09.10.2026 yildagi 546-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.10.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq maʼmurchiligini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari suvdan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan suv oʻlchash vositalarini oʻrnatgan isteʼmolchilarni qoʻllab‑quvvatlash va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq maʼmurchiligini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Soliq qoʻmitasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2027-yilda tajriba tariqasida Toshkent shahrida suvdan birlamchi foydalanadigan yoki suvni isteʼmol qiladigan soliq toʻlovchilarga (qishloq xoʻjaligi korxonalari bundan mustasno) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlarining soliq organlari tomonidan shakllantirib berilishi toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari suvdan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlatilgan suv hajmi boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorning mazmun‑mohiyati va ahamiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2028-yil 1-aprelga qadar ushbu qarorga asosan oʻtkaziladigan tajriba natijalari toʻgʻrisidagi axborotni va uni respublikaning barcha hududlarida joriy etish haqidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ehtiyojdan ortiqcha qismini sotish tartibini belgilash toʻgʻrisida” 2023-yil 14-iyundagi 247-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ijobiy tafovut hajmiga subsidiya ajratilishi uchun jismoniy shaxslar soliq organlarining “Soliq” mobil ilovasida va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtadilar”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Soliq qoʻmitasi raisi F.J. Poʻlatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 9-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
546-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-oktabrdagi 546-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari suvdan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlatilgan suv hajmi boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAQTINCHALIK NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom Toshkent shahrida suvdan birlamchi foydalanadigan yoki suvni isteʼmol qiladigan soliq toʻlovchilarga (keyingi oʻrinlarda — soliq toʻlovchi) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini (keyingi oʻrinlarda — soliq hisoboti) soliq organi tomonidan shakllantirish tartibini belgilaydi, bundan qishloq xoʻjaligi korxonalari mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Vaqtinchalik nizom 2027-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-martga qadar Toshkent shahrida tajriba tariqasida amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Vaqtinchalik nizom talablari soliq toʻlovchining tashabbusi bilan yoki soliq tekshiruvlari natijasida qayta aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini shakllantirish va taqdim etish holatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq toʻlovchining tashabbusi bilan yoki soliq tekshiruvlari natijasida qayta aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini shakllantirish va taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (keyingi oʻrinlarda — Soliq kodeksi) muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Vaqtinchalik nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki manbalar — soliq toʻlovchilar taqdim etgan soliq va moliyaviy hisobotlar, soliq monitoringi, koʻzdan kechirish va soliq tekshiruvi natijalariga oid soliq organlarining axborot tizimlaridan, shuningdek, soliq organlarining “E-imtiyoz” dasturi hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan olingan maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisoboti — ichki va tashqi manbalar asosida soliq organlari tomonidan avtomatik ravishda shakllantirilgan, soliq davri uchun soliq toʻlovchilar va soliq agentlarining soliq majburiyatlarini aniqlashga asos boʻlib xizmat qiladigan hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suvdan foydalanuvchilar (isteʼmolchilar) — oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun suv obyektidan yoki suv xoʻjaligi obyektidan suv resurslarini belgilangan tartibda oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv isteʼmoli meʼyori (keyingi oʻrinlarda — meʼyor) — suv isteʼmolchilari tomonidan suv resurslaridan suv oʻlchash vositalarisiz foydalanilgan hollarda, suvni hisobga olish uskunasi bilan taʼminlanmagan isteʼmolchilar sifatida hisob-kitob qilinadigan suv hajmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv oʻlchash vositalari — suv isteʼmolchilari tomonidan xoʻjalik yoki ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilayotgan suv miqdorini oʻlchash, monitoring qilish va nazoratga olish uchun xizmat qiluvchi texnik qurilmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi manbalar — Soliq kodeksiga muvofiq soliq organlariga maʼlumotlarni taqdim etish majburiyati yuklangan Togʻ‑kon sanoati va geologiya vazirligi hamda “Oʻzsuvtaʼminot” AJning maʼlumotlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari suvdan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanilgan suv hajmi boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq ushbu Vaqtinchalik nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Soliq organlariga soliqni hisoblash uchun asos boʻladigan maʼlumotlarni taqdim etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Soliq organlariga soliqni hisoblash uchun asos boʻladigan quyidagi maʼlumotlar Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ tomonidan har yili oʻzaro axborot almashinuvi tizimi orqali taqdim etib boriladi, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi faoliyati bilan shugʻullanmaydigan tadbirkorlik subyektlari boʻyicha belgilangan yillik suv olish limitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joriy soliq davrining 5-yanvaridan kechiktirmasdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari suvdan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlatilgan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq davridan keyingi yilning 20-fevralidan kechiktirmasdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar tomonidan isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq davridan keyingi yilning 20-fevralidan kechiktirmasdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq davridan keyingi yilning 20-fevralidan kechiktirmasdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan kelib tushadigan suv hajmlarining nisbati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joriy soliq davrining 15-yanvariga qadar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Vaqtinchalik nizomning 4‑bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi va muddatida taqdim etilishi uchun tegishliligi boʻyicha Togʻ‑kon sanoati va geologiya vazirligi