LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107-sonli “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Bolalikdan nogironlarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi 3 hafta muddatda yuqorida aytib o‘tilgan nafaqalarni tayinlash va to‘lash jarayonini tartibga soluvchi idora ichki normativ hujjatlarini ishlab chiqsinlar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-mart 103-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda;)
3. Belgilab qo‘yilsinki, ko‘rsatib o‘tilgan nizomlar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni amalga kiritilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.
4. Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan mehnat stajiga ega bo‘lmagan fuqarolarga (ularning oila a’zolariga — boquvchisini yo‘qotgan hollarda) “SSSRda fuqarolarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida” SSSR Qonunining 119-moddasiga muvofiq tayinlangan ijtimoiy pensiyalar o‘rniga 1994-yil 1-iyuldan boshlab mazkur qarorning 1 va 2-ilovalariga muvofiq nafaqa tayinlansin.
Ko‘rsatib o‘tilgan toifalardagi fuqarolarga nafaqalarni to‘lash ijtimoiy pensiyalarni tayinlashda belgilangan butun muddat davomida va 1994-yilning 1-iyuligacha to‘lab kelingandan kam bo‘lmagan miqdorlarda amalga oshirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-mart 103-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda;)
1. Har oylik nafaqalarni olish huquqiga tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan bolalikdan I yoki II guruh nogironlari deb tan olingan ish stajiga ega bo‘lmagan 16 yoshdan katta bo‘lgan shaxslar, shuningdek, 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalar nafaqa olish huquqini beruvchi tibbiy ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 23-fevral 65-sonli qarori bilan 1995-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotgan)
3. Nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza bolalikdan I yoki II guruh nogironi tomonidan yashash joyidagi tuman (shahar) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.
Mehnatga layoqatsiz deb topilgan I va II guruh bolalikdan nogironga, shuningdek, nogiron bolaga nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza ota-onalardan biri, vasiy tomonidan yashash joyi bo‘yicha beriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
4. Nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi arizaga I va II guruh bolalikdan nogiron yoxud nogiron bolaning yoshi va turar joyi to‘g‘risidagi hujjatlar, shuningdek, ariza bergan ota-onalar, vasiylarning yashash joyi to‘g‘risidagi hujjatlar ilova qilinadi.
Vasiy ariza bilan murojaat qilgan hollarda vasiylik organining vasiy qilib tayinlash to‘g‘risidagi qarorining bir nusxasi ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi I va II guruh bolalikdan nogironning arizasiga ular tomonidan tibbiy mehnat-ekspert komissiyasidan olingan tekshirish dalolatnomasidan ko‘chirmani ilova qiladi.
(4-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Nogiron bolaga nafaqa tayinlash chog‘ida sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan belgilangan tartibda beriladigan tibbiy xulosa taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi arizani qabul qilib olgan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan ariza beruvchiga ariza qabul qilingan sana ko‘rsatilgan holda ariza va unga ilova qilingan hujjatlar qabul qilinganligi haqida tilxat beriladi.
(5-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ariza barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda qabul qilib olingan kun nafaqa tayinlash to‘g‘risida murojaat qilingan kun deb hisoblanadi (mazkur Nizomning 4-bandi).
Agar nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza pochta orqali yuborilsa hamda barcha zarur hujjatlar taqdim etilsa, ariza jo‘natilgan joyning pochta shtempelida ko‘rsatilgan sana nafaqa tayinlash to‘g‘risida murojaat qilingan kun deb hisoblanadi.
Arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda qanday hujjatlarni qo‘shimcha ravishda taqdim etish kerakligi ariza beruvchiga ma’lum qilinadi. Agar bu hujjatlar qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etish zarurligi to‘g‘risida bildirish olingan kundan boshlab 3 oydan kechikmay taqdim etilsa, nafaqa tayinlash to‘g‘risida ariza qabul qilib olingan kun nafaqa tayinlash to‘g‘risida murojaat qilingan kun deb hisoblanadi.
6. Nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda taqdim etilgandan keyin 10 kundan kechikmay ko‘rib chiqiladi.
7. Nafaqa tayinlash to‘g‘risida murojaat qiluvchi nafaqa tayinlash haqidagi qaror ustidan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi yuqori organiga shikoyat qilishi mumkin. Ariza beruvchi javobdan qoniqmagan taqdirda nizo belgilangan tartibda sud orqali hal etiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
I va II guruh bolalikdan nogironlarga nafaqa nogironlikning butun davriga tayinlanadi. Nogiron bolalarga nafaqa tibbiy xulosada belgilangan muddatga tayinlanadi.
9. Barcha taqdim etilgan hujjatlar bilan birgalikda nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza va nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi qaror nafaqa oluvchining alohida shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildida saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Nafaqa I yoki II guruh bolalikdan nogironning, yoxud nafaqa tayinlangan nogiron bolalarning ota-onalari yashaydigan joy bo‘yicha tuman (shahar) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi. Vasiylarga nafaqa ularning yashash joylari bo‘yicha to‘lanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
11. Nafaqalarni to‘lash har oyda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq nafaqa to‘lanadigan oydan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay amalga oshiriladi.
