16.02.2026 yildagi PF-25-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilgʻor xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada jadallashtirish, texnik reglamentlarni xalqaro talab va standartlarga asoslangan holda qabul qilish, bozor nazorati tamoyillarini joriy qilish, shuningdek, sohada raqobat muhitini shakllantirish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Ustuvor yoʻnalishlar va maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida amaldagi samarasiz nazorat tizimini bekor qilish, mahsulotning bozor nazorati amaliyotini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) sanoatda toʻliq xalqaro standartlarni qoʻllashga oʻtish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) milliy sifat infratuzilmasi ishtirokchilari mustaqil faoliyatiga shart-sharoit yaratish va manfaatlari toʻqnashuvini bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) sanoat metrologiyasi, oʻlchash vositalari verifikatsiyasi va kalibrlashni keng joriy qilish, qiyoslash amaliyotidan voz kechish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalari, tadbirkorlikning barcha yoʻnalishlari hamda oddiy isteʼmolchilarni qamrab oluvchi “sifat madaniyati”ni shakllantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Milliy sifat infratuzilmasini rivojlantirishning 2026-yil uchun asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Barqaror rivojlanish uchun sifat infratuzilmasi indeksida Oʻzbekiston Respublikasi oʻrnini kamida 20 pogʻonaga koʻtarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Xalqaro tarozi va oʻlchovlar byurosi tomonidan eʼtirof etilgan kalibrlash imkoniyatlari sonini 2,5 barobarga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) xalqaro darajada tan olingan akkreditatsiya xizmatlari ulushini kamida 80 foizga yetkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Sohani isloh qilishning tashkiliy asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Milliy sifat infratuzilmasi ishtirokchilarining mustaqil faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda sohada raqobat muhitini shakllantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimidagi Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi, amaldagi faoliyat yoʻnalishi, shtat birliklari, mol-mulki hamda moliyalashtirish tartibi va manbalari saqlab qolingan holda Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkazilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi faoliyati toʻxtatilsin hamda uning tarkibidagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idoralari tugatilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Oʻzbekiston standartlar instituti unga Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazini qoʻshib olish orqali qayta tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) bilan birgalikda 2026-yil 1-avgustga qadar, Oʻzbekiston standartlar institutiga oʻtkaziladigan sinov laboratoriyalari imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda mahalliy bozorda xalqaro muvofiqlikni baholash va inspeksiya tashkilotlarining ishtirokini oshirish yuzasidan taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Bozor nazorati tizimini joriy etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ichki bozorni xavfsiz mahsulotlar bilan taʼminlashga qaratilgan hamda quyidagilarni nazarda tutuvchi bozor nazorati tizimi yaratilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) bozor nazoratini mahsulot turi va xususiyatidan kelib chiqib xavf-tahlil natijalariga asoslangan holda tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) bozor nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari va ularning faoliyat sohalarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) idoralararo Bozor nazorati milliy axborot tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) bozor nazoratiga oid faoliyatni Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, bozor nazorati hamda muvofiqlikni baholash tizimlarini xalqaro amaliyotga muvofiq tashkil etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2027-yil 1-yanvardan boshlab texnik reglamentlarning obyekti hisoblangan mahsulotlar uchun “milliy muvofiqlik belgisi” (Conformity Uzbekistan) joriy qilinadi hamda ularning muvofiqligi xavf-xatarga asoslangan yondashuv asosida baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mazkur Farmonga muvofiq yangi texnik reglamentlar qabul qilinishi yoki amaldagilari bekor boʻlishi natijasida, texnik reglamentlar obyekti hisoblangan mahsulotlar muvofiqligi majburiy baholanadigan mahsulotlar roʻyxatidan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Sohada biznes muhitini rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 2026-yil 1-apreldan boshlab muvofiqlikni baholash sohasida tadbirkorlik subyektlariga quyidagi yengilliklar joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) muvofiqlikni baholash organlari tomonidan akkreditatsiya sohasida koʻrsatilgan pullik xizmatlar tushumidan ajratmalar 2,5 barobarga kamaytirilib, 2 foiz miqdorida belgilanadi hamda toʻliqligicha Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi ixtiyorida qoldiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) tadbirkorlik subyektlari tomonidan ikki va undan ortiq akkreditatsiyadan oʻtgan holda muvofiqlikni baholash xizmatlari yoʻlga qoʻyilgan sohada davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ushbu sohada sinov laboratoriyalari va sertifikatlash organlari tashkil etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) veterinariya, oʻsimliklar karantini, sanitariya va muvofiqlikni baholash sohasi mutaxassislarining malakasini oshirishda oʻquv dasturi va taʼlim tashkilotini mustaqil tanlash imkoni beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) muvofiqlikni baholash organlariga Milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiya oʻtgan holda eksport bozorlarida talab etilayotgan xorijiy standartlar asosida muvofiqlikni baholash ishlarini oʻtkazishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Sifat boʻyicha koʻmakchi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 2026-yil 1-apreldan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mazkur Farmonning 1-ilovasida keltirilgan davlat organlari va davlat ishtirokidagi korxonalarning amaldagi rahbar oʻrinbosarlaridan biriga texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi ishlarni muvofiqlashtiruvchi — sifat menejeri (quality manager) vazifalari yuklatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) tuman (shahar) hokimlari yordamchilarining faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholashda, korxonalarda xalqaro standartlar va menejment tizimlarini joriy etish koʻrsatkichi kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) sifat menejeri hamda hokim yordamchilarining