05.02.2026 yildagi PF-19-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FARMONI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini ilgʻor xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, innovatsion maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini tashkil etish, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, shuningdek, bolalarni oʻyinga yoʻnaltirilgan taʼlim asosida milliy gʻurur va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual, maʼnaviy-axloqiy, ijodiy, jismoniy va har tomonlama yetuk shaxs boʻlib rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) taʼlim-tarbiya jarayonini ilgʻor tajribalarga muvofiq innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) sohaga xususiy sektorni keng jalb qilishni yanada qoʻllab-quvvatlash va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish uchun qoʻshimcha ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarining taʼlim dasturini majburiy umumiy oʻrta taʼlimning dastlabki bosqichi sifatida kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) maktabgacha taʼlim tizimida bolalarni tarbiyalash, rivojlantirish va ularga taʼlim berishni ijobiy munosabatlar orqali amalga oshirish maqsadida oʻyinga asoslangan taʼlimni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan va Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazini oʻz ichiga olgan “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarining taʼlim dasturlari maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta taʼlim maktablari va boshqa ijtimoiy soha obyektlarida toʻliq yoki qisqa muddatli guruhlarda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlariga bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarini tashkil etishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) maktabga tayyorlov guruhlarida taʼlim jarayonlari oliy maʼlumotli pedagoglar, shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi bosqich talabalari tomonidan olib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) maktabga tayyorlov guruhlarida taʼlim-tarbiya olgan bolalarga bir yillik maktabga tayyorlovdan oʻtganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi elektron sertifikat beriladi hamda ushbu maʼlumotlar umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomada qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2027/2028 oʻquv yiliga qadar bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarining taʼlim dasturi majburiy umumiy oʻrta taʼlimning dastlabki bosqichi sifatida kiritilishini inobatga olgan holda uning qayta koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026 — 2028-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida bittadan tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti sifatida faoliyat olib boradi hamda ilgʻor xorijiy tajribalar asosida oʻyinga asoslangan taʼlim va tarbiya jarayonlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) rahbar va pedagog xodimlari, jismoniy tarbiya yoʻriqchisi, musiqa rahbarlari, psixolog, tarbiyachi yordamchilarining tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida Davlat budjetidan har oylik qoʻshimcha ustama joriy etiladi. Bunda maʼmuriy-boshqaruv va pedagog xodimlar lavozimiga qabul qilish oliy maʼlumotli, yuqori salohiyatli nomzodlar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazlarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) bolalarning yoshi va rivojlanish bosqichlariga mos ravishda ijod va sanʼat, fan va matematika, jismoniy faollik va sarguzasht, til va tasavvur hamda robototexnika va ilk algoritmlash yoʻnalishlarida tematik oʻyingohlar tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) simulyatsion vaziyatlar orqali bolalarda kasblarga qiziqish uygʻotish, ekologik madaniyatni shakllantirish kabi yoʻnalishlar boʻyicha taʼlim-tarbiya jarayoni amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) sohaviy oliygoh, malaka oshirish va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda ilgʻor pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish yuzasidan tadqiqotlar olib boriladi, ularning natijalarini pedagoglar va ota-onalar oʻrtasida ommalashtirish boʻyicha choralar koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotiga qoʻshimcha ravishda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi lavozimlar kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) har bir “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotiga 1 ta shtat birligidan Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha direktor oʻrinbosari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) har bir tematik oʻyingoh uchun 1 ta shtat birligidan iborat tarbiyachi-yoʻriqchi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishgan holda 2026-yil 1-iyulga qadar quyidagilarni ishlab chiqsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 120 oʻringa moʻljallangan “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotining namunaviy loyihalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) maktabgacha taʼlim tashkiloti va umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti bir hududda joylashishini nazarda tutuvchi namunaviy loyihani.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarida maktabgacha va boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlarni tayyorlash xalqaro ilgʻor tajribalarga mos ravishda takomillashtirilgan taʼlim dasturlari asosida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlar uchun tegishli oliy taʼlim tashkilotlarida dual taʼlim shaklida (bir kun pedagogika oliy taʼlim tashkilotida, besh kun maktabgacha taʼlim tashkilotida) maktabgacha taʼlim yoʻnalishida toʻlov-shartnoma asosida bakalavrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi. Bunda taʼlim jarayonlarini tashkil etishda talabalarning maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi amaliy faoliyatini metodik taʼminlash, muvofiqlashtirish va baholash mexanizmlari joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) yangi tashkil etilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga, birinchi navbatda, oliy maʼlumotli tarbiyachilar ishga qabul qilinadi. Bunda belgilangan tartibda tasdiqlanadigan nizomga muvofiq tarbiyachilar tanlov asosida saralab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-apreldan boshlab maktabgacha taʼlim qamrovi 80 foizdan past boʻlgan tuman (shahar)lardagi (Toshkent shahri bundan mustasno) tadbirkorlik subyektlari uchun quyidagi imtiyozlar joriy etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining (koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan va qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar bundan mustasno) boʻsh yer maydonlarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida quyidagi qoʻshimcha imtiyoz va shartlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etishga ruxsat beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) ijara toʻlovlari 30 yil muddat davomida undirilmaydi va ushbu muddat tugagandan soʻng mazkur maktabgacha taʼlim tashkiloti davlat balansiga topshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) har bir bola uchun 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining bir nafar tarbiyalanuvchisiga sarflanadigan xarajatning 50 foizi miqdorida elektron davomat asosida davlat-xususiy sheriklik bitimi amal qilish muddati davomida subsidiya beriladi. Bunda mazkur imtiyoz Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi 80 foizdan past boʻlgan tuman (shahar)larda 2024-yildan boshlab tashkil etilayotgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ham tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) har bir bola uchun 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining bir nafar tarbiyalanuvchisiga sarflanadigan xarajatning 50 foizi miqdori har yili Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ushbu tuman (shahar)lardagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining boʻsh yer maydonlaridan boshqa joylarda quvvati 150 oʻrindan kam boʻlmagan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etadigan tadbirkorlik subyektlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 7 yilgacha muddatga yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 5 milliard soʻmgacha kredit mablagʻlari maktabgacha taʼlim tashkilotini 18 oygacha boʻlgan muddat ichida qurish sharti bilan beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turini oʻzgartirmaslik sharti bilan yer uchastkalari belgilangan tartibda auksion orqali ajratiladi. Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan har yili 1-aprelga qadar demografik oʻsish, aholi joylashuvi va zichligini inobatga olgan holda maqbul yer uchastkalari roʻyxati eʼlon qilib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati yoʻlga qoʻyilgandan soʻng tarbiyachilarga oylik ish haqi toʻlash xarajatlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi tarbiyachilar uchun belgilangan miqdorda uch yil davomida elektron davomat asosida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi. Bunda har 30 nafar tarbiyalanuvchi uchun bir shtat birligi miqdorida tarbiyachi hisobga olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) mazkur bandning “b” kichik bandidagi imtiyozlar davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) maktabgacha taʼlim qamrovi 80 foizdan past boʻlgan tuman (shahar)lar roʻyxati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi hamda ushbu roʻyxat har moliyaviy yil uchun yangilab boriladi. Bunda roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan 3 — 7 yoshli bolalarning umumiy soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga asoslangan holda shakllantiriladi va ushbu maʼlumotlar haqqoniyligiga mazkur qoʻmita javobgar hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mazkur Farmonning 9-bandi “b” kichik bandi “i” va “iii” xatboshilaridagi imtiyozlar 2026-yil 1-apreldan boshlab respublikaning barcha hududlarida quriladigan yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etadigan tadbirkorlarga ham tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyat hokimlari mazkur Farmonning 9-bandi “b” kichik bandi “ii” xatboshisining sifatli ijrosini taʼminlashga shaxsan masʼul va javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq qoʻmitasi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilar yuzasidan Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) maktabgacha taʼlim qamrovi 80 foizdan past boʻlgan tuman (shahar)lardagi (Toshkent shahri hamda viloyatlar markazlari bundan mustasno) maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining boʻsh yer maydonlaridan boshqa joylarda quvvati 150 oʻrindan kam boʻlmagan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etadigan (davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlari bundan mustasno) tadbirkorlik subyektlariga 2030-yil 1-yanvarga qadar ijtimoiy soliq stavkasini nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti litsenziya olgandan keyin uch yil davomida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) maktabgacha taʼlim qamrovi 70 — 80 foiz oraligʻida boʻlgan tuman (shahar)lardagi tadbirkorlik subyektlariga — 5 foiz etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) maktabgacha taʼlim qamrovi 70 foizdan past boʻlgan tuman (shahar)lardagi tadbirkorlik subyektlariga — 1 foiz etib belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi 80 foizdan past boʻlgan tuman (shahar)larda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlarining amalda faoliyat koʻrsatayotgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun mazkur imtiyozni mos ravishda tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026-yil 1-apreldan boshlab respublikaning barcha hududlarida quriladigan yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etadigan (davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlari bundan mustasno) tadbirkorlik subyektlariga 2030-yil 1-yanvarga qadar ijtimoiy soliq stavkasini nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti litsenziya olgandan keyin uch yil davomida 5 foiz etib belgilash va ushbu imtiyozni faqat koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatida tashkil etiladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga nisbatan qoʻllash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026 — 2028-yillarda “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Hududiy pedagogik mahorat markazlari balansidagi sobiq pedagogika kollejlari negizida tashkil etiladigan va qoʻshimcha oʻrin yaratiladigan taʼlim tashkilotlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab mazkur Farmonga 3-ilovada belgilangan umumiy oʻrta taʼlim maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab va davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2027-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) maktabgacha taʼlim qamrovini oshirish maqsadida har yili 5 ming oʻrindan kam boʻlmagan qoʻshimcha quvvat yaratish nazarda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotlari binolarini qurish, jihozlash va hududlarini obodonlashtirish ishlari nazarda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mazkur Farmonda belgilangan tadbirlar xarajatlari 2026-yilda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi, 2027-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Belgilansinki, 2030-yilga qadar maktabgacha taʼlim sohasida qoʻshimcha quvvatlarni yaratish, shu jumladan, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida imtiyozli kredit resurslari va subsidiyalar ajratish uchun budjet mablagʻlari hisobidan 200 million AQSH dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi mablagʻlar yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 2026-yildan boshlab mahalliy budjet mablagʻlari doirasida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining yordamchi binolarini (yozgi ayvoncha, oshxona, hojatxona va atrofini oʻrash) qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha har yillik hududiy dastur ishlab chiqib tasdiqlasin hamda ijrosini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yildan boshlab har yili 1-dekabrga qadar mazkur Farmonda nazarda tutilgan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligi yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazib, Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026 — 2030-yillarda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun Markaziy bankning asosiy stavkasidan toʻrt foizlik punkt yuqori stavkada kreditlar ajratish uchun zarur mablagʻlarni tijorat banklariga amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda ajratib borish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda ushbu Farmonning 9-bandida nazarda tutilgan imtiyozlarni taqdim etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E.G. Karimova belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 5-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-19-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PF-19-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish hamda qonunchilikni takomillashtirish

