01.06.2026 yildagi PQ-210-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash orqali yoshlar bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi tadbirkorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash orqali yoshlar uchun qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish, ularning bandligini taʼminlash, ishbilarmonlik koʻnikmalarini rivojlantirish, yosh avlodni kasb-hunar, xorijiy tillar, zamonaviy bilimlarga oʻqitish hamda ularning tadbirkorlik gʻoya va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur qarorni qabul qilishning asosiy maqsadlari quyidagilarni 2026 — 2028-yillarda amalga oshirish etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 300 mingdan ortiq yoshlarni qamrab olish, shu jumladan, 100 mingga yaqin qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish hamda ularning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirishini qoʻllab-quvvatlovchi zamonaviy mexanizmlarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) sanoat, xizmatlar koʻrsatish sohalaridagi, shu jumladan, oʻzini oʻzi band qilishga qaratilgan yoshlarning tadbirkorlik tashabbus va gʻoyalarini moliyalashtirish tizimini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ish xususiyatiga koʻra xodimlarining koʻpchilik qismini yoshlar tashkil etadigan, shuningdek, ularning bandligini va daromadini oshirishga qaratilgan biznes loyihalarni qoʻllab-quvvatlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Tadbirkorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Markaziy bank, Yoshlar ishlari agentligi, AT “Aloqabank” hamda “Oʻzmilliybank” AJning 2026 — 2028-yillarda “Yoshlar biznesi” va “Kelajakka qadam” dasturlarining navbatdagi bosqichini mazkur qarorga muvofiq amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, AT “Aloqabank” tomonidan “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida xizmat koʻrsatish (servis) va ishlab chiqarish sohalaridagi, shu jumladan, quyidagi yoʻnalishlarda kredit mahsulotlari boʻyicha oʻttiz bir yoshga toʻlmagan jismoniy shaxslarga asosiy qarzdan 1 yilgacha, foiz toʻlovlaridan 3 oygacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga kredit (mikroqarz)lar Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) sugʻurta polisi taʼminoti yoki uchinchi shaxs kafilligi asosida 100 million soʻmgacha imtiyozli mikroqarzlarni quyidagi loyihalar boʻyicha ajratish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) yoshlarning xorijiy til va raqamli texnologiyalarni oʻrganishi hamda zamonaviy kasb-hunarni egallashi boʻyicha oʻqish xarajatlarini moliyalashtirish uchun — 20 million soʻmgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) zamonaviy kasblar, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar marketingi, mobilografiya, frilanserlik, internet (onlayn) doʻkonlar tashkil etish va oʻzini oʻzi band qilish faoliyat turiga mos loyihalar uchun — 50 million soʻmgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) kasanachilik, toʻqimachilik mahsulotlarini tayyorlash, tikuvchilik va boshqa mahsulotlarni ikkilamchi qayta ishlash va (yoki) sotish, ulardan yangi mahsulotlar tayyorlash loyihalari uchun — 50 million soʻmgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) novvoychilik va shirinliklar tayyorlash hamda sotish loyihalarga — 100 million soʻmgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) mol-mulk garovi asosida 300 million soʻmgacha kreditlarni quyidagi loyihalar boʻyicha ajratish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) sayilgoh, turistik maskan, gastronomik koʻcha va boshqa jamoat joylarida koʻchma yoki yengil konstruksiyali shoxobcha va nuqtalarni tashkil etish, ularga jihoz va vositalarni xarid qilish uchun — 200 million soʻmgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) avtotransport vositalarida yoʻlovchilarni tashish va yuklarni yetkazib berish loyihalari uchun — 300 million soʻmgacha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq “Yoshlar biznesi” dasturining “Yoshlar uchun ish oʻrinlari” loyihasi boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarga 7 yilgacha muddatga, asosiy qarz toʻlovlaridan 2 yilgacha imtiyozli davr bilan Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) loyiha xususiyatidan kelib chiqib, ishsiz yoshlar uchun kamida ikkita ish oʻrni yaratadigan yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yurituvchi yosh fuqarolarga — 2 milliard soʻmgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) loyiha xususiyatidan kelib chiqib, har bir milliard soʻm qiymatgacha boʻlgan mablagʻ uchun kamida ikki nafar ishsiz yoshni ishga qabul qilish sharti bilan yuridik shaxslarga — 10 milliard soʻmgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 1 000 tadan ortiq ish oʻrni yaratgan franchayzing tarmoqlarini kengaytirish uchun tadbirkorlarga 10 milliard soʻmgacha kreditlar ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. AT “Aloqabank”ning yoshlarning innovatsion startap loyihalari uchun boshlangʻich bosqichda 100 ming AQSH dollarigacha investitsiya kiritish taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, “Oʻzmilliybank” AJ tomonidan “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “Kelajak tadbirkori” loyihasi amalga oshiriladi va loyiha xususiyatidan kelib chiqib qoʻyidagi kredit mahsulotlari boʻyicha yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 1 foizlik punkt yuqori stavkada kreditlar ajratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) biznes gʻoyalarini amalga oshirish istagi boʻlgan oʻttiz bir yoshga toʻlmagan oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilari hamda yoshlar (keyingi oʻrinlarda — talaba va yoshlar)ga — 2 milliard soʻmgacha, xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) oʻzini oʻzi band qilgan va biznesga ilk qadam qoʻymoqchi boʻlgan talaba va yoshlarga 6 oy imtiyozli davr bilan 18 oygacha garovsiz 20 million soʻmgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) zarur biznes koʻnikmaga ega boʻlib, tadbirkorlik subyekti sifatida mustaqil biznes