02.07.2026 yildagi 358-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozorlar va savdo komplekslarida raqamlashtirish ishlarini samarali tashkil etish hamda maishiy korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozorlar va savdo komplekslari, transport vositalarini saqlash joylarini raqamlashtirish, axborot tizimlarining yagona kompleksini joriy etish, aholi va tadbirkorlar uchun qulay imkoniyatlar yaratish, infratuzilmani yanada rivojlantirish, savdo faoliyatini tashkil etishda raqobat muhitini rivojlantirish va shaffoflikni taʼminlash, korrupsiya omillari va xufiyona aylanmalarga barham berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashning 2025-yil 5-martda oʻtkazilgan kengaytirilgan yigʻilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash doirasida quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan bozorlar va savdo komplekslarini raqamlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish belgilangani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 27-noyabrdagi 791-son qarorida yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar nazarda tutilgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikadagi 300 dan ortiq bozorlar va savdo komplekslarida tajriba-sinov tariqasida korrupsiya va xufiyona aylanmalarning oldini olishga, savdo tushumlari ortishiga xizmat qiluvchi raqamlashtirish ishlari amalga oshirilgani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini toʻxtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 25-maydagi 149-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2023-yil 11-avgustdagi 358-son qarori bilan qonunchilik hujjatlari buzilgani uchun vakolatli davlat organlari tomonidan ushlangan transport vositalarini toʻxtash joylariga olib kelish, joylashtirish, saqlash, hisobini yuritish va olib chiqib ketish tartibga solingani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamlashtirish choralari koʻriladigan bozorlar va savdo komplekslari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozorlar va savdo komplekslarini raqamlashtirish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozorlar va savdo komplekslarini raqamlashtirish hamda ularning infratuzilmasini yaxshilashning ustuvor yoʻnalishlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Soliq qoʻmitasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda 2026-yil 1-oktabrga qadar “Soliq” axborot tizimlari kompleksi tarkibida quyidagilarni nazarda tutuvchi “E-bozor” yagona raqamli bozor platformasini (keyingi oʻrinlarda — “E-bozor” platformasi) sinov tarzida, 2027-yil 1-martga qadar toʻliq amaliyotga joriy etsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorlar va savdo komplekslari pasporti, manzili, boʻsh savdo shoxobchalari va savdo oʻrinlari ochiq eʼlon qilib borilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini bozorlar va savdo komplekslari faoliyatiga oid maʼlumotlar bilan tanishtirish, bozor maʼmuriyatiga elektron murojaat yoʻllash va javob olish imkoniyatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorlar va savdo komplekslarini raqamlashtirish, ularning infratuzilmasini yaxshilash bilan bogʻliq xarajatlar bozorlar va savdo komplekslari mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimlari kiberxavfsizlik hamda davlat organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish talablari asosida joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-dekabrga qadar “E-bozor” platformasiga bozorlar va savdo komplekslarida amalda joriy etilgan axborot tizimlari hamda Adliya vazirligi, Kadastr agentligi va boshqa manfaatdor idoralarning axborot tizimlari “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E-bozor” platformasini yaratish hamda davlat organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish xarajatlari Soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Soliq qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-avgustga qadar “E-bozor” platformasi loyiha-texnik hujjatlarining ishlab chiqilishi hamda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kiberxavfsizlik markazi” DM bilan birgalikda 2027-yil 1-fevralga qadar “E-bozor” platformasini loyiha-texnik hujjatlarga va kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi boʻyicha ekspertizadan oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, Soliq qoʻmitasi “E-bozor” platformasining operatori hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda operator korrupsiya va yashirin iqtisodiyotning oldini olish maqsadida “E-bozor” platformasini doimiy takomillashtirish choralarini koʻrib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Soliq qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir bozor va savdo kompleksiga soliq xodimlarini biriktirsin va ularning faoliyati samaradorligini kunlik tahlil qilib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-oktabrga qadar bozorlar va savdo komplekslari ixtisoslashuvi, ish tartibi, turgʻun savdo nuqtalari va savdo oʻrinlari soni va joylashuvi, koʻrsatiladigan xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “E-bozor” platformasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor va savdo kompleksiga biriktirilgan soliq xodimlari “E-bozor” platformasida aks ettirilgan kunlik tushumlar haqqoniyligini joylarda doimiy ravishda monitoring qilib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati bilan birgalikda bozorlar va savdo komplekslarida joriy etilgan axborot tizimlarini takomillashtirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank bilan birgalikda uch oy muddatda bozorlar hududida va ularga tutash hududlarda joylashgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida toʻlovlarni yagona QR kod orqali toʻlash imkoniyatini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlari talablaridan kelib chiqib, bozorlar va savdo komplekslari hududida faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini toʻliq onlayn nazorat-kassa texnikalari bilan taʼminlasin yoki onlayn toʻlovlar uchun QR kodli yorliqlar oʻrnatish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor va savdo komplekslarining axborot tizimlari hamda avtomototransport vositalarini doimiy va vaqtincha saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomototransport vositalarining erkin kirishini (chiqishini) istisno etuvchi maxsus xotira bilan jihozlangan elektron shlagbaum yoki boshqa qurilmalarning soliq organlari axborot tizimiga integratsiya qilinmagani aniqlanganda, Soliq kodeksiga muvofiq jarima qoʻllanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda bozorlar va savdo komplekslari hududida joylashgan savdo shoxobchalari va savdo nuqtalarini, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish hamda ularning soliq obyekti sifatida hisobga qoʻyilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-sentabrga qadar Soliq qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 1-ilovada koʻrsatilgan bozorlar va savdo komplekslarini, ularga tutash avtoturargohlarni toʻliq raqamlashtirish hamda “E-bozor” platformasiga integratsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-oktabrga qadar bozorlar va savdo komplekslaridagi axborot tizimlarini “Kiberxavfsizlik markazi” DM bilan birgalikda kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi boʻyicha ekspertizadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-avgustga qadar bozorlar va savdo komplekslarining infratuzilmasi, yongʻin xavfsizligi va sanitariya holatini yaxshilash hamda xavfsizlikni taʼminlash texnik vositalarini oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikadagi boshqa bozor va savdo komplekslari, avtoturargohlarni mazkur qaror talablari asosida bosqichma-bosqich raqamlashtirish choralarini koʻrib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Soliq qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiq davlat ulushi boʻlgan bozorlar va savdo komplekslari faoliyatiga qoʻyiladigan talablarni inobatga olgan holda, Vazirlar Mahkamasining “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 28-avgustdagi 253-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 2026-yil 1-avgustdan transport vositalarini saqlash joylaridan chiqarib yuborish boʻyicha ruxsatnomani faqat maʼmuriy ishni koʻrib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) va ijro organi tomonidan “Jarima maydonchasi” axborot tizimida QR-kod bilan tasdiqlash va elektron tarzda yuborish tartibi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq qoʻmitasi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda “Jarima maydonchasi” axborot tizimini soliq organlarining axborot tizimlari bilan “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilsin. Bunda qonunchilik hujjatlari buzilgani uchun ushlangan transport vositalarini saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarning rekvizitlari (nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, manzili va boshqalar), jarima maydonchasiga joylashtirilgan transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (transport markasi, davlat raqami, maydonchaga kiritilgan va chiqarilgan vaqti, undirilgan toʻlov va boshqalar) soliq organlarining axborot tizimida avtomatik ravishda shakllanishi belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlarga muvofiq qonunchilik hujjatlari buzilgani uchun ushlangan transport vositalarini saqlash xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar bilan qoʻshimcha shartnomalar tuzish hamda “Jarima maydonchasi” axborot tizimini zarur davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilib, takomillashtirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning 11-bandi qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun mohiyati va ahamiyatini bozor va savdo komplekslari maʼmuriyatining vakillari hamda tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida keng tushuntirilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 2-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
358-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-iyuldagi 358-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamlashtirish choralari koʻriladigan bozorlar va savdo komplekslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Obyektlar nomi

