Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.12.2004 yildagi 604-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GʻOʻZA URUGʻChILIGINI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatsiyalash “Sifat” markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari rahbariyati tomonidan zarur darajadagi talabchanlikning yoʻqligi natijasida gʻoʻza urugʻchiligi, yangi va istiqbolli navlarni yaratish, yuqori reproduksiyali elita va navlarni saqlab qolish, shuningdek gʻoʻzaning sifatli urugʻlik chigitini tayyorlash masalalaridagi ishlarning vujudga kelgan ahvoli qoniqarsizdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻoʻzaning yangi va istiqbolli navlari urugʻchiligi va seleksiyasi bilan shugʻullanuvchi ilmiy-tadqiqot institutlari, roʻyxatdan oʻtkazilgan navlar urugʻlarini yetishtirish boʻyicha elita-urugʻchilik xoʻjaliklari rahbarlarining intizomi va masʼuliyati pastligicha qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻoʻza urugʻlarini sanoat jihatidan tayyorlash, kalibrlash, dorilash va sortlarga ajratish, urugʻlik chigitga qoʻyiladigan boshqa talablarni bajarish bilan shugʻullanuvchi paxta tozalash zavodlarini ixtisoslashtirish ishlari tubdan yaxshilashni talab qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastlabki urugʻchilik, yangi va istiqbolli navlarni sinab koʻrish bilan shugʻullanuvchi elita-urugʻchilik xoʻjaliklari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ularning eksperimental bazalari faoliyatini tashkil etish, shuningdek ularning faoliyatini ragʻbatlantirish hamda yakuniy natija uchun javobgarligini oshirish borasida koʻplab hal etilmagan masalalar mavjud. Buning natijasida joylarda gʻoʻzani rayonlashtirish, chigit ekish va paxta xomashyosi yetishtirishda har qaysi alohida gʻoʻza naviga qoʻyiladigan agrotexnologiyaning zarur talablari va shartlari taʼminlanmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etish va gʻoʻza urugʻchiligini tashkil etishni yaxshilash, paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarni sifatli urugʻliklar bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi, istiqbolli va yuqori hosilli, kasalliklar va zararkunandalarga bardoshli, paxta tolasi parametrlari xalqaro talablarga javob beradigan yuqori sifatli boʻlgan navlarning sifatli urugʻlarini tayyorlash masalalarida texnika siyosatini oʻtkazish boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, paxta tozalash zavodlarining urugʻlarni sanoat jihatidan tayyorlash, kalibrlash, dorilash va sortlarga ajratish boʻyicha ishlari qoniqarsiz deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, birinchi navbatda Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, elita-urugʻchilik xoʻjaliklari rahbariyatining faoliyati ularning yakuniy ish natijalari boʻyicha, mazkur ishlarning paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarda qanday yoʻlga qoʻyilganligi va amalga oshirilayotganligi boʻyicha baholanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot va elita-urugʻchilik xoʻjaliklari, paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar, gʻoʻza urugʻchiligi va seleksiyasi masalasiga aloqador boʻlgan mansabdor shaxslarning yakuniy natijalar uchun aniq javobgarligini nazarda tutuvchi Nizomni tayyorlasin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻoʻzaning yangi va istiqbolli navlarini yanada yaxshilash va dastlabki urugʻchilik bilan shugʻullanuvchi eksperimental xoʻjaliklar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻoʻzaning roʻyxatdan oʻtkazilgan navlari urugʻini yetishtirish boʻyicha elita-urugʻchilik xoʻjaliklari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻoʻzaning yangi va istiqbolli navlarini yaratish boʻyicha elita-urugʻchilik xoʻjaliklari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasi (Sh.M. Mirziyoyev), “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn besh kun muddatda zavodlarning faqat texnika bilan jihozlanganligi va tayyorgarligini emas, balki ularning mintaqaviy joylashganligini va transport xarajatlarini ham hisobga olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha urugʻlik chigit yetishtirishga ixtisoslashadigan paxta tozalash zavodlarini belgilasinlar va ularning roʻyxatini tasdiqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda 2005-2006-yillarda ixtisoslashtirilgan zavodlarni zamonaviylashtirishning istiqbol dasturini tayyorlasinlar, bunda ularni urugʻlik chigitni tayyorlash, kalibrlash, dorilash va sortlarga ajratish uchun zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlashni nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, “Oʻzstandart” agentligi bir oy muddatda Gʻoʻza urugʻini sertifikatsiyalashning amaldagi tartibini qayta koʻrib chiqsinlar va uni belgilangan tartibda qayta tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 23-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
604-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-dekabrdagi 604-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻoʻzaning yangi va istiqbolli navlarini yaxshilash hamda dastlabki urugʻchilik bilan shugʻullanadigan tajriba xoʻjaliklari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fargʻona viloyati Quva tumanidagi “Oʻzbekiston” shirkat xoʻjaligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi A.Navoiy nomli shirkat xoʻjaligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi “Hazarbogʻ” shirkat xoʻjaligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi “Doʻstlik” shirkat xoʻjaligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Markaziy tajriba xoʻjaligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining respublikaning barcha viloyatlaridagi filiallari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent viloyatidan tashqari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy-tadqiqot instituti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Namangan viloyati Uychi tumanidagi “Qizil Ravot” shirkat xoʻjaligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumanidagi “Surxon” fermer xoʻjaliklari uyushmasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanidagi “Oqqoʻrgʻon” shirkat xoʻjaligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Markaziy tajriba xoʻjaligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanidagi “Konizar” shirkat xoʻjaligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent viloyati Piskent tumanidagi Doʻstbekov nomli shirkat xoʻjaligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Toshkent tajriba bazasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi “Paxtaobod” shirkat xoʻjaligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumanidagi Markaziy tajriba bazasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-dekabrdagi 604-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatdan oʻtkazilgan gʻoʻza navlari urugʻlarini yetishtiruvchi elita-urugʻchilik xoʻjaliklari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r‎

