27.12.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3737
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktorining buyrugʻi, 27.12.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3737
Kuchga kirish sanasi
29.12.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ADMINISTRATSIYASI HUZURIDAGI TAʼLIM SIFATINI TAʼMINLASH MILLIY AGENTLIGI DIREKTORINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYRUGʻI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha indikatorlarni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 27-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3737]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-son “Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-son “Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha indikatorlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor B. YULDASHEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 19-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 17-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktorining 2025-yil 19-dekabrdagi 7-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha indikatorlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I boʻlim. Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarining taʼlim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha
INDIKATORLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Mezon

Indikator

1-bob. Tashkiliy-boshqaruv va sifatni taʼminlash yoʻnalishi

1.

Taʼlim dasturini amalga oshirish boʻyicha tarkibiy tuzilma va uning samarali ishlash mexanizmlarining mavjudligi

Taʼlim dasturini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan tarkibiy tuzilmani (kafedrani, boʻlimni) (bundan buyon matnda tarkibiy tuzilma deb yuritiladi) tashkil etish hamda uni moddiy-texnik baza va moliyaviy resurslar bilan taʼminlash boʻyicha aniq rejalar mavjud*

Tarkibiy tuzilmaning vakolatlari, vazifalari va funksiyalari taʼlim dasturini samarali amalga oshirishga yoʻnaltirilgan va taʼlim dasturi doirasida belgilangan maqsadlarga uygʻun tarzda aniq belgilangan

Tarkibiy tuzilma tomonidan taʼlim bosqichlari uzluksizligini taʼminlash, mehnat bozori talablari va texnologik oʻzgarishlarga muvofiq taʼlim dasturini takomillashtirish mexanizmlari mavjud

Taʼlim dasturini samarali amalga oshirish uchun tarkibiy tuzilma moddiy-texnik baza, moliyaviy va inson resurslari bilan taʼminlanib boriladi hamda tarkibiy tuzilmaning ish rejalari mavjud**

Tarkibiy tuzilma tomonidan taʼlim dasturining taʼlim bosqichlari uzluksizligini taʼminlash, mehnat bozori talablari va texnologik oʻzgarishlarga muvofiqligi va natijadorligi baholanib, tahliliy maʼlumotlar tayyorlab boriladi**

Tayyorlangan tahliliy maʼlumotlar asosida tarkibiy tuzilma tomonidan chora-tadbirlar rejasi tizimli ravishda ishlab chiqiladi, amalga oshiriladi hamda ijrosi nazorat qilinadi**

2.

Taʼlim dasturini rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash boʻyicha 3 yillik istiqbolli rejaning (bundan buyon matnda istiqbolli reja deb yuritiladi) mavjudligi

Istiqbolli reja ishlab chiqilgan va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotining strategik rejasi (missiyasi, strategiyasi) bilan mos

Istiqbolli rejada taʼlim dasturi uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, infratuzilma, axborot texnologiyalari, inson resurslari, moliyaviy manbalar va qoshida (huzurida) oʻrta maxsus taʼlim tashkiloti boʻlgan vazirlik, idora yoki oliy taʼlim tashkiloti (bundan buyon matnda yuqori turuvchi tashkilot deb yuritiladi) bilan hamkorlik masalalari aks ettirilgan hamda vazifalarni bajarish muddatlari va masʼul ijrochilar aniq koʻrsatilgan

Istiqbolli rejada belgilangan vazifalarni amalga oshirishga taʼsir qiluvchi xavf tahlili mavjud hamda ushbu xavflarni bartaraf etish boʻyicha muqobil choralar belgilangan

Istiqbolli rejada belgilangan vazifalarning bajarilishini monitoring va tahlil qilish mexanizmlari ishlab chiqilib, monitoring va tahlil natijalari asosida aniqlangan kamchiliklarni tuzatish choralari koʻrib boriladi**

3.

Taʼlim dasturi doirasida sifatni ichki taʼminlash mexanizmining mavjudligi hamda bu jarayonlarda manfaatdor tomonlarning ishtiroki

Taʼlim dasturini monitoring qilish va baholash boʻyicha sifatni ichki taʼminlash boʻlinmasi tashkil etilgan yoki masʼul xodim(lar) ajratilgan

Taʼlim dasturini ichki baholash tartibi ishlab chiqilgan hamda pedagogik kengash muhokamasidan oʻtkazilgan holda tasdiqlangan

Yuqori turuvchi tashkilot masʼullari, pedagoglar, oʻquvchilar, shuningdek ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning (bundan buyon matnda ota-onalar deb yuritiladi) taklif va fikr-mulohazalari asosida taʼlim dasturini takomillashtirish va sifatni ichki taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi shakllantirilib boriladi**

Taʼlim dasturini takomillashtirish va sifatni ichki taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosi monitoring va tahlil qilinib, taʼlim dasturi takomillashtirilib boriladi**

Taʼlim dasturini takomillashtirish haqidagi maʼlumotlar oʻrta maxsus taʼlim tashkilotining veb-sayti va (yoki) ijtimoiy tarmoqlarda ochiq eʼlon qilib boriladi**

4.

Mehnat bozori va taʼlim ehtiyojlari soʻnggi tendensiyalarini aniqlash boʻyicha monitoring tizimining mavjudligi

Mehnat bozori va taʼlim ehtiyojlari, shuningdek ilmiy-tadqiqot tendensiyalarini oʻrganish uchun monitoring oʻtkazish rejasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan

Monitoring jarayonida pedagoglar, yuqori turuvchi tashkilot masʼullari va soha mutaxassislarining ishtiroki taʼminlanib, mehnat bozori va taʼlim sohasiga oid maʼlumotlar muntazam yigʻiladi va tahlil qilinadi**

Monitoring natijalari asosida taʼlim dasturini takomillashtirish uchun zarur boʻlgan muammo va kamchiliklar aniqlanadi hamda taʼlim dasturidagi fanlarga (fanlarning mavzu(lar)iga va mazmuniga) tegishli oʻzgartirishlar kiritib boriladi**

Ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlaridagi yangiliklar, mehnat bozori talablari va taʼlim ehtiyojlari asosida doimiy yangilanuvchi maʼlumotlar bazasi yaratib boriladi**

Mehnat bozori va taʼlim sohasiga oid maʼlumotlar jamoatchilik uchun ochiq eʼlon qilib boriladi**

5.

Amaldagi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquvchilar oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazilgani va uning natijalari asosida taʼlim dasturining takomillashtirilgani

Amaldagi taʼlim dasturini baholash va takomillashtirish boʻyicha soʻrovnoma, intervyu va fokus-guruhlar (bundan buyon matnda soʻrovnoma deb yuritiladi), ularning mavzulari, savollar (masalalar) roʻyxati, soʻrovnomani oʻtkazish muddatlari hamda masʼul ijrochilar belgilab boriladi**

Oʻtkaziladigan soʻrovnomalar toʻgʻrisida oʻquvchilar muntazam xabardor qilinadi hamda tizimli ravishda ularning ishtirokini taʼminlash choralari koʻriladi**

Soʻrovnoma jarayonlari ochiqlik, tenglik va xolislik tamoyillari asosida tashkil etiladi**

Oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalari masʼul ijrochilar tomonidan tahlil qilinib, oʻquvchilarning taʼlim dasturini takomillashtirishga oid taklif va fikr-mulohazalari muntazam yigʻiladi**

Soʻrovnoma natijalari boʻyicha tahliliy hisobot tayyorlanib, pedagogik kengashga taqdim etib boriladi**

Tayyorlangan tahliliy hisobot asosida taʼlim dasturini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tizimli ravishda ishlab chiqiladi va taʼlim dasturiga zarur oʻzgartirishlar kiritib boriladi**

Soʻrovnoma natijalari va ular asosida amalga oshirilgan oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar oʻrta maxsus taʼlim tashkilotining veb-sayti va (yoki) ijtimoiy tarmoqlarda ochiq eʼlon qilib boriladi**

2-bob. Taʼlim dasturlari yoʻnalishi

6.

Taʼlim dasturining maqsadi, natijalarining belgilangani, davlat taʼlim standarti (bundan buyon matnda DTS deb yuritiladi) va milliy malakalar ramkasi (bundan buyon matnda MMR deb yuritiladi) talablariga muvofiqligi

Taʼlim dasturini ishlab chiqish boʻyicha yuqori turuvchi tashkilot masʼullari, pedagoglar va soha mutaxassislaridаn iborat ishchi guruh (bundan buyon matnda ishchi guruh deb yuritiladi) tashkil etilgan

Ishchi guruh tomonidan taʼlim dasturining maqsadlari, kompetensiyalari hamda kutilgan oʻquv natijalari belgilangan

Taʼlim dasturi DTS, MMR, kasbiy standart(lar) (yoki malaka talablari) hamda mehnat bozori talablariga mosligi boʻyicha tahlil qilingan

Tahlil natijalari asosida taʼlim dasturining maqsadlari, kompetensiyalari hamda kutilgan oʻquv natijalari aniqlashtirilgan hamda muammo va kamchiliklar yuzasidan xulosalar tayyorlangan

Taʼlim dasturining maqsadi va natijalari DTS va MMR talablariga muvofiqligi taʼminlangan

7.

Manfaatdor tomonlar ishtirokida taʼlim dasturining belgilangan tartibda ishlab chiqilgani va tasdiqlangani

Ishchi guruh aʼzolari tomonidan taʼlim dasturi loyihasi ishlab chiqilgan

Taʼlim dasturi loyihasi yuqori turuvchi tashkilot masʼullari, pedagoglar va soha mutaxassislarining taklif va fikr-mulohazalari asosida taʼlim dasturiga oʻzgartirishlar kiritilgan

Taʼlim dasturi DTS, MMR va kasbiy standart(lar)ga (yoki malaka talablari) muvofiq tasdiqlangan*

8.

Taʼlim dasturining davomiyligi, fanlarning uzviyligi va uzluksizligining taʼminlangani

Taʼlim dasturining davomiyligi (umumiy soatlar, oʻqish muddati) ushbu dasturning maqsadlari va kutilgan oʻquv natijalariga muvofiq ravishda belgilangan

Oʻquv rejadagi fanlarning ketma-ketligi va uzluksiz taʼlim tizimiga (oʻrta maxsus va oliy taʼlim) muvofiqligi taʼminlangan

Fanlar uchun ajratilgan soatlar, fanlardagi nazariy, amaliy, laboratoriya va seminar mashgʻulotlari hamda mustaqil ish (bundan buyon matnda fanlarning tarkibiy qismlari deb yuritiladi) ketma-ketligi davomiylik, uzluksizlik va kutilgan oʻquv natijalariga mos ravishda ishlab chiqilgan

Fanlarning tarkibiy qismlari oʻrtasida oʻzaro integratsiya taʼminlangan

Taʼlim dasturini qayta koʻrib chiqish jarayonida fanlarning tarkibiy qismlarining oʻzaro uzviyligi va uzluksizligi doimiy tahlil qilinadi hamda takomillashtiriladi**

9.

