20.10.2025 yildagi PQ-311-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasini raqamlashtirish hamda ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimini raqamli transformatsiya qilish, sohaga sunʼiy intellekt va robototexnika imkoniyatlarini tatbiq etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik yoʻnalishlarini oʻzaro integratsiya qilish orqali mahsulot ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishning yaxlit innovatsion zanjirini yaratish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Asosiy maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar sohani yaxlit raqamli transformatsiya qilish hamda ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish doirasida istiqboldagi asosiy vazifalar etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2027-yil 1-dekabrga qadar sohaga masʼul vazirlik va idoralarning tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash kabi axborot tizimlarini umumiy texnik yondashuv asosida yagona platformaga birlashtirish, 2030-yilga qadar zarur axborot infratuzilmasi va resurslarini toʻliq shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2028-yil 1-dekabrga qadar favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli yechimlarni joriy etish orqali raqamlashtirish darajasini 60 foizga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) monitoring, prognozlash va profilaktika faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish maqsadida sohada kibertahdidlardan himoyalangan axborot infratuzilmasini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) 2030-yilga qadar sohaga zarur boʻlgan import qilinayotgan avariya-qutqaruv va yongʻin-texnik mahsulotlarni mahalliylashtirish darajasini 30 foizga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) sohaga oid innovatsion mahsulotlarni yaratish, sinov-tadqiqot ishlarini, muvofiqlikni baholash tizimini va yongʻin-texnik ekspertizasini yanada rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Ustuvor chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasi doirasida masʼul vazirlik va idoralarning tegishli axborot tizimlari, resurslari, multiservis tarmoqlarini yaratish hamda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash uchun zarur shart-sharoitlarni tashkil etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-yanvardan boshlab 2027-yil yakuniga qadar Favqulodda vaziyatlar vazirligida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan “Digital team” idoralararo raqamli jamoa (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo raqamli jamoa) faoliyati 1-ilovaga muvofiq vazirlik va idoralar vakillaridan iborat tarkibda yoʻlga qoʻyilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) quyidagilar Idoralararo raqamli jamoaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasiga raqamli texnologiyalar, zamonaviy raqamli yechimlar, dasturiy mahsulotlar, elektron xizmatlar va innovatsiyalarni joriy etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) sohani raqamlashtirish borasida tashabbuslar, takliflar ishlab chiqish, loyihalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularni tatbiq etish (tajriba-sinovlar oʻtkazish) va boshqarish boʻyicha zarur tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) Idoralararo raqamli jamoa ishtirokchilarining axborot tizimlari (maʼlumotlar bazasi)ni Favqulodda vaziyatlar vazirligining axborot infratuzilmasiga integratsiya qilish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) Idoralararo raqamli jamoa ishtirokchilari oʻrtasida raqamli vositalar yordamida himoyalangan va barqaror axborot almashinuvini joriy etish, kadrlar salohiyatini oshirish, raqamlashtirish boʻyicha samarali strategiyalarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) himoyalangan apparat-dasturiy komplekslarni joriy etish, axborot va kiberxavfsizlik tahdidlaridan himoya qilish choralarini koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda Idoralararo raqamli jamoa tarkibidagi vazirlik va idoralar tegishli mutaxassislari va moliyaviy resurslari bilan ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligining muvofiqlashtiruvida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-dekabrga qadar Idoralararo raqamli jamoa tomonidan yagona texnologik talablar asosida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasi yaxlit raqamlashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2027-yil 1-dekabrga qadar vazirlik va idoralarning tegishli axborot resurslari va tizimlari Favqulodda vaziyatlar vazirligining axborot-tahliliy platformalariga integratsiya qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Idoralararo raqamli jamoaning faoliyatiga xorijiy