24.02.2006 yildagi 33-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.02.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA XORIJIY DAVLATLAR OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI MUXBIRLARINING KASB FAOLIYATINI TARTIBGA SOLUVCHI ASOSIY QOIDALARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlariga ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalarga muvofiq oʻz kasb faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvchi Asosiy qoidalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvchi Asosiy qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 11-sentabrdagi 391-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 9-son, 34-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 24-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 24-fevraldagi 33-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar
ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb
faoliyatini tartibga soluvchi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ASOSIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Axborotning barcha shakllari erkin va keng tarqatilishini koʻzlab, ushbu sohadagi hamkorlikni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlari (jurnalistlari)ning faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilish asosida ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan muxbirlarning huquqiy maqomi va kasb faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida , “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, ushbu Asosiy qoidalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari qoidalari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Muxbirlik punkti (byurosi, ofisi)ni ochish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalarining muxbirlik punktlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining quyidagi hujjatlar asosida qabul qilingan qarori xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlik punktini ochish uchun asos hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor xorijiy axborot vositasi rahbariyatining Oʻzbekiston Respublikasida muxbirlik punkti ochish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri nomiga murojaatnoma xati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor ommaviy axborot vositasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma-axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining Oʻzbekiston Respublikasida manfaatdor xorijiy ommaviy axborot vositasining muxbirlik punkti ochilishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlardan dastlabki ikkitasi Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik yoki konsullik muassasalari orqali beriladi yoxud bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tegishli murojaatnoma olingan kundan boshlab ikki oydan oshmaydigan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositasi muxbirlik punktini ochish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qabul qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalarining akkreditatsiya qilingan muxbirlik punktlari reyestrini yuritadi, ularga maxsus guvohnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Xorijiy muxbirlarni akkreditatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining quyidagi hujjatlar asosida qabul qilingan qarori xorijiy davlat ommaviy axborot vositalarining vakillarini doimiy xorijiy muxbir sifatida akkreditatsiya qilish uchun asos hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor xorijiy axborot vositasi rahbariyatining Oʻzbekiston Respublikasida muxbirlik punkti ochish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri nomiga murojaatnoma xati. Xatga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor ommaviy axborot vositasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma-axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya qilinadigan xorijiy muxbirning tarjimai holi maʼlumotlari va tegishli namunadagi toʻrtta fotosurati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaat xati Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik yoki konsullik muassasalari orqali beriladi yoxud bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Doimiy xorijiy muxbirni akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror tegishli murojaatnoma olingan kundan boshlab ikki oydan koʻp boʻlmagan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qabul qilinadi. Akkreditatsiya qilingan muxbir Oʻzbekiston Respublikasiga kelgach, unga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi doimiy xorijiy muxbir sifatida akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida 2 yil muddatgacha amal qiladigan guvohnoma beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vaqtinchalik xorijiy muxbirni akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri nomiga xorijiy davlatning tegishli ommaviy axborot vositasi rahbariyatining yozma murojaatnomasi taqdim etilgandan keyin ikki haftadan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qabul qilinadi. Ijobiy qaror qabul qilingach Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi akkreditatsiya qilingan muxbirga vaqtinchalik xorijiy muxbir sifatida akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida olti oygacha amal qilish muddati bilan guvohnoma beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi akkreditatsiya qilingan doimiy xorijiy muxbirlarning oila aʼzolariga xorijiy muxbirning oila aʼzolari kartochkasini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Manfaatdor xorijiy ommaviy axborot vositasi rahbariyati Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga uning akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati oʻtgungacha ikki oydan kechikmay muxbirni akkreditatsiya qilinganlik muddatini uzaytirish haqida iltimos bilan murojaat qilishga haqlidir, aks holda akkreditatsiya qilish belgilangan tartibda toʻxtatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma yoʻqotib qoʻyilgan taqdirda xorijiy muxbir bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar qilishi shart. Dublikat berish masalasi ikki hafta mobaynida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Akkreditatsiya muddati tugagan, takroriy akkreditatsiya qilingan yoki akkreditatsiya muddatidan oldin toʻxtatilgan hollarda doimiy yoki vaqtinchalik akkreditatsiya qilingan xorijiy muxbirlar akkreditatsiya qilinganlik toʻgʻrisida ilgari berilgan guvohnomani Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga topshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijiy muxbirni akkreditatsiya qilishni Oʻzbekiston Respublikasining tegishli qonunlari yoki ushbu Asosiy qoidalar asosida rad etishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bunday qarorning sabablari toʻgʻrisida xorijiy muxbirni yozma ravishda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkaziladigan xalqaro yoki milliy darajadagi turli tadbirlar (kongresslar, simpoziumlar, syezdlar, anjumanlar, seminarlar va shu kabilar)ni yoritish uchun taklif qilingan xorijiy davlat ommaviy axborot vositasi vakili Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida vaqtinchalik xorijiy muxbir sifatida akkreditatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Xorijiy muxbirlarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishi va bu yerda boʻlishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Xorijiy muxbirlarga