1-ILOVA
T/r | Asosiy vazifalar | Amalga oshirish mexanizmi | Muddati | Mas’ul vazirlik va idoralar |
1. | Bino-inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino-inshootlar qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish va arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish bo‘yicha davlat xizmatlarini bitta bosqichda amalga oshirish maqsadida ular negizida Arxitektura va shaharsozlik talablarini belgilash davlat xizmatini joriy etish. Mazkur talablarni bosh rejasi raqamlashtirilgan aholi punktlari bo‘yicha inson omilisiz (avtomatik tarzda) shakllantirish. | Qurilish sohasida davlat xizmatlarini takomillashtirish to‘g‘risida Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda quyidagilarni ko‘zda tutish: sohaga oid davlat xizmatlari ko‘rsatish (jumladan, loyiha hujjatlarini kelishish) muddatlarini keskin kamaytirish, ayrim jarayonlarni maqbullashtirish va inson omilini qisqartirish; sohaga oid davlat xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari, tartib-taomillar, talablar va jarayonlar yuzasidan aholiga va tadbirkorlik subyektlariga sun’iy intellekt orqali maslahat berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish; viloyat va tuman (shahar) bosh arxitektorlarining o‘rni va maqomini oshirish, ularning faoliyatiga oid yangicha standartlar (tartib-taomillar)ni belgilash hamda hududiy tizim rahbarlari faoliyatini baholash bo‘yicha yangi tartibni joriy qilish. | 2026-yil iyul | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Bosh prokuratura (Samadov), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
2. | Texnik shartlarni “bitta ariza — bir to‘lov — barcha ulanish nuqtalari” tamoyili asosida berish. | 1. Tegishli muhandislik tarmoqlaridagi yuklamalar, mavjud zaxira va ulanish nuqtalari haqidagi ma’lumotlarni geografik axborot tizimi (GIS) shaklida raqamlashtirish. 2. Raqamlashgan ma’lumotlarni “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasiga integratsiya qilish. 3. Texnik shartlarni berish jarayonlarini to‘liq inson omilisiz tizimga o‘tkazish, bunda: yangi tizim asosida texnik shartlarni berish bo‘yicha reglament (yoki yo‘riqnoma) loyihasini ishlab chiqish; reglament (yoki yo‘riqnoma)ning belgilangan tartibda tasdiqlash; tasdiqlangan reglament (yoki yo‘riqnoma) asosida texnik shartlarni berish bo‘yicha texnik imkoniyatlar yaratish; texnik shartlarni berish tizimini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutish. | 2026-yil yakuniga qadar Toshkent shahrida, 2027-yil yakuniga qadar qolgan hududlarda | Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi (Abduxakimov), Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi (Kudbiyev), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Askarov), “Hududgazta’minot” AJ (Xodjayev), “O‘ztransgaz” AJ (Isakov), “O‘zsuvta’minot” AJ (Suvankulov), Raqamli texnologiyalari vazirligi (Shermatov), Adliya vazirligi (Tashkulov) QQR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi |
3. | Qurilishni boshlashga va foydalanishga ruxsat berishda ortiqcha talablarni qisqartirish. Shuningdek, pudrat tashkilotlarining natijaga qaratilgan faoliyatini rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish. | 1. Qurilishni boshlashga ruxsat berishda Inspeksiyaning “nazorat.mc.uz” platformasiga: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining “my.mehnat.uz” platformasini integratsiya qilish orqali qurilish obyektiga biriktirilgan mutaxassislarning mehnat shartnomalari va buyruqlarini; Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining “sert.mc.uz” platformasini integratsiya qilish orqali qurilish qatnashchilarining malaka sertifikatlarini; Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasining “ekspertiza.mc.uz” platformasini integratsiya qilish orqali energiya tejovchi qurilmalar haqidagi ma’lumotlarni talab qilish amaliyotini bekor qilish. 2. Qurilishi tugallangan obyektlardan foydalanishga ruxsatnoma berishda Inspeksiyaning “nazorat.mc.uz” platformasini Bojxona qo‘mitasining “Yashil energiya” platformasiga integratsiya qilish orqali obyektlarga o‘rnatiladigan quyosh panellari haqidagi hujjatlarni talab qilish amaliyotini bekor qilish. | 2026-yil noyabr | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov), Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Zaxidov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Bojxona qo‘mitasi (Mavlonov), Adliya vazirligi (Tashqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
