31.07.2026 yildagi 426-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, fitosanitariya va veterinariya boʻyicha yagona davlat boshqaruvi va nazorat tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 12-maydagi PF-84-son Farmoni hamda “Chorvachilik tarmogʻi va yaylov xoʻjaligini zamonaviy boshqaruv tizimi va yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 12-maydagi PQ-179-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, fitosanitariya va veterinariya boʻyicha yagona davlat boshqaruvi va nazorat tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 12-maydagi PF-84-son Farmoniga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tashkil etilgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik chorvachilik, shu jumladan, naslchilikni rivojlantirish, yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qismida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining funksiyalari, huquqlari, majburiyatlari, shartnomalari va xalqaro bitimlari boʻyicha huquqiy vorisi etib belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi huzuridagi Chorvachilik tarmoqlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 31-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
426-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-iyuldagi 426-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va masʼuliyatini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agentlik respublikada chorvachilik sohasini rivojlantirish, yaylovlardan oqilona va samarali foydalanish boʻyicha strategik rejalashtirish, hududlar kesimida soha yoʻnalishlarini belgilash hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirishga oid biznes loyihalarni qoʻllab-quvvatlash, metodologik taʼminlash hamda monitoringini yuritishda respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agentlik oʻz faoliyati boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining buyruqlari hamda ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agentlik, uning tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agentlikning rasmiy nomi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — Chorvachilik agentligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) rus tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Agentstvo po razvitiyu jivotnovdstva i pastbishnogo xozyaystva pri Ministerstve selskogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — Agentstvo po jivotnovodstvu;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ingliz tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Agency for the Development of Livestock and Pasture Management under the Ministry of Agriculture of the Republic of Uzbekistan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — Agency for Livestock Development.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agentlik joylashgan joy (pochta manzili): 100123, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Kichik halqa yoʻli koʻchasi, 21a-uy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Agentlikning tuzilmasi, uning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Agentlik tuzilmasiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning markaziy apparati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boshqarmalar va tuman (shahar)lardagi vakillari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilikning barcha tarmoqlarini rivojlantirish, naslchilik-seleksiya ishlarini takomillashtirish, sunʼiy urugʻlantirishni tashkil etish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish, chorva ozuqa bazasini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohaning rivojlantirish dasturlari va “yoʻl xaritalari”ni tayyorlash, hududlar kesimida ustuvor yoʻnalishlar va ularning ixtisoslashuvini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilik tarmoqlari infratuzilmasini, jumladan, sunʼiy urugʻlantirish punktlari, soʻyish maydonchalari, sut qabul qilish punktlari, laboratoriyalar, omborlar, chorvachilik majmualari, qayta ishlash korxonalari hamda logistikani rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilik tarmoqlarida samarali biznes modellarini joriy qilish, tarmoqlarning investitsiya jozibadorligini oshirish, qayta ishlash va qoʻshilgan qiymat zanjirlarini rivojlantirish, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilik tarmoqlarida zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish, raqamli yechimlar, avtomatlashtirish tizimlari, shuningdek, chorva mollarini parvarishlash, oziqlantirish va koʻpaytirishning zamonaviy usullarini keng tatbiq qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilikda sof genofondni saqlab qolish va rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan naslchilik-seleksiya dasturlarini amaliyotga tatbiq etish va muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilikda nasldorlik va mahsuldorlik koʻrsatkichlarini yaxshilash maqsadida naslchilik resurslarini yaratish, saqlash, takror koʻpaytirish va ulardan oqilona foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorva mollari bosh soni, mahsuldorlik, ishlab chiqarish hajmi, narxlar, investitsiyalar va eksport koʻrsatkichlari hamda tegishli yer uchastkalarida ozuqabop ekinlar yetishtirilishi boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaylov yerlaridan samarali va maqsadli foydalanish, ularni muhofaza qilish, degradatsiyaning oldini olish, oʻsimliklar tabiiy plantatsiyalarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaylovlarda oʻsimliklar urugʻchiligini rivojlantirish, yaylov yerlarini ijaraga berishni tashkil etish, shartnomaviy munosabatlarni monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qorakoʻl zotining genofondini