mutaxassis va ekspertlar jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2025-yil 1-dekabrga qadar Favqulodda vaziyatlar vazirligida sohaviy tuzilmalarning malakali xodimlari hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari mutaxassis-ekspertlaridan iborat kross-funksional guruh tashkil etilsin. Bunda kross-funksional guruh 2027-yil yakuniga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning tashkiliy-texnik, iqtisodiy, huquqiy va metodologik asoslari yaratilishi, mahalliy va ilgʻor xorijiy tajribalarning tahliliy xulosalari shakllantirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimini yaxlit raqamlashtirish orqali biznes jarayonlarini maqbullashtirish uchun samarali, yangi va innovatsion yechimlar ishlab chiqilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) raqamli transformatsiya loyihalarining segmentlari, komponentlari va algoritmlari ishlab chiqilishi, sohaga tatbiq etilishi va takomillashtirilishiga masʼul boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasini 2026-2027-yillarda raqamli transformatsiya qilish boʻyicha ustuvor loyihalar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Sohada ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlar muammolari va yongʻin xavfsizligi ilmiy-tadqiqot instituti Favqulodda vaziyatlar vazirligi ilmiy-innovatsion va sinov-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) etib qayta tashkil etilsin va quyidagilar Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida ilmiy-innovatsion loyihalarni shakllantirish hamda sinov-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) qurilish materiallarining yongʻin xavfliligi sinfini aniqlash va favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga moʻljallangan mahsulotlarning xalqaro talablarga muvofiqligini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishning xalqaro standartlarga mos keladigan yuqori samarali yangi texnologiyalarini ishlab chiqish uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiqish uchun davlat tuzilmalari, ilmiy markazlar va xususiy sektor bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish, xorijiy ixtisoslashgan tashkilotlar bilan tajriba almashish va texnologik loyihalarda ishtirok etish hamda xorijiy mamlakatlarning ilgʻor ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) sodir boʻlgan texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar (holatlar)ni oʻrganish hamda yongʻin-texnik ekspertizasini oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligining quyidagi tashabbuslari maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Mudofaa sanoati agentligining Innovatsion texnologiyalar markazini Institutning ilmiy-innovatsiyaviy ishlanmalarini tajriba-konstruktorlik jihatidan taʼminlash va favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi mahsulotlarning tajriba namunalarini yaratish va ularni ishlab chiqish boʻyicha masʼul tashkilot etib belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Institutning ilmiy-innovatsiyaviy ishlanmalarini tijoratlashtirish uchun mahalliy va xorijiy investorlarni, shuningdek, ushbu maqsadlarda imkoniyat va resurslarga ega boʻlgan tadbirkorlarni ularning xohishiga koʻra jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Institut favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish va sinov-tadqiqotlar oʻtkazishga ixtisoslashtirilgan davlat muassasasi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Institutning bino-inshootlari, sinov-tadqiqot va boshqa infratuzilmasi Toshkent viloyatining Zangiota tumani Erkin qishlogʻi, “Quyoshli” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2027 — 2029-yillarda Institut bino-inshootlarini qurish va jihozlash Favqulodda vaziyatlar vazirligiga investitsiya dasturlarida har yili koʻzda tutiladigan kapital qoʻyilmalarning tegishli limitlari doirasida, Favqulodda vaziyatlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, pulli xizmat koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar, xalqaro moliya institutlari kredit va grantlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Institutga favqulodda vaziyatlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Institut Favqulodda vaziyatlar vazirligining yuridik shaxs maqomiga ega tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) Institutning pulli xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlari teng ulushda Institutning harbiy xizmatchi, xizmatchi hamda ishchilarini ijtimoiy himoya qilish hamda moddiy ragʻbatlantirishga, shuningdek, moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) 2027-yil 1-yanvardan boshlab Institutda innovatsion loyihalar va sinov-tadqiqot ishlari asosida ishlab