Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 01.06.2004 yildagi 252-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SANOATNING KON QAZISh TARMOQLARI AYRIM KORXONALARINING YuQORI DAROMADIGA SOLIQ SOLISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mineral-xomashyo resurslaridan oqilona foydalanish, yuqori likvidli mahsulotlarga jahon narxlari qulay konyunkturasi sharoitlarida sanoatning kon qazish tarmoqlari korxonalarini ragʻbatlantirish mexanizmini takomillashtirish, olingan yuqori daromadni maqbul ravishda taqsimlash, shuningdek Davlat budjeti daromadlarini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2004-yil 1-iyundan boshlab sanoatning kon qazish tarmoqlari ayrim korxonalarining yuqori daromadiga soliq solish joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, yuqori daromadi uchun soliq toʻlaydigan aniq korxonalar roʻyxati, shuningdek soliq stavkalari miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda kiritadigan takliflar asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati 2004-yil 1-iyundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan stavkalar boʻyicha misning jahon narxlari darajasiga qarab undiriladigan ortiqcha foyda uchun soliq toʻlovchi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ortiqcha foyda soligʻi toʻlangandan keyin kombinat ixtiyorida qoladigan mablagʻlar keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda maqsadli foydalanish uchun “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”ning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamida jamlanadi.
(2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 52-son, 386-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus hisob raqamida jamlangan mablagʻlar maxsus hisob raqamiga oʻtkazilmagan yoki ulardan maqsadli foydalanilmagan taqdirda ushbu mablagʻlar toʻliq hajmda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarima sanksiyalari qoʻllangan holda davlat budjetiga olib qoʻyiladi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 52-son, 386-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyatining yuqori daromadini hisoblab chiqarish va undirish tartibini bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 1-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
252-son
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-sonli qaroriga muvofiq ilova chiqarib tashlangan— OʻR QHT, 2005-y., 52-son, 386-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 22-23-son, 261-modda; 2005-y., 52-son, 386-modda)