27.12.2005 yildagi PQ-244-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2006-YILGI ASOSIY MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLARI PROGNOZI VA DAVLAT BUDJETI PARAMETRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi Davlat budjeti to‘g‘risida” 2005-yil 2-dekabrdagi 99-1-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi Davlat budjetining asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining, Respublika yo‘l jamg‘armasining, budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasining 2006-yilgi asosiy parametrlari 3—5-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1—5 ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2006-yilgi Davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,5 foiz miqdorida belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish faqat noinflyatsion manbalar, shu jumladan davlat obligatsiyalarini joylashtirishdan tushumlar, respublika budjeti mablag‘larining 2006-yil boshidagi qoldiqlari va tashqi qarz jalb qilish hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2006-yil uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslardan daromad (foyda) solig‘i stavkalari 6-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yalpi daromaddan soliq stavkalari 7-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkalari 8-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun yalpi tushumdan yagona soliq stavkalari 9-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo‘yicha belgilab qo‘yilgan soliqlar stavkalari 10 va 11-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxat bo‘yicha respublikada ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan tovarlardan aksiz solig‘i stavkalari 12-1 va 12-2-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 13-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 14-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
katodli (tozalangan) mis ishlab chiqarishdan olingan ortiqcha foydadan soliq stavkalari 15-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslardan olinadigan mulk solig‘i stavkalari 16-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslardan olinadigan mulk solig‘i stavkalari 17-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona yer solig‘i stavkalari 18-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona yer solig‘ini qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda to‘lashga o‘tgan to‘lovchilar uchun yagona yer solig‘i stavkalari 19-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona yer solig‘i to‘lashga o‘tmagan to‘lovchilar uchun yer solig‘i stavkalari 20-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy soliqlar va yig‘imlar stavkalari 21-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar va yig‘imlar stavkalari 22 va 23-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-ilovaga* muvofiq belgilangan soliqqa tortish obyektlarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga 0,7 foizi miqdorida hamda Maktab ta’limi jamg‘armasiga — 1 foizi miqdorida majburiy ajratmalar stavkalari tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 6—24 -ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2006-yilda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 foiz miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning ish haqidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy sug‘urta badallari stavkasi 2,5 foiz miqdorida;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid, ta’minot-sotish, brokerlik faoliyati, shuningdek komission shartnomalar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq yalpi daromadning 30 foizi miqdoridagi stavka bo‘yicha saqlab qolinsin, qimmatli qog‘ozlar bozorida brokerlik faoliyatini yuritayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno, ular yalpi daromadning 10 foizi miqdoridagi stavka bo‘yicha yagona soliq to‘laydilar.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 15-noyabrdagi PF–3818-son Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 452-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda Yagona soliqni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 2006-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan dividendlar va foizlar tarzida olinadigan daromadlardan soliq stavkalari 15 foizdan 10 foizgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona ijtimoiy to‘lov stavkalari, mablag‘lar budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi o‘rtasida 25-ilovada* keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlangan holda, 31 foizdan 25 foizgacha pasaytirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 25 -ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yagona ijtimoiy to‘lov stavkasini pasaytirish natijasida hosil bo‘lgan mablag‘larni xodimlarning ish haqini oshirishga yo‘naltirish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2006-yil 1-yanvardan boshlab respublika ishlab chiqaruvchi korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan suyultirilgan gaz uchun, qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab chiqiladigan 21 foiz miqdorida aksiz solig‘i joriy etilsin, “O‘ztransgaz” AK mintaqalararo unitar korxonasi tomonidan aholiga sotiladigan gaz hajmi bundan mustasno.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-oktabrdagi PF–3811-son Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 43-44-son, 424-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 2006-yil 1-yanvardan boshlab Andijon, Buxoro va Xorazm viloyatlari qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun, eksperimentni davom ettirish doirasida, qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda yagona yer solig‘ini hisoblab chiqish tatbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatini yagona yer solig‘ini hisoblab chiqish uchun Andijon, Buxoro va Xorazm viloyatlarining barcha qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga belgilangan tartibda yetkazsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining barcha darajadagi mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va mas’uliyatini oshirish, mahalliy budjetlarning Davlat budjetidagi ulushini ko‘paytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlariga belgilab qo‘yiladigan soliq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada ishlab chiqariladigan alkogolli mahsulotlar, spirt, pivo va o‘simlik yog‘iga aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar to‘liq miqdorda mahalliy budjetlar daromadlariga o‘tkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. 