08.11.2022 yildagi PQ-416-son

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ullar

I. Universitetni transformatsiya qilish chora-tadbirlari

1.

Toshkent arxitektura-qurilish universitetining (keyingi o‘rinlarda — Universitet) tashkiliy tuzilmasi va shtatlar jadvalini tasdiqlash.

1. Universitet ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

2. Universitet oldiga qo‘yilgan yangi maqsadlar va vazifalar yuzasidan nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribalarini tahlil qilish hamda fakultetlar, umumkasbiy va mutaxassislik kafedralari, funksional bo‘limlar tarkibini qaytadan ko‘rib chiqish orqali Universitetning takomillashtirilgan tashkiliy tuzilmasi va shtatlar jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil dekabr

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Universitet

2.

Universitetni uzoq va o‘rta muddatli strategik rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

1. Strategik rivojlantirish dasturi loyihasini ishlab chiqish hamda ekspertlar muhokamasidan o‘tkazish.

2. Ishlab chiqilgan dastur loyihasini Universitetning Kuzatuv kengashi qarori bilan tasdiqlash.

2022-yil dekabr

Universitet mablag‘lari

Universitet,

Universitet Kuzatuv kengashi

3.

Universitetning kadrlar tayyorlash bo‘yicha mavjud 21 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va 24 ta magistratura mutaxassisliklarini maqbullashtirish hamda yangilarini ochish.

1. Qurilish sohasini kompleks rivojlantirish istiqbollari, ehtiyojlari, rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlari hamda kadrlar tayyorlash bo‘yicha xalqaro klassifikatorlarni tahlil qilish.

2023-yil yanvar

-

Universitet,

Universitet Kuzatuv kengashi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. Mazmun jihatdan yaqin bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlarini maqbullashtirish bo‘yicha asoslangan takliflar tayyorlash.

2023-yil fevral

3. Iqtisodiyotning real ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ilg‘or xorijiy tajribalarni chuqur o‘rganish va tahlil qilish asosida bakalavriatning yangi ta’lim yo‘nalishlari va magistraturaning yangi mutaxassisliklari ro‘yxatini shakllantirish.

Har yili

4. Mazkur ro‘yxat asosida ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha qabul kvotalarini shakllantirish hamda tegishli vazirlik va idoralarga kiritish.

Har yili

5. Tasdiqlangan kvotalar asosida qabul va o‘quv jarayonlarini tashkil etish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

4.

Universitetning moliyaviy barqarorligini yanada oshirish.

1. Ta’lim, ilm-fan va uning natijalarini tijoratlashtirish bo‘yicha tijorat va notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Doimiy ravishda

Universitet mablag‘lari

Universitet,

Universitet Kuzatuv kengashi

2. Universitetning 2023-yilda kutilayotgan daromadlari va xarajatlari to‘g‘risida prognoz ko‘rsatkichlarni aniqlash.

2022-yil dekabr

3. Milliy, xalqaro grantlar hamda homiylik va xayriya mablag‘larini jalb qilish.

Doimiy ravishda

5.

Universitetning 2026-yilga qadar xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning sohaviy yoxud mintaqaviy, 2030-yilga qadar global reytingiga kirishiga erishish bo‘yicha tizimli va samarali ishlarni olib borish.

1. Universitetda xalqaro reytinglar bilan shug‘ullanuvchi alohida tarkibiy tuzilma (kamida 2 ta shtat birligidan iborat) tashkil etib, uni yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish hamda faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish.

2023-yil mart

Universitet mablag‘lari

Universitet,

Universitet Kuzatuv kengashi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. Universitetni xalqaro reytinglarga kiritish maqsadida uning faoliyatini tahlil qilish.

Doimiy ravishda

3. Tahlil natijasida Quacquarelli Symonds (QS) va Times Nigher Education (TNE) xalqaro reytinglarida ishtirok etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Doimiy ravishda

4. Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning ijrosi ustidan monitoring yuritish.

Reja-jadval asosida

6.

Universitet soha yo‘nalishlari bo‘yicha nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Universitetning o‘quv, ilmiy va boshqaruv jarayonlariga yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish.

1. Soha yo‘nalishlari bo‘yicha nufuzli mahalliy va xorijiy tashkilotlar hamda ularda faoliyat olib borayotgan yuqori malakali mutaxassislar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Nufuzli mahalliy va xorijiy tashkilotlardagi ilg‘or texnologiyalar bilan tanishish hamda ularni o‘quv va amaliyot jarayonlariga tatbiq etish bo‘yicha kelishuvga erishish.

3. Yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni Universitetning o‘quv, ilmiy va boshqaruv jarayonlariga jalb etish.

Doimiy ravishda

Universitet mablag‘lari

Universitet,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

ish beruvchi tashkilotlar

7.

Universitetni malakali ma’muriy-boshqaruv, ilmiy-pedagogik va o‘quv-yordamchi xodimlar bilan ta’minlash.

Ma’muriy-boshqaruv, ilmiy-pedagogik va o‘quv-yordamch� xodimlar tarkibini zamon talablariga javob beradigan, yuqori malakali, kasbiy tayyorgarlikka ega kadrlar bilan to‘ldirish.

Bunda, birinchi navbatda, salohiyatli professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilarni o‘quv va ilmiy jarayonlarga keng jalb etishga alohida e’tibor qaratish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

-

Universitet,

Universitet Kuzatuv kengashi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

8.

Universitetda yoshlar o‘rtasida ilmiy va madaniy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

1. Yozgi maktablarni tashkil etish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil mart

Universitet mabl�g‘lari

Universitet,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. Yozgi maktablar tashkil etishga doir xalqaro loyihalar bazasini shakllantirish va ularda talaba-yoshlar ishtirokini tashkillashtirish.

Doimiy ravishda

3. Respublika bo‘ylab yozgi maktablarni targ‘ib qilish bo‘yicha tadbirlar tashkil etish.

Doimiy ravishda

II. Universitetda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish

9.

Universitet o‘quv-metodik hujjatlarini hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasasi takliflari va xalqaro reyting tashkilotlarining b�rinchi 1 000 talik ro‘yxatiga kirgan universitetlarning ta’lim dasturlari asosida ishlab chiqish.

1. Ta’lim dasturlarini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning amaldagi reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 talikka kirgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining dasturlari asosida shakllantirish.

2. Universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari asosida Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga hamda zarur hollarda, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga tegishli o‘zgartirish kiritish.

3. O‘quv rejasidagi tanlov fanlarini kadr buyurtmachilari takliflari asosida shakllantirish.

4. Ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, xorijiy tillarda o‘qitiladigan mutaxassislik fanlari sonini oshirish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

-

Universitet,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

10.

Universitetning alohida guruhlarida darslar xorijiy tillarda o‘tkazilishini tashkil etish.

1. Ta’lim jarayoni xorijiy tilda o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini belgilash.

2. Xorijiy tillarni yaxshi o‘zlashtirgan professor-o‘qituvchi va talabalarni saralab olish hamda talabalarga mutaxassislik fanlarini xorijiy tillarda o‘tish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

-

Universitet,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

11.

Xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan talabalarning akademik almashinuvini rivojlantirish.

1. Xalqaro tashkilotlar tomonidan tan oli�gan oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish va talabalar o‘rtasida akademik almashinuvni rivojlantirish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

Universitet mablag‘lari,

homi?lik va xayriya mablag‘lari

Universitet,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

2. Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida o‘quv jarayonini xorijiy tillarda tashkil etish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

12.

O‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarishga axborot texnologiyalarini keng joriy etish.

1. O‘quv auditoriyalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan to‘liq jihozlash.

2. Elektron jurnal, elektron davomat va elektron dars jadvali tizimidan foydalanishni yanada kengaytirish.

3. Elektron oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha ishlarni boshlash.

4. Universitet veb-saytini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish.

5. Universitetning tarmoq infratuzilmasini to‘liq modernizatsiya qilish.

6. Universitetda domen serverini o‘rnatish.

7. O‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish maqsadida zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlash.

8. O‘quv auditoriyalarini onlayn rejimda ishlaydigan veb-kameralar bilan to‘liq jihozlash va har bir fakultetda ma’ruza mashg‘ulotlariga mo‘ljallangan “Smart” auditoriyalar yaratish.

9. Masofaviy ta’lim va modul tizimiga o‘tishda zarur bo‘lgan axborot texnologiyalari jihozlari bilan ta’minlash hamda vebinar xonalar sonini oshirish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, bosqichma-bosqich

Universitet mablag‘lari

Universitet,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

13.

Universitetda xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari ulushini oshirish.

1. Universitetga jalb qilingan xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash miqdorlarini belgilash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil yanvar

Davlat budjeti mablag‘lari,

Universitet mablag‘lari,

grant mablag‘lari

Universitet,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Moliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Universitetni xalqa�o e’tirof etilgan tashkilotlar reytingiga kiritish maqsadida Universitet o‘quv va ilmiy jarayonlariga xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan yetakchi professor-o‘qituvchilar hamda mutaxassislarni jalb qilish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

3. Universitet buyurtmanomalariga binoan belgilangan tartibda Universitet xorijiy professor-o‘qituvchilari va ma’muriy xodimlariga hamda ularning oila a’zolariga ko‘p martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha yashash joyida ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlash.

Zaruratga qarab

14.

Universitetda ta’lim sifatini baholashda xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari xizmatlaridan foydalanish.

1. Universitet bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini bosqichma-bosqich akkreditatsiyadan o‘tkazishga tayyorlash.

2023-yil sentyabr�an boshlab

Universitet mablag‘lari

Universitet,

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Mazkur yo‘nalishlarda mavjud ?izimli kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

3. Universitetdagi ta’lim sifatini ichki baholashga xalqaro akkreditatsiya tashkilotlarini taklif etish.

2027-yil may

15.

Universitet talabalarining tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlari hamda malaka amaliyotlari davlat organlari, davlat ulushiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida o‘tkazilishini tashkil etish.

1. Kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarining xususiyatidan kelib chiqib korxonalar va tashkilotlarda barcha talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘yicha respublika hududlari kesimida talabalar taqsimot jadvalini ishlab chiqish.

2. Talabalarni tegishli tashkilotlarga biriktirish va shartnomalar tuzish.

3. Taqsimot jadvalini tasdiqlash va talabalarni amaliyotga yuborish.

4. Amaliyotni yakunlagan talabalarning amaliyot jarayonlarida o‘zlashtirgan bilim va tajribalarini baholash tizimini ishlab chiqish.

5. Amaliyot o‘tagan talabalar bilimini baholash.

Universitet o‘quv reja-jadvali asosida

-

Universitet,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Qurilish vazirligi

16.

O‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayonini zamonaviy darslik, o‘quv qo‘llanma va adabiyotlar, shuningdek, ilmiy nashrlar, o‘quv-uslubiy, ilmiy-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash, talabalarga ilg‘or elektron ma’lumotlar bazalaridan foydalanish uchun sharoit yaratish.

1. O‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayonini tegishli o‘quv va ilmiy-metodik qo‘llanmalar hamda ilmiy nashrlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

2. Universitet axborot-resurs markazini O‘zbekiston Milliy kutubxonasining elektron axborot tizimiga integratsiya qilish hamda qurilish sohasiga oid materiallar bilan tanishish imkoniyatini yaratish.

3. Universitet axborot-resurs markazini ilg‘or xorijiy elektron ma’lumotlar bazalariga ulash hamda talaba va pedagoglar uchun ushbu bazalardan tekin foydalanish imkoniyatini yaratish.

2023-yil sentyabr

Universitetning mablag‘lari, grantlar, homiylik mablag‘lari

Universitet,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

III. Universitetda ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlant�rish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash

17.

Universitetda ilmiy tadqiqot natijalarini nashr qilish, amaliyotga joriy etish, xalqaro va xorijiy ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish.

1. Universitetda ilmiy-tadqiqot, innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2023-yil

yanvar

Universitet mablag‘lari

Universitet,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Universitetda ilmiy-tadqiqot, innovatsion va iqtidorli talabalar, tadqiqotchilar bilan ishlash faoliyatini rivojlantirish maqsadida yuqori malakali konsultantlarni jalb qilish.

Doimiy ravishda

3. Yuqori malakali konsultantlar tomonidan professor-o‘qituvchilarga maslahat xizmati ko‘rsatish va ochiq ma’ruzalar tashkil etish.

Reja-jadval asosida

18.

Universitet ilmiy-tadqiqot faoliyatiga budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish samaradorligini oshirish.

1. Davlat va xorijiy grantlar tanloviga ilmiy loyihalar tayyorlash va ularda ishtirok etish.

2. Xo‘jalik shartnomalari asosida ishlarni tashkil etish va mablag‘larni jalb etish.

3. Ilmiy loyihalarda ishtirok etgan o‘qituvchi va boshqa xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirib borish.

4. Har yilgi ilmiy faoliyatga oid dasturlarni shakllantirishda arxitektura va qurilish sohasi bo‘yicha maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari amalga oshirilishini nazarda tutish.

Doimiy ravishda

Grant mablag‘lari, xo‘jalik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar,

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ajratiladigan maqsadli grantlar

Universitet,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

19.

Ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish.

1. Mavjud barcha laboratoriya jihozlarini xatlovdan o‘tkazish va ularning texnik holatini o‘rganish.

2022-yil dekabr

Universitet mablag‘lari

Universitet,

manfaatdor vazir�ik va idoralar

2. Nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarida amalda foydalanilayotgan normativ hujjatlar asosida Universitetning ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari uchun qo‘llanmalar ishlab chiqish va ulardan foydalanish.

2023-yil aprel

3. Qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar bilan integratsiya aloqalarini kuchaytirish.

Doimiy ravishda

20.

Universitet huzurida ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarini tashkil etish.

Ilmiy-tadqiqot jarayonlarini rivojlantirish va ishlab chiqarish bilan integratsiyani ta’minlash maqsadida mutaxassislik kafedralar huzurida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida “Tadqiqot va rivojlanish markazi”, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarini tashkil etish.

Jumladan, Aqlli va barqaror shaharlar markazi, Energetika va Yer fanlari markazi, Hayot davomida ta’lim markazi va boshqalar.

Reja-jadval asosida

Universitet mablag‘lari,

homiylik xayriyalari

Universitet,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Xalqaro hamkorlikni kengaytirish va diversifikatsiya qilish.