Amaldagi taʼlim dasturlarining tizimli ravishda monitoringi yuritilgani hamda uning samaradorligini oshirish va takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilgani

Taʼlim dasturining samaradorligini baholash tartibi va mezonlari ishlab chiqilgan**

Taʼlim dasturi boʻyicha tizimli monitoring va tahlil jarayonlari amalga oshirib boriladi**

Monitoring jarayonida yuqori turuvchi tashkilot masʼullari, oʻquvchilar, ota-onalar, bitiruvchilar hamda soha mutaxassislarining ishtiroki tizimli ravishda yoʻlga qoʻyiladi**

Monitoring natijalari tahlil qilinib, taʼlim dasturining samaradorligi va kutilgan oʻquv natijalariga mosligi baholab boriladi hamda aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi shakllantirib boriladi**

Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosi tahlil qilinib, fanlarning tarkibiy qismlarining mazmuni hamda baholash tartibi va mezonlariga zarur oʻzgartirishlar kiritib boriladi**

3-bob. Oʻquv jarayonini tashkil etish va oʻquv natijalarini baholash yoʻnalishi

10.

Ishchi oʻquv reja va dasturlarining belgilangan talablarga muvofiq ishlab chiqilgani

Ishchi oʻquv reja va fan dasturlari belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan*

Ishchi oʻquv reja (oʻquv reja) (bundan buyon matnda ishchi oʻquv reja deb yuritiladi) va dasturlarni ishlab chiqishda DTS talablari va yuqori turuvchi tashkilot masʼullari tomonidan berilgan taklif va fikr-mulohazalar inobatga olingan

Ishchi oʻquv rejadagi oʻquv (ish) yuklamalarida fanlarning tarkibiy qismi oʻrtasida mutanosiblik taʼminlangan

Ishchi oʻquv reja va fan dasturlari mehnat bozori va taʼlim ehtiyojlariga muvofiqlashtirilgan

11.

Oʻquv jarayonining taʼlim dasturida belgilangan oʻquv natijalariga erishishga yoʻnaltirilgani

Oʻquv jarayoni yuqori turuvchi tashkilot bilan hamkorlikda mehnat bozoridagi zamonaviy ehtiyojlar va sohaning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda rejalashtirilgan

Ishchi oʻquv reja boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari (dars) jadvali oʻquv jarayoni grafigiga muvofiq ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan**

Ishchi oʻquv reja boʻyicha oʻquv jarayonini tashkil etishda fanlarning oʻzaro uzviyligi va uzluksizligi taʼminlangan**

Oʻquv jarayonini tashkil etish uchun zarur boʻlgan oʻquv-uslubiy resurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (bundan buyon matnda AKT deb yuritiladi) foydalanib boriladi**

Oʻrta maxsus taʼlim tashkiloti tomonidan taʼlim dasturining kutilgan oʻquv natijalariga erishish taʼminlab boriladi hamda kutilgan oʻquv natijalariga erishish darajasi tahlil qilib boriladi**

12.

Oʻquv jarayonining doimiy baholab borilishi va takomillashtirishga qaratilgani

Oʻquv jarayonini baholash, tahlil qilish va takomillashtirish tartibi ishlab chiqilgan

Oʻquv jarayonini baholash, tahlil qilish va takomillashtirish tartibida belgilangan davriylikda (oylik, semestr, yillik) oʻquv jarayonini baholash va tahlil qilish amalga oshiriladi**

Oʻquv jarayonini baholash jarayoniga yuqori turuvchi tashkilot masʼullari, oʻquvchilar, bitiruvchilar, pedagoglar va soha mutaxassislari muntazam jalb etiladi, ularning taklif va fikr-mulohazalari hujjatlashtirilgan holda tahlil qilib boriladi**

Baholash natijalari boʻyicha aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tizimli ravishda ishlab chiqiladi, ijro monitoringi yuritiladi hamda oʻquv jarayoni baholanadi, tahlil qilinadi va belgilangan davriylikda (oylik, semestr, yillik) takomillashtirib boriladi**

13.

Amaldagi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv jarayonida ilgʻor pedagogik texnologiyalarning qoʻllanilgani va tegishli samaradorlikka erishilgani

Taʼlim dasturida belgilangan oʻqitish usullari, pedagogik texnologiyalar, fanlarning tarkibiy qismlari mazmuni kutilgan oʻquv natijalariga erishishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan holda ilgʻor pedagogik va innovatsion taʼlim texnologiyalar doimiy ravishda qoʻllaniladi**

Oʻqitish usullari, pedagogik texnologiyalarning qamrovi, ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etish tendensiyalari va murakkablik darajasi taʼlim dasturining darajasi va oʻquvchilarning ehtiyojlariga mos ravishda belgilangan**

Ilgʻor oʻqitish usullari va pedagogik texnologiyalarni qoʻllashning samaradorligi boʻyicha monitoring va tahlil olib boriladi, monitoring va tahlil natijasida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida pedagoglarning kasbiy salohiyati oshirib boriladi**

Monitoring, tahlil va pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish natijalari asosida pedagogik texnologiyalar doimiy ravishda yangilanadi hamda takomillashtiriladi**

Ilgʻor pedagogik texnologiyalarning qoʻllanilishi va ularning samaradorligi boʻyicha yillik tahliliy hisobot tayyorlanadi va pedagogik kengash tomonidan koʻrib chiqiladi**

14.

Taʼlim dasturi doirasida oʻquvchilar bilimining shaffof va xolis baholanishi, baholash jarayonlarining oʻquv natijalariga muvofiqligi

Taʼlim dasturi doirasida oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va kompetensiyalarini baholash jarayonlari boʻyicha tartib, qoidalar, mezonlar va usullar (bundan buyon matnda baholash tartibi deb yuritiladi) ishlab chiqilgan

Baholash tartibi oʻquv jarayoni boshlanishidan oldin oʻquvchilarga maʼlum qilib boriladi**

Baholash jarayonlariga yuqori turuvchi tashkilot masʼullari va pedagoglar, shuningdek kuzatuvchi sifatida ota-onalar, bitiruvchilar va (yoki) jamoatchilik vakillari jalb etib boriladi**

Taʼlim dasturi doirasida oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va kompetensiyalarini baholash jarayonida xolislik, shaffoflik va akademik halollik taʼminlangan**

Baholash natijalari raqamli platformalar, yakuniy davlat attestatsiya komissiyasining baholash bayonnomalarida tizimli ravishda aks ettiriladi, yuritiladi hamda saqlanadi**

Baholash jarayonining taʼlim dasturiga mosligi tizimli va muntazam monitoring qilinadi, tahlil yuritiladi hamda monitoring va tahlil natijalari oʻquvchilar va ota-onalarga taqdim etiladi**

15.

Oʻquvchilarning baholash natijalari boʻyicha fikr-mulohazalarini olish imkoniyati mavjudligi

Oʻquvchilarning baholash natijalari yuzasidan takliflari, fikr-mulohazalari va shikoyatlarini yigʻish, koʻrib chiqish va tahlil qilish boʻyicha tartib ishlab chiqilgan hamda masʼul ijrochilar belgilangan

Ishlab chiqilgan tartibda shikoyat berish shakllari, muddatlari, ularni koʻrib chiqish tartibi va qaror qabul qilish mexanizmi aniq belgilangan

Takliflar, fikr-mulohazalar va shikoyatlar oʻquvchilar uchun qulay sharoitlarda va ularning ehtiyojlariga mos shakllar orqali qabul qilinadi hamda ularni koʻrib chiqish jarayoni ochiqlik, hisobdorlik, shaffoflik va manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik tamoyillariga asosan amalga oshiriladi**

Baholash jarayoni va natijalari boʻyicha oʻquvchilarning shikoyatlari oʻrta maxsus taʼlim tashkilotining apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi va tizimli ravishda tahlil qilinadi**

Tahlil natijalari boʻyicha hisobotlar muntazam tayyorlanadi va baholash jarayonini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi, shuningdek baholash tartibi va mezonlariga zarur oʻzgartirishlar kiritib boriladi**

4-bob. Oʻquvchilar faoliyati yoʻnalishi

16.

Taʼlim dasturi boʻyicha qabul talablari aniq belgilangani, oʻqishga qabul qilish shaffof tarzda yoʻlga qoʻyilgani

Taʼlim dasturi boʻyicha оʻqishga qabul qilish tartibi belgilangan va hujjatlashtirilgan boʻlib, abituriyentlar va ularning оta-onalariga qabul jarayoni bilan bogʻliq maʼlumotlarning ochiqligi taʼminlangan**

Taʼlim dasturi boʻyicha qabul talablarini belgilashda taʼlim va mehnat bozori ehtiyojlari hamda bitiruvchilarning qiziqishlari haqida tahlil va maʼlumotlar mavjud

Qabul va apellyatsiya komissiyalari tarkibi tasdiqlangan, qabul jarayonida shaffoflikni taʼminlovchi vositalar qoʻllanilgan va maxsus xonalar tashkil etilgan (onlayn roʻyxatdan oʻtish, ochiq tanlov komissiyalari va boshqalar)

Qabul jarayonida adolat va tenglik tamoyillari taʼminlanadi, qabul qilingan abituriyentlar roʻyxatlari ochiq hamda jamoatchilikka maʼlum qilib boriladi**

Qabul jarayoniga oid ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish mexanizmi mavjud

17.

Qabul parametrlarining taʼlim tashkilotining resurslari va imkoniyatlariga mos kelishi

Taʼlim dasturi boʻyicha qabul parametr(lar)i oʻrta maxsus taʼlim tashkilotining infratuzilmasi, moliyaviy imkoniyatlari, auditoriya, laboratoriya xonalari va DTSlarga mos ravishda belgilangan

Taʼlim dasturi boʻyicha qabul parametr(lar)i mehnat bozori, oʻrta maxsus taʼlim tashkilotining strategik rejasi (missiyasi, strategiyasi), pedagoglarning soni va tarkibi, ularning oʻquv (ish) yuklamasi bilan uygʻunlashtirilgan

Taʼlim dasturi boʻyicha qabul parametr(lar)ining bajarilish holati boʻyicha har yili tahlillar amalga oshiriladi, tahlil natijalari asosida qabul parametrlariga zarur oʻzgartirishlar kiritib boriladi**

18.