3. Obyektlarni muddatidan oldin foydalanishga topshirilgan vaqtga mutanosib ravishda tender jarayonida pudratchi tomonidan kamaytirilgan summadan uni rag‘batlantirish va qo‘shimcha reyting bali berish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. 4. Respublika bo‘yicha sertifikat olgan texnik, mualliflik va ichki nazoratchilar ro‘yxatini “Shaffof qurilish” MATda shakllantirish va ularni baholash (reyting) tizimini joriy qilish. Bunda nazoratchilarning ish samaradorligi pasayganda reyting ballarini kamaytirish; umumiy bali 55 foizdan kamaygan taqdirda, sertifikatini bekor qilish va sertifikat olish uchun qayta o‘qitish; | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) | |||
baholash reytingida “a’lo” natija qayd etgan nazoratchilarga faoliyatida ustuvorlik berish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2026-yil oktabr | |||
4. | Loyihaning rejaviy tuzilishi (planirovka)da o‘zgarishlar mavjud bo‘lganda, ushbu loyiha hujjatlarini shaharsozlik ekspertizasidan o‘tkazish jarayonida hududiy kengashlar bilan qayta kelishish amaliyotini bekor qilish. | Binoning konstruksiyasi, mustahkamligi va yong‘in xavfsizligiga ta’sir qilmaydigan, quvvati va maqsadi o‘zgarmagan holda shaharsozlik norma va qoidalariga zid bo‘lmagan loyihadagi rejaviy tuzilish (planirovka)da o‘zgarishlar mavjud bo‘lganda, ushbu bino loyihasini shaharsozlik ekspertizasidan o‘tkazish jarayonida loyiha hujjatlarini hududiy kengashlar bilan qayta kelishish amaliyotini bekor qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil sentabr | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov) manfaatdor vazirlik va idoralar |
5. | Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori bo‘yicha qurilish sohasiga bog‘liq tegishli malaka darajasiga (razryad) ega bo‘lgan ishchilar sonidan kelib chiqib, qurilish-pudrat tashkilotiga qo‘shimcha reyting ballarini belgilash. | 1. Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori qurilish sohasi bo‘yicha kasblar ro‘yxatini shakllantirish. | 2026-yil sentabr | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Zaxidov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov), tegishli vazirlik va idoralar |
2. “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida qurilish-pudrat tashkilotlarida tegishli malaka darajasiga (razryadga) ega bo‘lgan ishchilar monitoringini yuritish (darajani tasdiqlovchi tegishli hujjat (sertifikat)lar mavjudligi asosida). | Har chorakda | |||
3. Monitoring natijalaridan kelib chiqib, tegishli malaka darajasi (razryad) mavjud bo‘lgan ishchilar uchun qurilish-pudrat tashkilotiga qo‘shimcha ballarni belgilash (darajani tasdiqlovchi hujjat (sertifikat)larni tegishli tashkilotlarning axborot-dasturiy bazalaridan integratsiya yo‘li bilan olgan holda). | Doimiy | |||
6. | Qurilishda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasiga rioya etish tizimini takomillashtirish. | 1. Qurilish-pudrat tashkilotlarining qurilishda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi yo‘nalishidagi muhandislari va tashkilot rahbarlarini (direktor, direktor o‘rinbosari, bosh muhandis va b.) Kompetensiyani rivojlantirish institutida tashkil etiladigan “Qurilishda xavfsizlik texnikasi muhandisi” o‘quv kurslarida o‘qitish hamda muvaffaqiyatli tamomlagan mutaxassislarga belgilangan tartibda maxsus sertifikat berishni yo‘lga qo‘yish. 2. “Qurilishda xavfsizlik texnikasi muhandisi” o‘quv kursi bo‘yicha berilgan maxsus sertifikatni “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga integratsiya qilgan holda qurilish-pudrat tashkiloti uchun elektron reyting tizimida tegishli ball berish tizimini joriy etish. 3. Mehnat inspeksiyalari tuzilmalarida qurilishda xavfsizlik texnikasi (va madaniyati) bo‘linmalarini tashkil etib (umumiy shtat birliklari doirasida), ularga qurilishda xavfsizlik texnikasi talablariga rioya etmagan qurilish-pudrat tashkilotlari ustidan reyting ballariga nisbatan jarima qo‘llash bo‘yicha taqdimnoma (iqtisodiy xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda) kiritishni yo‘lga qo‘yish. | 2027-yil yanvardan boshlab | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov), Bilim va malakani baholash agentligi (Karimov), Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Zaxidov) |
7. | Sohaga oid milliy normativlarni takomillashtirish va xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish. | 1. Temir-beton konstruksiyalarini loyihalash bo‘yicha xalqaro tan olingan Yevrokodlarni joriy etish jarayonini yakunlash hamda uning samarali implementatsiyasi uchun 5 yil davomida bino va inshootlarning temir-beton konstruksiyalarini hisoblash va loyihalashda muqobil normativ hujjat sifatida qo‘llash. | 2026-yil yakuniga qadar | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov), tegishli vazirlik va idoralar |
