O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASIning
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASIning
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA IMPORT QILINADIGAN IShLAR, XIZMATLARGA NISBATAN QO‘ShILGAN QIYMAT SOLIG‘INI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 5-oktabrda 1123-4-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida”gi PQ-100-sonli qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 23, 24-son, 168-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2002-yil 28-yanvardagi 26 va 2002-24-sonli qarori bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan ishlar, xizmatlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga (2002-yil 15-aprel, ro‘yxat raqami 1123. Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 7-son, 2003-yil, 4-son; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 10-son, 124-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 26-sentabr,
92-son
Davlat soliq qo‘mitasining raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 26-sentabr,
2005-56-son