Oʻquvchilar oʻqishini koʻchirish, kursdan-kursga oʻtkazish, oʻqishdan chetlashtirish va oʻqishni qayta tiklash (bundan buyon matnda oʻquvchilar harakati deb yuritiladi) tartibining belgilangani

Oʻquvchilar harakati oʻrta maxsus taʼlim tashkilotiga oʻqishga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi hamda oʻquvchilar harakatini amalga oshirish boʻyicha masʼul komissiya (yoki ishchi guruh) tashkil etilgan**

Oʻquvchilar harakati boʻyicha buyruqlar, komissiya bayonnomalari va boshqa tegishli hujjatlar asosli, adolatli va shaffof tarzda qabul qilingan holda toʻgʻri rasmiylashtiriladi hamda ularning hisoboti va monitoringi muntazam yuritiladi**

Oʻquvchilar harakati boʻyicha oʻquvchilarning huquqlari taʼminlanadi hamda oʻquvchilar va ularning ota-onalari jarayonlar toʻgʻrisida xabardor qilinadi, barcha oʻzgarishlar taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimlarida (EMIS AL) oʻz vaqtida va toʻliq aks ettiriladi**

Oʻquvchilar harakati boʻyicha shikoyat berish uchun ochiq va qulay tizim yaratilgan va shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi belgilangan**

19.

Oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash va ularga maslahat berish mexanizmlarining mavjudligi

Taʼlim dasturi boʻyicha oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan akademik, psixologik, ijtimoiy va kasbiy yoʻnalish boʻyicha maslahat berish tizimi rejalashtirilgan

Oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash va maslahat xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ochiq (veb-sayt, bukletlar, stendlar va boshqalar orqali) yoritilgan

Oʻquvchilar oʻqishga qabul qilinganidan soʻng ularni ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejalari, taʼlim-tarbiya muhiti va taʼlim dasturi bilan tanishtirishga qaratilgan tadbirlar tizimli tashkil etiladi**

Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotida bitiruvchilarni oliy taʼlim bilan qamrab olishni kengaytirish maqsadida doimiy ravishda metodik va axborot koʻmagi koʻrsatiladi**

Oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash va maslahat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha maʼlumotlar tizimli ravishda yigʻiladi, tahlil qilinadi, xizmatlardan qoniqish darajasi oʻrganiladi hamda maslahat berish tizimi samaradorligi takomillashtiriladi**

5-bob. Inson resurslari yoʻnalishi

20.

Taʼlim dasturi uchun belgilangan meʼyorlarga muvofiq pedagog kadrlar, shuningdek, boshqaruv va oʻquv-yordamchi xodimlar mavjudligi hamda ularning sifat tarkibi, malakasi va mutaxassisligi belgilangan talablarga mosligi

Boshqaruv xodimlarining taʼlim sohasida ish tajribasi mavjud

Boshqaruv xodimlarining malaka oshirish kurslarida ishtiroki tashkillashtirilib, tegishli sertifikatlarga ega boʻlishi taʼminlab boriladi**

Pedagog kadrlarning soni ular dars berayotgan fanlarga mos ravishda taʼminlangan

Oʻquv-yordamchi xodimlar sonini taʼlim dasturini samarali tashkil etish uchun mos darajada taʼminlash choralari koʻrilgan

Taʼlim dasturi boʻyicha kadrlarga boʻlgan ehtiyoj (boʻsh ish oʻrinlari) toʻgʻrisida tegishli oliy taʼlim tashkilotlari va Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududiy boʻlinmalariga chiqarilgan murojaatlar yoki ijtimoiy tarmoqlarda berilgan eʼlonlar mavjud**

21.

Amaldagi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv rejadagi fanlarga mos (tegishli) kasbiy, pedagogik va ilmiy kompetensiyalarga ega pedagog kadrlar bilan taʼminlangani

Amaldagi taʼlim dasturidagi fanlar pedagoglar bilan taʼminlangan hamda ushbu pedagoglarning diplomi (sertifikati), malaka toifasi va sohaviy tajribasi taʼlim yoʻnalishiga mos keladi**

Taʼlim dasturiga muvofiq pedagog kadrlarning soni oʻquv (ish) yuklamasi asosida shakllantirilgan**

Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish mexanizmi mavjud hamda pedagog kadrlar attestatsiyadan oʻtkazib boriladi**

Pedagog kadrlar taʼminoti va sifat tarkibini oshirish boʻyicha amaliy tadbirlar (tanlov, trening, stajirovka va boshqalar) amalga oshirib boriladi**

Taʼlim dasturi boʻyicha xorijiy pedagoglar mavjud, shuningdek xorijiy davlatlar oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olgan va stajirovka oʻtagan pedagoglar mavjud**

Taʼlim dasturi boʻyicha ilmiy darajaga ega, chet tili va fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlgan asosiy shtatdagi pedagoglar mavjud**

22.

Yangi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv rejadagi fanlarga mos (tegishli) kasbiy, pedagogik va ilmiy kompetensiyalarga ega pedagog kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha aniq rejaning mavjudligi

Yangi taʼlim dasturi boʻyicha pedagog kadrlarga bоʻlgan ehtiyoj tahlil qilingan va pedagog kadrlar bilan taʼminlash rejasi ishlab chiqilgan*

Yangi taʼlim dasturi boʻyicha pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga yuborish choralari koʻrilgan

Pedagog kadrlar bilan taʼminlash rejasida taʼlim tashkilotlarining ilmiy daraja yoki amaliy tajribaga ega boʻlgan pedagog kadrlarini dars mashgʻulotlariga jalb qilish nazarda tutilgan

Yangi taʼlim dasturi boʻyicha pedagogik kadrlar bilan taʼminlash rejasining ijrosini monitoring va tahlil qilishni nazarda tutuvchi nazorat mexanizmi ishlab chiqilgan

23.

Kadrlarning kasbiy rivojlanishi va malaka oshirishiga sharoit yaratilgani, moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish tizimining mavjudligi

Kadrlarning malaka oshirish kurslarida ishtirok etishi hamda oliy taʼlim tashkilotlarida stajirovka oʻtashi boʻyicha grafiklar ishlab chiqilgan

Kadrlarni oʻrta maxsus taʼlim tashkilotining kasbiy rivojlantirish tizimiga muvofiq ilmiy-amaliy konferensiya, vebinarlar, seminar-treninglar va forumlarga yuborish (ishtirokini taʼminlash, tashkil etish) choralari koʻrilgan

Kadrlar malaka oshirish kurslarida, shuningdek stajirovkada ishtirok etishi grafiklarga muvofiq amalga oshiriladi**

Ijobiy natijalarga erishgan kadrlarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish mexanizmi ishlab chiqilgan hamda oʻrta maxsus taʼlim tashkiloti tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirib boriladi**

Moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish jarayonlarida shaffoflik hamda adolat tamoyillariga doimiy amal qilinadi**

Kadrlarni kasbiy rivojlantirishga qaratilgan choralar koʻrib boriladi hamda ushbu choralarning samaradorligi boʻyicha tahliliy hisobotlar muntazam yuritiladi**

6-bob. Moddiy-texnik taʼminot yoʻnalishi

24.

Taʼlim tashkilotidagi oʻquv va laboratoriya xonalarini taʼlim dasturiga mosligi, oʻquv xonalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (bundan buyon matnda AKT deb yuritiladi) bilan jihozlangani

Oʻquv va laboratoriya xonalaridagi moddiy-texnik baza, reaktiv moddalar, xomashyo materiallari, reagentlar, jihozlar, asbob-uskunalar taʼlim dasturi talablariga mos*

Oʻquv xonalari AKT vositalari (kompyuter, proyektor, elektron doska, internet yoki boshqalar) bilan taʼminlangan

Oʻquv va laboratoriya xonalarida raqamli taʼlim muhiti va platformalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan

Oʻquv va laboratoriya xonalaridan foydalanish samaradorligi va jihozlar holati boʻyicha monitoring yuritiladi**

Oʻquv jarayoniga mos oʻquv va laboratoriya xonalari faoliyat koʻrsatadi**

25.

Taʼlim dasturini amalga oshirish uchun yetarli miqdorda moddiy-texnik baza, jihozlar, asbob-uskunalar va reaktiv moddalar hamda metodik qoʻllanma (koʻrsatma)lar bilan taʼminlangani

Taʼlim dasturini amalga oshirish uchun zarur moddiy-texnik baza, reaktiv moddalar, xomashyo materiallari, reagentlar, jihozlar, asbob-uskunalar mavjud hamda ishchi holatda

Jihoz va asbob-uskunalardan foydalanish boʻyicha metodik qoʻllanmalar, koʻrsatmalar va yoʻriqnomalar (xavfsizlik yoʻriqnomalari, instruksiyalar) mavjud

Taʼlim dasturi boʻyicha jihozlar va asbob-uskunalar soni oʻquvchilar kontingentidan (guruh hajmidan) kelib chiqqan holda taʼminlangan**

Taʼlim dasturi va oʻquvchilar soniga mos ravishda laboratoriya mashgʻulotlari uchun reaktiv moddalar miqdori (hajmi) shakllantirilgan hamda zaxira qilingan**

Reaktiv moddalardan foydalanish hamda ularni hisobdan chiqarish tartibi mavjud va ular yuritib (hujjatlashtirib) boriladi**

26.

Fanlar kesimida oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar, elektron taʼlim resurslari bilan belgilangan talablarga muvofiq taʼminlangani

Taʼlim dasturidagi fanlar boʻyicha darsliklar, oʻquv adabiyotlari, metodik qoʻllanmalar va elektron taʼlim resurslari mavjud

Taʼlim dasturidagi fanlar boʻyicha darsliklar, oʻquv adabiyotlari, metodik qoʻllanmalar va elektron taʼlim resurslari soni oʻquvchilar kontingentiga mos ravishda taʼminlangan

Fanlar boʻyicha darsliklar, oʻquv adabiyotlari, metodik qoʻllanmalar va elektron taʼlim resurslari doimiy ravishda ishlab chiqiladi hamda foydalanish uchun ochiqligi taʼminlab boriladi**

Oʻquv adabiyotlari va metodik qoʻllanmalar yangilab boriladi hamda ularni fanning mazmuniga moslashtirish mexanizmi joriy etib boriladi**

Taʼlim dasturidagi fanlar mazmuniga mos zamonaviy (xorijiy) adabiyotlardan va qoʻshimcha materiallardan foydalanish imkoniyati yaratilgan

Taʼlim dasturi boʻyicha oʻquv qoʻllanmalar doimiy ravishda yangilanib, fanlarning soʻnggi talablariga mos holda takomillashtirib boriladi**

27.