2. Yong‘in xavfsizligi sohasida AQSH Milliy yong‘indan himoya qilish uyushmasi (NFPA)ning xalqaro tan olingan me’yor va standartlarini bosqichma-bosqich joriy etish. | 2026 — 2028-yillarda | |||
3. Parametrik talablarga va ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan milliy qurilish normalarini ishlab chiqish hamda ularni 2030-yilga qadar shaharsozlik normalari va qoidalariga muqobil normativ hujjat sifatida bosqichma-bosqich amalga oshirish. | 2027-yil yakuniga qadar | |||
4. Qurilish materiallari, binolar va inshootlar, shuningdek, muhandislik kommunikatsiyalarini to‘liq qamrab olgan holda ularning xavfsizligini tartibga soluvchi texnik reglamentlarni ishlab chiqish. 5. Milliy qurilish normalari, shaharsozlik normalari va qoidalari, standartlar hamda xalqaro normativ hujjatlarning milliy ilovalarini mahalliy ilmiy tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda ishlab chiqish. | 2030-yilga qadar | |||
8. | Hududlarga investitsiyalarni jalb qilishni kuchaytirish maqsadida konsalting kompaniyalar vakolatini kengaytirish. | 1. Tashabbuskor konsalting korxonalarini “invest.gov.uz” platformasida vakolatli konsultant sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishda ko‘maklashish va ularni faoliyatidan hududlarda investitsiya jalb qilish hamda qurilish ishlarini tezlashtirish. | 2026-yil iyul | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov) |
2. Vakolatli konsultantlar faoliyatini tartibga solish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil dekabr | |||
9. | Vazirlik va tizim tashkilotlardagi davlat fuqarolik xizmatiga ishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovlarni takomillashtirish. | 1. Sinov tariqasida yordamchi guruhidagi lavozimlar bo‘yicha tuzilgan tanlov komissiyalari raisi etib tegishli departament, boshqarma boshliqlarini belgilash. 2. Tanlovlarning suhbat bosqichida tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan nomzodlarga qo‘yilgan ballarni sun’iy intellekt orqali baholash tizimi ballari bilan taqqoslab, inson omilining ta’sirini tahlil qilib borish. 3. Tanlov komissiyasi tomonidan tanlov g‘olibi deb topilgan nomzodlar ish beruvchi tomonidan ishga qabul qilinishini majburiy qilib belgilash. | 2026-yil sentabr | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov) Boshqaruv samaradorligi agentligi (Xusainov) |
10. | Loyiha-smeta hujjatlarida qurilishning normativ muddati belgilanmagan va qurilishi tugallanmagan obyektlarni soliq solish obyekti deb hisoblash muddatlarini ularning murakkablik toifalaridan kelib chiqib belgilash tizimini joriy etish. | Loyiha-smeta hujjatlarida qurilishning normativ muddati belgilanmagan va qurilishi tugallanmagan obyektlarni soliq solish obyekti deb hisoblash muddatlarini ularning murakkablik toifalaridan kelib chiqib belgilash bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish kiritish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil iyul | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov), Soliq qo‘mitasi (Pulatov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov), Adliya vazirligi (Tashkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
11. | Davlat buyurtmachi xizmatlari tizimi faoliyatini raqamlashtirish, shuningdek. ushbu tizimni rivojlantirish, xodimlarni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish va ularning mas’uliyatini oshirish. | 1. Davlat buyurtmachi xizmatlari tizimi faoliyatini to‘liq raqamlashtirish va ularning faoliyatini “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining elektron kabinetlarida kuzatish imkonini yaratish. 2. Qurilish-ta’mirlash ishlari Davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladigan obyektlarni moliyalashtirish manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish, yangilash va avtomatik ravishda kelishish tizimini joriy etish. | 2026-yil yakuniga qadar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
