08.11.2005 yildagi PF-3678-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mustaqil teleradio kanallarni isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalash, ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirishda mustaqil ommaviy axborot vositalarini, eng avvalo, alohida ahamiyatga ega bo‘lgan teleradioeshittirish faoliyatini rivojlantirish O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunda teleradioeshittirish sohasi 50 ta telestudiya, 13 ta radiostansiya, 36 ta kabelli televideniye studiyalaridan iborat davlat va nodavlat elektron ommaviy axborot vositalarini o‘ziga qamrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston teleradiokompaniyasi respublikadagi teleradioeshittirish tizimining eng yirik subyekti bo‘lib, unda hozir olti mingga yaqin jurnalist, boshqa ijodiy va texnik xodimlar mehnat qilmoqda. Kompaniya o‘z ko‘rsatuv va eshittirishlarini to‘rtta tele va to‘rtta radiokanal orqali respublika hududining 98 foiziga tarqatadi, ko‘rsatuv va eshittirishlarning o‘rtacha bir kunlik hajmi 54 va 93,2 soatni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida teleradioeshittirish tizimi mukammal va zamonaviy ishlab chiqarish-texnika bazasiga ega bo‘ldi. Eng yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda teleradio dasturlarini tarqatish tarmog‘ining qabul qilish-uzatish tizimlarini rekonstruksiya qilish ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda. Teleradio ko‘rsatuvlari va eshittirishlarini ishlab chiqarish hamda shakllantirish jarayoniga zamonaviy raqamli uskunalar va mediatexnologiyalar tadbiq etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga O‘zbekiston teleradiokompaniyasining faoliyati hali zamonaviy talab va andozalarga to‘la javob beradi, deb bo‘lmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston teleradiokompaniyasini boshqarishning mavjud tizimi, boshqaruv tuzilmalaridagi bir-birini takrorlash va parallelizm, teleradiokanallarning huquqiy va iqtisodiy jihatdan mustaqil emasligi teleradioindustriya bozorini rivojlantirishga, g‘oya va dasturlarning ijobiy raqobatiga to‘siq bo‘lmoqda. Moliyalashtirish tizimining markazlashtirilgani, teleradioeshittirish sohasi mutaxassislarining ijodiy va texnik xizmatlariga yangi dastur va loyihalarni amalga oshirishga jamoalar qo‘shgan aniq hissasini hisobga olmay turib, haq to‘lanayotgani O‘zbekiston teleradiokompaniyasi jurnalistlari va boshqa xodimlarining yuqori unum bilan, ijodiy tashabbus va faollik ko‘rsatib mehnat qilishiga yo‘l bermayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston teleradiokompaniyasi, avvalo, uning hududiy bo‘linmalari ko‘rsatuv hamda eshittirishlarining professional darajasi, g‘oyaviy-badiiy saviyasi va sifati hamon pastligicha qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mavjud shart-sharoitlar teleradiojurnalistlarning mamlakatda va jahonda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga o‘z vaqtida va tezkorlik bilan e’tibor qaratish borasidagi faoliyatning yanada sustlashuviga olib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mustaqil teleradio kanallarini yanada rivojlantirish va isloh qilish, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, aholi hamda jamiyatning har tomonlama va xolis axborotga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini qondirishda mamlakatimizning elektron ommaviy axborot vositalari rolini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligining O‘zbekiston teleradiokompaniyasini O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (O‘zbekiston MTRK) etib qayta tashkil qilish va uning tarkibiga quyidagilarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston” telekanali va “O‘zbekiston” radiokanali negizida tashkil qilinadigan “O’zbekiston” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sport” telekanali negizida tashkil qilinadigan “Srort” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4909-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 8-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent” telekanali va “Do‘stlik” radiokanali negizida tashkil qilinadigan “Toshkent” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Respublika telemarkazi”, “Respublika radio va ovoz yozish uyi”, “Nukus teleradiomarkazi” korxonalari negizida tashkil qilinadigan “Respublika teleradiomarkazi” davlat unitar korxonasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbektelefilm” studiyasi negizida tashkil qilinadigan “O’zbektelefilm” davlat unitar korxonasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat teleradiokompaniyalari, shuningdek boshqa ijodiy, ishlab chiqarish-texnika bo‘linmalarini, 1-ilovaga* muvofiq kiritish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini, shuningdek chet el jamoatchiligini O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida ro‘y berayotgan, huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirish, mustaqil ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan demokratik o‘zgarishlar to‘g‘risida keng xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ta’lim va madaniy saviyasini oshirish, milliy an’analarni, tarixiy va ma’naviy merosni saqlab qolish, fuqarolarning ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirish, yoshlar va o‘sib kelayotgan