(dehqon, oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa bozorlar)

Joylashgan joyi

(tuman, shahar)

Turgʻun savdo shoxobchalari va savdo doʻkonlari soni

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

“Mangʻit dehqon bozori” MCHJ

Amudaryo tumani

568

2.

“Shabboz dehqon bozori” MCHJ

Beruniy tumani

608

3.

“Kegeyli dehqon bozori” MCHJ

Kegeyli tumani

254

4.

“Xalqabod dehqon bozori” MCHJ

Kegeyli tumani

557

5.

“Qonlikoʻl dehqon bozori” MCHJ

Qonlikoʻl tumani

285

6.

“Qoraoʻzak dehqon bozori” MCHJ

Qoraoʻzak tumani

206

7.

“Qoʻngʻirot dehqon bozori” MCHJ

Qoʻngʻirot tumani

501

8.

“Aqmangʻit dehqon bozori” MCHJ

Aqmangʻit tumani

591

9.

“Taxiatosh dehqon bozori” MCHJ

Taxiatosh tumani

504

10.

“Taxtakoʻpir dehqon bozori” MCHJ

Taxtakoʻpir tumani

596

11.

“Toʻrtkoʻl el rizqi bozori” MCHJ

Toʻrtkoʻl tumani

837

12.

“Xoʻjayli dehqon bozori” MCHJ

Xoʻjayli tumani

715

13.

“Chimboy dehqon bozori” MCHJ

Chimboy tumani

867

14.

“Shumanay dehqon bozori” MCHJ

Shumanay tumani

469

15.

“Ellikqalʼa dehqon bozori” MCHJ

Ellikqalʼa tumani

410

Andijon viloyati

1.

“Markaziy dehqon bozori” AJ

Andijon shahri

1073

2.

“Hunarmandchilik savdo kompleksi” MCHJ

Andijon shahri

2881

3.

“Bogʻishamol avtomobil va ehtiyot qismlar bozori” MCHJ

Andijon shahri

553

4.

“Soy-boʻyi dehqon bozori” MCHJ

Andijon shahri

151

5.

“Yangi-bozor dehqon bozori” AJ

Andijon shahri

454

6.

“Jahon savdo kompleksi” AJ

Andijon shahri

5831

7.

“Kuygan-yor dehqon bozori” MCHJ

Andijon tumani

503

8.

“Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ulgurji dehqon bozori” MCHJ

Andijon tumani

79

9.