Tumanlar va xoʻjaliklar‎

Gʻoʻza navlari‎

Q‎oraqalpogʻiston Respublikasi

1.‎

Toʻrtkoʻl tumani, “Ullibogʻ” e.x.‎

Oqdaryo-6‎

‎2.

Ellikqalʼa tumani, G.Odilov nomli e.x.‎

Oqdaryo-6‎

‎3.

Amudaryo tumani, “Oq-oltin” e.x.‎

S-4727‎

‎4.

‎Xoʻjayli tumani, “Nayman” e.x.

S-4727‎

Andijon viloyati

‎5.

Andijon tumani, I.Bakirov nomli e.x.‎

‎Oqdaryo-6‎

‎6.

‎Asaka tumani, “Sharq haqiqati” e.x.

S-6524‎

‎7.

‎Baliqchi tumani, “Paxtakor” e.x.

Oqqoʻrgʻon-2‎

‎8.

‎Buloqboshi tumani, Ulugʻbek nomli e.x.

Oqdaryo-6‎

‎9.

‎Shahrixon tumani, “Boʻston” e.x.

S-6524‎

‎10.

Oltinkoʻl tumani, S.Ashurov nomli e.x.‎

S-6524‎

11.‎

Paxtaobod tumani, “Namuna” e.x.‎

S-6524‎

Buxoro viloyati

‎12.

Buxoro tumani, “Madaniyat” e.x.‎

Buxoro-6‎

‎13.

‎Buxoro tumani, “Chor bakr” e.x.

Buxoro-6‎

‎14.

Qorakoʻl tumani, “Sayyod” e.x.‎

Buxoro-6‎

‎15.

‎Romitan tumani, “Xafizobod” e.x.

Buxoro-6‎

16.‎

Gʻijduvon tumani, “Guliston” e.x.

Buxoro-6‎

17.‎

‎Gʻijduvon tumani, “Zarafshon” e.x.

Buxoro-8‎

Jizzax viloyati

‎18.

Jizzax tumani, “Zafar Diyor” e.x.‎

An-Boyovut-2‎

‎19.

‎Zarbdor tumani, “Uch buloq” e.x.

Oqdaryo-6‎

‎20.

‎Paxtakor tumani, “Semurgʻ” e.x.