chiqilgan, mahalliylashtiriladigan maxsus-texnik, ilmiy-texnik va intellektual mahsulotlarni uch yil muddatga shartnoma tuzish orqali Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan kafolatli xarid qilish mexanizmi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Favqulodda vaziyatlar vazirligi Raqamlashtirish va axborotni himoyalash boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlinmalariga hamda Institutga, tegishincha budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan, bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda raqamli texnologiyalar va tor sohadagi malakali mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-park) va uning hududiy filiallari rezidentlarining favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi muammolarning yechimiga qaratilgan startap loyihalarini shakllantirish va ularni inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qaror ijrosini monitoring qilib borish rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Favqulodda vaziyatlar vazirligi qaror ijrosini monitoring rejasiga asosan har yili 15-fevralga qadar monitoringdan oʻtkazsin hamda monitoring natijalarini Hisob palatasi va Adliya vazirligiga kiritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Hisob palatasi Adliya vazirligi bilan birgalikda monitoring rejasi asosida qaror ijrosini nazorat qilsin hamda har yili 25-fevralga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) “Ijro.gov.uz” tizimida qaror ijrosini nazoratdan yechishda monitoring rejasida koʻrsatilgan maqsadlarga erishilgani inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qaror ijrosini samarali tashkil qilishning quyidagi tartibi belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib favqulodda vaziyatlar vaziri B.B. Kudratxodjayev belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ustuvor chora-tadbirlar va loyihalarni amalga oshirish doirasida quyidagilar masʼul etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Raqamli texnologiyalar vazirligi — 2026-2027-yillarda sohani raqamlashtirish hamda sohaga sunʼiy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish uchun zarur sharoitlarni yaratishga va transformatsiya jarayonlarini muvofiqlashtirib borishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi — sohada ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, mahalliy yuqori texnologik, sanoat-tajriba va import oʻrnini bosuvchi hamda eksportga yoʻnaltirilgan innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoniga ilgʻor zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishda koʻmaklashishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi — ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga imkoniyat va resurslarga ega boʻlgan tadbirkorlarni, mahalliy va xorijiy investorlarni, shuningdek, sohani raqamlashtirish va ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirishga 300 million AQSH dollari ekvivalentida tijorat banklari, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar imtiyozli kreditlari hamda venchur fondlarining moliya resurslarini manzilli jalb etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) har chorakda sohani raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi va Idoralararo raqamli jamoaning faoliyati favqulodda vaziyatlar va raqamli texnologiyalar vazirlari huzurida muhokama qilinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) qaror ijrosi natijalarini har olti oyda muhokama qilib borish va masʼul ijrochilar faoliyati samaradorligini oshirish Bosh vazir oʻrinbosarlari A.J. Ramatov, J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament boshligʻi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 20-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-311-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-311-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar vazirligida faoliyat koʻrsatuvchi Digital teamidoralararo raqamli jamoa
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar vazirligida faoliyat koʻrsatuvchi “Digital team” idoralararo raqamli jamoaning (Idoralararo raqamli jamoa) tarkibi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining raqamlashtirish, innovatsiya va kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha oʻrinbosari — Idoralararo raqamli jamoa rahbari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari — Idoralararo raqamli jamoa hamrahbari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Favqulodda vaziyatlar vazirligi — Idoralararo raqamli jamoa ishchi organi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Idoralararo raqamli jamoa ishtirokchilari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