“Asaka dehqon bozori” MCHJ

Asaka tumani

813

10.

“Isteʼmoldagi qurilish materiallari bozori” MCHJ

Asaka tumani

102

11.

“Qovoqtoʻpi ulgurji dehqon bozori” MCHJ

Asaka tumani

110

12.

“Jalaquduq dehqon bozori” MCHJ

Jalaquduq tumani

207

13.

“Jalaquduq kamolot savdo kompleksi” MCHJ

Jalaquduq tumani

95

14.

“Qoʻrgʻontepa dehqon bozori” MCHJ

Qoʻrgʻontepa tumani

649

15.

“Qoʻrgʻontepa kamolot savdo kompleksi” MCHJ

Qoʻrgʻontepa tumani

468

16.

“Qorasuv savdo kompleksi” MCHJ

Qoʻrgʻontepa tumani

214

17.

“Qorasuv dehqon bozori” MCHJ

Qoʻrgʻontepa tumani

292

18.

“Marhamat dehqon bozori” MCHJ

Marhamat tumani

278

19.

“Mingtepa savdo kompleksi” MCHJ

Marhamat tumani

458

20.

“Paxtaobod dehqon bozori” MCHJ

Paxtaobod tumani

707

21.

“Paxtaobod sohil savdo kompleksi” MCHJ

Paxtaobod tumani

254

22.

“Andijon avtomobil va ehtiyot qismlar bozori 2019” MCHJ

Xoʻjaobod tumani

1846

23.

“Xoʻjaobod dehqon bozori” MCHJ

Xoʻjaobod tumani

231

24.

“Xoʻjaobod savdo kompleksi” MCHJ

Xoʻjaobod tumani

375

25.

“Shahrixon dehqon bozori” MCHJ

Shahrixon tumani

771

26.

“Buloqboshi dehqon bozori” MCHJ

Buloqboshi tumani

150

27.

“Oltinkoʻl dehqon bozori” MCHJ

Oltinkoʻl tumani

499

28.

“Ulugʻnor dehqon bozori” MCHJ

Ulugʻnor tumani

137

29.

“Dehqon bozori poytugʻ” MCHJ

Izboskan tumani

70

30.

“Baliqchi dehqon bozori” MCHJ

Baliqchi tumani

200

Buxoro viloyati

1.

“Buxoro qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ulgurji sotish bozori” MCHJ

Buxoro shahri

100

2.

“Buxoro markaziy dehqon bozori” AJ

Buxoro shahri

1846

3.

“Toʻqimachi dehqon bozori” MCHJ

Buxoro shahri

558

4.

“Sharq dehqon bozori” MCHJ

Buxoro shahri

62

5.

“Sitora avto bozori” MCHJ

Buxoro shahri

534

6.

“Gala Osiyo dehqon bozori” MCHJ

Buxoro tumani

417

7.

“Karvon savdo kompleksi” MCHJ

Buxoro shahri

766

8.

“Saxovat dehqon bozori” MCHJ

Kogon shahri

230

9.

“Soxibkor dehqon bozori” MCHJ

Kogon shahri

230

10.

“Jondor dehqon bozori” MCHJ

Jondor tumani

70

11.

“Qorakoʻl dehqon bozori” MCHJ

Qorakoʻl tumani

659

12.

“Romitan dehqon bozori” MCHJ

Romitan tumani

598

13.

“Vobkent dehqon bozori” MCHJ

Vobkent tumani

930

14.

“Shofirkon savdo majmuasi” MCHJ

Shofirkon tumani

242

15.

“Shofirkon dehqon bozori” MCHJ

Shofirkon tumani

411

16.

“Olot dehqon bozori” MCHJ

Olot tumani

428

17.

“Gʻijduvon dehqon bozori” AJ

Gʻijduvon tumani

2103

18.

“Xoʻjai jahon savdo kompleksi” AJ

Gʻijduvon tumani

1000

19.

“Peshkoʻ Navoiy dehqon bozori” MCHJ

Peshku tumani

162

Jizzax viloyati

1.

“Jizzax markaziy dehqon bozori” AJ

Jizzax shahri

1476

2.

“Eski shahar buyum savdo kompleksi” AJ

Jizzax shahri

878

3.

“Eski shahar dehqon bozori” MCHJ

Jizzax shahri

1122

4.

“Kimyogar ehtiyot qismlari bozori” MCHJ

Jizzax shahri

266

5.

“Gʻallaorol dehqon bozori” MCHJ

Gʻallaorol tumani

269

6.

“Lalmikor dehqon bozori” MCHJ

Gʻallaorol tumani

105

7.

“Atlas shoyi ipak buyum savdo majmuasi” MCHJ

Zomin tumani

114

8.

“Dashtobod dehqon bozori” MCHJ

Zomin tumani

201

9.

“Mirzachoʻl dehqon bozori” MCHJ

Mirzachoʻl tumani

236

10.

“Erjar buyum savdo majmuasi” MCHJ

Mirzachoʻl tumani

61

11.

“Paxtakor dehqon bozori” MCHJ

Paxtakor tumani

216

12.

“Paxtakor buyum savdo majmuasi” MCHJ

Paxtakor tumani

163

13.

