28.09.2026 yildagi PQ-355-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat pensiya taʼminotiga oid zamonaviy xizmatlarni joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi hamda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan zamonaviy xizmatlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-105-son Farmoni ijrosini taʼminlash, davlat pensiya taʼminoti tizimini raqamlashtirish orqali fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar pensiya taʼminotiga oid koʻrsatiladigan xizmatlarni raqamlashtirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) fuqarolarga koʻrsatiladigan xizmatlar 2027-yil 1-yanvarga qadar toʻliq interaktiv va proaktiv shaklga oʻtkazilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) sohada raqamli texnologiyalarni keng qoʻllash orqali byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Pensiya tayinlash tartibini soddalashtirish va yangi xizmatlarni joriy etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq, quyidagi pensiya taʼminotiga oid xizmatlar fuqarolardan alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda koʻrsatiladi, bunda fuqaroga proaktiv shaklda tayinlangan pensiyalarni rad qilish huquqi beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-noyabrdan boshlab ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarga umumiy belgilangan yoshdan ikki yil avval yoshga doir pensiya tayinlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2027-yil 1-yanvardan boshlab boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini tayinlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, quyidagi xizmatlar fuqarolarning xohishiga koʻra, Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ularning murojaatlariga asosan interaktiv shaklda koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-noyabrdan boshlab mehnat sharoiti zararli va ogʻir ishlarda band boʻlgan hamda boshqa umumiy belgilangan yoshni qisqartirgan holda pensiya olish huquqi mavjud shaxslarga imtiyozli shartlarda pensiya tayinlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026-yil 1-dekabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, pensiyaning boshqa turiga oʻtkazish uchun murojaat qilish. Bunda fuqaro olayotgan pensiya miqdoridan kam pensiya tayinlangan taqdirda, avvalgi pensiya turi oʻzgarishsiz qoldiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) fuqaroning ish staji va ish haqi toʻgʻrisida arxiv yoki tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha elektron maʼlumotlarga asosan pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2027-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) pensiya toʻlovini naqd pul shakliga oʻtkazish va toʻxtatib turilgan pensiya toʻlovlarini tiklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari, ijro hujjatlari hamda boshqa qarorlar asosida pensiya miqdoridan chegirma qilinganlik toʻgʻrisida, hisoblangan pensiya toʻgʻrisida va ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) yashash manzili oʻzgargani munosabati bilan pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildini hisobga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) 2027-yil 1-yanvardan boshlab “Mening pensiyam” onlayn xizmati doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) pensiya hisoblashda ish staji sifatida inobatga olinadigan mehnat faoliyati davri, oliy taʼlim tashkilotlarida kunduzgi taʼlim (diplom) va harbiy xizmat davri toʻgʻrisida maʼlumot olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) tayinlanadigan pensiya miqdorini aniqlash va davlat arxivi idoralariga ish haqi va ish staji toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish uchun elektron soʻrovlar yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) pensiya yoshiga bir yil qolgan fuqarolarni oldindan xabardor qilish imkoniyati yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, 2027-yil 1-yanvardan boshlab Pensiya jamgʻarmasi tomonidan fuqarolardan qogʻoz shaklidagi hujjatlar hamda maʼlumotlarni qabul qilish amaliyoti bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Pensiya tizimida yangicha yondashuv asosida ishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-oktabrdan boshlab fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar asosida faoliyatni amalga oshirgan shaxslar oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun belgilangan miqdordagi ijtimoiy soliq toʻlaganda, ularga bir yil ish staji avtomatik hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2027-yil 1-yanvardan boshlab rasmiy daromadga ega boʻlgan shaxslarga ishlamaydigan oila aʼzolari ish stajiga ega boʻlishi uchun har oyda ixtiyoriy ravishda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 12 foizi miqdorida ijtimoiy soliq toʻlash huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2027-yil 1-yanvardan fuqarolarga I va II guruh nogironlik pensiyalarini qayta hisoblashda III guruh nogironlik pensiyasini olgan davrda ishlagan ish staji va ish haqini inobatga olish tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2027-yil 1-fevraldan boshlab Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Pensiya jamgʻarmasiga imtiyozli pensiyalarni toʻlash xarajatlarining oʻrnini qoplovchi pulni har oyda oʻtkazish imkoniyatini yaratuvchi tizimni joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2026-yil 1-noyabrga qadar ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan maxsus ish stajlari davri toʻgʻrisida hamda ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida shakllantirish va yuritish imkoniyatini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzarxiv” agentligi 2027-yil 1-aprelga qadar tugatilgan korxona va tashkilotlarning arxiv idoralariga topshirilmagan buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlarini (ish haqi kitoblari va ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi buyruqlari), istisno tariqasida, begʻaraz asosda qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Markaziy bank:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-noyabrdan boshlab pensionerlarga bank kartasini ochish bilan bogʻliq xizmatlarni fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) orqali amalga oshirish tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2027-yil 1-apreldan boshlab barcha tijorat banklari bilan birgalikda pensiya va boshqa toʻlovlar uchun mablagʻlarni tijorat banklarining yagona hisobvaraqlariga moliyalashtirish hamda pensionerlarning bank kartalariga yoki tijorat banklarining mobil ilovalarida ochilgan pensiya elektron hamyonlariga yuklash tizimini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Aholining pensiya savodxonligini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) pensiya taʼminotiga oid aholiga yaratilgan qulayliklarni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) soha mutaxassislarining fikrlari, misollar va hayotiy voqealar asosida videomateriallar yaratish, mehnat faoliyatiga oid maʼlumotlarni raqamlashtirishning ahamiyati boʻyicha ijtimoiy videoroliklar tayyorlash va ularni muntazam namoyish etib borish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Pensiya jamgʻarmasi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni toʻliq interaktiv va proaktiv shaklga oʻtkazishga erishish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalarini proaktiv shaklda tayinlash sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 28-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-355-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-sentabrdagi PQ-355-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pensiya jamgʻarmasi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni toʻliq interaktiv va proaktiv shaklga oʻtkazishga erishish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Ijro uchun masʼullar