3. Quyidagilar bo‘yicha takliflarni (jumladan, tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarga zarur o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha hujjat loyihasini) Vazirlar Mahkamasiga kiritish: buyurtmachi xizmatlari xodimlarini ish haqini oshirish (3 baravargacha) va moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish; buyurtmachi xizmatlarining rahbarlari, muhandislari, texnik nazoratchilari va boshqa mas’ul xodimlari mas’uliyatini kuchaytirish hamda ularning faoliyati samaradorligini baholash yuzasidan KPI joriy qilish; obyektlarda yuzaga kelgan kamchilik va qo‘pol qoidabuzarliklar uchun pudrat tashkiloti mas’ullari bilan bir qatorda texnik, mualliflik va davlat nazoratchilarining ham mas’uliyati va javobgarligini belgilash. | 2026-yil avgust | |||
12. | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida xo‘jalik hisobida faoliyat yurituvchi davlat muassasasi shaklidagi Shaharsozlik sohasida iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish respublika markazi faoliyatini samarali tashkil etish. | 1. Markazni tashkil etish bilan bog‘liq hujjatlarni (tuzilma, nizom va b.) tayyorlash va tasdiqlash. | 2026-yil iyul | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov), tegishli vazirlik va idoralar |
2. Markazning faoliyati tashkil etish, moddiy-texnika bazasini yaratish va saqlash xarajatlari uchun (daromad manbalari to‘liq shakllangunga qadar yoki ular tegishli xarajatlarni moliyalashtirish uchun yetarli bo‘lmagan taqdirda) Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan zarur miqdordagi mablag‘lar ajratish. | Doimiy | |||
13. | O‘zboshimchalik bilan qurilish olib borishning oldini olish. | Hokimlar va ularning mas’ul o‘rinbosarlari faoliyatini baholashning eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlariga (KPI) noqonuniy qurilishlar ulushini kamaytirish mezonini kiritish bo‘yicha tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil yakuniga qadar | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov), Boshqaruv samaradorligi agentligi (Xusainov) |
14. | Noqonuniy qurilishlarning barvaqt oldini olish choralarini ko‘rish. | 1. Yerga oid huquq vujudga kelgan vaqtdan boshlab qurilishni amalga oshirishning qonunda belgilangan tartibiga rioya etish to‘g‘risida ogohlantirish (eslatma) berish tartibini joriy qilish. Bunda yerga egalik huquqini beruvchi hujjatlarni (auksion, oldi-sotdi shartnoma, kadastr) rasmiylashtirish jarayonida qurilishni boshlash tartibi to‘g‘risida mulkdorga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali elektron ogohlantirish (eslatma) yuborish nazarda tutiladi. | 2026-yil sentabr | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov), Adliya vazirligi (Tashkulov), O‘zbekiston mahallalari uyushmasi (Kuranbayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Askarov) “O‘zsuvta’minoti” AJ (Suvankulov) Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (Tursunov) |
2. O‘zbekiston mahallalari uyushmasining “online-mahalla.uz” tizimini Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining “Shaffof qurilish” MAT bilan integratsiya qilish orqali mahallalarda hokim yordamchisi tomonidan hududdagi yangi qurilishlar haqida vakolatli organni tezkor xabardor qilish tartibini joriy etish. Bunda mahallalardagi hokim yordamchilari tomonidan o‘z hududlarida boshlangan yangi qurilishlar to‘g‘risida vakolatli organni tezkor xabardor qilish tizimi yaratiladi. | 2026-yil noyabr | |||
3. Tegishli tuzilmalar va vakolatli shaxslarning faoliyat yo‘nalishlariga oid hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2026-yil oktabr | |||
4. O‘zboshimchalik bilan qurilgan obyektlarni tashqi muhandislik tarmoqlaridan (elektr, suv, yo‘l) uzib qo‘yishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil dekabr | |||
15. | Davlat va xususiy sinov laboratoriyalari faoliyatini yagona raqamli platformaga birlashtirish. | 1. Sinov laboratoriyalari bo‘yicha yagona raqamli nazorat tizimini joriy etish: davlat va xususiy laboratoriyalarning sinov jarayonlarini muvofiqlashtirish uchun “Shaffof qurilish” MATda yagona raqamli nazorat modulini yaratish. Obyektlarda o‘tkaziladigan laboratoriya sinovlarining turi va sonini belgilovchi sinov dasturini joriy qilish. Bunda mulkchilik shaklidan qat’iy nazar akkreditatsiyadan o‘tgan barcha laboratoriyalar uchun obyektlardagi bajariladigan qurilish-montaj ishlarining har bir bosqichida o‘tkaziladigan sinovlarni standart sinov usullari asosida amalga oshirishni nazarda tutuvchi talablar belgilanadi. | 2026-yil dekabr | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov), O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (Jumanazarov), O‘zbekiston akkreditatsiya markazi (Sharipov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov) |
2. Sinov dasturini belgilab beruvchi normativ hujjat ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil sentabr | |||