boshlamoqchi boʻlgan talaba va yoshlarga 1 yil imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga 300 million soʻmgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) tadbirkorlik subyekti sifatida mustaqil biznes boshlagan va faoliyatini kengaytirishni maqsad qilgan talaba va yoshlarga 7 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan 2 milliard soʻmgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) talaba va yoshlarni ish bilan taʼminlagan tadbirkorlik subyektlariga 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga — 10 milliard soʻmgacha, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) mazkur imtiyozli kredit tadbirkorlik subyektlariga har ikki milliard soʻm qiymatgacha boʻlgan mablagʻ uchun kamida ikki nafar talaba yoki yoshlarni ishga qabul qilish sharti bilan ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) imtiyozli kredit ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasidagi loyihalarga asosiy vositalar sotib olish hamda aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) tadbirkorlik subyekti uning imtiyozli kredit olishiga sabab boʻlgan ishsiz yosh(lar) oʻrtasida ikki yil davomida mehnat shartnomasi bekor boʻlgan taqdirda, kredit foizi mehnat shartnomasi bekor boʻlgan sanadan tijorat stavkasiga oʻzgartiriladi, bundan ushbu xodim(lar) oʻrniga bir oy muddatda boshqa ishsiz yosh(lar) ishga qabul qilingan hollar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ishsiz yosh(lar)ni ish bilan taʼminlashda mehnat shartnomasida ish haqi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2 baravaridan kam boʻlmasligi nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzmilliybank” AJ, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining qoʻyidagi takliflari maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) bir oy muddatda “Mening birinchi kasbim” dasturini yoʻlga qoʻyish va dastur doirasida oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarini kasbga tayyorlash jarayonlarini tashkil qilish va moliyalashtirish, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) “Oʻzmilliybank” AJ tomonidan tegishli miqdordagi mablagʻlarni oliy taʼlim tashkilotlariga oʻtkazish uchun oliy taʼlim tashkiloti, ish beruvchi va talaba oʻrtasida tuziladigan uch tomonlama shartnoma asos boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) oliy taʼlim tashkiloti tomonidan talabaning amaliyoti muddatiga mos ravishda har bir oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorigacha qoʻshimcha stipendiya toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) istiqbolli startap loyihalarning namunaviy modelini (MVP) yaratish xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) zaruratga koʻra, ish beruvchining buyurtmasiga muvofiq talabaning chet eldagi oliy taʼlim tashkiloti hamda korxonalarda qisqa muddatli kurslarga qatnashish xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida toʻlovlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 1-ilovada keltirilgan tijorat banklari tomonidan yoshlarning tadbirkorlik biznes rejalarini tayyorlash boʻyicha tegishli xarajatlarini qoplab berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Markaziy bank hamda AT “Aloqabank”ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil yakuniga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2027-yil yakuniga qadar qolgan hududlarda yoshlarni tadbirkorlikka oʻqitish, gʻoyani biznesga aylantirish, buxgalteriya, bank, marketing, ichki va tashqi bozorlarga chiqish bilan bogʻliq kompleks xizmatlarni koʻrsatadigan yoshlar biznes inkubatorlari ishga tushirish toʻgʻrisidagi tashabbuslari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Dasturlarni moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Dasturlarni amalga oshirish maqsadida 2026-2027-yillarda teng ulushlarda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) “Oʻzmilliybank” AJga “Kelajakka qadam” dasturi ijrosi uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) 10 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasiga teng foizda 85 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) bitiruvchi bosqich talabalarining bandligini taʼminlashga qaratilgan “Mening birinchi kasbim” dasturi ijrosi uchun begʻaraz asosda 15 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorida mablagʻlar ajratilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) AT “Aloqabank”ka “Yoshlar biznesi” dasturining navbatdagi bosqichi ijrosini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-62-son qarori bilan ajratilgan subordinar qarz mablagʻlarining 65 million AQSH dollari ekvivalentidagi qismi yuqoridagi qaror qabul qilingan kundagi Markaziy bankning kursi boʻyicha aksiyalarni nominal qiymatida joylashtirish orqali bank ustav kapitalidagi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ulushini oshirishga yoʻnaltirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Raqamli texnologiyalar vazirligi Soliq qoʻmitasi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-avgustga qadar yoshlar uchun yaratilgan ish oʻrinlar hisobini yuritish maqsadida AT “Aloqabank” va “Oʻzmilliybank” AJ axborot tizimlari Soliq qoʻmitasi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining axborot tizimlariga integratsiya qilinishi taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-62-son qaroriga 2-ilovaga oʻzgartirishlar muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Markaziy bank manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Markaziy bank raisi T.A. Ishmetov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari O.A. Xakimov va R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-210-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyundagi PQ-210-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlarning tadbirkorlik biznes rejalarini tayyorlashda tegishli xarajatlarini qoplab berish boʻyicha tijorat banklari oʻrtasidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAQSIMOT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tijorat banki nomi