avlodni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan tele- va radiodasturlar sifatini, professional va badiiy darajasini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston MTRK teleradiokanallari, tarkibiy bo‘linmalari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, ularning iqtisodiy mustaqilligini, axborot xizmatlari bozoridagi raqobatbardoshligini ta’minlash, tele-radio ko‘rsatuv va eshittirishlarini tashkil qilish jarayoniga bozor mexanizmlarini tadbiq etish, ushbu sohaga mamlakatimiz hamda chet el korxonalari, tashkilotlari va moliya institutlarining sarmoyalarini jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy talablar hamda standartlarga muvofiq texnika bazasini yanada rivojlantirish, teleradiodasturlar tayyorlashga axborot, kompyuter va mediatexnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston MTRK bo‘linmalari ijodiy va texnik xodimlarining kasb mahoratini takomillashtirish, ijodiy faolligini oshirish maqsadida ularni samarali qayta tayyorlash, malakasini oshirish uchun zarur tashkiliy shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va nodavlat xorijiy teleradiokompaniyalar, axborot agentliklari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan teleradioeshittirish sohasida axborot almashish bo‘yicha samarali xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi huquq va majburiyatlar bo‘yicha O‘zbekiston teleradiokompaniyasining huquqiy vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangidan tashkil qilingan ma’muriy, ijodiy (teleradiokanallar), ishlab chiqarish-texnik va xo‘jalik tuzilmalari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar teleradiokompaniyalari yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan mustaqil korxona va tashkilotlar sifatida O‘zbekiston MTRK tarkibiga kiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston MTRK tarkibiga kirgan davlat unitar korxonalarining faoliyati davlat budjeti mablag‘lari, homiylar va reklama mablag‘lari, shuningdek, qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi televideniye va radioda reklama uchun beriladigan vaqtning (ko‘rsatuv va eshittirishning har bir soati uchun 10 foizigacha) pul qo‘yiladigan normalarini, shuningdek uni tarqatish tartibini belgilab beradigan qonun hujjatlari talablarining teleradiokanallar, o‘ziga qarashli tashkilot va korxonalar tomonidan so‘zsiz bajarilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “Yoshlar” telekanali va “Yoshlar” radiokanali negizida “Yoshlar” teleradiokanali” aksiyadorlik jamiyati tashkil qilinsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4909-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 8-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar” teleradiokanali” aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining 50 foizi davlat ulushi, qolgan 50 foizi esa O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ulushi hisoblanadi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi PF-5191-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 982-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlar” teleradiokanali” AJda aksiyalarning davlat ulushini boshqarish huquqi O‘zbekiston MTRKga topshiriladi;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4909-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 8-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi PF-5191-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 982-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlar” teleradiokanali” AJni budjetdan moliyalashtirishni kamaytirish va o‘zini-o‘zi to‘la ta’minlashga o‘tkazish 2010-yilgacha (har yili — 20%dan) bosqichma-bosqich amalga oshirib boriladi, mazkur davrda faqat davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan korxonalar, muassasa va tashkilotlarga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar saqlab qolinadi.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4909-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 8-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining ushbu Farmon 2-bandida belgilangan eng muhim vazifalari bilan bir qatorda quyidagilar asosiy ustuvor yo‘nalishlar etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O’zbekiston” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati organlarining O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosati sohasidagi eng muhim qarorlari, mamlakatni demokratlashtirish, yangilash va modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan, huquqiy demokratik davlatni, ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirishga, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga yo‘naltirilgan islohotlardan mamlakat aholisi, shuningdek chet el jamoatchiligini har tomonlama va xolis xabardor qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumilliy ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial muammolar — iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik, fermerlar harakati, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat hamda ijtimoiy hayotning boshqa sohalarini rivojlantirish masalalarini keng yoritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning ta’lim darajasini, siyosiy va huquqiy madaniyatini oshirish, mamlakat ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy hayotining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ularning