Dunyoning yetakchi universitetlari bilan samarali hamkorlikni kengaytirish. Bunda:

ilmiy darajalarni olish uchun yangi doktorantura ta’lim dasturlarini tashkil etish;

professor-o‘qituvchilar tarkibi va talabalar uchun yangi almashinuv dasturlarini tashkil etish;

turli mintaqaviy muammolarni hal qilish bo‘yicha qo‘shma xalqaro ilmiy-tadqiqot faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2023-yil sentyabrdan boshlab

Universitet mablag‘lari, homiylik, xayriyalari, grant mablag‘lari

Universitet,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

22.

Universitetni yangi avlod (3- va 4-avlodlar) universitetiga aylantirish uchun zamin yaratish.

1. O‘rta va uzoq muddatli strategik rivojlantirish dasturi asosida yangi avlod (3 va 4-avlodlar) universitetiga o‘tish talablarini amalga oshirish.

2. Raqobatbardosh doktorlik dasturlarini tashkil etish.

3. Tayanch doktoranturaga talabgorlarni qo‘shimcha qabul qilish.

4. Dunyoning yetakchi universitetlari bilan birgalikda Universitetni pedagogik va ilmiy xodimlar bilan ta’minlash mexanizmini yo‘lga qo‘yish.

Reja-jadval asosida, bosqichma-bosqich

Universitet mablag‘lari, homiylik xayriyalari, grant mablag‘lari

Universitet,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

23.

Universitetda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida tadbirlar tashkil etish.

1. Universitet talabalarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni asosida dolzarb mavzularda tadbirlar o‘tkazish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil yanvar

Universitet mablag‘lari

Universitet,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni asosida dolzarb mavzularda tadbirlar o‘tkazish.

Reja-jadval asosida

24.

Universitet talabalarining bandligini ta’minlash va ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash.

1. Universitetda kadrlar tayyorlanadigan mavjud ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatlarini inobatga olgan holda, o‘quv mashg‘ulotlaridan so‘ng bo‘sh bo‘ladigan xona va inshootlarni talabalarga bepul ajratish, kamida 10 ta pullik kurslar, maishiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish.

2023-yil mart

-

Universitet,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Qurilish vazirligi,

ish beruvchi tashkilotlar

2. Talabalarning kelgusida ishga joylashishini inobatga olgan holda, haq to‘lanadigan stajirovka (amaliyot) o‘tash joylarini aniqlashtirish.

Har yili yanvar-fevral

3. Haq to‘lanadigan stajirovka (amaliyot)larni tashkil etadigan korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish.

Har yili fevral-mart

4. Talabalarning stajirovka (amaliyot) o‘tashlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish choralarini ko‘rish.

Shartnomada ko‘rsatilgan muddatda

25.

Universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalarini tegishli sohalarning ilmiy-texnik muammolariga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish.

1. Sohalarning ilmiy-texnik muammolari bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borish.

2. Universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalarini tegishli ilmiy-tadqiqot ishlariga biriktirish.

Har o‘quv yilining sentyabr-oktyabr oylari

Vazirliklar va idoralar mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi,

Universitet

3. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini impakt faktori yuqori bo‘lgan xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda chop etish hamda amaliyotga joriy etish choralarini ko‘rish.

Doimiy ravishda

26.

Iqtidorli talabalar, yosh olimlar hamda professor- o‘qituvchilarning innovatsion va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Universitet huzurida texnopark tashkil etish.

1. Texnoparkni tashkil etish bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda zarur yer maydoni, bino yoki inshootni ajratish.

2. Texnoparkni xalqaro tashkilotlarning grantlari va salohiyatli investor mablag‘lari hisobiga, jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etish.

2023-yil may

Grantlar, investor mablag‘lari,

zarur hollarda,

Toshkent shahri shahar budjeti mablag‘lari

Toshkent shahri hokimligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Universitet

27.

Universitet huzuridagi akademik litsey o‘quv dasturini “International Advanced Levels” xalqaro dasturi asosida qayta ishlab chiqish.

“International Advanced Levels” xalqaro dasturga iqtidorli yoshlarni saralab olish tartibi, o‘quv reja va dasturlar bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil yanvar

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Prezident ta’lim muassasalari agentligi

28.

Universitet huzuridagi Qurilish sohasidagi menejerlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi faoliyatini takomillashtirish.

1. Qurilish sohasidagi menejerlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi faoliyatini o‘rganish.

2022-yil dekabr

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Qurilish vazirligi,

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,

Universitet

2. Qurilish sohasidagi menejerlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi negizida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Kasbiy faoliyatni rivojlantirish markazini tashkil etish bo‘yicha tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil yanvar

IV. Universitetning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

29.

Universitet uchun qo‘shimcha o‘quv binolar va talabalar turar joylarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda jihozlash.

1. Universitetda ta’lim jarayonini tashkil etish uchun qo‘shimcha bino va inshootlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash bo‘yicha ishchi guruh tuzish.

2022-yil noyabr

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Toshkent shahri hokimligi,

Universitet

2. Ishchi guruh tomonidan Universitetga istiqboldagi qabul rejalarini hisobga olgan holda yangi o‘quv binolari va talabalar turar joylarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda jihozlash bo‘yicha dastur ishlab chiqish.

2022-yil dekabr

3. Dasturda obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish manbalarini aniq belgilash.

2022-yil dekabr

4. Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bajariladigan ishlarni O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritish.

2023 — 2025-yillar

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ullar

I. Universitetni transformatsiya qilish chora-tadbirlari

1.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining (keyingi o‘rinlarda — Universitet) tashkiliy tuzilmasi va shtatlar jadvalini tasdiqlash.

1. Universitet ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

2. Universitet oldiga qo‘yilgan yangi maqsadlar va vazifalar yuzasidan nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribalarini tahlil qilish hamda fakultetlar, umumkasbiy va mutaxassislik kafedralari, funksional bo‘limlar tarkibini qaytadan ko‘rib chiqish orqali Universitetning takomillashtirilgan tashkiliy tuzilmasi hamda shtatlar jadvalini ishlab chiqish.

2022-yil dekabr

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Universitet

2.

Universitetni uzoq va o‘rta muddatli strategik rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

1. Strategik rivojlantirish dasturi loyihasini ishlab chiqish hamda ekspertlar muhokamasidan o‘tkazish.

2022-yil dekabr

Universitet mablag‘lari

Universitet,

Universitet Kuzatuv kengashi

2. Ishlab chiqilgan dastur loyihasini Universitetning Kuzatuv kengashi qarori bilan tasdiqlash.

2022-yil dekabr

3.

Universitetga xorijiy talabalarni jalb etishni kengaytirish.

1. Xorijiy mamlakatlar mehnat bozoridagi talabni doimiy o‘rganish va xalqaro ta’lim ko‘rgazmalarida ishtirok etish rejasini ishlab chiqish.

2023-yil mart

Universitet mablag‘lari

Universitet,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. Aniqlangan talabga muvofiq, xorijiy fuqarolarni belgilangan tartibda o‘qishga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

4.

Universitet o‘quv dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirish hamda darslarning bosqichma-bosqich xorijiy tillarda (shu jumladan, ingliz tili) o‘tkazilishini tashkil etish.

1. Xorijiy tillarda (ingliz tili) dars o‘tadigan professor-o‘qituvchilarni maqsadli tayyorlash hamda ularning xorijda tegishli malaka oshirish va stajirovkalarini tashkil etish.

