10.09.2026 yildagi O‘RQ-1173-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.12.2026 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga elektron tijorat sohasini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 10-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2026-yil 18-mayda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda mamlakatimizda zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, elektron tijorat sohasini rivojlantirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga bugungi kunda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi elektron tijorat ishtirokchilari uchun zamonaviy logistika infratuzilmasiga ega milliy elektron tijorat makoni yaratilishini hamda elektron tijorat ishtirokchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishini taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga elektron shakldagi xizmatlarni koʻrsatuvchi yoki elektron savdo platformalari orqali tovarlarni realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslariga soliq solinishini, ularning hisobga qoʻyilishini va hisobdan chiqarilishini, soliq hisoblab chiqarilishini, ular tomonidan soliq hisobotlari taqdim etilishini hamda soliq toʻlanishini belgilashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga elektron tijorat, elektron savdo platformasi, elektron tijorat ishtirokchilari va operatorlarining (elektron savdo platformasi operatorlarining, buyurtmalar agregatori operatorlarining, raqamli striming xizmati operatorlarining) huquq va majburiyatlari, elektron tijorat sohasida toʻlovlarni, transchegaraviy elektron tijoratni amalga oshirishning, raqamli mahsulotlar eksporti va importining oʻziga xos xususiyatlari belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun raqamli iqtisodiyotni va elektron tijorat platformalarini (servislarini) yanada rivojlantirishga, elektron tijoratning shaffof va ochiq ekotizimini yaratishga hamda raqamli mahsulotlar (xizmatlar) xaridorlarining huquqlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1199-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 5, 461, 464, 467-moddalar, № 6, 570-modda, № 7, 664, 666-moddalar, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 6, 444, 446-moddalar, № 7, 540-modda, № 12, 1011-modda; 2024-yil, № 2, 106, 110, 111-moddalar, № 4, 346-modda, № 5, 458, 459-moddalar, № 8, 822, 831-moddalar, № 9, 958-modda, № 10, 1076-modda, № 11, 1190-modda, № 12, 1283, 1284, 1296, 1297-moddalar; 2025-yil, № 2, 188, 194-moddalar, № 4, 519, 520, 521, 522-moddalar, № 5, 644, 645-moddalar, № 6, 729, 731-moddalar, № 8, 971, № 10, 1153-modda, № 12, 1322, 1324, 1328, 1329-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 19-modda quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi deb eʼtirof etiladigan elektron shakldagi xizmatlarni koʻrsatuvchi yoki elektron savdo platformalari orqali tovarlarni realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslariga hujjatlar qogʻozda yoki telekommunikatsiya kanallari orqali elektron shaklda joʻnatilganidan soʻng oʻttiz kundan keyin olingan deb hisoblanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn ikkinchi qismidagi “xizmatlar koʻrsatuvchi va” degan soʻzlar “xizmatlar koʻrsatuvchi yoki elektron savdo platformalari orqali tovarlarni realizatsiya qiluvchi hamda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn uchinchi qismidagi “oʻn uchinchi” degan soʻzlar “oʻn ikkinchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn toʻrtinchi qismidagi “oʻn uchinchi” degan soʻzlar “oʻn ikkinchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn beshinchi qismidagi “oʻn uchinchi” degan soʻzlar “oʻn ikkinchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn oltinchi qismidagi “oʻn uchinchi — oʻn oltinchi” degan soʻzlar “oʻn ikkinchi — oʻn beshinchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 39-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“39-bob. Elektron shaklda xizmatlar koʻrsatuvchi yoki elektron savdo platformalari orqali tovarlarni realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 278-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan elektron shakldagi xizmatlarni koʻrsatuvchi yoki elektron savdo platformalari orqali tovarlarni realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslari jismoniy shaxslarga bunday xizmatlarni koʻrsatishga va tovarlarni realizatsiya qilishga oid qism boʻyicha soliq toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron savdo platformalari orqali jismoniy shaxslarga tovarlar realizatsiya qilinganda, xaridorning yashash joyi va tovarlarni yetkazib berish joyi Oʻzbekiston Respublikasi boʻlsa, tovarlarni realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar chet el yuridik shaxslari jismoniy shaxslarga ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan xizmatlarni elektron shaklda koʻrsatsa yoki elektron savdo platformalari orqali tovarlarni realizatsiya qilsa hamda ularni realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi boʻlsa, bunday xizmatlarni koʻrsatuvchi va (yoki) tovarlarni realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslari bilan topshiriq, vositachilik, agentlik shartnomalari yoki boshqa shunga oʻxshash shartnomalar asosida bevosita jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblarda ishtirok etadigan vositachilar boʻlgan chet el yuridik shaxslari yoki Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari bunday xizmatlarni realizatsiya qilishga doir operatsiyalarga nisbatan soliq agentlari deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar bunday xizmatlar va (yoki) tovarlar vositachilar boʻlgan bir nechta yuridik shaxsning hisob-kitoblarida izchil ketma-ketlikda ishtirok etgan holda koʻrsatilsa va (yoki) realizatsiya qilinsa, bevosita jismoniy shaxslar hamda xizmatlar