1-ILOVA
2-ILOVA
3-ILOVA
1. | A.N. Aripov | — | Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi |
2. | G.O. Umerova | — | Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari |
3. | O.A. Nazarbekov | — | madaniyat vaziri |
4. | B.O. Saidov | — | tashqi ishlar vaziri |
5. | Sh.X. Shermatov | — | raqamli texnologiyalar vaziri |
6. | E.G. Karimova | — | maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri |
7. | K.A. Sharipov | — | oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri |
8. | A.A. Tashpulatov | — | ichki ishlar vaziri |
9. | I.R. Maxkamov | — | transport vaziri |
10. | B.X. Tashmatov | — | Milliy gvardiya qoʻmondoni |
11. | I.I. Norqulov | — | iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
12. | Sh.A. Ayupov | — | Fanlar akademiyasi prezidenti |
13. | B.G. Abdikarimov | — | Madaniy meros agentligi direktori |
14. | A.Oʻ. Aqqulov | — | Turizm qoʻmitasi raisi |
15. | D.A. Vaxabov | — | Savdo-sanoat palatasi raisi |
16. | B.Q. Yusupaliyev | — | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi |
17. | Z.Gʻ. Narzullayev | — | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi |
18. | Sh.Sh. Xudaykulov | — | “Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisi |
19. | J.O. Umarxodjayev | — | “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi |
20. | J.O. Axmedov | — | madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari — Kinematografiya agentligi direktori |
21. | S.S. Saidov | — | Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi |
22. | A.V. Nuridinov | — | Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi |
23. | R.A. Abdullayev | — | Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi |
24. | A.A. Djurabayev | — | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
25. | A.K. Koʻchimov | — | Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori |
26. | A.M. Boboyev | — | Samarqand viloyati hokimi |
27. | Sh.B. Umurzakov | — | Toshkent shahri hokimi |
28. | A.A. Mannopov | — | Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisining birinchi oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita kotibi |
4-ILOVA
5-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
1. | Madaniyat vazirligi huzuridagi “Xalqaro festivallar direksiyasi” davlat muassasasini Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tasarrufiga oʻtkazish va “Madaniy loyihalar milliy operatori” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Milliy operator) faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Milliy operator ustavi va tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash. 2. Milliy operator faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash. 3. Direksiyaning amaldagi shtatlari, moddiy-texnika bazasi, moliyalashtirish manbalari, huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorislik masalalarini hal etish. 4. Milliy operator faoliyatini hamda unga mos ravishda shtatlar soni, moliyalashtirish manbalarini kengaytirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. 5. Xalqaro va respublika miqyosidagi madaniy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borish. | 2026-yil avgust | - | Jamgʻarma, Madaniyat vazirligi |
2. | Samarqand shahridagi Registon maydonida “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali (keyingi oʻrinlarda — Festival) oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish. | 1. Tegishli vazirlik va idoralar, hokimliklar boʻyicha masʼul ijrochilarni qamrab oluvchi shtabni tashkil etish, moliyalashtirish manbalarini aniqlash hamda xarajatlari smetasini tayyorlash. | Festival oʻtkaziladigan yili mart-aprel | Festivalni oʻtkazish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar | Jamgʻarma, Milliy operator, tegishli vazirlik va idoralar |
2. Festivalni oʻtkazish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi reja ishlab chiqish: Festivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar smetasi; xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya dasturi; xorijiy va mahalliy musiqashunoslar, taniqli sanʼat arboblari, yetakchi mutaxassislar va faxriy mehmonlar roʻyxati; Festivalning rasmiy qismi dasturi, shu jumladan, ochilish/yopilish marosimlari va badiiy-sahnalashtirish qismini tayyorlash va oʻtkazish. | Festival oʻtkaziladigan yili mart-aprel | ||||
3. Festivalni oʻtkazish boʻyicha yangilangan nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil avgust | ||||
4. Xalqaro hakamlar hayʼatining tarkibini shakllantirish. | Festival oʻtkaziladigan yili may | ||||
5. Festivalning yangi logotipini yaratish. 6. Mukofot dizaynini ishlab chiqish va mukofotlar tayyorlash. | 2026-yil avgust | ||||
3. | Festivalni tashkiliy jihatdan taʼminlash. | 1. Festival doirasida ishtirokchilarni mehmonxonalarda kutib olish va joylashtirish, ovqatlanish, transport xizmati, hamrohlik, madaniy dastur va dam olishni tashkil etish. | Festival oʻtkaziladigan yili iyun — avgust | Festivalni oʻtkazish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar, tashabbuskorlar mablagʻlari, mahalliy budjetning qoʻshimcha mablagʻlari | Samarqand viloyati hokimligi, Jamgʻarma, Turizm qoʻmitasi, Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Madaniy meros agentligi |
2. Festival oʻtkaziladigan asosiy maydonni tashkil etish va tayyorlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini soz holatga keltirish va ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash, Samarqand shahrini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish, shuningdek, pavilyonlarni oʻrnatish, tegishli hududlarni jihozlash, koʻngilochar tadbirlar, umumiy ovqatlanish joylari va avtobus bekatlari uchun joylarni aniqlash va jihozlash, hududni dekorativ bezash va zarur ishlovlarni yakunlashni taʼminlash. | Festival oʻtkaziladigan yili iyun — avgust | ||||
3. Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsulliklari orqali festivalga mehmonlarni taklif etish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: taklif etilgan mehmonlar roʻyxatini tuzish; mehmonlarning kelishi va ketishini qamrab oluvchi jadvalni tayyorlash; festivalda vakillari ishtirok etishi kutilayotgan xorijiy davlatlar bilan muzokaralar oʻtkazish va ularga tegishli taklifnomalar yuborish. | Festival oʻtkaziladigan yili aprel — avgust | Jamgʻarma, Milliy operator, Tashqi ishlar vazirligi | |||
4. Festival doirasida Madaniyat vazirligi tomonidan shakllantiriladigan hamda Jamgʻarma bilan kelishiladigan tadbirlar roʻyxatiga muvofiq madaniy tadbirlarni tashkil etish. 5. Festivalni YUNESKO shafeligida oʻtkazish boʻyicha tegishli arizani YUNESKOga taqdim etish. | Festival oʻtkaziladigan yili aprel | Jamgʻarma, Tashqi ishlar vazirligi | |||
4. | Festivalni axborot materiallari bilan taʼminlash va uning doirasida Oʻzbekiston madaniy merosini targʻib qilish. | 1. Festivalning xorijiy ishtirokchilari va mehmonlarini Oʻzbekistonning tarixiy va madaniy hayoti bilan, shu jumladan, Oʻzbekistonning tarixiy yodgorliklari va diqqatga sazovor joylari boʻylab ekskursiya marshrutini ishlab chiqish orqali tanishtirish. 2. Ekskursiya marshrutiga kiritilgan obyektlarni belgilangan tartibda mehmonlarni qabul qilishga tayyorlash, shu jumladan, obodonlashtirish, taʼmirlash va tegishli holatga keltirish. 3. Oʻzbekiston sanʼati tarixi va bugungi kundagi ahamiyati toʻgʻrisida maxsus hujjatli film yaratilishini va uning milliy telekanallarda uch tilda namoyish etilishini taʼminlash. 4. Tasdiqlangan media-rejaga muvofiq Festivalning reklama-axborot targʻibotini amalga oshirish, shu jumladan, turistik tashkilotlar, internet-resurslar va ijtimoiy tarmoqlar orqali axborot tarqatish, shuningdek, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida Festival toʻgʻrisida axborot va reklama materiallarini tayyorlash va tarqatish, sayyohlar va hunarmandlarni jalb qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalari va konsulliklariga reklama foto va videomateriallari taqdim etish. | Festival oʻtkaziladigan yili mart — avgust | Festivalni oʻtkazish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar | Jamgʻarma, Turizm qoʻmitasi, Samarqand viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy media birlashmasi, “Dunyo” axborot agentligi |
5. | Mahalliy temir yoʻl vokzallari va aeroportlarda mehmonlarni munosib kutib olish va kuzatish. | 1. Xorijdan tashrif buyuradigan festival ishtirokchilarini mahalliy temir yoʻl vokzallari va aeroportlarda kutib olish, kuzatish boʻyicha maxsus shtablar tashkil qilish. | Festival oʻtkaziladigan yili iyul-avgust | Festivalni oʻtkazish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar | Samarqand viloyati hokimligi, Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ, Toshkent shahar hokimligi, Turizm qoʻmitasi, Jamgʻarma |
2. Mehmonlarni kutib olish joylarida festival toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni oʻrnatish. | Festival oʻtkaziladigan yili iyul-avgust | ||||
3. Festival kunlari Toshkent shahridan Samarqand shahriga harakatlanuvchi festival ishtirokchilari uchun yoʻlovchi poyezdlariga belgilangan tartibda joylar ajratilishi va zarur hollarda qoʻshimcha poyezdlar qoʻyilishini taʼminlash. | Festival oʻtkaziladigan yili iyul-avgust | ||||
4. Festivalga moʻljallangan alohida yangi turizm marshrutlarini ishlab chiqish. | Festival oʻtkaziladigan yili iyul-avgust | ||||
6. | Xavfsizlikni taʼminlash, tez tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil etish va favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralarini koʻrish. | Festival oʻtkazish davrida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash, tez tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish va favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralarini koʻrish. | Festival oʻtkaziladigan davrda | Festivalni oʻtkazish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar | Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
7. | Festival saytini qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish. | 1. Tadbirni yuqori saviyada yoritish maqsadida festival saytini takomillashtirish va unda axborotlarni uch tilda (oʻzbek, rus, ingliz) muntazam eʼlon qilib borish. | 2026-yil avgust | Festivalni oʻtkazish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Jamgʻarma |
2. Bunda festivalda ishtirok etishni istagan xorijiy davlatlar sanʼatkor va ijodkorlarining ushbu sayt orqali onlayn tarzda ariza topshirishlari va roʻyxatdan oʻtishlariga imkoniyat yaratish. 3. Sayt kontenti va tuzilmasini kelishish. | Festival oʻtkaziladigan yili may | ||||
8. | Festivalni moliyalashtirish. | 1. Festivalning xarajatlar smetasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Tashkiliy qoʻmitaga tasdiqlash uchun kiritish. | Festival oʻtkaziladigan yili mart-aprel | Festivalni oʻtkazish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar | Jamgʻarma, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Milliy operator |
2. Festival tadbirlari boshlanguniga qadar tasdiqlangan xarajatlar smetasi boʻyicha pul mablagʻlarini oʻtkazishni taʼminlash. | Festival oʻtkaziladigan yili may | ||||
3. Ayrim tadbirlarni moliyalashtirish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashabbuskor tadbirkorlik subyektlarini belgilangan tartibda keng jalb qilish. | Festival oʻtkaziladigan yil davomida |