26.06.2026 yildagi 329-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida raqamlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish toʻgʻrisida” 2025-yil 20-oktabrdagi PF-185-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida raqamli texnologiyalar, zamonaviy raqamli yechimlar, dasturiy mahsulotlar, elektron xizmatlar va innovatsiyalarni joriy etish, shuningdek, sohada sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasini raqamlashtirish hamda ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-311-son qaroriga muvofiq 2026-yil 1-yanvardan boshlab 2027-yil yakuniga qadar Favqulodda vaziyatlar vazirligida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan “Digital team” idoralararo raqamli jamoa (keyingi oʻrinda — “Digital Team” idoralararo raqamli jamoa) faoliyati yoʻlga qoʻyilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Digital Team” idoralararo raqamli jamoaning maqsadi, asosiy vazifalari, faoliyatini tashkil etish tartibi hamda huquq va majburiyatlarini nazarda tutuvchi “Digital Team” idoralararo raqamli jamoa toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar organlarining tegishli axborot-tahliliy platformalari va axborot tizimlariga integratsiya qilinadigan vazirlik va idoralarning axborot resurslari hamda maʼlumotlar bazalari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar vazirlik va idoralarning tegishli axborot tizimlarini favqulodda vaziyatlar organlarining axborot-tahliliy platformalari va axborot tizimlariga integratsiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralarga har yili ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, norezidentlarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining grantlari hamda texnik koʻmaklari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qarorning bajarilishini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri A.I. Ikramov va raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 26-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
329-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 26-iyundagi 329-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Digital Team” idoralararo raqamli jamoa toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Digital Team” idoralararo raqamli jamoaning (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo raqamli jamoa) maqsadi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlarini hamda 2027-yil yakuniga qadar faoliyat koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Idoralararo raqamli jamoa oʻz faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmasdan, bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) umumiy rahbarligida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Idoralararo raqamli jamoa oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizom va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasini raqamlashtirishda Idoralararo raqamli jamoa ishtirokchilari oʻzlarining mutaxassislari va moliyaviy resurslari bilan ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Idoralararo raqamli jamoaning maqsadi va asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Idoralararo raqamli jamoaning maqsadi aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida masʼul vazirlik va idoralarning tegishli axborot tizimlari, resurslari, multiservis tarmoqlarini yaratish hamda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Idoralararo raqamli jamoaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasiga raqamli texnologiyalar, zamonaviy raqamli yechimlar, dasturiy mahsulotlar, elektron xizmatlar va innovatsiyalarni joriy etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohani raqamlashtirish borasida tashabbuslar, takliflar ishlab chiqish, loyihalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, tatbiq etish (tajriba-sinovlar oʻtkazish) va boshqarish boʻyicha zarur tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo raqamli jamoa ishtirokchilarining axborot tizimlarini (maʼlumotlar bazasini) Vazirlikning axborot infratuzilmasiga belgilangan tartibda integratsiya qilish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo raqamli jamoa ishtirokchilari oʻrtasida raqamli vositalar yordamida himoyalangan va barqaror axborot almashinuvini joriy etish, kadrlar salohiyatini oshirish, raqamlashtirish boʻyicha samarali strategiyalarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoyalangan apparat-dasturiy komplekslarni joriy etish, axborot va kiberxavfsizlik tahdidlaridan himoya qilish choralarini koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Idoralararo raqamli jamoaning faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Idoralararo raqamli jamoaga Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining raqamlashtirish, innovatsiya va kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha oʻrinbosari rahbarlik qiladi. Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Idoralararo raqamli jamoa hamrahbari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlik Idoralararo raqamli jamoaning ishchi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Idoralararo raqamli jamoaga yuklangan vazifalarning bajarilishini muhokama qilish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar boʻyicha har oyda kamida bir marotaba Idoralararo raqamli jamoaning yigʻilishi tashkil etiladi. Bunda Idoralararo raqamli jamoa yigʻilishlari onlayn tarzda videokonferensaloqa shaklida ham oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Idoralararo raqamli jamoa rahbari Idoralararo raqamli jamoa tarkibini, Idoralararo raqamli jamoaning navbatdagi yigʻilishini oʻtkazish sanasi va joyini hamda kun tartibini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Idoralararo raqamli jamoa yigʻilishining kun tartibi va unga tegishli hujjatlar yigʻilish boshlanishidan kamida besh kun oldin Idoralararo raqamli jamoa aʼzolariga yigʻilish toʻgʻrisida xabarnoma bilan yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Idoralararo raqamli jamoa yigʻilishlarida aʼzolarning kamida toʻrtdan uch qismi ishtirok etganda, yigʻilish vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Idoralararo raqamli jamoa yigʻilishi va unda koʻrib chiqilgan masalalar bayonnoma asosida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Yigʻilish bayonnomasi yigʻilish oʻtkazilganidan soʻng uch ish kunida Idoralararo raqamli jamoa rahbari tomonidan Idoralararo raqamli jamoa hamrahbari bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yigʻilish bayonnomasida belgilangan vazifalarning bajarilishi Vazirlikning Raqamlashtirish va axborotni himoyalash boshqarmasi tomonidan monitoring qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Idoralararo raqamli jamoa faoliyatida yuzaga kelgan muammoli masalalar boʻyicha Idoralararo raqamli jamoaning navbatdan tashqari yigʻilishlari oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasini raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi va Idoralararo raqamli jamoaning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri va raqamli texnologiyalar vaziri huzurida har chorakda muhokama qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Zaruratga koʻra Idoralararo raqamli jamoaning faoliyatiga mahalliy hamda xorijiy mutaxassis va ekspertlar jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Idoralararo raqamli jamoaning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Idoralararo raqamli jamoa oʻziga yuklangan vazifalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida axborot xavfsizligi hamda maʼlumotlarni muhofaza qilishni taʼminlashga qaratilgan tashkiliy, texnik va dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasini raqamlashtirishga oid maʼlumotlar va materiallarni manfaatdor vazirlik va idoralardan soʻrab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasiga aloqador axborotlashtirish loyihalari bilan tanishish, ularga loyihalarni takomillashtirishga oid takliflar kiritish va uslubiy tavsiyalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaruratga koʻra oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish jarayonida vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislarini ish beruvchi hamda xodimning roziligi asosida Idoralararo raqamli jamoa faoliyatiga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatini amalga oshirishda texnik vositalardan, shu jumladan, audio-foto va video qayd etish vositalaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohaga oid yetakchi mahalliy va xorijiy tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum va bitimlar tuzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo raqamli jamoa oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Idoralararo raqamli jamoaga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatini amalga oshirish jarayonida olingan davlat siri va boshqa turdagi sirlarni tashkil etuvchi maʼlumot va hujjatlarning maxfiyligini saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralarga oʻz faoliyati yuzasidan soʻralgan maʼlumotlarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan vazifalarni bajarishda korrupsiya holatlarining, shu jumladan, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo raqamli jamoaga oʻziga yuklangan vazifalarni bajarishda qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 26-iyundagi 329-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar organlarining tegishli axborot-tahliliy platformalari va axborot tizimlariga integratsiya qilinadigan vazirlik va idoralarning axborot resurslari hamda maʼlumotlar bazalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Axborot resurslari va maʼlumotlar bazalarining nomi