3. Yaratilgan raqamli nazorat moduliga barcha laboratoriya sinovlari natijalarini kiritish orqali ulardan Inspeksiya nazorat tadbirlarida foydalanish imkonini yaratish. 4. Xorijiy davlatlarning ko‘chma sinov laboratoriyalarini o‘rganib, Inspeksiyaga ham ko‘chma sinov laboratoriyalarini sotib olish va foydalanish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil dekabr | |||
5. Ilg‘or xorijiy davlatlardan zamonaviy ko‘chma sinov laboratoriyalarini olib kelish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritish, bunda moliyalashtirish manbalarini aniq ko‘rsatish. | 2026-yil avgust | |||
16. | Sohada korrupsiya holatlarini oldining olish va profilaktikasini amalga oshirish. | 1. Inspeksiyaning komplayens nazorat xizmati faoliyatida qurilish jarayoni ishtirokchilarining korrupsiyaviy xatti-harakatlarini erta aniqlash maqsadida “Sirli mijoz” mexanizmini joriy etish va tasdiqlash. | 2026-yil oktabr | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov) |
2. Chorakda kamida bir marta “Sirli mijoz” tadbirlarini o‘tkazib borish. | Doimiy | |||
17. | Qurilish obyektlarida masofaviy davlat nazoratini amalga oshirish tizimini takomillashtirish, nazorat tadbirlariga sun’iy intellektni joriy etish orqali shaffoflikni ta’minlash, inson omilini kamaytirish. | 1. Shaharsozlik sohasidagi normativ-texnik hujjatlarni takomillashtirish: amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalariga hamda boshqa normativ-texnik hujjatlarga qurilish maydonlarini majburiy tartibda videokuzatuv moslamalari bilan jihozlash bo‘yicha tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; obyektning murakkablik toifasidan kelib chiqib, videokuzatuv tizimining texnik parametrlariga (PTZ, IP-kamera va boshqalar) qo‘yiladigan minimal talablarni belgilash; videokuzatuv va onlayn monitoring tizimini joriy etish bo‘yicha yagona texnik talablarni ishlab chiqish. 2. Loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlari tarkibiga videokuzatuv tizimini o‘rnatish xarajatlari kiritilishi majburiyligini belgilash. 3. Ekspertiza organlariga videokuzatuv tizimiga oid talablar inobatga olingan loyiha-smeta hujjatlarini shaharsozlik ekspertizasidan o‘tkazish majburiyatini yuklash. | 2026-yil oktabr | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
18. | Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali qurilishni boshlashga ruxsat berish jarayonlarida inson omilini kamaytirish. | Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun YIDXP (my.gov.uz) orqali yuborilgan arizalarni ko‘rib chiqish jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy etish. Bunda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanishda to‘ldiriladigan so‘rovnomadagi ma’lumotlarni sun’iy intellekt yordamida tahlil qilib, nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, uni bartaraf etish bo‘yicha avtomatik tavsiya berish nazarda tutiladi. | 2027-yil yanvar | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov), Adliya vazirligi (Tashqulov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
Qurilishi tugallangan obyektlardan foydalanishga ruxsat berish uchun YIDXP (my.gov.uz) orqali yuborilgan arizalarni ko‘rib chiqish jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy etish. | 2027-yil iyul | |||
19. | Qurilish obyektlarida sifatsiz qurilish materiallari qo‘llanilishining oldini olish. | 1. Pudratchi tomonidan yuritiladigan kirish jurnalini “Shaffof qurilish” MATda raqamlashtirish orqali obyektga olib kiriladigan beton va po‘lat prokati mahsulotlari (konstruksiyalari) hamda to‘ldiruvchi elementlarning muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarini (sertifikat, pasport va boshqalar) elektron shaklda yuritish tizimini joriy qilish. Bunda obyektga olib kirilgan beton va po‘lat prokati mahsulotlari (konstruksiyalari) hamda to‘ldiruvchi elementlarning sifati o‘rganiladi. 2. Idoraviy normativ hujjat loyihasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni tayyorlash. | 2026-yil oktabr | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov) |
20. | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish. | Qonunchilik hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish: obyektlarni Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasiz qurganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish kiritish; qurilish obyektlarida texnik reglament va (yoki) standart talablari asosida ishlab chiqarilmagan binokorlik materiallarini, konstruksiyalarini va buyumlarini qo‘llaganlik uchun javobgarlikni belgilash; o‘zboshimchalik bilan to‘siq konstruksiyalarga o‘zgartirish kiritgan va tutash yer uchastkalariga qurilma qurgan shaxslarga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarima qo‘llash bo‘yicha javobgarlikni belgilash; ekspluatatsiya muddati ellik yildan oshgan ko‘p kvartirali uy-joylarning ixtisoslashishini o‘zgartirish va rekonstruksiya qilishni taqiqlash bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish kiritish; ko‘p kvartirali uylardagi joylarni toifasini o‘zgartirish va rekonstruksiya qilish uchun qonunga zid ruxsatnoma bergan shaxslarga nisbatan javobgarlikni belgilash. | 2026-yil dekabr | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Bosh prokuratura (Samadov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
21. | Suv yo‘qotilishi normalari miqdorini kamaytirish choralarini ko‘rish. | 1. Suv ta’minoti tashkilotlari tomonidan suv yo‘qotilishiga oid hisobotlarni raqamlashtirish hamda “Qurilishda davlat nazorati” elektron platformasiga integratsiya qilish. 2. Suv sarfi va yo‘qotishlari hisobini yuritishning aniq mexanizmlarini joriy qilish maqsadida suv inshootlari va asosiy tarmoqlariga (kirish, chiqish) elektron hisoblagichlar o‘rnatish ishlarini tashkil etish. | 2026-yil dekabr | “O‘zsuvta’minot” AJ (Suvankulov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov) |
22. | O‘z binolariga ega bo‘lmagan hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalarini zamonaviy binolar bilan ta’minlash. | 1. Hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalarining binoga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish va taklif ishlab chiqish. | 2026-yil iyun | QQR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Murodov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov) |
2. Hududiy boshqarmalar uchun bino qurish va mavjud binolarni rekonstruksiya qilish O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarida nazarda tutish. | 2027-yil yanvardan boshlab | |||
23. | Bajarilgan qurilish-montaj ishlari bo‘yicha hisobvaraq-fakturalarda qurilish materiallarini yagona o‘lchov birligiga keltirish (konvertir) amaliyotini joriy qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil sentabr | Soliq qo‘mitasi (Pulatov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov) |
24. | Loyiha-qidiruv, qurilish-pudrat va ekspertiza tashkilotlari faoliyatini inson omilisiz litsenziyalash va ruxsat berish tizimini joriy etish. | 1. “Litsenziya” axborot tizimi bilan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi va boshqa tegishli axborot-dasturiy tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish. Bunda quyidagilarni ko‘zda tutish: “Litsenziya” AT tomonidan talabgor tashkilotga oid ma’lumotlar (yuridik shaxsning to‘liq nomi, mutaxassislar haqidagi ma’lumotlar, tanlangan litsenziya toifasi va boshqalar)ni “Shaffof qurilish” MATga integratsiya orqali yuborish; “Shaffof qurilish” MATda arizalar inson omilisiz ko‘rib chiqilib (zarur ma’lumotlarni tegishli axborot-dasturiy tizimlaridan integratsiya orqali olgan holda), natijasi bo‘yicha qabul qilingan qarorni talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuborish. 2. Loyiha-qidiruv, qurilish-pudrat va ekspertiza faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziya va ruxsatga ega bo‘lgan tashkilotlarning belgilangan talab va shartlarga rioya etishini inson omilisiz o‘rganish tizimini joriy etish. | 2026-yil sentabr | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Zaxidov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi (Sharipov), Soliq qo‘mitasi (Pulatov) |
25. | Loyiha-qidiruv faoliyatini rivojlantirish va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish tartibini rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda takomillashtirish. | Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish texnik topshiriqlarni tayyorlash, loyiha ishlari qiymatini belgilash va mualliflik nazoratini yuritish tartiblarini takomillashtirish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil iyun | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov), tegishli vazirlik va idoralar |
26. | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash tizimini joriy etish. | Sohada uzoq yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarni qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qitish va qayta tayyorlash tizimini Kompetensiyani rivojlantirish institutida joriy etish. Bunda ushbu dasturlarni amaliy ko‘nikmalarga asoslangan holda tashkil etish (ta’limning turli shakllarida) va belgilangan tartibda davlat namunasidagi diplom berish. | 2027-yildan boshlab | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi (Sharipov), tegishli vazirlik va idoralar |
27. | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va Toshkent shahar hududiy inspeksiyasini joylashtirish uchun bepul foydalanish huquqi asosida binolar ajratib berilishini ta’minlash. | Toshkent shahridagi bo‘sh turgan binolarni aniqlash va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va Toshkent shahar hududiy inspeksiyasini joylashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2026-yil iyul | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Murodov) |
28. | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, ichimlik va oqova suv, tabiiy gaz va elektr energiyasi ta’minotiga oid davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha natijadorlikni tahlil qilish. | 1. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, ichimlik va oqova suv, tabiiy gaz va elektr energiyasi ta’minotiga oid davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish holatini tahlil qilish. | 2026-yil iyun | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Askarov), “Hududgazta’minot” AJ (Xodjayev), “O‘ztransgaz” AJ (Isakov), “O‘zsuvta’minot” AJ (Suvankulov), Kadastr agentligi (Mirmaksudov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Tahlil natijalari asosida davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish holati, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, mavjud muammolar hamda bu boradagi mutasaddi rahbarlarning mas’uliyatini tanqidiy muhokama qilish. 3. Tahlillar va muhokamalar yakunlari bo‘yicha hisobotlarni, shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, mavjud muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish hamda bu boradagi mutasaddi rahbarlar mas’uliyatini oshirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil iyul | |||
29. | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, jarayonlarni raqamlashtirishni kengaytirish va byurokratiyani qisqartirish bo‘yicha takliflar tayyorlash. | 1. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida xizmatlarini ko‘rsatish va ruxsat berish jarayonlariga oid masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlari (buyurtmachi xizmatlari, developerlar, loyiha va pudrat tashkilotlari) vakillari bilan uchrashuv va muloqotlarni tashkil etish. | 2026-yil davomida (har chorakda kamida bir marta) | Adliya vazirligi (Tashkulov), Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov), Bosh prokuratura (Samadov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov), Kadastr agentligi (Mirmaksudov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Tegishli tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘tarilgan muammoli masalalar va ularning yechimi yuzasidan aniq asoslangan takliflarni umumlashtirib, tizimini yanada takomillashtirish, jarayonlarni raqamlashtirishni kengaytirish va byurokratiyani qisqartirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Muloqot va muhokama yakunlariga ko‘ra | |||
30. | Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika va hududiy shtablar faoliyatini takomillashtirish va raqamlashtirish. | 1. Respublika va hududiy shtablar faoliyatini tanqidiy muhokama qilish hamda uning faoliyat yo‘nalishlarining aniq chegaralarini belgilab olish. Bunda asosiy e’tiborni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan shartnomalar va parallel loyihalashtirish asosida qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan obyektlar smeta qiymatining asossiz oshib ketmaslik holatlariga qaratish. 2. Respublika va hududiy shtablar faoliyatini raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy qilish. Shuningdek, ularning topshiriqlariga oid bayonlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish hamda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga integratsiya qilish. | 2026-yil iyul | Bosh prokuratura (Samadov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
31. | Hududlarda avtomobil yo‘llari va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarida foydalaniladigan inert materiallarni (qum, shag‘al va b.) yaqin atrofdagi karyer va daryo (soy) o‘zanlaridan olish tartibini soddalashtirish. | Hududlarda avtomobil yo‘llari va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarida foydalaniladigan inert materiallarni (qum, shag‘al va b.) yaqin atrofdagi karyer va daryo (soy) o‘zanlaridan olish tartibini soddalashtirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2026-yil iyun | Vazirlar Mahkamasi (Ramatov), Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (Islamov), Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (Tursunov), Ekologiya va iqlim o‘zgarishlari milliy qo‘mitasi (Abduxakimov) |