vazirlik va Idoralar

xoʻjalik birlashmalari

Mudofaa vazirligi

Fanlar akademiyasi

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

Ichki ishlar vazirligi

Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

Milliy gvardiya

Innovatsion rivojlanish agentligi

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

“Uzbekistan airways” AJ

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Kadastr agentligi

“Uzbekistan airports” AJ

Transport vazirligi

Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Tashqi ishlar vazirligi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Energetika vazirligi

Suv xoʻjaligi vazirligi

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

Bojxona qoʻmitasi

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-311-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasini 2026-2027-yillarda raqamli transformatsiya qilish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
USTUVOR LOYIHALAR ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Loyiha va chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Masʼul ijrochilar

1.

Aholi punktlari va obyektlarning umumiy xususiyatlari, xavf manbalari (indikatorlari) va darajalarini oʻz ichiga oluvchi maʼlumotlar bazasidan iborat “Mahalla xavfsizlik pasporti” avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish.

1. Oʻrnatilgan tartibda loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil iyul

Asoslangan hisob-kitoblarga koʻra,

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(B. Kudratxodjayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

“Digital team” idoralararo raqamli jamoa

2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.

2026-yil sentabr

3. Axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

2026-yil dekabr

2.

Favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish, geoaxborot tizimida tahlil va prognozlash hamda kuch-vositalarni situatsion boshqarish uchun tegishli axborot-tahliliy platforma, shuningdek, turli rejimlarda idoralararo maʼlumotlarni almashish uchun integratsion platforma joriy etish.

1. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.

2026-yil iyul

Asoslangan hisob-kitoblarga koʻra,

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(B. Kudratxodjayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

“Digital team” idoralararo raqamli jamoa,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.

2026-yil sentabr

3. Axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

2027-yil dekabr

3.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida lokal va korporativ tarmoqlarni modernizatsiya qilish.

1. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.

2026-yil dekabr

Asoslangan hisob-kitoblarga koʻra,

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(B. Kudratxodjayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.

2027-yil mart

3. Markaziy apparat va hududiy boshqarmalar uchun zarur tarmoq va server qurilmalarini xarid qilish va oʻrnatish.

2027-yil noyabr

4.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan davlat nazoratini amalga oshirishda kelib tushadigan murojaatlar asosida xulosalar taqdim etish va monitoring yuritish jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida “Favqulodda vaziyatlar monitoringi” axborot tizimini ishlab chiqish.

Bunda “E-inspektor” axborot dasturiy kompleksi imkoniyatlari negizida takomillashtirish.

1. Oʻrnatilgan tartibda loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil iyul

Asoslangan hisob-kitoblarga koʻra,

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(B. Kudratxodjayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

“Digital team” idoralararo raqamli jamoa

2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.

2026-yil sentabr

3. Axborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga sinov tariqasida joriy etish.

2026-2027-yillar

4. Tizimni ekspertizadan oʻtkazish va ishga tushirish.

2027-yil davomida

5.

Yongʻindan ogohlantirish qurilmalari, signalizatsiya tizimlaridan signallarni qabul qilishning yagona platformasini yaratish.

1. Oʻrnatilgan tartibda loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil iyul

Asoslangan hisob-kitoblarga koʻra,

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(B. Kudratxodjayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

“Digital team” raqamli jamoa

2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.

2026-yil oktabr

3. Loyihani amalga oshirish va amaliyotga joriy etish.

2026-2027-yillar

6.

Respublikada va uning chegara hududlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan transchegaraviy favqulodda vaziyatlarning raqamli xaritasini yaratish.

1. Oʻrnatilgan tartibda loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil mart

Asoslangan hisob-kitoblarga koʻra,

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(B. Kudratxodjayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

“Digital team” idoralararo raqamli jamoa

2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.

2026-yil may

3. Loyihani amalga oshirish va amaliyotga joriy etish.

2026-yil dekabr

7.

Respublika hududidagi koʻp qavatli binolar va inshootlarga oʻrnatilgan videokuzatuv qurilmalari orqali atrof-muhitni kuzatish va yongʻinlarni barvaqt aniqlash tizimini joriy etish.

1. Oʻrnatilgan tartibda loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil may

Asoslangan hisob-kitoblarga koʻra,

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(B. Kudratxodjayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

“Digital team” idoralararo raqamli jamoa

2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.

2026-yil sentabr

3. Loyihani amalga oshirish va amaliyotga joriy etish.

2026-2027-yillar

8.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida kadr boʻlinmalari faoliyatini avtomatlashtirishni taʼminlovchi “E-kadr” axborot tizimini joriy etish.

“E-kadr” axborot tizimida quyidagi funksiyalarni nazarda tutish:

kadr masalalariga doir hujjatlarni shakllantirish;

axborot tizimlari foydalanuvchilarini identifikatsiya qilish (SSO);

Face-ID texnologiyasi asosida kirish-chiqish rejimini nazorat qilish;

nomzodlarni harbiy-kasbiy saralash, kadrlarni inson omilisiz ishga qabul qilish;

xodimlar sogʻligʻini nazorat qilish va profilaktikasi.