1.

Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi va taʼlimiga oid talablarni takomillashtirish.

1. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi va taʼlimiga oid talablarni amaliyotchi mutaxassislar ishtirokida qayta koʻrib chiqish.

2026-yil aprel

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova)

2. Maktabgacha taʼlimning oʻquv dasturi tarkibiga takomillashtirilgan talablarni kiritib, qayta tasdiqlash.

2026-yil iyun

2.

“Ilk qadam” oʻquv dasturini maktabgacha taʼlim tashkilotlarida keng joriy etish.

1. Xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda “Ilk qadam” oʻquv dasturini joriy etish boʻyicha mentor-trenerlarni tayyorlash.

Bunda maktabgacha taʼlim tashkilotlari va hududiy Pedagogik mahorat markazlarining malakali pedagoglari jalb qilish.

2026-yil aprel

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova)

2. “Ilk qadam” oʻquv dasturini maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari tomonidan amaliyotga joriy etish boʻyicha kaskad usulida treninglar tashkil etish.

2026-yil may — avgust

3.

3 yoshgacha boʻlgan bolalarni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

1. Bolalarning ilk yoshidan jismoniy, aqliy, hissiy va ijtimoiy rivojlanishini taʼminlash maqsadida 3 yoshgacha boʻlgan bolalarni rivojlantirish dasturi loyihasini ishlab chiqish.

