Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 17.01.2006 yildagi 6-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OSIYO TARAQQIYOT BANKI IShTIROKIDA “GULISTON, JIZZAX VA QARShI ShAHARLARINING SUV TA’MINOTI TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh” LOYIHASINI AMALGA OShIRIShNING AYRIM MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlarining suv ta’minoti tizimini takomillashtirish” loyihasini samarali va o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlash, shuningdek uni birgalikda moliyalashtirish bo‘yicha majburiyatlarni bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlarining suv ta’minoti tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtirish kengashining yangilangan tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlarining suv ta’minoti tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 26-martdagi 98-son qaroriga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 4-bandning uchinchi xatboshi va qarorga 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2006-2007-yillarga investitsiya dasturlarini shakllantirishda Loyihani moliyalashtirishda O‘zbekiston Respublikasining yetmagan ulushini qoplash uchun markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalarning har yilgi umumiy limiti doirasida mablag‘larni nazarda tutsinlar”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida erishilgan kelishuvga, O‘zbekiston Respublikasining Soliq va Bojxona kodekslariga muvofiq Loyiha doirasida investitsiya davri mobaynida bevosita yetkazib beruvchilar va pudratchilardan xarid qilinadigan tovarlar (bajariladigan ishlar, xizmatlar) Hukumatning Loyihani amalga oshirishdagi ulushi sifatida soliq to‘lovlari, davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar va bojxona to‘lovlari (yagona ijtimoiy to‘lov va bojxonada rasmiylashtirish uchun yig‘imlar bundan mustasno) to‘lashdan ozod qilinishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Loyihani amalga oshirish doirasida pudratchilar 2008-yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrda buyurtmachi to‘lashi uchun taqdim qilinadigan bajarilgan ishlar hajmiga, istisno tariqasida, qo‘shilgan qiymat solig‘ining nul stavkasini qo‘llaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zkommunxizmat” agentligi Loyihani amalga oshirishda, shu jumladan Loyiha doirasida qo‘llangan soliq imtiyozlari va afzalliklari hisobiga Hukumat ulushining qat’iy hisobi yuritilishini ta’minlasin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga 10-ilova;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash hamda ba’zilariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 13-modda) 2-ilova 36-bandining yettinchi xatboshi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Ayrim respublika komissiyalari va kengashlari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 7-noyabrdagi 244-son qaroriga 1-ilova 10-bandining oltinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari N.M. Xanov va V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 17-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 17-yanvardagi
6-son qaroriga
ilova
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlarining suv ta’minoti tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtirish kengashi tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mirziyoyev Sh.M.‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi‎
Xanov N.M.‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, komissiya
‎raisi o‘rinbosari‎
To‘laganov Sh.O.‎ —‎‎ Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari‎
Abdurahmonov M.S.‎ —‎‎ Moliya vazirining o‘rinbosari‎
Hasanov S.S.‎ —‎‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining o‘rinbosari‎
lavozimiga ko‘ra ‎ —‎‎ Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari‎
Jo‘rayev K.X.‎ —‎‎ Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari‎
Mamadiyorov E.K.‎ —‎‎ Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari‎
Isroilov D.I.‎ —‎‎‎ Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish
‎va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti bosh
‎mutaxassisi‎
Xolmuxamedov O‘.O.‎ —‎‎‎ “O‘zkommunxizmat” agentligining bosh direktori, komissiya mas’ul kotibi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda Kengash tarkibiga ularning o‘rniga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 3-son, 13-modda)