Oʻquv va laboratoriya xonalarining taʼlim dasturlariga mosligi, xavfsizlik qoidalari va oʻquvchilar sonidan kelib chiqib jihozlangani

Oʻquv va laboratoriya xonalari taʼlim dasturiga mos hamda ularni jihozlashda oʻquvchilar kontingenti (guruh hajmi) inobatga olingan*

Oʻquv va laboratoriya xonalarida oʻquvchilar sonidan kelib chiqqan holda zarur oʻrindiqlar va ish joylari mavjud

Oʻquv va laboratoriya xonalarida xavfsizlik qoidalari, texnika va yongʻin xavfsizligi boʻyicha koʻrsatmalar, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish vositalari va xavfsizlik jurnallari mavjud hamda evakuatsiya yoʻllari (sxemalari) belgilangan

28.

Inklyuziv taʼlim olish uchun binolar va jihozlarning moslashtirilgani, maxsus oʻquv materiallarining mavjudligi, axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgani

Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotining binolari va oʻquv xonalari, shu jumladan yoʻlaklar, panduslar, eshiklar va sanitariya xonalari (hojatxonalar) nogironligi boʻlgan shaxslar (oʻquvchilar) uchun moslashtirilgan

Taʼlim dasturi boʻyicha maxsus oʻquv materiallari (Brayl alifbosidagi kitoblar, koʻrgazmali materiallar), maxsus jihozlar va yordamchi texnik vositalar mavjud

Inklyuziv taʼlim uchun AKT, elektron taʼlim resurslari va dasturiy taʼminotdan foydalanish imkoniyati (audio-video resurslar, Brayl alifbosi, subtitr va boshqalar) yaratilgan

Inklyuziv taʼlim metodikasi boʻyicha tayyorlangan va zarur koʻnikmalarga ega pedagog(lar) va (yoki) psixolog mavjud

Taʼlim jarayonida inklyuziv taʼlimni qoʻllab-quvvatlovchi pedagogik va psixologik yordam koʻrsatish tizimi mavjud**

Inklyuziv taʼlim sharoitlarining amalda qoʻllanishi va samaradorligi boʻyicha monitoring olib boriladi**

29.

Axborot-resurs markazining (kutubxonaning) taʼlim dasturlariga mos oʻquv adabiyotlari, kompyuterlar bilan taʼminlangani, oʻquv zali va elektron kutubxonaning mavjudligi

ARMda taʼlim dasturiga mos darslik, oʻquv va badiiy adabiyotlar mavjud*

ARM zamonaviy AKT va elektron qurilmalar bilan jihozlangan va ulardan foydalanish boʻyicha oʻquvchilarga doimiy ravishda tushuntirishlar beriladi**

ARM oʻquv zali, elektron kutubxonadan foydalanish va internet tarmogʻiga ulanish imkoniyatlari yaratilgan

Elektron kutubxonaning axborot-kutubxona fondida taʼlim dasturi boʻyicha darsliklar, oʻquv adabiyotlari, oʻqitish materiallari toʻplami, elektron taʼlim resurslari va multimedia kontentlar raqamli formatda joylashtirilgan

ARM va elektron taʼlim resurslaridan foydalanish tartibi qulay va ochiq, elektron maʼlumotlar bazasiga erkin kirish taʼminlangan hamda kutubxona xizmatlaridan foydalanish samaradorligi boʻyicha monitoring yuritib boriladi**

ARM faoliyati natijalari pedagogik kengashda muntazam muhokama qilinadi, shuningdek ARM faoliyatini takomillashtirish hamda zarur oʻquv-uslubiy va moliyaviy resurslar bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejalari shakllantiriladi va hisobot yuritib boriladi**

Kutubxona fondi muntazam yangilanib boriladi**

30.

Raqamli taʼlim muhiti yaratilgani (LMS, Wi-Fi zonalari, onlayn kurslar, vebinarlar va masofaviy taʼlim imkoniyatlari)

Taʼlim dasturi boʻyicha oʻquvchilar va pedagoglar uchun barqaror internet ulanishi, Wi-Fi zonalari va raqamli qurilmalardan (kompyuter sinfi, VR tizimlar, planshetlar va boshqalar) foydalanish imkoniyati yaratilgan

Taʼlim dasturi boʻyicha elektron taʼlim resurslarini boshqarish boʻyicha alohida masʼul xodim(lar) (administrator) mavjud

Taʼlim dasturi boʻyicha onlayn kurslar, video darslar, onlayn testlar va boshqa raqamli kontentlar mavjud hamda ular amalda qoʻllanib boriladi**

Vebinar va onlayn mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun zarur texnik hamda metodik sharoitlar yaratilgan, vebinarlar va onlayn seminarlar muntazam tashkil etiladi**

LMS (learning management system) va (yoki) taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimlari (EMIS AL) hamda raqamli platformalardan foydalanish boʻyicha pedagoglar va oʻquvchilar uchun oʻquv-seminarlar (treninglar, vebinarlar) tashkil etib boriladi**

LMS va (yoki) taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimlari (EMIS AL) orqali taʼlim jarayonini tashkil etish, baholash va monitoring qilish imkoniyati mavjud*

31.

Taʼlim dasturi xususiyatidan kelib chiqib, maxsus xona yoki bino va inshootlarining (sport zali, stadion, musiqa xonasi va boshqalarning) mavjudligi

Oʻquvchilar soniga mos ravishda bufet (oshxona) mavjud, bufet (oshxona) sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq yuritilgan hamda bufetda (oshxonada) sogʻlom ovqatlanishga oid tavsiyalar va ratsional menyu yoʻlga qoʻyilgan

Taʼlim dasturi doirasida oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar sonini hisobga olgan holda dam olish uchun oʻrindiqlar (ayvonlar) va soya joylar mavjud

Taʼlim dasturi doirasida oʻquvchilar sonidan kelib chiqib, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun sport zali, sport maydoncha(lar)i va sogʻlomlashtirish inshootlari mavjud

Sport zali, sport maydoncha(lar)i va sogʻlomlashtirish inshootlari faoliyat koʻrsatadi, ularning jihozlari texnik jihatdan soz holda saqlanadi va yangilanib boriladi**

Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotida jihozlangan faollar zali mavjud**

Binolar (inshootlar) xavfsizlik talablariga javob beradi**

Infratuzilmadan foydalanish holati va samaradorligi baholanib, binolarning (inshootlarning) texnik holati boʻyicha yillik monitoring va hisobot yuritib boriladi**

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) mezonlarni majburiy va umumiy turlarga ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-son “Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) majburiy va umumiy indikatorlar “muvofiq” yoki “muvofiq emas” tarzida baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) majburiy va umumiy indikatorlar boʻyicha mezonni baholash mazkur izohning 4-kichik bandining talablarini hisobga olgan holda quyidagi tartibda aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60 foiz va undan ortiq indikatorlar “muvofiq” deb baholansa — mezon “muvofiq”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizdan 60 foizgacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa — mezon “qisman muvofiq”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizgacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa — mezon “muvofiq emas” deb baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) mezon tarkibidagi mavjud majburiy indikator (majburiy indikatorlardan biri) “muvofiq emas” deb topilsa, umumiy natijadan qatʼi nazar, ushbu mezon “muvofiq emas” deb baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) indikatorlarda nazarda tutilgan oʻrta maxsus taʼlim tashkilotining ichki hujjatlarini (tartib, nizom, qoidalar, chora-tadbir rejasi, monitoring va tahlil natijalari) birlashtirish (unifikatsiya qilish) mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) *majburiy indikatorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
**faqat amaldagi taʼlim dasturlari uchun foydalaniladigan umumiy indikatorlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II boʻlim. Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha
INDIKATORLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Mezon

Indikator

1-bob. Tashkiliy boshqaruv faoliyati yoʻnalishi

1.

Taʼlim tashkiloti faoliyatini samarali tashkil etish va rejalashtirish, taʼlim sifatini taʼminlash uchun moliyaviy resurslarning maqsadli yoʻnaltirilgani

Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotining faoliyatini samarali tashkil etish va taʼlim sifatini taʼminlash maqsadida oʻrta maxsus taʼlim tashkilotini rivojlantirish rejasiga (strategik rejasi, missiyasi, strategiyasi) (bundan buyon matnda rivojlantirish rejasi deb yuritiladi) muvofiq moliyaviy resurslarni maqsadli boshqarish va taqsimlash tizimi yoʻlga qoʻyilgan

Moliyaviy resurslar oʻquv jarayonini rejalashtirish, tashkil etish hamda moddiy-texnik baza va infratuzilmani rivojlantirish maqsadlariga muvofiq ravishda taqsimlangan

Moliyaviy boshqaruv jarayoni yoʻlga qoʻyilgan hamda yillik moliyaviy reja tasdiqlangan va ijrosi amalga oshirilgan

Yillik moliyaviy rejada taʼlim sifatini taʼminlashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar maqsadli va samarali sarflangan

Yillik moliyaviy rejaning ijrosi boʻyicha muntazam monitoring va tahlil amalga oshirilgan hamda moliyaviy resurslardan foydalanish yuzasidan qarorlar monitoring va tahlil natijalari asosida qabul qilingan

2.

Taʼlim tashkilotida Pedagogik kengash faoliyati yoʻlga qoʻyilgani va uning samaradorligi

Pedagogik kengashning ish rejasi va nizomi, shu jumladan vakolatlari, vazifalari va ish yuritish tartibi tasdiqlangan

Pedagogik kengashning yigʻilishlari muntazam oʻtkazilgan hamda yigʻilish qarorlari asosida chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqilgan va ijrosi nazorat qilingan

Pedagogik kengash qarorlarini qabul qilishda qoshida (huzurida) oʻrta maxsus taʼlim tashkiloti boʻlgan vazirlik, idora yoki oliy taʼlim tashkilotining (bundan buyon matnda yuqori turuvchi tashkilot deb yuritiladi) masʼullari, pedagoglar va soha mutaxassislarining taklif va fikr-mulohazalari inobatga olingan

Pedagogik kengash tomonidan qabul qilingan qarorlar taʼlim sifatini oshirish, pedagoglarni qoʻllab-quvvatlash, moliyaviy resurslardan samarali va maqsadli foydalanish hamda oʻrta maxsus taʼlim tashkilotini rivojlantirish maqsadlari uchun yoʻnaltirilgan

Pedagogik kengash faoliyatiga oid maʼlumotlar ochiqlik, hisobdorlik va shaffoflik tamoyillariga muvofiq jamoatchilikka taqdim etib borilgan

3.