saqlash, takror koʻpaytirish, seleksiya-naslchilik ishlari rejalarini amaliyotga tatbiq etish hamda infratuzilmalarni yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikka qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) chorvachilikning barcha tarmoqlarini rivojlantirish, naslchilik-seleksiya ishlarini takomillashtirish, sunʼiy urugʻlantirishni tashkil etish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish, chorva ozuqa bazasini mustahkamlashda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada qoramolchilik, qoʻychilik, echkichilik, parrandachilik, yilqichilik, tuyachilik, quyonchilik, asalarichilik, qorakoʻlchilik va boshqa yondosh tarmoqlarni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilik sohasida naslchilik-seleksiya ishlarini takomillashtirish va naslchilik resurslarini koʻpaytirish hamda mahsuldorlikni oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naslni yaxshilovchi yuqori genetik mahsuldorlik xususiyatiga ega boʻlgan turli zotlardagi nasldor chorva mollaridan olingan urugʻ bilan chorva mollarini sunʼiy urugʻlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi ozuqa-yem ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish hamda tarkibi kuchaytirilgan ozuqa-yem ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilik sohasida ozuqa-yem bazasini mustahkamlash va ozuqabop ekinlar urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining buyruqlari hamda ushbu Nizom talablari hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlarida bajarilishini oʻrganish, monitoringini yuritish va amaliy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohani rivojlantirish va mahsulot ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirishga oid dasturlar hamda normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, oʻz vakolatlari doirasida ularning ijrosini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sohani rivojlantirish dasturlari va “yoʻl xaritalari”ni tayyorlash, hududlar kesimida ustuvor yoʻnalishlar va ularning ixtisoslashuvini belgilashda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohani rivojlantirishga oid materiallar va axborotlarni tizimli ravishda yigʻish, soha rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan muammo va kamchiliklarni respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda oʻrganish, tahlil qilish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilik sohasi va yaylov xoʻjaligini rivojlantirishga oid oʻrta va uzoq muddatli strategiyalarni hamda ularni amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naslchilik-seleksiya dasturlari, uslubiy qoʻllanmalar va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) chorvachilik tarmoqlari infratuzilmasini, jumladan, sunʼiy urugʻlantirish punktlari, soʻyish maydonchalari, sut qabul qilish punktlari, laboratoriyalar, omborlar, chorvachilik majmualari, qayta ishlash korxonalari hamda logistikani rivojlantirishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda mavjud mahsulot ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, past rentabelli korxonalarni iqtisodiy sogʻlomlashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilik tarmoqlari infratuzilmasini yaxshilash, jumladan, soʻyish maydonchalari, sutni qabul qilish punktlari, chorvachilik majmualari hamda logistikani rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorva mollarini sunʼiy urugʻlantirish, zamonaviy seleksiya va biotexnologiya usullarini, jumladan, embrion koʻchirib oʻtkazish texnologiyalarini keng joriy qilish, naslchilik materiallari ishlab chiqarishni koʻpaytirish orqali chorva mollarida nasldorlik va mahsuldorlikning sifat koʻrsatkichlarini yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) chorvachilik tarmoqlarida samarali biznes modellarini joriy qilish, tarmoqlarning investitsiya jozibadorligini oshirish, qayta ishlash va qoʻshilgan qiymat zanjirlarini rivojlantirish, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlar kesimida soha tarmoqlarini rivojlantirishni belgilash va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirishga oid biznes loyihalarni qoʻllab-quvvatlash hamda sohani metodologik taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohada samarali biznes modellarini respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda joriy qilish, soha tarmoqlarida investitsiya jozibadorligini oshirish, xomashyoni chuqur qayta ishlash va qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini oʻrganish va takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohaga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) chorvachilik tarmoqlariga zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish, raqamli yechimlar, avtomatlashtirish tizimlari, shuningdek, chorva mollarini parvarishlash, oziqlantirish va koʻpaytirishning zamonaviy usullarini keng tatbiq qilishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilik sohasini strategik rejalashtirish, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sunʼiy intellektdan foydalangan holda raqamli yechimlar, avtomatlashtirish tizimlarining xorijiy ilgʻor tajribalarini amaliyotga tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorva mollarini parvarishlash, oziqlantirish va koʻpaytirishning xorijiy ilgʻor tajribalarini sohaga tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro talablar asosida chorvachilik mahsulotlarini sertifikatlash va standartlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish, sifat menejmentining zamonaviy usullarini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) chorvachilikda sof genofondni saqlab qolish va rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan