Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.1996 23.02.1995 yildagi 65-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.1996
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “ISh HAQI, PENSIYALAR, NAFAQALAR VA STIPENDIYALARNING MIQDORLARINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA”GI FARMONINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 18-martdagi 103-sonli “Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarning miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida” 1995-yil 7-fevraldagi Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1995-yil 1-martdan boshlab mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasiga boshlangʻich razryadning oyiga 300 soʻm miqdoridagi tarif stavkasi asos qilib olinsin va Yangi tarif koeffitsiyentlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Yangi tarif koeffitsiyentlarini qoʻllash budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan muassasalar, tashkilotlar va korxonalar uchun majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ijtimoiy taʼminot vazirligi ikki kun mobaynida pensiya va nafaqalarni 1995-yil 1-martdan boshlab qayta hisoblash tartibini tasdiqlasin va ijtimoiy taʼminot mahalliy organlariga yuborsin. Bunda 1995-yil 1-martdan keyin pensiya tayinlashda ularni tegishlicha oʻrtacha 350 soʻmga oshirish hisoblashning amaldagi normalari va tarkibi qoʻllanilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ish haqi miqdorini oshirishni taʼminlash maqsadida xoʻjalik hisobidagi korxonalar va tashkilotlar uchun ish haqi miqdorini mahsulot, ishlar, xizmatlar hajmining oʻsishiga koʻra tartibga solish maqsadida qabul qilingan ish haqining baza fondi qonun hujjatlari bilan belgilangan amaldagi qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalarga tuzatishlar kiritilgan holda bir ishlovchiga oyiga oʻrtacha 350 soʻmga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlar va muassasalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 7-fevraldagi Farmonidan kelib chiqqan holda pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va xodimlarning lavozim maoshlari miqdorlari oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 1995-yil 1-martdan boshlab quyidagilar oʻz kuchini quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-dekabrdagi 590-son qarori 2-bandining boshlangʻich razryadni eng kam ish haqi miqdoriga tenglashtirishga oid qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-iyundagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalikdan nogironlarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 2-bandi, Pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 7 va 10-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 23-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 23-fevraldagi 65-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Mehnatga haq toʻlash razryadlari‎

Boshlangich razryadga nisbatan tarif koeffitsiyentlari‎

0‎ 1,00‎
1‎ 1,51‎
2‎ 1,55‎
3‎ 1,60‎
4‎ 1,65‎
5‎ 1,71‎
6‎ 1,78‎
7‎ 1,86‎
8‎ 1,94‎
9‎ 2,03‎
10‎ 2,12‎
11‎ 2,22‎
12‎ 2,32‎
13‎ 2,42‎
14‎ 2,54‎
15‎ 2,66‎
16‎ 2,80‎
17‎ 2,96‎
18‎ 3,13‎
19‎ 3,31‎
20‎ 3,51‎
21‎ 3,73‎
22‎ 3,97‎
23‎ 4,24‎
24‎ 4,52‎
25‎ 4,84‎
26‎ 5,13‎
27‎ 5,45‎
28‎ 5,83‎