06.08.2025 yildagi O‘RQ-1079-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 13-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 28-mayda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun hayvonlarni jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan saqlash va (yoki) koʻpaytirish bilan bogʻliq boʻlgan, ushbu Qonunda nazarda tutilgan munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisidagi qonunchilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organining vakili — tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi xodimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
identifikatsiya qilish vositalari — hayvonning identifikatsiya raqamini oʻz ichiga oladigan, uni boshqa hayvonlardan ajratish imkonini beradigan vizual birkalar, elektron mikrochiplar va aralash mikrochipli birkalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
identifikatsiya qilish obyektlari — jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan saqlanadigan va (yoki) koʻpaytiriladigan hayvonlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron axborot tizimi — identifikatsiya qilingan hayvonlar roʻyxati bilan ularni roʻyxatga olish, hisobdan chiqarish va boshqa harakatlar toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga oluvchi maʼlumotlar bazasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlar — jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan saqlanadigan va (yoki) koʻpaytiriladigan qoramol, qoʻylar, echkilar, choʻchqalar, otlar, tuyalar, itlar, mushuklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonning identifikatsiya raqami — hayvonga bir marta beriladigan hamda boshqa hayvonlarda takrorlanmaydigan harfli va raqamli ramzlarga ega noyob kod;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlarni identifikatsiya qilish — hayvonlar toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni (yoshi, jinsi, rangi, zoti va boshqa zarur koʻrsatkichlarni) aniqlash uchun hayvonlarga identifikatsiya raqamini oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlarni kuzatish — hayvonlarning butun yashash davri davomida ularning kelib chiqish joyi, tugʻilishi va koʻchib yurishi (migratsiyasi) haqidagi, shuningdek hayvonlarda uchraydigan kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlarni roʻyxatga olish — hayvonlarni identifikatsiya qilish natijasida olingan hayvonlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shu jumladan ularga berilgan identifikatsiya raqamlari haqidagi maʼlumotlarni elektron axborot tizimiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonning egasi — hayvonlarni oʻz ehtiyojlari, xizmat maqsadlari uchun yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun saqlash va (yoki) koʻpaytirish bilan shugʻullanuvchi hamda hayvonlarga tegishincha mulk, operativ boshqarish huquqlari asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda egalik qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonni hisobdan chiqarish — identifikatsiya qilingan hayvonga tegishli boʻlgan maʼlumotlarning elektron axborot tizimidagi faolligini belgilangan tartibda tugatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasini tartibga solish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish, kuzatish va hisobdan chiqarish tartibini hamda bosqichlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Vakolatli davlat organining hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;

hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish boʻyicha tadbirlarni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlarni identifikatsiya qilish vositalarini ishlab chiqaruvchilarga majburiy atribut raqamlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish, kuzatish va hisobdan chiqarish ishlarining monitoringini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish, kuzatish va hisobdan chiqarish ishlarining bajarilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlarning egalariga hayvonlarni identifikatsiya qilish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi qoshidagi Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish markazining vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi qoshidagi Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish markazi (bundan buyon matnda Identifikatsiya markazi deb yuritiladi):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish, kuzatish va hisobdan chiqarish boʻyicha tadbirlarni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron axborot tizimini muvofiqlashtiradi va real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasida oʻqitish hamda malaka oshirishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish, kuzatish, hisobdan chiqarish va saqlash tartib-taomillarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tizimini takomillashtirish boʻyicha xalqaro tajriba asosida takliflar ishlab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Identifikatsiya markazi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasidagi tasdiqlangan hududiy dasturlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishiga koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish boʻyicha tadbirlarda ishtirok etishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatishni tashkil etishda davlat veterinariya xizmatiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish boʻyicha boshqa tadbirlarda ham qonunchilikka muvofiq ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatishga doir umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va hisobdan chiqarish shartlari hamda tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan saqlanadigan va (yoki) koʻpaytiriladigan hayvonlar identifikatsiya qilish obyekti sifatida belgilangan tartibda identifikatsiya qilinishi hamda roʻyxatga olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoramol, qoʻylar, echkilar va tuyalar tugʻilganidan oʻn toʻrt kundan keyin, otlar tugʻilganidan toʻrt oydan keyin, choʻchqalar tugʻilganidan bir oydan keyin, itlar va mushuklar tugʻilganidan uch oydan keyin identifikatsiya qilinishi hamda roʻyxatga olinishi lozim. Bunda hayvonlar koʻrsatilgan muddatlar tugaganidan keyin bir oydan kechiktirmay identifikatsiya qilinishi va roʻyxatga olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saqlash va (yoki) koʻpaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan hayvonlar olib kirilgan sanadan eʼtiboran yigirma bir kundan kechiktirmay identifikatsiya qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida saqlanadigan va (yoki) koʻpaytiriladigan hayvonlar soʻyilgan (nobud boʻlgan, oʻlgan, yoʻq qilingan) yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilgan taqdirda yetti kunlik muddatda hisobdan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatishga qaratilgan tadbirlar hayvonlar egalarining oʻz mablagʻlari, homiylik xayriyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayvonlarning egalaridan toʻlov undirmasdan hayvonlarni identifikatsiya qilish va roʻyxatga olish tartibi hamda bosqichlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish, kuzatish va hisobdan chiqarish tartibi hamda bosqichlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Elektron axborot tizimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron axborot tizimidan hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasini davlat tomonidan tartibga solish hamda boshqarish, shuningdek hayvonlar toʻgʻrisida ishonchli axborot olish maqsadida foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Identifikatsiya markazi elektron axborot tizimining operatoridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron axborot tizimi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonning egasi jismoniy shaxs boʻlgan hollarda — jismoniy shaxsning familiyasini, ismini, otasining ismini, tugʻilgan sanasini, shaxsiy identifikatsiya raqamini, jismoniy shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyini va telefon raqamini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonning egasi yuridik shaxs boʻlgan hollarda — yuridik shaxsning toʻliq nomini, davlat roʻyxatidan oʻtgan sanasini, manzilini, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini hamda ushbu yuridik shaxs rahbarining familiyasini, ismini, otasining ismini va telefon raqamini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan sanani (saqlash va koʻpaytirish maqsadida olib kirilganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
identifikatsiya qilish vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlarning identifikatsiya raqamlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlar soʻyilgan (nobud boʻlgan, oʻlgan, yoʻq qilingan) yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilgan sanani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlarda uchraydigan kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolash toʻgʻrisidagi axborotni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron axborot tizimiga axborotni, identifikatsiya qilingan hayvonlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish va mazkur tizimdan foydalanish tartibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Vakolatli davlat organi vakilining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organining vakili quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlarni identifikatsiya qilish boʻyicha zarur tadbirlarni oʻtkazish toʻgʻrisida yuridik va jismoniy shaxslarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlar egalarining hududiga va identifikatsiya qilingan hayvonlar yoki identifikatsiya qilinishi, roʻyxatga olinishi, kuzatilishi va hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan hayvonlar saqlanadigan joylarga qonunchilikda belgilangan tartibda kirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonning egasidan hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish, kuzatish, hisobdan chiqarish uchun zarur boʻlgan axborotni olish va hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish, kuzatish, hisobdan chiqarish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organining vakili:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvon egasining murojaatiga asosan besh ish kuni ichida hayvonni identifikatsiya qilishi va roʻyxatdan oʻtkazishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonun 9-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda hayvon egasining murojaatiga muvofiq ikki ish kuni ichida hayvonni hisobdan chiqarishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
identifikatsiya qilinmagan va roʻyxatga olinmagan hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron axborot tizimiga maʼlumotlarni oʻz vaqtida kiritishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organining vakili qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Hayvon egasining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayvonning egasi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron axborot tizimidan oʻziga tegishli boʻlgan hayvonlar toʻgʻrisidagi axborotni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga tegishli boʻlgan hayvonlarni identifikatsiya qilishni va roʻyxatdan oʻtkazishni vakolatli davlat organi vakilidan talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organi vakilining gʻayriqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
identifikatsiya qilingan hayvonlarda oʻtkazilgan tashxis qoʻyishga doir tekshirishlar va davolash natijalari haqida axborot olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat veterinariya xizmatidan mamlakat hududidagi epizootik vaziyat va profilaktika tadbirlari toʻgʻrisida bepul axborot olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayvonning egasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga tegishli boʻlgan hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va hisobdan chiqarish uchun, shuningdek hayvonning egasi almashgan taqdirda qayta roʻyxatga olish uchun vakolatli davlat organiga qonunchilikda belgilangan muddatlarda elektron tarzda yoki toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
identifikatsiya qilinmagan va roʻyxatga olinmagan hayvonlarning saqlanishiga va (yoki) koʻpaytirilishiga yoʻl qoʻymasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayvonning egasi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir yil oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun 12-moddasining ikkinchi qismi 2028-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 6-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-1079-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 03/25/1079/0697-son)