Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi “Aholini kuz-qish mavsumlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan barqaror taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-108-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Surxondaryo viloyatida issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirish, tadbirkorlar uchun qulay biznes muhitini yaratish maqsadida qaror qilaman:
2. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul (va shaxsan javobgar) etib Bosh vaziri oʻrinbosari J.A. Xodjayev, qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abdurahmonov, Surxondaryo viloyati hokimi U.B. Qosimov belgilansin.
3. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 17-iyun,
PQ-230-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-iyundagi PQ-230-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi “Aholini kuz-qish mavsumlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan barqaror taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-108-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 3-band quyidagi mazmundagi “v” — “k” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“(v) “Surxon-Agro” zonasining hududiga kiritilgan yer uchastkalari Surxondaryo viloyati hokimining qaroriga asosan Direksiyaga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi. Bunda yer fondi toifasi oʻzgartiriladigan yer uchastkalari, belgilangan tartibda yer fondi toifasi oʻzgartirilgandan soʻng ajratiladi;
(g) “Surxon-Agro” zonasi hududining master rejasi (keyingi oʻrinlarda — master reja) Direksiya buyurtmachiligida ishlab chiqiladi;
(d) master rejaga asosan:
(i) umumiy foydalanishdagi yer uchastkalari Direksiyaning doimiy foydalanishida qoladi;
(ii) issiqxonalar joylashtirilishi nazarda tutilgan yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilishidan oldin tuman hokimligi tasarrufiga qaytariladi va “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-apreldagi PF-68-son Farmonining 2-bandiga muvofiq elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi, ushbu yerlarda tasdiqlangan master rejada nazarda tutilgan issiqxonalarni kapital inshootlar yoki yengil turdagi qurilmalar (konstruksiyalar) shaklida qurishga (joylashtirishga) va ushbu issiqxona majmualaridan yer uchastkasining ijara huquqi bilan birga garov taʼminoti sifatida foydalanishga ruxsat beriladi;
(j) Kadastr agentligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligiga master rejaga asosan “Surxon-Agro” zonasi hududiga kiritilgan yerlarning konturlari soni, kontur chegarasi va yer turiga sugʻoriladigan yerlarning umumiy hajmini saqlab qolgan holda oʻzgartirish kiritish va ushbu oʻzgartirishlarni Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotga kiritish huquqi beriladi;
(z) har bir lot boʻyicha elektron onlayn auksion savdolari dastlab Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan tartibda Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlaridagi issiqxona xoʻjaliklari egalari ishtirok etadigan tanlov asosidagi auksion shaklida oʻtkaziladi, ushbu savdolarda oʻn besh kun ichida gʻolib aniqlanmagan taqdirda, lotlar barcha ishtirok etadigan ochiq elektron onlayn auksion savdolariga oʻtkaziladi;
(i) elektron onlayn auksion gʻolibi Direksiya bilan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya bitimi tuzish huquqiga ega boʻladi, investitsiya bitimi tuzilgan paytdan boshlab ushbu bitimning amal qilish muddatiga qadar “Surxon-Agro” zonasi ishtirokchisi maqomiga ega boʻladi, investitsiya bitimida Direksiya bilan umumiy foydalanishdagi hududlar va obyektlarni saqlash uchun qiymati xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi qarori bilan belgilanadigan miqdordagi yigʻimni Direksiyaga toʻlash majburiyati nazarda tutiladi, ushbu shartlar elektron onlayn auksion natijalari boʻyicha tuziladigan yer ijarasi shartnomasida koʻrsatiladi;
(k) “Surxon-Agro” zonasi ishtirokchilariga issiqxonalarni sanoatlashtirilgan plantatsiyalar shaklida tashkil etishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-apreldagi PF-68-son Farmonida belgilangan sanoatlashgan plantatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash choralari toʻliq tatbiq etiladi”.
2. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Direksiya faoliyatini tashkil etish uchun zarur boʻlgan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, asbob-uskunalar, maxsus texnika va avtotransport vositalari bilan taʼminlash hamda binosini jihozlash, master reja ishlab chiqish maqsadida Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi va Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasidan 5 milliard soʻmdan mablagʻlar ajratilsin. Bunda Direksiyaning tashkiliy tuzilmasi, xodimlarning cheklangan soni va nizomi Surxondaryo viloyati hokimi tomonidan tasdiqlanadi”.
3. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Surxondaryo viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda master rejaga asosan agrologistika markazi, ishchilar uchun turar joy obyektlari hamda umumiy foydalanishdagi infratuzilma obyektlarini barpo etish uchun zarur yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga belgilangan tartibda kiritsin. Bunda ushbu yer uchastkalari uchun qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlovlarni oʻn yil davomida teng ulushlarda boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi”.
4. Ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida “Surxon-agro” erkin iqtisodiy zonasini tashkil qilish uchun ajratiladigan yer maydonlari
Mahalla fuqarolar yigʻini nomi | Konturlar soni | Yer uchastkasidan foydalanuvchi | Massivning jami yer maydoni | Shundan: | Toifasi oʻzgarayotgan yer uchastkasi maydoni | Toifasi oʻzgarayotgan yer uchastkasi kontur raqami | Yer maydonining oʻrtacha boniteti bali | |
sugʻoriladigan | boshqa yerlar | |||||||
Oltin voha | 63 | Tuman hokimligi zaxirasida | 940 | 857,7 | 82,3 | 27,2 | 971, 777q | 36,8 |
”. | ||||||||
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2026-y., 07/26/230/0613-son)