1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
[TSZ:
1.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUXGALTERiya HISOBIDA HUJJATLAR VA HUJJATLAR AYLANishi TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 14-yanvarda 1297-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 143-sonli “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3538, 30.07.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi nizomini ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu buyruq kuchga kirgan kundan eʼtiboran SSSR Moliya vazirligi 1983-yil 29-iyulda 105-son bilan tasdiqlagan “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi nizomi Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanilmasligi eʼtirof etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri M.NURMURATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 23-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
131-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2003-yil 23-dekabrda, 131-son bilan “TASDIQLANGAN”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUXGALTERIYA HISOBIDA HUJJATLAR VA HUJJAT AYLANIShI TOʻGʻRISIDAGI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni asosida ishlab chiqilgan va hujjatlarni tuzish, qabul qilish, saqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish, hamda hujjatlar aylanishini amalga oshirish boʻyicha yagona tartibni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasidagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarga (banklar va nobank kredit tashkilotlari bundan mustasno) tatbiq qilinadi (keyingi oʻrinlarda — korxonalar).
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-martdagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1297-6, 27.03.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2023-y., 10/23/1297-6/0174-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan barcha xoʻjalik operatsiyalari tasdiqlovchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozim. Ushbu hujjatlar boshlangʻich hisob hujjatlari boʻlib xizmat qiladi va ular asosida buxgalteriya hisobi yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tegishli texnik vositalar mavjud boʻlganda, boshlangʻich hujjatlarni va registrlarni, shuningdek tovar-moddiy zaxiralar, pul mablagʻlari hamda ish beruvchining xodimlari bilan bogʻliq boʻlgan ichki xoʻjalik operatsiyalari boʻyicha qatnashchilarni identifikatsiyalashni taʼminlagan holda tuzilgan hisob hujjatlarini axborot tizimlari xizmatlari va axborot texnologiyalari orqali yuritishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, mazkur Nizom va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishi lozim.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-martdagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1297-6, 27.03.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2023-y., 10/23/1297-6/0174-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Texnik vositalar hamda axborot tizimlari xizmatlari va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tuzilgan birlamchi hujjatlar va registrlar buxgalteriya hisobida tegishli majburiy rekvizitlar mavjud boʻlgandagina qoʻllaniladi. Elektron hujjatlarni saqlash chogʻida ulardan erkin foydalanish va ularning qogʻoz nusxalarini taqdim etish imkoniyati taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish sharoitida boshlangʻich hujjatlar rekvizitlari kodlar koʻrinishida qayd etilishi mumkin. Bunda elektron shaklda tuzilgan boshlangʻich hujjat va registr, elektron raqamli imzo haqidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq uning toʻgʻri tuzilishi uchun javobgar boʻlgan shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Boshlangʻich hujjatlar va hisob registrlarini tuzish, xatolarni tuzatish hamda saqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Boshlangʻich hujjatlar quyidagi majburiy rekvizitlarga ega boʻlishi lozim:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 5-avgustdagi 36-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1297-5, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/1297-5/1195-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) korxonaning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) hujjatning nomi va raqami, uning tuzilgan sanasi va joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) xoʻjalik operatsiyasining nomi, mazmuni va oʻlchov birliklarini koʻrsatgan holdagi miqdor oʻlchovi (natura va pulda ifodalangan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) xoʻjalik operatsiyasini amalga oshirgan shaxslarni (shaxsni) identifikatsiya qilish uchun zarur boʻlgan familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflarini yoxud boshqa rekvizitlarini koʻrsatgan holda lavozimlari va imzolari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Boshlangʻich hujjatlar elektron shaklda tuzilgan hollarda, ular mazkur Nizom va elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan majburiy rekvizitlarga ega boʻlishi lozim.