“Forish tuman dehqon bozori” MCHJ

Forish tumani

220

14.

“Farhod dehqon bozori” MCHJ

Forish tumani

387

15.

“Avtobozor” MCHJ

Sharof Rashidov tumani

0

16.

“Zarbdor tuman dehqon bozori” MCHJ

Zarbdor tumani

88

17.

“Balandchaqir dehqon bozori” MCHJ

Yangiobod tumani

156

Qashqadaryo viloyati

1.

“Qarshi koʻmak savdo kompleksi” MCHJ

Qarshi shahri

111

2.

“Qarshi markaziy buyum savdo kompleksi” AJ

Qarshi shahri

465

3.

“Nasaf avtomobil bozori savdo kompleksi” MCHJ

Qarshi shahri

445

4.

“Qarshi savdo majmuasi” MCHJ

Qarshi shahri

160

5.

“Qarshi shahar dehqon (oziq-ovqat) bozori” AJ

Qarshi shahri

279

6.

“Yerqoʻrgʻon dehqon (oziq-ovqat) bozori” AJ

Qarshi shahri

428

7.

“Koson dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ

Koson tumani

368

8.

“Kitob dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ

Kitob tumani

901

9.

“Muborak dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ

Muborak tumani

313

10.

“Nishon dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ

Nishon tumani

103

11.

“Kasbi tuman dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ

Kasbi tumani

142

12.

“Chiroqchi dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ

Chiroqchi tumani

456

13.

“Yangi Kesh dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ

Shahrisabz shahri

1124

14.

“Yakkabogʻ-istiqboli dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ

Yakkabogʻ tumani

505

15.

“Gʻuzor tuman dehqon bozori” MCHJ

Gʻuzor tumani

667

Navoiy viloyati

1.

“Markaziy dehqon bozori” (“Saxovat bozori” MCHJ)

Navoiy shahri

1623

2.

“Guliston dehqon bozori” (“Saxovat bozori” MCHJ)

Navoiy shahri

362

3.

“10-kichik tuman dehqon bozori” (“Saxovat bozori” MCHJ)

Navoiy shahri

518

4.

“Navoiy savdo kompleksi” AJ

Navoiy shahri

1072

5.

“Zarafshon buyum bozor” (“Bahor savdo kompleksi” MCHJ)

Zarafshon shahri

154

6.

“Zarafshon dehqon bozori” (“Navroʻz” MCHJ)

Zarafshon shahri

256

7.

“Navbahor dehqon bozori” (“Mustaqillik” MCHJ)

Navbahor tumani

170

8.

“Qiziltepa tuman dehqon bozorlari” MCHJ

Qiziltepa tumani

125

9.

“Uchquduq dehqon bozori” MCHJ

Uchquduq tumani

205

10.

“Xatirchi dehqon bozori” MCHJ

Xatirchi tumani

396

11.

“Karmana dehqon bozori” MCHJ

Karmana tumani

421

12.

“Konimex dehqon bozori” MCHJ

Konimex tumani

115

Namangan viloyati

1.

“Ixtisoslashtirilgan qurilish mollari savdo kompleksi” MCHJ

Yangi Namangan tumani

856

2.

“Doʻstlik savdo sanoat kompleksi” MCHJ

Yangi Namangan tumani

764

3.

“Namanganavtomegastroy savdo kompleksi” MCHJ

Yangi Namangan tumani

164

4.

“Yoshlik baraka bozori” MCHJ

Yangi Namangan tumani

65

5.

“Namangan chorsu dehqon universal bozori” AJ

Namangan shahri

894

6.

“Sardoba bozori” MCHJ

Namangan shahri

207

7.

“Jahon ixtisoslashtirilgan aralash mollari savdo kompleksi” AJ

Namangan shahri

597

8.

“Shoxidon dehqon bozori” MCHJ

Toʻraqoʻrgʻon tumani

241

9.

“Toʻraqoʻrgʻon dehqon bozori” MCHJ

Toʻraqoʻrgʻon tumani

400

10.

“Toʻraqoʻrgʻon markaziy dehqon bozori” MCHJ

Toʻraqoʻrgʻon tumani

250

11.

“Uchqoʻrgʻon dehqon bozori” MCHJ

Uchqoʻrgʻon tumani

432

12.

“Uchqoʻrgʻon sof-savdo dehqon bozori” MCHJ

Uchqoʻrgʻon tumani

400

13.

“Qoʻgʻay dehqon bozori” MCHJ

Uchqoʻrgʻon tumani

472

14.

“Yangiqoʻrgʻon dehqon bozori” MCHJ

Yangiqoʻrgʻon tumani

204

15.

“Zarkent savdo baraka” MCHJ

Yangiqoʻrgʻon tumani

154

16.

“Bekabod baraka majmuasi” MCHJ

Yangiqoʻrgʻon tumani

56

17.

“Uychi dehqon bozori” MCHJ

Uychi tumani

125

18.

“Uychi rovot savdo kompleksi” MCHJ

Uychi tumani

132

19.

“Uychi yorqoʻrgʻon baraka bozori” MCHJ

Uychi tumani

90

20.

“Chust shahar dehqon bozori” MCHJ

Chust tumani

520

21.

“Chust aralash mollari bozori” MCHJ

Chust tumani

187

22.

