15.06.2005 yildagi PQ-100-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI TOMONIDAN TAQDIM ETILADIGAN HISOBOT TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH VA UNI NOQONUNIY TALAB ETGANLIK UCHUN JAVOBGARLIKNI KUCHAYTIRISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, xalqaro amaliyotga muvofiq hisobot tizimi va uni taqdim etish tartibini takomillashtirish, shuningdek qoʻshimcha hisobotni noqonuniy talab etish hollariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2006-yilgi Davlat statistika ishlari dasturini tayyorlash doirasida ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari uchun davlat statistik hisobotini yanada soddalashtirishga qaratilgan hisobot shaklini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yillik statistik va moliyaviy hisobotni oʻzaro muvofiqlashtirishni nazarda tutgan holda uni taqdim etish muddatlarini qayta koʻrib chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bir oy muddatda davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlaridan oladigan, shu jumladan pochta va elektron aloqa vositasida oladigan moliyaviy hisobot, soliqlar va daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar, yozma arizalar va bildirishnomalarni qabul qilib olish va roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasin, bunda qabul qilib olish tartib-taomilini soddalashtirish, unifikatsiyalashtirilgan ish jadvali va tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi tadbirkorlik subyektlari tomonidan moliyaviy va statistik hisobotlarni taqdim etishning belgilangan tartibi hamda muddatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasin, bunda mikrofirma va kichik korxonalar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalterlik balansidan iborat moliyaviy hisobot — 1-shaklni va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot — 2-shaklni — har yili;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 3-oktabrdagi PF-4473-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 40-son, 466-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistik hisobotni — hisobot turlariga qarab har chorakda yoki har yili taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tadbirkorlik subyektlaridan:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat statistika organlari belgilangan moliyaviy va statistik hisobotlarga qoʻshimcha ravishda har qanday maʼlumotlar, maʼlumotnoma va hujjatlarni talab qilishga (qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiruvlarni oʻtkazish vaqtida qilingan talablar bundan mustasno);
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan qonunlarda nazarda tutilmagan har qanday axborotni, shu jumladan hisobot, maʼlumotlar, maʼlumotnoma va hujjatlarni talab qilishlariga yoʻl qoʻyilmaydigan tartib oʻrnatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslari qarorning ushbu bandini buzganlik uchun shaxsan javobgar boʻlishlari toʻgʻrisida qattiq ogohlantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Bosh prokuratura bilan birgalikda moliyaviy, statistik hisobotlar va hisob-kitoblarni qabul qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin, tadbirkorlik subyektlaridan moliyaviy, statistik hisobotlar va hisob-kitoblarni, shuningdek boshqa maʼlumotlar va hujjatlarni noqonuniy talab qilishda aybdor boʻlgan shaxslarning jazolanishi muqarrarligini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, mazkur xatti-harakatlarni sodir etganlik uchun mansabdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida va Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladilar, tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan maʼnaviy va moddiy zararning oʻrni sud qaroriga binoan aybdor mansabdor shaxslar hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi va Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi xalqaro tajribani hisobga olgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot va hisob-kitoblar tizimini, shuningdek hisobot va hisob-kitoblarni noqonuniy talab qilganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini tushuntirish boʻyicha ommaviy axborot vositalarida muntazam maqolalar chop etib borilishini, telekoʻrsatuv turkumlari tashkil etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqalarda tadbirkorlarning huquqiy savodxonligini oshirish va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha seminarlar, shuningdek davlat soliq xizmati organlari va davlat statistika organlari xodimlari uchun moliyaviy, statistik hisobotlar va hisob-kitoblarni qabul qilish borasida oʻrnatilgan tartib buzilishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan haftalik seminarlar oʻtkazib turilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 15-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-100-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 23-24-son, 168-modda; 2012-y., 40-son, 466-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son; 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)