32. | Tadbirkorlik subyektlarining o‘z mablag‘lari va jalb qilinadigan mablag‘lari (jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar) hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar (ko‘p kvartirali uy-joylar bundan mustasno) bo‘yicha bosqichma-bosqich tayyorlanadigan loyiha asosida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish. | Tadbirkorlik subyektlarining o‘z mablag‘lari va jalb qilinadigan mablag‘lari (jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar) hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar (ko‘p kvartirali uy-joylar bundan mustasno) bo‘yicha bosqichma-bosqich tayyorlanadigan loyiha asosida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish yuzasidan tartibni belgilash (tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish) bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda quyidagilarni ko‘zda tutish: qurilish-montaj ishlarini obyektning har bir bosqichi (qismi) bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilgandan va Inspeksiya tomonidan ro‘yxatga olingandan so‘ng reja-grafik asosida boshlash; qurilish-montaj ishlarini belgilangan tartib-taomillarga muvofiq olib borish jarayonlarini Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan “Qurilishda davlat nazorati” elektron platformasida monitoring qilib borish; belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilinmagan taqdirda, obyektlarda qurilish-montaj ishlarini to‘xtatish hamda mutasaddi shaxslarga nisbatan tegishli javobgarlik choralarini belgilash. | 2026-yil iyul | Bosh prokuratura (Samadov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
33. | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida aholiga va tadbirkorlar uchun intellektual yordamchi vazifasini bajaruvchi platformani (sun’iy intellekt tizimida) yaratish. | Soha uchun intellektual yordamchi vazifasini bajaruvchi “Shaffof AI” platformasini to‘liq ishga tushirish. Shuningdek, tizimdagi barcha tarqoq sun’iy intellekt loyihalarini yagona platformaga birlashtirib, quyidagi asosiy yo‘nalishda faoliyat yuritishni ta’minlash: qurilish hujjatlarini intellektual tahlil qilish; fasadlar va qurilish maydonlarini avtomatik nazorat qilish; smeta hujjatlari va qurilish hajmlarini avtomatik hisoblash; fuqarolar va tadbirkorlar uchun 24/7 rejimida ishlovchi AI-maslahat xizmati. | 2026-yil iyul | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov) |
34. | Ruxsat beruvchi hujjatlarning va muhandislik tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar muddatini murakkablik toifalaridan kelib chiqib belgilash. | Ruxsat beruvchi hujjatlarning va muhandislik tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar muddatini murakkablik toifalaridan kelib chiqib belgilash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2026-yil iyul | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (Eshquvvatov), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Askarov), “Hududgazta’minot” AJ (Xodjayev), “O‘zsuvta’minot” AJ (Suvankulov), tegishli vazirlik va idoralar |
35. | Bank kafolatini taqdim etish tizimini soddalashtirish. | Xalqaro tenderlarda ishtirok etish uchun oferentlarga (mahalliy loyihachi va pudratchi) tegishli tijorat bankidan bank kafolati taqdim etish tizimini tanqidiy tahlil qilib, ushbu jarayonlarni soddalashtirish va avtomatlashtirish hamda talablarni yengillashtirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil iyul | Markaziy bank (Ishmetov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norkulov) |
2-ILOVA
“ | |||||
4. | Inspeksiya tizimidagi sinov laboratoriyalarini to‘liq raqamlashtirish, ularni obyektlar konstruksiyalari, qurilish materiallari va buyumlarini xalqaro standartlarga muvofiq to‘laqonli sinovdan o‘tkazishni amalga oshiruvchi zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash. | 1. Sinov laboratoriyalarining ish faoliyatini, beriladigan sinov bayonnomalarini va barcha hisobotlarni raqamlashtirish. 2. Talab etiladigan uskunalar ro‘yxatini shakllantirish. | Inspeksiya va hududiy inspeksiyalarning budjetdan tashqari mablag‘lari | 2025-yil sentabr | Inspeksiya (Eshquvvatov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
3. Hududiy inspeksiyalarni zamonaviy sinov laboratoriya uskunalari bilan ta’minlash. | 2026-2027-yillar | ||||
”. |