Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021 13.03.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1551
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining buyrugʻi, 13.03.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1551
Kuchga kirish sanasi
23.03.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Hujjat 23.03.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYRUGʻI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ELITA VA KEYINGI AVLODLARGA MANSUB URUGʻLIK PAXTA YETIShTIRISh HUQUQIGA EGA BOʻLISh UChUN XOʻJALIKLAR OʻRTASIDA TANLOV OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 13-martda 1551-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi va “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 31-yanvardagi “2006-yilda paxta yetishtirishning prognoz hajmlari va gʻoʻzani navlar boʻyicha joylashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-271-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq kuchga kiritilgan vaqtdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2003-yil 18-yanvardagi 14-sonli “Urugʻlik paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarni tanlov asosida roʻyxatga olish haqidagi” buyrugʻi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning oʻrinbosari O.Ollaberganov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 21-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
2006-yil 21-fevraldagi 39-sonli
buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-dekabrdagi 497-sonli hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-yanvardagi PQ-271-sonli qarorlariga muvofiq shirkat va fermer xoʻjaliklariga elita va keyingi avlodli urugʻlarini yetishtirish huquqini berish uchun tanlov oʻtkazish qoidalarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy shartlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tumanda urugʻlik paxta yetishtirish maydoni, urugʻlik uchun ekiladigan gʻoʻza navlari va kutiladigan urugʻlik paxta xomashyosi hajmlari gʻoʻza urugʻchiligi Respublika markazi hududiy birlashmalari takliflari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda viloyat Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tuman hokimi elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun tanlov oʻtkazish komissiyasi tarkibini tasdiqlaydi va tanlovni eʼlon qilish boʻyicha qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tarkibiga tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (komissiya raisi), tuman urugʻchilik inspeksiyasi, tuman oʻsimliklarni himoya qilish boʻlimi, tuman yer tuzish va kadastr boʻlimi, tuman texnika nazorati boʻlimi, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi hosiloti va boshqa tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari kiritilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda yigʻilish oʻtkazishga haqli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Urugʻlik paxta yetishtirish toʻgʻrisidagi huquq 1 yilga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tuman hokimining tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori mahalliy ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, qishloq xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlari boshqaruvi (maʼmuriyati) binolarida osib qoʻyilishi kerak. Eʼlonda tanlovning oʻtkazish vaqti va joyi, taqdim qilinadigan hujjatlar roʻyxati va tanlov oʻtkazish tartibi koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tanlov uni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinib, eʼlon qilingan kundan boshlab 30 kundan keyin oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovda ishtirok etish huquqiga paxta yetishtiruvchi shirkat, fermer, tajriba va boshqa xoʻjaliklar ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-dekabrdagi 604-sonli qarori bilan tasdiqlangan gʻoʻzaning roʻyxatdan oʻtkazilgan navlari urugʻini yetishtirish boʻyicha elita-urugʻchilik xoʻjaliklari oʻz faoliyatini davom ettirgan holda tanlovda ishtirok etishdan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Komissiya elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun ruxsat berish boʻyicha tanlov oʻtkazadi. Komissiyaning qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va tasdiqlash uchun tuman hokimiga taqdim etiladi. Mazkur bayonnoma nusxalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari hamda gʻoʻza urugʻchiligi Respublika markazining hududiy birlashmalariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun tanlov mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxema boʻyicha oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun ruxsat berish umumiy shartlari
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon qilingan kundan boshlab 30 kun davomida arizalar qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish tanlov eʼlon qilingan kunning 30-kuni soat 18-00 da toʻxtatiladi. Agar 30-kun dam olish kuniga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan keyingi birinchi ish kuni soat 18-00 da arizalarni qabul qilish toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ariza va hujjatlarni komissiyaning kotibi qabul qiladi. Komissiyaning kotibi daʼvogarlarga tanlovda yuqori ball olishi uchun imkon beradigan barcha holatlarni tushuntirib, lozim boʻlganda uning hujjatlaridagi kamchiliklarni ishchi tartibda bartaraf etish choralarini koʻradi. Komissiya kotibi tanlovda ishtirok etish kunigacha daʼvogarning baholanadigan imkoniyatlarini asoslantiruvchi hujjatlarning toʻliq taqdim qilinishini, ularning toʻgʻri rasmiylashtirilishini taʼminlashga koʻmaklashishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tanlov 5 ish kunida oʻtkaziladi. Tanlov ikki bosqichdan iborat boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqichda hujjatlarning toʻliqligi va mazmuni tekshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqichda daʼvogarlarning arizalarida