2006-yil uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlar va xarajatlar hajmlari, respublika budjetidan dotatsiyalar va maqsadli subvensiyalarning cheklangan miqdorlari 26-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga umumdavlat soliq tushumlaridan ajratmalar normativlari 27-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining naqd pul kassa aylanmasining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlari 28-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 26—28 ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli budjetlarga dotatsiyalar, maqsadli subvensiyalar va budjet ssudalari (daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlari uchun) ajratishda ularning miqdorlarini hududlar bo‘yicha barcha soliqlar va to‘lovlarning to‘liq tushishidan, shuningdek budjetning birinchi navbatdagi xarajatlarini (hisoblab yozilgan ish haqi, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtiriladigan to‘lovlarni) so‘zsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika budjetidan Samarqand viloyati mahalliy budjetiga beriladigan daromadlarning tasdiqlangan miqdorlariga, “O‘zBAT” qo‘shma korxonasidan Samarqand viloyatida shakllanadigan soliq tushumlarini hisobga olgan holda, respublika budjeti bilan Samarqand viloyati mahalliy budjeti o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob qilish orqali daromadlar va xarajatlar o‘rtasida vujudga keladigan kassa bo‘yicha tafovutlarni tartibga solgan holda aniqlashtirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zagromashservis” uyushmasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasini hamda mashina texnologiyalarini sinash va sertifikatlash markaziga ajratiladigan budjet mablag‘larini, uni 2010-yildan boshlab to‘liq o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlashga o‘tkazish uchun, bosqichma-bosqich har yili 15 foizga qisqartirib borishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. 2006-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining zaxira jamg‘armalari miqdorlari 29-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*29 ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Belgilab qo‘yilsinki, 2006-yilda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan yoki uning kafolati ostida jalb qilinadigan xorijiy kreditlar hajmi 2005-yildagi xorijiy kreditlar bo‘yicha asosiy qarzni to‘lash hajmidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Samarqand viloyatida Davlat budjeti ijrosini g‘azna tizimiga o‘tkazish, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Buxoro, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo, Xorazm viloyatlarida va Toshkent shahrida joylashgan budjet tashkilotlari uchun budjetning g‘azna ijrosini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirishni davom ettirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yilgi davlat budjeti loyihasini taqdim etish bilan bir vaqtda Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarining 2008-2009-yillar uchun maqsadli yo‘nalishlarini taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi bajarilishini va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosini tahlil etish natijalari bo‘yicha, zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti asosiy parametrlarini Davlat budjetining belgilangan taqchilligi doirasida aniqlashtirishga doir takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2005-yilning asosiy ko‘rsatkichlarini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti daromadlarini 3330 mlrd so‘m, xarajatlarini 3420 mlrd so‘m miqdorida hamda budjet taqchilligi hajmini yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 0,6 foizgacha kamaytirgan holda aniqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini daromadlar bo‘yicha 990,4 mlrd so‘m va xarajatlar bo‘yicha — 979,6 mlrd so‘m miqdorida aniqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2006-yil yanvar oyida 2005-yil uchun barcha darajalardagi budjetlar bilan yakuniy aylanmalar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarni tartibga solishga doir operatsiyalarni, 2005-yilgi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotda o‘tkazilgan operatsiyalarni aks ettirgan holda, o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 31-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ilgari chiqarilgan normativ hujjatlarini bir hafta muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 27-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ–244-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi
PQ–244-son qaroriga
30-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-yanvardan boshlab o‘z kuchini yo‘qotayotgan qarorlari ro‘yxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 20-oktabrdagi 481-son qarorining 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga o‘tgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga soliq solish tartibi to‘g‘risida” 1998-yil 15-apreldagi 159-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qurilish materiallari sanoati korxonalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 20-maydagi 255-son qarorining 3-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga o‘tgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga soliq solish tartibi to‘g‘risida” 1998-yil 15-apreldagi 159-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida” 1999-yil 11-noyabrdagi 493-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 2-oktabrdagi 380-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2001-yil 27-iyundagi 276-son qaroriga ilovaning 9-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2002-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2001-yil 31-dekabrdagi 490-son qaroriga 31-ilovaning 4-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 23-sentabrdagi 328-son qaroriga 5-ilovaning 8-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2003-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qaroriga 26-ilovaning 2 va 6-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 16-iyundagi 270-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 2003-yil 21-avgustdagi 361-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi daromadlarini shakllantirish va mablag‘larini sarflash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandi “e” kichik bandining to‘rtinchi xatboshi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Xalq Komissarlari Sovetining 1945-yil 7-avgustdagi 1370-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2004-yilgi Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qaroriga 27-ilovaning 5-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qaroriga ilovaning 7-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qaroriga 22-ilova va 32-ilovaning 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 15-avgustdagi 198-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi
