25.03.2026 yildagi PQ-108-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini kuz-qish mavsumlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada yashil iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish, shuningdek, issiqxonalarni tabiiy-iqlim sharoitiga qulay bo‘lgan hududlarda agropark usulida rivojlantirish orqali energiya resurslarini tejash maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Asosiy maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar 2026 — 2027-yillarda respublikada issiqxonalar faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida kamida 940 gektar maydonda zamonaviy issiqxona majmualarini joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) energiya tejamkor va muqobil energiya manbalariga asoslangan isitish tizimlari ulushini kamida 50 foizga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) atmosfera havosiga zararli tashlamalar tashlayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini bosqichma-bosqich kamaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Issiqxonalar faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Ekologiya qo‘mitasi) hamda Surxondaryo viloyati hokimligining Surxondaryo viloyati tabiiy-iqlim sharoitlaridan unumli foydalanish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mazkur qarorga ilovaga muvofiq Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida “Surxon-Agro” erkin iqtisodiy zonasini (keyingi o‘rinlarda — “Surxon-Agro” zonasi) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “Surxon-Agro” zonasini rivojlantirish va boshqarish uchun davlat muassasasi shaklida “Surxon-Agro” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) “Surxon-Agro” zonasining faoliyat ko‘rsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “Surxon-Agro” zonasining faoliyat ko‘rsatish muddati mobaynida uning ishtirokchilariga erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun belgilangan alohida soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) “Surxon-Agro” zonasining hududiga kiritilgan yer uchastkalari Surxondaryo viloyati hokimining qaroriga asosan Direksiyaga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi. Bunda yer fondi toifasi o‘zgartiriladigan yer uchastkalari, belgilangan tartibda yer fondi toifasi o‘zgartirilgandan so‘ng ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) “Surxon-Agro” zonasi hududining master rejasi (keyingi o‘rinlarda — master reja) Direksiya buyurtmachiligida ishlab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) master rejaga asosan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) umumiy foydalanishdagi yer uchastkalari Direksiyaning doimiy foydalanishida qoladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) issiqxonalar joylashtirilishi nazarda tutilgan yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilishidan oldin tuman hokimligi tasarrufiga qaytariladi va “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-apreldagi PF-68-son Farmonining 2-bandiga muvofiq elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi, ushbu yerlarda tasdiqlangan master rejada nazarda tutilgan issiqxonalarni kapital inshootlar yoki yengil turdagi qurilmalar (konstruksiyalar) shaklida qurishga (joylashtirishga) va ushbu issiqxona majmualaridan yer uchastkasining ijara huquqi bilan birga garov ta’minoti sifatida foydalanishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) Kadastr agentligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligiga master rejaga asosan “Surxon-Agro” zonasi hududiga kiritilgan yerlarning konturlari soni, kontur chegarasi va yer turiga sug‘oriladigan yerlarning umumiy hajmini saqlab qolgan holda o‘zgartirish kiritish va ushbu o‘zgartirishlarni Yer resurslarining holati bo‘yicha milliy hisobotga kiritish huquqi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) har bir lot bo‘yicha elektron onlayn auksion savdolari dastlab Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan tartibda Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlaridagi issiqxona xo‘jaliklari egalari ishtirok etadigan tanlov asosidagi auksion shaklida o‘tkaziladi, ushbu savdolarda o‘n besh kun ichida g‘olib aniqlanmagan taqdirda, lotlar barcha ishtirok etadigan ochiq elektron onlayn auksion savdolariga o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) elektron onlayn auksion g‘olibi Direksiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya bitimi tuzish huquqiga ega bo‘ladi, investitsiya bitimi tuzilgan paytdan boshlab ushbu bitimning amal qilish muddatiga qadar “Surxon-Agro” zonasi ishtirokchisi maqomiga ega bo‘ladi, investitsiya bitimida Direksiya bilan umumiy foydalanishdagi hududlar va obyektlarni saqlash uchun qiymati xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi qarori bilan belgilanadigan miqdordagi yig‘imni Direksiyaga to‘lash majburiyati nazarda tutiladi, ushbu shartlar elektron onlayn auksion natijalari bo‘yicha tuziladigan yer ijarasi shartnomasida ko‘rsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(k) “Surxon-Agro” zonasi ishtirokchilariga issiqxonalarni sanoatlashtirilgan plantatsiyalar shaklida tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-apreldagi PF-68-son Farmonida belgilangan sanoatlashgan plantatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash choralari to‘liq tatbiq etiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-iyundagi PQ-230-sonli qaroriga asosan “v” — “k” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2026-y., 07/26/230/0613-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Direksiya faoliyatining ustuvor yo‘nalishi va asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) issiqxonalarda zamonaviy, energiya tejamkor va raqamli agrotexnologiyalarni joriy etish, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, tomchilatib sug‘orish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, davlat-xususiy sheriklik asosida klaster va kooperatsiya modelini