Doimiy ravishda

Universitet mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, grantlar

Universitet,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. Mutaxassislik fanlaridan o‘quv mashg‘ulotlarini chet tilida olib borishga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.

3. Xorijiy tillarda (ingliz tili) o‘qitiladigan alohida guruhlarni tashkil etish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

5.

Universitet soha yo‘nalishlari bo‘yicha nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Universitetning o‘quv, ilmiy hamda boshqaruv jarayonlariga yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish.

1. Soha yo‘nalishlari bo‘yicha nufuzli mahalliy va xorijiy tashkilotlar hamda ularda faoliyat olib borayotgan yuqori malakali mu�axassislar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Nufuzli mahalliy va xorijiy tashkilotlardagi ilg‘or texnologiyalar bilan tanishish hamda ularni o‘quv va amaliyot jarayonlariga tatbiq etish bo‘yicha kelishuvga erishish.

3. Yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni Universitetning boshqaruv, o‘quv, ilmiy va talabalarning amaliyot jarayonlariga jalb etish.

Doimiy ravishda

Universitet mablag‘lari

Universitet,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

ish beruvchi tashkilotlar

4. Dunyoning yetakchi universitetlari ta’lim dasturlarini xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda Universitetda tatbiq etish choralarini ko‘rish va moliyalashtirish.

2023-2024-yillar

Davlat budjeti mablag‘lari

Universitet

Kuzatuv kengashi, Universitet,

Moliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

6.

Universitetda yoshlar o‘rtasida ilmiy va madaniy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

1. Yozgi maktablarni tashkil etish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil mart

Universitet mablag‘lari

Universitet,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. Yozgi maktablar tashkil etilishiga qaratilgan xalqaro loyihalar bazasini shakllantirish va ularda talaba-yoshlar ishtirokini tashkillashtirish.

Doimiy ravishda

3. Respublika bo‘ylab yozgi maktablarni targ‘ib qilish bo‘yicha tadbirlar tashkil etish.

Doimiy ravishda

7.

Universitetning moliyaviy holatini yaxshilash imkoniyatlarini kengaytirish.

1. Ta’lim, ilm-fan, uning natijalarini tijoratlashtirish bo‘yicha tijorat va notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Doimiy ravishda

Universitet mablag‘lari

Universitet,

Universitet Kuzatuv kengashi

2. Universitetning 2023-yilda kutilayotgan daromadlari va xarajatlari to‘g‘risida prognoz ko‘rsatkichlarini aniqlash.

2022-yil dekabr

3. Milliy, xalqaro grant hamda homiylik va xayriya mablag‘larini jalb qilish.

Doimiy ravishda

8.

Universitetni malakali ma’muriy-boshqaruv, ilmiy-pedagogik va o‘quv-yordamchi xodimlar bilan ta’minlash.

Ma’muriy-boshqaruv, ilmiy-pedagogik va o‘quv-yordamchi xodimlar tarkibini zamon talablariga javob beradigan, yuqori malakali, kasbiy tayyorgarlikka ega kadrlar bilan to‘ldirish.

Bunda, birinchi navbatda, salohiyatli professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilarni o‘quv va ilmiy jarayonlarga keng jalb etishga alohida e’tibor qaratish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

-

Universitet,

Universitet Kuzatuv kengashi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

II. Universitetda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish

9.

Universitet o‘quv-metodik hujjatlarini hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasasi takliflari va xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 1 000 talik ro‘yxatiga kirgan universitetlarning ta’lim dasturlari asosida ishlab chiqish.

1. Ta’lim dasturlarini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning amaldagi reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 talikka kirgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining dasturlari asosida shakllantirish.

2. Universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari asosida Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga hamda zarur hollarda, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga tegishli o‘zgartirish kiritish.

3. O‘quv rejasidagi tanlov fanlarini kadr buyurtmachilari takliflari asosida shakllantirish.

4. Ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, xorijiy tillarda o‘qitiladigan mutaxassislik fanlari sonini oshirish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

-

Universitet,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

10.

Talabalarning amaliyot o‘tash imkoniyatlarini kengaytirish

1. Talabalar uchun yangi amaliyot o‘tash imkoniyatlarini ishlab chiqish uchun rektor, prorektorlar va dekanlardan iborat ishchi guruh tuzish.

2023-yil may

-

Universitet,

ish beruvchi tashkilotlar

2. Talabalar uchun yetakchi tarmoq korxonalari va tashkilotlari hamda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy arxitektura va qurilish kompaniyalarida amaliyot o‘tash imkoniyatlarini yaratish va kengaytirish.

2023-yil iyun

11.

Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ilmiy-ijodiy ishlarni rivojlantirish maqsadida talaba to‘garaklari (klublari) faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. Talabalar va professor-o‘qituvchilar takliflari asosida talaba to‘garaklarini tashkil etish.

2022-yil dekabr

Universitet mablag‘lari

Universitet,

hamkor tashkilotlar

2. Talaba to‘garaklari boshqaruvini tashkil etish.

3. Talaba to‘garaklariga asoslangan loyihalar uchun maqsadli sarflash sharti bilan mablag‘lar ajratish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

12.

O‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarishga axborot texnologiyalarini keng joriy etish.

1. O‘quv auditoriyalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan to‘liq jihozlash.

2. Elektron jurnal, elektron davomat va elektron dars jadvali tizimidan foydalanishni yanada kengaytirish.

3. Universitet veb-saytini zamon talablariga mos ravishda qayta takomillashtirish.

4. Universitetning tarmoq infratuzilmasini to‘liq modernizatsiya qilish.

5. Universitetda domen serverini o‘rnatish.

6. O‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish maqsadida zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlash.

7. O‘quv auditoriyalarini onlayn rejimda ishlaydigan veb-kameralar bilan to‘liq jihozlash va har bir fakultetda ma’ruza mashg‘ulotlariga mo‘ljallangan “Smart” auditoriyalar yaratish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, doimiy ravishda

Universitet mablag‘lari

Universitet,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

13.

Universitetda ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar ulushini oshirish.

1. Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan talabgorlarni doktoranturaga qabul qilish tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kelishish.

2023-yil may

Universitet mablag‘lari

Universitet,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Talabgorlarni tayanch doktorantura va doktoranturaga Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha qabul qilish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

14.

Ilg‘or xorijiy tajriba va mehnat bozori talablari asosida bakalavriatning yangi ta’lim yo‘nalishlari va magistraturaning yangi mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni bosqichma-bosqich tashkil etish.

1. Iqtisodiyot tarmoqlarida mavjud real ehtiyojlarni hisobga olgan holda, ilg‘or xorijiy tajribalarni chuqur o‘rganish va tahlil qilish asosida yangi ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ro‘yxatini shakllantirish.

Har yili noyabr

-

Universitet,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Shakllantirilgan ro‘yxat asosida yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha qabul kvotalarini shakllantirish hamda tegishli vazirlik va idoralarga kiritish.

Har yili dekabr

3. Tasdiqlangan kvotalar asosida qabul va o‘quv jarayonlarini tashkil etish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

15.

Universitetda xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari ulushini oshirish.

1. Universitetga jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash miqdorlarini belgilash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil yanvar

Davlat budjeti mablag‘lari,

Universitet mablag‘lari, grant mablag‘lari

Universitet,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Moliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Universitetni xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingiga kiritish maqsadida Universitetning o‘quv va ilmiy jarayonlariga xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan yetakchi professor-o‘qituvchilar hamda mutaxassislarni jalb qilish.