PQ–244-son qaroriga
31-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2006-yil 1-yanvardan boshlab kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ro‘yxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy qo‘llanish tartibi to‘g‘risida” 1994-yil 26-dekabrdagi 621-son qarorining 8-bandi ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan” so‘zlari “xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.2.1-banddagi “bajarilgan ishni hisobga olish bo‘yicha dastlabki hujjatlarda” so‘zlari “xo‘jalik yurituvchi subyektni mukofotlash to‘g‘risidagi nizomlarda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1.2.5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2.1.2.5. Inventarlar va xo‘jalik buyumlari qiymatini hisobdan chiqarish xarajatlari hamda ularni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatda saqlash (ta’mirlash, yuvish, tuzatish, dezinfeksiya qilish va h. k.) bilan bog‘liq boshqa xarajatlar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1.2.14; 2.1.2.15; 2.1.2.16-bandlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3.8.2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2.3.8.2. Bir marta beriladigan mukofotlar, yil davomidagi ish yakunlari bo‘yicha rag‘batlantirishlar, uzoq muddat ishlaganlik uchun rag‘batlantirish va to‘lovlar, shu jumladan xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z qaroriga ko‘ra natura bilan to‘lovlar, shuningdek yagona ijtimoiy to‘lov summasi, ular bo‘yicha hisoblangan haq”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1.21-2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1.21-2. Davlat mulkini boshqarish bo‘yicha boshqaruvchi kompaniyalar, davlat ishonchli boshqaruvchilari va ishonchli boshqaruvchilar mukofotlari va xizmatlar haqi, shuningdek boshqa professional boshqaruvchi kompaniyalar mukofotlari bo‘yicha xarajatlar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1.28-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1.28. Bayramlar va atoqli sanalar, ijtimoiy faoliyatdagi yutuqlar munosabati bilan xodimlarni rag‘batlantirish hisoblanadigan bir martalik mukofotlar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 1.14., 1.45., 1.46-bandlar chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bojxona yig‘imlari stavkalari to‘g‘risida” 1999-yil 30-apreldagi 204-son qaroriga ilovaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilarni rasmiylashtirganlik uchun:‎‎
— tegishli bojxona rejimidagi tovarlar va transport vositalarini; tranzit, davlat foydasiga voz kechish, vaqtinchalik saqlash, bojxona hududida qayta ishlash, bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimlari bundan mustasno‎‎ bojxona qiymatining 0,2 foizi miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqining bir baravaridan kam emas‎‎
— “bojxona hududida qayta ishlash” va “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” bojxona rejimlaridagi tovarlarni‎‎ tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar qiymatining 0,2 foizi, lekin eng kam oylik ish haqining bir baravaridan kam emas‎‎
— olib kirilayotgan bug‘doy (TIF TN kodi 1001), qand-shakar (TIF TN kodi 1701), qurilayotgan ishlab chiqarish obyektlari uchun turkumlangan asbob-uskunalarni‎ bojxona qiymatining 0,05 foizi miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqining bir baravaridan kam emas‎‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 5-avgustdagi 305-son qarorining 7-bandidagi “ekologiya solig‘ini” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 296-son qarori bilan tasdiqlangan Neft mahsulotlari sotuvchi korxonalarning cheklangan ustamalarini shakllantirish to‘g‘risida nizomning 9-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Narxlarni boshqarish jamg‘armasiga o‘tkaziladigan mablag‘lardan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga, Respublika yo‘l jamg‘armasiga va Maktab ta’limi jamg‘armasiga majburiy ajratmalar ajratilmaydi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 13-dekabrdagi PQ–528-son qaroribilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 48-50-son, 480-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘larni taqsimlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 14-noyabrdagi 512-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshidagi “xususiylashtirilayotgan korxonalar” so‘zlaridan oldin “Hukumatning qarorlari bo‘yicha” so‘zlari qo‘shilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sanoatning kon qazish tarmoqlari ayrim korxonalarining yuqori daromadiga soliq solish to‘g‘risida” 2004-yil 1-iyundagi 252-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati 2004-yil 1-iyundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan stavkalar bo‘yicha misning jahon narxlari darajasiga qarab undiriladigan ortiqcha foyda uchun soliq to‘lovchi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ortiqcha foyda solig‘i to‘langandan keyin kombinat ixtiyorida qoladigan mablag‘lar keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda maqsadli foydalanish uchun “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”ning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamida jamlanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “jamlangan mablag‘lar” so‘zlari “jamlangan mablag‘lar maxsus hisob raqamiga o‘tkazilmagan yoki ulardan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilova chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 2004-yil 10-sentabrdagi 425-son qarori 2-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “va ekologiya solig‘ini” so‘zlari chiqarib tashlansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 52-son, 386-modda, 2006-y., 16-son, 132-modda, 20-21-son, 173-modda, 43-44-son, 424-modda, 46-47-son, 452-modda, 48-50-son, 480-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)