Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining buyrugʻi, 29.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3872
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Terrorizm va diniy ekstremizm bilan kurash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI HUZURIDAGI IQTISODIY JINOYATLARGA QARSHI KURASHISH DEPARTAMENTI BOSHLIGʻINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYRUGʻI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 29-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3872]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshliq J. XATAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 19-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 18-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2026-yil 1-iyundagi 21-son buyrugʻiga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar — Oʻzbekiston Respublikasi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasida koʻrsatilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (bundan buyon matnda Departament deb yuritiladi) tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasini aniq mezonlarga asoslanib, tashkilotlar tomonidan oʻz faoliyatida qonunchilik buzilish xavfi darajasini aniqlash mexanizmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruv— tashkilotlar tomonidan faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini kerakli materiallar, hujjatlar yoki ularning faoliyatiga doir maʼlumotlarni olish hamda muayyan harakatlarni amalga oshirish orqali oʻtkaziladigan nazorat qilish tadbiri.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Departament tomonidan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablarga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Minimal talablarga zid boʻlgan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi tashkilotda tekshiruv oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishga asos boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ishlab chiqilgan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi asosida aniqlangan huquqbuzarlik xavfi qay darajada boʻlishidan qatʼi nazar, tashkilotga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllashga asos boʻla olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Xavf darajasini tahlil qilishga doir umumiy talablar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashkilotning qonunchilik hujjatlari talablarini buzish xavfi darajasini tahlil qilish jarayoni tashkilot faoliyatini toʻxtatib turish, unga toʻsqinlik qilish yoki faoliyatini amalga oshirishga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashishni nazarda tutuvchi xatti-harakatlarni oʻz ichiga olmasligi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xavf darajasining tahlili quyidagi maʼlumotlarni oʻrganish asosida amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy maʼlumotlar (litsenziya, ruxsat etuvchi va davlat organlarida mavjud boshqa hujjatlar);
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davriy statistika maʼlumotlari, jumladan, avval huquqbuzarlik holatlari aniqlangan tashkilotni umumlashtiruvchi belgilar, xabarlar va boshqa korrelyatsion tahlil natijalari;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat xaridi natijalari asosida aniqlangan kamchiliklarning tahlili;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikka muvofiq tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar, axborotlar va shubhali operatsiyalar haqidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlarning vakolatli organlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlardan olingan maʼlumotlar va soʻrovlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar tomonidan qonunchilik talablariga rioya etilishini hamda belgilangan majburiyatlarni bajarilishini oʻrganish natijalari boʻyicha toʻplangan maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlardan olingan maʼlumotlar va hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan va tashkilotning odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatmagan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xavf darajasi tahlili jarayonida tashkilotlardan hujjatlar va axborotlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xavf darajasi tahlili Departamentning nazorat vakolati doirasida faoliyat koʻrsatuvchi tashkilotlarda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat vakolatiga kirmaydigan tashkilotlar faoliyatini tahlil qilish va baholash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Xavf darajalari tasnifi va ularni mezonlashga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida xavf darajasini baholash oʻrganiladigan maʼlumotlar asosida shakllantirilgan mazkur Nizomning 1 — 3-ilovalarida koʻrsatilgan asosiy koʻrsatkichlar va sub-koʻrsatkichlarga tashkilot faoliyatining muvofiqligini “ball” tizimi asosida baholash orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda sub-koʻrsatkichlar mavjud boʻlganda har bir asosiy koʻrsatkichning bahosi ushbu koʻrsatkich ostidagi sub-koʻrsatkichlar bahosining yigʻindisidan kelib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Departament tashkilotlarning xavf darajasini baholash uchun quyidagi asosiy koʻrsatkichlarni (sub-koʻrsatkichlarni) “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimiga kiritadi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi ichki nazorat faoliyatini tashkil etishga oid qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tashkilotlarning xavf darajasi mazkur bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan koʻrsatkichlar (sub-koʻrsatkichlar) boʻyicha “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida avtomatik ravishda alohida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Amalga oshirilgan baholash natijalariga koʻra aniqlangan xavf darajasining umumiy ballari asosida tashkilotlar huquqbuzarlik sodir etish xavfi boʻyicha quyidagi uch xil toifada tasniflanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi yuqori — baholash natijalari boʻyicha 81 balldan 100 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi oʻrta — baholash natijalari boʻyicha 61 balldan 81 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi past — baholash natijalari boʻyicha 61 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tashkilotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xavf darajasi tahlili, qoida tariqasida, bir yilda kamida bir marotaba oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tashkilotlar faoliyatida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlarfaqatgina jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga,terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishnimoliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik talablariga rioyaetishini oʻrganish maqsadida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Baholash natijalariga muvofiq huquqbuzarlik xavfi yuqori va oʻrta tasnifidagi tashkilotlarda profilaktika tadbirlari va tekshiruvlarni oʻtkazish amaldagi qonun hujjatlari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida”gi qarori hamda 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Xavf darajasi past boʻlgan tashkilotlar faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Xavfni tahlil etish natijalaridan norozi boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur Nizomning talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi ichki nazorat faoliyatini tashkil etishga oid qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari
Ball
Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar
1.