korxonalarda xalqaro standartlar va menejment tizimlarini joriy etish bilan bogʻliq faoliyatiga oid masalalar Agentlik tomonidan “Sifat boʻyicha koʻmakchi” elektron platformasi orqali muvofiqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Texnik reglamentlar va standartlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Xalqaro amaliyot hamda texnik jihatdan tartibga solish taʼsirini baholash natijalari asosida texnik reglamentlarni qayta koʻrib chiqish dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026 — 2028-yillarga moʻljallangan xalqaro standartlarni qabul qilish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki, standart va texnik reglament ishlab chiqish va qabul qilish amaliyotini xalqaro talablar asosida tashkil etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-maydan boshlab har qanday darajadagi standartlardan foydalanishga ixtiyoriy tus beriladi, xalqaro (mintaqaviy, xorijiy) standartlarni respublika hududida qabul qilishning xalqaro amaliyoti joriy etiladi hamda standartlaring rasmiy roʻyxati milliy standartlar darajasida shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2027-yil 1-yanvardan boshlab texnik reglamentlarni sunʼiy intellektni qoʻllagan holda sanoat, tadbirkorlik va mahsulot xavfsizligini taʼminlashga taʼsirni va kutilayotgan samaradorlikni oldindan baholash “regulation impact assessment” (texnik jihatdan tartibga solish taʼsirini baholash) natijalariga asoslangan holda qabul qilish amaliyoti joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agentlik hamda Oʻzbekiston standartlar institutiga standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar mavjud sohalar uchun standartlar ishlab chiqish majburiyatini yuklash taqiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagi iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish toʻliq xalqaro standartlar asosida tashkil etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-iyuldan toʻqimachilik, charm, mebel, elektrotexnika, avtomobilsozlik, axborot texnologiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2027-yil 1-yanvardan neft va gaz, metallurgiya, transport, qurilish mahsulotlari, tibbiy buyumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2028-yil 1-yanvardan energetika, kimyo, ekologiya, xizmat koʻrsatish sohalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Metrologiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Metrologiya sohasini xalqaro talablar bilan muvofiqlashtirish maqsadida 2027-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) oʻlchash vositalarini qiyoslash amaliyotidan voz kechgan holda, qonunlashtiruvchi metrologiya doirasida verifikatsiyalash tizimi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) sanoatda foydalanilayotgan va mahsulot sifatiga bevosita taʼsir qiladigan oʻlchash vositalari kalibrlashga oʻtkaziladi va standart namunalarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi bekor qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) kalibrlash laboratoriyalarining Xalqaro tarozi va oʻlchashlar byurosi bazasida eʼtirof etilgan kalibrlash imkoniyatlari qayd etilgan yoʻnalishlari akkreditatsiyadan oʻtishdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. 2026-yilda xarid qilinadigan etalonlar va yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Akkreditatsiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Akkreditatsiya tizimining xalqaro talablarga muvofiq mustaqil va betaraf faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Agentlikning akkreditatsiya sohasidagi vakolatlari bekor qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) qonunchilik va ijro etilishi majburiy boʻlgan boshqa hujjatlarda akkreditatsiya organiga biror-bir tashkilotni akkreditatsiyadan oʻtkazish majburiyatini yuklovchi normalar kiritish taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) akkreditatsiya boʻyicha kengash nizomini va tarkibini tasdiqlash vakolatlari akkreditatsiya organiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. 2026-yil 1-sentabrdan boshlab akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarning sinov bayonnomalari (ishlab chiqarishdagi laboratoriyalar ichki ehtiyojlari uchun oʻtkazgan sinovlari bundan mustasno) “e-akkreditatsiya” axborot tizimida roʻyxatga olingan holda rasmiylashtiriladi hamda akkreditatsiya organiga “Texnik jihatdan tartibga solish” milliy axborot tizimidan moneliksiz foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Kadrlar salohiyatini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Texnik jihatdan tartibga solish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasining magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun stipendiya kvotalarini ajratishda texnik jihatdan tartibga solish (shu jumladan, standartizatsiya, metrologiya va akkreditatsiya) sohasiga ham maqsadli asosda ustuvorlik beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yoʻnalishlarida tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Agentlik va uning tizim tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan “Maxsus stipendiya” taʼsis etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) rivojlangan davlatlar, xususan Yevropa Ittifoqining texnik jihatdan tartibga solish (Technical Regulation) tizimini oʻrganish modeli asosida dars soatlari joriy qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) soʻnggi 2 yilni xorijiy universitetda davom ettirishni nazarda tutuvchi “2+2” shaklidagi qoʻshma taʼlim dasturlari ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
X. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Texnik jihatdan tartibga solish sohasini ilgʻor xorijiy tajriba asosida takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat budjeti hisobidan quyidagi vazifalarni bajarish uchun mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mazkur Farmonga 3-ilovada keltirilgan xalqaro standartlar qabul qilish uchun 2026 — 2028-yillarda Oʻzbekiston standartlar institutiga 78,8 mlrd soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mazkur Farmonga 4-ilovada koʻrsatilgan etalonlar va yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalarini xarid qilish uchun 2026-yilda Oʻzbekiston milliy metrologiya institutiga 250 mlrd soʻm.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov hamda J.A. Xodjayev belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 16-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-25-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rahbarining oʻrinbosariga texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi ishlarni muvofiqlashtirish vazifalari yuklatiladigan davlat organlari va davlat ishtirokidagi korxonalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Davlat organlari va davlat ishtirokidagi korxonalar nomi