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur Nizom talablariga muvofiq tuzilgan boshlangʻich hujjatlar, amalga oshirilgan xoʻjalik operatsiyalari haqidagi maʼlumotlarni buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Boshlangʻich hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxslar ularning oʻz vaqtida, toʻgʻri va ishonchli tuzilishi, shuningdek buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun belgilangan muddatlarda topshirilishiga javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Boshlangʻich hujjatlar mazkur Nizom talablariga rioya qilgan holda korxona tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan blankalarda yoki qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan boshqa shakllarda tuziladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Boshlangʻich hujjatlardagi yozuvlar ularni arxivda belgilangan muddatlarda saqlanishini taʼminlaydigan siyoh, sharikli ruchka pastasi, yozuv mashinalari, mexanizatsiya vositalari va boshqa vositalar yordamida amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozuvlar uchun qalamdan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Boshlangʻich hujjatlar va registrlardagi boʻsh qatorlar chizilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Boshlangʻich hujjatlar va hisob registrlarini imzolash huquqiga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan tasdiqlanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kassa operatsiyalarini, tovar-moddiy qiymatliklar bilan operatsiyalarni, kredit va hisob-kitob majburiyatlarini amalga oshirganlik faktlarini qayd etuvchi boshlangʻich hujjatlarni tuzish tartibi boʻyicha qoʻshimcha talablar Buxgalteriya hisobining milliy standartlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Buxgalteriyaga kelib tushadigan boshlangʻich hujjatlar shartli ravishda tekshiruvdan oʻtkaziladi. Tekshiruv shakl boʻyicha (hujjatlarni rasmiylashtirish, rekvizitlarni toʻldirishning toʻliqligi va toʻgʻriligi), mazmuni boʻyicha (hujjatlashtirilayotgan operatsiyaning qonuniyligi, alohida koʻrsatkichlarning mantiqiy bogʻlanishi) amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qonunchilik hujjatlariga va pul mablagʻlari, tovar-moddiy zaxiralari va boshqa aktivlarni qabul qilish, saqlash va sarflash boʻyicha belgilangan tartibga zid boʻlgan boshlangʻich hujjatlar kelib tushganda, ular korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslarga qaror qabul qilish uchun topshirilishi kerak.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tekshiruvdan oʻtgan boshlangʻich hujjatlar ularning qayta qoʻllanilishini istisno etuvchi belgiga ega boʻlishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qoʻl yordamida ishlovdan oʻtkazilganda — hisob registriga yozilgan sanani koʻrsatish orqali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) texnik vositalar hamda axborot tizimlari xizmatlari va axborot texnologiyalardan foydalangan holda ishlovdan oʻtkazilganda — ishlovdan oʻtkazish boʻyicha masʼul operator shtampini qoʻyish orqali.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Kirim va chiqim kassa orderlariga ilova qilingan barcha hujjatlar hamda ish haqini hisoblash uchun asos boʻlgan hujjatlar albatta “Olindi” yoki “Toʻlandi” shtampini qoʻyish yoki qoʻl yozuvini kiritish orqali sanasini (oy, kun, yil) koʻrsatish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun hisobga qabul qilingan boshlangʻich hujjatlardagi axborotlar hisob registrlarida yigʻib boriladi va tizimlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Korxona tomonidan muayyan davr (oy, chorak, yarim yillik, yil) davomida amalga oshirilgan xoʻjalik operatsiyalari haqidagi maʼlumotlar guruhlashtirilgan holda hisob registrlaridan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda tuziladigan moliyaviy hisobotlarga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda korxonalar qoʻllayotgan buxgalteriya hisobi registrlarini oʻz faoliyatining xususiyatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilgan holda, mustaqil moslashtirishlari mumkin.