Vazirlik va idora nomi

1.

“Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksi maʼlumotlari

Ichki ishlar vazirligi

2.

“E-maʼmuriy ish” axborot tizimi

3.

Jismoniy va yuridik shaxslarning roʻyxatdan oʻtgan avtomototransport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

4.

Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar

5.

“Manzil maʼlumot” axborot tizimi

6.

“Raqamli qoʻriqlash” axborot tizimi

7.

Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimi

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

8.

“Air Monitoring Uzbekistan” platformasi

9.

DMED elektron axborot tizimi doirasida shakllantirilgan maʼlumotlar (shifokorlarning hududlarga biriktirilgani, sigʻimi, bemorlar toifasi va boshqalar)

Sogʻliqni saqlash vazirligi

10.

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasining axborot tizimi maʼlumotlari

11.

“Xavfli yuk” axborot tizimi

Transport vazirligi

12.

“Tashuvchi va haydovchilarga koʻmak” axborot tizimi

13.

“Xavfli geologik jarayonlarni monitoring qilish” avtomatlashtirilgan tizimi

“Oʻzbekgidrogeologiya” DM

14.

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

15.

“Mening uyim” axborot billing tizimi

16.

“Davlat suv kadastri” axborot tizimi

Suv xoʻjaligi vazirligi

17.

“Raqamli suv xoʻjaligi” yagona axborot tizimi

18.

“Suv xoʻjaligi obyektlari” axborot tizimi

19.

Yerlarning shoʻrlanish darajasi va meliorativ holatini monitoring qilish axborot tizimi

20.

Suv omborlaridagi lokal darajadagi xabar berish tizimlari

21.

Talabalar turar joylari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

22.

“E-Mehmon” axborot tizimi maʼlumotlari

Turizm qoʻmitasi

23.

Milliy turizm yagona platformasi

24.

“Yagona integratsiyalashgan ekotizim” axborot tizimi

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

25.

“E-tranzit” avtomatlashtirilgan axborot tizimi

Bojxona qoʻmitasi

26.

“Bojxona ombori” avtomatlashtirilgan axborot tizimi

27.

“Elektron bojxona rasmiylashtiruvi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi

28.

“Shaffof yoʻl” onlayn axborot platformasi

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

29.

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” avtomatlashtirilgan tizimi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

30.

“Smart forestry” axborot platformasi

Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi

31.

“Locustuz” avtomatlashtirilgan axborot tizimi

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi

32.

Sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlarini qayta ishlash tizimi (Meteo Sat)

Gidrometeorologiya xizmati agentligi

33.

Meteorologik va agrometeorologik minimeteostansiyalar maʼlumotlari

34.

Atrof-muhit ifloslanishini monitoring qilish tizimi

35.

Meteorologik kuzatuvlarning yagona portali (Meteo Monitoring)

36.

“Havoning sifati” axborot tizimi maʼlumotlari

37.

“Milliy geoaxborot” tizimi

Kadastr agentligi

38.

Kadastr obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

39.

Statistika integrallashgan axborot tizimi maʼlumotlari

Milliy statistika qoʻmitasi

40.

Suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy kosmik monitoring qilish tizimi (“Damb Monitoring System” AT)

Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi

41.

Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyatidagi jarayonlarni real vaqt rejimida qayd etib boradigan “UGaz” tizimi

“Uzinfocom” MCHJ

42.

“E-KON” axborot tizimi

“Oʻzbekneftgaz” AJ

43.

“Smart NET” avtomatlashgan axborot tizimi

44.

“Geoinformatsiya” avtomatlashgan axborot tizimi

45.

Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

46.

“ASKUG Yur” axborot tizimi

“Hududgaztaʼminot” AJ

47.

“E-Gaz” axborot tizimi

48.

Yagona raqamli platformaning xavfli mahsulotlar va omborxonalar joylashuvi modullari

“Oʻzkimyosanoat” AJ

49.

Avtomatlashtirilgan dispetcherlik nazorat tizimining operativ oʻlchash majmuasi

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

50.

Ichimlik suvi va kanalizatsiya hisobi axborot tizimi maʼlumotlari

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

51.

“Oʻzbekgidroenergo” AJ tasarrufidagi suv omborlaridagi lokal xabar berish tizimi

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

52.

“Oʻzbekgidroenergo” AJ tasarrufidagi suv omborlaridagi videokuzatuv tizimi

53.

“Ekspress-3” AVT

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Axborot tizimlari va resurslarining maʼlumotlari “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi (IIP) orqali taqdim etiladi. Har bir maʼlumot almashinuvi yuzasidan alohida texnik hujjatlar ishlab chiqiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/329/0679-son)