Ishonchnoma bo‘yicha nafaqa davlat pensiyalarini ishonchnoma bo‘yicha to‘lash uchun belgilangan tartibda to‘lanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
12. I yoki II guruh bolalikdan nogiron, yoxud nogiron bola tomonidan nogironlikni qayta tekshirishdan o‘tkazish muddati kechiktirib yuborilganda nafaqa nogironlarga davlat pensiyalari tayinlash uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi (“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 55-moddasi).
Nafaqa oluvchi O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shaharga ko‘chganda nafaqani to‘lash yangi yashash joyi bo‘yicha tegishli O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan nafaqa oluvchining shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildi olingandan keyin mana shu tuman (shahar)da davom ettiriladi. Bunday holda nafaqa to‘lash ilgarigi yashash joyi bo‘yicha nafaqa to‘lash to‘xtatilgan vaqtdan boshlab davom ettiriladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Nafaqa to‘lash to‘xtatilishi yoki qayta tiklanishiga olib kelgan boshqa holatlar (I yoki II guruh bolalikdan nogiron, yoxud nogiron bola internat uyga to‘liq davlat ta’minotiga o‘tkazilganda yoki undan qaytarib yuborilganda va shu kabilar) paydo bo‘lganda nafaqa to‘lash shu holat paydo bo‘lgan oydan keyingi oyning 1-kunidan boshlab to‘xtatiladi yoki tiklanadi.
13. Tayinlangan, biroq oluvchi tomonidan o‘z vaqtida talab etib olinmagan nafaqa summasi nafaqa olish uchun murojaat qilingandan oldingi o‘tgan vaqt uchun ko‘pi bilan uch yilga to‘lanadi.
Nafaqa tayinlagan yoki nafaqa to‘layotgan organning aybi bilan o‘z vaqtida olinmagan nafaqa summasi o‘tgan vaqt uchun biror-bir muddat bilan cheklashsiz to‘lanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan holda nafaqaning 12 oyga tegishli bo‘lgan summasi bir yo‘la to‘lanadi, qolgan qismlari esa har oyda nafaqaning joriy qismiga qo‘shimcha tarzda oylik nafaqadan oshmaydigan teng ulushlarda to‘lanadi.
14. Tayinlangan nafaqa I va II guruh bolalikdan nogironga, u olayotgan ish haqi, stipendiya, aliment yoki daromadlarning boshqa turlaridan qat’i nazar, to‘lanadi.
Nogiron bolaga tayinlangan nafaqa, u tomonidan (uning uchun) boshqa nafaqalar olinishidan qat’i nazar, to‘lanadi.
15. Tayinlangan nafaqa I yoki II guruh bolalikdan nogiron, yoxud nafaqa tayinlangan nogiron bola to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan vaqt uchun to‘lanmaydi.
Leprozoriylarda bo‘lgan I va II guruh bolalikdan nogironlarga, shuningdek, nogiron bolaga nafaqa leprozoriylarda bo‘lgan butun vaqt uchun to‘lanadi.
16. Bolalikdan nogironlarga nafaqalarni to‘lash, yetkazib berish va yuborish xarajatlari respublika budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-fevraldagi 36-sonli qarori tahririda — SZ RU, 2009-y., 7-son, 69-modda)
18. Tayinlangan nafaqa miqdorini qayta hisoblab chiqish mazkur Nizomning 17-bandida eslatib o‘tilgan holatlar (ish haqining eng kam miqdori o‘zgargan holatlardan tashqari) paydo bo‘lgan oydan keyingi oyning 1-kunidan boshlab amalga oshiriladi.
1. Mazkur Nizomga muvofiq nafaqalar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi Qonun bo‘yicha pensiya olish huquqiga ega bo‘lmagan hamda “Nikoh va oila to‘g‘risida”gi kodeksga ko‘ra ularni boqishga majbur bo‘lgan qarindoshlari bo‘lmagan fuqarolarga tayinlanadi hamda to‘lanadi.
3. Ijtimoiy ta’minot nafaqasi (nafaqalari)ni olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar shu huquq paydo bo‘lgandan so‘ng biror muddat bilan cheklashsiz istalgan vaqtda uning tayinlanishi uchun murojaat qilishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Mazkur Nizomning 2-bandida ko‘rsatib o‘tilgan nafaqalarni to‘lash, yetkazib berish va yuborish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvar 35-sonli qarori tahririda—O‘R QHT, 2005-y., 5-6-son, 32-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Mazkur Nizom bo‘yicha nafaqalarni tayinlash va to‘lash shahar va tuman O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
6. Yosh bo‘yicha nafaqa ish stajiga va “Oila kodeksi”ga ko‘ra ularni boqishga majbur bo‘lgan qarindoshlari bo‘lmagan shaxslarga tayinlanadi.
(6-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-mart 103-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda)
(6-bandga izoh O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 23-fevral 65-sonli qarori bilan 1995-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotdi)
8. Nogironlik bo‘yicha nafaqa nogironlik sodir bo‘lgan hollarda, ya’ni mehnat qobiliyati doimiy yoki uzoq muddatga yo‘qotilganda, faqat birinchi va ikkinchi guruh nogironlarga tayinlanadi va to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Fuqarolarning mehnat qobiliyatlarini yo‘qotganlik darajasini aniqlash uchun tibbiy tekshirishni faqat tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) o‘zlari to‘g‘risidagi tasdiqlangan Nizom asosida shahar va tuman O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari yo‘llanmasi bo‘yicha amalga oshiradilar.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 23-fevral 65-sonli qarori bilan 1995-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotdi)
11. Ishlab turgan yoki yashashning boshqa manbalariga ega bo‘lgan I va II guruh nogironlarga nafaqa tayinlanmaydi.
12. Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan shaxs vafot etgan taqdirda uning qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolari mazkur Nizomga ko‘ra nafaqa olish huquqiga egadirlar.
Oilaning mehnatga layoqatsiz a’zolari qatoriga “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida aytib o‘tilgan shaxslar kiritiladilar.
a) oilaning uch va undan ortiq mehnatga layoqatsiz a’zosiga— vafot etgan fuqaro olgan yoki olish huquqiga ega bo‘lgan nafaqaning 100 foizi;
Oldingi tahrirga qarang.
14. Nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza ariza beruvchi yashaydigan joydagi tuman (shahar) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
15. Nogironlik yoki yosh bo‘yicha nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:
a) yosh bo‘yicha nafaqa tayinlashda — ariza beruvchining yoshini tasdiqlovchi hujjat (pasportdan ko‘chirma yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi);
b) yashash joyidan berilgan ma’lumotnoma, unda barcha oila a’zolarining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan yillari, qarindoshlik darajasi, nafaqa so‘rab murojaat etgan shaxs oilasi har bir a’zosining turmush kechirish manbalari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak;
d) boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha nafaqa tayinlashda — boquvchisining vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va bolalarning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar nusxalari.
16. Yosh, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha nafaqalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan tayinlanadi.
Nafaqalar barcha zarur hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda murojaat etilgan kundan boshlab tayinlanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
17. Nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ariza taqdim etilgandan keyin 10 kundan kechikmay ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tegishli qaror chiqarilgandan so‘ng 10 kundan kechikmay rad etilganlik to‘g‘risidagi bildirishni ariza beruvchining qo‘liga beradi yoki pochta orqali yuboradi hamda bir vaqtning o‘zida barcha hujjatlarni qaytaradi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Tuman (shahar) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limining qarori ustidan ariza beruvchi yuqori tashkilotga shikoyat qilishi mumkin. Ariza beruvchi javobdan qoniqmagan taqdirda nizo belgilangan tartibda sud orqali hal qilinadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Nafaqalar nafaqa oluvchining yashash joyi bo‘yicha tuman (shahar) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan to‘lanadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Nafaqalarni to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan har oyda belgilangan muddatlarda, biroq nafaqa to‘lanayotgan oydan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirilmay to‘lanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
22. Hisoblab chiqilgan, biroq oluvchi tomonidan o‘z vaqtida talab etilmagan nafaqa summasi o‘tgan vaqt uchun, ammo nafaqa so‘rab murojaat etilgandan oldingi uch yillikdan ko‘p emas, to‘lanadi.
23. To‘lanayotgan nafaqalar miqdorini o‘zgartirishga sabab bo‘luvchi holatlar paydo bo‘lgan taqdirda, nafaqa oluvchi bu haqda 10 kun muddatda unga nafaqa tayinlagan tegishli O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga murojaat qilishi shart.
I va II guruh nogironlarga va yosh bo‘yicha yoki boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha nafaqalar tayinlangan nafaqa oluvchilarga, agar ular ish haqi yoki boshqa daromad olayotganliklari aniqlangan taqdirda, nafaqa to‘lash to‘xtatiladi
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
24. Nafaqa oluvchi to‘liq davlat ta’minotiga o‘tkazilgan taqdirda (nogironlar uyi, bolalar uyi va shu kabilarga joylashtirilganda) nafaqa to‘lash to‘xtatiladi.
25. Nafaqa oluvchi ozodlikdan mahrum etilgan taqdirda tayinlangan nafaqani to‘lash to‘xtatib qo‘yiladi.
27. Nafaqa miqdorini oshirish huquqi paydo bo‘lganda, ish haqining eng kam miqdori o‘zgarishidan tashqari, tayinlangan nafaqani qayta hisoblab chiqish bu holatlar paydo bo‘lgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.
28. Nafaqa oluvchi O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga ko‘chganda nafaqani to‘lash yangi yashash joyi bo‘yicha tegishli O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi organi tomonidan hujjatlar yig‘ma jildi olingandan keyin mana shu tuman (shahar)da davom ettiriladi. Nafaqalarni to‘lash oldingi yashash joyi bo‘yicha nafaqa to‘lash to‘xtatilgan vaqtdan boshlab tiklanadi. Nafaqa oluvchini hisobdan chiqarish va yangi yashash joyida hisobga olish tartibi, shuningdek, ularning hujjatlar yig‘ma jildlarini yuborish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-martdagi 52-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)