Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 11.01.2006 yildagi PF-3713-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 29.08.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida yoʻlovchi transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda Toshkent shahri aholisiga transport xizmati koʻrsatishni yaxshilash boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Avtobuslar parki izchil yangilanmoqda, servis xizmati tarmogʻi tashkil etilgan va bu yoʻlovchilar tashish xavfsizligini oshirish imkonini bermoqda. Shahar yoʻlovchi transportining yangi, muntazam yoʻnalishlari ochildi, metropolitenning Yunusobod yoʻnalishi ishga tushirilishi taʼminlandi, xususiy yoʻlovchi tashuvchilar koʻrsatayotgan xizmatlar hajmini oshirish imkonini beradigan qonunchilik va meʼyoriy-huquqiy baza yaratildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, jamoat transportida aholiga xizmat koʻrsatish tizimida bozor mexanizmlarini joriy etish jarayoni sust bormoqda. Xususiy yoʻlovchi tashuvchilarning tender savdolarida ishtirok etishida va yoʻlovchilarga transport xizmati koʻrsatishidagi turli cheklashlar transport xizmatlari bozori rivojiga toʻsqinlik qilmoqda. “Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasida korxonalarning nizom jamgʻarmasidagi davlat ulushini qisqartirish boʻyicha maqsadli ishlarning amalga oshirilmayotgani avtobus parklari, haydovchilar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, yoʻnalishlarda vaqtida va ishonchli harakatlanish hamda harakatlanuvchi tarkibni saqlash va yoʻlovchi tashish tannarxini pasaytirish borasidagi mustaqilligi, moddiy manfaatdorligi va masʼuliyatini oshirish imkonini bermayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri aholisiga transport xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish, barcha mulkchilik shaklidagi yoʻlovchi tashuvchilar oʻrtasida oshkora raqobat uchun qulay sharoit yaratish, koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifat standartlariga mos boʻlishi va yoʻnalishlarda harakat jadvallariga rioya etish darajasini oshirish, yoʻlovchi tashishlar boʻyicha buyurtmachi va pudratchi vazifalarini aniq belgilash, yoʻlovchi transporti xodimlari moddiy manfaatdorligini kuchaytirish, noishlab chiqarish va maʼmuriy-boshqaruv xarajatlarini kamaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasi Kengashining mazkur kompaniyani tugatish toʻgʻrisidagi qarori maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 11-oktabrdagi PF-4573-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 544-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 11-oktabrdagi PF-4573-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 544-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 11-oktabrdagi PF-4573-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 544-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Toshshahartransxizmat” uyushmasi avtobus parklarining davlat aktivlarini xususiy mulk sifatida sotish mexanizmini ishlab chiqish boʻyicha Ishchi komissiya 2-ilovaga* muvofiq tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi komissiya bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006—2010-yillar mobaynida “Toshavtobustrans” kompaniyasi avtobus parklarining davlatga tegishli aksiyalar paketlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan jalb etilgan xorijiy kreditlar hisobiga xarid qilingan avtobuslarni, mulk qiymatini baholash, sotish bosqichlari, toʻlov jadvallari va investorlarning davlat aktivlarini sotib olishdan manfaatdorligini oshirishga yordam beruvchi mexanizmlarni koʻzda tutgan holda, xususiy mulk qilib sotish tartibi toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon tajribasini oʻrganish asosida, yoʻl haqi toʻlashni soddalashtirish, mablagʻlarni toʻliq yigʻib olish va xizmat koʻrsatishdan tushgan pulni yashirishdan iborat suiisteʼmolliklarning oldini olishga alohida eʼtibor qaratgan holda, jamoat transportida yoʻl haqini toʻlash tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin va kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5525-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Toshkent shahar hokimligi jamoat yoʻlovchi transportini qayta tashkil etish va isloh qilish boʻyicha mazkur Farmonda koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishda shahar transportida yoʻlovchi tashish tariflari oshishining oldini olishga qaratilgan barcha choralarni koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshshahartransxizmat” uyushmasi va Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti faoliyatini tashkil etish masalalari boʻyicha qaror loyihasini kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtobus parklari va elektr transporti korxonalari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha komissiya tuzsin, uni oʻtkazish muddatlari, attestatsiyadan oʻtadigan shaxslar hamda xizmat vazifalari bajarilishini baholash mezonlarini belgilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 11-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-3713-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 2-son, 6-modda; 2013-y., 41-son, 544-modda)