An-Boyovut-2‎

‎21.

Doʻstlik tumani, “Baraka” e.x.‎

An-Boyovut-2‎

‎Qashqadaryo viloyati

22.‎

Qarshi tumani, Y.Omonov nomli e.x.‎

Buxoro-6‎

‎23.

Qarshi tumani, “Beshkent” e.x.‎

Buxoro-6‎

‎24.

Yakkabogʻ tumani, “Sohibqiron” e.x.‎

Buxoro-6‎

‎25.

Qamashi tumani, “Chim” e.x.‎

Buxoro-6‎

‎26.

Shahrisabz tumani,K.Boboyorov nomli e.x.‎

Namangan-77‎

‎27.

Kasbi tumani, A.Navoiy nomli e.x.‎

Buxoro-8‎

‎Navoiy viloyati

‎28.

Qiziltepa tumani, “Zarmiton” e.x.‎

Buxoro-6‎

‎29.

Karmana tumani, K.Rahimov nomli e.x.‎

An-Boyovut-2‎

‎30.

Xatirchi tumani, A.Xalimov nomli e.x.‎

Oqdaryo-6‎

Namangan viloyati

‎31.

Namangan tumani, K.Soliyev nomli e.x.‎

Oqqoʻrgʻon-2‎

32.‎

Mingbuloq tumani, “Gigant” e.x.‎

S-6524‎

‎33.

Chust tumani, “Sabzazor” e.x.‎

‎S-6524

‎34.

Uchqoʻrgʻon tumani, “Kaykiobod” e.x.‎

Oqdaryo-6‎

35.‎

Uychi tumani, “Uychi” e.x.‎

‎S-6524 ‎

‎‎Samarqand viloyati

36.‎

Ishtixon tumani, “Turkiston” e.x.‎

Omad‎

‎37.

Kattaqoʻrgʻon tumani, O.Mahmudov nomli e.x.‎

Oqdaryo-6‎ ‎

‎38.

Narpay tumani, “Ittifoq” e.x.‎

Oqdaryo-6‎ ‎

‎39.

Oqdaryo tumani, “Oqdaryo” e.x.‎

Oqdaryo-6‎ ‎

‎40.

‎Pastdargʻom tumani, B.Kumakov nomli e.x.

‎Oqdaryo-6‎

‎41.

‎Paxtachi tumani, Sh.Qahhorov nomli e.x.

Oqdaryo-6‎ ‎

‎42.

Jomboy tumani, Nizomatov nomli e.x.‎

Omad‎

Surxondaryo viloyati

‎43.

Angor tumani, “Navshahar” e.x.‎

Namangan-77‎

‎44.

Termiz tumani, “Doʻstlik” e.x.‎

Namangan-77‎

‎45.

Termiz tumani, “Yangiariq” e.x.‎

Termiz-31‎

‎46.

Denov tumani, “Hazarbogʻ” e.x.‎

Denov‎

‎47.

Denov tumani, Sh.Qobilov nomli e.x.‎

Oqqoʻrgʻon-2‎

‎48.

Qumqoʻrgʻon tumani,S.Boymatov nomli e.x.‎

Namangan-77‎

‎49.

Jarqoʻrgʻon tumani, N.Boymurodov nomli e.x.‎

Buxoro-6‎

Sirdaryo viloyati

50.‎

Boyovut tumani, “Eshmamat ota” e.x.‎

An-Boyovut-2‎

‎51.

Guliston tumani, “Uch qahramon” e.x.‎

An-Boyovut-2‎ ‎

‎52.

Sardoba tumani, A.Qodiriy nomli e.x.‎

Oqdaryo-6‎

‎53.

Sirdaryo tumani, A.Temur nomli e.x.‎

An-Boyovut-2‎ ‎

‎54.

‎Sirdaryo tumani, “Shodlik” e.x.

S-6524‎

‎55.

Sayxunobod tumani, “Mirzaxon” e.x.‎

‎S-6524

Toshkent viloyati

56.‎

Chinoz tumani, Oxunboboyev nomli e.x.‎

S-6524‎

‎57.

Yuqori Chirchiq tumani, “Guliston” e.x.‎

S-6524‎

‎58.