naslchilik-seleksiya dasturlarini amaliyotga tatbiq etish va muvofiqlashtirishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naslchilik resurslarini yaratish, chorva mollari sof genofondini saqlash, takror koʻpaytirish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi va naslchilik korxonalari bilan birgalikda chorvachilik subyektlari va aholini naslchilik materiallari bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tashkilotlar bilan birgalikda sohani rivojlantirishga qaratilgan ilmiy loyihalarni shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlarning ilgʻor ilmiy-texnologik ishlanmalari, innovatsion gʻoyalari, texnologiyalari va tajribalarini oʻrganish hamda ularni soha tarmoqlariga joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sunʼiy urugʻlantirish boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirishni tashkil etish hamda soha boʻyicha yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlarning naslchilik sohasidagi ilm-fan yutuqlari va ilgʻor tajribalarini oʻrganish hamda ularni hududlarda joriy qilishga koʻmaklashish, sohaga oid seminar va koʻrgazmalarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) chorvachilikda nasldorlik va mahsuldorlik koʻrsatkichlarini yaxshilash maqsadida naslchilik resurslarini yaratish, saqlash, takror koʻpaytirish va ulardan oqilona foydalanishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naslchilik bilan shugʻullanuvchi subyektlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda naslchilik xoʻjaligi maqomini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nasldor chorva mollarini urchitish, naslli mahsulotlar (materiallar) yetishtirish va ulardan foydalanishni tizimli yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorva mollari sonini koʻpaytirish, ularning mahsuldorligini oshirish va nasl sifatini yaxshilash maqsadida xoʻjaliklarda naslchilik ishlarining tizimli amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) chorva mollari bosh soni, mahsuldorlik, ishlab chiqarish hajmi, narxlar, investitsiyalar va eksport koʻrsatkichlari hamda tegishli yer uchastkalarida ozuqabop ekinlar yetishtirilishi boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va monitoring qilishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada chorva mollari bosh sonini koʻpaytirish, naslchilik-seleksiya ishlarini tizimli tashkil etish orqali mahsuldorlikni oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlar kesimida soha tarmoqlarini tahlil qilgan holda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishga qaratilgan hududiy dasturlar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki va tashqi bozor ehtiyojidan kelib chiqqan holda chorvachilik mahsulotlari eksporti va importini tizimli tahlil qilish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda chorvachilik subyektlariga shartli mol bosh sonidan kelib chiqqan holda ekin yerlari ajratish, shuningdek, ularga zarur ozuqa ekinlari urugʻlari, yonilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar va boshqa moddiy resurslarni yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda ekin yerlariga asosiy, takroriy va oraliq ozuqa ekinlarini joylashtirish va ekish ishlarini tashkil etish hamda almashlab ekish tizimini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ozuqa ekinlari yetishtirishning samarali agrotexnologiyalari hamda chorva mollarini oziqlantirishning ilgʻor usullari va ilmiy ishlanmalarini amaliyotga tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) yaylov yerlaridan samarali va maqsadli foydalanish, ularni muhofaza qilish, degradatsiyaning oldini olish, oʻsimliklar tabiiy plantatsiyalarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaylovlar holatini yaxshilash, ulardan foydalanishni istiqbolli rejalashtirish hamda madaniy yaylovlarni barpo etish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaylovlardan maqsadli va samarali foydalanish hamda ularni muhofaza qilish boʻyicha dasturlar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, tiklash va oʻsimliklar plantatsiyalarini yaratish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaylovlardan almashlab foydalanishni yoʻlga qoʻyish, pichan oʻrish va chorva mollarini boqish normalari hamda muddatlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaylov xoʻjaligini rivojlantirish bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilib borish hamda bu boradagi mavjud muammolarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) yaylovlarda oʻsimliklar urugʻchiligini rivojlantirish, yaylov yerlarini ijaraga berishni tashkil etish, shartnomaviy munosabatlarni monitoring qilishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaylov oʻsimliklari urugʻchiligi tizimi rivojlangan mamlakatlarning tajribasini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilik subyektlariga ajratilgan yer maydonlarida choʻl-yaylov oʻsimliklari urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish va monitoringini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilik bilan shugʻullanuvchi subyektlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq yaylovlarni ijaraga berishni tizimli yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilik subyektlari oʻrtasida xoʻjalik shartnomalarini tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish vaqtida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) qorakoʻl zotining genofondini saqlash, takror koʻpaytirish, seleksiya-naslchilik ishlari rejalarini amaliyotga tatbiq etish hamda infratuzilmalarni yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qorakoʻlchilik yoʻnalishida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan ushbu