1.

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

3.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

4.

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

5.

Energetika vazirligi

6.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

7.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

8.

Transport vazirligi

9.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi

10.

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

11.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

12.

Atom energiyasi agentligi

13.

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

14.

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

15.

“Oʻzavtosanoat” AJ

16.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

17.

“Oʻzbekneftgaz” AJ

18.

“Oʻzkimyosanoat” AJ

19.

“Oʻzdonmahsulot” AK

20.

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

21.

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

22.

“Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ

23.

“Oʻzmetkombinat” AJ

24.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

25.

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

26.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

27.

“Hududgaztaʼminot” AJ

28.

“Oʻzbekkoʻmir” AJ

29.

“Navoiy KMK” AJ

30.

“Olmaliq KMK” AJ

31.

“Shargʻunkoʻmir” AJ

32.

“Oʻzbektelekom” AK

33.

“Navoiyuran” DK

34.

“Toshkent metropoliteni” DUK

35.

“Toshkent metallurgiya kombinati” AJ

36.

“Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati” AJ

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro amaliyot hamda texnik jihatdan tartibga solish taʼsirini baholash natijalari asosida texnik reglamentlarni qayta koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tartibga solinadigan mahsulot guruhi yoki maxsus talablar

Texnik jihatdan tartibga solish taʼsirini baholash va Hukumatga taklif kiritish muddati

Amaldagi texnik reglamentlarning amal qilishi bekor qilinadigan sanalar

Foydalaniladigan xorijiy davlatlar tajribasi

Masʼul ijrochilar

1.

Shaxsiy himoya vositalari

2026-yil oktabr

Yongʻin xavfsizligini taʼminlash va yongʻin oʻchirish vositalariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida,

2027-yil 1-oktabr

Yevropa Ittifoqi,

Singapur,

Yaponiya

Bandlik vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

2.

Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi transporti

2026-yil oktabr

Muomalaga chiqarilayotgan qishloq va oʻrmon xoʻjaligi transport vositalari va mashinalarining xavfsizligi toʻgʻrisida,

2027-yil 1-oktabr

Avstraliya,

Yevropa Ittifoqi,

Koreya Respublikasi,

Norvegiya

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Transport vazirligi

3.

Qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalari

2026-yil oktabr

Qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalari xavfsizligi toʻgʻrisida,

2027-yil 1-iyun

Saudiya Arabistoni,

Yevropa Ittifoqi,

Xitoy Xalq Respublikasi

Texnik tartibga solish agentligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

4.

Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlaridagi xavfli moddalar

2026-yil oktabr

Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklash toʻgʻrisida,

2027-yil 1-fevral

Yevropa Ittifoqi,

Turkiya,

Koreya Respublikasi

Texnik tartibga solish agentligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

5.

Texnik vositalarning elektromagnit moslashuvchanligi

2026-yil noyabr

Texnik vositalarning elektromagnit mosligi toʻgʻrisida,

2027-yil 1-iyun

Buyuk Britaniya,

Singapur,

Yevropa Ittifoqi,

Yaponiya

Raqamli texnologiyalar vazirligi

6.

Bosim ostida ishlaydigan qurilmalar

2026-yil noyabr

Bosim ostida ishlaydigan uskunalaring xavfsizligi toʻgʻrisida,

2027-yil 1-noyabr

Turkiya,

Koreya Respublikasi,

Yevropa Ittifoqi

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

7.

Mashina va qurilmalar

2026-yil dekabr

Shaxta koʻtarish qurilmalarining xavfsizligi toʻgʻrisida,

2027-yil 1-sentabr

Gaz holatidagi yoqilgʻida ishlovchi apparatlarning xavfsizligi toʻgʻrisida,

2027-yil 1-sentabr

Portlash xavfi boʻlgan muhitlarda ishlatiladigan asbob-uskunalar xavfsizligi toʻgʻrisida,

2027-yil 1-sentabr

Attraksionlar xavfsizligi toʻgʻrisida,

2027-yil 1-sentabr

Turkiya,

Koreya Respublikasi,

Yevropa Ittifoqi

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi,

Kon-geologiya vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

8.

Temir yoʻl transporti mahsulotlari

2027-yil fevral

Texnik jihatdan foydalanishda temir yoʻl transporti xavfsizligi toʻgʻrisida,

2027-yil 1-oktabr

Foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yoʻl tarkibi xavfsizligi toʻgʻrisida,

2027-yil 1-oktabr

Temir yoʻl transporti infratuzilmasi xavfsizligi toʻgʻrisida,

2027-yil 1-oktabr

Yuqori tezlikdagi temir yoʻl transporti xavfsizligi toʻgʻrisida,

2027-yil 1-oktabr

Yevropa Ittifoqi,

Koreya Respublikasi,

Yaponiya

Transport vazirligi

9.

Bolalar oʻyinchoqlari

2027-yil fevral

Bolalar oʻyinchoqlarining xavfsizligi toʻgʻrisida,

2027-yil 1-oktabr

Yevropa Ittifoqi,

Koreya Respublikasi,

Kanada,

Yaponiya

Texnik tartibga solish agentligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

10.

Past voltli uskunalar

2027-yil fevral

Past kuchlanishli uskunalar xavfsizligi toʻgʻrisida,

2027-yil 1-oktabr

Avstraliya,

Yevropa Ittifoqi,

Yaponiya,

Koreya Respublikasi

Energetika vazirligi,

Texnik tartibga solish agentligi

11.

Qurilmalarning energiya samaradorligi

2027-yil fevral

Mavjud emas

AQSH,

Yevropa Ittifoqi,

Singapur,

Turkiya,

Yaponiya

Energetika vazirligi,

Texnik tartibga solish agentligi

12.

Tibbiyot buyumlari

2027-yil fevral

Dori vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisida,

2027-yil 1-oktabr

Yevropa Ittifoqi,

Turkiya,

Koreya Respublikasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Texnik tartibga solish agentligi

13.

Kimyoviy moddalar va mahsulotlar

2027-yil mart

Moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklarga talablar toʻgʻrisida,

2027-yil 1-dekabr

Avtomobil va aviatsiya benziniga, dizel va kema yonilgʻisiga, reaktiv dvigatellar uchun yonilgʻiga va mazutga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida,

2027-yil 1-dekabr

Yengil sanoat mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisida,

2027-yil 1-dekabr

Charm-poyabzal mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisida,

2027-yil 1-dekabr

Yevropa Ittifoqi,

Saudiya Arabistoni,

Koreya Respublikasi

Energetika vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Texnik tartibga solish agentligi

14.

Qurilish mahsulotlari

2027-yil mart

Metallurgiya mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisida,

2027-yil 1-dekabr

Eshik va derazalarning xavfsizligi toʻgʻrisida,

2027-yil 1-dekabr

Yevropa Ittifoqi,

Koreya Respublikasi

Qurilish vazirligi

15.

Oʻgʻitlar

2027-yil mart

Organik va organik-mineral oʻgʻitlar xavfsizligi toʻgʻrisida,

2027-yil 1-dekabr

Mineral oʻgʻitlar xavfsizligi toʻgʻrisida,

2027-yil 1-dekabr

Buyuk Britaniya,

Yevropa Ittifoqi,

Kanada

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

16.