bayon qilingan imkoniyatlarining asoslanganligi oʻrganib chiqiladi va yakuniy qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Daʼvogarlar imkoniyatlari 10 ballik reyting shkalasida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda komissiya muayyan elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun berilgan ariza taqdim etgan daʼvogarlarning hujjatlari asosida ularning takliflarini puxta oʻrganib chiqadi. Bunda ariza beruvchining oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarning toʻliqligi va haqiqatga yaqinligi hamda ularni bajarish imkoniyatlari hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tanlovda ishtirok etuvchi qatnashuvchilarni tanlashning birinchi bosqichida daʼvogarlarning imkoniyatlari quyidagi koʻrsatkichlar asosida baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) xoʻjaliklarning yer unumdorligi (tuman yer tuzish va kadastr boʻlimi maʼlumoti)ga asosan 4 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asli yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xoʻjaliklarning suv taʼminoti (tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi maʼlumotlari)ga asosan 4 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asli yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yerlarni shoʻrlanganlik darajasi, suv yoʻllariga mosligi, sizot suvlarning joylashuvi, keyingi 3 yilda gʻoʻza kasalliklari va zararkunandalariga chalinmaganligi va boshqa koʻrsatkichlar inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) xoʻjalikda ishlayotgan xodimlarning mutaxassisligi toʻgʻrisidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma)ga asosan 5 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asli yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) daʼvogarning qishloq xoʻjaligidagi ish stajini aniqlashda mehnat daftarchasiga asosan faqat urugʻchilik sohasida oʻtalgan ish staji inobatga olinadi va 6 balldan 10 ballgacha baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda komissiyaga mehnat daftarchasining asli yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) xoʻjalikda ishlayotgan xodimlarning maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma)ga asosan 5 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asli yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) daʼvogarning majburiyatlardan xoli pul mablagʻlari mavjudligi bank tomonidan berilgan maʼlumotnomada tasdiqlangan boʻlishi lozim. Bank maʼlumotnomasi bank Boshqaruvi raisi yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolangan va bank muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) daʼvogarning texnika vositalari bilan taʼminlanganligi ularning turi va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib 1 balldan 10 ballgacha baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaga texnika vositalari texnik pasportlarining asl nusxalari taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovga taklif etilgan texnika vositalari quyidagilar asosida baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnika vositalarini baholashda faqatgina texnik pasportidagi texnik sozligi toʻgʻrisidagi belgi mavjud boʻlgan texnika vositalarigina inobatga olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif etilgan barcha turdagi texnika vositalari uchun qoʻyilgan ballar yigʻindisi 15 balldan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) daʼvogar soʻnggi uch yilda paxta xomashyosi yetkazib berish shartnomalarining bajarilishi toʻgʻrisidagi tuman statistika boʻlimi tomonidan berilgan maʼlumot asosida 4 balldan 10 ballgacha baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvogarning har bir koʻrsatkichi boʻyicha tegishli ballni berish masalasi komissiya aʼzolari tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan koʻrsatkichlar asosida koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi va har bir koʻrsatkich boʻyicha bitta ball beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Yigʻilishda komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovoziga koʻra qoʻyilgan reyting ballariga asosan tanlov gʻoliblari aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovda har bir komissiya aʼzosi tomonidan daʼvogarga qoʻyilgan ballar yigʻindisi komissiyada ball qoʻygan aʼzolar soniga boʻlinadi va daʼvogarga qoʻyilgan oʻrtacha ball hisoblab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Eng koʻp ball toʻplagan daʼvogar tanlov gʻolibi deb komissiya raisi tomonidan eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tumanda urugʻlik yetishtirish uchun talab etiladigan maydonga qarab, keyingi oʻrinlarni egallagan daʼvogarlar ham urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Komissiya yakuniy yigʻilishining bayonnomasi mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shaklda ikki nusxada tuzilib, komissiya raisi, aʼzolari va kotibi tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Komissiyaning yakuniy yigʻilishi bayoni va unga ilova qilingan hujjatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar gʻoʻza urugʻchiligi birlashmalariga yuboriladi (tuman hokimiyati qoshidagi komissiya bilan kelishgan holda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun daʼvogarlarni tanlash va tanlov oʻtkazish ishlari boʻyicha hujjatlarni yuritish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun daʼvogarlarni tanlash va tanlov oʻtkazish boʻyicha hujjatlari komissiya kotiblari tomonidan yuritiladi. Komissiya kotibi, qoida tariqasida, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi xodimi boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Komissiyaning daʼvogarlarni tanlash va tanlov oʻtkazish bilan bogʻliq barcha hujjatlari alohida yigʻma jildlarda saqlanadi. Mazkur hujjatlar urugʻchilik xoʻjaliklarining barchasi roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng 2 hafta mobaynida respublika gʻoʻza urugʻchiligi