rivojlantirish hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) issiqxona xo‘jaliklariga “yagona darcha” tamoyili asosida muhandislik tarmoqlariga ulanish, eksport hujjatlarini rasmiylashtirish hamda davlat subsidiyalarini olish jarayonlarini to‘liq amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) talabgor tadbirkorlar tomonidan mahsulotlarni saralash, qadoqlash va sovitish omborlarini o‘z ichiga olgan zamonaviy agrologistika markazini tashkil etish loyihalari amalga oshirilishiga ko‘maklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Direksiya faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha mas’ul organ hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Direksiya faoliyatini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, asbob-uskunalar, maxsus texnika va avtotransport vositalari bilan ta’minlash hamda binosini jihozlash, master reja ishlab chiqish maqsadida Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi va Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamg‘armasidan 5 milliard so‘mdan mablag‘lar ajratilsin. Bunda Direksiyaning tashkiliy tuzilmasi, xodimlarning cheklangan soni va nizomi Surxondaryo viloyati hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-iyundagi PQ-230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2026-y., 07/26/230/0613-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Direksiya issiqxonalarda o‘rnatilgan isitish tizimlarining ekologik normalarga mosligini doimiy monitoring qilish hamda nosoz isitish uskunalaridan foydalanishni cheklash bo‘yicha Ekologiya qo‘mitasiga takliflar kiritib borilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, Direksiya doimiy tarzda o‘zini o‘zi moliyalashtirish tamoyili asosida tashkil etiladi va uning daromadlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) issiqxona xo‘jaliklariga ko‘rsatiladigan agrotexnik, yetishtirilgan mahsulotlarni bozorlarga yetkazish (saralash, qadoqlash, sovitish omborlarida saqlash) va konsalting xizmatlari uchun to‘lovlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) yetishtirilgan mahsulotni ichki va tashqi bozorlarda sotishdan olinadigan vositachilik (distribyutorlik) ajratmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Direksiya balansidagi bino va inshootlarni hamda yer maydonlarini ijaraga berish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini boshqarishdan tushadigan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) xalqaro moliya institutlari va xorijiy donor tashkilotlarning grantlari hamda texnik ko‘mak mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Direksiyaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan foizlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) 2027-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Surxondaryo viloyati hokimligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ikki oy muddatda mazkur qarorga ilovada nazarda tutilgan hududda joylashgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yerlar toifasiga kiruvchi jami 940 gektar yer maydonini xatlovdan o‘tkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) uch oy muddatda “Surxon-Agro” zonasi tarkibiga kiritiladigan yerlarning chegaralari aniq belgilanishini va belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Surxondaryo viloyati hokimligi bir oy muddatda Surxondaryo viloyati erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi bilan birgalikda Direksiya faoliyatini tashkil etish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Surxondaryo viloyati hokimligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2026-yil 1-apreldan boshlab “Surxon-Agro” zonasi hududidagi yer maydonlarini tekislash va tizimli ravishda agrotexnik ishlov berish hamda irrigatsiya tarmoqlarini sozlash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Issiqxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Belgilansinki, “Surxon-Agro” zonasi hududida faoliyat olib boradigan issiqxona xo‘jaliklariga quyidagi imtiyoz va preferensiyalar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) yer uchastkalari tadbirkorlarga elektron onlayn auksion orqali ijaraga berilganda 5 yil davomida ijara to‘lovining nol stavkasi qo‘llanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) issiqxonalarni sug‘orish va texnologik jarayonlar uchun ishlatiladigan oqova va yerosti suvlari uchun to‘lovlardan 3 yil muddatga ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) anomal sovuq ob-havo sharoitlari davrida (Gidrometeorologiya xizmati agentligining havo harorati keskin pasayishi to‘g‘risidagi ma’lumotlari asosida), istisno tariqasida, belgilangan ekologik talablarga rioya qilgan holda ko‘mir yoqishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Surxondaryo viloyati hokimligi uch oy muddatda belgilangan tartibda zaxiraga qaytarilgan yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqi bilan Direksiyaga ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-iyundan boshlab 2028-yil 1-iyunga qadar ishlab chiqarilgan mahsulotni “Surxon-Agro” zonasi ishtirokchilari o‘rtasida kooperatsiya asosida kafolatli sotish hamda muhandislik infratuzilmasiga ulanish to‘lovlarsiz amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi tadbirkorlik subyektlariga ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalari ixtiyoriy ravishda tuman hokimligining tasarrufidagi bo‘sh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olinganda ushbu yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-18-son Farmoniga asosan belgilangan tartibda elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Iqtisodiyot va moliya vazirligi uch oy muddatda 2027-yil 1-yanvardan boshlab “Surxon-Agro” zonasi hududida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini dastlabki uch yil davomida Surxondaryo viloyatidan respublikaning boshqa hududlariga avtomobil va temir yo‘l transporti orqali tashish hamda keyingi uch yil muddatda esa, belgilangan tariflarga 