yoʻnalishdagi tadbirkorlik subyektlarining oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qorakoʻlchilik sohasini rivojlantirish bilan bogʻliq masalalarni muntazam ravishda muhokama qilib borish hamda bu boradagi mavjud muammolarni hal qilishga qaratilgan choralar koʻrib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qorakoʻlchilik faoliyatini ilmiy asosda yoʻlga qoʻyish, ilmiy-tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar va seleksiya-naslchilik ishlari natijalari amaliyotga keng koʻlamda joriy etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaylovlarni tiklash hamda chorva mollarini sugʻorish uchun suv inshootlarini (quduqlarni) barpo etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlardan Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻladigan maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistika organlaridan zarur statistik maʼlumotlarni soʻrash va bepul olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boshqarmalar orqali yaylov yerlarini ijaraga berishni tashkil etish va shartnomaviy munosabatlarni yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun ilmiy, konsalting va audit tashkilotlari, olimlar, zooinjenerlar, sohaga aloqador mutaxassislar, shu jumladan, xorijiy olimlar, zooinjenerlar va mutaxassislarni shartnoma yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar asosida jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar doirasida xorijiy davlatlarning sohaga oid tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslar bilan bitim va kelishuvlar asosida chorvachilik sohasida va yaylov xoʻjaliklarini rivojlantirish boʻyicha hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslar uchun Oʻzbekiston Respublikasida va xorijiy davlatlarda trening, seminar va boshqa taʼlim dasturlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohada joriy va strategik vazifalar, olib borilayotgan ishlar va erishilgan natijalarni yoritish, uslubiy qoʻllanma va bukletlarni nashr qilish uchun belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ozuqa ekinlari uchun ajratilgan yer uchastkalaridan yer uchastkasining ruxsat etilgan foydalanish turiga nomuvofiq foydalanilganda yoki ulardan oqilona foydalanilmaganda, ushbu yer uchastkalarini qaytarib olish boʻyicha tegishli vakolatli organlarga yoki tuman (shahar) hokimliklariga taqdimnomalar kiritib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ozuqa qoʻshimchalarining roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomani olish uchun taqdim etilgan hujjatlar va ularning sinov natijalarini hamda tayyorlanayotgan sohaga oid qoʻllanmalar, tavsiyanomalar va yoʻriqnomalarni oʻrganish, shuningdek, ishlab chiqilgan texnik qoidalar va normalarni koʻrib chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agentlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar talablari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining topshiriqlarini oʻz vaqtida bajarilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bevosita, shuningdek, tarkibiga kiruvchi ilmiy muassasalar hamda “Parrandasanoat”, “Oʻzbekiston asalarichilari” va “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” uyushmalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Agentlik faoliyatini tashkil qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agentlikka Vazirlar Mahkamasining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Agentlik direktori bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari hisoblanadi va ushbu lavozimda oʻrindoshlik asosida faoliyat yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Agentlik direktori Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining taqdimnomasiga binoan, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ikki nafar oʻrinbosarga, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktori boʻlmagan davrda, direktor vazifasini uning birinchi oʻrinbosari bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktori va direktorning birinchi oʻrinbosari boʻlmagan davrda, direktor vazifasini Agentlik direktori oʻrinbosari bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Agentlik direktori, direktor oʻrinbosarlari va Agentlik tarkibiy boʻlinmalarining asosiy funksional vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikka qonunchilik hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining buyruqlari ijrosini taʼminlash hamda monitoringini yuritishning amaliy tizimini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tizimidagi tashkilotlarning mansabdor shaxslari vakolatlari va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida Agentlik tizimi xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning markaziy apparati xarajatlari smetasi va shtatlar jadvalini yuqori turuvchi idoraga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilik sohasi va yaylov xoʻjaliklarini rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktori qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Agentlik direktorining oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligining buyruqlari, Agentlik direktorining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy boʻlinmalar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik direktoriga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktoriga tarkibiy boʻlinmalarda xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, malakasi, amaliy tajribasi, ishchanlik va axloqiy fazilatlari yuqori darajada boʻlishini taʼminlash, kasbiy malakalarini oshirish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari xodimlari faoliyatining samaradorligi (KPI) va natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktori vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktori oʻrinbosarlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari hamda hududiy boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga yuklangan vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik rahbariyati topshiriqlarining toʻliq bajarilishini nazorat qilish va taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni taʼminlash boʻyicha zarur tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining buyruqlari ijrosini taʼminlash, qonunchilik hujjatlariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalar va hududiy boshqarmalar xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha amaliy choralar koʻrish hamda topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot xodimlari faoliyati samaradorligini tahlil qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari hamda hududiy boshqarmalari rahbarlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Agentlik rahbarlarining javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Agentlik direktori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning Chorvachilik tarmoqlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarining maqsadli sarflanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 16-bandida belgilangan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Agentlik direktori oʻrinbosarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutasaddilik qilinadigan yoʻnalish va tarkibiy boʻlinmalarda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 17-bandida belgilangan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminoti, xodimlar mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Agentlik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaklidagi Chorvachilik tarmoqlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan yagona shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlari Agentlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish, shuningdek, Agentlikning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish hamda raqamlashtirish (axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni xarid qilish hamda ularni texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash xarajatlari) bilan bogʻliq tadbirlarga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalariga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

23. Agentlikka 3 ta xizmat yengil avtotransport vositasini saqlashga limit ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Agentlik va uning tizim tashkilotlari xodimlari hamda shartnoma asosida jalb qilingan mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ularning koʻp yillik mehnati uchun har oylik ustamalar (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda), ularga moddiy yordam koʻrsatish, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlar, shuningdek, qoʻshimcha haq, ustamalar, mukofotlar, ijtimoiy va boshqa toʻlovlar, idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, faoliyatini amalga oshirish va markaziy apparat taʼminoti bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hamda Jamgʻarma mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Agentlik va uning tizim tashkilotlari xodimlari hamda shartnoma asosida jalb qilingan mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish shartlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi xodimlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash tartibi qoʻllanadi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona tarif setkasi boʻyicha tasdiqlangan razryadlarga muvofiq lavozim maoshi, bunda Agentlik markaziy apparati hamda hududiy boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashda tasdiqlangan razryadlarga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyentlarini 1,4 baravarga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lavozim maoshining 40 foizi miqdorida ustama (mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yilda bir marta oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida moddiy yordam;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vazifalarini vijdonan, shuningdek, alohida muhim va masʼuliyatli ishlarni bajarayotgan xodimlarga ikki oylik mehnat haqi fondi miqdorida mukofot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp yillik xizmati uchun lavozim maoshiga (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda) 20 foizdan 100 foizgacha miqdorda ustama, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 yildan 5 yilgacha — 20 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5 yildan 10 yilgacha — 30 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 yildan 15 yilgacha — 40 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15 yildan 20 yilgacha — 60 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 yildan 25 yilgacha — 80 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25 yildan ortiq — 100 foiz miqdorida ustama toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Jamgʻarmaga mablagʻlari hisobidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik markaziy apparati xodimlariga oʻz xizmat vazifalarini vijdonan bajarganliklari uchun Agentlik direktori tomonidan lavozim maoshining (ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) 300 foizgacha hamda hududiy boshqarmalari xodimlariga 200 foizgacha miqdorda har oylik ustamalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida oʻrnak koʻrsatgan Agentlik markaziy apparati xodimlariga lavozim maoshining (ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) 100 foizigacha miqdorda oylik ustamalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish va ularning mehnati samaradorligini oshirish maqsadida