1.

Pensiya yoshiga bir yil qolgan fuqarolarning biometrik pasporti (identifikatsiya ID-karta) maʼlumotlarini Raqamli texnologiyalar vazirligiga va Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” dasturiy majmuasi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga (keyingi oʻrinlarda — YAMMT IDAK) elektron shaklda yuborish tizimini joriy etish.

Texnik yoʻriqnoma

2026-yil
1-dekabr

Ichki ishlar vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Kambagʻallikni qisqartirish
va bandlik vazirligi,
Pensiya jamgʻarmasi

2.

Hisoblangan ijtimoiy soliq (soliq kodi — 36), imtiyozli shartlarda tayinlangan pensiyalar (soliq kodi — 40), shuningdek, xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan pensiyalar (soliq kodi — 42) hamda muddatidan oldin tayinlangan pensiyalar (soliq kodi — 41) uchun toʻlashga sarflangan xarajatlarni qoplash boʻyicha korxona va tashkilotlarning qarzdorligi toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlarni Pensiya jamgʻarmasiga yuborish tizimini joriy etish.

Texnik yoʻriqnoma

2027-yil
1-fevral

Soliq qoʻmitasi,
Pensiya jamgʻarmasi

3.

Pensiya jamgʻarmasi va Oliy sudning axborot tizimlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri elektron maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

Korxona va tashkilotlarning Pensiya jamgʻarmasi oldidagi imtiyozli pensiyalar, shuningdek, xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan pensiyalarini toʻlashga sarflangan xarajatlar boʻyicha qarzdorligini hamda ortiqcha toʻlangan pensiya mablagʻlarini undirish boʻyicha sudlarga daʼvo arizalarini elektron shaklda yuborish tizimini joriy etish.

Texnik yoʻriqnoma

2027-yil
1-mart

Oliy sud,
Pensiya jamgʻarmasi

4.

Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari tomonidan “YAMMT” IDAK orqali fuqarolarning 2005-yil 1-yanvardan avvalgi davr uchun ish haqi va ish staji maʼlumotlarini olish boʻyicha soʻrovlarni “Oʻzarxiv” agentligiga “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron shaklda yuborish tizimini joriy etish.

Bunda elektron soʻrovga asosan “Oʻzarxiv” agentligi fuqarolarning 2005-yildan avvalgi davr uchun ish haqi va ish staji maʼlumotnomasini “YAMMT” IDAKga elektron shaklda taqdim etadi.

Texnik yoʻriqnoma

2026-yil

1-dekabr

Kambagʻallikni qisqartirish
va bandlik vazirligi,
Adliya vazirligi

5.

