15.06.2026 yildagi O‘RQ-1153-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 3-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2026-yil 18-mayda ma’qullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda mamlakatimizda aholining uy-joyga bo‘lgan huquqlarini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qurilgan ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga nisbatan huquqlar “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan e’tirof etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etish ishlarini yanada jadallashtirish, vakolatli tashkilotlarning mas’uliyatini oshirish, huquqni e’tirof etishga to‘sqinlik qiluvchi ayrim mexanizmlarni soddalashtirish, fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qonun bilan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi hamda “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga huquqlarni e’tirof etish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirishga, fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida soliq qarzdorligi tushunchasini aniqlashtirishga, yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun bir martalik to‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lashni amalga oshirish tartibi va shartlarini belgilashga hamda huquqlarni e’tirof etish ishlari bilan bog‘liq shikoyatlarni ko‘rib chiqish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etish ishlarini yanada tezlashtirishga, jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlari e’tirof etilishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1199-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 5, 461, 464, 467-moddalar, № 6, 570-modda, № 7, 664, 666-moddalar, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 6, 444, 446-moddalar, № 7, 540-modda, № 12, 1011-modda; 2024-yil, № 2, 106, 110, 111-moddalar, № 4, 346-modda, № 5, 458, 459-moddalar, № 8, 822, 831-moddalar, № 9, 958-modda, № 10, 1076-modda, № 11, 1190-modda, № 12, 1283, 1284, 1296, 1297-moddalar; 2025-yil, № 2, 188, 194-moddalar, № 4, 519, 520, 521, 522-moddalar, № 5, 644, 645-moddalar, № 6, 729, 731-moddalar, № 8, 971-modda, № 10, 1153-modda, № 12, 1322, 1324, 1328, 1329-moddalar) 483-moddasi quyidagi mazmundagi bir yuz uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu Kodeks 437-moddasining o‘ninchi qismida nazarda tutilgan qoidalar 2020-yil 1-yanvardan 2024-yil 1-iyunga qadar bo‘lgan davrda jismoniy shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrda qabul qilingan “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi O‘RQ-803-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 11, 1064-modda; 2024-yil, № 10, 1072-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda) 43-moddasining birinchi qismidagi “ikki ish kuni” degan so‘zlar “o‘n kun” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustda qabul qilingan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2025-yil, № 8, 817-modda) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 1-modda ikkinchi qismining 2-bandidagi “hamda” degan so‘z “va (yoki)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik — ushbu Qonunga muvofiq huquqlar e’tirof etiladigan ko‘chmas mulk obyektlari uchun yer solig‘i va mol-mulk solig‘i bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan oshadigan miqdordagi qarzdorlik”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu Qonunga muvofiq yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etishda ijara muddati yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yer uchastkalari uchun to‘qson to‘qqiz yil, boshqa yer uchastkalari uchun qirq to‘qqiz yil etib belgilanadi. Bunda ijara muddatining boshlanish sanasi yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qaror qabul qilingan kundan e’tiboran hisoblanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 4-moddaning to‘rtinchi xatboshisidagi “mazkur” degan so‘z chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomidagi “hamda” degan so‘z “va (yoki)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshisidagi “hamda” degan so‘z “va (yoki)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“qonunchilik hujjatlariga muvofiq ajratilgan hamda ortiqcha egallangan yer uchastkasining birgalikdagi umumiy chegarasidagi binolar va inshootlar ushbu moddada belgilangan muddatga qadar qurilgan bo‘lsa”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshisi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshisidagi “mazkur” degan so‘z chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 7-moddaning yettinchi xatboshisidagi “mazkur” degan so‘z chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) 8-moddaning beshinchi xatboshisidagi “mazkur” degan so‘z chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshisidagi “mablag‘lari hisobidan qurilgan” degan so‘zlar “mablag‘lari hisobidan ikki yil ichida qurilgan yoki qurilishi boshlangan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshisidagi “mazkur” degan so‘z chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) 10-moddaning beshinchi xatboshisidagi “mazkur” degan so‘z chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) 11-moddaning beshinchi xatboshisidagi “mazkur” degan so‘z chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) 12-modda uchinchi qismining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bandidagi “1998-yil 1-iyulga” degan so‘zlar “1999-yil 1-yanvarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandidagi “1998-yil 1-iyuldan” degan so‘zlar “1999-yil 1-yanvardan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) 13-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Reja-jadval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (bundan buyon matnda Kadastr agentligi deb yuritiladi) tomonidan keyingi yil uchun har yili 1-oktabrga qadar tasdiqlanadi va jamoatchilikka e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarori bilan har bir mahalla bo‘yicha tuman (shahar) hokimliklari, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi organlari, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallari vakillaridan, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislaridan iborat tarkibda jamoatchilik asosida ishlovchi ishchi guruhlar tashkil etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “ikki oy” degan so‘zlar “yigirma kun” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ushbu Qonunning 13-moddasiga asosan tashkil etilgan ishchi guruhlar dalolatnomasiga ko‘ra mazkur Qonunning 5-moddasiga va 12-moddasi uchinchi qismiga muvofiq yer uchastkasi egallab olingan yil to‘g‘risidagi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ushbu Qonunning 10-moddasiga muvofiq huquqlar e’tirof etiladigan binolar va inshootlar, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joylar xususiylashtirilganligi yoki xususiylashtirilmaganligi haqidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilmasida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limlari mavjud bo‘lgan hollarda — o‘zboshimchalik bilan qurilgan binolar va inshootlarning soni, turlari, ulardan foydalanilish maqsadlari, ularning qurilish taqiqlangan hududlarda joylashganligi yoki joylashmaganligi to‘g‘risidagi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bandi “inshootlarning soni” degan so‘zlardan keyin “turlari” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5) O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining, Transport vazirligining, Suv xo‘jaligi vazirligining, Raqamli texnologiyalar vazirligining, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining tegishli hududiy organlari (bo‘linmalari), tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi obodonlashtirish boshqarmalari, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi, tegishli muhandislik-kommunikatsiya (elektr, aloqa, gaz, ichimlik suvi, kanalizatsiya) tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan — o‘zboshimchalik bilan qurilgan binolar va inshootlarning qurilishi qaysi hududda qonunchilik hujjatlariga hamda hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish to‘g‘risidagi hujjatlarga (mavjud bo‘lsa) muvofiq taqiqlangan bo‘lsa, tegishincha ularning o‘sha hududlarda joylashganligi yoki joylashmaganligi haqidagi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“8) O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli kosmik suratlar mavjud bo‘lgan taqdirda, binolar va inshootlar qurilgan davrning ushbu Qonunning 4 — 7-moddalarida va 9-moddasida nazarda tutilgan muddatlarga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli kosmik suratlar mavjud bo‘lmagan taqdirda yoki mavjud kosmik suratlarda binolar va inshootlar qurilganligini aniqlashning texnik imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, ushbu Qonunning 4 — 7-moddalarida va 9-moddasida nazarda tutilgan muddatlardan keyin, biroq ikki yildan oshmagan davr ichida olingan birinchi kosmik suratga asosan binolar va inshootlar qurilgan davrning mazkur muddatlarga muvofiqligi haqidagi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risidagi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) 17-moddaning ikkinchi qismidagi “bir oy” degan so‘zlar “o‘n kun” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan elektron yig‘majild, ma’lumotlar va hujjatlar ushbu Qonun talablariga muvofiqlik jihatidan yigirma ish kuni ichida o‘rganiladi, shuningdek ushbu Qonunning 4 — 12-moddalarida belgilangan asoslarga hamda 15 va 16-moddalari talablariga muvofiq yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish asosliligi to‘g‘risida xulosa tayyorlanadi hamda avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi (biriktiriladi)”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi qismi “belgilangan asoslarga” degan so‘zlardan keyin “hamda 15 va 16-moddalari talablariga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi sakkizinchi — o‘n birinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelib tushgan shikoyat yigirma ish kuni ichida o‘rganib chiqiladi va o‘rganish natijalariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining xulosasi bekor qilinishi yoki xulosa o‘zgarishsiz qoldirilishi mumkin hamda bu haqda tegishli shaxslar yozma ravishda xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar shikoyatda ko‘rsatilgan e’tirozlar vakolatli tashkilotning avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilgan (biriktirilgan) ma’lumotiga va (yoki) hujjatiga taalluqli bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan mazkur vakolatli tashkilotning eng yuqori turuvchi tashkilotiga ushbu holat yuzasidan munosabat bildirish uchun so‘rov xati yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli tashkilotning eng yuqori turuvchi tashkiloti so‘rov xatida nazarda tutilgan masalani o‘n kun muddat ichida o‘rganib chiqib, axborot tizimiga kiritilgan (biriktirilgan) ma’lumotning va (yoki) hujjatning asosligi yoki asossizligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga javob xati yuboradi. Bunda shikoyatda ko‘rsatilgan e’tirozlar asosli deb topilgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining xulosasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, vakolatli tashkilotning ma’lumoti va (yoki) hujjati esa mazkur vakolatli tashkilotning eng yuqori turuvchi tashkiloti tomonidan bekor qilinadi hamda tegishli ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan huquqlarni e’tirof etish masalasi mazkur tashkilotlar tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining xulosasi sud tomonidan bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, tegishli ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan huquqlarni e’tirof etish masalasi ushbu Qonun talablariga muvofiq umumiy tartibda qayta ko‘rib chiqiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) quyidagi mazmundagi 181-modda bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“181-modda. Ma’lumotlar va hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasining hamda unda qurilgan binolar va inshootlarning bir qismi qurilish taqiqlangan hududda joylashganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu Qonun 16-moddasi ikkinchi qismining 2, 5 va 6-bandlarida ko‘rsatilgan vakolatli tashkilotlar tomonidan avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilgan (biriktirilgan) taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari ushbu yer uchastkasining hamda unda qurilgan binolar va inshootlarning qurilish taqiqlangan hududdagi qismini chegirib tashlab, uning qolgan qismiga nisbatan huquqlarni e’tirof etish masalasini qayta ko‘rib chiqish uchun ma’lumotlarni tegishli vakolatli tashkilotlarga qaytaradi. Bunda tegishli vakolatli tashkilotlar besh ish kuni ichida ushbu ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqib, yer uchastkasining joylashuv sxemasida qurilish taqiqlangan hududdagi chegirib tashlanadigan maydonni ko‘rsatgan holda, uning qolgan qismiga nisbatan huquqlarni e’tirof etish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi yoki maqsadga muvofiq emasligi haqidagi huquqiy jihatdan asoslantirilgan ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi (biriktiradi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasining hamda unda qurilgan binolar va inshootlarning qurilish taqiqlangan hududdagi qismini chegirib tashlagan holda, uning qolgan qismiga nisbatan huquqlarni e’tirof etish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida tegishli vakolatli tashkilotlar tomonidan ma’lumotlar berilgan taqdirda, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiallari mazkur ko‘chmas mulk obyektining elektron yig‘majild hujjatiga yigirma besh kun ichida tegishli o‘zgartirishlar kiritadi hamda uni ko‘rib chiqish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasining hamda unda qurilgan binolar va inshootlarning qurilish taqiqlangan hududdagi qismini chegirib tashlagan holda, uning qolgan qismiga nisbatan huquqlarni e’tirof etish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida tegishli vakolatli tashkilotlar tomonidan ma’lumotlar berilganligi ushbu yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etish asosli emasligi haqida xulosa chiqarish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga asos bo‘ladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismidagi “shaxslarning telefon raqamiga ushbu Qonunning 23-moddasida belgilangan bir martalik to‘lovni yigirma ish kuni ichida to‘lash to‘g‘risidagi xabarnoma avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali avtomatik ravishda yuboriladi” degan so‘zlar “shaxslar ushbu Qonunning 23-moddasida belgilangan bir martalik to‘lovni yigirma ish kuni ichida to‘liq to‘lash orqali chegirmaga ega bo‘lishi va (yoki) bir martalik to‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi hamda bir martalik to‘lovni to‘lashdan ozod qilinganligi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismidagi “muddatlarda to‘lanmagan taqdirda” degan so‘zlar “muddatlarda to‘liq to‘lanmagan taqdirda, ushbu Qonunning 231-moddasiga asosan bir martalik to‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risidagi shartnoma imzolanguniga qadar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismidagi “to‘lov to‘langan taqdirda” degan so‘zlar “to‘lov to‘liq to‘langan va (yoki) bir martalik to‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan taqdirda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismining 2-bandi “manzil, maydon” degan so‘zlardan keyin “yer uchastkasining ijara muddati” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qarorlar qabul qilinganidan keyin Kadastr agentligi tegishli shaxslarni yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish lozimligi to‘g‘risida avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali avtomatik ravishda xabardor qiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “ikkinchi qismining 1, 3, 5, 7, 8-bandlarida” degan so‘zlar “ikkinchi qismining 1, 2-bandlarida (bundan yashash uchun mo‘ljallanmagan joy obyektlari mustasno), 3, 5, 7, 8-bandlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu Qonun 1-moddasi ikkinchi qismining 2-bandida (bundan yakka tartibdagi uy-joylar mustasno), 4, 6-bandlarida, 12-moddasining beshinchi qismida belgilangan asoslarga ko‘ra yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun bir martalik to‘lov foydalanish turiga muvofiq yer uchastkasiga bo‘lgan ijara va mulk huquqining o‘rtacha bozor qiymati miqdorida undiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20) quyidagi mazmundagi 231-modda bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“231-modda. Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun bir martalik to‘lovni amalga oshirish tartibi va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunga muvofiq yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun bir martalik to‘lov bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun bir martalik to‘lovning ellik foizi ushbu Qonun 19-moddasining birinchi qismida belgilangan muddatda tegishli shaxslar tomonidan to‘langan taqdirda, ular bir martalik to‘lovning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun bir martalik to‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risidagi shartnoma tuman (shahar) soliq inspeksiyalari va tegishli shaxslar o‘rtasida avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali imzolanadi hamda ushbu to‘lovning hisob-kitobi yuritiladi. Agar yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi e’tirof etilayotgan shaxs vafot etgan bo‘lsa, mazkur shartnoma uning yaqin qarindoshlaridan biri tomonidan qog‘ozda imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun bir martalik to‘lov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish to‘g‘risidagi qarorlari qabul qilingan kundan e’tiboran tegishli shaxslar tomonidan quyidagi muddatlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lanishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonun 23-moddasining birinchi qismida belgilangan bir martalik to‘lov bir yil muddatda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonun 23-moddasining oltinchi qismida belgilangan bir martalik to‘lov uch yil muddatda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun bir martalik to‘lov tegishli shartnomada belgilangan muddatlarda to‘lanmagan taqdirda, qarzdorlikni tuman (shahar) soliq inspeksiyalari tomonidan jarima va penya qo‘llanilmagan holda undirish choralari ko‘riladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“25 foizi — Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hisobvarag‘iga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5 foizi — tuman (shahar) soliq inspeksiyalarining budjetdan tashqari jamg‘armalariga”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi — oltinchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“10 foizi — Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hisobvarag‘iga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5 foizi — tuman (shahar) soliq inspeksiyalarining budjetdan tashqari jamg‘armalariga”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22) 25-moddaning birinchi qismidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining” degan so‘zlar “Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda ushbu Qonunga muvofiq yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qabul qilingan qarorlar yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agar ushbu Qonunga muvofiq huquqlar e’tirof etilgan ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha bir martalik to‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risida shartnoma tuzilgan bo‘lsa, ushbu shartnomaga asosan bir martalik to‘lov to‘liq to‘languniga qadar tuman (shahar) soliq inspeksiyalari mazkur ko‘chmas mulk obyektlarini boshqa shaxsga o‘tkazishga nisbatan belgilangan tartibda taqiq qo‘yadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun 1-moddasining qoidalari 2020-yil 1-yanvardan 2024-yil 1-iyunga qadar yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun 3-moddasi 1, 5 va 8-bandlarining, 13-bandi yettinchi, sakkizinchi, o‘n birinchi — o‘n oltinchi xatboshilarining, 16-bandining qoidalari hamda 23-bandi birinchi, ikkinchi va uchinchi xatboshilarining qoidalari 2024-yil 8-noyabrdan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 15-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RQ-1153-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2026-y., 03/26/1153/0603-son)