Taʼlim tashkilotini rivojlantirish rejasining ishlab chiqilgani va uni amalga oshirish uchun resurslar mavjudligi, shuningdek, uning jamoatchilik uchun ochiqligi va monitoringi yuritilgani

Rivojlantirish rejasi tasdiqlangan hamda oʻrta maxsus taʼlim tashkilotini rivojlantirishning maqsadlari va vazifalari, ularni amalga oshirish mexanizmlari, ijro muddatlari va masʼul ijrochilar belgilangan*

Rivojlantirish rejasini samarali amalga oshirish uchun oʻrta maxsus taʼlim tashkilotidagi barcha tarkibiy boʻlinmalarning (kafedralarning, boʻlimlarning) yillik ish rejalari tizimli ravishda ishlab chiqilgan

Rivojlantirish rejasini samarali amalga oshirish uchun moddiy-texnik baza, moliyaviy va inson resurslari ajratilgan hamda ularning taqsimoti rivojlantirish rejasidagi maqsadlar va vazifalar bilan uygʻunlashtirilgan

Rivojlantirish rejasining monitoringi natijalari hamda yuqori turuvchi tashkilot masʼullari, pedagoglar, oʻquvchilar, bitiruvchilar, shuningdek ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning taklif va fikr-mulohazalari asosida rivojlantirish rejasini takomillashtirish choralari koʻrilgan

Rivojlantirish rejasining ijrosi hamda natijalari ochiq va shaffof tarzda jamoatchilikka eʼlon qilib borilgan

4.

Taʼlim jarayonlarini boshqarish hamda taʼlim sifatini nazorat qilish boʻyicha axborot tizimining (bundan buyon matnda axborot tizimi deb yuritiladi) mavjudligi va ushbu tizimning taʼlim sohasidagi vakolatli davlat organlarining axborot tizimlariga integratsiya qilingani

Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotida axborot tizimi (EMIS AL, LMS, elektron jurnal, boshqaruv platformasi yoki boshqalar) joriy etilgan*

Axborot tizimida oʻquvchilar va pedagoglarga oid maʼlumotlar, shuningdek oʻquv mashgʻulotlari (dars) jadvali, baholash va oʻquvchilar davomati boʻyicha maʼlumotlarni yuritish imkoniyati mavjud

Oʻzaro maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish maqsadida axborot tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan

Axborot tizimini texnik qoʻllab-quvvatlash va axborot xavfsizligini taʼminlash choralari tizimli ravishda koʻrilgan hamda axborot tizimida foydalanuvchilarning samarali va qulay ishlay olishi taʼminlangan

Axborot tizimidagi maʼlumotlarning aniqligi va ishonchliligi taʼminlangan hamda axborot tizimi oʻz vaqtida yangilanib borilgan va monitoring yuritilgan, shuningdek ushbu maʼlumotlar asosida yillik tahliliy hisobotlar tayyorlab borilgan

Tayyorlangan hisobotlar pedagogik kengashning yigʻilishlarida muhokama qilingan hamda aniqlangan muammo va kamchiliklarni tuzatish choralari koʻrilgan

2-bob. Taʼlim sifatini taʼminlash yoʻnalishi

5.

Manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda taʼlim sifatini ichki taʼminlashning yoʻlga qoʻyilgani

Taʼlim sifatini ichki taʼminlash jarayonida yuqori turuvchi tashkilotning masʼullari, pedagoglar, oʻquvchilar, soha mutaxassislari, bitiruvchilar, shuningdek ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (bundan buyon matnda manfaatdor tomonlar deb yuritiladi) ishtiroki taʼminlangan

Manfaatdor tomonlar ishtirokida muntazam tadbirlar (muhokamalar, soʻrovnomalar, intervyular, fokus-guruhlar yoki boshqalar) oʻtkazilgan hamda ularning taklif va fikr-mulohazalari asosida taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan

Manfaatdor tomonlarning taklif va fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi muntazam takomillashtirilgan

Taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi takomillashtirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻrta maxsus taʼlim tashkilotining veb-sayti va (yoki) ijtimoiy tarmoqlarda ochiq eʼlon qilib borilgan

6.

Taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi samaradorligi muntazam tahlil qilib borilgani va tahlil natijalari asosida takomillashtirish choralarining koʻrilgani

Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotida taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi (ichki baholash tartibi) ishlab chiqilgan hamda taʼlim sifatini ichki taʼminlash boʻlinmasi tashkil etilgan yoki masʼul xodim(lar) ajratilgan*

Taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimini ichki baholash tartibi amaliyotga joriy etilgan

Taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimining samaradorligi doimiy ravishda monitoring qilingan va davriy (yarim yillik va yillik) tahlillar asosida baholab borilgan

Monitoring va tahlil natijalari asosida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish hamda taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan

Aniqlangan muammo va kamchiliklar chora-tadbirlar rejasiga muvofiq oʻz vaqtida bartaraf etib borilgan

Taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi doimiy ravishda ichki baholashdan oʻtkazilgan, ichki baholash natijalari pedagogik kengashning yigʻilishlarida muhokama qilingan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligiga oʻz vaqtida va toʻliq taqdim etib borilgan

7.

Oʻquvchilar bilimini baholashning belgilangan tartibda amalga oshirilgani va uning oʻquv natijalariga muvofiqligi

Oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va kompetensiyalarini baholash jarayonlari boʻyicha tartib, qoidalar, mezonlar va usullar (bundan buyon matnda baholash tartibi deb yuritiladi) ishlab chiqilgan hamda taʼlim dasturlaridagi kutilgan oʻquv natijalari (learning outcomes) va fanlarning maqsadlariga mosligi taʼminlangan

Baholash tartibi oʻquv jarayoni boshlanishidan oldin oʻquvchilarga maʼlum qilib borilgan

Baholash jarayonida raqamli texnologiyalar samarali va doimiy qoʻllanilgan hamda oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va kompetensiyalarini baholash jarayonida xolislik, shaffoflik va akademik halollik taʼminlangan

Baholash natijalari raqamli platformalar, оʻquvchilarning amaliyot kundaligi, yakuniy davlat attestatsiya (bundan buyon matnda YDA deb yuritiladi) komissiyasining baholash bayonnomalarida tizimli ravishda aks ettirilgan hamda saqlangan

Baholash jarayoni va natijalari boʻyicha oʻquvchilarning shikoyatlari oʻrta maxsus taʼlim tashkilotining apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilgan va tizimli ravishda tahlil qilingan

Shikoyatlar tahlili natijalari boʻyicha hisobotlar muntazam tayyorlangan va baholash jarayonini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan, shuningdek baholash tartibi va mezonlariga zarur oʻzgartirishlar kiritib borilgan

8.

Bitiruvchilar bandligi monitoringi yuritilgani va manfaatdor tomonlarning bitiruvchilarga oid fikr-mulohazalari muntazam ravishda tahlil qilingani

Bitiruvchilar bilan ishlash boʻlinmasi yoki masʼul xodim(lar) faoliyat yuritadi hamda uning yillik ish rejasida belgilangan vazifalarning ijrosi taʼminlangan

Mehnat bozoridagi tendensiyalar asosida oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va kompetensiyalarini rivojlantirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan

Bitiruvchilarning tayyorgarligi, amaliy koʻnikmalari va ish joyidagi samaradorligi yuzasidan ish beruvchilardan taklif va fikr-mulohazalar olingan

Ish beruvchilarning taklif va fikr-mulohazalari asosida oʻquv jarayoni tizimli ravishda takomillashtirilgan hamda qabul parametrlari qayta koʻrib chiqilgan

3-bob. Oʻquvchilar faoliyati yoʻnalishi

9.

Qabul parametrlarining taʼlim tashkiloti resurslari va imkoniyatlariga mosligi

Qabul parametrlari oʻrta maxsus taʼlim tashkilotining infratuzilmasi, moliyaviy imkoniyatlari, oʻquv va laboratoriya xonalari, davlat taʼlim standartlariga mos ravishda belgilangan*

Qabul parametrlari mehnat bozori, rivojlantirish rejasi, pedagoglarning soni va tarkibi, ularning oʻquv (ish) yuklamasi bilan uygʻunlashtirilgan

Qabul parametrlarining bajarilish holati boʻyicha har yili tahlillar amalga oshirilgan hamda tahlil natijalari asosida qabul parametrlariga zarur oʻzgartirishlar kiritib borilgan

10.

Oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish belgilangan tartib-qoidalar asosida toʻgʻri tashkil qilingani hamda shaffof va adolatli amalga oshirilgani

Oʻqishga qabul qilish tartibi, qabul komissiyasi faoliyati, qabul mezonlari va baholash usullari belgilangan

Oʻqishga qabul qilish tartibi, qabul mezonlari va baholash usullari bilan bogʻliq maʼlumotlarning ochiqligi taʼminlangan

Qabul jarayonida abituriyentlar uchun teng imkoniyatlar yaratilgan va qabul jarayonining barcha bosqichlari (hujjat topshirish, kirish imtihonlarini oʻtkazish va natijalarini eʼlon qilish, tanlov asosida oʻqishga tavsiya etilgan yoki tavsiya etilmagan abituriyentlar roʻyxatini eʼlon qilish va boshqalar) ochiq va shaffof tarzda amalga oshirilgan

Qabul natijalari boʻyicha apellyatsiya komissiyasiga kelib tushgan ariza va shikoyatlar rasmiylashtirilgan, koʻrib chiqilgan va ularning ijrosi nazoratga olingan

Korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar toʻqnashuvi xavfini kamaytirish va qabul jarayonida xolislikni taʼminlashga qaratilgan raqamlashtirilgan tizim joriy etilgan

Qabul jarayoni doimiy ravishda tahlil qilingan hamda tahlil natijalari asosida qabul jarayonini takomillashtirish choralari koʻrilgan

11.