1. Oʻrnatilgan tartibda loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil avgust

Asoslangan hisob-kitoblarga koʻra,

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(B. Kudratxodjayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

“Digital team” idoralararo raqamli jamoa

2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.

2026-yil sentabr

3. Tizimni ishga tushirish.

2027-yil iyul

9.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida elektron hujjat almashinuvi va hisobotlar shakllanishini taʼminlovchi axborot tizimini joriy etish.

1. Oʻrnatilgan tartibda loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil mart

Asoslangan hisob-kitoblarga koʻra,

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(B. Kudratxodjayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.

2026-yil avgust

3. Axborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

2026-yil dekabr

10.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida moddiy-texnik vositalar hisobini yuritishning “E-taʼminot” avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish.

1. Oʻrnatilgan tartibda loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil oktabr

Asoslangan hisob-kitoblarga koʻra,

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(B. Kudratxodjayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.

2027-yil fevral

3. Axborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

2027-yil dekabr

11.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishchi-xodimlari mehnat faoliyati samaradorligini baholash boʻyicha “FVV-KPI” axborot tizimini ishlab chiqish.

1. Oʻrnatilgan tartibda loyiha-texnik hujjatlarini, shu jumladan, KPI koʻrsatkichlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil may

Asoslangan hisob-kitoblarga koʻra,

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(B. Kudratxodjayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.

2026-yil sentabr

3. Loyihani amalga oshirish va amaliyotga joriy etish.

2027-yil dekabr

12.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida uzluksiz aloqani taʼminlovchi idoraviy IP-telefon va videokonferensaloqa tizimini takomillashtirish.

1. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil mart

Asoslangan hisob-kitoblarga koʻra,

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(B. Kudratxodjayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

2. Vazirlikda IP-telefoniya va videokonferensaloqa tizimlari uskunalarini xarid qilish uchun tender (tanlov) savdolarini oʻtkazish.

2026-yil aprel

3. Vazirlik markaziy apparati va hududiy boshqarmalarida IP-telefoniya va videokonferensaloqa tizimlarini yaratish.

2026-2027-yillar davomida

13.

Sohada manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiya holatlarining barvaqt oldini olish uchun tunu kun ishlovchi koll-markazni (“1109” qisqa raqam) ishga tushirish.

1. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil noyabr

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(B. Kudratxodjayev)

2. Respublika boʻyicha “1109” qisqa raqamini ishga tushirish.

2026-yil yanvar

14.

Texnik-profilaktik xizmatlar turlari, qiymatlari, guvohnomalarini qayd etuvchi, aholini xabardor qilish imkoniyatiga ega “Mahalla muhofazasi” maxsus axborot tizimini ishga tushirish.

1. Oʻrnatilgan tartibda loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil dekabr

Asoslangan hisob-kitoblarga koʻra,

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(B. Kudratxodjayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(J. Qoʻchqorov),

“Digital team” idoralararo raqamli jamoa

2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.

2026-yil mart

3. Axborot tizimini ishlab chiqish va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va toʻlov tizimlari bilan integratsiya qilish.

2026-yil dekabr

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Huquqiy munosabatlarning predmeti va tartibga solish sohasidan kelib chiqib, tadbirlarni amalga oshirish shakllari, moliyalashtirish manbalari oʻzgarishi, tadbirlar esa birlashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ikki va undan koʻp bandlar birlashtirilganda, ijro muddati sifatida birlashayotgan bandlar uchun koʻrsatilgan eng kechki muddat belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-311-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasini raqamlashtirish hamda ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini monitoring qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Indikator (subindikator) nomi

Oʻlchov birligi

Joriy holat

(yillik)

Maqsadli koʻrsatkichlar

Maʼlumot berishga masʼul idoralar

2025

2026

2027

2028

2029

2030

MAQSAD: SOHADA RAQAMLASHTIRISHNI HAMDA ILMIY-INNOVATSION VA SINOV-TADQIQOT FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH

I. Resurs koʻrsatkichlari

1.1.

Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash kabi axborot tizimlarini yagona texnik yondashuv asosida yagona platformaga birlashtirish

son

2

-

15

45

-

-

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, sohaga masʼul vazirlik va idoralar

1.2.

Favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatini zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli yechimlarni joriy etish orqali raqamlashtirish darajasini oshirish.

foiz

30

-

40

50

60

-

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

1.3.

Raqamli radioaloqa tizimi qamrovini kengaytirish.

foiz

30

-

35

40

50

-

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

1.4.

Qarorning 2-ilovasi asosida ustuvor loyihalarni amalga oshirish

son

-

-

5

9

-

-

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

1.5.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ilmiy-innovatsion va sinov-tadqiqot instituti bino-inshootlarini qurish va jihozlash ishlarini 2027 — 2029-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturlari doirasida moliyalashtirish

mlrd. soʻm

-

-

-

31

30

30

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

1.6.

2026 — 2028-yillarda Institutning bino va inshootlarini qurish va jihozlash

foiz

30

70

100

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

II. Amaliyot koʻrsatkichlari

Lokal va korporativ tarmoqlarni yaratish va modernizatsiya qilish

2.1.1.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida lokal tarmoqlarni yaratish

son

321

-

20

38

-

-

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

2.1.2.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida lokal tarmoqlarni modernizatsiya qilish

son

321

-

40

50

-

-

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Videokuzatuv qurilmalari orqali atrof-muhitni kuzatish va yongʻinlarni barvaqt aniqlash tizimini joriy etish

2.2.1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi (Nukus shahri, Xoʻjayli, Toʻrtkoʻl, Beruniy va Taxiatosh tumanlari)

son

1

-

3

4

-

-

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

2.2.2.

Andijon viloyati (Andijon, Asaka, Shahrixon shaharlari va Paxtaobod tumani)

son

1

-

4

4

-

-

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

2.2.3.

Qashqadaryo viloyati (Qarshi va Shahrisabz shaharlari, Kitob, Muborak, Gʻuzor tumanlari )

son

1

-

4

5

-

-

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

2.2.4.

Navoiy viloyati (Navoiy va Zarafshon shaharlari, Karmana, Qiziltepa va Uchquduq tumanlari)

son

1

-

3

3

-

-

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

2.2.5.

Sirdaryo viloyati (Guliston, Yangiyer, Shirin va Baxt shaharlari)

son

1

-

2

3

-

-

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

2.2.6.

Surxondaryo viloyati (Termiz shahri, Denov, Sherobod, Boysun va Qumqoʻrgʻon tumanlari)

son

1

-

3

4

-

-

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

2.2.7.

Fargʻona viloyati (Fargʻona, Qoʻqon, Margʻilon va Quva shaharlari, Rishton tumani )

son

1

-

4

5

-

-

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Mahalliylashtirish va normativ-huquqiy bazani yaratish

2.3.1

2026 — 2030-yillarga moʻljallangan davlat ilmiy va innovatsion ustuvor loyihalar dasturi doirasida avariya-qutqaruv va yongʻin-texnik mahsulotlarini mahalliylashtirish

turi

-

-

6

6

7

7

7

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Mudofaa sanoati agentligi

2.3.2

Institutning normativ-huquqiy bazasini yaratish (2 ta-Hukumat qarori, 1 ta-idoraviy va 1 ta-idoralararo hujjat)

son

-

2

2

-

-

-

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Mudofaa sanoati agentligi

III. Natijadorlik koʻrsatkichlari

3.1.

Raqamli infratuzilmani yaratish

foiz

60

-

70

75

80

90

100

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

3.2.

Videokuzatuv qurilmalari orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida atrof-muhitni kuzatish va yongʻinlarni barvaqt aniqlash qamrovini oshirish

foiz

12

-

50

100

-

-

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

3.3.

2030-yilga qadar sohaga zarur boʻlgan import qilinayotgan avariya-qutqaruv va yongʻin-texnik mahsulotlarni mahalliylashtirish darajasini oshirish

foiz

11

-

15

18

20

25

30

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Mudofaa sanoati agentligi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2025-y., 07/25/311/0959-son)