markazining idoraviy arxiviga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Har bir yigʻma jildda quyidagi hujjatlar tikilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tanlovlarga daʼvogarlar tomonidan taqdim etilgan arizalari va unga ilova qilingan hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) komissiyaning tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash varaqasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) komissiyaning har bir ariza boʻyicha daʼvogarlarni tanlovda ishtirok etishga tavsiya etish toʻgʻrisidagi qarorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) har bir komissiya aʼzosi tomonidan toʻldirilgan tanlov varaqalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) tanlov yakuni boʻyicha qoʻyilgan ballar hisob-kitobi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) tanlov oʻtkazish yakunlari yuzasidan komissiya tomonidan qabul qilingan bayonnomalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) daʼvogarlarni tanlash va tanlov oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jildga reyting ballari berishga asos boʻlgan barcha hujjatlar (shu jumladan asli taqdim etilgan hujjatlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari) tikilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Komissiyaning faoliyatiga doir hujjatlarni toʻliq yuritilishi, saqlanishi va belgilangan muddatlarda arxivga topshirilishiga komissiya raisi va kotibi shaxsan javobgar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Tanlov gʻoliblarining javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlgan shirkat, fermer, tajriba va boshqa xoʻjaliklarining javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari tomonidan tasdiqlangan hamda Adliya vazirligida 2005-yil 12-fevralda 1449-son bilan roʻyxatga olingan “Vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot va elita-urugʻchilik xoʻjaliklari, paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar, gʻoʻza urugʻchiligi va seleksiyasi masalasiga aloqador boʻlgan mansabdor shaxslarning yakuniy natijalar uchun aniq javobgarligini nazarda tutuvchi nizomiga asosan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Mazkur Nizomda belgilangan talablar buzilgan holda xoʻjaliklar oʻrnatilgan tartibda urugʻlik yetkazish huquqidan mahrum etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ushbu Nizomda tartibga solinmagan masalalar Komissiya tomonidan amaldagi qonunchilikka zid boʻlmagan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bilan kelishilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kelishildi”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi E. ZIKRIYOEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 21-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elita va keyingi avlodlarga mansub
urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega
boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov
oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun tanlovini oʻtkazish sxemasi
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elita va keyingi avlodlarga mansub
urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega
boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov
oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda daʼvogarlarning imkoniyatlarini baholaydigan
REYTING BALLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r‎‎‎ Baholash meʼzonlari ‎ ‎‎ Reyting koʻrsatkichlari ‎ ‎ Reyting ballari‎ ‎‎ Taqdim etiladigan hujjatlar‎ ‎‎
1‎ Ekin maydoni holati ‎ 60 ball bonitetdan yuqori
‎50 dan 60 gacha
‎40 dan 50 gacha ‎‎
10 ball ‎
‎8 ball
‎‎4 ball ‎
Tuman yer resurslari boʻlimining maʼlumoti‎‎
2‎ Suv taʼminoti‎‎ Yaxshi ‎
‎Oʻrta
‎Yomon ‎ ‎
10 ball
‎8 ball
‎4 ball ‎‎
Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimining maʼlumoti‎‎
3‎ Xoʻjalik xodimlarining mutaxassisligi‎‎ Urugʻchilik boʻyicha agronom,
‎agronom iqtisodchi,
‎yurist injener,
‎hisobchi, mexanik, zootexnik, veterinar, boshqa mutaxassis ‎‎
10 ball ‎
‎9 ball ‎
‎8 ball ‎
‎7 ball ‎
‎5 ball ‎‎
Maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi‎‎
4‎ Xoʻjalik xodimlarining qishloq xoʻjaligidagi ish staji‎‎ 15 yil va undan yuqori
10 yildan 15 yilgacha
‎5 yildan 10 yilgacha
‎3 yildan 5 yilgacha ‎
‎1 yildan 3 yilgacha‎‎
10 ball ‎
‎9 ball ‎
‎8 ball ‎
‎7 ball ‎
‎6 ball‎‎
Mehnat daftarchasi yoki uning belgila�gan tartibda tasdiqlangan nusxasi‎‎
5 Xoʻjalik xodimlarining maʼlumoti‎‎‎ Oliy ‎
‎Oʻrta ‎maxsus
‎‎Oʻrta ‎‎
10 ball ‎ 7 ball ‎5 ball ‎‎ Maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi‎‎
6‎ Daʼvogar hisobvaragʻidagi majburiyatlardan ozod boʻlgan mavjud pul mablagʻi yoki mol-mulki‎‎ 10 mln. soʻmdan yuqori
‎5 mln. — 10 mln. soʻmgacha
‎1 mln. — 5 mln. soʻmgacha
‎500 mingdan — 1 mln. soʻmgacha ‎‎
10 ball
‎8 ball
‎6 ball
‎‎4 ball ‎‎
Bank maʼlumotnomasi. Tanlovga mol-mulk taklif etilgan taqdirda, uning bahosini va unga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat ‎‎
7‎ Daʼvogarga tegishli yaroqli texnika‎‎ Haydov traktori yoki oʻrim texnikasi. Ishlov berish traktori. Transport traktori. Yuk mashinasi. Yengil mashinasi. Boshqa qishloq xoʻjaligi texnikasi ‎ 10 ball
‎9 ball ‎
‎8 ball
‎‎2 ball
‎‎1 ball
‎‎1 ball‎
Texnik pasport‎‎
8‎ Daʼvogarning soʻnggi uch yil davomida paxta xomashyosi yetkazib berish boʻyicha shartnomalarning bajarilishi‎‎ 3 yil surunkali bajarganda
‎3 yildan 2 yil bajarganda
‎3 yildan 1 yil bajarganda ‎‎
10 ball
‎‎8 ball
‎‎6 ball ‎‎
Tuman statistika boʻlimi tomonidan berilgan maʼlumotnoma‎‎
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elita va keyingi avlodlarga mansub
urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega
boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov
oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
_________ viloyati _______ tumani ______________________________________ komissiyasi yigʻilishining‎‎
(komissiyaning nomi)‎‎ ‎