Universitetni �alqaro e’tirof etilgan agentliklar reytingining kuchli OTMlar ro‘yxatiga kiritish maqsadida Universitetdagi o‘quv va ilmiy jarayonlarga xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan yetakchi professor-o‘qituvchilar hamda mutaxassislarni taklif etish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

3. Universitet buyurtmanomalariga binoan belgilangan tartibda Universitet xorijiy professor-o‘qituvchilari va ma’muriy xodimlariga hamda ularning oila a’zolariga ko‘p martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha yashash joyida ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlash.

Zaruratga qarab

16.

Xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan talabalarning akademik almashinuvini rivojlantirish.

1. Xalqaro tashkilotlar tomonidan tan olingan oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish va talabalar o‘rtasida akademik almashinuvni rivojlantirish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

Universitet mablag‘lari,

homiylik va xayriya mablag‘lari

Universitet,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv jarayonini xorijiy tillarda tashkil etish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

17.

Universitetda ta’lim sifatini baholashda xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari xizmatlaridan foydalanish.

1. Universitet ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini bosqichma-bosqich akkreditatsiyadan o‘tkazishga tayyorlash.

2023-yil sentyabrdan boshlab

Universitet mablag‘lari

Universitet,

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Mazkur yo‘nalishlarda mavjud tizimli kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

3. Universitetdagi ta’lim sifatini ichki baholashga xalqaro akkreditatsiya tashkilotlarini taklif etish.

2027-yil may

18.

Talabalarda amaliy va ishlab chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishda ish beruvchi tashkilotlarning ishtirokini oshirish va mas’uliyatini belgilash.

1. Universitet talabalarining amaliyotini tashkil etish bo‘yicha amaliyot o‘tash obyektlari — ish beruvchi tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yangilash.

Har o‘quv yili yanvar oyida

-

Universitet,

ish beruvchi tashkilotlar

2. Zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etgan yetakchi tashkilotlar bilan talabalarning amaliyot o‘tashi bo‘yicha o‘zaro hamkorlik shartnomalarini tuzish.

Har yili yanvar-fevral oylarida

3. Talabalar amaliyoti tashkil etilgan tashkilotlar tomonidan iqtidorli talabalarga istiqbolda o‘z ish o‘rinlarini topishda ko‘maklashish maqsadida amaliyot davrida ularni mavsumiy ishlarga jalb qilgan holda, keyinchalik ishga qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish va yo‘lga qo‘yish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, muntazam ravishda

4. Ish beruvchi tashkilotlar ishtirokida Universitetda “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkalarini o‘tkazish.

Yiliga 2-marta

19.

Universitet talabalarining tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlari hamda malaka amaliyotlari davlat organlari, davlat ulushiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida o‘tkazilishini tashkil etish.

1. Kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, korxonalar va tashkilotlarda barcha talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘yicha respublika hududlari kesimida talabalar taqsimot jadvalini ishlab chiqish.

2. Talabalarni tegishli tashkilotlarga biriktirish va shartnomalar tuzish.

3. Taqsimot jadvalini tasdiqlash va talabalarni amaliyot o‘tash uchun yuborish.

4. Amaliyotni yakunlagan talabalarni amaliyot jarayonlarida o‘zlashtirgan bilim va tajribalarini baholash tizimini ishlab chiqish.

5. Amaliyot o‘tagan talabalar bilimini baholash.

Universitet o‘quv reja-jadvali asosida

-

Universitet,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Qurilish vazirligi

20.

O‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayonini zamonaviy darslik, o‘quv qo‘llanma va adabiyotlar, shuningdek, ilmiy nashrlar, o‘quv-uslubiy, ilmiy-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash, talabalar uchun ilg‘or elektron ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga sharoit yaratish.

1. Universitetning axborot-resurs markazini raqamlashtirish.

2. O‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayonini tegishli o‘quv va ilmiy-metodik qo‘llanmalar hamda ilmiy nashrlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

3. Universitet axborot-resurs markazini O‘zbekiston Milliy kutubxonasining elektron axborot tizimiga integratsiya qilish hamda qurilish sohasiga oid materiallar bilan tanishish imkoniyatini yaratish.

4. Universitet axborot-resurs markazini xorijiy ilg‘or elektron ma’lumotlar bazalariga ulash hamda talaba va pedagoglar uchun tekin foydalanish imkoniyatini yaratish.

2023-yil sentyabr

Universitet mablag‘lari, grantlar, homiylik mablag‘lari

Universitet,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

III. Universitetda ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash

21.

Universitetda ilmiy-tadqiqot natijalarini nashr qilish, amaliyotga joriy etish, xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish.

1. Universitetda ilmiy-tadqiqot, innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2023-yil yanvar

Universitet mablag‘lari

Universitet,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ilmiy tadqiqotchilar va iqtidorli talabalar bilan ishlash faoliyatini rivojlantirish maqsadida yuqori malakali konsultantlarni jalb qilish.

Doimiy ravishda

3. Yuqori malakali konsultantlar tomonidan professor-o‘qituvchilarga maslahat xizmati ko‘rsatish va ochiq ma’ruzalar tashkil etish.

Reja-jadval asosida

22.

Universitetda ilmiy-tadqiqot faoliyatiga budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish samaradorligini oshirish.

1. Davlat va xorijiy grantlar tanloviga ilmiy loyihalar tayyorlash va ularda ishtirok etish.

2. Xo‘jalik shartnomalari asosida ishlarni tashkil etish va mablag‘larni jalb etishni jadallashtirish.

3. Ilmiy loyihalarda faol ishtirok etgan xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirib borish.

4. Har yilgi ilmiy faoliyatga oid dasturlariga arxitektura va qurilish sohasi bo‘yicha maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarini kiritish.

Doimiy ravishda

Grant mablag‘lari, xo‘jalik faoliyatidan tushgan mablag‘lar, xorijiy tashkilotlar grantlari,

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ajratiladigan maqsadli grantlar

Universitet,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

23.

Universitetda Oliy ilm-fan maktabi (magistratura, doktorantura bo‘limlari, ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar)ni tashkil etish orqali ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash.

1. Professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlardan iborat tadqiqot guruhlarini tashkil etish.

2023-yil yanvar

Universitet mablag‘lari

Universitet,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Oliy attestatsiya komissiyasi

2. Professor-o‘qituvchilarni yangi ilmiy-tadqiqotlarga yo‘naltirish, soha korxonalari bilan qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab doimiy

24.

Universitet huzurida yangi ta’lim va ilmiy-tadqiqot markazlarini tashkil etish.

1. Mutaxassislik kafedralari huzurida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tadqiqot va rivojlanish markazlarini tashkil etish.

Reja-jadval asosida

Universitet mablag‘lari,

grantlar, xo‘jalik shartnomalari mablag‘lari, vazirlik va idoralarning mablag‘lari

Universitet,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Turizm va madaniy meros vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Samarqand viloyati hokimligi,

manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar

2. Turizm va madaniy meros vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar bilan hamkorlikda Madaniy merosni tadqiq qilish markazini tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2023-yil fevral

3. Shaharsozlik sohasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Universitetda Shaharsozlik tadqiqotlari ilmiy markazini tashkil etish.