kelish vizalari Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ularni doimiy yoki vaqtinchalik xorijiy muxbirlar sifatida akkreditatsiya qilishga roziligiga koʻra beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya qilingan doimiy xorijiy muxbirlarga manfaatdor xorijiy ommaviy axborot vositasining murojaatnomasi asosida, konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmasdan, akkreditatsiya muddatiga koʻp martalik vizalar rasmiylashtiriladi. Koʻp martalik vizalar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi koʻrsatmasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida esa — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Doimiy yoki vaqtincha akkreditatsiya qilingan xorijiy muxbir vaqtincha almashtirilgan taqdirda (taʼtil, kasallik, boshqa mamlakatlarga xizmat safarlari va hokazolar) viza berish toʻgʻrisidagi masala tegishli murojaatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga tushgan kundan boshlab ikki hafta muddatda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Xorijiy muxbirlarning asosiy huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Chet el fuqarosi boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻladigan akkreditatsiya qilingan xorijiy muxbirlar va ularning oila aʼzolari muxbirning kasb faoliyati davrida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadilar va majburiyatlarni bajaradilar. Xorijiy muxbirlarning huquq va majburiyatlari shuningdek manfaatdor davlatlar bilan oʻzaro ahdlashuv asosida ikki tomonlama tartibda boshqarilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Akkreditatsiya qilingan doimiy xorijiy muxbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik servis xizmatlaridan xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonlari maʼmuriy-texnik xodimlari bilan teng shartlarda foydalanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplomatik servis xizmati akkreditatsiya qilingan doimiy xorijiy muxbirlarning iltimosi boʻyicha ular faoliyatining zarur shart-sharoitlarini taʼminlash bilan bogʻliq amaliy masalalarga oid axborotlarni taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Akkreditatsiya qilingan xorijiy muxbirlar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga shaxsiy foydalanish, shuningdek kasb faoliyatini amalga oshirish uchun moʻljallangan buyumlarni, akkreditatsiya qilish muddati tamom boʻlgandan keyin ularni Oʻzbekiston Respublikasidan qaytarib olib chiqib ketish majburiyati bilan, bojxona toʻlovlari toʻlamasdan olib kirishlari mumkin, bojxonada rasmiylashtirish va bojxona omborida saqlash yigʻimlari bundan mustasno. Akkreditatsiya qilingan xorijiy muxbirlar tomonidan olib kiriladigan avtotransport vositalarini bojxonada rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar va transport vositalarini chetdan vaqtincha olib kelish shartlari toʻgʻrisida” 2004-yil 17-avgustdagi 399-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Akkreditatsiya qilingan xorijiy muxbir xorijiy davlatning oʻzi vakili boʻlgan ommaviy axborot vositasiga ogʻzaki, yozma yoki audiovizual xususiyatga ega boʻlgan axborotni xorijiy mamlakatlar bilan aloqa qilishning Oʻzbekiston Respublikasidagi mavjud kanallari orqali berish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Xorijiy muxbirning huquqlari, shaʼni va qadr-qimmati qonun bilan qoʻriqlanadi. Davlat xorijiy muxbirga axborotni erkin olish va tarqatishni kafolatlaydi, uni kasb faoliyatini amalga oshirish paytida himoya qilishni taʼminlaydi. Akkreditatsiya qilingan xorijiy muxbirning kasb faoliyatiga aralashish, undan oʻz kasb majburiyatlarini bajarish chogʻida olingan biror-bir maʼlumotlarni talab qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijiy muxbirlar tomonidan “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori, mazkur Asosiy qoidalar yoki ommaviy axborot vositalari sohasidagi boshqa qonun hujjatlari buzilgan taqdirda ogohlantirishi yoki uning akkreditatsiyasini muddatidan oldin toʻxtatishi, yoki kirish vizasini bekor qilishi, shuningdek respublikadan chiqarib yuborishgacha taʼsir koʻrsatish maʼmuriy choralarini koʻrishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya qilingan xorijiy muxbirlarga mavjud konstitutsiyaviy tuzumni zoʻravonlik bilan oʻzgartirishga, Oʻzbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini buzishga daʼvat etish, urush va zoʻravonlikni, shafqatsizlik, milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib qilish taqiqlanadi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlariga aralashish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaʼni va qadr-qimmatini kamsitish, ularning shaxsiy hayotiga aralashish va qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka olib keladigan boshqa xatti-harakatlarni sodir etish taqiqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini buzishda aybdor boʻlgan xorijiy muxbirlar va ularning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya olmagan xorijiy muxbirlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi kasb faoliyati taqiqlanadi va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Xorijiy muxbirlar sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlik punktlarining texnik xodimlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bildirishnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq organlarida belgilangan tartibda hisobga turadilar, oʻz daromadlari toʻgʻrisida deklaratsiya toʻldiradilar va soliq organlariga jurnalistlik faoliyatidan olinadigan daromadlardan soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish va toʻlash bilan bogʻliq bank hujjatlari va maʼlumotlarni topshiradilar. Soliq haqidagi qonunlar buzilganligi uchun koʻrsatib oʻtilgan shaxslar va ularning ish beruvchilari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya olmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari sifatidagi kasb faoliyati taqiqlanadi va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Xorijiy muxbirlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida yurishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Akkreditatsiya qilingan xorijiy muxbirlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida erkin yurish huquqiga ega, borish uchun yopiq boʻlgan yoki maxsus ruxsatnomani talab etadigan joylar bundan mustasno. Xorijiy muxbir Oʻzbekiston Respublikasi hududida yurishda akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani oʻzi bilan olib yurishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Texnik xodimlar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Akkreditatsiya qilingan muxbirlik punktlari va xorijiy muxbirlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Diplomatik servis xizmati orqali texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar sifatida ishga yollashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Akkreditatsiya qilingan xorijiy muxbirlik punkti va xorijiy muxbir texnik xodimlarining va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarining jurnalistlik faoliyat bilan shugʻullanishi taqiqlanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 9-son, 65-modda; 2016-y., 25-son, 308-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2018-y., 09/18/207/0920-son, 25.10.2018-y., 09/18/859/2096-son, 03.06.2019-y., 09/19/453/3232-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 26.01.2026-y., 09/26/26/0076-son)