O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlarining suv ta’minoti tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, tarmoqning ishlab chiqarish infratuzilmasini zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash, mintaqalar aholisini sifatli ichimlik suvi ta’minlashni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Direktorlar Kengashi “Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlarining suv ta’minoti tizimini takomillashtirish” loyihasini (keyingi o‘rinlarda “Loyiha” deb ataladi) amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga to‘lov muddati 25 yil, shu jumladan imtiyozli davri besh yil bo‘lgan kredit berilishini ma’qullaganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
Osiyo taraqqiyot bankining krediti O‘zbekiston Respublikasiga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi kredit bitimi asosida beriladi;
“O‘zkommunxizmat” agentligi kredit mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi hamda loyihaning amalga oshirilishi uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
investitsiya davri (2002 — 2006-yillar)da foizlar va vositachilik haqi Osiyo taraqqiyot bankining krediti hisobiga qoplanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
2007-yil 1-yanvardan boshlab asosiy qarzni qoplash, kredit bo‘yicha vositachilik haqi va foizlar to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlari “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmalari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi yetishmayotgan qismi esa — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobiga.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda —O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2008-yildan boshlab har yili Davlat budjetini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan OTB krediti bo‘yicha asosiy qarzni, foizlar va vositachilik haqi to‘lashga yetishmayotgan qismiga mablag‘lar nazarda tutiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
3. Sirdaryo, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari va kommunal-foydalanish birlashmalari, Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlari hokimliklari “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmalarining o‘z mablag‘lari, budjetdan tashqari jamg‘armalar hamda viloyatlar va shaharlar budjetlari zaxira jamg‘armalari, shuningdek manfaatdor korxonalar va tashkilotlar mablag‘lari hisobiga Loyihani moliyalashtirishda qatnashishni ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-sentabrdagi 217-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-sentabrdagi 217-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 17-yanvardagi 6-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2006-y., 3-son, 13-modda)
4. Loyiha bo‘yicha batafsil texnik-iqtisodiy hamda muhandislik-loyiha hujjatlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda kredit mablag‘larini jamlash va qaytarish tartibi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi uchun mas’uliyat “O‘zkommunxizmat” agentligiga yuklansin.
5. Quyidagilar:
Moliya vaziri O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Osiyo taraqqiyot banki bilan Kredit bitimini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan “O‘zkommunxizmat” agentligi o‘rtasidagi Qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni imzolashga;
“O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktori “O‘zkommunxizmat” agentligi bilan Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi Loyiha bitimini, shuningdek Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlari hokimliklari bilan kelishgan holda ko‘rsatib o‘tilgan shaharlarning “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmalari bilan Qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimlarni imzolashga vakil qilinsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi Kredit bitimi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan “O‘zkommunxizmat” agentligi o‘rtasidagi Qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha bir hafta muddatda yuridik xulosa bersin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2006 — 2010-yillarga investitsiya dasturlarini shakllantirishda, loyihani moliyalashtirishda O‘zbekiston Respublikasining yetmagan ulushini qoplash uchun markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalarning har yilgi umumiy limiti doirasida mablag‘larni nazarda tutsinlar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-sentabrdagi 217-sonli qarori tahririda)
8. “O‘zkommunxizmat” agentligi bir oy muddatda belgilangan tartibda 7 kishidan iborat Loyihani boshqarish guruhini tashkil etsin, shuningdek Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlari hokimliklari bilan kelishgan holda joylarda har biri 5 kishidan iborat Loyihani amalga oshirish guruhlarini tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida erishilgan kelishuvga, O‘zbekiston Respublikasining Soliq va Bojxona kodekslariga muvofiq Loyiha doirasida investitsiya davri mobaynida bevosita yetkazib beruvchilar va pudratchilardan xarid qilinadigan tovarlar (bajariladigan ishlar, xizmatlar) Hukumatning Loyihani amalga oshirishdagi ulushi sifatida soliq to‘lovlari, davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar va bojxona to‘lovlari (yagona ijtimoiy to‘lov va bojxonada rasmiylashtirish uchun yig‘imlar bundan mustasno) to‘lashdan ozod qilinishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda Loyihani amalga oshirish doirasida pudratchilar 2011-yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrda buyurtmachi to‘lashi uchun taqdim qilinadigan bajarilgan ishlar hajmiga, istisno tariqasida, qo‘shilgan qiymat solig‘ining nul stavkasini qo‘llaydilar.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
“O‘zkommunxizmat” agentligi Loyihani amalga oshirishda, shu jumladan Loyiha doirasida qo‘llangan soliq imtiyozlari va afzalliklari hisobiga Hukumat ulushining qat’iy hisobi yuritilishini ta’minlasin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 17-yanvardagi 6-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 3-son, 13-modda)
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zkommunxizmat” agentligining buyurtmanomalariga binoan mazkur Loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda kirish vizalari konsullik yig‘imlari undirmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zkommunxizmat” agentligining buyurtmanomalariga binoan Loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga, ularni davlat bojlari to‘lashdan ozod qilgan holda, ko‘p martalik vizalarning berilishini va muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishini va ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 26-mart,
98-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 17-yanvardagi 6-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 3-son, 13-modda)