koʻrsatuvchi va (yoki) tovarlarni realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslari bilan hisob-kitoblarda ishtirok etayotgan vositachi boʻlgan chet el yuridik shaxslari yoki Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari, ularda ushbu xizmatlarni koʻrsatuvchi va (yoki) tovarlarni realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxsi bilan shartnoma mavjudligidan qatʼi nazar, soliq agentlari deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar chet el yuridik shaxslari Oʻzbekiston Respublikasining elektron savdo platformalari orqali xizmatlar koʻrsatsa va (yoki) tovarlarni realizatsiya qilsa hamda ularni realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi boʻlsa, ushbu xizmatlarni koʻrsatuvchi va (yoki) tovarlarni realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslarining foydasiga hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi mazkur elektron savdo platformalari operatorlari bunday operatsiyalarga nisbatan soliq agentlari deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar bunday xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga va Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslarga koʻrsatiladigan boʻlsa, bunday xizmatlarning xaridorlari boʻlgan mazkur shaxslar soliq agentlari deb eʼtirof etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 279-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“279-modda. Elektron shaklda xizmatlar koʻrsatuvchi yoki elektron savdo platformalari orqali tovarlarni realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslarini hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar chet el yuridik shaxsi jismoniy shaxslarga ushbu Kodeksning 282-moddasida koʻrsatilgan, realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi deb eʼtirof etiladigan elektron shakldagi xizmatlar koʻrsatadigan boʻlsa yoki elektron savdo platformalari orqali tovarlarni realizatsiya qilsa va, agar bu yuridik shaxsning oʻzi vositachilarsiz tovarlarni (xizmatlarni) oluvchi boʻlgan jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirsa, chet el yuridik shaxsini soliq organida hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) toʻgʻrisidagi ariza va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Shunday xizmatlarda va (yoki) shunday tovarlarni realizatsiya qilishda soliq agenti deb eʼtirof etiladigan vositachi boʻlgan chet el yuridik shaxsini soliq organida hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) toʻgʻrisidagi ariza chet el yuridik shaxslari tomonidan soliq organiga elektron shaklda xizmatlar koʻrsatish yoki elektron savdo platformalari orqali tovarlarni realizatsiya qilish boshlangan (tugatilgan) kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan kechiktirmay beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismidagi “xizmatlarni” degan soʻz “xizmatlarni koʻrsatish yoki elektron savdo platformasi orqali tovarlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chet el yuridik shaxslari elektron savdo platformalari orqali jismoniy shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etiladigan tovarlarni realizatsiya qilganda, soliq bazasi mazkur tovarlarning ularni realizatsiya qilishning haqiqiy narxlaridan kelib chiqib hisoblab chiqariladigan soliq summasi hisobga olingan holdagi qiymati sifatida aniqlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi — oltinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — yettinchi qismlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomidagi “koʻrsatishda” degan soʻz “koʻrsatuvchi yoki elektron savdo platformalari orqali tovarlarni realizatsiya qiluvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan elektron shakldagi xizmatlarni koʻrsatuvchi yoki elektron savdo platformalari orqali tovarlarni realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslari soliq organiga soliq hisobotini soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali, belgilangan format boʻyicha elektron shaklda taqdim etadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi OʻRQ-792-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 9, 896-modda; 2025-yil, № 4, 519-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 3-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmalar agregatori — Internet jahon axborot tarmogʻidan va telekommunikatsiya tarmogʻidan foydalangan holda elektron tijorat ishtirokchilariga xizmatlarni (ishlarni) taqdim etishga doir shartnomalar tuzish hamda toʻlovlarni amalga oshirish uchun texnik, tashkiliy va axborot infratuzilmasi bilan taʼminlovchi apparat-dasturiy majmua yoki axborot-kommunikatsiya tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmalar agregatori operatori — buyurtmalar agregatoriga egalik qiluvchi va (yoki) uni boshqaruvchi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli mahsulotlar — intellektual mulk obyektlarining elektron koʻchirma nusxalari (raqamli tovarlar), shuningdek elektron axborot muhitida moddiy natijaga ega boʻlmagan muayyan harakatlarni yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish, shu jumladan “bulutli texnologiyalar”ni (raqamli xizmatlarni) olishga hamda ularga obuna boʻlishga doir xizmatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli striming xizmati — Internet jahon axborot tarmogʻidan va telekommunikatsiya tarmogʻidan foydalangan holda elektron tijorat ishtirokchilariga raqamli mahsulotlardan real vaqt rejimida (onlayn) foydalanish imkoniyatini beruvchi, shuningdek shartnomalar tuzish hamda toʻlovlarni amalga oshirish uchun texnik, tashkiliy va axborot infratuzilmasi bilan taʼminlovchi apparat-dasturiy majmua yoki axborot-kommunikatsiya tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli striming xizmati operatori — raqamli striming xizmatiga egalik qiluvchi va (yoki) uni