o‘z fikrini bayon qilishi bilan bog‘liq muammolarni keng muhokama qilish, tele- va radiodasturlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqimizning boy madaniy va ma’naviy merosini saqlab qolishga, folklor-etnografik an’analarni rivojlantirishga, milliy hamda jahon adabiyoti, musiqasi, teatri, kinosi, tasviriy san’atining eng yaxshi namunalari bilan tanishtirishga qaratilgan muhim ijtimoiy, gumanitar-ma’rifiy teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarini tashkil qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sport” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirishga, mamlakatimiz va chet ellardagi muhim sport tadbirlarini, respublikamiz sportchilarining yutuqlarini yoritishga yo‘naltirilgan teleradio ko‘rsatuv va eshittirishlarini tayyorlash, sog‘lom turmush tarzini keng ommalashtirish, bolalar sporti va oilaviy sportni ommaviy ravishda rivojlantirish, jamiyatdagi barcha ijtimoiy guruhlarning talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, dam olishning faol va ijtimoiy foydali shakllarini tashkil qilish, ommaviy ravishda rivojlantirishga, milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini qayta tiklash hamda rivojlantirishga bag‘ishlangan tele- va radiodasturlarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy teleradiokompaniyalarning eng yaxshi dasturlarini, shu jumladan jahon sporti, olimpiya harakati tarixiga, xalqaro sport tashkilotlari faoliyatiga bag‘ishlangan dasturlarini olib ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va xalqaro miqyosdagi sport musobaqalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri translatsiya qilishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston poytaxti va Toshkent viloyatining ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini, bu erda sodir bo‘layotgan ijtimoiy ahamiyatga molik boshqa katta voqealar va tadbirlarni yoritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy hokimiyat va o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining mamlakat poytaxtini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim muammolarini hal etish, fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, ularning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilish borasidagi faoliyatini samarali tashkil qilish masalalariga bag‘ishlangan dasturlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri va Toshkent viloyatining ko‘p millatli aholisi manfaatlarini hisobga olgan holda axborot-gumanitar, o‘quv, madaniy-ma’rifiy ko‘rsatuv va eshittirishlarini tashkil qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlar” teleradiokanali” aksiyadorlik jamiyati uchun:
(5-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4909-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 8-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatni demokratik yangilash, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonlarida yoshlarning ishtirokini keng yoritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qilish, yigit va qizlarni xalqimizning tarixiy an’analari, ma’naviy qadriyatlari, milliy madaniyatimiz va jahon sivilizatsiyasining ilg‘or yutuqlari asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, ma’rifatli, bilimli hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatimiz zamonaviy yoshlarining ichki ma’naviy dunyosini namoyon etishga yo‘naltirilgan teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda yosh avlodning faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirishga qaratilgan respublika va xalqaro miqyosdagi turli tele-, radiofestivallarni tashkil qilish.
(5-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi PF-5191-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 982-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston MTRKning asosiy vazifalarini, shuningdek teleradiokanallar o‘rtasida tele-, radiomahsulot sifatini, badiiy va professional saviyasini oshirishga, aholining xilma-xil va ishonchli axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan dasturlar va ijodiy g‘oyalarning sog‘lom raqobatini rivojlantirish zaruratini hisobga olgan holda, ushbu bandda ko‘rsatilgan ustuvor yo‘nalishlarini muttasil chuqurlashtirib, kengaytirib va yangilab borish O‘zbekiston MTRKning eng muhim vazifasi deb belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Respublika teleradiomarkazi” davlat unitar korxonasi davlat mulki hisoblanuvchi va teleradiotuzilmalarga shartnoma asosida beriluvchi teleradiomahsulot ishlab chiqarish vositalari, energota’minot obyektlari, uzatish qurilmalari O‘zbekiston MTRKning bino va muhandislik-texnik inshootlarining asosiy fondiga egalik qiluvchi tashkilot hisoblanishi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar “Respublika teleradiomarkazi” davlat unitar korxonasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston teleradiotashkilotlariga, ularning mulkchilik shaklidan qat’i nazar, tele-, radiomahsulot ishlab chiqarish va efirga tayyorlash bo‘yicha, shu jumladan yo‘ldosh tizimlaridan, ko‘chma televideniye va radiostansiyalardan foydalangan holda shartnoma asosida texnik, texnologik, servis va boshqa xizmatlar ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