Gʻildirakli transport vositalari

2027-yil aprel

Muomalaga chiqarilayotgan gʻildirakli transport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisida,

2028-yil 1-yanvar

Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisida,

2028-yil 1-yanvar

Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha xavfsizligi toʻgʻrisida,

2028-yil 1-yanvar

Yevropa Ittifoqi,

Koreya Respublikasi,

Yaponiya

Transport vazirligi,

Texnik tartibga solish agentligi

17.

Radio jihozlar

2027-yil aprel

Telekommunikatsiya uskunalarining xavfsizligi toʻgʻrisida,

2028-yil 1-yanvar

Yevropa Ittifoqi,

Kanada,

Koreya Respublikasi,

Yaponiya

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) amaldagi texnik reglamentlar qabul qilinishi natijasida erishilgan samara, shu jumladan, inson hayoti, sogʻligʻi va atrof-muhitga yetkazilishi mumkin boʻlgan zararning oldi olinganligi holati, baxtsiz hodisalar soni kamayishi tendensiyasi, ularning sanoat va tadbirkorlikka taʼsiri (salbiy/ijobiy) oʻrganiladi. Xalqaro talablar asosida qabul qilinishi rejalashtirilayotgan texnik reglament texnik jihatdan tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkaziladi. Tayyorlangan tahliliy maʼlumotlar asosida Hukumatga tasdiqlash uchun belgilangan tartibda texnik reglament loyihasi yoki texnik reglament qabul qilish ehtiyoji mavjud emasligi yuzasidan asoslangan taklif kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Hukumatga kiritilayotgan texnik reglament nomiga va texnik jihatdan tartibga solish obyektlariga oʻzgartirishlar kiritilishi, texnik reglamentlar xorijiy tajriba asosida oʻzaro birlashtirilishi yoki alohida texnik reglamentlarga ajratilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026 — 2028-yillarga moʻljallangan xalqaro standartlarni qabul qilish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAQSADLI KOʻRSATKICHLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Sohalar

Xalqaro standartlar soni / talab etiladigan mablagʻ

2026-yil

Toʻqimachilik sanoati

250

Charm-poyabzal, moʻynachilik va qorakoʻlchilik sanoati

200

Mebelsozlik

90

Elektrotexnika sanoati

750

Avtomobilsozlik

650

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

300

Neft va gaz mahsulotlari

400

Metallurgiya

450

Transport

290

Qurilish materiallari

500

Tabobat texnikasi sanoati

490

Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish

90

Jami standartlar soni:

Talab etiladigan mablagʻ:

4 460

44,65 mlrd soʻm

2027-yil

Elektroenergetika

1360

Kimyo sanoati

450

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish

210

Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari

250

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi

225

Turizm

33

Qadoqlash

60

Jami standartlar soni:

Talab etiladigan mablagʻ:

2 588

25,90 mlrd soʻm

2028-yil

Sport jihozlari va anjomlari

154

Ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya

120

Mudofaa va xavfsizlik

100

Mehnat munosabatlari

124

Aholiga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish

102

Nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati

70

Fazoviy maʼlumotlar

95

Sud-ekspertiza

30

Avtomatlashtirilgan identifikatsiyalash va maʼlumotlarni yigʻish

22

Jami standartlar soni:

Talab etiladigan mablagʻ:

817

8,25 mlrd soʻm

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-son Farmoniga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yilda xarid qilinadigan etalonlar va yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Etalonlar va yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalari nomi

Oʻlchash diapazoni

1.

Geometrik uzunliklarni oʻlchash kompleksi (uch koordinatali oʻlchash tizimi)

1 ÷ 1025 mm, 0 ÷ 1000 mm,

100 ÷ 50 mm, 900x1600x600 mm

2.

-50 °S dan 3000 °S gacha oraliqdagi birlamchi radiatsion oʻlchashlar sohasidagi harorat birligi etaloni

-50 ÷ 3000 °S

3.

-50 °S dan 3000 °S gacha oraliqdagi ikkilamchi radiatsion oʻlchashlar sohasidagi harorat birligi etaloni

-50 ÷ 3000 °S

4.

Oʻzgaruvchan tok kuchlanishi birligi etaloni tizimi

0,001 ÷ 1000 V

5.

Vaqt va chastota etalon kompleksi

Chastota: DC dan 50 GNz gacha

Vaqt oraligʻi: 0,5 ns dan 1010 s gacha

Amplituda: -50 dBm dan +30 dBm gacha

Modulyatsiya: AM (5 % dan 95 % gacha),

FM (1 kNz dan 200 kNz gacha),

PM (0,1 rad dan 10 rad gacha)

6.

Quyosh radiatsiyasi oqimi zichligi etaloni

0 W/m2 dan 2500 W/m2 gacha

7.

Faol turdagi vodorod chastota etaloni

Stabillik:

8•10⁻¹⁴ oʻrtacha 1 s, 4•10⁻¹⁵ 100 s, 2•10⁻¹⁵ 10 10 000 s davomida

Faza shovqini: -130 dBC 1 Nz uchun / Chastota boʻyicha yechim (rezolyutsiya):

1,6•10⁻¹⁷ dan kichik, uzoq muddatli stabillik (1 kun): 2•10⁻¹⁶

8.

Birlamchi audimetriya etaloni

20 Nz dan 20 kNz gacha

9.

Seysmik datchiklarini kalibrlash tizimi

Pikdan pikgacha boʻlgan amplituda tebranishlari 0 — 400 mm

Chastota 0 — 50 Nz

10.

Yoqilgʻi sath datchiklarini tekshirish uskunasi

0 dan 4 m gacha

11.

Elektr maydon kuchlanish etaloni

Chastota diapazoni 0,5 dan 4•106 Nz gacha

12.

E2, F1, F2, M1 klass toshlar toʻplami

1mg dan 500 kg gacha

13.

GPS qabul qiluvchi tizimlari

0 dan 10 000 m gacha

14.

Suyuqlik omborlari (rezervuarlar)ni graduirovka qilish uchun statsionar skanerlik lazer tizimi (3D skaner)

Oʻlchash masofasi 130 m

15.