2023-yil mart

4. Qurilish materiallari ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish.

2023-yil iyun

5. O‘zbek tili va san’atshunoslik markazini tashkil etish.

2023-yil sentyabr

6. Masofaviy ta’lim markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va takomillashtirish.

2023-yil dekabr

7. Tabiiy ofatlarga tayyorlash markazini tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2024-yil mart

8. Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun arxitektura-qurilish loyihalarini ishlab chiqish ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish.

2024-yil sentyabr

25.

Yangi va innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqish uchun “Dizayn fabrikasi”ni tashkil etish.

1. “Dizayn fabrikasi” o‘quvdan tashqari dastur doirasida innovatsion mahsulotlarning prototipini ishlab chiqish uchun dizayn, muhandislik va biznes fanlararo yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar jamoalarini shakllantirish.

2. Muammolarni aniqlash va dizayn fikrlash usullaridan foydalangan holda yechim topish maqsadida “Dizayn fabrikasi” doirasida Universitet, sanoat va jamoat tashkilotlari hamkorligini ta’minlash.

2023-yil oktyabr

Universitet mablag‘lari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Universitet,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

26.

Texnologiyalar transferi ofisini tashkil etish.

1. Texnologiyalar transferi ofisi nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil fevral

Universitet mablag‘lari,

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi maqsadli grantlari

Universitet,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Texnologiyalar transferi ofisiga malakali mutaxassislarni jalb qilish va uning moddiy-texnika bazasini shakllantirish.

3. Loyihalarni tayyorlash, tahlil qilish, loyiha takliflarini dastlabki baholash, tadqiqot loyihalarini tayyorlashga xizmat qiluvchi dasturlarga e’lonlar berish.

4. Tadqiqotlar samaradorligi va natijadorligini oshirish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etish, loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, soha tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

2023-yildan boshlab, doimiy

27.

Universitetda yuqori impakt faktorli ilmiy jurnal chop etishni yo‘lga qo‘yish.

1. Universitetning “Arxitektura va qurilish muammolari” jurnalini nufuzli xorijiy ilmiy-texnik �urnallar darajasiga olib chiqish.

2023-2024-yillar

Universitet mablag‘lari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Universitet,

Oliy attestatsiya komissiyasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Iqtisodiyot va biznes sohasiga doir yuqori impakt faktorli ilmiy jurnalni ta’sis etish.

2023 — 2025-yillar

3. Jurnallarni xalqaro talablarga moslashtirish va ularning elektron platformalarini yaratish.

2023 — 2025-yillar

4. Jurnallar tahrir hay’ati a’zoligiga yetakchi xalqaro va milliy ekspertlarni jalb qilish.

2023 — 2025-yillar

28.

Universitetda arxitektura-qurilish sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish.

1. Universitet huzurida yosh arxitektor va muhandislar markazlarini tashkil etish hamda ularning tarkibida loyihalash guruhlarini shakllantirish (aholi punktlarini rejalashtirish, landshaft-dizayn, bino-inshootlar, muhandislik, konstruksiyalar va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha loyiha guruhlari).

2023-yil iyun

Universitet mablag‘lari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Universitet,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Oliy va o‘rta max�us ta’lim vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Yosh arxitektor va muhandislar markazlariga investitsiya dasturlari va boshqa maqsadli davlat dasturlariga kiritilgan obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun buyurtma berish tizimini joriy qilish.

2023-yil sentyabr

3. Markazlar faoliyatini “Ustoz-shogird” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yish va ularga talabalarni jalb qilish.

2023-yil sentyabr

4. Markazlar faoliyatidan olinadigan daromadlarni Universitetning moddiy-texnika bazasini barqaror zamonaviy texnologiyalar bilan yangilab borish uchun yo‘naltirish.

2023-yil sentyabr

29.

Universitetning 2026-yilga qadar xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning sohaviy yoxud mintaqaviy, 2030-yilga qadar global reytingiga kirishiga erishish bo‘yicha tizimli va samarali ishlarni olib borish.

1. Universitetda xalqaro reytinglar bilan shug‘ullanuvchi alohida tarkibiy tuzilma (kamida 2 ta shtat birligidan iborat) tashkil etib, uni yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish hamda faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish.

2023-yil mart

Universitet mablag‘lari

Universitet,

Universitet Kuzatuv kengashi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. Universitetni xalqaro reytingga kiritish maqsadida uning faoliyatini tahlil qilish.

Doimiy ravishda

3. Tahlil natijasida Quacquarelli Symonds (QS) va Times Nigher Education (TNE) xalqaro reytinglarida ishtirok etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ish�ab chiqish.

Doimiy ravishda

4. Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosi ustidan monitoring yuritish.

Reja-jadval asosida

30.

Universitetda “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi” loyihasi doirasida o‘quv, ilmiy, ma’muriy va moliyaviy jarayonlarni boshqarish modullarini to‘liq joriy etish.

1. Axborot tizimini joriy etish va mas’ullarni belgilash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

Universitet mablag‘lari

Universitet,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Universitet xodimlarining axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirishga qaratilgan seminarlarni tashkil etish.

Reja asosida

31.

Universitetda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida tadbirlar tashkil etish.

1. Universitet talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni asosida dolzarb mavzularda tadbirlar o‘tkazish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil yanvar

Universitet mablag‘lari

Universitet,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tizimli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni asosida dolzarb mavzularda tadbirlar o‘tkazish.

Reja-jadvalga asosan

32.

Universitet talabalarining bandligini ta’minlash va ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash.

1. Universitetda kadrlar tayyorlanadigan mavjud ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatlarini inobatga olgan holda, o‘quv mashg‘ulotlaridan so‘ng bo‘sh bo‘ladigan xona va inshootlarni talabalarga bepul ajratish, kamida 10 ta pullik kurslar, maishiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish.

2023-yil mart

-

Universitet,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Qurilish vazirligi,

ish beruvchi tashkilotlar

2. Talabalarning kelgusida ishga joylashishini inobatga olgan holda, haq to‘lanadigan stajirovka (amaliyot) o‘tash joylarini aniqlashtirish.

Har yili yanvar-fevral

3. Haq to‘lanadigan stajirovka (amaliyot)larni tashkil etadigan korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish.

Har yili fevral-mart

4. Talabalarni stajirovka (amaliyot) o‘tashlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish choralarini ko‘rish.

Shartnomada ko‘rsatilgan muddatda

33.

Iqtidorli talabalar, yosh olimlar hamda professor-o‘qituvchilarning innovatsion va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Universitet huzurida Inkubatsiya markazini tashkil etish.

1. Inkubatsiya markazini tashkil etish bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda zarur yer maydoni, bino yoki inshootni ajratish.

2. Inkubatsiya markazini xalqaro tashkilotlarning grantlari va salohiyatli investor mablag‘lari hisobiga, jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etish.

2023-yil may

Grantlar, investor mablag‘lari, zarur hollarda, Samarqand viloyati viloyat budjeti mablag‘lari

Samarqand viloyati hokimligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Universitet

34.

Universitet huzuridagi akademik litsey o‘quv dasturini “International Advanced Levels” xalqaro dasturi asosida qayta ishlab chiqish.

“International Advanced Levels” xalqaro dasturga iqtidorli yoshlarni saralab olish tartibi, o‘quv reja va dastur, ta’lim jarayoniga jalb etiladigan o‘qituvchilar bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil yanvar

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Prezident ta’lim muassasalari agentligi

35.

