Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.11.2005 07.05.1996 yildagi PF-1462-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.11.2005
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTONNING IJTIMOIY TARAQQIYOTIDA TELEVIDENIYE VA RADIONING ROLINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-noyabrdagi PF-3678-sonli “Mustaqil teleradio kanallarni isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Demokratiyaning, konstitutsiyaviy taraqqiyotni taʼminlashning, qonunchilikka rioya etishning, inson huquqlari va qadr-qimmatini himoya qilishning gʻoyat muhim muassasasi sifatida teleradioeshittirishni yanada rivojlantirish, shuningdek uning respublikadagi tub iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishga taʼsirini kuchaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Davlat teleradioeshittirish kompaniyasi joylarda hududiy boʻlinmalariga ega boʻlgan Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi (Oʻzteleradio)ga oʻzgartirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat teleradioeshittirish kompaniyasining huquqiy vorisi, Oʻzbekistonda teleradioeshittirish sohasidagi muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi va oʻz faoliyati toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga hisobot berib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilikning ommaviy axborotga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish uchun tashkil etilgan yuridik shaxs huquqlariga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi mustaqil subyekt hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalarining muassisi, tahririyati, tarqatuvchisi va noshiri huquqlariga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika budjetidan, shuningdek tijorat va xoʻjalik faoliyatidan olinadigan mablagʻlar hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasining hududiy (mintaqaviy) boʻlinmalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi va tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taʼsis etiladilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs huquqlari bilan Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi tarkibiga kiradilar va oʻz faoliyatini hududiy teleradiokompaniya toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va respublika budjetlaridan, shuningdek tijorat faoliyatidan tushadigan mablagʻlar hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Teleradiokompaniyaning asosiy vazifalari va faoliyatining yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotlarning mafkuradan mutlaqo holi boʻlishini nazarda tutgan holda, aholi hamda jamiyatning xolisona, haqqoniy va xilma-xil axborotlarga boʻlgan ehtiyojlarini oʻrganish va qoniqtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat aholisini, shuningdek chet el jamoatchiligini Oʻzbekistonning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy hayotida sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar toʻgʻrisida keng xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil davlatni rivojlantirish va mustahkamlashga jamoatchilik taʼsirining ortib borishini taʼminlash, turli ijtimoiy tabaqalar, siyosiy partiyalar va harakatlarni zamonaviy madaniyatli jamiyat barpo etishning dolzarb muammolarini oshkora va amaliy muhokama qilishga faol jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatda konstitutsiyaviy normalar va qonunchilikni chuqur tushuntirish, ularni roʻyobga chiqarishga va huquqiy jamiyatni barpo etishga har tomonlama koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilik fikrining xilma-xilligini aks ettirish, insonning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan eʼtiqodlar va inson qadr-qimmati, uning huquq va erkinliklari hurmat qilinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ichkarisida va uning tashqarisida teleradioeshittirishlarni yuksak darajadagi odob, aniqlik va haqqoniyat mezonlari asosida tashkil qilish hamda axborotlarni tarqatish. Shafqatsizlikni targʻib qiladigan, inson qadr-qimmatini tahqirlaydigan yoki odamlarni ularning dini, milliy va madaniy belgilariga qarab haqoratlash sifatida talqin etilishi mumkin boʻlgan materiallardan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini fuqarolik jamiyati qurilishiga faol jalb etish, odamlarni umuminsoniy demokratik qadriyatlar va milliy merosni hurmat qilish, millatlararo totuvlik va doʻstlik ruhida tarbiyalash, yosh avlodda yuksak maʼnaviy fazilatlarni, Vatanga mehr-muhabbat va sadoqatni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erkin bunyodkorlik mehnati va tadbirkorlik tajribasini faol targʻib etish, ijtimoiy sohaga yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyoti vazifalarini roʻyobga chiqarish borasidagi eng maqbul va muqobil yoʻllarni izlab topishni ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
teleradioeshittirish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, zamonaviy texnika bilan jihozlash hamda koʻrsatuv va eshittirishlarning ilgʻor texnologiyalariga oʻtish yoʻli bilan dasturlarning kasb mahorati darajasi va sifatini oshirish, ularning janr jihatdan xilma-xilligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy teleradioeshittirish boʻlinmalariga amaliy yordam berish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi xorijiy teleradiokompaniyalar bilan ijodiy hamkorlik qilish, Oʻzbekistonda ularning filiallari hamda vakolatxonalari ochilishiga faol koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda, budjetdan mablagʻ bilan taʼminlash miqdorlari asta-sekin kamaytirib borilishini hisobga olgan holda, kompaniyaning 2000-yildan boshlab oʻzini oʻzi pul bilan taʼminlashga bosqichma-bosqich oʻtishiga oid takliflarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi bilan birgalikda teleradiokompaniya xodimlari mehnatini meʼyorlash va unga haq toʻlashning ilgʻor shakllariga, yaʼni xodimlar mehnatiga toʻlanadigan haq miqdori telekoʻrsatuv hamda radioeshittirishlarning amaldagi hajmiga, sifatiga, janrlariga va reytingiga bogʻliq qilib qoʻyilishini koʻzda tutuvchi shakllariga oʻtish toʻgʻrisidagi nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi, uning korxonalari va tashkilotlari xoʻjalik, reklama hamda boshqa faoliyatdan tushgan foydadan olinadigan soliqdan 2000-yilgacha ozod qilinsin va boʻshaydigan mablagʻlar kompaniyaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda, yetakchi xorijiy tele-, radio hamda boshqa kompaniyalar orqali jalb etiladigan zamonaviy aloqa vositalaridan foydalangan holda, televizion koʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni mamlakatning barcha mintaqalariga tarqatish boʻyicha umumdavlat dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi televideniye va radioeshittirish Davlat qoʻmitasini Oʻzbekiston Davlat teleradioeshittirish kompaniyasiga aylantirish toʻgʻrisida” 1992-yil 7-yanvardagi Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 10 kun muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 7-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-1462-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 81-modda)