hamda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Soliq organlari tomonidan soliq hisobotini shakllantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Soliq hisobotlarining koʻrsatkichlari ichki va tashqi manbalar maʼlumotlari asosida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur Vaqtinchalik nizomga ilovaga muvofiq sxemada nazarda tutilgan muddatlarda hisobotni topshirgan soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga qayta shakllantirilgan hisobot yuborilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar soliq organlarining maʼlumotlar bazasida elektron shaklda umumlashtirilib, ushbu maʼlumotlar hamda suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan kelib tushadigan suv hajmlarining nisbati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida Soliq kodeksining 445-moddasiga muvofiq suv resurslari uchun belgilangan soliq stavkalari asosida soliq summasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Soliq organlari soliqqa oid maʼlumotlar bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda, quyidagilar uchun soliq summasini aniqlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy soliq davrining 10-yanvariga qadar qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari suvdan foydalanuvchi yuridik shaxslarning boʻnak toʻlovlari miqdorini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq davridan keyingi yilning 22-fevraliga qadar qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari suvdan foydalanuvchi yuridik shaxslarning hamda Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliq hisob-kitobi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Vaqtinchalik nizomning 4‑bandida nazarda tutilgan manbalardan tashqari soliq hisobotlarini shakllantirishda soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidagi interaktiv xizmatlar maʼlumotlaridan ham foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Soliq hisobotlarida keltirilgan satr maʼlumotlari ichki va tashqi manbalar maʼlumotlari va Soliq kodeksining 445-moddasida belgilangan stavkalar asosida avtomatik ravishda shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari suvdan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlatilgan suv hajmi boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlarini soliq organlari ushbu soliq turi boʻyicha soliq toʻlovchi deb eʼtirof etilganlar uchun shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Soliq organi shakllantirgan soliq hisobotini soliq toʻlovchi tomonidan tasdiqlash va unga oʻzgartirish kiritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotlari soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga ushbu Vaqtinchalik nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Soliq organlari shakllantirgan soliq hisobotlari soliq toʻlovchilar tomonidan Soliq kodeksida soliq hisobotini topshirishning belgilangan muddatidan kechiktirilmagan holda shaxsiy kabinet orqali tasdiqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Soliq toʻlovchi yoki uning vakolatli vakili soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotining toʻgʻriligi va toʻliqligini tasdiqlaydi yoxud eʼtirozlari mavjud boʻlsa, soliq hisobotini qayta ishlaydi va hisobot taqdim etishning oxirgi muddatiga (1-mart) qadar tegishli asoslarni ilova qilgan holda soliq organlariga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Soliq organlari shakllantirgan soliq hisoboti soliq toʻlovchi tomonidan hisobot topshirish muddatiga qadar tuzatishlar kiritilmagani yoki tasdiqlanmagani soliq toʻlovchining (soliq agentining) soliq organlari shakllantirgan soliq hisobotiga rozi ekanligini bildiradi va soliq organlari shakllantirgan soliq hisoboti taqdim etilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Soliq toʻlovchi oʻzining shaxsiy kabineti orqali soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisoboti qabul qilinganligini kuzatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Soliq organlari shakllantirgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasining oʻzgarishiga olib keladigan holatlar yuzaga kelganda, notoʻgʻri yoki toʻliq boʻlmagan maʼlumotlar va (yoki) xatolar aniqlanganda, shuningdek, soliq toʻlovchining hisob hujjatlariga koʻra soliqqa tortish obyektlari, ular bilan bogʻliq obyektlarda yoki soliq bazasida farqlar yuzaga kelganda, soliq toʻlovchi tomonidan ushbu soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritiladi va hisobot soliq organlariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Soliq hisobotida koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgarlik soliq toʻlovchi yoki uning vakolatli vakili zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Agar soliq organlari tomonidan tekshiruvdan oldin shakllantirilgan soliq hisoboti bilan yangilangan maʼlumotlar oʻrtasida tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlansa, soliq toʻlovchi ushbu soliq hisobotiga zarur tuzatishlarni kiritishi hamda soliq organlariga aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Soliq toʻlovchining huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Soliq toʻlovchi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organidan va boshqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari doirasida) amaldagi soliqlar toʻgʻrisida, soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlaridagi oʻzgarishlar, soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi haqidagi axborotni, soliq hisobotining va arizalarning shakllarini, shuningdek, ularni toʻldirish tartibi haqida tushuntirishlarni bepul olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz soliq majburiyati bajarilishi boʻyicha soliq organlarida va boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan maʼlumotlarni olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Soliq toʻlovchining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanish uchun soliq organining “E-imtiyoz” axborot tizimidan foydalangan holda, soliq imtiyozlarini uning har bir turiga maxsus identifikatsiya kodi asosida hisobga olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Vaqtinchalik nizomning 17‑bandida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelganda, soliq toʻlovchi tomonidan ushbu soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritgan holda soliq organlariga taqdim etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Soliq organlari soliq hisobotida soliq summalari toʻgʻri hisoblanganligini va ularning oʻz muddatida toʻlanishini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mazkur Vaqtinchalik nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari suvdan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlatilgan suv hajmi boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari suvdan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlatilgan suv hajmi boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ

Soliq organlariga quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi:

a) qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari suvdan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanilishi kutilayotgan suv hajmi toʻgʻrisida;

Joriy soliq davrining 5-yanvaridan kechiktirmasdan

b) qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari suvdan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanilgan suv hajmi toʻgʻrisida;

Soliq davridan keyingi yilning 20-fevralidan kechiktirmasdan

v) tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar tomonidan foydalanilgan suv hajmi toʻgʻrisida;

g) Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar toʻgʻrisida.

2-bosqich

Soliq organlari

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha quyidagi toifa soliq toʻlovchilar boʻyicha ichki va tashqi manbalar asosida kelib tushgan maʼlumotlarni umumlashtiradi:

a) qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari suvdan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlarining boʻnak toʻlovlari miqdori boʻyicha;

Joriy soliq davrining 10-yanvariga qadar

b) qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari suvdan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlar hamda Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar boʻyicha soliq hisob-kitobi.

Soliq davridan keyingi yilning 22-fevraliga qadar

3-bosqich

Soliq organlari

Qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari suvdan foydalanuvchi suv resurslaridan foydalangan tadbirkorlik subyektlar, Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar boʻyicha avtomatik ravishda shakllantiradi.

Maʼlumotlar umumlashtirilgandan soʻng 1 kun muddat ichida

4-bosqich

Soliq organlari

Qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari suvdan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlar boʻyicha shakllantirilgan soliq hisobotini soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Soliq hisobotlari shakllantirilgandan soʻng 1 kun muddat ichida

5-bosqich

Soliq toʻlovchi yoki uning vakolatli vakili

1. Soliq organi shakllantirgan soliq hisobotini tasdiqlaydi.

2. Soliq hisoboti boʻyicha eʼtirozlar boʻlganda, asoslarni ilova qilgan holda soliq hisobotini qayta ishlaydi va soliq organiga taqdim etadi.

Soliq davridan keyingi yilning 1-martiga qadar

6-bosqich

Soliq organlari

Belgilangan muddatlarda soliq organlari hisoblab chiqqan soliq summasi soliq toʻlovchi tomonidan tasdiqlanmagan yoki rad etilmagan taqdirda, xabarnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligi va toʻliqligi tasdiqlangan hisoblanadi va soliq summasini shaxsiy hisobvaragʻiga kiritadi.

Soliq davridan keyingi yilning 1-martiga qadar

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2026-y., 09/26/546/1007-son)