Ichki nazorat xizmati tashkil etilmaganligi (har bir holat boʻyicha alohida)*
70
1.1.
Ichki nazorat xodim(lar)i tayinlanmaganligi va (yoki) quyi boʻlinmalarda (filiallarda) ichki nazorat xodim(lar)i ichki nazorat tayinlanmaganligi
1.2.
Ichki nazorat xizmatining xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining (bundan buyon matnda Departament deb yuritiladi) axborot dasturida roʻyxatdan oʻtmaslik
1.3.
Qonunchilikda belgilangan talablarga javob bermaydigan ichki nazorat xodim(lar)ining tayinlanganligi
2.
Ichki nazorat xizmati lozim darajada tashkil etilmaganligi (har bir holat boʻyicha alohida)*
20
2.1.
Ichki nazorat xizmati rahbarining tashkilotning quyi boshqaruvi rahbariyatiga hisobdorligi va (yoki) boshqa boʻlinmalardan mustaqil emasligi
2.2.
Operatsiyalar koʻlami, tavakkalchilik darajasi va boshqa asoslarga koʻra ichki nazorat xizmati xodimlarining soni yetarli emasligi
2.3.
Departamentning axborot dasturidan doimiy yoki umuman foydalanmaslik
3.
Ichki nazorat xizmati xodimlarining malakasini oshirmaganligi
5
4.
Departamentning soʻrovlariga oʻz vaqtida maʼlumotlar taqdim etilmasligi, toʻliq taqdim etilmasligi yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilishi
5
Jami ballar yigʻindisi
100
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Izoh: Asosiy koʻrsatkich tarkibidagi sub-koʻrsatkichlardan bittasi yoki bir nechtasi buzilsa ham, shu asosiy koʻrsatkich uchun belgilangan ball beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari
Ball
Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar
1.
Toʻxtatib turilishi va tegishli chora-tadbirlar koʻrilganidan soʻng oʻtkazilishi shart boʻlgan operatsiyalarni toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish (har bir sub-koʻrsatkich boʻyicha alohida)*
80
1.1.
Amalga oshirilishi oqibatida juda koʻp miqdorda zarar yetishiga sabab boʻladigan jinoyatlarni sodir etishga sharoit yaratib beruvchi shubhali operatsiya alomatlari mavjud va (yoki) yuqori tavakkalchilik toifasidagi operatsiyalarni tegishli chora-tadbirlarni koʻrmasdan, mijozni lozim darajada tekshirish va (yoki) kuchaytirilgan tartibda mijozni lozim darajada tekshirishsiz oʻtkazish
1.2.
Iqtisodiy jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha oʻttiz ish kuni muddatiga qadar operatsiyalarni toʻxtatish va (yoki) pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi koʻrsatmani ijro etmaslik oqibatida operatsiyalarni oʻtkazish va (yoki) pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkdan foydalanish
1.3.
Ichki nazorat qoidalariga muvofiq toʻxtalishi yoki rad qilinishi lozim boʻlgan (identifikatsiya qilish yoki mijozlarni lozim darajada tekshirish imkoniyati boʻlmagan) operatsiyalarni oʻtkazish
2.
Shubhali operatsiyalar haqidagi xabarlarni oʻz vaqtida taqdim etmaslik, toʻliq taqdim etmaslik yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim qilish (har bir sub-koʻrsatkich boʻyicha alohida)*
5
2.1.
Shubhali operatsiyalar alomatlari mavjud operatsiyalar haqida xabar yubormaslik
2.2.