boshqaruvchi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron savdo platformasi — Internet jahon axborot tarmogʻidan va telekommunikatsiya tarmogʻidan foydalangan holda elektron tijorat ishtirokchilari oʻrtasida tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisini amalga oshirishga doir shartnomalar tuzish hamda toʻlovlarni amalga oshirish uchun texnik, tashkiliy va axborot infratuzilmasi bilan taʼminlovchi apparat-dasturiy majmua yoki axborot-kommunikatsiya tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron savdo platformasi operatori — elektron savdo platformasiga egalik qiluvchi va (yoki) uni boshqaruvchi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron tijorat — axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda tadbirkorlik faoliyati doirasida tovarlarni sotishga, ishlarni bajarishga va xizmatlarni koʻrsatishga doir jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar oʻrtasida shartnomalar tuzish jarayoniga oid munosabatlar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 4-moddaning beshinchi xatboshisidagi “subyektlarining” degan soʻz “ishtirokchilari hamda operatorlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 5-moddaning beshinchi xatboshisidagi “subyektlarining” degan soʻz “ishtirokchilari hamda operatorlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 7-modda ikkinchi qismining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshisidagi “subyektlarining” degan soʻz “ishtirokchilari hamda operatorlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻninchi xatboshisidagi “subyektlariga” degan soʻz “ishtirokchilari hamda operatorlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 3-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3-bob. Elektron tijorat ishtirokchilari hamda operatorlari, ularning huquq va majburiyatlari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 8-modda ikkinchi qismining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshisidagi “maydonchasida” degan soʻz “platformasida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshisidagi “maydonchasida” degan soʻz “platformasida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) 9-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “maydonchasini” degan soʻz “platformasini” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) quyidagi mazmundagi 101-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“101-modda. Transchegaraviy elektron tijoratni amalga oshirishning oʻziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron tijorat ishtirokchilari hamda operatorlari turli davlatlar hududida joylashgan va ulardan biri Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan holda amalga oshiriladigan elektron tijorat turi transchegaraviy elektron tijorat hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transchegaraviy elektron tijorat tartib-taomillari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) 11-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron tijorat operatorlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron savdo platformasi operatorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmalar agregatori operatorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli striming xizmati operatorlari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “subyektlariga” degan soʻz “ishtirokchilariga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshisidagi “subyektlariga” degan soʻz “ishtirokchilariga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshisidagi “subyektlari” degan soʻz “ishtirokchilari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi qismidagi “subyektlarining” degan soʻz “ishtirokchilarining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron tijorat ishtirokchilari oʻrtasida elektron tijorat operatorining axborot tizimlari orqali tuzilgan shartnoma yuzasidan oʻzining faoliyati boʻyicha majburiyatlarining ijro etilishi, shuningdek xaridorga sifatsiz tovar (ish, xizmat) yetkazib berilishi yoki nomaqbul sifatli nooziq-ovqat tovari almashtirilishi natijasida kelib chiqadigan nizolar boʻyicha sotuvchi asosiy javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotuvchi tomonidan xaridorning qonuniy talablarini qanoatlantirish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, basharti shartnoma shartlarida yoki qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, elektron tijorat operatori xaridor oldida subsidiar javobgar boʻladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi qismi yettinchi qism deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) 13-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“13-modda. Elektron savdo platformasi operatorining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron savdo platformasi operatori ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan elektron tijorat operatori huquqlaridan tashqari oʻz elektron savdo platformasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) bevosita, mustaqil ravishda sotish huquqiga ham ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron savdo platformasi operatori ushbu Qonun 12-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan elektron tijorat operatori majburiyatlaridan tashqari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirayotgan yoki faoliyatni (harakatlarni) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida yoxud xabardor qilish tartibida amalga oshirayotgan sotuvchilarning tegishli litsenziyalarini yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarini yoxud xabarnomalarini tekshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq muomaladan olib qoʻyilgan yoki muomalasi cheklangan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) realizatsiya qilinishiga barham berilishi boʻyicha choralar koʻrishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron savdo platformasidan foydalanuvchilarning shaxsga doir maʼlumotlari konfidensialligini taʼminlashi, shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron savdo platformasida toʻlovlarni amalga oshirishda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etilishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron savdo platformasi faoliyati bilan bogʻliq murojaatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organiga tegishli axborotni qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) taklif qilish va tartiblashtirish algoritmlari shaffofligini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xaridor tomonidan sharhlar qoldirilishi imkoniyatini yaratishi, ularni oʻzgartirmasligi va ularning saqlanishini taʼminlashi (bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron savdo platformasidan foydalanish qoidalarini, shartnoma (ommaviy oferta) shartlarini, shuningdek qonunchilik hujjatlariga muvofiq oshkor etilishi majburiy boʻlgan boshqa maʼlumotlarni elektron savdo platformasida joylashtirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar elektron savdo platformasi operatori elektron tijorat sohasidagi oʻz faoliyatini toʻxtatib turmoqchi boʻlsa yoki xizmat koʻrsatish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritmoqchi boʻlsa, bu haqda kamida oʻttiz kun oldin tegishli elektron savdo platformasida eʼlon berishi kerak (bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno)”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) 3-bob quyidagi mazmundagi 131 va 132-moddalar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“131-modda. Buyurtmalar agregatori operatorining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmalar agregatori operatori ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan elektron tijorat operatorining huquqlaridan tashqari talablar, takliflar va boshqa omillardan kelib chiqqan holda xaridor uchun koʻrsatiladigan xizmatlarning (ishlarning) yakuniy qiymatini mustaqil shakllantirish va belgilash huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmalar agregatori operatori ushbu Qonun 12-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan elektron tijorat operatorining majburiyatlaridan tashqari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirayotgan yoki faoliyatni (harakatlarni) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida yoxud xabardor qilish tartibida amalga oshirayotgan sotuvchilarning tegishli litsenziyalarini yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarini yoxud xabarnomalarini tekshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq muomaladan olib qoʻyilgan yoki muomalasi cheklangan xizmatlarning (ishlarning) realizatsiya qilinishiga barham berilishi boʻyicha choralar koʻrishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmalar agregatoridan foydalanuvchilarning shaxsga doir maʼlumotlari konfidensialligini taʼminlashi, shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmalar agregatorida toʻlovlarni amalga oshirishda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etilishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmalar agregatorining faoliyati bilan bogʻliq murojaatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organiga tegishli axborotni qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatlarni (ishlarni) taklif qilish va tartiblashtirish algoritmlari shaffofligini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xaridor tomonidan sharhlar qoldirilishi imkoniyatini yaratishi, ularni oʻzgartirmasligi va ularning saqlanishini taʼminlashi (bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmalar agregatoridan foydalanish qoidalarini, shartnoma (ommaviy oferta) shartlarini, shuningdek qonunchilik hujjatlariga muvofiq oshkor etilishi majburiy boʻlgan boshqa maʼlumotlarni buyurtmalar agregatorida joylashtirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar buyurtmalar agregatori operatori elektron tijorat sohasidagi oʻz faoliyatini toʻxtatib turmoqchi boʻlsa yoki xizmat koʻrsatish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritmoqchi boʻlsa, bu haqda kamida oʻttiz kun oldin tegishli buyurtmalar agregatorida eʼlon berishi kerak (bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
132-modda. Raqamli striming xizmati operatorining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli striming xizmati operatori ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan elektron tijorat operatori huquqlaridan tashqari oʻz raqamli striming xizmatida raqamli mahsulotlardan foydalanish qoidalarini mustaqil belgilash, shuningdek qonunchilik hujjatlariga muvofiq kontentni (axborot resursi mazmunini) moderatsiya qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli striming xizmati operatori ushbu Qonun 12-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan elektron tijorat operatorining majburiyatlaridan tashqari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli striming xizmatida joylashtirilgan raqamli mahsulotlarga nisbatan mualliflik huquqiga va turdosh huquqlarga rioya etilishini taʼminlashi, intellektual mulk obyektlaridan noqonuniy foydalanish holatlarini monitoring qilishi va ularning oldini olish choralarini koʻrishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq muomalasi cheklangan yoki taqiqlangan raqamli mahsulotlarning tarqatilishiga barham berilishi boʻyicha choralar koʻrishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchilarga taqdim etilayotgan raqamli mahsulotlar va striming xizmatlari sifatining belgilangan talablarga muvofiqligini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli striming xizmatidan foydalanuvchilarning shaxsga doir maʼlumotlari konfidensialligini taʼminlashi, shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli striming xizmatida toʻlovlarni amalga oshirishda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etilishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli striming xizmati faoliyati bilan bogʻliq murojaatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organiga tegishli axborotni qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli mahsulotlarni taklif qilish va tartiblashtirish algoritmlari shaffofligini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xaridor tomonidan sharhlar qoldirilishi imkoniyatini yaratishi, ularni oʻzgartirmasligi va ularning saqlanishini taʼminlashi (bundan qonunchilikda nazarda tutilgan xollar mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli striming xizmatidan foydalanish qoidalarini, shartnoma (ommaviy oferta) shartlarini, shuningdek qonunchilik hujjatlariga muvofiq oshkor etilishi majburiy boʻlgan boshqa maʼlumotlarni raqamli striming xizmatida joylashtirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar raqamli striming xizmati operatori elektron tijorat sohasidagi oʻz faoliyatini toʻxtatib turmoqchi boʻlsa yoki xizmat koʻrsatish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritmoqchi boʻlsa, bu haqda kamida oʻttiz kun oldin tegishli raqamli striming xizmatida eʼlon berishi kerak (bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno)”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) 16-moddaning uchinchi qismi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshisidagi “(oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning familiyasini, ismini, otasining ismini)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qaytarish va (yoki) toʻlangan mablagʻlarni xaridorga qaytarib berish tartibi va shartlarini”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi xatboshisi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi qismidagi “belgilangan tartibda keyinchalik inkassatsiya qilish sharti bilan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron tijorat operatorlari, elektron tijoratda sotuvchi boʻlgan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek elektron tijoratda sotuvchi yoki buyurtma asosida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchi yoxud yoʻlovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyatini amalga oshiruvchi oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar (bundan buyon matnda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar deb yuritiladi) elektron tijorat doirasidagi hisob-kitoblarni faqat alohida bank hisobvaraqlaridan (yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar — elektron hamyonlaridan ham) foydalangan holda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning elektron tijorat doirasidagi faoliyati natijasida mablagʻlar tarzida olingan daromadlari oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning bank kartasiga biriktirilgan alohida bank hisobvaragʻida va (yoki) elektron hamyonida hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi shaxslar (sotuvchilar) uchun toʻlovni qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchining yoki elektron tijorat operatorining hisobvaragʻidagi mablagʻlarni keyinchalik inkassatsiya qilish uchun hisobdan chiqarish maqsadida oʻzini oʻzi band qilgan shaxsning alohida bank hisobvaragʻiga va (yoki) elektron hamyoniga mablagʻlarni oldindan joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun toʻlov sifatida naqd pul qabul qilishga, bunda alohida bank hisobvaragʻidan va (yoki) elektron hamyondan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchiga oʻtkazilgan mablagʻlarga teng boʻlgan miqdorda naqd pulni inkassatsiya qilmasdan oʻz ixtiyorida qoldirish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) 24-moddaning ikkinchi qismidagi “Savdo maydonchalarining” degan soʻzlar “Elektron savdo platformalarining va buyurtma agregatorlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) 27-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agar elektron tijorat operatori tomonidan “eskrou” xizmati koʻrsatilayotgan boʻlsa, sotuvchi xaridorga mablagʻlarni qaytarishni rad etgan taqdirda, elektron tijorat operatori sotuvchi bilan tuzilgan shartnomada belgilangan tartibda mablagʻlarni xaridorga mustaqil ravishda qaytarish huquqiga ega”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) 6-bob quyidagi mazmundagi 271-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“271-modda. Raqamli mahsulotlar eksporti va importining oʻziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali moddiy tashuvchilarda olib oʻtiladigan raqamli mahsulotlarning bojxona rasmiylashtiruvi (deklaratsiyalash) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli distributsiya usullari bilan eksport yoki import qilinayotgan raqamli mahsulotlarga bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet jahon axborot tarmogʻidagi xorijiy elektron savdo platformalari orqali raqamli mahsulotlar raqamli distributsiya qilish yoʻli bilan eksport qilinganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli mahsulot uchun xorijiy valyutadagi tushum raqamli mahsulotning sotilganligi boʻyicha eksport qiluvchining hisobiga xorijiy elektron savdo platformasi xizmatlari qiymati chegirib tashlangan holda kelib tushadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur tushumning kelib tushish muddati xorijiy elektron savdo platformasining qoidalariga muvofiq belgilanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonun 2-moddasi 8-bandining toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan transchegaraviy elektron tijorat tartib-taomillarini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 10-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-1173-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2026-y., 03/26/1173/0918-son)