18.01.2006 yildagi PQ-262-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshshahartransxizmat” uyushmasi hamda Toshkent shahar hokimligi yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshshahartransxizmat” uyushmasi hamda Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti faoliyatining samarali tashkil etilishini ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 9-oktabrdagi PQ-2048-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 545-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Toshshaharyulovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasini tugatish bo‘yicha komissiya tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatish komissiyasi ikki oy muddatda belgilangan tartibda “Toshshaharyo‘lovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasini tugatish ishlarini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshelektrotrans” davlat kompaniyasi, “Toshpasremservis” aksiyadorlik kompaniyasi ustav fondini ular tarkibiga kiruvchi korxonalar mulkidagi davlat ulushi qiymati hisobiga shakllantirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5525-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Toshkent shahar hokimligi va “Toshshahartransxizmat” uyushmasining har bir transport tashkilotida yillik xarajatlar umumiy hajmining 5 foizi miqdori doirasida Rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi matnlarda Jamg‘arma deb ataladi) tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning daromadlari ish haqi fondini tejash, yo‘lovchilarni tashishdan tushadigan daromadlar bo‘yicha belgilangan prognozni ortig‘i bilan bajarish tufayli hosil bo‘ladigan mablag‘lar, asosiy bo‘lmagan xo‘jalik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etish uchun tegishli korxona rahbari boshchiligida va kasaba uyushmasi tashkiloti vakillari ishtirokida har bir transport korxonasi huzurida maxsus Kengashlar tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi bir oy muddatda transport korxonasi haydovchilarini rag‘batlantirish va moddiy-texnik rivojlantirish mablag‘laridan foydalanish nisbatini aniqlagan holda Rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni, shuningdek, Uyushma va uning tarkibiga kiruvchi korxonalar xodimlarining ish haqi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-ilovaga muvofiq bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarini O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tasarrufiga o‘tkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar, Amir Temur ko‘chasi, 6-uyda joylashgan bino (mulk va jihozlar)ni “Toshshaharyo‘lovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasi balansidan “Toshshahartransxizmat” uyushmasi balansiga o‘tkazsin va mazkur binoga Uyushmaning, “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshelektrotrans” davlat kompaniyasi va “Toshpasremservis” aksiyadorlik kompaniyasining ijroiya apparati joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qarorga muvofiq, “Toshshahartransxizmat” uyushmasining balansdan balansga o‘tkaziladigan asosiy vositalari qiymati daromad (foyda) va qo‘shilgan qiymat soliqlari solish obyekti hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Shahar yo‘lovchi transportining uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror 2006-yilning 20-fevralidan amalga kiritilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi, Toshkent shahar hokimligi, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida yo‘lovchi transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2006-yil 11-yanvardagi PF-3713-son Farmoniga va ushbu qarorga qatiy amal qilgan holda jamoat transportini boshqarishning takomillashtirilgan tizimini joriy etishga, shuningdek, transport xizmati jarayoni qatnashchilarining aniq ishlashi va hamkorlik qilishiga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti faoliyati, shuningdek, Toshkent shahrida yo‘lovchilar tashish bozorini tartibga solish bilan bog‘liq normativ hujjatlar tasdiqlanishini hisobga olgan holda ushbu qaror bajarilishini tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasining ba’zi qonun hujjatlariga 8-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 18-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ–262-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-yanvardagi PQ-262-son qaroriga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshshaharyo‘lovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasini tugatish bo‘yicha komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

N.M. Xanov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Komissiya raisi

B.B. Ashrafxanov

moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

U.U. Rozikulov

iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari

N.E. Najimov

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi vazirining birinchi o‘rinbosari

A.A. Abduvaliyev

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘i

I.G. Yakovlev

Davlat mulki qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

E.F. Gadoyev

Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

E.S. Kanyazov

adliya vazirining o‘rinbosari

Sh.Sh. Shomansurov

“O‘zavtosanoat” uyushmasi raisining o‘rinbosari

R.J. Usmanov

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari

K.K. Rustamov

“O‘zsanoatqurilishbank” boshqaruvi raisi

R.A. Gulyamov

Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari

Sh.Sh. Muxamedjanov

“Toshshaharyo‘lovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi

A.N. Axmedova

“Toshshaharyo‘lovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasi bosh buxgalteri

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-yanvardagi PQ-262-son qaroriga
7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tasarrufiga o‘tkaziladigan bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Tramvaychi” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Avtomobilchi” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Strelsov nomidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 3-son, 12-modda, 28-29-son, 269-modda; 2013-y., 41-son, 545-modda; 2016-y., 39-son, 460-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)