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llash bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. “Surxon-Agro” zonasida infratuzilmani yaxshilash chora-tadbirlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Surxondaryo viloyati hokimligi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘zsuvta’minot” AJ hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mazkur qarorning ilovasi bilan tasdiqlangan hudud doirasida joylashtiriladigan obyektlarni tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlar (ruxsatnomalar)ni qonunchilikda belgilangan tartibda qisqa muddatlarda berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish imkoni mavjud bo‘lmagan issiqxonalar uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan “Surxon-Agro” zonasi hududiga tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini o‘tkazish bo‘yicha tezkor choralarni ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Surxondaryo viloyati hokimligi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zsuvta’minot” AJ bilan birgalikda uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Direksiya tasarrufiga ajratiladigan 940 gektar hududni suv bilan ta’minlash uchun maqbul yerusti suv manbasini tanlab olish orqali qonunchilikda belgilangan tartibda suv olish huquqini beruvchi texnik shartlar (ruxsatnomalar) rasmiylashtirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) hududda suv olish inshootlarini (quduqlarni) burg‘ilash uchun maxsus ruxsatnomalar soddalashtirilgan tartibda 5 ish kuni muddatida rasmiylashtirilishi ta’minlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Surxondaryo viloyati hokimligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda master rejaga asosan agrologistika markazi, ishchilar uchun turar joy obyektlari hamda umumiy foydalanishdagi infratuzilma obyektlarini barpo etish uchun zarur yer uchastkalarining yer fondi toifasini o‘zgartirish bo‘yicha takliflarni Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Hukumat komissiyasiga belgilangan tartibda kiritsin. Bunda ushbu yer uchastkalari uchun qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash bo‘yicha to‘lovlarni o‘n yil davomida teng ulushlarda bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-iyundagi PQ-230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2026-y., 07/26/230/0613-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ uch oy muddatda “Surxon-Agro” zonasini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash, shuningdek, uni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash va foydalanishga topshirish choralarini ko‘rsin. Bunda “Surxon-Agro” zonasini elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlovchi tarmoqlarni qurish uchun talab etiladigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Surxondaryo viloyati hokimligi Transport vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan birgalikda 2026-yil 1-avgustga qadar “Surxon-Agro” zonasini asosiy transport magistrallari bilan bog‘lovchi avtomobil yo‘llarini qurish va mavjud yo‘llarni rekonstruksiya qilish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Mahsulotlarni import va eksport qilish hajmini oshirish va logistikani yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Bojxona qo‘mitasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bilan birgalikda “Surxon-Agro” zonasida eksport operatsiyalarini jadallashtirish maqsadida 2026-yil yakuniga qadar “yashil yo‘lak” tamoyili asosida faoliyat yurituvchi fitosanitariya markazini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ikki oy muddatda Niderlandiyaning “World Horti Center” innovatsiya va bilim markazi bilan hamkorlik o‘rnatish maqsadida markaz vakillari bilan uchrashuvlarni tashkil etsin va hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ysin hamda Direksiya hududiga ko‘chirilayotgan tadbirkorlar uchun issiqxona xo‘jaligi yuritishning ilg‘or standartlari bo‘yicha maxsus o‘quv dasturini O‘zbekistonda joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) joriy yil yakuniga qadar Niderlandiyaning “World Horti Center” innovatsiya va bilim markaziga kamida mahalliy 20 nafar hamda Direksiyaning 10 nafar mutaxassis va agronomlarini olib borib, issiqxona xo‘jaligi sohasidagi ilg‘or innovatsiya va tajribalarni o‘rgatishni tashkil etsin. Bunda mazkur tadbirlar bilan bog‘liq xarajatlar “O‘zsanoatqurilishbank” ATB mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda tizimli ravishda “Surxon-Agro” zonasida issiqxona xo‘jaliklari uchun berilayotgan imtiyozlar va shart-sharoitlarni keng yoritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsan javobgar etib Bosh vaziri o‘rinbosar J.A. Xodjayev, qishloq xo‘jaligi vaziri I.Yu. Abdurahmonov hamda Toshkent shahar hokimi Sh.B. Umurzakov, Toshkent viloyati hokimi Z.T. Mirzayev va Surxondaryo viloyati hokimi U.B. Qosimov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan nazorat o‘rnatish hamda ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 25-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-108-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PQ-108-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida “Surxon-agro” erkin iqtisodiy zonasini tashkil qilish uchun ajratiladigan yer maydonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Mahalla fuqarolar yig‘ini nomi

Konturlar soni

Yer uchastkasidan foydalanuvchi

Massivning jami yer maydoni

Shundan:

Toifasi o‘zgarayotgan yer uchastkasi maydoni

Toifasi o‘zgarayotgan yer uchastkasi kontur raqami

Yer maydonining o‘rtacha boniteti bali

sug‘oriladigan

boshqa yerlar

Oltin voha

63

Tuman hokimligi zaxirasida

940

857,7

82,3

27,2

971, 777q

36,8

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-iyundagi PQ-230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2026-y., 07/26/230/0613-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.03.2026-y., 07/26/108/0281-son; 20.06.2026-y., 07/26/230/0613-son)