — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalari mudirlari o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari bilan kelishilgan holda Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) tuman (shahar)dagi Xalq qabulxonalari mudirlari o‘rinbosarlari, Prezident Xalq qabulxonasi markaziy apparati va Xalq qabulxonalari boshqa xodimlari — Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Prezident Xalq qabulxonasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Kommunikatsiyalar departamenti mutasaddiligida amalga oshiradi va unga hisob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari bir vaqtning o‘zida Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i o‘rinbosarlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqarma boshlig‘i uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Prezident Xalq qabulxonasining vazifalari, huquq va vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar Prezident Xalq qabulxonasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ariza va shikoyatlar bilan kelgan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish hamda ularning murojaatlari ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) murojaatlar davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan har tomonlama, to‘liq, xolis va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va nazorat qilinishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) murojaatlarda ko‘tarilgan, joylarda aniqlangan tizimli muammolarni tahlil qilish, natijalari bo‘yicha tegishli materiallar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) joylardagi Xalq qabulxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, normativ-uslubiy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash, shuningdek, ularga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishini monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) vazirlik va idoralar, hokimliklarda murojaatlar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash, tegishli tashkilotlarga ko‘rsatma va topshiriqlar yuborish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Prezident Xalq qabulxonasi quyidagi huquq va vakolatlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual va Xalq qabulxonalariga murojaat qilgan shaxslarning huquqlariga rioya etilishi bo‘yicha qonunchilik hujjatlarining so‘zsiz bajarilishi, zarur hollarda, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlari va “mahalla yettiligi” a’zolarini jalb qilgan holda o‘rganilishini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari tomonidan sayyor va ommaviy qabullar reja-grafiklar asosida o‘tkazilishini nazorat qilish, aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgan masalalar bo‘yicha qabullar tashkil etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan talabnoma kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining shaxsiy qabullari o‘tkazilishini va “ishonch telefonlari” faoliyatini monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) aholi murojaatlari bilan ishlash holati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga tahliliy axborotlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqargan sabab va sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish va aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish hamda ko‘rib chiqish uchun sudga yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) murojaatlarda ko‘tarilgan masala, muammo va keltirilgan vajlarni har tomonlama tekshirish va samarali hal qilish yuzasidan murojaatlarni ko‘rib chiquvchi davlat organlari va tashkilotlariga ko‘rsatmalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) o‘z vakolatlari doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlaridan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa ma’lumotlarni talab qilib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(k) davlat organlari va tashkilotlarining murojaatlar va aholi muammolari bilan ishlash, ijtimoiy soha va boshqa obyektlarda aniqlangan muammolarni hal qilish borasidagi faoliyatini o‘rganish maqsadida ularning hududi va binolariga moneliksiz kirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(l) mansabdor shaxslar va fuqarolardan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi xususida og‘zaki va yozma tushuntirishlar talab qilib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(m) davlat organlari va tashkilotlarining murojaatlar bilan ishlash faoliyatini muhokama qilishga oid yig‘ilishlarida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(n) qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organlari va tashkilotlari ma’lumotlar bazalaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(o) aholi kayfiyatiga ta’sir qilayotgan masalalar bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotini eshitib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(p) o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun, zarur hollarda, davlat organlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislaridan iborat tarkibda ishchi guruhlar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(r) Prezident Xalq qabulxonasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat organlari va tashkilotlari Prezident Xalq qabulxonasi va joylardagi Xalq qabulxonalari tomonidan kiritilgan talabnoma, taqdimnoma, ko‘rsatmalarni bajarmagan taqdirda, ushbu holatlar bo‘yicha materiallar tegishli choralar ko‘rish uchun prokuratura organlariga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Farmon ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Prezident Xalq qabulxonasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) bir oy muddatda Prezident Xalq qabulxonasi to‘g‘risidagi nizom va uning tuzilmasi hamda shtatlar jadvalini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga tasdiqlash uchun kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) olti oy muddatda aholi bilan muloqotni samarali tashkil etish bo‘yicha rivojlangan xorijiy mamlakatlarning tajribasini o‘rganish orqali, shuningdek, keng jamoatchilik vakillarining takliflarini inobatga olgan holda Xalq qabulxonalari faoliyatini hamda davlat organlarida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Prezident Xalq qabulxonasi Toshkent shahri Mirobod tumani Fidokorlar ko‘chasi 23-uy va Shayxontohur tumani Bunyodkor shohko‘chasi 2-uy manzillaridagi binolarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur binolarda foydalanishda bo‘lgan ofis jihozlari (kompyuter, printer va aloqa jamlamalari, mebel va boshqa kerakli inventar va uskunalar) Prezident Xalq qabulxonasining balansiga beg‘araz o‘tkazib berilishi nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ikki oy muddatda barcha Xalq qabulxonalarining moddiy-texnik bazasini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ularda xalq bilan muloqot qilish va murojaatlar bilan ishlashni yaxshilash uchun zarur sharoitlar yaratsin, Xalq qabulxonalari xodimlarini zamonaviy kompyuterlar, mebel jihozlari hamda boshqa kerakli asbob-uskunalar va anjomlar, yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘i bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) bir oy muddatda Prezident Xalq qabulxonasi faoliyatini tashkil etish uchun talab qilinadigan mablag‘larni 2026-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning iqtisod qilingan mablag‘lari doirasida ajratsin. Bunda Prezident Xalq qabulxonasini zarur mebel, kompyuter va boshqa jihozlar bilan ta’minlash uchun mablag‘ ajratilishini nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2027-yildan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Prezident Xalq qabulxonasi faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining qabuli so‘ralgan murojaatlar bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2-ilovaga* muvofiq ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-2-ilovalar keltirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sh.I. Asadov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-51-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2026-y., 06/26/51/0299-son)