24.06.2026 yildagi 321-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha xalqaro tajriba asosida bakalavrlar tayyorlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 28-apreldagi PF-73-son hamda “Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 5-fevraldagi PF-19-son farmonlari ijrosini taʼminlash, shuningdek, maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash tizimini xalqaro tajribalarga mos ravishda takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-son Farmoniga muvofiq davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida pedagog kadrlar tayyorlash sifatini tahlil qilish maqsadida talabalar bilimini tashqi diagnostika qilish hamda pedagogika oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarini kasbiy sertifikatlash tizimlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PF-19-son Farmoniga muvofiq maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha xalqaro tajribalarga mos ravishda tegishli bakalavrlar tayyorlash tizimini joriy etish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlar uchun haftada bir kun pedagogika oliy taʼlim tashkilotida, besh kun maktabgacha taʼlim tashkilotida toʻlov-shartnoma asosida maktabgacha taʼlim yoʻnalishida bakalavriat bosqichida dual taʼlim shaklida (keyingi oʻrinlarda — dual taʼlim) oʻqish joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim yoʻnalishida bakalavrlar tayyorlash jarayonida maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida zamonaviy koʻnikmalarni shakllantirish bilan birga jismoniy tarbiya mashgʻulotlarini oʻtkazish hamda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha zarur bilim va koʻnikmalar shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrlar tayyorlaydigan davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan bakalavr bosqichi talabalarining bilimlari har yili tasdiqlangan reja-jadval asosida tashqi diagnostikadan oʻtkazib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2028/2029 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetining, 2029/2030 oʻquv yilidan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarining xalqaro taʼlim dasturlari joriy etilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining bitiruvchi kurs talabalariga yakuniy davlat attestatsiyasi bilan birga oʻz xohishiga koʻra kasbiy sertifikatlash sinovlarida bepul ishtirok etish imkoniyati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dual taʼlim shaklida maktabgacha taʼlim bakalavriat taʼlim yoʻnalishida oʻqishga davlat va (yoki) nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida kamida uch yil davomida faoliyat yuritayotgan oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlar oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga oʻqishga qabul qilishning amaldagi tartibiga muvofiq oʻtkaziladigan test sinovlari asosida qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dual taʼlim shaklida maktabgacha taʼlim bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha qabul parametrlari hududlardagi ehtiyojdan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dual taʼlim shaklida maktabgacha taʼlim bakalavriat taʼlim yoʻnalishida pedagogika oliy taʼlim tashkilotlariga faqat tegishli hududdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dual taʼlim shaklida taʼlim jarayonlarini tashkil etishda talabalarning maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi amaliy faoliyatini metodik jihatdan taʼminlash, muvofiqlashtirish va baholash mexanizmlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dual taʼlim shaklida taʼlim olayotgan pedagoglar ishlab chiqarishdan ajralgan holda, malaka oshirish kurslariga jalb etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻrta maxsus maʼlumotli pedagoglarni dual taʼlim shaklida oʻqitish tizimini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dual taʼlim shaklida maktabgacha taʼlim bakalavriat taʼlim yoʻnalishida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladigan pedagogika oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim yoʻnalishida davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlarni dual taʼlim shaklida oʻqitishni tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim bakalavriat taʼlim yoʻnalishida kadrlar tayyorlash jarayonida maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida zamonaviy koʻnikmalarni shakllantirish bilan birga jismoniy tarbiya mashgʻulotlarini oʻtkazish hamda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha zarur bilim va koʻnikmalarni shakllantirishni nazarda tutuvchi oʻquv dasturlarini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida bakalavrlar tayyorlash sifatini tahlil qilish uchun talabalarning bilimlarini tasdiqlangan reja-jadval asosida tashqi diagnostikadan oʻtkazib borilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarining xalqaro taʼlim dasturlari joriy etilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining bitiruvchi kurs talabalariga yakuniy davlat attestatsiyasi bilan birga oʻz xohishiga koʻra kasbiy sertifikatlash sinovlarida bepul ishtirok etish imkoniyatini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E.G. Karimova zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 24-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
321-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 321-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻrta maxsus maʼlumotli pedagoglarni dual taʼlim shaklida oʻqitish tizimini tashkil etish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻrta maxsus maʼlumotli pedagoglar uchun dual taʼlim shaklida (bir kun pedagogika oliy taʼlim tashkilotida, besh kun maktabgacha taʼlim tashkilotida) (keyingi oʻrinlarda — dual taʼlim shakli) hududlardagi ehtiyojdan kelib chiqib, qabul parametrlarini shakllantirish.

1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlar tarkibini tahlil qilish.

2. Dual taʼlim shaklida oʻqish istagini bildirgan pedagoglar soni va maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash.

3. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga qabul parametrlarini shakllantirish boʻyicha taklif kiritish.

2026-yil iyul

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Oliy taʼlim tashkilotlariga qabul jarayonida dual taʼlim shaklidagi maktabgacha taʼlim yoʻnalishiga faqat tegishli hududdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida kamida uch yil davomida faoliyat yuritayotgan pedagoglar qabul qilinishini abituriyentlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish shartlariga kiritish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy veb-saytining texnik imkoniyatlarini kengaytirish.

2. Kamida uch yil davomida faoliyat yuritayotgan pedagoglar qabul qilinishini abituriyentlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish shartlariga kiritish.