 

Fuqarolarning tugatilgan korxona va tashkilotlardagi imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan maxsus ish stajlari davri toʻgʻrisida hamda ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “YAMMT” IDAKga fuqarolarning murojaatlariga asosan tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari tomonidan kiritilishini yoʻlga qoʻyish.

Texnik
chora-tadbir
lar

2026-yil
1-noyabr

Kambagʻallikni qisqartirish
va bandlik vazirligi

6.

Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan pensiya tayinlovchi organlarning pensionerlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlari yuritiladigan axborot tizimlarini yaratish.

Pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroga budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi yoki Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan pensiya tayinlovchi organlar tomonidan pensiya tayinlangani yoki tayinlanmaganini tasdiqlash (“ha” yoki “yoʻq”) boʻyicha veb-servis ishlab chiqish.

Texnik yoʻriqnoma

2026-yil
1-dekabr

Konstitutsiyaviy sud,
Oliy sud,
Sudyalar oliy kengashi,
Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi

7.

Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan axborot tizimini ishlab chiqish va Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” dasturiy majmuasi bilan oʻzaro elektron maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

Texnik yoʻriqnoma

2027-yil
1-aprel

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha komissiya ishchi organi

8.

Yuridik shaxslarga “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi “b” bandi va 14-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalar, shuningdek, mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik hamda nogironlik pensiyalarini toʻlashga sarflangan xarajatlarni qoplash toʻgʻrisida regress talabnomalarini elektron yuborish tartibini joriy etish.

Texnik
chora-tadbir
lar

2027-yil
1-fevral

Soliq qoʻmitasi,
Pensiya jamgʻarmasi

9.

Jismoniy va yuridik shaxslarning Pensiya jamgʻarmasi oldidagi ijtimoiy soliq boʻyicha qarzdorligi vujudga kelishi xavfining (riski) oldini olish va bartaraf etish choralarini koʻrish.

Amaliy
chora-tadbirlar

2026-yil
1-dekabr

Soliq qoʻmitasi

10.

Sunʼiy intellekt yordamida “Pensiya-2” dasturiy majmuasida quyidagi mexanizmlarni joriy etish:

fuqarolarning mavjud ish staji va ish haqi  maʼlumotlari asosida kelgusida tayinlanishi kutilayotgan pensiya miqdori hamda pensiya miqdorini oshirish boʻyicha “Mening pensiyam” onlayn xizmati orqali turli ssenariylar va tavsiyalar taqdim etish;

Pensiya jamgʻarmasi axborot tizimidagi maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻgʻriligini tahlil qilish;

tashqi axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlarni solishtirish va ulardagi mantiqiy nomuvofiqliklarni aniqlash;

pensiya miqdori, ish staji va ish haqiga oid keskin oʻzgarish holatlarini aniqlash va Pensiya jamgʻarmasi ichki audit xizmatining risk tahlilida avtomatik tarzda aks ettirish.

Amaliy
chora-tadbirlar

2027-yil
dekabr

Pensiya jamgʻarmasi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-sentabrdagi PQ-355-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalarini proaktiv shaklda tayinlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

 

Subyektlar

 

Tadbirlar

 

Bajarish muddatlari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1-bosqich

 

Adliya vazirligi

 

Vafot etgan shaxsning JSHSHIR maʼlumotlarini “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” axborot tizimiga yuboradi.

 

Oʻlim haqidagi dalolatnoma qayd etilgan vaqtda avtomatik tarzda

 

 

 


 

2-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi

“Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali:

1. Vafot etgan shaxsning oila aʼzolari (yaqin qarindoshlari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish uchun tegishliligi boʻyicha Adliya vazirligining “FHDYoning yagona elektron arxivi” maʼlumotlar bazasiga elektron soʻrov yuboradi.

2. Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini rasmiylashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

(a) vafot etgan shaxsning turmush oʻrtogʻi tirik boʻlgan taqdirda, turmush oʻrtogʻi nomiga rasmiylashtiriladi;

(b) vafot etgan shaxsning turmush oʻrtogʻi vafot etgan taqdirda, 18 yoshga toʻlgan farzandi nomiga rasmiylashtiriladi.

3. Vafot etgan shaxsning ish staji toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish uchun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga, Soliq qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Mudofaa vazirligi axborot tizimiga elektron soʻrov yuboradi.

4. Vafot etgan shaxsning ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish uchun Soliq qoʻmitasining axborot tizimi, AT “Xalq banki”ning jamgʻarib boriladigan pensiya tizimiga hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga elektron soʻrov yuboradi.

5. Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi rasmiylashtirilgan shaxsning yashash joyi toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlarni olish uchun Ichki ishlar vazirligining “Manzil” axborot tizimiga elektron soʻrov yuboradi.

Maʼlumotlar kelib tushgandan soʻng avtomatik tarzda


 

3-bosqich

Adliya vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Soliq qoʻmitasi,

Mudofaa vazirligi,

AT “Xalq banki”

“Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali vafot etgan shaxsning oila aʼzolari (yaqin qarindoshlari), ish staji, ish haqi, jamgʻarib boriladigan pensiya badali hamda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi rasmiylashtirilgan shaxsning yashash joyi toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlarni tegishliligi boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” axborot tizimiga yuboradi.

Elektron soʻrov kelib tushgandan soʻng avtomatik tarzda


 

4-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi

“Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsion platformasi orqali pensiya yoki nafaqa tayinlash vakolatiga ega organlarga vafot etgan boquvchining qaramogʻida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolariga pensiya yoki nafaqa tayinlangan yoki tayinlanmagani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish uchun elektron soʻrov yuboradi.

Maʼlumotlar kelib tushgandan soʻng avtomatik tarzda


 

5-bosqich

Pensiya yoki nafaqa tayinlash vakolatiga ega organlar

“Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali vafot etgan boquvchining qaramogʻida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolariga pensiya yoki nafaqa tayinlangan yoki tayinlanmagani toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlarni tegishliligi boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” axborot tizimiga yuboradi.

Elektron soʻrov kelib tushgandan soʻng avtomatik tarzda


 

6-bosqich

Iqtisodiyot
va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi

1. Vafot etgan boquvchining qaramogʻida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolariga pyensiya yoki nafaqa tayinlangani toʻgʻrisida maʼlumotlar kelib tushganda, pensiya tayinlashni rad qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

1 ish kunida

2. Vafot etgan boquvchining qaramogʻida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolariga pensiya yoki nafaqa tayinlanmagani toʻgʻrisida maʼlumotlar kelib tushganda, “Pensiya” axborot tizimidagi mavjud vafot etgan boquvchining ish staji, ish haqi, ustama olish huquqini beradigan elektron maʼlumotlar asosida dastlab mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolarining pensiyaga boʻlgan huquqini aniqlaydi, pensiya miqdorini hisoblaydi va pensiya tayinlaydi.

1 ish kunida

Raqamli texnologiyalar vazirligi

3. Raqamli texnologiyalar vazirligining axborot tizimiga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi rasmiylashtirilgan shaxsning JSHSHIR maʼlumotlari va pensiya tayinlangani yoki pensiya tayinlash rad etilgani toʻgʻrisidagi xabar matnini yuboradi.

Qaror qabul qilingan vaqtda avtomatik tarzda

4. Axborot tizimi orqali:

boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi rasmiylashtirilgan shaxsning JSHSHIR maʼlumotlari asosida uning mobil aloqa vositasiga pensiya tayinlangani yoki pensiya tayinlash rad etilgani toʻgʻrisida SMS-xabarnoma yuboradi;

boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi rasmiylashtirilgan shaxsning nomiga mobil telefon raqami rasmiylashtirilmagan boʻlsa, bu haqida Pensiya jamgʻarmasini xabardor qiladi.

Maʼlumotlar kelib tushgandan soʻng avtomatik tarzda


 

7-bosqich

 

Iqtisodiyot
va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya

jamgʻarmasi

 

Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi rasmiylashtirilgan shaxsning nomiga mobil telefon raqami rasmiylashtirilmagan boʻlsa, pensiya tayinlangani yoki pensiya tayinlash rad etilgani toʻgʻrisida xabarni yetkazish uchun yashash joyi boʻyicha “Oʻzbekiston pochtasi” AJni elektron pochta joʻnatmalarining yagona milliy tizimi orqali xabardor qiladi.

 

Maʼlumotlar kelib tushgandan soʻng avtomatik tarzda


 

8-bosqich

“Oʻzbekiston pochtasi” AJ

Pensiya tayinlangani yoki tayinlash rad etilgani toʻgʻrisidagi xabarnomani boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi rasmiylashtirilgan shaxsning yashash joyiga yetkazib beradi hamda xabarnoma yetkazilganligi haqidagi maʼlumotni Pensiya jamgʻarmasiga yuboradi.

Maʼlumotlar kelib tushgandan soʻng
5 kun ichida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2026-y., 07/26/355/0975-son)