Qabul qilgich/analizatorlarni kalibrlash tizimi (System for EMI receivers)

8 GNz gacha

16.

Radiochastota signali quvvati datchiklarini kalibrlash tizimi

18GNz gacha

17.

Ulanish davomiyligini oʻlchash tizimi

10·103 bit/s dan 4·109 bit/s gacha

18.

Yassi burchak birligi etaloni

0° dan 360° gacha

19.

Katta oʻlchamdagi uzunlik birligi etaloni tizimi

2 000 mm gacha

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-son Farmoniga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik jihatdan tartibga solish sohasini ilgʻor xorijiy tajriba asosida takomillashtirishga qaratilgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Texnik reglamentlar va standartlarni qabul qilish va joriy etishni samarali yoʻlga qoʻyish

1.

Xalqaro talab va standartlarga asosan texnik reglamentlarni ishlab chiqishning yangilangan huquqiy asoslarini belgilash.

1. Texnik reglamentlarni ishlab chiqish borasida xalqaro tajribani oʻrganish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil may

Texnik tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Texnik reglamentlarning sanoat, tadbirkorlik va mahsulot xavfsizligini taʼminlashga taʼsirini va kutilayotgan samaradorlikni oldindan baholash “regulation impact assessment” (texnik jihatdan tartibga solish taʼsirini baholash) hamda texnik reglamentlarni ishlab chiqishning yangi tartibini yaratish.

2026-yil iyul

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish va Hukumatga kiritish.

2026-yil avgust

2.

Milliy standartlarni qabul qilishning yangi tartibini joriy etish, standartlar fondini qayta koʻrib chiqish, standartlarning yangilangan darajalarini joriy etish, ularni xalqaro talablarga moslashtirish.

1. Standartlar fondini xatlovdan oʻtkazish.

2. Standartlarni “milliy standart”, “dastlabki standart”, “tarmoq standarti”, “korxona standarti”, “texnik tavsiflar” darajalariga ajratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil aprel

Texnik tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3. Xalqaro standartlarni respublika hududida ISO/IEC Guide 21 talablariga muvofiq milliy standart sifatida qabul qilish tizimini yaratish.

2026-yil may

4. Barcha xalqaro, mintaqaviy va xorijiy davlatlar standartlarini yangi qabul qilingan tizim talablari asosida milliy standart sifatida qayta koʻrib chiqish.

2026-yil avgust

5. Standartlarning rasmiy roʻyxatini milliy standartlar asosida qayta tuzib chiqish.

2026-yil avgust

6. Xalqaro standartlarga asoslanmagan milliy standartlarni faqatgina xalqaro standart mavjud boʻlmaganda hamda istisno hollarda milliy xavfsizlik, inson salomatligi yoki xavfsizligini himoya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlimiy, geografik yoki texnologik xususiyatlardan kelib chiqib talab etilgandagina qabul qilish.

Doimiy

3.

Toʻqimachilik, charm, mebel, elektrotexnika, avtomobilsozlik, axborot texnologiyalari sohalarida xalqaro standartlarga asosan mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish.

1. Toʻqimachilik, charm, mebel, elektrotexnika, avtomobilsozlik, axborot texnologiyalari sohalaridagi standartlarni xatlovdan oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil mart

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

Yengil sanoatni

rivojlantirish agentligi

(N. Xolmurodov),

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

(A. Sultanov),

“Mebel va yogʻochsozlik sanoati” uyushmasi

(R. Akbarov),

“Oʻzavtosanoat” AJ

(U. Rozukulov),

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

(M. Yunusov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

2. Xalqaro standartlarni tahlil qilish hamda aniqlangan maʼnan eskirgan va oʻrnini bosuvchi xalqaro standart mavjud boʻlgan amaldagi standartlarni bekor qilish.

2026-yil aprel

3. Xalqaro standartlarni qabul qilish.

2026-yil may

4. Toʻqimachilik, charm, mebel, elektrotexnika, avtomobilsozlik, axborot texnologiyalari sohalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni qabul qilingan xalqaro standartlarga moslashtirish choralarini koʻrish.

Tasdiqlangan rejaga asosan

4.

Neft va gaz, metallurgiya, transport, qurilish mahsulotlari, tibbiyot sohalarida xalqaro standartlarga asosan mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish.

1. Neft va gaz, metallurgiya, transport, qurilish mahsulotlari, tibbiy buyumlarga oid amaldagi standartlarni xatlovdan oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil may

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

Qurilish vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Togʻ-kon sanoati

va geologiya vazirligi

(B. Islamov),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

“Oʻzsanoatqurilishma-teriallari” uyushmasi

(I. Raximov),

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(A. Sanginov),

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov)

2. Xalqaro standartlarni tahlil qilish hamda aniqlangan maʼnan eskirgan va oʻrnini bosuvchi xalqaro standart mavjud boʻlgan amaldagi standartlarni bekor qilish.

2026-yil iyul

3. Xalqaro standartlarni qabul qilish.

2026-yil dekabr

4. Neft va gaz, metallurgiya, transport, qurilish mahsulotlari, tibbiyot buyumlari sohalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni qabul qilingan xalqaro standartlarga moslashtirish choralarini koʻrish.

Tasdiqlangan rejaga asosan

5.

Energetika, kimyo, ekologiya sohalarida xalqaro standartlarga asosan mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish.

1. Energetika, kimyo, ekologiya sohalarida standartlarni xatlovdan oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2027-yil may

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

“Oʻzkimyosanoat” AJ

(O. Temirov),

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

(A. Abduxakimov)

2. Xalqaro standartlarni tahlil qilish hamda aniqlangan maʼnan eskirgan va oʻrnini bosuvchi xalqaro standart mavjud boʻlgan amaldagi standartlarni bekor qilish.

2027-yil avgust

3. Xalqaro standartlarni qabul qilish.

2027-yil dekabr

4. Energetika, kimyo, ekologiya sohalarida mahsulotlarni ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va mahsulotlarni qabul qilingan xalqaro standartlarga moslashtirish choralarini koʻrish.