Universitet huzuridagi Arxitektura-qurilish yo‘nalishidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda Jizzax politexnika instituti qoshidagi Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi faoliyatini takomillashtirish.

1. Universitet huzuridagi Arxitektura-qurilish yo‘nalishidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda Jizzax politexnika instituti qoshidagi Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazi faoliyatini o‘rganish.

2022-yil dekabr

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Qurilish vazirligi,

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,

Universitet

2. Universitet huzuridagi Arxitektura-qurilish yo‘nalishidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda Jizzax politexnika instituti qoshidagi Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi negizida Universitet huzurida Kasbiy faoliyatni rivojlantirish markazini tashkil etish bo‘yicha tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil yanvar

IV. Universitetning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

36.

Universitet uchun qo‘shimcha o‘quv binolari va talabalar turar joylarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda jihozlash.

1. Universitetda ta’lim jarayonini tashkil etish uchun qo‘shimcha bino va inshootlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash bo‘yicha ishchi guruh tuzish.

2022-yil noyabr

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Samarqand viloyati hokimligi,

Universitet

2. Ishchi guruh tomonidan Universitetga istiqboldagi qabul rejalarini hisobga olgan h�lda yangi o‘quv binolari va talabalar turar joylarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda jihozlash bo‘yicha dastur ishlab chiqish.

2022-yil dekabr

3. Dasturda obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish manbalarini aniq belgilash.

2022-yil dekabr

4. Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bajariladigan ishlarni O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritish.

2023 — 2025-yillar

37.

Samarqand shahri, V. Abdullayev ko‘chasi, 63-uy manzilida joylashgan Toshkent axborot-texnologiyalari universiteti huzuridagi Samarqand axborot texnologiyalari texnikumi faoliyati tugatilib, bino va inshootlarini Universitetga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish.

1. Samarqand axborot texnologiyalari texnikumi faoliyatini tugatish.

2. Samarqand axborot texnologiyalari texnikumi bino va inshootlarini Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish.

3. Faoliyati tugatilayotgan Samarqand axborot texnologiyalari texnikumining o‘quvchilari o‘qishni ushbu ta’lim muassasasida amaldagi o‘quv dasturlari asosida davom ettirishini ta’minlash.

4. Faoliyati tugatilayotgan Samarqand axborot texnologiyalari texnikumining o‘quv va laboratoriya hamda ustaxona jihozlarini ehtiyoj mavjud bo‘lgan professional ta’lim muassasalariga ko‘chirish choralarini ko‘rish.

2023-yil yanvardan boshlab

-

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Davlat aktivlarni boshqarish agentligi,

Samarqand viloyat hokimligi,

Universitet

T/r

Ustuvor vazifalar

Maqsadli ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi

Yillar kesimida:

2021-yil

(amalda)

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

1.

Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash

Ilmiy salohiyat (asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar soniga nisbatan)

foizda

42,1

43,7

50

55

60

2.

Fan doktorlari (DSc) himoya ko‘rsatkichi

nafar

1

3

5

6

8

3.

Falsafa doktorlari (PhD) himoya ko‘rsatkichi

nafar

18

20

30

36

40

4.

Shu jumladan, xorijiy mamlakatlarda

nafar

0

0

3

5

7

5.

Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun tahsil olayotgan doktorantlar (DSc) soni

nafar

4

3

40

55

75

6.

Falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun tahsil olayotgan tayanch doktorantlar (PhD) soni

nafar

60

75

80

90

100

7.

Mustaqil izlanuvchilar (PhD va DSc) soni

nafar

23

28

32

36

40

8.

Professor-o‘qituvchilarning ilmiy-uslubiy faoliyati natijadorligini oshirish

Darsliklar soni (nashr guvohnomalari)

dona

35

36

40

44

47

9.

O‘quv qo‘llanmalar soni (nashr guvohnomalari)

dona

52

56

62

67

75

10.

Monografiyalar soni

dona

18

20

25

50

80

11.

Patentlar soni

dona

2

4

5

7

10

12.

Scopus, Web of Science ma’lumotlar bazasiga kiradigan maqolalar soni

dona

34

38

50

80

100

13.

Respublika jurnallarida e’lon qilingan ilmiy maqolalar soni

dona

270

310

340

360

400

14.

Scopus, Web of Science ma’lumotlar bazasiga kiradigan har bir maqolaga to‘g‘ri keluvchi iqtiboslar soni (jami maqolalar soniga nisbatan)

koeffitsiyent

0,5

0,6

0,7

0,9

1,0

15.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid dasturlar va elektron bazalar uchun olingan guvohnomalar, mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan turli materiallar soni

dona

13

14

16

18

20

16.

Ilmiy-tadqiqot faoliyati va ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish asosida olingan mablag‘lar hajmi

Xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari va ilmiy fondlardan olingan mablag‘lar

mlrd so‘m

0,60

0,65

0,80

1,0

1,5

17.

Davlat grantlari asosida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlardan olingan mablag‘lar

mlrd so‘m

0,88

1,05

1,8

2,25

3,0

18.

Sohalar buyurtmasi asosida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlardan olingan mablag‘lar

mlrd so‘m

0,67

1,2

3,0

4,5

6,0

19.

Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish

Jahonning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlariga xizmat safarlariga yuboriladigan Universitet professor-o‘qituvchilari soni

nafar

13

17

25

40

50

20.

Universitetga arxitektura va qurilish sohasidagi ilg‘or amaliy tajribaga ega bo‘lgan rivojlangan davlatlar oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari tashrifini tashkil etish

nafar

15

17

35

45

55

21.

Akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etuvchi talabalar soni

nafar

6

20

25

30

35

22.

Universitet professor-o‘qituvchilarining xorijiy olimlar bilan hammualliflikda chop etgan maqolalari soni

dona

2

8

20

42

50

23.

Universitet talabalarining amaliyotlarini ilg‘or xorijiy oliy ta’lim bazasida tashkil etish

nafar

-

4

10

20

40

24.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalarining amaliyotini Universitet bazasida tashkil etish

nafar

5

8

15

20

50

T/r

Ustuvor vazifalar

Maqsadli ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi

Yillar kesimida:

2021-yil

(amalda)

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

1.

Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash

Ilmiy salohiyat (asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar soniga nisbatan)

foizda

30,1

32

38

43

52

2.

Fan doktorlari (DSc) himoya ko‘rsatkichi

nafar

1

2

3

6

10

3.

Falsafa doktorlari (PhD) himoya ko‘rsatkichi

nafar

12

18

23

30

35

4.

Shu jumladan, xorijiy mamlakatlarda

nafar

0

0

3

5

7

5.

Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun tahsil olayotgan doktorantlar (DSc) soni

nafar

2

4

5

10

16

6.

Falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun tahsil olayotgan tayanch doktorantlar(PhD) soni

nafar

49

73

98

117

123

7.

Mustaqil izlanuvchilar (PhD va DSc) soni

nafar

35

41

67

84

125

8.

Professor-o‘qituvchilarning ilmiy-uslubiy faoliyati natijadorligini oshirish

Darsliklar soni (nashr guvohnomalari)

dona

20

22

41

51

62

9.

O‘quv qo‘llanmalar soni (nashr guvohnomalari)

dona

55

59

88

102

125

10.