Amalga oshirish rad etilgan operatsiya va (yoki) qaytarib yuborilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk toʻgʻrisida xabar yubormaslik
2.3.
Shubhali operatsiyalar haqidagi xabarlarni rasmiylashtirish tartibini (maʼlumotlarni toʻliq kiritmaslik, notoʻgʻri kiritish va h.k.) buzgan holda yuborish
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining soʻrovlariga oʻz vaqtida maʼlumotlar taqdim etmaslik, toʻliq taqdim etmaslik yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim qilish (har bir sub-koʻrsatkich boʻyicha alohida)*
10
3.1.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan oʻtkazilayotgan moliyaviy tahlil yuzasidan yuborilgan soʻrovga belgilangan muddatda maʼlumotlarni toʻliq taqdim etmaslik, notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etish yoki muddatida taqdim etmaslik
3.2.
Alohida nazoratdagi moliyaviy tahlil boʻyicha yuborilgan soʻrovga belgilangan muddatda operatsiyalar haqidagi maʼlumotlarni toʻliq taqdim etmaslik, xato maʼlumot taqdim etish yoki oʻz muddatida taqdim etmaslik
4.
Yuqori mansabdor shaxslarga aloqador va (yoki) benefitsiar mulkdorlarga nisbatan belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirmasdan operatsiyalarni oʻtkazish
5
Jami ballar yigʻindisi
100
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Izoh: Asosiy koʻrsatkich tarkibidagi sub-koʻrsatkichlardan bittasi yoki bir nechtasi buzilsa ham, shu asosiy koʻrsatkich uchun belgilangan ball beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari
Ball
Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar
1.
Toʻxtatib turilishi va tegishli chora-tadbirlar koʻrilganidan soʻng oʻtkazilishi shart boʻlgan operatsiyalarni toʻgʻridan toʻgʻri amalga oshirish (har bir sub-koʻrsatkich boʻyicha alohida)
80
1.1.
Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatidagi (bundan buyon matnda Roʻyxat deb yuritiladi) shaxslarga aloqador quyidagi operatsiyalardan birini kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan toʻxtatib turmaslik, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatmaslik:
a) Roʻyxatdagi shaxsning oʻzi, uning nomidan yoki topshirigʻiga asosan bevosita yoxud bilvosita harakat qilayotgan shaxslar ishtirok etayotgan operatsiyalar;
b) Roʻyxatdagi shaxsga toʻliq yoki qisman bevosita yoki bilvosita tegishli yoxud uning nazorati ostida boʻlgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk ishtirok etayotgan operatsiyalar;
v) Roʻyxatdagi shaxsga toʻliq yoki qisman bevosita yoki bilvosita tegishli yoxud uning nazorati ostida boʻlgan pul mablagʻlaridan yoki boshqa mol-mulkdan foydalanishdan olingan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk ishtirok etayotgan operatsiyalar;
g) Roʻyxatdagi shaxsning toʻliq yoki qisman bevosita yoki bilvosita mulkida yoxud uning nazorat ostida boʻlgan yuridik shaxs ishtirok etayotgan operatsiyalar.
1.2.
Xorijiy davlatlarga aloqador boʻlgan operatsiyani uning ishtirokchilarini identifikatsiya qilmasdan va (yoki) Roʻyxatdagi shaxslar bilan solishtirmasdan oʻtkazish
1.3.
Terrorizm xavfi yuqori boʻlgan hududlarga (faol terrorchilik harakatlari olib borilayotgan hududlar yoki ushbu hududlarga chegaradosh hududlar) aloqador operatsiyada ishtirok etayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkning manbasi va operatsiya maqsadini oʻrganmasdan oʻtkazish
1.4.
Roʻyxatga kiritilmagan, lekin terrorizmga yoki ekstremizmga aloqador shaxslar mazkur Koʻrsatkichlarning 1-bandida koʻrsatilgan shakllarda ishtirok etgan operatsiyani, unda ishtirok etayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkning manbasi va operatsiya maqsadini oʻrganmasdan oʻtkazish
1.5.
Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha operatsiyalarni oʻttiz ish kuniga toʻxtatib turish haqidagi koʻrsatmani ijro etmaslik oqibatida operatsiyalarni oʻtkazish va (yoki) pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkdan foydalanish
2.
Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi axborotlarni oʻz vaqtida taqdim etmaslik, toʻliq taqdim etmaslik yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim qilish (har bir sub-koʻrsatkich boʻyicha alohida)
5
2.1.
Roʻyxatdagi shaxslar ishtirokidagi ruxsat berilgan operatsiyalarning oʻtkazilganligi va (yoki) ishga solmay toʻxtatilgan mablagʻlar yoki boshqa mol-mulkdan foydalanilganligi haqida xabar yubormaslik
2.2.
Amalga oshirish rad etilgan yoki toʻxtatilgan va (yoki) ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulklar hamda operatsiyani amalga oshirishga urinishlar toʻgʻrisida xabar yubormaslik
2.3.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan oʻtkazilayotgan moliyaviy tahlil yuzasidan yuborilgan soʻrovga belgilangan muddatda maʼlumotlarni toʻliq taqdim etmaslik, notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etish yoki muddatida taqdim etmaslik
2.4.
Alohida nazoratdagi moliyaviy tahlil boʻyicha yuborilgan soʻrovga belgilangan muddatda maʼlumotlarni toʻliq taqdim etmaslik, notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etish yoki oʻz muddatida taqdim etmaslik
2.5.
Shubhali operatsiyalar haqidagi xabarlarni rasmiylashtirish tartibini (maʼlumotlarni toʻliq kiritmaslik, notoʻgʻri maʼlumotlar kiritish va h.k.) buzgan holda yuborish
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining rasmiy sayti va (yoki) Departamentning avtomatlashtirilgan dasturiy mahsuloti yoxud elektron aloqa kanali orqali yuborilgan yuqori tavakkalchilik toifasidagi mijozlar reyestriga kiritilishi hamda zudlik bilan ijroga qaratilishi majburiy boʻlgan maʼlumotlarni oʻz vaqtida ijroga qabul qilmaslik va quyi tarmoqlarga yetkazmaslik
3.1.
Terrorchilar roʻyxati oʻzgarishiga va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish xavfi yuqori boʻlgan holatlar (terrorizmga oid jinoyatlar boʻyicha davlatlararo qidiruvdagi shaxslar roʻyxati — MDH Terrorizmga qarshi kurashish markazi qidiruv roʻyxati, Faol terrorchilik harakatlari olib borilayotgan hududlar roʻyxati va h.k.) oʻzgarishiga munosabat bildirmaslik, oʻzgartirilgan maʼlumotlarni oʻz vaqtida ijroga qaratmaslik, quyi boʻlimlar yoki xodimlarga yetkazmaslik
3.2.
Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha oʻttiz ish kuni muddatiga qadar operatsiyalarni toʻxtatish va (yoki) pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish boʻyicha koʻrsatmaga (oqibatlari mavjud boʻlmagan holatda) zudlik bilan munosabat bildirmaslik va ijroga yoʻnaltirmaslik
4.
Toʻxtatilgan operatsiyalarni tiklash, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyishni bekor qilish va ulardan foydalanishga ruxsat berishga doir talablarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik (har bir sub-koʻrsatkich boʻyicha alohida)
5
4.1.
Roʻyxatdagi shaxsga uning operatsiyasi toʻxtatilganligi va operatsiyani tiklash tartibi boʻyicha maʼlumot bermaslik
4.2.
Toʻxtatilgan operatsiyani tiklash boʻyicha arizani rasmiylashtirish va yuborish tartibiga rioya qilmaslik
4.3.
Ruxsat berilgan operatsiyalarni tiklash boʻyicha murojaat muallifiga xabar bermaslik
5.
Mijozlarni lozim darajada tekshirish yoki kuchaytirilgan tartibda mijozlarni lozim darajada tekshirishni amalga oshirmasdan operatsiyalarni asossiz toʻxtatish
5
5.1.
Roʻyxatdagi shaxslarga aloqador boʻlmagan operatsiyalarni asossiz toʻxtatish va (yoki) pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatish
5.2.
Tiklashga ruxsat berilgan Roʻyxatdagi shaxslarning operatsiyalarini oʻtkazmaslik
Jami ballar yigʻindisi
100
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Izoh: Asosiy koʻrsatkich tarkibidagi sub-koʻrsatkichlardan bittasi yoki bir nechtasi buzilsa ham, shu asosiy koʻrsatkich uchun belgilangan ball beriladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2026-y., 10/26/3872/0654-son)