2027-yil mart

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova),

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(M. Olloyorov)

2. 3 yoshgacha boʻlgan bolalarni rivojlantirish dasturini tajriba-sinovdan oʻtkazish.

2027-yil sentabr

3. 3 yoshgacha boʻlgan bolalarni rivojlantirish dasturini tasdiqlash.

2027-yil dekabr

4.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va ota-onalar oʻrtasida samarali hamkorlik oʻrnatish, bolalarni zararli taʼsirlardan himoya qilish va ularni tarbiyalashda ota-onalarga psixologik va uslubiy yordam koʻrsatish maqsadida “Onalar maktabi” loyihasini amalga oshirish.

1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va ota-onalar oʻrtasida samarali hamkorlik oʻrnatish, bolalar tarbiyasida ota-onalarga psixologik va uslubiy yordam koʻrsatish maqsadida “Onalar maktabi” loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

(a) bolaning rivojlanishiga qaratilgan muhit yaratish boʻyicha maktabgacha taʼlim tashkilotlari va ota-onalar uchun tavsiyalar ishlab chiqish;

(b) ota-onalar uchun bola tarbiyasida muhim boʻlgan ilmiy asoslangan maʼlumotlarni vizual va qisqa videokontent koʻrinishida yaratish.

2026-yil may

Ijrochilarning oʻz mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov)

2. “Onalar maktabi” loyihasi doirasida yaratilgan kontentlarni keng jamoatchilikka yetkazib borish.

2026-yil iyundan boshlab

 

3. Maktabgacha, umumiy oʻrta va oliy taʼlim tashkilotlarida psixologik qoʻllab-quvvatlashni samarali tashkil etish, pedagoglar hamda ota-onalarga tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida Psixologiya ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish.

2026-yil iyul

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

5.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻyinga asoslangan taʼlim jarayonini joriy etish boʻyicha “Bola, oʻyin va pedagog” loyihasini amalga oshirish.

1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻyinga asoslangan taʼlimni joriy etish boʻyicha yangi metodikani davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tajriba-sinovdan oʻtkazish.

2026-yil aprel

Belgilangan tartibda jalb qilingan xalqaro tashkilotlar mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻyinga asoslangan taʼlimni joriy etish boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil avgust

3. “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlari oʻquv-reja dasturlariga oʻyinga asoslangan taʼlim faoliyatini tashkil etish boʻyicha mavzular kiritish.

2026/2027 oʻquv yili

6.

Maktabga tayyorlov bosqichini umumiy oʻrta taʼlim tarkibiga kiritish yuzasidan qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

1. Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi hamda “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi qonunlariga maktabga tayyorlov bosqichini umumiy oʻrta taʼlim tarkibiga kiritish boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil mart

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. Qonun loyihasini belgilangan tartibda kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil aprel

II. Pedagog kadrlar salohiyatini oshirish

7.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari psixologlari uchun pedagog xodimlarning kasbiy motivatsiya darajasini oshirish hamda emotsional holatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan treninglar tashkil etish.

1. Pedagog xodimlarning kasbiy motivatsiya darajasini oshirish va emotsional holatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan treninglarni oʻtkazish reja-jadvali va dasturini tasdiqlash.

2026-yil mart

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova)

2. Pedagog xodimlar kasbiy motivatsiya darajasini oshirish va emotsional holatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan treninglarni har bir hududda bosqichma-bosqich oʻtkazish.

Reja-jadval asosida har yili

3. Pedagog xodimlarning emotsional barqarorligini taʼminlash uchun videomahsulotlar (podkast va boshqalar) tayyorlash.

2026-yil davomida

8.

Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari oʻrtasida “Yilning eng namunali tarbiyachisi” tanlovini tashkil etish.

1. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha nizom loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil aprel

Ijrochilarning oʻz mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Tasdiqlangan nizom asosida tanlovni oʻtkazish.

Belgilangan muddatda

9.

Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha xalqaro tajribalarga mos ravishda bakalavrlar tayyorlash tizimini joriy etish.

