04.09.2026 yildagi 460-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.09.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilgʻor xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-son Farmoniga asosan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimidagi Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi, amaldagi faoliyat yoʻnalishi, shtat birliklari, mol-mulki hamda moliyalashtirish tartibi va manbalari saqlab qolingan holda, Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkazilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Akkreditatsiya markazi) toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya markazining asosiy vazifalari hamda funksiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya markazining huquqlari va javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya markazini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlarining mehnatiga haq toʻlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 4-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
460-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-sentabrdagi 460-son qaroriga
1-ILOVA

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi davlat muassasasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasining (keyingi oʻrinlarda — Akkreditatsiya markazi) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Akkreditatsiya markazi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Akkreditatsiya markazi muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazadigan Akkreditatsiya organi hisoblanib, Vazirlar Mahkamasi Akkreditatsiya markazi muassisi (keyingi oʻrinlarda — Muassis) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Akkreditatsiya markazi mustaqil balansga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, shuningdek, banklarda milliy va xorijiy valyutada hisobvaraqlariga, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrlar, shtamplar va qonunchilik hujjatlariga muvofiq faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa rekvizitlarga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Akkreditatsiya markazi belgilangan tartibda oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, shuningdek, majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Akkreditatsiya markazi yuridik shaxs sifatida alohida mulkka, mustaqil balansga ega boʻladi, oʻziga biriktirilgan mulkka nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan doirada oʻz faoliyati maqsadlariga, Muassis topshiriqlariga va mulkning maqsadiga muvofiq egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Akkreditatsiya markazining rasmiy nomi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — “Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” DM (abbreviaturasi “OʻZAKK”);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) rus tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Gosudarstvennoye uchrejdeniye Uzbekskiy sentr akkreditatsii pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — GU “Uzbekskiy sentr akkreditatsii”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(abbreviatura “UZAKK”).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ingliz tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — “Uzbek center for Accreditation” State Institution under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — “Uzbek Center for Accreditation” SI (abbreviatura “UzAKK”);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Akkreditatsiya markazining joylashgan joyi (pochta manzili): 100169, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Zafarobod koʻchasi, 7a-uy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Akkreditatsiya markazining asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar Akkreditatsiya markazining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro standartlarga koʻra akkreditatsiyadan oʻtkazish, shuningdek, muvofiqlikni baholash boʻyicha akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektlarning belgilangan shartlar va talablarni bajarishini davriy baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro va milliy akkreditatsiya organlari bilan faol hamkorlik qilish, ushbu sohada xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish sohasida milliy va xalqaro ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa muassasalar tomonidan amalga oshirilayotgan davlat ilmiy-texnik dasturlar va loyihalarining yagona buyurtmachisi vazifalarini bajarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Akkreditatsiya markazi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy akkreditatsiya tizimini rivojlantirishga oid takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ISO/IEC 17011 xalqaro standarti talablari asosida faoliyat yuritadi va uning talablariga rioya qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro standartlarga, shuningdek, akkreditatsiya boʻyicha xalqaro tashkilotlar talablari va tavsiyalariga muvofiq akkreditatsiya tartibotlari boʻyicha qoidalar, tartib-taomillar, yoʻriqnomalar va nizomlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya sohasidagi davlat dasturlarining, shuningdek, sohada islohotlarning amalga oshirilishini tizimli tahlil qiladi, oʻtgan davr bilan qiyosiy oʻrganadi va istiqbolni belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya sohasining rivojlanish tendensiyalari boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro standartlarga koʻra akkreditatsiyadan oʻtkazish, shuningdek, muvofiqlikni baholash boʻyicha akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektlarning belgilangan shartlar va talablarni bajarishini davriy baholash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlikni baholash organlarining vakolatliligiga oid talablarni va mezonlarni belgilovchi standartlarni qabul qilish yuzasidan takliflarni milliy standartlashtirish organiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiyani, takroriy akkreditatsiyadan oʻtkazadi hamda ariza beruvchini vakolatliligiga oid belgilangan talablarga va mezonlarga muvofiq boʻlgan taqdirda, akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomalarni rasmiylashtiradi, ularga oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davriy baholash ishlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning shaklini, shuningdek, akkreditatsiya belgisining shaklini va uni qoʻllash tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turadi, qayta tiklaydi yoki tugatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohlik baholash, muvofiqlikni baholash ishlari yakunlangandan keyin ularning natijadorligini oʻrganish hamda ogohlantirishsiz tashrif orqali belgilangan shartlar va talablar bajarilishini baholab boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektlar bilan akkreditatsiyadan keyingi shartnomalar tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya belgisidan foydalanishni monitoring qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) xalqaro va milliy akkreditatsiya organlari bilan faol hamkorlik qilish, ushbu sohada xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni joriy etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya milliy tizimini xalqaro normalar va mezonlarga muvofiq doimiy ravishda rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻz faoliyatiga xalqaro standartlarni joriy etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida akkreditatsiya ishlari natijalarining xorijiy mamlakatlar tomonidan eʼtirof etilishini taʼminlash yuzasidan zarur choralarni koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya sohasida idoralararo xususiyatga ega, shu jumladan, xorijda akkreditatsiya ishlari natijalari eʼtirof etilishini taʼminlashga qaratilgan xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya sohasida oʻz vakolatlari doirasida xalqaro shartnomalar, shu jumladan, xorijiy milliy akkreditatsiya organlari bilan hamkorlik qilish yuzasidan shartnomalar, memorandumlar tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari, shu jumladan, xorijiy akkreditatsiya organlari tomonidan tashkil etilgan yigʻilish, seminar, konferensiya, simpoziumlarda va boshqa tadbirlarda faol ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish sohasida milliy va xalqaro ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa muassasalar tomonidan amalga oshirilayotgan davlat ilmiy-texnik dasturlari va loyihalarining yagona buyurtmachisi vazifalarini bajarish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya sohasida kadrlar malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlashni, ularning tajriba orttirishini, shu jumladan, chet elda malaka oshirishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektlar xodimlarini muntazam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish yuzasidan koʻrsatmalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya boʻyicha baholovchilar va texnik ekspertlarni fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb qiladi, ularning malakasini baholaydi hamda ularning roʻyxatini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
treninglar, seminarlar, konferensiya, simpoziumlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazadi hamda baholovchilar, texnik ekspertlar, shuningdek, muvofiqlikni baholash sohasida ishtirok etuvchi mutaxassislar malakasini baholaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Akkreditatsiya markazi oʻziga yuklangan vazifalar doirasida boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Akkreditatsiya markazining huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Akkreditatsiya markazi oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasiga kiradigan masalalarda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur axborotni respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda soʻrab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistika axborotini statistika organlaridan bepul olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya markazi xodimlarini ular tomonidan tegishli sohada oʻz faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari parametrlari bajarilishini hisobga olgan holda moddiy ragʻbatlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda xalqaro shartnomalarni tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya markazi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha xalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifodalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya sohasidagi tadbirlar oʻtkazilishini belgilangan tartibda tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur texnik uskuna, inventar va boshqa zarur jihozlarni belgilangan tartibda xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pulli xizmatlar koʻrsatish tartibini, ularning narxlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. Bunda qoʻllanadigan yangi narxlarni (tariflarni) joriy narxlar (tariflar) oʻzgartirilishidan kamida oʻn besh kun oldin eʼlon qiladi va keyingi chorak davomida narxlar oʻzgartirilganda, narxlar oʻzgarishi toʻgʻrisida Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasini oʻn kun oldin xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya sohasidagi xalqaro va respublika tadbirlarini oʻtkazishda gʻolib va sovrindorlarni, nominantlarni mukofotlash uchun zarur miqdorda diplomlar va sovrinlarni belgilangan tartibda xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya sohasi vakillarini koʻkrak nishonlari, diplomlar, yorliqlar va sovrinlar bilan mukofotlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni birgalikda ishlab chiqish maqsadida xalqaro, xorijiy va respublika tashkilotlari bilan belgilangan tartibda aloqalarni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida fidokorlik, mehnatsevarlikni namoyon qilgan, oʻzining professional faoliyatida yuksak natijalarga erishgan akkreditatsiya sohasidagi namoyandalar va xodimlarning nomzodlarini belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etish yuzasidan takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiyadan oʻtkazilgan tashkilotlar va ularning akkreditatsiya sohasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasining shakllantirilishi hamda dolzarb holatda saqlanishini, shuningdek, tegishli axborotning maxfiyligiga rioya qilgan holda jamoatchilikning ulardan foydalanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy akkreditatsiya tizimining reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya markazi oʻz rasmiy veb-saytida oʻzining nomi, faoliyat turi, funksiya va vakolatlari hamda rahbarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish va ularning doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiq maʼlumotlar portalida foydalanuvchilar uchun qulay formatlarda koʻrish imkoniyatini yaratgan holda muassasaning yuqori turuvchi tashkiloti, koʻchmas mulk obyektlari, qurilishi tugallanmagan obyektlari va avtotransport vositalari, rejalashtirilgan va amalga oshirilgan xarajatlar tarkibi haqidagi va boshqa maʼlumotlarni (tijorat siri mavjud yoki cheklangan holda tarqatiladigan maʼlumotlar bundan mustasno) eʼlon qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng yaxshi amaliyotlarga muvofiq mustaqil maslahatchilar va ekspertlarni, shu jumladan, xorijiy maslahatchilar va ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga yuklangan vazifalarni bajarishda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va nodavlat tashkilotlar, loyiha institutlari, injiniring va konsalting kompaniyalar, ilmiy-taʼlim muassasalar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el va mahalliy kompaniyalar bilan hamkorlik qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya markaziga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Akkreditatsiya markazi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
unga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning loyihalarini oʻz muddatlarida va sifatli tayyorlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal qilish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Akkreditatsiya markazi direktorining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Akkreditatsiya markazi direktori quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya markazi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda Akkreditatsiya markaziga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya markazi tuzilmasini, xodimlarining shtat jadvali va ish haqi miqdorini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori malakali xorijiy va mahalliy mutaxassislarni ishga qabul qiladi hamda ularga qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish haqi va boshqa toʻlovlar miqdorini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi barcha tashkilotlarda Akkreditatsiya markazi manfaatlarini ifodalaydi, Akkreditatsiya markazi nomidan shartnomalarni tuzadi, oʻzgartiradi va bekor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya markazining tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, Akkreditatsiya markazi xodimlarining lavozim majburiyatlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oylik qoʻshimcha haqlar, ragʻbatlantirish, konpensatsiya toʻlovlari, shu jumladan, yuqori malaka, professionalizm va ish sifati uchun oylik va choraklik qoʻshimcha haqlar va mukofot pullarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzadi, oʻzgartiradi va bekor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida Akkreditatsiya markazi xodimlari bajarishi shart boʻlgan buyruq va farmoyishlar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya markazi nomidan ish yuritish uchun belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya markazi direktori qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Akkreditatsiya markazi direktorining majburiyatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Akkreditatsiya markaziga yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya markazi oldiga qoʻyilgan vazifalarning bajarilishini tashkil etishi va nazorat qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat siriga oid maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlar, davriy ish rejalari va faoliyati samaradorligini baholash koʻrsatkichlari hamda mezonlariga soʻzsiz erishilishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatni rivojlantirish boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejasi, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya markazi direktori qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Akkreditatsiya markazi direktori oʻz huquqlari va majburiyatlarini bajarishda davlat va Akkreditatsiya markazi manfaatlarini koʻzlab harakat qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Akkreditatsiya markazi direktorining javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Akkreditatsiya markazi direktori Akkreditatsiya markaziga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi, Akkreditatsiya markazining ushbu Nizomda koʻrsatilgan javobgarlik sohalari boʻyicha hamda oʻz funksional vazifalari sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Akkreditatsiya markazi direktori oʻzining harakati (harakatsizligi) tufayli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlarning, ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishi, mehnat huquqlari va munosabatlaridan hamda ularga tenglashtirilgan toʻlovlardan kelib chiqadigan barcha talablarning qanoatlantirilishi, ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ehtiyojlar uchun mablagʻlarning oʻtkazilmagani, shu jumladan, Akkreditatsiya markaziga berilgan mol-mulk yoʻqolgan taqdirda, yetkazilgan zarar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Akkreditatsiya markazi direktori zimmasiga yuklangan vazifalar, shuningdek, Akkreditatsiya markaziga berilgan mol-mulkining butligi va undan maqsadli foydalanilishi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Akkreditatsiya markazi faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Akkreditatsiya markazining joriy faoliyatiga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Akkreditatsiya markazi direktorining uch nafar oʻrinbosari boʻladi. Direktor oʻrinbosarlari Akkreditatsiya markazi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Akkreditatsiya markazi direktorining maslahatchilari belgilangan tartibda Akkreditatsiya markazi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Akkreditatsiya markazi direktori boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari direktorning tegishli buyrugʻiga asosan uning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Akkreditatsiya markazi direktori ichki idoraviy hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Akkreditatsiya markazi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Akkreditatsiya markazi faoliyatining samaradorligi muntazam baholanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Akkreditatsiya markazi faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan Akkreditatsiya markazi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Akkreditatsiya markazi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbarlar va xodimlarni ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya markazi faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya markazi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Akkreditatsiya markazini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Akkreditatsiya markazi faoliyatini moliyalashtirish va uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Quyidagilar Akkreditatsiya markazining mulki hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muassis tomonidan Akkreditatsiya markaziga operativ boshqarish huquqi bilan biriktirilgan mulk;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantirilgan mulklar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar taʼsis hujjatlariga muvofiq Akkreditatsiya markaziga daromad keltiradigan faoliyat bilan shugʻullanish huquqi berilgan boʻlsa, bunday faoliyatdan olingan daromad va bu daromad hisobidan sotib olingan mol-mulk muassasaning mustaqil tasarrufiga oʻtadi va alohida balansda hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Akkreditatsiya markazi mulki boʻlinmas mulk hisoblanadi va ulushlar, paylar boʻyicha, shu jumladan, Akkreditatsiya markazi xodimlari oʻrtasida taqsimlanishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Akkreditatsiya markazi direktori Muassis bilan kelishgan holda, Akkreditatsiya markazi mulkini quyidagi hollarda tasarruf etishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy vositalarni sotish, hisobdan chiqarish (bino va inshootlar, shu jumladan, qurilishi tugallanmagan bino va inshootlardan tashqari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmalari roziligi bilan avtotransport vositalarini xarid qilish, bino va inshootlarni sotib olish va (yoki) qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkni Akkreditatsiya markazi faoliyati maqsadlariga muvofiq boʻlgan boshqacha tarzda tasarruf etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Akkreditatsiya markazining operativ boshqaruvida boʻlgan mol-mulkdan foydalanishdan olingan daromadlar, shuningdek, Akkreditatsiya markazining shartnoma boʻyicha yoxud boshqa asoslarda vujudga kelgan mol-mulki ham uning operativ boshqaruviga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Quyidagilar Akkreditatsiya markazi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya belgisidan foydalanganlik uchun akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektlardan tushadigan ajratmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muassis tomonidan Akkreditatsiya markazini taʼminlash uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar yoki mulk;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Akkreditatsiya markazi xodimlarining mehnatiga haq toʻlash fondi, lavozim maoshi, uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun ustama haqlar, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar va ustamalar, ragʻbatlantirish toʻlovlaridan, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat. Akkreditatsiya markazining xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi qonunchilik hamda ichki hujjatlarda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Akkreditatsiya markazi xodimlarining lavozim maoshi ikki baravar miqdordagi koeffitsiyentni qoʻllangan holda, Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashga doir tasdiqlangan razryadlarga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Moliyaviy imkoniyatlari hisobga olingan holda, Akkreditatsiya markazi xodimlariga oʻz mablagʻlari hisobidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi miqdorlarda koʻp yillik xizmati uchun oylik ustama haqlari toʻlanadi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 yildan 3 yilgacha — 0,3;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 yildan 5 yilgacha — 0,6;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5 yildan 10 yilgacha — 0,8;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 yildan 15 yilgacha — 1,0;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15 yildan 20 yilgacha — 1,2;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 yildan ortiq — 1,5.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda koʻp yillik xizmati uchun oylik ustama haqlari koeffitsiyentini hisoblashda Akkreditatsiya markazi xodimlarining tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar (yakka tadbirkor va oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida ishlagan davridan tashqari), barcha tashkilotlardagi mehnat faoliyati davri hisobga olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lavozim maoshining ikki baravari miqdorigacha boʻlgan miqdorda har oylik ustamalar, shuningdek, xizmat vazifalarini vijdonan va samarali bajarayotgan xodimlarga qonunchilik talablaridan kelib chiqib, qoʻshimcha haq, mukofotlash va boshqa ragʻbatlantirish hamda kompensatsiyalar toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Akkreditatsiya markazi qonunchilikda belgilangan tartibda budjetdan tashqari jamgʻarmalarga ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Akkreditatsiya markazining Vazirlar Mahkamasiga hisobot berishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Akkreditatsiya markazi rahbarlari oʻz faoliyati toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Ushbu Nizom qoidalari qoʻllanishi bilan bogʻliq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Akkreditatsiya markazi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-sentabrdagi 460-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 24-apreldagi 349-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi toʻgʻrisidagi va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2022-yil 11-martdagi 114-son qaroriga ilovaning 24-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2024-yil 1-iyuldagi 371-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 24-apreldagi 349-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2024-yil 2-iyuldagi 372-son qarori.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2026-y., 09/26/460/0889-son)