“Baraka olmos bozori” MCHJ

Chust tumani

150

23.

“Gʻirvon savdo kompleksi” MCHJ

Davlatobod tumani

145

24.

“Yashil dehqon bozori” MCHJ

Davlatobod tumani

486

25.

“Kosonsoy dehqon bozori” MCHJ

Kosonsoy tumani

432

26.

“Tergachi baraka bozori” MCHJ

Kosonsoy tumani

142

27.

“Fayzli erkin savdo bozori” MCHJ

Pop tumani

26

28.

“Gʻurumsaroy dehqon bozori” MCHJ

Pop tumani

490

29.

“Chortoq sanoat savdo kompleksi” MCHJ

Chortoq tumani

265

30.

“Chortoq tourist trade center” MCHJ

Chortoq tumani

420

31.

“Aminjon ota Nuriddinov dehqon bozori” MCHJ

Namangan tumani

50

32.

“Toshbuloq dehqon bozori” MCHJ

Namangan tumani

430

33.

“Norin dehqon bozori” MCHJ

Norin tumani

281

34.

“Norin avto savdo bozori” MCHJ

Norin tumani

0

Samarqand viloyati

1.

“Siyob dehqon bozori” MCHJ

Samarqand shahri

2 030

2.

“Temiryoʻl dehqon bozori” MCHJ

Samarqand shahri

626

3.

“Samarqand ipak yoʻli savdo majmuasi” MCHJ

Samarqand shahri

595

4.

“Samarqand shodiyonasi” MCHJ

Samarqand shahri

385

5.

“Pastdargʻom meva-sabzavot dehqon bozori” MCHJ

Pastdargʻom tumani

908

6.

“Pastdargʻom buyum savdo majmuasi” MCHJ

Pastdargʻom tumani

395

7.

“Urgut dehqon bozori” MCHJ

Urgut tumani

221

8.

“Urgut savdo kompleksi” MCHJ

Urgut tumani

3 108

9.

“Kattaqoʻrgʻon dehqon bozori” MCHJ

Kattaqoʻrgʻon shahri

1 759

10.

“Oqdaryo dehqon bozori” MCHJ

Oqdaryo tumani

443

11.

“Bulungʻur dehqon bozori” MCHJ

Bulungʻur tumani

520

12.

“Jomboy dehqon bozori” MCHJ

Jomboy tumani

1 246

13.

“Ishtixon dehqon bozori” MCHJ

Ishtixon tumani

930

14.

“Payshanba dehqon bozori” MCHJ

Kattaqoʻrgʻon tumani

510

15.

“Narpay dehqonobod” MCHJ

Narpay tumani

208

16.

“Suzangaron savdo kompleksi” MCHJ

Payariq tumani

151

17.

“Paxtachi dehqon bozori” MCHJ

Paxtachi tumani

250

18.

“Toyloq dehqon bozori” MCHJ

Toyloq tumani

754

19.

“Samarqand innovatsion avtomobil” MCHJ

Samarqand tumani

0

Surxondaryo viloyati

1.

“Yashil dunyo markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” MCHJ

Termiz shahri

536

2.

“Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori” MCHJ

Termiz shahri

32

3.

“Termiz-Baqtriya-savdo” savdo kompleksi MCHJ

Termiz shahri

243

4.

“Angor markaziy dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ

Angor tumani

61

5.

“Angor kelajagi savdo kompleksi” MCHJ

Angor tumani

520

6.

“Roʻshana Angor” savdo kompleksi MCHJ

Angor tumani

29

7.

“Muzrabot dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ

Muzrabot tumani

50

8.

“Fayzulla polvon bobo” MCHJ

Muzrabot tumani

32

9.

“Jarqoʻrgʻon dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ

Jarqoʻrgʻon tumani

144

10.

“Davr savdo kompleksi” MCHJ

Jarqoʻrgʻon tumani

159

11.

“Qumqoʻrgʻon dehqon oziq-ovqat bozori” MCHJ

Qumqoʻrgʻon tumani

40

12.

“Boymoqli fayz obod” MCHJ

Qumqoʻrgʻon tumani

32

13.

“Qiziriq dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ

Qiziriq tumani

115

14.

“Istara dehqon bozori” MCHJ

Qiziriq tumani

59

15.

“Nilufar savdo kompleksi” MCHJ

Qiziriq tumani

86

16.

“Shoʻrchi dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ

Shoʻrchi tumani

136

17.

“Shoʻrchi janub savdo” savdo kompleksi MCHJ

Shoʻrchi tumani

164

18.

“Sariosiyo dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ

Sariosiyo tumani

20

19.

“Sherobod sher baraka” savdo kompleksi MCHJ

Sherobod tumani

287

20.

“Uzun dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJ

Uzun tumani

73

Sirdaryo viloyati

1.

“Guliston shahar dehqon bozori” MCHJ

Guliston shahri

752

2.

“Yangiyer dehqon bozori” MCHJ

Yangiyer shahri

313

3.

“Xovos dehqon bozori” MCHJ

Xovos tumani

106

4.

“Baxt-X” MCHJ

Sirdaryo tumani

330

5.

“Boyovut dehqon bozori” MCHJ

Boyovut tumani

261

6.

“Koʻnchi dehqon bozori” MCHJ

Guliston tumani

234

7.