Tasdiqlangan rejaga asosan

6.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun qayta tayyorlash tizimini joriy etish.

1. Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya yoʻnalishi boʻyicha kasbiy qayta tayyorlashdan oʻtkazish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil aprel

Texnik tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va Hukumatga kiritish.

2026-yil may

7.

Hududlardagi sanoat korxonalarida 2026 — 2030-yillarda xalqaro standartlar va menejment tizimlarini joriy etishni tashkil etish.

1. Xalqaro standartlar va menejment tizimlari joriy etiladigan 1 500 ta korxona roʻyxatini shakllantirish.

Chora-tadbir rejasi

2026-yil mart

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

Texnik tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

Boshqaruv samaradorligi agentligi

(U. Xusainov)

2. Korxonalarga xalqaro standartlar va menejment tizimlarini joriy etish tarmoq jadvalini tasdiqlash.

3. Korxonalarga xalqaro standartlar va menejment tizimlarini joriy etishga koʻmaklashish.

4. Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilarining faoliyatini muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholash, korxonalarda xalqaro standartlar va menejment tizimlarini joriy etish koʻrsatkichini belgilash.

2026 — 2030-yillar davomida, dekabr oyining 1-sanasigacha

8.

Davlat organlari va davlat ishtirokidagi korxonalarda amaldagi rahbar oʻrinbosarlaridan biriga sifat menejeri (quality manager) — mahsulot sifatini taʼminlash vazifalarini yuklash.

Rahbar oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI)ga:

kamida 1 ta xalqaro standartni ishlab chiqish va/yoki joriy qilish;

kamida 2 turdagi mahsulotni xalqaro talablarga muvofiq ishlab chiqarishni taʼminlash va doimiy baholab borish.

Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar

2026 — 2030-yillar davomida

Texnik tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

Boshqaruv

samaradorligi agentligi

(U. Xusainov)

9.

Sifat menejerlari va hokim yordamchilarini texnik tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya yoʻnalishlarida oʻqitishni tashkil etish.

1. Oʻquv dasturi va uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish.

Idoraviy hujjat

2026-yil aprel

Texnik tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Oʻquv reja-jadvalini tasdiqlash.

3. Sifat menejerlarini tashkilot mablagʻlari va hokim yordamchilarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan oʻquv kurslarida oʻqitish.

Reja-jadval

Xizmat koʻrsatish shartnomasi

Reja-jadvalga muvofiq

10.

Amaldagi texnik reglamentlarni Jahon savdo tashkilotining Savdodagi texnik toʻsiqlar bitimi talablariga moslashtirish.

1. Quyidagi texnik reglamentlarni bekor qilish boʻyicha tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish:

Taʼlim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisida;

Oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari oʻquv xonalarining xavfsizligi toʻgʻrisida;

Oʻquv asbob-uskunalari va anjomlarining xavfsizligi toʻgʻrisida;

Veterinariya dori vositalari va ozuqa qoʻshimchalarining xavfsizligi toʻgʻrisida;

Tamaki mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisida;

Ekologik xavfsizlik toʻgʻrisida.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil mart

Texnik tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish va Hukumatga kiritish.

2026-yil aprel

11.

Xalqaro elektrotexnika komissiyasiga (IEC) toʻlaqonli aʼzo boʻlish choralarini koʻrish.

1. Toʻlaqonli aʼzo boʻlish uchun muzokaralar oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil mart

Texnik tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

2. Muzokaralar natijalariga koʻra toʻlaqonli aʼzo boʻlish uchun ariza topshirish.

2026-yil aprel

12.

Yevropa standartlashtirish qoʻmitasi (CEN) bilan kompanon shartnomasini imzolash.

1. Kompanon shartnomasini imzolash boʻyicha muzokaralar oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil mart

Texnik tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

2. Muzokaralar natijalariga koʻra kompanon shartnomasini imzolash.

2026-yil iyul

II. Bozor nazorati tizimini joriy etish

13.

Bozor nazoratini muvofiqlashtirish Kengashi va bozor nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Bozor nazoratini muvofiqlashtirish Kengashi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish.

2. Bozor nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida ularga shtat birliklarini ajratish va moliyalashtirishni tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil avgust

Texnik tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

Raqobat qoʻmitasi

(X. Turaxujayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2026-yil sentabr

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Hukumatga kiritish.

2026-yil noyabr

14.

Mahsulotlar ustidan samarali bozor nazoratini oʻtkazish imkonini beruvchi normativ-huquqiy bazasini shakllantirish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

bozor nazorati tizimida mahsulotlarning xavf tahlilini amalga oshirish tartibi va mahsulotlarni jiddiy xavf-xatar tugʻdiruvchi deb baholash mezonlari;

bozor nazorati tizimida rejali nazorat xaridlarini amalga oshirish grafigini shakllantirish tartibi va unga doir talablar;

bozor nazorati faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtirish tartiboti;

“Bozor nazorati milliy axborot tizimi” faoliyat koʻrsatishi tartibi;

bozor nazorati organlarining Apellyatsiya kengashi nizomi va namunaviy tarkibi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil iyul

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Raqobat qoʻmitasi

(X. Turaxujayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Texnik tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2026-yil sentabr

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Hukumatga kiritish.

2026-yil oktabr

15.

Bozor nazorati organlari oʻrtasida axborot almashinuvi, tezkor xabar berish, va isteʼmolchilarni ogohlantirish imkoniyatini yaratish.

1. Xalqaro tajriba va xorijiy bozor nazorati organlari ish jarayonini oʻrganish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil sentabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Raqobat qoʻmitasi

(X. Turaxujayev),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Texnik tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Oʻrganish natijasida axborot almashinuvi, tezkor xabar berish, mahsulotni chaqirib olish, mahsulotni muomaladan chiqarish va isteʼmolchilarni ogohlantirish imkoniyatini beruvchi “Bozor nazorati milliy axborot tizimi”ni yaratish.

2027-yil yanvar

3. “Bozor nazorati milliy axborot tizimi”ga vakolatli idoralarni ulash, davlat organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

2027-yil fevral

16.