Oʻrta Chirchiq tumani, “Haqiqat yoʻli” e.x.‎

Namangan-77‎

‎59.

Oqqoʻrgʻon tumani, Oxunboboyev nomli e.x.‎

S-6524‎ ‎

Fargʻona viloyati

‎60.

Beshariq tumani, “Oʻzbekiston” e.x.‎

S-6524‎

‎61.

‎Beshariq tumani, Madaminov nomli e.x.

Namangan-77‎

‎62.

Bagʻdod tumani, “Paxtakor” e.x.‎

S-6524‎

63.‎

Buvayda tumani, “Doʻstlik” e.x.‎

S-6524‎

‎64.

Toshloq tumani, “Navbahor” e.x.‎

Toshkent-6S-‎

‎65.

Fargʻona tumani, Bobur nomli e.x.‎

S-6524‎

‎66.

Uchkoʻprik tumani, Dehqonov nomli e.x.‎

S-6524‎

‎67.

‎Oltiariq tumani, Oxunboboyev nomli e.x.

‎Namangan-77‎

Xorazm viloyati

‎68.

Gurlan tumani, “Namuna” e.x.‎

Oqdaryo-6‎

69.‎

Xonqa tumani, “Gʻalaba” e.x.‎

Xorazm-127‎

70.‎

Xiva tumani, Beruniy nomli e.x.‎

Xorazm-127‎

71.‎

Shovot tumani, “Xorazm” e.x.‎

Xorazm-127‎

‎72.

Bogʻot tumani, M.Quvaqov nomli e.x.‎

Mehnat‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-dekabrdagi 604-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻoʻzaning yangi va istiqbolli navlari urugʻlarini yetishtiruvchi elita-urugʻchilik xoʻjaliklari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r‎

Tumanlar va xoʻjaliklar‎

Gʻoʻza navlari‎

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI‎

‎1.

Chimboy tumani, Dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti‎

Chimboy-4137
‎Chimboy-5018
‎Chimboy-3184

ANDIJON VILOYATI

2.‎

Izboskan tumani, “Andijan” e.x.‎

Andijon-35
‎Andijon-36
‎Andijon 10-I
‎Andijon-40 ‎

BUXORO VILOYATI

‎3.

Kogon tumani, “Boʻston” e.x.‎

Buxoro-102‎

QAShQADARYo VILOYATI

‎4.

Kasbi tumani, S.Nasafiy nomli e.x.‎

Qarshi-8
‎Qarshi-10 Qashqadaryo-5 ‎

NAVOIY VILOYATI

‎5.

Navbahor tumani, “Narpay” e.x.‎

Baxt
‎Adolat
‎S-8284
‎S-8288 ‎

NAMANGAN VILOYATI

‎6.

Uychi tumani, “Qizil ravot” e.x.‎

S-9076
‎S-6540
‎S-7512
‎S-2610 ‎

SURXONDARYo VILOYATI

‎7.

Qumqoʻrgʻon tumani, “Besh qahramon” e.x.‎

Durugavhar
S-9082
‎At-Termiziy
‎Surxon-10 ‎

‎8.

Jarqoʻrgʻon tumani, “Surxon” e.x.‎

Surxon-9
‎Surxon-100
‎Surxon-101
Termiz-40 S-6541 ‎

TOShKENT VILOYATI

‎9.

Oqqoʻrgʻon tumani, “Oqqoʻrgʻon” e.x.‎

S-5621
‎S-4914
‎Mustaqil-1
‎Turon
‎S-6541 ‎

FARGʻONA VILOYATI

‎10.

Uchkoʻprik tumani, “Uchkoʻprik” e.x.‎

OʻzPITI-101
‎Koʻpaysin
‎AN-514
‎Tosh DAU-2 ‎

‎11.

Quva tumani, M.Rahmatov nomli e.x.

Andijon-34
‎An-16
‎S-9080
‎Navroʻz ‎

XORAZM VILOYATI

‎12.

Honqa tumani, Oxunboboyev nomli e.x.‎

Xorazm-150
‎Ilgʻor
‎AN-513 ‎

(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 520-modda)