“Paxtaobod dehqon bozori” MCHJ

Sardoba tumani

168

Toshkent viloyati

1.

“Bek baraka ixtisoslashgan savdo kompleksi” MCHJ

Zangiota tumani

2024

2.

“Angren shahar dehqon bozori” MCHJ

Angren shahri

812

3.

“Bekobod dehqon bozori” MCHJ

Bekobod shahri

1224

4.

“Nurafshon shahar dehqon bozori” MCHJ

Nurafshon shahri

286

5.

“Olmaliq dehqon bozori” MCHJ

Olmaliq shahri

1193

6.

“Ohangaron dehqon bozori” MCHJ

Ohangaron shahri

391

7.

“Chirchiq dehqon bozori” MCHJ

Chirchiq shahri

1222

8.

“Ixtisoslashgan Yangiyoʻl shahar dehqon bozori” MCHJ

Yangiyoʻl shahri

1953

9.

“Istiqlol dehqon bozori” MCHJ

Boʻka tumani

234

10.

“Boʻstonliq dehqon bozori” MCHJ

Boʻstonliq tumani

603

11.

“Oqqoʻrgʻon dehqon bozori” MCHJ

Oqqoʻrgʻon tumani

475

12.

“Parkent dehqon bozori” MCHJ

Parkent tumani

821

13.

“Piskent dehqon bozori” MCHJ

Piskent tumani

372

14.

“Toshkent tumani koʻp tarmoqli dehqon bozori” MCHJ

Toshkent tumani

367

15.

“Quyichirchiq dehqon bozori” MCHJ

Quyichirchiq tumani

210

16.

“Dehqon bozori” MCHJ

Yuqorichirchiq tumani

351

17.

“Chinoz dehqon bozori” MCHJ

Chinoz tumani

942

Fargʻona viloyati

1.

“Qoʻqon dehqon bozori” AJ

Qoʻqon shahri

1189

2.

“Buyuk ipak yoʻli savdo kompleksi” MCHJ

Qoʻqon shahri

366

3.

“Qoʻqon muzaffar savdo kompleksi” MCHJ

Qoʻqon shahri

386

4.

“Rizq baraka savdo kompleksi” MCHJ

Qoʻqon shahri

530

5.

“Muqumiy dehqon bozori” MCHJ

Qoʻqon shahri

40

6.

“Qoʻqon istiqlol savdo kompleksi” MCHJ

Qoʻqon shahri

471

7.

“Qoʻqon qurilish savdo kompleksi” MCHJ

Qoʻqon shahri

40

8.

“Farobiy savdo kompleksi” MCHJ

Qoʻqon shahri

1467

9.

“Qoʻqon ixtisoslashtirilgan avtomashina bozori” MCHJ

Qoʻqon shahri

0

10.

“Ipakchi fayz tong savdo kompleksi” AJ

Margʻilon shahri

804

11.

“Margʻilon baraka savdo” AJ

Margʻilon shahri

562

12.

“Margʻilon shahar dehqon bozori” MCHJ

Margʻilon shahri

1221

13.

“Bunyodkor hunarmand” MCHJ

Margʻilon shahri

60

14.

“Margʻilon musaffo servis” MCHJ

Margʻilon shahri

110

15.

“Davr qurilish mahsulotlari” MCHJ

Margʻilon shahri

256

16.

“Margʻilon don va don mahsulotlari” MCHJ

Margʻilon shahri

210

17.

“Fargʻona markaziy dehqon bozori” AJ

Fargʻona shahri

1928

18.

“Fargʻona qishloq xoʻjalik mahsulotlari ulgurji bozori” AJ

Fargʻona shahri

47

19.

“Fargʻona Yusufjon fayzi qurilish mollari bozori” MCHJ

Fargʻona shahri

11

20.

“Fargʻona savdo majmuasi” MCHJ

Fargʻona shahri

2051

21.

“Vodil dehqon bozori” MCHJ

Fargʻona tumani

155

22.

“Fayz savdo saxovat” MCHJ

Fargʻona tumani

144

23.

“Vodiy mega avto bozori” MCHJ

Fargʻona tumani

0

24.

“Chimyon savdo kompleksi” MCHJ

Fargʻona tumani

250

25.

“Qoʻshtepa tuman qurilish materiallari bozori” MCHJ

Qoʻshtepa tumani

210

26.

“Qoʻshtepa tumani dehqon bozori” MCHJ

Qoʻshtepa tumani

939

27.

“Qoʻshtepa poyabzal va mebel bozori” MCHJ

Qoʻshtepa tumani

237

28.

“Qoʻshtepa fayz savdo kompleksi” AJ

Qoʻshtepa tumani

1438

29.

“Beshariq turon sanoat savdo kompleksi” AJ

Beshariq tumani

252

30.

“Beshariq dehqon bozori” MCHJ

Beshariq tumani

887

31.

“Buvayda dehqon bozori” MCHJ

Buvayda tumani

914

32.

“Buvayda savdo kompleksi” MCHJ

Buvayda tumani

42

33.

“Yozyovon savdo kompleksi” MCHJ

Yozyovon tumani

1337

34.

“Yozyovon dehqon bozori” MCHJ

Yozyovon tumani

244

35.