Oʻquvchilar oʻqishini koʻchirish, kursdan-kursga oʻtkazish va oʻqishdan chetlashtirish (bundan buyon matnda oʻquvchilar harakati deb yuritiladi) jarayonlarining belgilangan tartibda amalga oshirilgani

Oʻquvchilar harakati oʻrta maxsus taʼlim tashkilotiga oʻqishga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshirilgan hamda oʻquvchilar harakatini amalga oshirish boʻyicha masʼul komissiya yoki ishchi guruh tashkil etilgan

Oʻquvchilar harakati boʻyicha buyruqlar, komissiya bayonnomalari va boshqa tegishli hujjatlar asosli, adolatli va shaffof tarzda qabul qilingan holda toʻgʻri rasmiylashtirilgan hamda ularning hisoboti va monitoringi muntazam yuritilgan

Kursdan-kursga oʻtkazishning mezonlari aniq belgilangan hamda kursdan-kursga oʻtkazish yoki chetlashtirish boʻyicha qaror qabul qilishda akademik koʻrsatkichlar ham hisobga olingan

Oʻquvchilar harakati boʻyicha oʻquvchilarning huquqlari taʼminlangan hamda oʻquvchilar harakati jarayonlari haqida oʻquvchilar va ularning ota-onalari xabardor qilingan, shuningdek oʻquvchilar harakati boʻyicha barcha oʻzgarishlar taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimlarida (EMIS AL) oʻz vaqtida va toʻliq aks ettirilgan

Oʻquvchilar harakati boʻyicha shikoyat berish uchun ochiq va qulay tizim yaratilgan va shikoyatlarni koʻrib chiqish jarayonlari samarali tashkil etilgan

12.

Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish ishlari tashkil etilgani, ularning mehnat bozoridagi va taʼlimning keyingi bosqichi boʻyicha mavjud imkoniyatlar toʻgʻrisidagi ishonchli axborotlar bilan taʼminlangani

Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotida oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va taʼlimni keyingi bosqichda davom ettirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan

Oʻquvchilarga mehnat bozoridagi boʻsh ish oʻrinlari, karyera kunlari, potensial ish beruvchilar va kasbga yoʻnaltirish hamda taʼlimni keyingi bosqichida davom ettirish boʻyicha maʼlumotlar berilgan

Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha ish beruvchilar va taʼlimni keyingi bosqichida davom ettirish boʻyicha oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan

Oʻrta maxsus taʼlim tashkiloti tomonidan oʻquvchilar ishtirokida kasbga yoʻnaltirish va taʼlimni keyingi bosqichida davom ettirish boʻyicha tadbirlarni (seminarlar, uchrashuvlar, maslahatlar, davra suhbatlari yoki boshqalar) oʻtkazib borish yoʻlga qoʻyilgan

Mehnat bozori va taʼlim sohasiga oid maʼlumotlar oʻrta maxsus taʼlim tashkilotining veb-sayti va (yoki) ijtimoiy tarmoqlariga muntazam joylashtirilgan va yangilanib borilgan

13.

Oʻquvchilarning respublika va xalqaro fan olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalarda (bundan buyon matnda tanlovlar deb yuritiladi) ishtirok etgani hamda ularda sovrindor boʻlgan oʻquvchilarning ragʻbatlantirilgani

Oʻquvchilarning tanlovlarda ishtirok etishini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar rejasi mavjud

Oʻquvchilarning tanlovlardagi ishtirokini muvofiqlashtirish uchun boʻlinma tashkil etilgan yoki masʼul xodim(lar) ajratilgan

Oʻquvchilarni tanlovlarga tayyorlash boʻyicha toʻgaraklar yoki maxsus kurslar tashkil etilgan

Oʻquvchilarning tanlovlardagi ishtiroki boʻyicha monitoring yuritilgan, shuningdek tanlovlarda qatnashgan oʻquvchilarning roʻyxati va ularning natijalari qayd etib borilgan

Tanlov natijalari asosida pedagoglar va oʻquvchilarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish choralari koʻrilgan

Oʻquvchilarning tanlovlardagi natijalari tizimli ravishda tahlil qilingan va tanlovlarga tayyorlash jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan

14.

Bitiruvchilarning oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirgani

Oʻquvchilarni oliy taʼlim bilan qamrovini kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan

Oʻquvchilarni oliy taʼlimga tayyorlash boʻyicha kurslar va toʻgaraklar tashkil etilgan

Oʻquvchilarning oliy taʼlim tashkilotlarida tashkil etiladigan tadbirlarda (seminarlar, uchrashuvlar, maslahatlar, davra suhbatlari yoki boshqalar) ishtiroki boʻyicha shart-sharoitlar yaratilgan

Bitiruvchilarning oliy taʼlim tashkilotlariga kirish koʻrsatkichlari boʻyicha monitoring va tahlil yuritib borilgan hamda bitiruvchilarni oliy taʼlim bilan qamrovini kengaytirish boʻyicha choralar koʻrilgan*

4-bob. Oʻquv jarayonini tashkil etish yoʻnalishi

15.

Oʻquv jarayonini rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqilgani va belgilangan tartibda tasdiqlangani

Ishchi oʻquv reja va fan dasturlari, shuningdek oʻquv jarayoni grafigi davlat taʼlim standartlarining talablariga mos*

Oʻquv jarayonini rejalashtirish hujjatlari (ishchi oʻquv rejalar, ishchi oʻquv dasturlar, oʻquv jarayoni grafigi va oʻquv mashgʻulotlari (dars) jadvali) pedagogik kengashda muhokamadan oʻtkazilgan holda tasdiqlangan

Oʻquv mashgʻulotlari (dars) jadvali ishchi oʻquv rejalar va oʻquv jarayoni grafigiga muvofiq ishlab chiqilgan

Oʻquv jarayonini tashkil etish uchun oʻquv-uslubiy resurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (bundan buyon matnda AKT deb yuritiladi) samarali va maqsadli ravishda foydalanilgan

16.

Pedagoglarning oʻquv-meʼyoriy hujjatlari belgilangan talab asosida ishlab chiqilgani va yuritilishi

Pedagoglarning oʻquv-meʼyoriy hujjatlarini (ishchi oʻquv dasturi, oʻqitish materiallari) ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish boʻyicha muhokamalar va seminar-treninglar tashkil etilgan

Pedagoglarning oʻquv-meʼyoriy hujjatlari taʼlim toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda pedagogik kengash muhokamasidan oʻtkazilgan holda hujjatlashtirilgan

Ishlab chiqilgan oʻquv-meʼyoriy hujjatlar amaliyotga tatbiq etilgan hamda ushbu hujjatlarning amalda qoʻllanilishi doimiy ravishda monitoring va tahlil qilingan

Monitoring va tahlil natijasida oʻquv-meʼyoriy hujjatlarni qoʻllashda aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilangan va ijro etilgan hamda shu asosida oʻquv-meʼyoriy hujjatlar takomillashtirib borilgan

17.

Pedagoglarga oʻquv yuklamalarining belgilangan normalarga muvofiq ajratilgani

Pedagoglarning oʻquv (ish) yuklamalari oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarida pedagog xodimlar ish faoliyatining (oʻquv va pedagogik yuklamasining) vaqt meʼyorlari va shtatlar jadvaliga muvofiq ishlab chiqilgan

Oʻquv (ish) yuklamalarining taqsimotida pedagoglarning mutaxassisligi, dars beradigan fanlari, ish turlari va vaqt meʼyori (soat) hisobga olingan*

Oʻquv (ish) yuklamalarning bajarilish holati doimiy ravishda monitoring qilingan va davriy (oylik, yarim yillik va yillik) tahlillar amalga oshirilgan hamda hisobotlar yuritilgan

Monitoring va tahlil jarayonida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan hamda ijrosi taʼminlangan

Monitoring va tahlil jarayonlari ochiq va adolatli tarzda amalga oshirilganligi va chora-tadbirlar rejasining ijrosi taʼminlanganligi boʻyicha maʼlumotlar pedagogik kengashga taqdim etilgan va muhokama qilingan

18.

Oʻquv jarayonida ilgʻor pedagogik texnologiyalar qoʻllanilgani va tegishli samaradorlikka erishilgani

Fanlar va laboratoriya mashgʻulotlarni oʻqitish jarayonida kutilgan oʻquv natijalariga erishishga qaratilgan ilgʻor pedagogik texnologiyalar va innovatsion oʻqitish usullari doimiy ravishda qoʻllanilgan

Ilgʻor pedagogik texnologiyalar va innovatsion oʻqitish usullarining qamrovi va murakkabligi taʼlim dasturining darajasi va oʻquvchilar ehtiyojlariga mos ravishda belgilangan

Ilgʻor pedagogik texnologiyalar va innovatsion oʻqitish usullarini qoʻllash samaradorligi muntazam monitoring va tahlil qilib borilgan hamda aniqlangan muammo va kamchiliklar boʻyicha pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish choralari koʻrilgan

Monitoring, tahlil va pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish natijalari asosida oʻrta maxsus taʼlim tashkilotida qoʻllanilayotgan ilgʻor pedagogik texnologiyalar doimiy ravishda yangilangan hamda takomillashtirilgan

Ilgʻor pedagogik texnologiyalar va innovatsion oʻqitish usullarini qoʻllash samaradorligi boʻyicha yillik tahliliy hisobot tayyorlangan va pedagogik kengashda koʻrib chiqilgan

19.

Taʼlim tashkilotida dars tahlillarining olib borilgani va natijalarining muhokama qilingani

Rahbar va pedagog kadrlar tomonidan dars tahlillarini amalga oshirish boʻyicha reja-grafik ishlab chiqilgan

Dars tahlilida ilgʻor pedagogik texnologiyalar, innovatsion oʻqitish usullari va baholash vositalari inobatga olingan hamda tahlil jarayoni turli usullar (maxsus shakl, cheklist, rubrika yoki boshqalar) asosida amalga oshirilgan

Dars tahlili natijalari pedagoglar bilan individual yoki guruh shaklida muhokama qilingan

Dars tahlili natijalari taʼlim sifatini ichki taʼminlash hisobotlariga kiritilgan va pedagogik kengashda koʻrib chiqilgan

Pedagogik kengashda qabul qilingan qarorlarning bajarilishi monitoring qilingan hamda aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilangan va ijrosi nazorat qilingan

5-bob. Inson resurslari yoʻnalishi

20.

Taʼlim tashkilotida pedagog kadrlarning maʼlumoti, mutaxassisligi (ixtisosligi) dars oʻtadigan fan(lar)ga mosligi va sifat tarkibi

Fanlar boʻyicha asosiy shtatdagi pedagoglar mavjud hamda ushbu pedagoglarning diplomi (sertifikati) va malaka toifasi taʼlim yoʻnalishiga mos keladi*

Oʻquv jarayonini samarali tashkil etish uchun oliy maʼlumotli pedagog kadrlar va amaliy koʻnikmaga ega boʻlgan xodimlar mavjud

Pedagog kadrlar oʻzining ixtisosligi boʻyicha qayta tayyorlash va (yoki) malaka oshirish kurslarini tamomlagan hamda diplomga (sertifikatga) ega

Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotida pedagog kadrlar attestatsiyadan oʻtish lozimligi toʻgʻrisida oldindan xabardor qilingan hamda ularning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash tashkil etilgan

Pedagog kadrlarning mutaxassisligi bilan dars beradigan fanlarning oʻzaro mosligi yuzasidan monitoring yuritilgan

Monitoring natijalari asosida pedagoglarning diplomi (sertifikati), malaka toifasi va sohaviy tajribasiga mos fanlar boʻyicha dars mashgʻulotlarini olib borishi taʼminlangan

21.