har oyda (jamoa shartnomasiga muvofiq) transport xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari hamda ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobarigacha miqdorida toʻlovlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik va uning tizim tashkilotlari xodimlariga rasman bayram deb eʼlon qilingan kunlar (1-yanvar — Yangi yil, 8-mart — Xotin-qizlar kuni, 21-mart — Navroʻz bayrami, 9-may — Xotira va qadrlash kuni, 1-sentabr — Mustaqillik kuni, 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni, 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, diniy bayramlar — Roʻza hayiti (Iyd-al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd-al-Adha)) hamda qishloq xoʻjaligi xodimlarining kasb bayramlari munosabati bilan lavozim maoshining (ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) ikki baravari miqdorida mukofot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun xodimlarga bir yilda bir marotaba bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravarigacha miqdoridagi toʻlovlar toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zaruratga koʻra xodimlar va (yoki) ularning oila aʼzolariga quyidagi hollarda bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravarigacha miqdoridagi moddiy yordam toʻlab beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodim vafot etganda — bunda moddiy yordam xotiniga (eriga) toʻlab beriladi, agar xodimning xotini (eri) boʻlmasa, moddiy yordam farzandlariga yoki qonuniy vakillariga (vasiylari va homiylariga) yoxud ularning voyaga yetmagan farzandlarini asrab olgan shaxslarga toʻlab beriladi, shuningdek, xodim turmush qurmagan boʻlsa, moddiy yordam ota-onasi yoki boqimandalar oʻrtasida teng ulushlarda taqsimlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaqin qarindoshi (ota, ona, turmush oʻrtogʻi, farzandi) vafot etganda (vafoti toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi taqdim etilganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turmush qurganda, 50, 55, 60 yubiley yoshi munosabati bilan, shuningdek, pensiyaga chiqqanda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida zaruratga koʻra (baxtsiz hodisa, falokat, uzoq muddatli kasallik sababli davolanish va sogʻligʻini tiklash, oilaning kam taʼminlangani va moliyaviy holatining ogʻirligi uchun).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan saqlanishi belgilangan shtat birliklariga ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan barcha toʻlovlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan Agentlikning jalb etilgan xodimlari, ekspertlari va maslahatchilari xizmatlariga tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda haq toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ragʻbatlantiruvchi ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar Agentlik direktori tomonidan imzolanadigan mehnat shartnomalariga muvofiq toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Agentlik qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-iyuldagi 426-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi huzuridagi Chorvachilik tarmoqlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Chorvachilik tarmoqlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) boshqarish, shuningdek, uning mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamgʻarma yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan holda tashkil etiladi hamda uning mablagʻlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chegara oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi nazorati inspeksiyasi hamda Oʻsimliklarni himoya qilish va veterinariya dori vositalari tahlil markazining xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlarining respublika budjeti hamda tegishli xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga yoʻnaltiriladigan qismi chegirilganidan keyin qoladigan mablagʻlarning 20 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sobiq Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi huzuridagi Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasining qoldiq mablagʻlaridan 20 mlrd soʻm qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklarining depozitiga joylashtirish hisobidan tushadigan foizlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilik sohasi, jumladan, qoramolchilik, qoʻychilik, qorakoʻlchilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va quyonchilikni rivojlantirish, naslchilik-seleksiya ishlarida (keyingi oʻrinlarda — chorvachilik sohasi) innovatsion va startap loyihalar hamda yangi ishlanmalarni moliyalashtirish hamda grantlar ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaylov yerlari degradatsiyasining oldini olish, oʻsimliklar tabiiy plantatsiyalarini yaratish, zarur texnika va uskunalarni sotib olish, yaylovlarda oʻsimliklar urugʻchiligini rivojlantirishni moliyalashtirish hamda grantlar ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik va uning tizim tashkilotlari hamda hududiy boshqarmalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, rivojlantirish va ularga moliyaviy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik xodimlarining xizmat safarlari xarajatlarini moliyalashtirish, oylik ish haqiga tenglashtirilgan toʻlovlar, shu jumladan, ustamalar, mukofotlar, qoʻshimcha haq, kompensatsiyalar va boshqa barcha turdagi toʻlovlarni toʻlash (ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik va uning tizim tashkilotlari hamda hududiy boshqarmalari xodimlari hamda chorvachilik sohasidagi va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha kadrlarni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash hamda mahalliy va xorijiy taʼlim muassasalarida tajriba orttirishini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