____________-SONLI BAYoNNOMASI‎‎

_____________ viloyati _________________ tumani “___” _________ 200_ yil
‎‎‎
Raislik qildi: ________________________________________________________________________________‎‎‎

‎(komissiya raisi F.I.Sh.)‎‎

Qatnashdilar: _________________________________________________________________________________‎‎‎

‎(komissiya aʼzosi F.I.Sh.)‎‎

_______________________________________________________________________________________________‎‎‎

‎(komissiya aʼzosi F.I.Sh.)‎‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
______________________________ urugʻchilik xoʻjaliklari oʻrtasida ‎oʻtkazilgan tanlov yakunlari toʻgʻrisida. ‎‎
Kun tartibidagi masala yuzasidan komissiya raisi _________________________________________________‎‎
___________________________________________________________________________ axboroti eshitildi.‎‎
___________________________________________________________________________________________‎‎
Kun tartibidagi masalani muhokama qilib, komissiya‎‎

QAROR QILADI:‎‎

__________________ urugʻchilik xoʻjaliklari oʻrtasida oʻtkazilgan tanlov yakunlari quyidagicha tasdiqlansin.‎‎
‎‎
Kun tartibi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r‎ Tanlov gʻolibining nomi‎ Maydoni, ga‎ Toʻplagan bali‎
1.‎
2.‎
3.‎
4.‎
5.‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya raisi‎ __________________________‎

__________________‎

(F.I.Sh.)‎

(imzo)‎

Komissiya aʼzolari:‎ __________________________‎

__________________‎

(F.I.Sh.)‎

(imzo)‎ ‎

Kotib‎ __________________________‎

__________________‎

(F.I.Sh.)‎

(imzo)‎ ‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 88-modda, 2007-y., 13-son, 120-modda)