teleradiomahsulot ishlab chiqarish jarayoniga dasturlarning badiiy saviyasi va sifati yuqori bo‘lishini ta’minlaydigan zamonaviy axborot, kompyuter va mediatexnologiyalarni tadbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
teleradiomahsulotlar ishlab chiqarish moddiy-texnika bazasi, vositalari, uzatish qurilmalari, binolar va antenna inshootlaridan foydalanish, texnik xizmat ko‘rsatish, modernizatsiyalash va yanada rivojlantirish, ularni energiya bilan uzluksiz ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, yangi tashkil etilayotgan teleradiokanallar, ijodiy bo‘linmalar ixtiyoriga tahririyat ishini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan orgtexnika, mebel anjomlari va boshqa mulk beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4909-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 8-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston MTRK raisiga, zarur hollarda, kompaniya va tobe tashkilotlarning tashkiliy tuzilmasiga O‘zbekiston MTRK tizimidagi xodimlarning cheklangan soni doirasida o‘zgartishlar kiritish huquqi berilsin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 8-apreldagi PF-4532-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 15-son, 198-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot vazirligi (U. Roziqulov), Moliya vazirligi (S. Rahimov), Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi (M. Asqarov) bilan birgalikda ikki hafta muddatda ushbu Farmon talablariga muvofiq O‘zbekiston teleradiokompaniyasini qayta tashkil etish va uning negizida mustaqil teleradiotuzilmalar tashkil qilish Dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston teleradiokompaniyasini qayta tashkil etish jarayonida teleradioeshittirish tizimining uzluksiz va sifatli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston teleradiokompaniyasini qayta tashkil etish uchun zarur normativ-huquqiy hujjatlar, texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat va sport ishlari vazirligi (A. Azizxo‘jayev), Moliya vazirligi (S. Rahimov) bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston teleradiokompaniyasi tarkibidagi badiiy jamoalarni 4-ilovaga* muvofiq mehnat haqi fondi bilan birga belgilangan tartibda Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufiga o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*4-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Madaniyat va sport ishlari vazirligi (A. Azizxo‘jayev) vazirlik tizimida O‘zbekiston MTRK tomonidan o‘tkaziladigan badiiy jamoalardan iborat Ijodiy uyushma tashkil etsin, ularning tarkibi, ijodiy faoliyat yo‘nalishi saqlab qolinsin va to‘laqonli faoliyat yuritishi uchun shart-sharoitlar yaratilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston MTRK bilan birgalikda Ijodiy uyushma hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi o‘rtasida ijodiy hamkorlikning uzoq muddatli dasturi va har yili tuziladigan shartnomalar asosida ushbu Farmonning 8-bandida ko‘rsatilgan ijodiy jamoalarning tele-, radiokanallardagi chiqishlarini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi (M. Asqarov) O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston teleradiokompaniyasining taqsimot balanslarini tayyorlasin va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining yangi tashkil etiladigan davlat unitar korxonalariga belgilangan tartibda mulkni topshirish-qabul qilish ishlarini amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassislar yig‘ilishini o‘tkazib, mulkni inventarizatsiya qilsin va tashkil etilayotgan “Yoshlar” teleradiokanali” yopiq aksiyadorlik jamiyati nizom jamg‘armasini qonunda belgilangan tartibda shakllantirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Moliya vazirligi (S. Rahimov), Iqtisodiyot vazirligi (U. Roziqulov) O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasini va unga qarashli tuzilmalarni moliyalashtirish tartibi va smetasiga, shuningdek ushbu Farmon talablarini hisobga olgan holda uning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish investitsiya dasturlariga tegishli o‘zgartishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 2010-yil 1-yanvarigacha bo‘lgan davr mobaynida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va uning tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar daromad solig‘idan, shuningdek import qilinadigan uskuna va materiallarga bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin, bo‘shaydigan mablag‘lar ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi (S. Rahimov) mazkur imtiyozlar berilishi natijasida olinadigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotida televideniye va radioning rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 7-maydagi PF–1462-sonli Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (B. Mustafoyev) bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu Farmondan kelib chiqadigan tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari bo‘yicha qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 8-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-3678-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 45-son, 338-modda; 2009-y., 19-20-son, 234-modda; 2013-y., 15-son, 198-modda, 45-son, 584-modda; 2014-y., 15-son, 162-modda; 2017-y., 1-son, 8-modda, 2-son, 25-modda, 37-son, 982-modda; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)