audit xizmatlari, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda xorijiy yetakchi tashkilotlar mutaxassislarini va ekspertlarini maslahatchi sifatida jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik va uning tizim tashkilotlari hamda hududiy boshqarmalari bino va inshootlarini saqlash, ulardan foydalanish, ularni qurish va taʼmirlash, mebel, aloqa tarmoqlari, kompyuter hamda boshqa zarur uskuna va jihozlar bilan jihozlash xarajatlarini moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tashabbusi bilan tashkil etiladigan chorvachilik sohasiga oid konferensiyalar, seminarlar, forumlar va boshqa tadbirlar xarajatlarini moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik va uning tizim tashkilotlari, hududiy boshqarmalari hamda hamkorlikda faoliyat olib borayotgan uyushmalar xodimlariga mamlakat hududiga va xorijiy davlatlarga chiqish uchun aviachiptalar xarid qilish, xizmat safarlari xarajatlarini qoplash, vakillik xarajatlari, sovgʻalar xarid qilish va boshqalar uchun milliy va chet el valyutasida mablagʻlar ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilik sohasining infratuzilma obyektlarini tashkil etish va investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilik sohasiga oid kasbiy va oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, chin yetim va nogironligi boʻlgan talabalari (oʻquvchilari)ni qoʻllab-quvvatlash maqsadida stipendiyalar belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik faoliyati bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan boshqa tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarga ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlarida ishga jalb etilgani uchun toʻlovlar hamda boshqa pulli kompensatsiyalar toʻlash, moddiy yordam, transport va ovqatlanish xarajatlarini toʻlash orqali ularni ijtimoiy muhofaza qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tizimida tashkil etilgan tashkilot va korxonalar tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma asosida bajarilgan ishlar (xizmatlar) uchun toʻlovlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilik sohasini raqamlashtirish boʻyicha ishlarni amalga oshirish, sohaga axborot tizimlarini joriy qilish, ularni yuritish va texnik qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naslchilik ishlarida faol ishtirok etgan, sunʼiy urugʻlantirish orqali naslli buzoq olish natijalariga erishgan texnik osemenatorlarni bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha mukofotlash. Bunda ushbu xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilanadigan nomzodlarga tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohada hamkorlikda olib borilayotgan nodavlat notijorat tashkilotlariga begʻaraz moliyaviy koʻmak berish hamda xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallarini toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy va xalqaro tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarini Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish davrida ularni qabul qilish va kuzatish bilan bogʻliq xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosma nashr mahsulotlarini, elektron dasturlarni ishlab chiqish, shuningdek, chorvachilik sohasiga oid blankalarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlarni moliyalashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamgʻarma mablagʻlari Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq tasarruf etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agentlik direktori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlarini ushbu Nizomga hamda Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq tasarruf etadi va uning mablagʻlaridan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi uchun javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Jamgʻarma mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan tovarlar (ishlar va xizmatlar)ni xarid qilish uchun shartnomalar tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma tomonidan moliyalashtirilgan mablagʻlar boʻyicha, shu jumladan, shartnoma shartlariga qoʻshimcha kiritish, toʻldirish, amal qilish muddatini oʻzgartirish (uzaytirish) boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari hisobi yuritilishini, Jamgʻarma mablagʻlaridan ushbu mablagʻlarni oluvchilar tomonidan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi monitoringini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishni hisobga olish, hisobot berish, nazorat qilish va javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agentlik har bir yoʻnalish boʻyicha Jamgʻarma mablagʻlari tushumi va harakatining alohida hisobini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Agentlik direktori va bosh hisobchisi Jamgʻarmaga kelib tushadigan mablagʻlar va ularning sarflanishiga oid buxgalterlik hisobini yuritish, hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish uchun javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan olingan mablagʻlar boʻyicha daromadlar va xarajatlar toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga belgilangan shakllar va muddatlarda taqdim qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Jamgʻarma mablagʻlaridan belgilangan maqsadlarda foydalanish vakolatli organlar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan boshqa davlat idoralari va tashkilotlarining (Agentlik tizimiga kirmaydigan) jamgʻarmalari hamda xarajatlarini moliyalashtirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ushbu Nizom talablarini bajarishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2026-y., 09/26/426/0806-son)