“Rasta savdo kompleksi” AJ

Quva tumani

429

36.

“Quva tumani dehqon bozori” AJ

Quva tumani

1019

37.

“Oltiariq tuman dehqon bozori” MCHJ

Oltiariq tumani

246

38.

“Toshloq fayz baraka savdo kompleksi” MCHJ

Toshloq tumani

68

39.

“Oʻzbekiston dehqon bozori” MCHJ

Oʻzbekiston tumani

331

40.

“Uchkoʻprik dehqon bozori” MCHJ

Uchkoʻprik tumani

310

41.

“Bagʻdod tuman dehqon bozori” MCHJ

Bagʻdod tumani

1683

42.

“Quvasoy shahar dehqon bozori” MCHJ

Quvasoy shahri

184

Xorazm viloyati

1.

“Urganch markaziy dehqon bozori” AJ

Urganch shahri

2322

2.

“Cholish dehqon bozori” MCHJ

Urganch shahri

154

3.

“Xiva Gulshan dehqon bozori” MCHJ

Xiva shahri

120

4.

“Xiva dehqon bozori” AJ

Xiva shahri

120

5.

“Gurlan universal savdo kompleksi” MCHJ

Gurlan tumani

596

6.

“Gurlan dehqon bozori” AJ

Gurlan tumani

56

7.

“Xosiyon dehqon bozori” MCHJ

Qoʻshkoʻpir tumani

165

8.

“Gʻozovot dehqon bozori” MCHJ

Qoʻshkoʻpir tumani

232

9.

“Hazorasp dehqon bozori” MCHJ

Hazorasp tumani

365

10.

“Hazorasp universal savdo kompleksi” AJ

Hazorasp tumani

1503

11.

“Omad qushi” dehqon bozori MCHJ

Hazorasp tumani

120

12.

“Xonqa dehqon bozori” MCHJ

Xonqa tumani

487

13.

“Yangiariq dehqon bozori” MCHJ

Yangiariq tumani

260

14.

“Yangibozor dehqon bozori” MCHJ

Yangibozor tumani

288

15.

“Bogʻot dehqon bozori” MCHJ

Bogʻot tumani

613

16.

“Shovot dehqon bozori” MCHJ

Shovot tumani

450

17.

“Pitnak dehqon bozori” MCHJ

Tuproqqalʼa tumani

90

18.

“Xorazm avtotransport savdo bozori” MCHJ

Urganch tumani

0

Toshkent shahri

1.

“Parkent universal savdo kompleksi”AJ

Yashnobod tumani

256

2.

“Yangiobod ixtisoslashgan bozor” MCHJ

Yashnobod tumani

3295

3.

“Aviasozlar dehqon bozori” AJ

Yashnobod tumani

962

4.

“Eski-juva dehqon bozori” AJ

Shayxontohur tumani

3020

5.

“Chorsu buyum savdo kompleksi” AJ

Shayxontohur tumani

750

6.

“Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJ

Chilonzor tumani

3048

7.

“Bek toʻpi savdo kompleksi” MCHJ

Chilonzor tumani

404

8.

“Sergeli dehqon bozori” AJ

Sergeli tumani

244

9.

“Isteʼmolda boʻlgan transport vositalari va ehtiyot qismlari Sergeli bozori” MCHJ

Sergeli tumani

521

10.

“Farhod dehqon bozori” AJ

Uchtepa tumani

2534

11.

“Oʻrikzor savdo kompleks” MCHJ

Uchtepa tumani

2347

12.

“Mirobod dehqon bozori” AJ

Mirobod tumani

700

13.

“Navroʻz dehqon bozori” AJ

Mirzo Ulugʻbek tumani

704

14.

“Qora-qamish dehqon bozori” MCHJ

Olmazor tumani

320

15.

“Oloy dehqon bozori” AJ

Yunusobod tumani

497

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Soliq qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari takliflariga asosan raqamlashtiriladigan bozorlar va savdo komplekslari roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-iyuldagi 358-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozorlar va savdo komplekslarini raqamlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Mahalliy hokimlik va boshqa tegishli tashkilotlar

Qurilish, sanitariya, savdo, yongʻin va jamoat xavfsizligi qoidalariga rioya qilinish holatini ishchi guruh tuzgan holda oʻrganish.

15 kunda

2-bosqich

Mahalliy hokimlik va boshqa tegishli tashkilotlar

Ishchi guruh oʻrganishida aniqlangan qonun buzilishi holatlari va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish.

15 kunda

3-bosqich

Mahalliy hokimlik, bozorlar yoki savdo kompleksi

Bozorlar yoki savdo kompleksini raqamlashtirish xizmatlarini koʻrsatuvchi talabgorni davlat xaridlariga oid qonunchilik asosida tanlab olish, shartnoma rasmiylashtirish.

Qonunchilikda belgilangan muddatlarda

4-bosqich

Mahalliy hokimlik, Raqamli texnologiyalar vazirligi va boshqalar

Bozorlar va savdo komplekslarini raqamlashtirish loyihasini ishlab chiqish hamda tegishli davlat organlari ishtirokida muhokamadan oʻtkazish.