Bozor nazorati sohasidagi xodimlar malakasini oshirish.

1. Bozor nazorati sohasidagi xodimlar malakasini xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda oshirish ishlarini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil sentabr

Texnik tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

Raqobat qoʻmitasi

(X. Turaxujayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Bozor nazorati sohasidagi xodimlar malakasini oshirish reja-grafigini tasdiqlash.

2026-yil oktabr

3. Tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq xodimlar malakasini oshirishni taʼminlash.

Reja-grafikka muvofiq

17.

Inson hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni qoplash mexanizmini yaratish.

1. Isteʼmolchilar hayoti va sogʻligʻiga moddiy va maʼnaviy zarar yetkazilgan hollarda kompensatsiya toʻlash jarayonining mavjud huquqiy va amaldagi holatini tahlil qilish, samaradorligini baholash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil iyun

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Raqobat qoʻmitasi

(X. Turaxujayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Inson hayoti va sogʻligʻiga moddiy va maʼnaviy zarar yetkazilgan hollarda kompensatsiya berish amaliyoti mavjud boʻlgan xorijiy mamlakatlar qonunchiligi va mexanizmlarini oʻrganish.

2026-yil iyul

3. Oʻrganish natijalari yuzasidan bozor nazorati sohasida inson hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni qoplash tartibini joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil noyabr

4. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda belgilangan tartibda Hukumatga kiritish.

2026-yil dekabr

III. Muvofiqlikni baholash va akkreditatsiya tizimini xalqaro talablar asosida isloh qilish

18.

Texnik reglamentlarning obyekti hisoblangan mahsulotlar muvofiqligini yangi yondashuv asosida baholash.

1. Muvofiqlikni baholashning yangi tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil mart

Texnik tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

Manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Qaror loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish va Hukumatga kiritish.

2026-yil may

19.

Texnik reglamentlarning obyekti hisoblangan mahsulotlarni muomalaga chiqarishga asos boʻluvchi “milliy muvofiqlik belgisi”ni qoʻllash va tamgʻalash tartibini ishlab chiqish.

1. Milliy muvofiqlik belgisi (Conformity Uzbekistan) bilan mahsulotni tamgʻalash tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil mart

Texnik tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Qaror loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish va Hukumatga kiritish.

2026-yil may

20.

Muvofiqlikni baholash organlari faoliyat yuritishi uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida akkreditatsiya sohasida koʻrsatilgan pullik xizmatlar tushumidan ajratma miqdorini kamaytirish.

1. Akkreditatsiya sohasida koʻrsatilgan xizmatlar tushumining 2 foiz miqdorida ajratma toʻgʻrisida hisobotni muvofiqlikni baholash organlari tomonidan mustaqil shakllantirish va taqdim etish tizimini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil aprel

Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi

(B. Sharipov),

Soliq qoʻmitasi

(F. Pulatov)

2. Akkreditatsiya sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqqoniyligini oʻrganish maqsadida soliq organlari tomonidan akkreditatsiya organiga zarur maʼlumotlarni taqdim etib borish.

Har chorak yakuni bilan

IV. Metrologiya sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

21.

Mahsulot ishlab chiqarish va sifatini baholashda qiyoslashdan kalibrlash tizimiga oʻtish.

1. Oʻlchash vositalarini kalibrlash sohasiga xususiy sektorni keng jalb qilish choralarini koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil aprel

Texnik tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xalqaro standartlarga muvofiq menejment tizimini joriy etishda kalibrlash amaliyotini qoʻllash.

2026-yil may

3. Hududlarda oʻlchash vositalarining turiga koʻra kalibrlashga boʻlgan ehtiyojni shakllantirish.

2026-yil iyun

4. Ehtiyojdan kelib chiqqan holda hududlarda kalibrlash laboratoriyalari tashkil etishga talabgorlar uchun oʻquv seminarlarini tashkil etish.

Reja-grafikka asosan

22.

Qiyoslashdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlarining roʻyxatini bekor qilish.

1. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining tegishli buyrugʻini qabul qilish.

2. Hujjatni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil sentabr

Texnik tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

23.

Metrolog mutaxassislarning bilim va koʻnikmalarini xalqaro talablarga asosan oshirish.

1. Metrolog mutaxassislarning bilim va koʻnikmalarini xalqaro talablarga asosan oshirish, 100 nafar mutaxassisning malakasini xorijning yetakchi metrologiya tashkilotlarida oshirish maqsadida kalendar-rejani tasdiqlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil yanvar

Texnik tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov)

2. Kalendar-rejaga asosan oʻlchash yoʻnalishlari boʻyicha metrolog mutaxassislarni malaka oshirish kurslariga yuborish.

Kalendar-rejaga asosan

V. Sohani moliyalashtirish va raqamlashtirish, sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish, kadrlar salohiyatini oshirish hamda targʻibot ishlarini olib borish

24.

Texnik tartibga solish agentligi huzurida rivojlangan mamlakatlar ilgʻor tajribasini oʻrganish, yetakchi muvofiqlikni baholash kompaniyalarining vakolatxonalarini ochish, xalqaro konsultantlarni jalb qilish hamda mahalliy mutaxassislarni tayyorlashni moliyalashtiruvchi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan jamgʻarma tashkil etish.

1. Jamgʻarmani tashkil etish, shu jumladan, uning mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil may

Texnik tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Hukumatga kiritish.

2026-yil iyul

25.

Sanoat korxonalarini qoʻllab-quvvatlash va ularga koʻmaklashish maqsadida “Sifat boʻyicha koʻmakchi” axborot resursini (shu jumladan, uning mobil ilovasini) interaktiv formatda ishlab chiqish.

1. Axborot resursini ishlab chiqish va sinov tariqasida ishga tushirish.

Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar

2026-yil aprel

Texnik tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

2. Axborot resursi, shu jumladan, mobil ilovani oʻrnatilgan tartibda ekspertizadan oʻtkazish va toʻliq ishga tushirish.

2026-yil sentabr

3. Axborot resursini manfaatdor vazirlik va idoralar axborot tizimlari bilan belgilangan tartibda integratsiya qilish.

Zaruratga koʻra

26.