Monografiyalar soni

dona

23

28

40

51

66

11.

Patentlar soni

dona

1

2

4

6

10

12.

Scopus, Web of Science ma’lumotlar bazasiga kiradigan maqolalar soni

dona

26

36

51

61

72

13.

Respublika jurnallarida e’lon qilingan ilmiy maqolalar soni

dona

176

250

300

340

400

14.

Scopus, Web of Science ma’lumotlar bazasiga kiradigan har bir ma�olaga to‘g‘ri keluvchi iqtiboslar soni (jami maqolalar soniga nisbatan)

koeffitsiyent

0,5

0,8

1,0

1,2

1,3

15.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid dasturlar va elektron bazalar uchun olingan guvohnomalar, mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan turli materiallar soni

dona

12

14

21

28

32

16.

Ilmiy-tadqiqot faoliyati va ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga taqdim etish asosida olingan mablag‘lar hajmi

Xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari va ilmiy fondlardan olingan mablag‘lar

mlrd so‘m

0,29

0,35

0,56

1,06

1,53

17.

Davlat grantlari asosida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlardan olingan mablag‘lar

mlrd so‘m

0,72

0,85

0,95

1,6

2,6

18.

Sohalar buyurtmasi asosida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlardan olingan mablag‘lar

mlrd so‘m

0,98

1,2

1,9

2,9

3,5

19.

Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish

Jahonning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlariga xizmat safarlariga yuboriladigan Universitet professor-o‘qituvchilari soni

nafar

10

20

37

58

82

20.

Universitetga arxitektura va qurilish sohasidagi ilg‘or amaliy tajribaga ega bo‘lgan rivojlangan davlatlarning oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilarining tashrifini tashkil etish

nafar

5

10

18

25

30

21.

Akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etuvchi talabalar soni

nafar

3

10

20

35

45

22.

Universitet professor-o‘qituvchilarining xorijiy olimlar bilan hammualliflikda chop etgan maqolalari soni

dona

9

14

28

38

58

23.

Universitet talabalarining amaliyotlarini ilg‘or xorijiy oliy ta’lim bazasida tashkil etish

nafar

1

5

10

15

20

24.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalarining amaliyotini Universitet bazasida tashkil etish

nafar

7

20

40

50

60

T/r

Fakultetlar qoshidagi kafedralar

Biriktirilayotgan tarmoq korxonalari, tashkilotlar va muassasalar

1. Muhandislik fakulteti

1.

Qurilish va atrof-muhit muhandisligi

“DISCOVER INVEST” MChJ

“Trest 12” AJ

“Mimar Group” MChJ

“Yangi zamon bino” MChJ

“To`palang NPD Nolding” MChJ

“Gold Step Invest” MChJ

“Uzguven Mimarlik Inshaat” MChJ

“Aysel Inshaat” MChJ

NESCE GROUP” kompaniyasi

“Grand Road Tashkent” MChJ

“Toshkent Ko`priklardan Foydalanish” UK

“Avtoyo'l Sanoat Invest” MChJ

“O'ztemiryo'lqurilishmontaj” UK

Neftgazmontaj” MChJ

“Turon Mega Stroy” MChJ

“O`zmaxsussuvqurilish” MChJ

“ORIENT STAR Group” AJ

“Ohangaronsement” AJ

“Bekobodsement” AJ

“Qo‘yliq ko‘priklar temir-beton qurilmalari tajriba zavodi” MChJ

2.

Mexanika muhandisligi

3.

Geomatika muhandisligi

4.

Elektr muhandisligi

5.

Kompyuter muhandisligi

2. Texnologiya fakulteti

6.

Qurilish muhandisligi texnologiyasi

Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot �nstituti

“O‘zqurilishmaterialLITI” MChJ

“Fizika-Quyosh” ilmiy-tadqiqot instituti

Seysmologiya instituti

“Enter Engineering Pte. Ltd” kompaniyasi

“Gidroloyiha” AJ

“O‘zbekgidroenergo” AJ

“DSK Binokor” AJ

“JBI Binokor” AJ

“Betomaxbeton” AJ

7.

Qurilish materiallari texnologiyasi

3. Arxitektura fakulteti

8.

Arxitektura

“O‘zshaharsozlikLITI” DUK

“ToshuyjoyLITI” AJ

“ToshkentboshplanLITI” DUK

“O‘zGAShKLITI” DUK

“O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ

“Qishloqqurilishloyiha” MChJ

“Tashgiprogor” AJ

“Boshtransloyiha” AJ

“Mimar group” MChJ

Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti

9.

Shaharsozlik

4. Menejment fakulteti

10.

Iqtisodiyot

Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi

“Toshkent shahar yagona buyurtmachi xizmati” IK DUK

“Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar boshqarmasi

Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi

Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi

Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB

11.

Menejment

T/r

Fakultetlar qoshidagi kafedralar

Biriktirilayotgan tarmoq korxonalari, tashkilotlar va muassasalar

1. Arxitektura fakulteti

1.

Arxitektura

“O’ZGASNKLITI” DUK Samarqand filiali

“Rise Projekt” MChJ

“ARK-Dizayn” loyihalash ustaxonasi

“Arch Orient Project” MChJ

“Zarkamrus Qurilish Loyiha” MChJ

“Parviz Proekt Servis” MChJ

“Armas” MChJ

“Samtibloyiha” MChJ

“Samarqand qishloq qurilish loyihalash instituti” MChJ

“Gaz loyiha” MChJ

“Archi cube” MChJ

2.

Interyer dizayni

3.

Landshaft dizayni

4.

Sanoat dizayni

5.

Shahar qurilishi va loyihalash

2. Madaniy meros obyektlarini asrash fakulteti

6.

Madaniy meros obyektlarini asrash

Madaniy meros agentligi

Kadastr agentligi

Samarqand viloyati madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish inspeksiyasi

Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti Samarqand filiali

“Madaniy me’ros LITI” MChJ

“Samtexnostroyinvest” MChJ

“Me'mor” XK

7.

Arxeologiya

8.

Antropologiya

3. Qurilish muhandisligi fakulteti

9.

Qurilish muhandisligi

“O‘zkommunalloyihaqurilish” DUK

“O‘zgazloyiha” MChJ

“O‘zdaverloyiha” instituti

“Gidroloyiha” AJ

“Qizilqumsement” AJ

“Enter Engineering Pte. Ltd.” kompaniyasi

“Agromir Buildings” MChJ

“Shoxrux Qurilish Dizayn” MChJ

“Maxsus Suv Qurilish Invest” MChJ

“2-son MKK” MChJ

“Ishonch-Injinering” MChJ

New Tech Samarkand” MChJ

“Samarqand Uzbekgazsuv Qurilish” MChJ

10.

Geomatik muhandisligi

11.

Atrof-muhit muhandisligi

12.

Elektr muhandisligi

13.

Mexanika muhandisligi

4. Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti

14.

Iqtisodiyot

Samarqand viloyat hokimligi

Samarqand viloyat qurilish bosh boshqarmasi

“Samarqand vi�oyati yagona buyurtmachi xizmati” IK DUK

“Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi

Samarqand viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi

Samarqand viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi

Kadastr agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi

“Piramida Golden Rich” MChJ

“Binokor” MChJ

“Xolis Baho” MChJ

15.

Menejment

16.

Ko‘chmas mulkni boshqarish