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Boshlangʻich hujjatlar va hisob registrlaridagi matn va raqamlarni oʻchirishga va izoh berilmagan tuzatishlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Boshlangʻich hujjatlardagi (bank va kassa pul hujjatlaridan tashqari) xatoliklar quyidagicha tuzatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) xato matn yoki summalar chiziladi va chizilganning yuqori qismidan toʻgʻri matn yoki summalar yoziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) chizish bitta chiziq bilan amalga oshiriladi va unda tuzatilayotgan xatoni oʻqish imkoniyati boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Boshlangʻich hujjatda tuzatilgan xatolarga “tuzatildi” yozuvi bilan izoh berilishi, hujjatni imzolagan shaxslar imzosi bilan tasdiqlanishi hamda tuzatish sanasi qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Boshlangʻich bank va kassa pul hujjatlarida tuzatishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda yuritish bilan bogʻliq hujjatlar qonunchilikda belgilangan muddatlar mobaynida, biroq hisobot yilidan keyin kamida besh yil buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-yanvardan keyin hisoblangan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari hamda ular boʻyicha hisoblangan soliq summalari toʻgʻrisidagi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati va statistika organlariga elektron tarzda topshirilgan moliyaviy, soliq va statistika hisobotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali elektron shaklda rasmiylashtirilgan hujjatlar majburiy saqlanmaydi va arxivga topshirilmaydi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-martdagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1297-6, 27.03.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2023-y., 10/23/1297-6/0174-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Boshlangʻich hujjatlar, hisob registrlari, moliyaviy hisobotlarni but saqlanishi korxona rahbari tomonidan taʼminlanishi shart.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-martdagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1297-6, 27.03.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2023-y., 10/23/1297-6/0174-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Muayyan hisob registriga tegishli boʻlgan, ishlov berilgan joriy oyning boshlangʻich hujjatlari xronologik tartibda jamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassa orderlari, boʻnak hisobotlari, bank koʻchirmalari ularga taalluqli boʻlgan hujjatlar bilan birgalikda xronologik tartibda yigʻilishi va muqovalanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarning ayrim turlari (ish naryadlari, smena raportlari) muqovalanmasdan, lekin ularning yoʻqolishi yoki suiisteʼmol qilinishining oldini olish maqsadida yigʻmajildlarga tikilgan holda saqlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Korxonalardan boshlangʻich hujjatlar, hisob registrlari, moliyaviy hisobotlarni olib qoʻyish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Hujjatlarni tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov organlari, prokuratura idoralari va sudlar tomonidan olib qoʻyishlar, mazkur idoralarning Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat protsessual qonunchilik hujjatlariga muvofiq ravishda rasmiylashtirilgan qarorlari asosida amalga oshiriladi. Olib qoʻyish bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va uning nusxasi, korxonaning tegishli mansabdor shaxsiga imzo qoʻydirgan holda topshiriladi.
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olib qoʻyishni amalga oshirayotgan idoralar vakillarining ruxsati bilan va ularning ishtirokida korxonaning tegishli mansabdor shaxslari olib qoʻyilayotgan hujjatlardan, asoslarni va olib qoʻyish sanasini koʻrsatgan holda nusxa olishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar oxirigacha rasmiylashtirilmagan hujjatlar jildlari (tikib qoʻyilmagan, raqamlanmagan va hokazo) olib qoʻyilayotgan boʻlsa, olib qoʻyishni amalga oshirayotgan idoralar vakillarining ruxsati bilan va ularning ishtirokida korxonaning tegishli mansabdor shaxslari bu jildlarni oxirigacha rasmiylashtirishi (ular roʻyxatini tuzishi, varaqlarni raqamlashi, tikishi, imzo bilan tasdiqlashi yoki olib qoʻyilayotgan hujjatlarning roʻyxatini har bir hujjatdagi betlar sonini koʻrsatgan holda tuzishi kerak. Bunda roʻyxatni olib qoʻyishni amalga oshirayotgan idoralarning vakillari va korxonaning tegishli mansabdor shaxslari imzolashadi.