1. Maktabgacha taʼlim yoʻnalishida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

(a) maktabgacha taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisligining taʼlim dasturlarini xalqaro tajribalar asosida takomillashtirish. Bunda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida zamonaviy koʻnikmalarni shakllantirish bilan birga jismoniy tarbiya boʻyicha mashgʻulotlar olib borish hamda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish kabi zarur bilim va koʻnikmalarni egallagan pedagoglarni tayyorlashni nazarda tutish;

(b) maktabgacha taʼlim yoʻnalishida davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlar uchun dual taʼlim shaklida (bir kun pedagogika oliy taʼlim tashkilotida, besh kun maktabgacha taʼlim tashkilotida) toʻlov-shartnoma asosida maktabgacha taʼlim yoʻnalishida bakalavrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish;

(v) dual taʼlim shaklida (bir kun pedagogika oliy taʼlim tashkilotida, besh kun maktabgacha taʼlim tashkilotida) taʼlim jarayonlarini tashkil etishda talabalarning maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi amaliy faoliyatini metodik taʼminlash, muvofiqlashtirish va baholash mexanizmlarini joriy etish.

2026-yil aprel

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha xalqaro tajribalarga mos ravishda bakalavrlarni tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab

10.

Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish.

1. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy rivojlanishini taʼminlashga qoʻshimcha sharoitlar yaratish maqsadida “Tarbiyachi” taʼlimni boshqarish platformasini (LMS) yaratish.

2026-yil dekabr

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

2. Zamonaviy pedagogik metodikalar, innovatsion taʼlim texnologiyalariga oid videodarslar, uslubiy qoʻllanmalar, testlar hamda interfaol mashgʻulotlarni ishlab chiqish va ularni “Tarbiyachi” LMS platformasiga joylashtirish.

2027-yil mart

III. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish

11.

Ota-onalar va maktabgacha taʼlim tashkilotlari oʻrtasida raqamli axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida xodimlar va tarbiyalanuvchilarning elektron davomatini yuritishga moʻljallangan mobil dasturni barcha davlat bogʻchalarida amaliyotga joriy etish.

2026-yil aprel

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

2. Xodimlarning ish vaqti tabelini elektron shaklda hisoblash, tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat xarajatlarini natura shaklida hisoblash jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish.

2026-yil may

3. Ota-onalar badal toʻlovlarini nazorat qilish va monitoringini yuritish, shuningdek, ularning taʼlim jarayoni, sogʻligʻi, ovqatlanishi va kunlik mashgʻulotlari toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etish imkonini beruvchi mobil ilova texnik topshirigʻini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.

2026-yil avgust

4. Texnik topshiriq asosida belgilangan tartibda mobil ilova yaratish va Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida amaliyotga joriy etish, shuningdek, bosqichma-bosqich barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarida mobil ilovadan foydalanishni yoʻlga qoʻyish.

2026-yil dekabrdan boshlab

12.

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlarini qayta koʻrib chiqish.

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlarini qayta koʻrib chiqqan holda tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda ota-onalar toʻlovi bazaviy hisoblash miqdoriga bogʻlangan holda belgilanishini nazarda tutish.

2026-yil aprel

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

13.

Aholiga sifatli maktabgacha taʼlim xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha qoʻshimcha qulayliklar yaratish.

1. Hududlarda namunaviy loyiha andozasidan kelib chiqib 2026 — 2028-yillarda qoʻshimcha “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish.

2. Hududlar va massivlarda yangi koʻp qavatli binolar qurilishida kelgusida ularda yashovchi oilalar farzandlari uchun mutanosib ravishda har bir xonadon hisobidan kamida bir nafar bola oʻrni yaratilishini nazarda tutgan holda maktabgacha taʼlim tashkilotlari barpo etilishini taʼminlash.

2026 — 2028-yillar davomida

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PF-19-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026 — 2028-yillarda “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hudud nomi

Umumiy soni

shundan

2026-yil

2027-yil

2028-yil

Jami

14

2

6

6

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1

1

2.

Andijon viloyati

1

1

3.

Buxoro viloyati

1

1

4.

Jizzax viloyati

1

1

5.

Qashqadaryo viloyati

1

1

6.

Navoiy viloyati

1

1

7.

Namangan viloyati

1

1

8.

Samarqand viloyati

1

1

9.

Surxondaryo viloyati

1

1

10.

Sirdaryo viloyati

1

1

11.

Toshkent viloyati

1

1

12.