5 kunda

5-bosqich

Mahalliy hokimlik, bozorlar yoki savdo kompleksi

Videokuzatuv, tashvish va yongʻin signalizatsiyasi, bankomat hamda quyosh paneli, yoritish chirogʻi va boshqa zarur moddiy texnikalarni oʻrnatish va loyiha boʻyicha raqamlashtirish ishlarini amalga oshirish.

15 kunda

6-bosqich

Mahalliy hokimlik, bozorlar yoki savdo kompleksi

Savdo shoxobchalari va savdo oʻrinlari joylashuvi, avtoturargoh toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni raqamli dasturga kiritish hamda bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar elektron hisobini yuritish.

5 kunda

7-bosqich

Soliq qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, mahalliy hokimlik va boshqalar

Bozorlar va savdo komplekslarida joriy etilgan axborot tizimlarini “E-bozor” yagona platformasiga integratsiya qilish.

Qarorda belgilangan muddatda

8-bosqich

Soliq qoʻmitasi, mahalliy hokimlik, bozorlar yoki savdo kompleksi va boshqalar

“E-bozor” yagona platformasini Adliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Kadastr agentligi va boshqa manfaatdor idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

Qarorda belgilangan muddatda

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-iyuldagi 358-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozorlar va savdo komplekslarini raqamlashtirish hamda ularning infratuzilmasini yaxshilashning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
USTUVOR YOʻNALISHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy axborot texnologiyalari va sunʼiy intellektga asoslangan maxsus axborot tizimini ishga tushirish, unda onlayn masofaviy monitoring qilish imkoniyatlarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni shaffof elektron tizim orqali amalga oshirish tartibini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo shoxobchalari va savdo oʻrinlari joylashuvi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni raqamli dasturga kiritish, boʻsh savdo rastalarini ijaraga olish boʻyicha elektron shartnoma tuzish, ularni onlayn masofaviy monitoring qilish imkoniyatlarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtoturargoh va hojatxona mavjudligini taʼminlash hamda ularda hisoblash va toʻlov qabul qilishning avtomatlashtirilgan tizimini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor va unga tutash hududlardagi noqonuniy qurilmalarni belgilangan tartibda bartaraf etish, bozor infratuzilmasini yaxshilash maqsadida taʼmirlash va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunal xizmat koʻrsatish tizimini taʼmirlash va rekonstruksiya qilish orqali samarali tashkil etish, doʻkonlarga zamonaviy energiya taʼminoti uskunalari (quyosh paneli) va alohida elektr hisoblagichlar oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya va yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishini taʼminlash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini samarali tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfsizlikni taʼminlash uchun videokuzatuv, tashvish va yongʻin signalizatsiyalarini, bankomat hamda tejamkor texnologiyalar asosida yoritish chiroqlari oʻrnatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-iyuldagi 358-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini toʻxtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 25-maydagi 149-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-ilovaning 15-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Transport vositasini ushlab turish sabablari toʻliq bartaraf etilmasdan turib, ularni chiqarib yuborish yoki ulardan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish yuzasidan nazorat maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari yordamida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan bevosita joyiga chiqqan holda oʻtkaziladigan oʻrganishlar orqali taʼminlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“11. Vakolatli organ oʻz tashabbusi bilan yoki jismoniy va yuridik shaxslarning takliflari asosida tanlovga qoʻyiladigan hududlar roʻyxatini tayyorlaydi, tanlov predmetini va vaqtini tanlov oʻtkazilishidan kamida oʻttiz kun oldin axborot tizimiga kiritadi va bu haqida ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“36. Elektron axborot tizimidagi tanlov yakunlari asosida tanlov gʻolibi bilan shartnomalar tuzish hamda ularning talab va shartlariga rioya etilishi ustidan vakolatli organ tomonidan muntazam monitoring yuritiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-band quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda quyidagi harakatlar (harakatsizliklar) uchun bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima (neustoyka) toʻlash shartnomaning majburiy sharti sifatida nazarda tutiladi hamda ularning bir yil davomida takroran sodir etilishi tuzilgan shartnomani bekor qilish uchun asos hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushlangan transport vositalarining hisobini, ularni olib kelish va saqlash boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar sonini va toʻlangan toʻlovlar miqdorini “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali yuritmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositasini ushlab turish sabablari toʻliq bartaraf etilmasdan turib, ularni chiqarib yuborish yoki ulardan noqonuniy foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma shartlari yuzasidan kelib chiqqan nizolar sud tartibida hal etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-band quyidagi mazmundagi “a1” kichik band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a1) toʻxtash joylariga olib kelingan transport vositalarining kirib-chiqishini “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali nazorat qilish hamda transport vositalarining davlat raqami belgilarini tanib olish imkonini beruvchi kamera va boshqa texnika vositalarining mavjudligi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda “Jarima maydonchasi” axborot tizimiga kiritilgan koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha aylanmalar soliq organlari axborot tizimida avtomatik shakllantiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 57-bandi toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“soliq inspektorlari tomonidan oʻz xizmat vazifalarini amalga oshirish jarayonida majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlar boʻyicha qalbaki va kontrafakt holatlar hamda markirovkalash qoidalari buzilgani aniqlanganda, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirish holatlarini aniqlashda;”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2026-y., 09/26/358/0693-son)