(28-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 4-martdagi 29-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1297-4, 11.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1297-4/2739-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Boshlangʻich hujjatlarni yoʻqotish hollarida korxona rahbari buyruq bilan yoʻqotish sabablarini tekshirish boʻyicha komissiya tayinlashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, tekshiruv natijalari korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan tasdiqlanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshlangʻich hujjatlarni yoʻqotishda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(29-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Qatʼiy hisobdagi blankalarni hisobga olish, saqlash, hisobdan chiqarish va yoʻq qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda boshlangʻich hujjatlar shakli blankalari qatʼiy hisobdagi blankalariga kiritilishi mumkin.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Qatʼiy hisobdagi blankalarning shakllari va ishlatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Rasmiy davlat hujjatlarini hisobga olish, saqlash, hisobdan chiqarish va yoʻq qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2000-yil, 7-son, 42-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Qatʼiy hisobdagi blankalar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda raqamlanishi (numerator bilan, bosmaxona usulida) lozim.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Qatʼiy hisobdagi blankalarni olish, saqlash, berish va ishlatish yuklatilgan korxonaning masʼul shaxslari korxona rahbarining buyrugʻi bilan tayinlanadi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 343-moddasida belgilangan hollarda va tartibda yakka tartibdagi toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisidagi yozma shartnoma tuziladi.
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-martdagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1297-6, 27.03.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2023-y., 10/23/1297-6/0174-son — 2023-yil 30-apreldan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar masʼul shaxs vaqtincha yoʻq boʻlsa yoki boshqa ishga oʻtib ketayotgan boʻlsa, qatʼiy hisobdagi blankalar masʼul shaxs va ushbu vazifani bajarish yuklatilayotgan shaxs tomonidan imzolangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi boʻyicha oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Qatʼiy hisobdagi blankalarni mahsulot yetkazib beruvchidan qabul qilish korxonaning masʼul shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qatʼiy hisobdagi blankalarni qabul qilishda blankalar paketi masʼul shaxs tomonidan shartli ravishda oʻrami buzilgan yoki buzilmaganligi tekshiriladi, qabul qilinayotgan oʻramlar miqdorining yoʻllanma kuzatuv hujjatlarda koʻrsatilgan miqdorga muvofiqligi tekshiriladi va bu toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Matbaa korxonasidan xarid qilingan (buyurtma qilingan) qatʼiy hisobdagi blankalarda kamomad yoki nuqsonlar (himoya setkasining, bosma matnning yoʻqligi yoki buzilganligi, tartib raqamlarining takroriyligi yoxud boshqa seriyalar yoki tartib raqamlari boʻlgan, qiyshaygan shriftli, notoʻgʻri kesilgan va notoʻgʻri shaklli, seriya va tartib raqamlari yoʻq boʻlgan yoki paketlardagi matbaa korxonasining yopishtirilgan nakleykalariga boshqacha tarzda nomuvofiq boʻlgan blankalar) aniqlangan taqdirda uch nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi yoʻllanma xat bilan matbaa korxonasi nakleykasi va nuqsonli blankalar bilan birga matbaa korxonasiga joʻnatiladi, ikkinchi va uchinchi nusxalar nakleyka kseronusxasi bilan birga korxonada qoladi. Eʼtirozlar qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda bildirilishi lozim.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Qatʼiy hisobdagi blankalar seyflarda yoxud yonmaydigan javonlarda yoki korxonaning maxsus jihozlangan xonalarida saqlanishi kerak. Qatʼiy hisobdagi blankalarni koʻp miqdorda qabul qiluvchi korxonalarda ularning buzilish yoki oʻgʻirlanish holatini istisno etuvchi maxsus jihozlangan omborxonalarda saqlashga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonada mavjud boʻlgan qatʼiy hisobdagi blankalarning ish paytidan tashqari vaqtda saqlanishini taʼminlash maqsadida seyflar, yonmaydigan javonlar va qatʼiy hisobdagi blankalarni saqlash uchun maxsus jihozlangan xonalar muhrlanadi yoki plombalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Masʼul shaxs qatʼiy hisobdagi blankalarning hisobini ularning nomi, seriyasi va raqami boʻyicha mazkur Nizomning 1-sonli ilovasiga muvofiq, raqamlangan va tikilgan “Qatʼiy hisobdagi blankalarni hisobga olish jurnali”da olib boradi. Jurnalning soʻnggi varagʻida korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar imzosi bilan “Mazkur jurnalda... varaq raqamlangan” degan yozuv kiritiladi. Varaqlar soni yozuv bilan koʻrsatiladi.
