25.05.2026 yildagi PQ-201-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Sel-toshqin suvlaridan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarda bahor-yoz mavsumidagi sel-toshqin suvlaridan samarali foydalanish, shuningdek, qo‘shimcha yer maydonlarini o‘zlashtirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish ko‘lamini yanada oshirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar sel-toshqin suvlaridan samarali foydalanishni ta’minlashning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2027-yildan boshlab respublika hududlarida 5 ta sel-suv omborlarini qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) sel-suv omborlarini qurish hisobiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Samarqand viloyatida 7 ming gektar, Toshkent viloyatida 2 ming gektar va Jizzax viloyatida 300 gektar yer maydonlarining suv ta’minotini yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Samarqand viloyatida 3,3 ming gektar va Toshkent viloyatida 300 gektar yangi yerlarni o‘zlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Suv xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar hokimliklari, “Agrobank” ATB hamda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida ilmiy tavsiya va xulosalar asosida respublika bo‘yicha kichik suv zaxiralarini barpo qilish imkoniyati mavjud bo‘lgan 60 ta hudud aniqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2027 — 2030-yillarda quriladigan sel-suv omborlarining manzilli dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, sel-suv ombori va uning inshootlari, karyerlar va qurilish maydoniga tushgan yer uchastkalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlar qonunchilikda belgilangan tartibda qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jizzax, Samarqand va Toshkent viloyatlari hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Dastur doirasidagi loyihalarga zarur yer uchastkalarini ajratish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Hukumat komissiyasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Dastur doirasidagi loyihalar uchun yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari maqsadida olib qo‘yilishi natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlar belgilangan tartibda qoplab berilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) bir hafta muddatda Oqtepasoy sel-suv ombori qurilishini loyihalashtirish uchun 2,0 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lar joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qarorining 1a-ilovasiga asosan kelgusi yillar loyiha-qidiruv ishlari uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan ajratilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Dastur doirasida qurilish ishlari uchun zarur mablag‘larni tasdiqlangan loyiha hujjatlariga asosan 2027-yil va keyingi yillar ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarida inobatga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Suv xo‘jaligi vazirligi Dastur doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) loyiha-qidiruv ishlarini sifatli tashkil etib, loyihalashtirishda texnik yechimlar xalqaro tajriba va ilmiy yondashuv asosida aniqlanishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) qurilish ishlarini qurilish hududi yon-atrofida yashovchi aholining xavfsizligini ta’minlagan holda zamonaviy talablar asosida tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Suv xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi Tangatopdisoy va Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Oqsoqotasoy sel-suv omborlari qurilishini “Agrobank” ATB buyurtmachiligida ishlab chiqilgan loyihaoldi hujjatlariga muvofiq davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda qurilgan sel-suv omborlari Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi foydalanuvchi tashkilotlar balansiga beg‘araz topshirilishini inobatga olgan holda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda quyidagilar ko‘zda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) sel-suv omborlari xususiy sherik hisobidan quriladi hamda xususiy sherik uchun quyidagilarga ruxsat beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) sel-suv omborlari himoya zonalarida belgilangan tartibda tasdiqlangan master reja asosida turistik-rekreatsion zonalarni tashkil etishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu hududlar 49 yilga keyinchalik uzaytirish sharti bilan foydalanish uchun to‘lovsiz asosda beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) sel-suv omborlari suv havzasida baliqchilik xo‘jaligini tashkil etishga hamda inshootlar xavfsizligiga ta’sir qilmaydigan boshqa daromad keltiruvchi faoliyat bilan shug‘ullanishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) davlat sherigi sifatida sel-suv omborlarini ekspluatatsiya qilish hamda ulardagi suv resurslarini boshqarish Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, Dastur doirasida Suv xo‘jaligi vazirligi tashabbuskorligida davlat-xususiy sheriklik asosida quriladigan sel-suv omborlarining himoya zonalarida barpo qilinadigan turistik-rekreatsion zonalarni zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash ishlari Davlat budjeti hisobidan o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Suv xo‘jaligi vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda respublika hududlarida ilmiy tavsiya va xulosalar asosida aniqlangan kichik suv zaxiralarining iqtisodiy samaradorligi hamda ularning qurilish muddatlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsan javobgar etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) suv xo‘jaligi vaziri Sh. Xamrayev — qaror ijrosini samarali tashkil qilishga, loyihalarning o‘z vaqtida sifatli amalga oshirilishiga hamda natijadorligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari S. Sadullayev — Dastur doirasida zarur mablag‘lar belgilangan muddatlarda ajratib borilishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika shtabi rahbari S. Samadov — mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari T.N. Butunbayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 25-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-201-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-maydagi PQ-201-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2027 — 2030-yillarda quriladigan sel-suv omborlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MANZILLI DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Obyekt nomi

Dastlabki hisobiy sig‘imi,

mln m3

Dastlabki hisobiy qiymati,

mlrd so‘m

Moliyalashtirish manbasi

Buyurtmachi tashkilot

Loyiha ishlari bo‘yicha

Qurilish ishlari bo‘yicha

Loyiha ishlari bo‘yicha

Qurilish ishlari bo‘yicha

JAMI

38,1

997

1.

Jizzax viloyati Baxmal tumanida Tangatopdisoy sel-suv omborini qurish

2,4

202

“Agrobank” ATB mablag‘lari

DXSH asosida xususiy sektor mablag‘lari

“Agrobank” ATB

Suv xo‘jaligi vazirligi

2.

Samarqand viloyati Urgut tumanida G‘ijduvonsoy sel-suv omborini qurish

1,5

90

Respublika budjeti

Respublika budjeti

“Samarqandsuv-qurilishinvest” DM

“Samarqandsuv-qurilishinvest” DM

3.

Samarqand viloyati Urgut tumanida Choshtepasoy sel-suv omborini qurish

0,6

65

Respublika budjeti

Respublika budjeti

“Samarqandsuv-qurilishinvest” DM

“Samarqandsuv-qurilishinvest” DM

4.

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida Oqtepasoy sel-suv omborini qurish

26

365

Respublika budjeti

Respublika budjeti

“Samarqandsuv-qurilishinvest” DM

“Samarqandsuv-qurilishinvest” DM

5.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Oqsoqotasoy sel-suv omborini qurish

7,6

275

“Agrobank” ATB mablag‘lari

DXSH asosida xususiy sektor mablag‘lari

“Agrobank” ATB

Suv xo‘jaligi vazirligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:

Loyiha-qidiruv va loyiha hujjatlariga asosan obyektlarning quvvatiga, qiymatiga va amalga oshirish muddatiga aniqlik kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrobank” ATB buyurtmachiligida obyektlarning loyihaoldi hujjatlari ishlab chiqiladi, ishchi hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha mas’ul davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda kelishuvga ko‘ra belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha hududlari tabiiy meros obyektlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yer maydonlariga kirgan yoki ularning muhofaza zonasida joylashgan taqdirda, ushbu loyiha tegishli tashkilotlar, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar bilan o‘rnatilgan tartibda kelishilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv xo‘jaligi vazirligining taklifiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda mazkur ilovaga tuzatish, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.05.2026-y., 07/26/201/0537-son)