Sohaga oid maʼlumot toʻplash va ularni avtomatlashtirilgan holda tahlil qilish imkonini beruvchi intellektual tahlil (AI-based analytics) modulini ishlab chiqish va “Texnik jihatdan tartibga solish” milliy axborot tizimida ishga tushirish.

1. Maʼlumotni intellektual tahlil qilish moduli uchun takliflarni ishlab chiqish.

Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar

2026-yil mart

Texnik tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. “Texnik jihatdan tartibga solish” milliy axborot tizimida toʻplanayotgan va qayta ishlanayotgan maʼlumotni intellektual tahlil qilish modulini ishlab chiqish va sinov tarzida ishga tushirish.

2026-yil iyun

3. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish, modulni takomillashtirib, toʻliq ishga tushirish.

2026-yil noyabr

27.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida aholi va tadbirkorlarga “24/7” vaqt rejimida konsultativ yordam berishni yoʻlga qoʻyish maqsadida “Texnik jihatdan tartibga solish” milliy axborot tizimida sunʼiy intellektga asoslangan virtual yordamchini (AI-assistent) ishga tushirish.

1. Loyihaoldi oʻrganish va maʼlumotlar tahlilini amalga oshirish.

Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar

2026-yil iyun

Texnik tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

2. Loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.

2026-yil dekabr

3. Loyihani joriy etish va “Texnik jihatdan tartibga solish” milliy axborot tizimi bilan integratsiya qilish.

2027-yil yanvar

28.

Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yoʻnalishlarida oliy taʼlim muassasalari uchun qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish.

1. Talabalarga dastlabki 2 yilni milliy oliy taʼlim muassasasida, keyingi 2 yilni xorijiy oliy taʼlim muassasasida davom ettirish imkonini yaratish.

2. Oliy taʼlim muassasalarining soha yoʻnalishlari 3 va 4-bosqich talabalari uchun oʻquv jarayonini dual taʼlim tizimida Texnik tartibga solish agentligi va uning tizim tashkilotlarida, soha mutaxassislarini oʻquv jarayonlariga jalb qilish orqali tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil may

Texnik tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

29.

Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, akkreditatsiya, mahsulotlarning umumiy xavfsizligi va bozor nazorati sohasidagi yangiliklarning mohiyati va ahamiyati tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlash.

1. Mazkur sohalardagi yangiliklarni tadbirkorlik subyektlariga yetkazish, shu jumladan, tushuntirish ishlarini olib borish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish boʻyicha media reja ishlab chiqib, tasdiqlash.

Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar

2026-yil fevral

Texnik tartibga solish agentligi

(A.Jumanazarov),

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi

(A. Koʻchimov),

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(A. Djurabayev),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov)

2. Media rejaga asosan mazkur sohalardagi yangiliklarning mohiyati va ahamiyati tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tushuntirilishini tashkil etish.

2026-yil davomida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-son Farmoniga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6240-son Farmonining 3 va 4-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-fevraldagi “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-41-son Farmonining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-martdagi “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3643-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “bajarishi ustidan inspeksiya nazoratini” soʻzlari “bajarishini davriy baholashni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Markaz direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4059-son qarorining 1-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish toʻgʻrisida”gi PQ-4419-son qarorining 11-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga aʼzolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4756-son qaroriga 1-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) quyidagi mazmundagi 392-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

392.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Xalqaro tarozi va oʻlchovlar byurosi

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 52-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

52.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Xalqaro standartlashtirish tashkiloti

Standartlash, metrologiya va sertifikatlash boʻyicha davlatlararo kengash

Qonunchilik metrologiyasi xalqaro tashkiloti

Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti

Xalqaro elektrotexnika komissiyasi

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-422-son qaroriga 6-ilovaning 25-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

25.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tizimidagi “Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasi tomonidan har chorak yakuni boʻyicha akkreditatsiya belgisi qoʻllanganlik uchun tushadigan mablagʻlar

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-son qarori

a.

100 foizi

“Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasi

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-91-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 5-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“akkreditatsiyadan oʻtkazilgan mahsulot, xizmat va menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalari va metrologiya xizmatlari tomonidan mos ravishda muvofiqlik sertifikatlari, sinov bayonnomalari va metrologiya tekshiruvi natijalari, shuningdek, muvofiqlik deklaratsiyalarini rasmiylashtirish faqat “Texnik jihatdan tartibga solish” milliy axborot tizimi orqali amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 12-bandda “Oʻzbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi” soʻzlari “Oʻzbekiston standartlar instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) 2 va 2a-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotdan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) 3-ilovada 15, 20, 21, 26 va 32-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) 5-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TASHKILIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“Oʻzbekiston standartlar instituti” davlat muassasasi

 

“Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi

 

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va shaharlardagi filiallar*

(yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan)

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va shaharlardagi filiallar*

(yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan)

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boʻlimlar

(yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar (12 ta) hamda Qoʻqon, Olmaliq, Bekobod va Chirchiq shaharlari filiallari”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 348-son qarorining 6-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) yettinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 349-son qarorining 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizimidagi tashkilotlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish choralari toʻgʻrisida”gi 370-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 9-bandning yettinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 10-bandda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “, “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn toʻqqizinchi xatboshidagi “, akkreditatsiya” soʻzi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) 11-bandda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “, “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻninchi xatboshidagi “va akkreditatsiya” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“z” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “, akkreditatsiya (ARAS, ILAC, IAF)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “, akkreditatsiya” soʻzi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻninchi xatboshidagi “akkreditatsiyadan oʻtgan muvofiqlikni baholash organlarining faoliyat sohasini bosqichma-bosqich kengaytirish yuzasidan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) 41-bandda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “, akkreditatsiya” soʻzi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshidagi “hamda akkreditatsiya qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 14-bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 16-bandning oʻninchi xatboshisidagi “, akkreditatsiyadan oʻtgan sertifikatlashtirish organlari va laboratoriyalarning (metrologiya xizmatlarining) inspeksiya nazoratida” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)