Taʼlim tashkilotiga pedagog kadrlarning belgilangan tartibda ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish toʻgʻri tashkil qilingani hamda kadrlar qoʻnimsizligining oldini olish boʻyicha tegishli choralar koʻrilgani

Pedagog kadrlarni ishga qabul qilish va mehnat shartnomasini bekor qilish jarayonlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotining ichki hujjatlari asosida amalga oshirilgan hamda ushbu jarayonlarga doir hujjatlar (tanlov hujjatlari, suhbat bayonnomalari, arizalar, buyruqlar yoki boshqalar) rasmiylashtirilgan

Pedagog kadrlarni ishga qabul qilish jarayonlari ochiqlik va adolat tamoyillari hamda tanlov (imtihon, suhbat) asosida amalga oshirilgan

Pedagog kadrlar boʻyicha elektron yoki qogʻoz shakldagi shaxsiy portfoliolar (papkalar) shakllantirilgan

Pedagog kadrlarning qoʻnimsizligi boʻyicha doimiy ravishda monitoring va tahlil olib borilgan, shu jumladan pedagog kadrlar tarkibidagi oʻzgarishlar dinamikasi va mehnat shartnomasini bekor qilish sabablari oʻrganilgan

Monitoring va tahlil natijalari asosida chora-tadbirlar rejasi va yillik hisobot ishlab chiqilgan hamda chora-tadbirlar rejasining ijrosi taʼminlangan

Pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyoj toʻgʻrisida oliy taʼlim tashkilotlari va Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududiy boʻlinmalariga chiqarilgan murojaatlar yoki ijtimoiy tarmoqlarda qilingan eʼlonlar mavjud

Pedagog kadrlar qoʻnimsizligini oldini olish maqsadida kadrlar zaxirasi shakllantirilgan

22.

Rahbar va pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholash tizimining yoʻlga qoʻyilgani hamda ularning moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirilgani

Rahbar va pedagog kadrlarning faoliyati samaradorligi natijalari asosida ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish mexanizmi ishlab chiqilgan hamda oʻrta maxsus taʼlim tashkiloti tomonidan amalga oshirib borilgan

Rahbar va pedagog kadrlarning faoliyati samaradorligini baholash jarayonlari oʻrta maxsus taʼlim tashkiloti tomonidan belgilangan davriylikda oʻtkazib borilgan

Baholash natijalari asosida rahbar va pedagog kadrlarning reytingi (samaradorlik koʻrsatkichlari) shakllantirilgan hamda rasmiylashtirilgan

Rahbar va pedagog kadrlarni baholash hamda moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish jarayonlarida shaffoflik hamda adolat tamoyillariga amal qilingan

23.

Pedagog kadrlarni kasbiy rivojlantirish, tajribasini ommalashtirish va malaka oshirishi uchun sharoit yaratilgani

Pedagog kadrlarni kasbiy rivojlantirish boʻyicha ehtiyojlarni aniqlash yuzasidan monitoring oʻtkazib borilgan

Monitoring natijalari asosida pedagog kadrlarning malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etishi boʻyicha grafiklar ishlab chiqilgan

Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etish yoʻlga qoʻyilgan hamda pedagog kadrlar grafik asosida malaka oshirish va qayta tayyorlashga yuborilgan*

Pedagog kadrlarni oʻrta maxsus taʼlim tashkilotining kasbiy rivojlantirish tizimiga muvofiq ilmiy-amaliy konferensiya, vebinarlar, seminar-treninglar va forumlarga yuborish (ishtirokini taʼminlash, tashkil etish) choralari koʻrilgan

Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari hamda kasbiy rivojlantirish tizimi doirasida pedagog kadrlar tomonidan oʻzlashtirilgan kompetensiya va ilgʻor tajribalarni ommalashtirish maqsadida seminar-treninglar, mahorat va ochiq darslar tashkil etilgan, shuningdek “ustoz — shogird” va mentorlik tizimlari joriy etilgan

24.

Oʻquv jarayonlariga oliy taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilarining jalb qilingani

Oʻquv jarayonlariga oliy taʼlim tashkilotlaridan professor-oʻqituvchilar jalb qilish boʻyicha hamkorlik hujjatlari (memorandumlar, shartnomalar) mavjud

Oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilarini oʻquv jarayonlariga jalb qilish bilan bogʻliq jarayonlar hujjatlashtirilgan (ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida buyruq, mehnat shartnomasi va boshqalar) va saqlangan

Oliy taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilari tomonidan olib borilgan dars mashgʻulotlari muntazam monitoring va tahlil qilib borilgan

Monitoring va tahlil natijalari asosida yillik hisobot ishlab chiqilgan hamda oʻquv jarayonlarini takomillashtirishda oliy taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilarining taklif va fikr-mulohazalari inobatga olingan

6-bob. Oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishi

25.

Oʻquvchilarning boʻsh vaqtini samarali tashkil qilish uchun toʻgarak mashgʻulotlarining yoʻlga qoʻyilgani va ularning samaradorligi

Toʻgaraklar faoliyatini tashkil etish boʻyicha yillik reja-grafik mavjud, toʻgarak rahbarlari belgilangan hamda toʻgarak dasturlari ishlab chiqilgan

Toʻgarak mashgʻulotlari yillik reja-grafik asosida oʻtkazilgan hamda qaydnoma jurnali yuritilgan yoki elektron tizim orqali hisobga olingan

Toʻgaraklarning oʻrta maxsus taʼlim tashkilotidagi oʻquvchilarni qamrab olish darajasi hamda qamrab olingan oʻquvchilarning toʻgaraklardagi ishtiroki boʻyicha doimiy monitoring amalga oshirilgan

Toʻgaraklar doirasida (musobaqalar, koʻrgazmalar, tanlovlar, loyihalar yoki boshqalar) oʻquvchilar erishgan natijalar eʼtirof etilgan hamda ushbu oʻquvchilar ragʻbatlantirilgan

Toʻgaraklar faoliyati yuzasidan oʻquvchilar, ota-onalar va pedagoglarning taklif va fikr-mulohazalari oʻrganilgan hamda toʻgaraklarning samaradorligi tahlil qilingan

Tahlil natijalari asosida toʻgaraklar sifatini oshirish, qamrovini kengaytirish yoki yangi yoʻnalishlarni joriy etish boʻyicha choralar koʻrilgan

26.

Oʻquvchilarga yetarli darajada taʼlim olish va psixologik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maslahat berish va karyera xizmatlarining tashkil etilgani

Oʻquvchilar bilan ishlash boʻyicha psixologik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maslahat berish xizmati faoliyati muntazam yoʻlga qoʻyilgan

Oʻquvchilar bilan psixologik qoʻllab-quvvatlash, shaxsiy rivojlanish va muammolarni bartaraf etish boʻyicha suhbatlar (treninglar) oʻtkazilgan

Taʼlim olishda qiynalayotgan yoki qoʻshimcha yordamga muhtoj oʻquvchilar bilan individual maslahatlashuvlar oʻtkazilgan

Oʻquvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan maslahat xizmatlari tashkil etilgan va doimiy ravishda faoliyat koʻrsatgan

Mehnat bozoridagi oʻzgarishlar boʻyicha seminarlar, boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari va ish beruvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etilgan yoki ularda oʻquvchilar ishtiroki taʼminlangan

Oʻquvchilarga yetarli darajada taʼlim olish va psixologik qoʻllab-quvvatlash yuzasidan maslahat berish xizmatlari samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan hamda amaliy choralar koʻrilgan

27.

Taʼlim xizmatlari yuzasidan oʻquvchilar fikr-mulohazalarining monitoring qilinishi va uning natijalari asosida takomillashtirish choralarining koʻrilgani

Oʻrta maxsus taʼlim tashkiloti tomonidan koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlari boʻyicha soʻrovnoma, suhbat, elektron anketa, intervyu va fokus-guruhlar (bundan buyon matnda soʻrovnoma deb yuritiladi), ularning mavzulari, savollar (masalalar) roʻyxati, soʻrovnomani oʻtkazish muddatlari hamda masʼul ijrochilar belgilangan

Taʼlim xizmatlarining sifati yuzasidan oʻtkaziladigan soʻrovnomalar toʻgʻrisida oʻquvchilar muntazam xabardor qilingan hamda tizimli ravishda ularning ishtirokini taʼminlash choralari koʻrilgan

Soʻrovnoma jarayonlari ochiqlik, tenglik va xolislik tamoyillari asosida tashkil etilgan

Oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalari masʼul ijrochilar tomonidan tahlil qilingan, oʻquvchilarning taʼlim xizmatlarini takomillashtirishga oid taklif va fikr-mulohazalar muntazam yigʻilgan

Soʻrovnoma natijalari boʻyicha tahliliy hisobotlar tayyorlangan hamda pedagogik kengashga taqdim etib borilgan

Soʻrovnoma doirasida bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar hamda tayyorlangan tahliliy hisobotlar asosida taʼlim xizmatlarini takomillashtirish choralari koʻrilgan

Soʻrovnoma natijalari va ular asosida amalga oshirilgan oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar oʻrta maxsus taʼlim tashkilotining veb-sayti va (yoki) ijtimoiy tarmoqlarda ochiq eʼlon qilib borilgan

28.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan va iqtidorli oʻquvchilarga shart-sharoitlar yaratish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarining joriy etilgani

Ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan va iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash (ragʻbatlantirish) mexanizmlari ishlab chiqilgan

Ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan va iqtidorli oʻquvchilarning roʻyxatlari shakllantirilgan hamda ular uchun individual taʼlim trayektoriyalari ishlab chiqilgan

Ijtimoiy yordam, psixologik qoʻllab-quvvatlash, imtiyozlar, moddiy va maʼnaviy koʻmak xizmatlari mavjud

Imkoniyati cheklangan oʻquvchilar uchun inklyuziv taʼlim sharoitlari (moslashtirilgan xona, maxsus oʻquv materiallari va koʻrgazmali materiallar, Brayl alifbosidagi kitoblar, maxsus jihozlar va yordamchi texnik vositalar) yaratilgan

Oʻquvchilarning oʻz iqtidorini koʻrsatishi uchun shart-sharoitlar yaratilgan hamda iqtidorli oʻquvchilarni saralash, qoʻllab-quvvatlash va eʼtirof etishda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilingan

Ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan va iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarining samaradorligi monitoring qilingan hamda ushbu mexanizmlar takomillashtirilgan

29.