2026-yil avgust

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Bilim va malakalarni baholash agentligi

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlari uchun dual taʼlim shaklida oʻquv jarayonini tashkil etish tartibini ishlab chiqish.

1. Oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlar uchun dual taʼlim shaklida oʻquv jarayonini tashkil etish tartibini ishlab chiqish.

Bunda pedagogika oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan oʻqitishning masofaviy va muqobil shakllaridan keng foydalanishni nazarda tutish.

2. Dual taʼlim shaklida oʻquv jarayonini tashkil etish tartibini tasdiqlash.

2026-yil avgust

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarida dual taʼlim shaklida oʻqitishning toʻlov-shartnoma miqdorlarini belgilash.

1. Dual taʼlim shaklida oʻqitishning toʻlov-shartnoma miqdorlarini hisob-kitob qilish.

2. Toʻlov-shartnoma miqdorlarini tasdiqlash.

2026-yil avgust

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlar uchun dual taʼlim shaklida bakalavrlar tayyorlashning oʻquv rejalari va dasturlarini tasdiqlash.

1. Dual taʼlim shaklida bakalavrlar tayyorlashning oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish.

Bunda maktabgacha taʼlim bakalavriat taʼlim yoʻnalishida kadrlar tayyorlash jarayonida maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida zamonaviy koʻnikmalarni shakllantirish bilan birga jismoniy tarbiya mashgʻulotlarini oʻtkazish hamda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha zarur bilim va koʻnikmalarga ega pedagoglarni tayyorlashni nazarda tutish.

2. Oʻquv rejalari va dasturlarini tasdiqlash va amaliyotga joriy etish.

2026-yil avgust

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Dual taʼlim shaklida oʻquv jarayonlarini tashkil etishda talabalarning maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi amaliy faoliyatini metodik taʼminlash, muvofiqlashtirish va baholash mexanizmlarini ishlab chiqish.

1. Dual taʼlim shaklida talabalarning maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi amaliy faoliyatini metodik taʼminlash, muvofiqlashtirish va baholash tartibini ishlab chiqish.

2. Ishlab chiqilgan tartibni tasdiqlash va amaliyotga joriy etish.

2026-yil avgust

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 321-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dual taʼlim shaklida maktabgacha taʼlim bakalavriat taʼlim yoʻnalishida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladigan pedagogika oliy taʼlim tashkilotlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Oliy taʼlim tashkiloti nomi

Oliy taʼlim tashkiloti joylashgan hudud

1.

Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti

Toshkent shahri

2.

Nukus davlat pedagogika instituti

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

3.

Andijon davlat pedagogika instituti

Andijon viloyati

4.

Buxoro davlat pedagogika instituti

Buxoro viloyati

5.

Jizzax davlat pedagogika universiteti

Jizzax viloyati

6.

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Qashqadaryo viloyati

7.

Namangan davlat pedagogika instituti

Namangan viloyati

8.

Navoiy davlat universiteti

Navoiy viloyati

9.

Samarqand davlat pedagogika instituti

Samarqand viloyati

10.

Kattaqoʻrgʻon davlat pedagogika instituti

Samarqand viloyati

11.

Guliston davlat pedagogika instituti

Sirdaryo viloyati

12.

Termiz davlat pedagogika instituti

Surxondaryo viloyati

13.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Toshkent viloyati

14.

Urganch davlat pedagogika instituti

Xorazm viloyati

15.

Qoʻqon davlat universiteti

Fargʻona viloyati

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 321-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 3-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2028/2029 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetining, 2029/2030 oʻquv yilidan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarining xalqaro taʼlim dasturlari joriy etilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining bitiruvchi kurs talabalariga yakuniy davlat attestatsiyasi bilan birga oʻz xohishiga koʻra kasbiy sertifikatlash sinovlarida bepul ishtirok etish imkoniyati yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda kasbiy sertifikatlash sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchiga mutaxassis oʻqituvchi lavozimida ishlash huquqini beruvchi kasbiy sertifikat beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchi talaba — Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagogika oliy taʼlim tashkilotlaridagi xalqaro taʼlim dasturlari joriy etilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining bitiruvchi bosqich talabalari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — kasbiy sertifikat olishga daʼvogar boʻlgan bitiruvchi talaba, davlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotidagi hamda avval kasbiy sertifikatlashda ishtirok etib, oʻta olmagan stajyor-oʻqituvchi, stajyor-tarbiyachi, psixolog yoki mutaxassis lavozimidagi, shuningdek, pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, egallab turgan lavozimiga muvofiq emas (oʻrta maxsus maʼlumotlilar) deb topilgan pedagog kadrlar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“bitiruvchi talaba tahsil olayotgan taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kasbiy sertifikatlashdan oʻtadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 71-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida pedagog kadrlar tayyorlash sifatini tahlil qilish maqsadida oʻtkazilgan talabalarning bilimlarini tashqi diagnostika qilish natijalariga koʻra taʼlim yoʻnalishi boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “pedagog kadrlar tayyorlash sifati belgilangan talablarga javob bermaydi” degan xulosasi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandi quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlar uchun dual taʼlim shaklida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga oʻqishga kirish uchun roʻyxatdan oʻtadigan abituriyentlar bir bosqichda — har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bunda abituriyentlar mazkur muddat davomida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi, taʼlim tili va test topshirish hududini tanlaydi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 09/26/321/0621-son)