Yosh tadbirkorlarga biznes reja tayyorlashda koʻmaklashish

(nafar)

1.

“Oʻzmilliybank” AJ

7 500

2.

AT “Aloqabank”

7 500

3.

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB

5 000

4.

“Asakabank” AJ

5 000

5.

AT “Xalq banki”

5 000

6.

“Mikrokreditbank” ATB

5 000

7.

“Agrobank” ATB

5 000

8.

“Turonbank” ATB

5 000

9.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB

5 000

JAMI:

50 000

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyundagi PQ-210-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-62-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) “a” kichik bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a) 2026-yil yakuniga qadar “Biznesga birinchi qadam” loyihasiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan ijtimoiy soliq toʻlagan oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslarga asosiy qarzdan 2 yilgacha va foiz toʻlovlaridan 3 oygacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga sugʻurta polisi taʼminoti yoki uchinchi shaxs kafilligi asosida 100 mln soʻmgacha mablagʻlar quyidagi kredit mahsulotlari boʻyicha imtiyozli mikroqarz sifatida ajratiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) “b” kichik bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“b) “Yoshlar uchun ish oʻrinlari” loyihasi asosida yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yurituvchi yosh fuqarolarga, shuningdek, taʼsischilari yosh fuqarolar boʻlgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi kichik tadbirkorlik subyektlarining yoshlarga kamida 10 ta ish oʻrni yaratishni nazarda tutuvchi loyihalariga 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 5 mlrd soʻmgacha mablagʻlar quyidagi yoʻnalishlardagi kredit mahsulotlari boʻyicha ajratiladi:”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 6-bandning beshinchi xatboshisidagi “2025” raqami “2027” raqami bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2026-y., 07/26/210/0548-son)