(38-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qatʼiy hisobdagi blankalarni hisobga olish juranali” aniq, tushunarli va qisqartirishlarsiz toʻldiriladi. Jurnalda oʻchirishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Yoʻl qoʻyilgan xatoliklar tegishli izohlar bilan tuzatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan qatʼiy hisobdagi blankalarni topshirish, saqlash, ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan masʼul shaxslarga qatʼiy hisobdagi blankalarning saqlanishini taʼminlovchi sharoitlar yaratilishi lozim.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Qatʼiy hisobdagi blankalar materiallarni hisobga oluvchi schyotlarda ularning nomi, miqdori va baholash boʻyicha hisobga olinadi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 5-avgustdagi 36-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1297-5, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/1297-5/1195-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Hisobdor shaxslar qatʼiy hisobdagi blankalarni qabul qilish va ishlatilishi boʻyicha hisobot berib turadi va ular tomonidan olingan har bir qatʼiy hisobdagi blankaning ishlatilishi uchun javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Hisobdor shaxslarga qatʼiy hisobdagi blankalarni berish masʼul shaxs tomonidan korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslarning topshirigʻi asosida amalga oshiriladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Hisobdor shaxslarga berilgan qatʼiy hisobdagi blankalarni nazorat qilish maqsadida korxona tomonidan mazkur Nizomning 2-sonli ilovasidagi shakl boʻyicha olish-nazorat qilish varaqlarini yuritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda olish-nazorat qilish varaqlari ikki nusxada toʻldiriladi va ulardan bittasi Qatʼiy hisobdagi blankalarni hisobga olish jurnalida imzo chekilgan holda hisobdor shaxsga, ikkinchisi masʼul shaxs tomonidan buxgalteriyaga topshiriladi. Qatʼiy hisobdagi blankalarning har bir nomdagi turi uchun alohida olish — nazorat qilish varaqlari ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olish-nazorat qilish varagʻining yuqoridagi chap burchagida varaq berilgan sana, korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar imzosi qoʻyiladi.
(43-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobdor shaxs olish-nazorat qilish varagʻini qatʼiy hisobdagi blankalarini toʻgʻri ishlatilishining nazoratini amalga oshiradigan shaxsga taqdim etadi. Avval berilgan qatʼiy hisobdagi blankalarning ishlatilganligini va blankalarning keyingi turkumini berish lozimligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirib, nazorat qiluvchi shaxs varaqning tegishli satrida imzo chekadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Qatʼiy hisobdagi blankalarni inventarizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 19-oktabrda EG/17192075-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-son BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”da belgilangan tartibda amalga oshiriladi (roʻyxat raqami 833, 1999-yil 2oktyabr).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Qatʼiy hisobdagi blankalarning yoʻqolishi va kamomadi hisobi Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1334, 2004-yil 6-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 14-son, 173-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Qatʼiy hisobdagi blankalarda oʻchirishlar va tuzatishlar aniqlangan hollarda, shuningdek qatʼiy hisobdagi blankalarni toʻldirish va ishlatilishi boʻyicha belgilangan tartibning boshqa buzilish holatlari aniqlanganda masʼul shaxsga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻriladi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Qatʼiy hisobdagi blankalar materiallarni hisobga oluvchi schyotlardan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarga ularni hisobdor shaxslarga berilishiga qarab hisobdan chiqarib boriladi va balansdan tashqari “Qatʼiy hisobdagi blankalar”schyotiga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qatʼiy hisobdagi blankalar balansdan tashqari “Qatʼiy hisobotdagi blankalar” schyotidan hisobdor shaxslarning olingan va ishlatilgan qatʼiy hisobdagi blankalar uchun hisobot berishiga qarab hisobdan chiqarib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qatʼiy hisobdagi