Fargʻona viloyati

1

1

13.

Xorazm viloyati

1

1

14.

Toshkent shahri

1

1

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PF-19-son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy pedagogik mahorat markazlari balansidagi sobiq pedagogika kollejlari negizida tashkil etiladigan va qoʻshimcha oʻrin yaratiladigan taʼlim tashkilotlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Pedagogik mahorat markazlari

Sobiq pedagogika kolleji nomi

Quvvati

Yangi tashkil etilayotgan va qoʻshimcha oʻrin yaratilayotgan taʼlim tashkiloti

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi pedagogik mahorat markazi

Toʻrtkoʻl pedagogika kolleji

720

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

2.

Andijon viloyati pedagogik mahorat markazi

Asaka pedagogika kolleji

1 200

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

3.

Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi

Zomin pedagogika kolleji

540

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi va davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti

4.

Namangan viloyati pedagogik mahorat markazi

Namangan pedagogika kolleji

1 065

Namangan davlat pedagogika institutiga qoʻshimcha bino

5.

Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi

Toyloq pedagogika kolleji

720

Ixtisoslashtirilgan maktab

6.

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi

Angor pedagogika kolleji

735

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi va davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti

7.

Fargʻona viloyati pedagogik mahorat markazi

Margʻilon pedagogika kolleji

1 250

Fargʻona davlat universitetiga qoʻshimcha bino

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PF-19-son Farmoniga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-79-son Farmoniga 3-ilova “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari” blokidan keyin “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotlari” bloki bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-152-son Farmonining 7-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) birinchi xatboshidagi “tajriba-sinov tariqasida har bir tuman (shahar)dagi bittadan” soʻzlari “ehtiyojdan kelib chiqqan holda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda inklyuziv taʼlim guruhlarini ochish Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-16-son Farmoniga 15-ilovaning 18-pozitsiyasi “2025” hamda “IV chorak” ustunlaridagi “960 000” raqami “150 000” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi PF-231-son Farmoniga 5-ilovaning 1-2-pozitsiyalari “Ijro muddati” ustunidagi “2026-yil yanvar” soʻzlari “2026-yil iyun” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “2026 — 2030-yillarga moʻljallangan Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-256-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 8-bandning “b” kichik bandi “vazirlik va idoralar” soʻzlaridan keyin “(Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 1-boʻlim quyidagi mazmundagi 311, 312 va 651-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

311.

311.

Gʻuzor tumani

Gʻuzor tuman 1-son texnikumi

312.

312.

Gʻuzor tumani

Gʻuzor tuman 2-son texnikumi

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

651

651

Qarshi tumani

Qarshi tuman 2-son texnikumi

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 9-boʻlim nomidan “(Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) 200 — 202, 204, 206 — 210, 213 — 225, 227 — 237, 240, 243 — 246, 249, 254, 255, 257-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-banddan “, ixtisoslashtirilgan” soʻzi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3651-son qaroriga 1-ilovaning 93-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“93. Xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini moddiy taʼminlash shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi xususiy sherik tashabbusi bilan tanlov oʻtkazilmay va taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish asosida u bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyati, shu jumladan, koʻp kvartirali uy-joylarning noturar qavatlarida va/yoki yuridik yoki jismoniy shaxslarga qarashli noturar binolarni ijaraga olish orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noturar koʻchmas mulk ijara shartnomasi soliq organlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimida hisobga qoʻyilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga olinayotgan obyekt davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim maktabiga tegishli yer maydoni va bino-inshootlarida tashkil etilmagan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim amal qilish davrida ijara shartnomasi bekor boʻlgan yoki ijara muddati tugagan taqdirda, Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ajratiladigan subsidiya vaqtincha toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat-xususiy sheriklikning mazkur shakli 75 nafardan kam boʻlmagan bola oʻrnini yaratishni nazarda tutuvchi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-346-son qarori 7-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. Toshkent shahri, Yunusobod tumani, “Otchopar-1” MFY, Darvozakent koʻchasi, 60-uy manzilidagi bino-inshootlar Markazga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida islohotlarni jadallashtirish va eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-290-son qarorining 9-bandidagi “oilaviy” soʻzi “davlat-xususiy sheriklik asosidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 06/26/19/0118-son)