Yoshlar bilan ishlash samaradorligi, huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilgani

Yoshlar bilan ishlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha boʻlinma tashkil etilgan yoki masʼul xodim(lar) ajratilgan hamda ushbu masalalar boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan

Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq oʻquvchilar bilan tarbiyaviy suhbatlar, profilaktik yigʻilishlar, davra suhbatlari va psixologik treninglar oʻtkazilgan

Chora-tadbirlar rejasining samaradorligi monitoring qilingan, muammoli holatlar aniqlangan hamda ularni bartaraf etish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrilgan

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, “Mahalla yettiligi” aʼzolari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan profilaktik tadbirlar amalga oshirilgan

Huquqbuzarlikka moyil yoki ijtimoiy xavfli toifadagi oʻquvchilar bilan individual profilaktik ishlar olib borilgan va hujjatlashtirilgan

Yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, sport musobaqalari va madaniy-maʼrifiy tadbirlar orqali ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish ishlari yoʻlga qoʻyilgan

30.

Oʻquvchilarning huquqlarini himoya qilish va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibining mavjudligi

Oʻquvchilarning huquqlarini himoya qilish hamda ularning ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ichki hujjatlar tasdiqlangan

Ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha tarkibiy boʻlinma tashkil etilgan va (yoki) masʼul ijrochilar belgilangan, shuningdek ularning faoliyati yuzasidan hisobotlar yuritilgan

Ariza va shikoyatlar oʻquvchilar uchun qulay sharoitlarda va ularning ehtiyojlariga mos shakllar orqali (qutilar, onlayn forma, psixolog, masʼul shaxs, ishonch telefoni yoki boshqalar) qabul qilib borilgan

Ariza va shikoyatlar roʻyxati yuritilgan, ularni koʻrib chiqish muddatlari belgilangan hamda kоʻrib chiqish jarayonlari hujjatlashtirilgan

Ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish jarayonlari ochiqlik, hisobdorlik va manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik tamoyillariga asosan amalga oshirilgan

Ariza va shikoyatlarning tahlili asosida oʻquvchilarning huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va ijrosi yuritilgan

7-bob. Moddiy-texnik taʼminot yoʻnalishi

31.

Taʼlim yoʻnalishi xususiyatidan kelib chiqib oʻquv jarayonini tashkil qilish uchun oʻquvchilar kontingentiga mos ravishda zarur bino va inshootlar, zamonaviy moddiy-texnik baza, reagentlar va dasturiy taʼminot bilan taʼminlangani

Oʻquvchilar kontingenti va taʼlim dasturlariga mos bino va inshootlar, oʻquv va laboratoriya xonalari mavjud*

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun zarur moddiy-texnik baza, reaktiv moddalar, xomashyo va yonilgʻi-moylash materiallari, reagentlar, jihozlar, asbob-uskunalar ishchi holatda hamda xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda saqlangan

Oʻquv jarayonlariga mos keladigan dasturiy taʼminot, simulyatorlar, oʻquv platformalari va kompyuter texnikalari ishchi holatda

Moddiy-texnik bazaning holati boʻyicha muntazam monitoring oʻtkazilgan hamda monitoring natijalari asosida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan choralar koʻrilgan

Oʻquvchilar kontingenti va taʼlim dasturlariga mos ravishda mavjud jihozlar, asbob-uskunalar va laboratoriya resurslarini yangilash boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilgan

32.

Axborot-resurs markazining (kutubxonaning) (bundan buyon matnda ARM deb yuritiladi) oʻquvchilar kontingentiga mos oʻquv va badiiy adabiyotlar, axborot-kommunikatsiya vositalari bilan taʼminlangani hamda unda oʻquv zali va elektron kutubxonaning mavjudligi

ARMda oʻquvchilar kontingentiga mos darslik, oʻquv va badiiy adabiyotlar mavjud*

ARM zamonaviy AKT va elektron qurilmalar bilan jihozlangan va ulardan foydalanish boʻyicha oʻquvchilarga doimiy ravishda tushuntirishlar berilgan

ARMda oʻquv zali, elektron kutubxonadan foydalanish va internet tarmogʻiga ulanish imkoniyatlari yaratilgan

Elektron kutubxonaning axborot-kutubxona fondida darsliklar, oʻquv adabiyotlar, oʻqitish materiallari toʻplami, elektron taʼlim resurslari va multimedia kontentlari raqamli formatda joylashtirilgan

ARM va elektron taʼlim resurslaridan foydalanish tartibi qulay va ochiq, elektron maʼlumotlar bazasiga erkin kirish taʼminlangan

ARM xizmatlaridan foydalanish samaradorligi boʻyicha monitoring va foydalanuvchilar statistikasi yuritilgan va tahlil qilib borilgan

ARM faoliyati natijalari pedagogik kengashda muntazam muhokama qilingan, shuningdek ARM faoliyatini takomillashtirish hamda zarur oʻquv-uslubiy va moliyaviy resurslar bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqilgan, ijrosi taʼminlangan va hisoboti yuritib borilgan

Kutubxona fondi muntazam yangilanib borilgan

33.

Inklyuziv taʼlim olish uchun binolar va jihozlarning moslashtirilgani, maxsus oʻquv materiallarining mavjudligi, axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgani

Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotining binolari va oʻquv xonalari, shu jumladan yoʻlaklar, panduslar, eshiklar va sanitariya xonalari (hojatxonalar) nogironligi boʻlgan shaxslar (oʻquvchilar) uchun moslashtirilgan

Taʼlim dasturlari boʻyicha maxsus oʻquv materiallari (Brayl alifbosidagi kitoblar, koʻrgazmali materiallar), maxsus jihozlar va yordamchi texnik vositalar mavjud

Inklyuziv taʼlim uchun AKT, elektron taʼlim resurslari va dasturiy taʼminotdan foydalanish imkoniyati (audio-video resurslar, Brayl alifbosi, subtitr yoki boshqalar) yaratilgan

Inklyuziv taʼlim metodikasi boʻyicha tayyorlangan va zarur koʻnikmalarga ega pedagog(lar) va (yoki) psixolog mavjud

Oʻquv jarayonida inklyuziv taʼlimni qoʻllab-quvvatlovchi pedagogik va psixologik yordam koʻrsatish tizimi mavjud

Inklyuziv taʼlim sharoitlarining amalda qoʻllanishi va samaradorligi boʻyicha monitoring olib borilgan

34.

Barcha oʻquv va laboratoriya xonalarida jihozlarning tegishli xavfsizlik qoidalari hamda oʻqitish ehtiyojlarini hisobga olgan holda joylashtirilgani

Oʻquv va laboratoriya xonalarida jihozlar va asbob-uskunalarning joylashuvi oʻquv mashgʻulotlarining mazmuni va amaliyot jarayonlariga mos

Oʻquv va laboratoriya xonalarida jihozlar mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mos ravishda joylashtirilgan

Oʻquv va laboratoriya xonalarida erkin harakatlanish taʼminlangan hamda favqulodda holatlarda evakuatsiya chiqish yoʻllari belgilangan

Jihozlar va asbob-uskunalarni joylashtirishda oʻquvchilarning yosh xususiyatlari va jismoniy imkoniyatlari, mashgʻulot turlari inobatga olingan

Oʻquv va laboratoriya xonalarida jihozlar va asbob-uskunalarning joylashuvi oʻquv mashgʻulotlarining mazmuniga va amaliyot jarayonlariga mos

35.

Oʻquv xonalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangani va raqamli taʼlim muhiti yaratilgani

Oʻquv xonalari AKT vositalari (kompyuterlar, elektron doskalar, proyektorlar yoki boshqalar) bilan jihozlangan

Raqamli taʼlim muhiti yaratish uchun zarur boʻlgan internet tarmogʻi, Wi-Fi zonalari va lokal tarmoqlar barqaror (ishchi holatda)

Pedagoglar va oʻquvchilarning elektron platformalardan foydalanish imkoniyati yaratilgan

AKT vositalaridan foydalanish boʻyicha xavfsizlik texnikasi va tartib-qoidalari ishlab chiqilgan

AKT vositalarining holati boʻyicha monitoring oʻtkazilgan, xizmat koʻrsatish, yangilash va taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan

Raqamli taʼlim muhitidan foydalanish samaradorligi boʻyicha tahlillar oʻtkazilgan hamda oʻquv jarayonini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan

36.

Taʼlim tashkilotida oʻquvchilar kontingentiga mos bufet/oshxona, oʻrindiqlar va sport maydonlarining mavjudligi

Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotida oʻquvchilar kontingentiga mos ravishda bufet (oshxona) mavjud hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq yuritilgan, shuningdek bufetda (oshxonada) sogʻlom ovqatlanishga oid tavsiyalar va ratsional menyu yoʻlga qoʻyilgan

Dam olish uchun oʻrindiqlar (ayvonlar) va soya joylar mavjud

Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotida oʻquvchilar kontingentidan kelib chiqib, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun sport zali, sport maydoncha(lar)i va sogʻlomlashtirish inshootlari mavjud

Sport zali, sport maydoncha(lar)i va sogʻlomlashtirish inshootlari faoliyat koʻrsatadi, ularning jihozlari texnik jihatdan soz holda saqlangan va yangilanib borilgan

Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotida jihozlangan faollar zali mavjud

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) mezonlarni majburiy va umumiy turlarga ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-son “Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) majburiy va umumiy indikatorlar “muvofiq” yoki “muvofiq emas” tarzida baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) majburiy va umumiy indikatorlar boʻyicha mezonni baholash mazkur izohning 4-kichik bandining talablarini hisobga olgan holda quyidagi tartibda aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60 foiz va undan ortiq indikatorlar “muvofiq” deb baholansa — mezon “muvofiq”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizdan 60 foizgacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa — mezon “qisman muvofiq”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizgacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa — mezon “muvofiq emas” deb baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) mezon tarkibidagi mavjud majburiy indikator (majburiy indikatorlardan biri) “muvofiq emas” deb topilsa, umumiy natijadan qatʼi nazar, ushbu mezon “muvofiq emas” deb baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) indikatorlarda nazarda tutilgan oʻrta maxsus taʼlim tashkilotining ichki hujjatlarini (tartib, nizom, qoidalar, chora-tadbirlar rejasi, monitoring, tahlil natijalari) birlashtirish (unifikatsiya qilish) mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) *majburiy indikatorlar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025 y., 10/25/3737/1233-son)