14.07.2025 yildagi 1090-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 14.07.2025 yildagi 1090-V-son
Kuchga kirish sanasi
14.07.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2025-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati yakunlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2025-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati yakunlari toʻgʻrisidagi axborotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) Kengashi taʼkidlaydiki, oʻtgan davrdagi faoliyat Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, parlament ishini tartibga soluvchi qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18 — 20-noyabr kunlari Oliy Majlis palatalarining majlislaridagi nutqlari, «Oʻzbekiston — 2030» strategiyasi, «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yili» Davlat dasturi asosida tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimiz Prezidentining yangi shakllangan parlament palatalarining majlislaridagi dasturiy nutqlari Qonunchilik palatasi faoliyatida oʻziga xos yangi davrni boshlab berdi va yangicha yondashuvlar olib kirdi. Ushbu nutqlardan kelib chiqqan holda, qonun ijodkorligi, parlament nazoratini amalga oshirish, xalq bilan muloqot qilish kabi yoʻnalishlardagi ishlarni yanada kuchaytirishga ustuvor ahamiyat qaratildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Qonunchilik palatasining hukumat bilan hamkorligining yangicha tizimi yoʻlga qoʻyildi. Unga koʻra, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar Qonunchilik palatasi qoʻmitalariga biriktirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqib, har bir qoʻmita tomonidan ilmiy-tadqiqot muassasalari, tahlil markazlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik oʻrnatildi. Fuqarolik jamiyati institutlari bilan muloqotni kuchaytirish maqsadida barcha qoʻmitalar huzurida jamoatchilik kengashlari tuzildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan vazifalarni bajarish uchun Qonunchilik palatasining huzurida Jamoaviy tashabbuslar boʻyicha, Qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uygʻunlashtirish boʻyicha, Iqlim oʻzgarishi oqibatlarini kamaytirish va «yashil» iqtisodiyotga oʻtishni tezlashtirish masalalari boʻyicha komissiyalar tuzildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari oʻrtasidagi gʻoyaviy kurashlar, konstruktiv bahs-munozara va oʻzaro raqobat muhiti parlamentdagi koʻpchilikni tashkil etuvchi «Taraqqiyot bloki» tuzilishida hamda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi oʻzini muxolifat fraksiya deb eʼlon qilishida muhim omil boʻldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash hamda milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish maqsadida 2025 — 2029-yillarga moʻljallangan qonun ijodkorligi dasturi qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan jami 123 ta qonun loyihasi koʻrib chiqilib, 86 ta qonun loyihasini oʻz ichiga olgan 61 ta qonun qabul qilindi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhim soha va tarmoqlardagi islohotlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan bir qator yaxlit qonunlar qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksi, «Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida»gi, «Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida»gi, «Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisida»gi, «Qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish toʻgʻrisida»gi qonunlar shular jumlasidandir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro hokimiyati faoliyati ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha zarur choralar koʻrildi. Xususan, Qonunchilik palatasi majlislarida davlat organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axboroti 2 marotaba eshitildi, 4 marotaba «hukumat soati» oʻtkazildi, muhim masalalar yuzasidan mansabdor shaxslarga 5 ta parlament soʻrovi va 103 ta deputat soʻrovi yuborildi. Qonunchilik palatasining qoʻmitalari tomonidan 64 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetining ijrosi, birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet mablagʻlaridan foydalanishi bilan bogʻliq maqsadli indikatorlari bajarilishi ustidan taʼsirchan parlament nazorati amalga oshirilib, vazirliklar va idoralarning bu boradagi tegishli hisobotlari eshitib borildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Siyosiy partiyalar roʻyxati asosida yagona saylov okrugi boʻyicha saylangan Qonunchilik palatasining deputatlari hududlarga biriktirilib, ularning ham saylovchilar bilan uzviy muloqoti yoʻlga qoʻyildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasining Reglamentiga muvofiq deputatlar har oyning oxirgi haftasida oʻz saylov okruglarida boʻldilar. Aholi, shu jumladan yoshlar, turli soha vakillari bilan 4 460 ta uchrashuv oʻtkazilib, yuzma-yuz muloqot qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov okruglarida amalga oshirilgan ishlarning yakunlari siyosiy partiyalar fraksiyalarida muhokama qilinib, joylarda aniqlangan muammolar va kamchiliklarni parlament nazoratining taʼsirchan shakllaridan foydalangan holda hal etish choralarini koʻrish boʻyicha vazifalar belgilab olindi. Xususan, aniqlangan masalalarga huquqiy yechim topish maqsadida deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida 10 ta qonun loyihasi ishlab chiqilib, quyi palataga kiritildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlatlarning parlamentlari va xalqaro tashkilotlar bilan izchil hamkorlik amalga oshirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining xorijiy davlatlar parlamentlari bilan 56 ta parlamentlararo guruhi yangidan tuzildi. Parlamentlararo guruhlarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida hamkorlik boʻyicha 3 ta parlamentlararo komissiya (Rossiya, Xitoy, Qirgʻiziston) va 1 ta parlamentlararo hamkorlik kengashi (Qozogʻiston) tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimiz parlamentining Parlamentlararo Ittifoq, MDH Parlamentlararo Assambleyasi hamda YXHT Parlament Assambleyasidagi doimiy delegatsiyalari tarkibi yangilandi. Shuningdek «Oʻzbekiston — Yevropa Ittifoqi» parlament hamkorligi qoʻmitasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasi faoliyat yuritmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstruktiv muloqotlar asosida parlamentarizm sohasida oʻzaro tajriba almashish, parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida «Oʻzbekiston — Yaponiya» parlamentlararo forumi, Qonunchilik palatasi bilan Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majilisi oʻrtasidagi Parlamentlararo Hamkorlik Kengashining navbatdagi majlisi oʻtkazildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasida 62 marta chet el delegatsiyasi qabul qilindi, shundan 20 tasi xorijiy davlatlar parlamentlari rahbarlari boshchiligidagi delegatsiyalardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʼtgan davrda mamlakatimizda koʻplab nufuzli xalqaro parlamentlararo anjumanlar oʻtkazildi. Xususan, 5 — 9-aprel kunlari Toshkent shahrida 100 dan ortiq milliy parlamentdan 2 mingdan ziyod parlamentariylar ishtirok etgan Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi, 1-iyul kuni Xiva shahrida Oʻzbekiston — Ozarbayjon birinchi parlamentlararo forumi yuqori saviyada oʻtkazildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday tadbirlar va uchrashuvlar xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, ularning faoliyatida muntazam ishtirok etish va Oʻzbekiston manfaatlarini ilgari surishda muhim omil boʻldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyi palataga kelib tushgan jami 3 085 ta murojaat qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqildi. Qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha taklif bergan fuqarolar bilan qator uchrashuvlar oʻtkazilib, bildirilgan takliflar ularning ishtirokida muhokama qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga oʻtkazilgan tahlillar Qonunchilik palatasining faoliyatida eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan ayrim masalalar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan kiritilayotgan qator qonun loyihalarining sifati yetarli darajada emas. Ayrim qonun loyihalari deputatlar muhokamasidan keyin deyarli qaytadan tayyorlanmoqda. Baʼzi qonun loyihalaridagi kamchiliklarni bartaraf etishga koʻp vaqt va resurs sarflanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarida nazarda tutilgan qonun loyihalarini qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari belgilangan muddatdan kechiktirib Qonunchilik palatasiga kiritmoqda. Natijada tadbirkorlarga va aholiga berilishi koʻzda tutilgan imtiyozlarni qonunchilikda aks ettirish ishlari kechikmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim qonun loyihalari qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilmasdan Qonunchilik palatasiga kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari Qonunchilik palatasining qoʻmitalari tomonidan qonunlarning ijro etilish holatini hududlarga chiqqan holda oʻrganish hamda nazorat-tahlil tadbirlari yakunlari boʻyicha qoʻmita majlisini oʻsha hududda keng jamoatchilik ishtirokida oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalarini ishlab chiqish va takomillashtirish jarayonlarida jamoatchilik vakillarining ishtirokini yanada kengaytirish, ilmiy-tadqiqot muassasalarining imkoniyati va salohiyatidan unumli foydalanish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament nazoratining taʼsirchan shakllaridan foydalanish borasida siyosiy partiyalar fraksiyalarining tashabbuskorligini yanada oshirish, parlament nazorati tadbirlarining natijalari toʻgʻrisida jamoatchilikni oʻz vaqtida xabardor qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda, ayniqsa, saylov okruglarida saylovchilar bilan muloqotlar davomida koʻtarilayotgan masalalarni hal etishga ustuvor ahamiyat berish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek deputatlarning faoliyatini, shu jumladan ularning saylov okruglaridagi ishlarini ommaviy axborot vositalarida yoritish boʻyicha yangi loyihalarni amalga oshirish zarurati mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2025-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati yakunlari toʻgʻrisidagi axborot maʼlumot uchun qabul qilinsin (ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz partiyalarining dasturiy maqsad va vazifalari, elektorat tomonidan koʻtarilayotgan muammolar, fuqarolarning murojaatlari, saylov okruglaridagi oʻrganishlar jarayonida aniqlangan masalalardan kelib chiqib, qonun loyihalarini tayyorlash va Qonunchilik palatasiga kiritish boʻyicha tashabbuskorlikni yanada oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parlament nazoratining taʼsirchan shakllaridan foydalanish borasida koʻproq tashabbuslarni ilgari surish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parlament nazorati tadbirlarining natijalari toʻgʻrisida jamoatchilikni oʻz vaqtida xabardor qilib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihalarining sifatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida nazarda tutilgan qonun loyihalarining belgilangan muddatlarda Qonunchilik palatasiga kiritilishi ustidan parlament nazoratini yanada kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihalarining qonunchilikda belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilganligiga ustuvor ahamiyat qaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunlarning ijro etilishi holatini hududlarga chiqqan holda oʻrganish hamda nazorat-tahlil tadbirlari yakunlari boʻyicha qoʻmita majlisini oʻsha joyning oʻzida keng jamoatchilik ishtirokida oʻtkazish amaliyotini yanada kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarini ishlab chiqish va takomillashtirishda qoʻmitalar huzuridagi jamoatchilik kengashlarining hamda ekspertlar, olimlar, soha mutaxassislari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining ishtirokini yanada kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
norma ijodkorligi faoliyatida ilmiy-tadqiqot muassasalarining imkoniyati va salohiyatidan unumli foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parlament nazorati tadbirlari yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlar, parlament soʻroviga mansabdor shaxslar tomonidan berilgan javoblarni Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytiga joylashtirib borish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati (Gʻ. Samadov) Qonunchilik palatasining 2025-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati yakunlari ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Qaror tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisiga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 14-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1090-V-son