blankalarning balansdan tashqari hisobi ularning mavqeyi (qadr-qimmati), miqdori va nominal boʻyicha ularning umumiy hisob summasi boʻyicha yuritiladi. Qatʼiy hisobdagi blankalarning mavqeyi mavjud boʻlmaganda, ular haqiqiy xarid qiymati boʻyicha hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Nuqsonli, toʻldirishda buzilgan, eskirgan, shikastlangan, shuningdek almashtirilgan qatʼiy hisobdagi blankalar korxona buxgalteriyasiga topshiriladi va bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Nuqsonli, toʻldirishda buzilgan, eskirgan, shikastlangan, shuningdek almashtirilgan qatʼiy hisobdagi blankalarni yoʻq qilish maxsus tayinlangan komissiya tomonidan, zarurat tugʻilgan hollarda, lekin yilda kamida bir marotaba amalga oshiriladi va yoʻq qilinganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassa hisobotiga (qaydnomaga, reyestrga) ilova qilinadigan buzilgan yoki notoʻgʻri toʻldirilgan blankalar yoʻq qilinmaydi, balki ustiga bir necha bor chizib qoʻyiladi va ular yozilgan kunning oʻzidagi kassa hisobotiga (qaydnomaga, reyestrga) ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Qatʼiy hisobdagi blankalarni belgilangan muddat mobaynida saqlash boʻyicha javobgarlik korxona rahbariga yoki u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlagan shaxslarga yuklanadi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Hujjat aylanishini tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Korxonaning buxgalteriya hisobida hujjatlarning harakati (ularni tuzish yoki boshqa korxonalardan olish, hisobga qabul qilish, ishlov berish, arxivga topshirish — hujjat aylanishi) grafik bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar hujjat aylanishi grafigini tuzish boʻyicha ishni tashkil etadilar. Hujjat aylanishi grafigi korxona rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Grafik korxonada oqilona hujjat aylanishini taʼminlashi zarur, yaʼni har bir boshlangʻich hujjatning harakati boʻyicha ijro etuvchilarning maqbul sonini nazarda tutishi, hujjatning boʻlinmada eng kam muddatda boʻlishini belgilashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjat aylanishi grafigi korxonada barcha hisob ishining yaxshilanishiga, buxgalteriya hisobining nazorat qilish funksiyasining kuchayishiga yordam berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Hujjat aylanishi grafigi korxonaning har bir boʻlinmasi, shuningdek barcha ijro etuvchilar tomonidan ularning oʻzaro bogʻliqligini va ishlarni bajarish muddatlarini koʻrsatgan holda hujjatlarni tuzish, tekshirish va ularga ishlov berish boʻyicha bajariladigan ishlarning sxemasi yoki roʻyxati koʻrinishida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizomning 3-sonli ilovasida ishlar roʻyxati koʻrinishidagi namunaviy hujjatlar aylanishi grafigi keltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Korxona xodimlari oʻzlarining faoliyat sohasiga taalluqli boʻlgan hujjatlarni hujjatlar aylanishi grafigi boʻyicha tuzadi va taqdim etadi. Buning uchun xar bir ijrochiga grafikdan koʻchirma beriladi. Koʻchirmada ijrochining faoliyat sohasiga tegishli hujjatlar, ularni taqdim etish muddatlari va ushbu hujjatlar taqdim etiladigan korxona boʻlinmalari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Hujjatlar aylanishi grafigiga rioya qilish boʻyicha javobgarlik, shuningdek hujjatlarni oʻz vaqtida va sifatli tuzish, buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirish uchun ularni oʻz vaqtida taqdim etish, hujjatlardagi mavjud maʼlumotlarning ishonchliligi boʻyicha javobgarlik ushbu hujjatlarni tuzgan va imzolagan shaxslar zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Korxona boʻyicha ijrochilarning hujjat aylanishi grafigiga rioya qilishini nazorat qilish korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjat aylanishi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qatʼiy hisobdagi blanklarni hisobga olish JURNALI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KIRIM
ChIQIM
№
Kelib tushgan
blanklarga
ilova qilingan
hujjat
Blanklar
miqdori
Blanklar
raqamlari
(№ _dan
№ _gacha)
Berish
sanasi
Kimga
berilgan
Blanklar
miqdori
Blanklar
raqamlari
(№ _dan
№ _gacha)
Olganlik
toʻgʻrisida
imzo
sana
№
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjat aylanishi toʻgʻrisidagi Nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish